Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zurriyot}
So‘z bo‘g‘inlari: zur-ri-yot
Izoh(lar)i:
zurriyot ot

1. 1. Bir ajdoddan tarqalgan avlod; nasl-nasab; zot. Nima yeydi dilbar oting, Bayon ayla zurriyoting. Murodxon
— Hoy aka, siz ham bundoq yorilsangiz-chi odam bo‘lib, kimsiz, zot-zurriyotingiz kim? — dedi ko‘zi ojiz tankchi yigit. N. Safarov, Olovli izlar

2. 2. Bola, farzand. Akrom mirob dunyoga kelib zurriyotsiz o‘tayotganidan ho‘l o‘tindek tutab qo‘yardi. E. Usmonov, Yolqin
— U dil-u jigarimning bir parchasi, orzularimning g‘unchasi, tabiatning nozik yerlaridan so‘rab olgan zurriyotim, — dedi Qamchi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: avlod I [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.