1. Aylanmoq fe’lining 1-shaxs birlik buyruq mayli.
2. Sadag‘ang ketay, qurbon bo‘lay; o‘rgilay (erkalash, suyish va shu kabilar munosabatni bildiradi).
Voy, To‘lajonimdan aylanay! Voy, shunday she’rlar yozgan o‘g‘iljonimdan o‘rgilay.
M. Ismoiliy, Bizning roman
3. Erkalatish yoki hurmat ifodalovchi murojaat shakli.
Sifatbuvi Jamilaga: Aylanay, qizim, nahotki boshingga davlat qushi qo‘nsa-yu, uni kaltaklab, o‘zing quvlasang!
Hamza, Boy ila xizmatch