Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Rossiyada 2 mln.dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi bor. Charter reys Rossiyadan ketishning yechimi emas. Chunki bitta samolyotga 250ta odam sig‘adi. Ketmoqchi bo‘lib yozilganlarning o‘zi hozirgacha 10 mingdan oshib ketgan. Yozilganlarning o‘zini olib chiqib ketish uchun ham juda ko‘p miqdorda reys qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik baribir keta olmaydi. Menga telefon qilishganida aytaman – bugun ro‘yxatga yozilgan taqdiringizda ham, sizning navbatingiz qachon kelishi noma’lum. Navbat kelguncha, yo‘llar ochilib, hamma narsa iziga tushib ketishi ham mumkin. Nafaqat samolyot, temiryo‘l va boshqalarni yo‘lga qo‘yganda ham qisqa muddat ichida barcha o‘zbekistonliklarni olib chiqib ketishning imkoni yo‘q. Shuni ham tushunish kerakki, birinchi navbatda, haqiqatan ham muhtojlar, kasallar, yosh bolalilar, keksalar ketishi kerak. Sal qiynalgani uchun ham, sherigi ketayotgani uchun ham odamlar ketmoqchi bo‘lyapti. Favqulodda vaziyatni tushunib, muhtojlarga ko‘proq yo‘l berishimiz kerak. Oddiy holatdagi odam imkon qadar shu yerda kutishi kerak. Bundan tashqari, biz ozgina mas’uliyat his qilishimiz kerak. 200 mingga yaqin kasallik chiqib turgan Rossiyadan O‘zbekistonga borishimiz o‘z sog‘ligimiz uchun xavfli, yo‘lda bizga ham kasallik yuqishi mumkin. Kasallikni o‘zimiz ham O‘zbekistonga olib borishimiz mumkin. O‘zbekistonda yaqin orada kasallik tugab qolsa kerak. Kasallik kamayib turgan paytda, yana tarqatishga sababchi bo‘lib qolish to‘g‘ri emas.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiKoronavirus, charter reyslar va patent – Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan huquqshunoslar bilan suhbat
Muallif(lar)i Kun.uz sayti
Yozilgan vaqti22.04.2021
Internetga joylangan vaqti11.05.2020
Kiritilgan vaqti22.04.2021
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://kun.uz/uz/news/2020/05/11/koronavirus-charter-reyslar-va-patent-rossiyadagi-ozbekistonliklarni-qiziqtirayotgan-savollar-yuzasidan-huquqshunoslar-bilan-suhbat
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator