1. Borligi ketmoq, yo‘qolmoq (bor holda davom etayotgan narsalar haqida).
Kasali arimoq.
▬
Masharif aka ancha tuzalib, tanidagi dard arigan bo‘lgani bilan dilidagi dard arimagan edi.
Mirmuhsin, Qizil durralar
Ota, yumshoqqina qilib, qadr arigan xonadonni qirg‘oqqa chiqib qolgan baliqqa qiyosladi.
Yoshlik
Keksalar bor xonadonlardan xayr-u barakat arimaydi.
Gazetadan