Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kamol}
So‘z bo‘g‘inlari: ka-mol
Izoh(lar)i:
kamol ot

1. 1. Har jihatdan to‘kislik; mukammallik, yetuklik. Kamtarga — kamol, manmanga — zavol. Maqol
Yetimlik ayb emas, inson uchun fazl-u kamol lozim. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bular ikkalasiyam kamtarlik kamol keltirishini bilishadi. S. Karomatov, So‘nggi barxan
dunyoviy ilmga oshna etadigan maktablar ochib, farzandlarimizning kamolini tilasak. S.Siyoyev, Avaz

2. 2. Kamol (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: balog‘at [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Faxri Kamolov – o‘zbek tilshunosligining fan sifatida, zamonaviy lingvistik soha bo‘lib shakllanishida munosib hissa qo‘shgan olim. U 1907 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘z tadqiqotlari bilan o‘zbek adabiy tilining leksik, fonetik, orfoepik me’yorlarini belgilash, o‘zbek alfaviti va imlosining, o‘zbek nutqi madaniyatining shakllanishi va takomillashuvida bebaho hissa qo‘shgan. Uning «Latinlashgan yangi o‘zbek alfaviti» (1929), «Maktablarda imlo o‘qitish metodikasidan qo‘llanma» (1929), «Orfografik mashqlar to‘plami» (1934), «Grammatika va orfografiya» (1934), «Sistemali diktantlar to‘plami» (1935), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1953), «O‘zbek tili leksikasi» (1953), «Qo‘shma gaplarga doir masalalar» (1955), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1957), «Oz’bek tilini o‘qitish metodikasi» (1958) kabi o‘rta va oliy ta’lim uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari 30-50-yillar o‘zbek tilshunosligining muhim yutug‘i bo‘lib qoldi.

Faxri Kamolovo‘z hayoti davomida o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bag‘ishlab 150 dan ortiq darslik, qo‘llanma, dastur, risola va maqolalar yaratgan zabardast olim edi. U malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda ham katta hissa qo‘shgan.

Olim 1966 yilda vafot etgan.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.