1. 1. Kuch bilan tortib, yulqib, butundan ajratmoq, butunni qismga bo‘lmoq.
Ho‘kiz bir siltab, arqonni uzib yubordi.
▬
Jo‘ra poshsha bo‘ynidan marvarid marjonini chiqardi-da, ipini shart-shart uzib, marvaridlarni kigizga to‘kdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Dutorchi dutorning qulog‘ini jahl bilan qattiq burab, torini uzib yubordi.
A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Ziyodaxon, zuvala uzar ekan, hazilomuz javob berdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. Palak, novda yoki tupidan ajratib olmoq, kesmoq.
Qovun uzmoq. Pomidor uzmoq. Uzum uzmoq. Olma uzmoq.
▬
Gulga termilib o‘tirishni emas, o‘sha gulni uzib, iskab yurishni yoqtiradi.
S. Siyoyev, Otliq ayol
3. 3. Kesib, qirqib, joyidan bo‘lak qilmoq.
Qilich bilan boshini uzmoq.
▬
Gluxovning ikkala oyog‘ini naq sonidan snaryad uzib ketdi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
4. 4. Turgan, yopishgan joyidan ajratmoq, xoli qilmoq.
Bu xarsangni yerdan uzib bo‘lmaydi. Tandirdan non uzmoq.
▬
Japaq qizchani bag‘ridan zo‘rg‘a uzib, otilib tashqariga chiqdi.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Yunus tizzalarini og‘riq kemirib yeb tashlayotgan bo‘lsa ham, boshini yostiqdan uzib, qimirlatib qo‘ydi.
S. Anorboyev, Oqsoy
5. 5. Davom qildirmaslik; to‘xtatmoq, kesmoq.
Gapni uzmoq. Suhbatni uzmoq.
▬
[ Saodat:] Qo‘rqmasim ham bormi, o‘zingga ehtiyot bo‘l, xatingni uzma.
N. Safarov, Saodatning qissasi
Bo‘y yetgan qiz, hozir sen bilan aloqani uzgan, uzmasa ham, bo‘shashtirgan bo‘lar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
6. 6. Qarzni to‘lamoq, evazini bermoq (qaytarmoq).
[G‘ofir:] Shuncha qarzim bor ekanmi? Men buni qanday uzaman, boy ota? Hamza,
Boy ila xizmatchi
Olgan omonatini batamom uzdimi?
K. Yashin, Hamza
yurtdan yegan oshlarini uzish niyatida to‘y taraddudiga tushdi.
S. Ahmad, Xazina
7. 7. Qattiq tishlamoq yoki chaqmoq; tishlab yoki chaqib yaralamoq.
Itning ishi — uzmoq, Yomonning ishi — buzmoq.
Maqol
Atrof-da g‘uv-g‘uv pashsha: oyoqlarga yopishadi, burun kataklariga suqiladi, quloqni uzadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
8. ko‘chma hma Qattiq ta’sir qilib azob bermoq, og‘ritmoq, achishtirmoq (issiq, sovuq, zarb, gap-so‘z va shu kabilar haqida).
Qizilqumda qish izg‘irini badanni uzib ola boshlagan kezda, kechagi student trassaga kelib, kolonna mexanigi bo‘lib ishga tushgan edi.
H. Nazir, O‘tlar tutashganda
Shudgor, qizigan misday, oyoqni jizillatib uzib oladi.
F. G‘ulom, Tirilgan murda
Pishiq o‘rilgan charm qamchin bilan Yo‘lchining ochiq ko‘kragini va bo‘ynini uzib oldi
Oybek, Tanlangan asarlar
o‘rtoq Debilov shu gaplari bilan Farmonqul akani bir uzib oldi.
S. Mahkamov, Shogird