1. 1. Bo‘yida, qornida bo‘lgan bolani, oy-kuni yetgach, dunyoga keltirmoq.
Ust-ustiga egizak tug‘moq. Xotini o‘n yil mobaynida ikki qiz, bir o‘g‘il tug‘di.
▬
G‘anijonning xotini tug‘may yurib-yurib, birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi.
A. Qahhor, Asarlar
Gulsumbibi qizini nari itardi peshonasiga urib yig‘ladi: — Koshki o‘lsam! Koshki ajal kela qolsa! Kuydirding, nega tug‘dim seni?
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Bolalamoq (hayvonlar haqida).
Sigir ikkita tug‘ibdi. Qo‘y tug‘ibdi.
▬
Oqposhshoning ovchi itlaridan yana bittasi tug‘ibdi — suyunchi yig‘iladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. shv. hv. Tuxum qilmoq.
Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yo‘q — moyak qo‘ysang, tug‘adi.
A. Qahhor, Asarlar
4. ko‘chma s. t. t. Foyda keltirmoq; ko‘paymoq.
Voy nodon odamlar! Bilishmaydiki, pul bolalab turadi, indamasdan tug‘adi, chaqaloqlari ing‘alamaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar