1. 1. Jismoniy jihatdan yetilganlik, bolig‘lik.
Balog‘at yoshi. Balog‘atga yetmoq.
▬
Qiziq, balog‘atga yetgan qiz muhabbatni emas, muhabbatning o‘zi uni izlab topadi, deganlari rost ekan.
O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
Naziraning harir ko‘ylagi badanlariga yopishib, uning balog‘at tarovati yog‘ilib turgan bor qomatini ko‘z-ko‘z etardi.
D. Nuriy, Osmon ustuni
2. ko‘chma hma Aqliy va ma’naviy jihatdan yetuklik, kamolot.
Hozirgi zamon fani va unga munosabat olimning dunyoqarashi, ideali va ma’naviy balog‘ati bilan chambarchas bog‘liq.
Fan va turmush
Sapar — balog‘at pallasiga kirib borayotgan ijodkor.
Gazetadan
3. ko‘chma hma Notiqlik, so‘zamollik mahorati, san’ati.
Hamza madrasada o‘qib yurgan kezlarida tolibi ilmlarga tafsir, hadis, fiqh, arab tili va adabiyoti, mantiq, balog‘at va shuning kabi diniy hamda dunyoviy fanlardan saboq beradigan xatib va mudarris Safoxon to‘raga ixlos qo‘ydi.
K. Yashin, Hamza