Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tub}
So‘z bo‘g‘inlari: tub
Izoh(lar)i:
tub ot

1. ot ot Tag, ost. Paqirning tubi. Dengiz tubi. ▬ Sakkiz buldozer kanal tubini o‘yib, mashina xartumiga qamrab olgan tuproqni yuqoriga surib chiqarardi. O‘zbekiston qo‘riqlari
Bog‘ning etak tomoni chuqur jarlik. Uning tubida bir tegirmoncha suv qishin-yozin to‘xtamay oqib yotadi. M. Osim, Tilsiz guvoh

2. ot ot Ko‘chma Pirovard natija, oxir-oqibat; asos, zamir. Sabr tubi — oltin. Maqol
Yo‘q, o‘rtoq Nizomov, biz tavakkal qilmaymiz. Tavakkalning tubi — tosh, boshingni ursang — yoriladi. Shuhrat, Shinelli yillar
Bu so‘zlarning tubida juda katta rashk borligini sezdim. M. Qoriyev, Oydin kechalar

3. Mohiyat e’tibori bilan asosiy bo‘lgan; asl, birlamchi. Yordamchi va shaxsiy xo‘jaliklarni rivojlantirish kundalik turmushimizning tub masalalaridan bo‘lib turibdi. Mushtum
Adib, hayotga faol munosabatda bo‘lish — yozuvchi mehnatining tub mohiyati, deb hisoblagan. Gazetadan

4. tlsh. sh. Qismlarga bo‘linmaydigan, yasama bo‘lmagan. Tub so‘z. Tub terminlar. ▬ Sodda terminlar o‘z o‘rni bilan ikkiga bo‘linadi: tub va yasama terminlar. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ost , asl I [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: tup – O‘simlik yo daraxtning donasi. Bir tup o‘rik. Bir tup daraxt.
Qomus: mavjud emas.

1. bo‘g‘ozni qurutub, og‘izni qaynatmoq: -

2. ko‘zlarini tubroq to‘ldurmoq: -

3. tubi ochildi: ayn. tagi ochildi q. tag

4. tubiga yetmoq: ayn. tagiga yetmoq q. tag. Qalb (yoki ko‘ngil, yurak) tubi Qalbning eng chuqur, nozik yeri

5. tubroq bo‘lmoq: -

1. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

2. Xat – maktub – noma
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining faol-nofaolligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.