Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ilgari}
So‘z bo‘g‘inlari: il-ga-ri
Izoh(lar)i:
ilgari rv

1. 1. O‘tgan vaqtlar(da), hozirgi vaqtdan oldin; burun. Shaharda ilgari ko‘nkani ot surgar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ilgari juda qulay bo‘lib ko‘ringan narsa, endi atroflicha o‘ylaganda, hazilakam emasligi ravshanlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Urganch shahriga ilgari faqat tuya karvonlari bilan borilar edi. Gazetadan

2. 2. Birinchi navbatda; oldin, avval. Qo‘rqoq ilgari musht ko‘taradi. Maqol
Ashirbek ilgari, Vafobek keyin, Oqlabdi qirq yigit bergan tuzimni. Yusuf va Ahmad

3. 3. Oldingi o‘rinda; oldin(da). Ketayotir Oypari hamma qizdan ilgari. Folklor
Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qo‘riqchilarni ogohlantirib borar A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Olg‘a tomon; ilgariga, old tomonga. O‘lgan, yarador bo‘lganlarga qaramay, qo‘zg‘olonchilar katta suron bilan ilgari otilib, toshbo‘ronni kuchaytirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Qudrat bilan G‘ulomjon ham bir necha odim ilgari yurdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Qo‘rg‘on ustida yasov tortgan qahramonlar qo‘l bog‘lab, ikki bukilgansimon ta’zim bilan Azizbekni ilgariga o‘tkaza boshladilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. ko‘m. vzf. zf. Narsa, hodisaning o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z, so‘z birikmasi bildirgan vaqt, xatti-harakat va shu kabilardan oldinga oidligini (shunday munosabatni) bildiradi. To‘ydan ilgari nog‘ora chalmoq. Hammadan ilgari eshitdim. Amirga inqiyod etishdan ilgari shu to‘g‘rida javob bersangiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bundan bir necha soat ilgari qayg‘udan boshqa ovqatni tanimagan bu ikki yor endi sevinib, ishtaha bilan yeya boshladilar. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: avval [a], oldinga
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ilgari bosmoq: yaxshi tomonga o‘zgarmoq, yurishib ketmoq.

2. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqdi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi

1. Avval – ilgari – oldin – burun – qadim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tarixiylik belgisining ortishiga ko‘ra)

2. Ilgari – hozir – keyin
Ma’nosiga ko‘ra
(payt davriga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.