1. Ustunning, kolonnaning asosi, pastki yo‘g‘on tayanch qismi.
2. Xalq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va madaniy-ma’naviy sohalarning asosi, negizi, tayanchi:
Moddiy-texnika bazasi. Eksperimental baza. Iqtisodiy baza.Moddiy-texnika bazamiz ma’lum darajada yangilanadi va sifati yaxshilanadi.
Gazetadan
3. Muayyan moddiy narsalar to‘plami, majmui; zaxirasi.
Ozuqa bazasi. Yem-xashak bazasi. Xomashyo bazasi.Mustahkam ozuqa bazasini vujudga keltirmay turib, chorvachilikni rivojlantirish haqida o‘ylab ham bo‘lmaydi.
Gazetadan
4. Muayyan xizmatlar ko‘rsatish va kerakli jihozlar bilan ta’min etib turish maqsadida barpo qilingan maxsus joy, makon
Turistlar bazasi. Aviatsiya bazasi. Harbiy-dengiz bazasi. Sport bazasi.O‘quvchilar turistik bazalarda dam olishni boshlab yubordilar
Gazetadan
5. Moddiy zaxiralar saqlanadigan bino, inshoot; ombor.
Ta’minot bazasi. Savdo bazasi.Juman aka choynak-piyola olgani stansiyaga tushsa, bazaga bir vagon mol kelib, ombor mudiri yuk tushirish bilan band ekan.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar