1. Tilanchiga, muhtojlarga beriladigan xayr-ehson. Shoqosim past, ayanchli ovoz◆bilan bir nimalar so‘zlab, o‘tkinchilardan sadaqa so‘raydi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Xudo yo‘liga, aziz-avliyolarga ulardan najot istab qilinadigan ehson; qurbonlik. Adolatga qizamiq chiqqanda, er-xotin uch kungacha kiprik qoqmasdan uning tepasida o‘tirishdi, qo‘llariga ilingan har bir narsani uning boshidan aylantirib, sadaqa qilib yuborishaverdi. S Zunnunova, Gulxan
3. Oluvchi nazarida sadaqa bo‘lib tuyuladigan xayr-ehson, pul. Xotiningiz sizni allaqachon unutibdi, sadaqalaringizga muhtoj emas ekan, deb ayting. S. Ahmad, Kadr-don dalalar
1. sadaqasi ketmoq: -
2. sadaqasi ketsa arzimoq: -
3. sadaqayi sari: -