1. 1. Estetik zavq yoki orom beradigan narsalardan olinadigan lazzat, huzur, gasht.
Sevgisin aytmaslik — qizlar odati, Noz-u karashmasi — yigit rohati.
M. Alaviya
Kunduzlari issiqdan behol bo‘lgan odamlar kechadan rohat kutadilar.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Huzur-halovat, farog‘at, tinch va fa-rovon hayot.
Rohatda yashamoq. Mehnat, mehnatning tagi — rohat.
Maqol
Mehnatsiz rohat yo‘q.
Maqol
Endi senlar omon bo‘linglar. Dunyoning rohatini senlar ko‘ringlar.
Oydin, Oltin uzukka olmos ko‘z
[Puldorlarning] Qornilari to‘q. Bola-chaqalari rohatda, uylarida qazi-qarta qaynaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. Rohat (xotin-qizlar ismi).