1. Kelib chiqishi, kelib chiqish e’tibori bilan qarashliligi; nasli, tagi.
Men aslimni, cho‘pon, senga aytayin, Ko‘hi Qofda Oysha pari bolasi.
Oysuluv
2. Kelib chiqqan (asos) joyi.
Asli toshkentlik. Men ham dehqon bolasiman. Aslimiz Qudashdan.
A. Qahhor. Qo‘shchinor chiroqlari
3. Yaratilishdagi, bosh, dastlabki.
Asl nusxa. Bundan ikki yil avval xon saroyining ichki binolari ta’mirlanib, asl holiga qaytarilgan edi.
Gazetadan
4. Chin, chinakam, haqiqiy.
Otabek, uyalmay, tortinmay javob beringiz, bu gal Toshkentdan chiqishingizdagi asl maqsadingiz nima edi?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar