1. 1. Vujudga kelishi, yuz berishi, amalga oshishi aniq bo‘lgan, shubhasiz, turgan gap.
Ahmad ichida o‘zini koyidi nega shoshding, axir shunday javob olishing muqarrar edi-ku.
F. Musajonov, Himmat
Ish shu xilda borsa, kayfiyat shu bo‘lsa, hademay kapsanchilardan bironta ham yakkaxo‘jalik qolmasligi muqarrar edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. Qaror topgan, turg‘un holga kelgan; tayinli.
Muqarrar tartib. Muqarrar qilmoq.