Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chuchuk}
So‘z bo‘g‘inlari: chu-chuk
Izoh(lar)i:
chuchuk [chu-chuk ]

1. Achchiq emas, nordon emas; shirin Chuchuk olma. Chuchuk anor.◆Chuchuk qalampir asosiy darmondorilarning manbai bo‘lib ayniqsa, S darmondoriga juda boydir. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlar

2. ko‘chma.Kishiga ozor bermaydigan; yoqimli, ko‘ngilli, shirin. Bir og‘iz chuchuk so‘z odamning ko‘nglini qanchalar ko‘taradi! Gazetadan

3. ko‘chma.Ayrim tovushlarni (masalan, r ni) to‘la ayta olmaydigan. Tili chuchuk bola,◆— Nasimjon Fayzullayev, — dedi chuchuk til bilan sekretar va gilam chetiga omonatgina o‘ltirib, so‘zini davom ettirdi. Oybek, O.v. shabadalar.

Antonim(lar)i: achchiq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Achchiq – taxir – nordon – chuchuk – shirin
Ma’nosiga ko‘ra
(maza-ta’mning me’yoridan ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.