Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nasl}
So‘z bo‘g‘inlari: nasl
Izoh(lar)i:
nasl [nasl ]

1. Bir avlod-ajdodga mansub kishilar urug‘i, ularning kelib chiqishi, zoti, nasabi, tagi-taxti. Nasldan naslga o‘tmoq. Qazisan-qartasan, asli naslingga tortasan. Maqol

2. Kelajak avlod, zurriyot Nimani meros qilib qoldirayin naslimga. S. Akbariy, Mehrigiyo

3. biol.Ma’lum belgi-xususiyatlarga ega, bir turga mansub o‘simliklar, bir zotga mansub hayvonlar guruhi; urug‘, zot. Biz ot naslini tuzatishda ham hali bir ish qilmadik. A. Qodiriy, Obid ketmon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: avlod I [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.