Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {achchiq} - lan ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ach-chiq-lan-moq
Izoh(lar)i:
achchiq sf

1. 1. Ta’mi og‘iz-tilni achitadigan, lovullatadigan. Achchiq garmdori. Farg‘ona vodiysidan boshqa joylarga ekiladigan turp negadir achchiq ta’m, taxir mazaga ega bo‘ladi. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

2. 2. Nordon, tishni qamashtiradigan. Achchiq (donali) anor. Otasi achchiq olma yesa, o‘g‘lining tishi qamashadi. Maqol

3. 3. Sezgi a’zolariga qattiq ta’sir qiladigan, o‘yuvchi. Achchiq gaz. Achchiq tamaki. Achchiq hid. Jiqqa ho‘l o‘tin yolg‘iz pirs-pirs qilib, achchiq zahar tutun buriqtiradi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Jazillatadigan, jonni achitadigan. Dalalarda kech kuzning achchiq shamoli esa boshladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Tashqarida shamol uvullar, achchiq sovuq naq badanni kesib ketguday edi. Gazetadan
[Sherbek] To‘rig‘ini egarladi. O‘zini egar ustiga olar-olmas, otga achchiq qamchi bosdi. S. Anorboyev, Oqsoy

5. ko‘chma hma Kishiga qattiq tegadigan, ko‘ngilga ozor beradigan; qattiq, noxush. Achchiq istehzo. Achchiq tanqid. Haq so‘z — achchiq so‘z. Maqol
U hatto bu achchiq ta’nalarni eshitmaganday.. sur bo‘lib turardi. Mirmuhsin, Umid

6. ko‘chma hma G‘am-iztirobli; alamli. Uning achchiq ko‘z yoshlari har qanday odamga ta’sir qilmasdan qolmasdi. Yoshlik
Cheki ko‘rinmas bu so‘qmoq yo‘lovchining madorini, nainki madorini, jonini oladigan qismatday achchiq. Saodat

7. ot ot Qahr, jahl; zarda. Hozir mening achchig‘im ham qahrim bor. Erali va Sherali
Bobongning achchig‘i qursin, yomondir. Nurali

8. ot ot Qiyinchilik, mashaqqat; g‘am-g‘ussa, g‘am-hasrat; azob-uqubat, Achchiq bilan chuchukni totgan bilur, uzoq bilan yaqinni yurgan bilur. Maqol
Bir achchiqning bir chuchugi bor. Maqol
Turmushning achchiqlarini totib ko‘rgan.. qadimgi batrak Abdurasul bu kunlarda o‘z muddaosining amalga oshayotganini his etar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: chuchuk , shirin [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Achchiqlanmoq – g‘azablanmoq – qahrlanmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.