Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {avlod}
So‘z bo‘g‘inlari: av-lod I
Izoh(lar)i:
avlod [av-lod ]

1. Ota-bobodan qolgan nasl (ajdodga nisbatan). Viz eski qullarning avlodimiz ota-bobolarimiz ozod bo‘lgan chog‘larda o‘zlari uchun qurgan chayladek uylarda tirikchilik qilamiz. S. Ayniy, Qullar

2. Ota-bobo va uning nasli; sulola; zot. Devonbegilar avlodiga mansub bo‘lgan Shernazarboy Islomxo‘jani ich-ichidan yomon ko‘rar, azaldan adovati bor edi. J. Sharipov, Xorazm

3. Zamonning ma’lum qismiga mansub odamlar; bo‘g‘in. Keksa avlod. O‘rta avlod. Yosh avlod. Kelgusi avlod. O‘ylaymanki, mana shunday obod va ozod yurtni ko‘rganda, nafaqat katta yoshdagi kishilar, balki yosh avlod ham yangi kuch-quvvat oladi, g‘ururlanadi. Gazetadan

4. Zamonaviy elektron-hisoblash mashinalarining va boshqalar texnik jihozlarning yangilangan, takomillashgan turkumi. Bu apparat kompyuterlarning to‘rtinchi avlodiga mansub. -

Antonim(lar)i: ajdod [a]
Sinonim(lar)i: nasl [a], qarindosh , zurriyot [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.