Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xayr}
So‘z bo‘g‘inlari: xayr
Izoh(lar)i:
xayr [xayr ]

1. Tilanchiga, beva-bechoralarga beriladigan sadaqa, ehson. Afandi baland aylana zinadan pastga tushgandan so‘ng, xayr so‘rayotgan gadoyni ko‘rdi. Gazetadan

1. Xayrlashganda, vidolashganda aytiladigan so‘z. — Xayr, sog‘ bo‘ling, — dedi Saodat Lolaxonni eshikkacha uzatib. S.Zunnunova, Olov

2. Birovga qilinadigan xolis yordam, yaxshilik; saxovat. Safar xayrsiz bo‘lmaydi. P. Tursun, O‘qituvchi

3. Yaxshi, mayli, xo‘p; nima bo‘lsa bo‘ldi. Xayr, bizdan ketsa-ketsin, dargohi-da qabul bo‘lsa, bas!K. Qodiriy, Kichik asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sadaqa [a]

1. xayr I Ot
tilanchiga beriladigan sadaqa, ehson

2. xayr II Undov
Ketayotganda, vidolashganda aytiladigan so‘z

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bu dunyo bilan xayrlashmoq: vafot etmoq, o‘lmoq

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.