Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {asos}
So‘z bo‘g‘inlari: a-sos
Izoh(lar)i:
asos [a-sos ]

1. Narsaning barcha qismlarini tutib yoki ko‘tarib turuvchi qismi, tayanchig‘i. Shamdon asosi. Stanok asosi. -

2. Ijtimoiy hayot yoki tabiat hodisalarining negizini tashkil etgan narsa; tayanch, negiz, poydevor. Ijodiy mehnat qadr-qimmatining huquqiy asoslarini yaratish kerak. Gazetadan

3. (faqat ko‘plik shaklida)

4. Sodir bo‘lgan yoki qilingan ish-harakat, aytilgan fikr va shu kabilarni dalillovchi narsa. Men bu yigitning ishini tekshirib ko‘rdim. Mahkamni ayblashga asos topolmadim. N. Safarov, Uyg‘onish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Asos va qo‘shimcha imlosi1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 33–37- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi imlo qoidasi to‘plami.

Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosida asos va qo‘shimcha imlosida quyidagilar ahamiyatli. 1. Qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘z oxiridagi unli o‘zgaradi: 1) a unlisi bilan tugagan fe’lga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla – saylov, sina – sinov, aya – ayovsiz; so‘ra – so‘roq, bo‘ya – bo‘yoq; o‘yna – o‘ynoqi, sayra – sayroqi kabi; 2) i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’lga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi – o‘quvchi, qazi – qazuvchi, sovi – sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe’lga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og‘ri – og‘riq, qavi – qaviq kabi. ( Biroq: 1) undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo‘shiladi: ol – oluv, yoz – yozuv kabi; 2) undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz – uzuq, yut – yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi.) 3) k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zga, shuningdek, bek, yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda kundoshi g undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak – tilaging, yurak – yuragim, kubok – kubogi, bek – begi; tayoq – tayog‘i, qoshiq – qoshig‘i, yaxshiroq – yaxshirog‘i, yo‘q – yo‘g‘i kabi. Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok – ishtiroki, ocherk – ocherki, erk – erki, huquq – huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi kabi. 4) quyidagi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi: a) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil kabi ba’zi so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’lga nisbat shaklini yasovchi -il qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchasi qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: o‘rin – o‘rnim, qorin – qorni, burun – burning, o‘g‘il – o‘g‘ling, ko‘ngil – ko‘ngli, yarim – yarmi; qayir – qayril, ulug‘ – ulg‘ay, sariq – sarg‘ay, ikki – ikkov, ikki – ikkala, yetti – yettov kabi; b) u, bu, shu, o‘sha olmoshiga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gacha, -cha qo‘shimchasi qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, o‘shancha kabi; bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: buningiz, o‘shanisi kabi; b) o, o‘, u, e unlisi bilan tugaydigan so‘zga egalik qo‘shimchasi quyidagicha qo‘shiladi: 1) ko‘pchilik so‘zga egalik qo‘shimchasi -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si(yoki-lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusikabi; 2) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; 3) II shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘ziga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘ziga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi); d) men, sen olmoshiga -ni, -ning, -niki qo‘shimchasi qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi; 5) quyidagi qo‘shimchaning birinchi tovushi ikki xil aytilsa ham, bir xil yoziladi: a) -bon, -boz qo‘shimchasi ba’zan -von, -voz aytilsa ham, hamma vaqt-bon, -boz yoziladi: darvozabon, masxaraboz kabi. Lekin -vachcha qo‘shimchasi hamma vaqt shunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi; b) o‘rin va chiqish kelishigi qo‘shimchasining, o‘tgan zamon yasovchisi va III shaxs ko‘rsatkichi -di qo‘shimchasining boshidagi undosh ba’zan t aytilsa ham, hamma vaqt d yoziladi: ishda, misdan, ketdi, kelmabdi kabi; 6) quyidagi qo‘shimchaning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi: a) taqlid so‘zdan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi; b) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir kabi. Qolgan barcha holda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi; d) jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga, chegara bildiruvchi -gacha, ravishdosh shaklini yasovchi -gach, -guncha, -gani, -gudek, sifatdosh shaklini yasovchi -gan, buyruq maylining II shaxs ko‘rsatkichi -gin, shuningdek, -gina qo‘shimchasi uch xil aytiladi va shunday yoziladi; e) k undoshi bilan tugagan so‘zga qo‘shilganda bu qo‘shimchaning bosh tovushi k aytiladi va shunday yoziladi: tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek, bukkan, ekkin, kichikkina kabi; f) q undoshi bilan tugagan so‘zga qo‘shilganda bu qo‘shimchaning bosh tovushi q aytiladi va shunday yoziladi: chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha, chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina kabi; j) qolgan barcha holda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va bu qo‘shimchaning bosh tovushi k yoki q aytilishidan qat’iy nazar, g yoziladi: bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha kabi.

Asos va qo‘shimcha talaffuzi adabiy tilning og‘zaki shakliga xos orfoepik qoida. 1. q, k bilan tugaydigan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda qishloq>qishlog‘imiz, qishlog‘ingiz, qishlog‘i; telpak>telpagim, telpaging, telpagi kabi. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: o‘q>o‘qi, tok>toki kabi (yoq, yo‘q so‘zlari bundan mustasno). 2. Q, k, g, bilan tugagan otlarning jo‘nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq + ga > qishloqqa, chelak + ga > chelakka, tog‘ + ga > toqqa, pedagog + ga > pedagokka kabi. Boshqa barcha holatlarda: a) jarangsiz undoshlardan so‘ng -ka, jarangli undoshdan va unlidan so‘ng -ga talaffuz etiladi: otka, oshka, qopka, uyga, ovga, tolga, tomga, bolaga, akaga kabi. 3. Fe’llarda: a) ong + la > angla, son + a > sana, yosh + a > yasha kabi; b) ek + gan > ekkan, ket + gan > ketkan, oq + gan > oqqan, tush + gan > tushkan kabi. 4. Olmoshlarda: u + n + da > unda, bu + n + da > bunda, shu + n + da > shunda (bir «n» orttiriladi), men + ning > mening, sen + ning > sening (bir «n» tushirib qoldiriladi).5. Bir so‘zidan dona son yasalganda, o‘zakdagi «r» undoshi «t»ga o‘tadi: bir + ta > bitta kabi.

Rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo‘lgan adabiy tilda so‘zni bir xilda yagona tarzda yozishni yo‘lga qo‘yish uchun imlo to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» 1995 yil 24 avgustda qabul qilingan. U 82 paragrafdan iborat.

O‘zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidasi tasdiqlangan. Birinchisi 1956-yil 4-aprelda kirill yozuviga asoslangan o‘zbek tilining imlo qoidasi, 72 paragrafdan iborat bo‘lgan.

Imlo to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish murakkab jarayon, bir nechta tamoyilga tayaniladi. Bu orfografiya tamoyil (prinsip)i deyiladi.

Orfografiyaning 5 tamoyili mavjud: 1) fonetik yozuv; 2) morfologik yozuv; 3) shakliy yozuv; 4) tarixiyan’anaviy yozuv; 5) farqlash yozuvi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.