Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamolot}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-mo-lot
Izoh(lar)i:
kamolot ot

1. 1. Yetuklik, mukammallik. Jismoniy kamolot. Ma’naviy kamolot. Bunchalik kamolot, ayt-chi, kimda bor, Kimda bor bunchalik latofat, husn. A. Oripov
Spartakiada sportchilarimiz uchun jismoniy kamolot ko‘rigi bo‘ldi. Gazetadan

2. 2. Yuksalish, rivoj. Hakim o‘z siyosiy-ma’naviy hayotining yangi kamolot bosqichiga ko‘tarildi. Guliston
Ha, u [Alimardon] kamolot pog‘onalaridan tez, ishonch bilan ko‘tarilib borardi. O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi
Sherali ham xuddi shu ahvolda, uning uchun insoniyat kamolotining cho‘qqisi — Sabogul! S. Karomatov, Oltin qum

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: balog‘at [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.