1. Narsaning barcha qismlarini tutib yoki ko‘tarib turuvchi qismi, tayanchig‘i.
Shamdon asosi. Stanok asosi.
-
2. Ijtimoiy hayot yoki tabiat hodisalarining negizini tashkil etgan narsa; tayanch, negiz, poydevor.
Ijodiy mehnat qadr-qimmatining huquqiy asoslarini yaratish kerak.
Gazetadan
3. (faqat ko‘plik shaklida)
4. Sodir bo‘lgan yoki qilingan ish-harakat, aytilgan fikr va shu kabilarni dalillovchi narsa.
Men bu yigitning ishini tekshirib ko‘rdim. Mahkamni ayblashga asos topolmadim.
N. Safarov, Uyg‘onish