Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {negiz}
So‘z bo‘g‘inlari: ne-giz
Izoh(lar)i:
negiz [ne-giz ]

1. Biror narsaning hamma ustki qismlarini tutib, ko‘tarib turadigan ostki qismi; poydevor, fundament. — Albatta, yangi usulda, — deydi Berdi tatar, — negizi o‘n qatorcha pishiq g‘isht, yuqorisi xom g‘isht. A. Qodiriy, Obid ketmon

2. Biror narsaning asosini tashkil etgan omil; baza, asos. O‘zbekistonda chorvachilikni sanoat negizida tashkil etish borasida ko‘p ishlar qilindi. N. Mavlonov, Qoramolchilik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asos [a], asl I [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.