Kontekst:
Alisher Navoiy asaridagi “Fil va ko‘rlar” degan holatga o‘xshash vaziyat bo‘lyapti. Ya’ni oddiy fuqarolarimiz aloqada bo‘lgan bo‘lsa, bir necha holatni ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Lekin bizga o‘xshagan yuristlar, ko‘pchilik migrantlar bilan ishlab turgan, koll-markazda ishlayotgan operatorlar butun Rossiyadan bo‘layotgan murojaatlar bilan ishlashyapti. Vrachlar bilan aloqada bo‘lishni ko‘rib borishyapti. Ya’ni holatlar bir tomonlama yoritiladigan emas. Rossiyada, har qanday joyda bo‘lgani singari o‘zining fuqarosiga munosabat sal boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash xususiy holatlar bo‘lishi mumkin. Lekin umuman olganda, chet el fuqarolariga qaramayapti, tashlab qo‘yyapti, degan gap noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki o‘zimiz shaxsan tibbiy yordam chaqirib berganmiz, shifoxonada davolanib turgan o‘zbekistonliklarni bilamiz. Bu narsa tizimli kuzatilayotgan bo‘lsa, biz bilgan holatlar ham bo‘lmasligi kerak edi.
Manba:
| Nomi | Koronavirus, charter reyslar va patent – Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan huquqshunoslar bilan suhbat |
| Muallif(lar)i | Kun.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 11.05.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://kun.uz/uz/news/2020/05/11/koronavirus-charter-reyslar-va-patent-rossiyadagi-ozbekistonliklarni-qiziqtirayotgan-savollar-yuzasidan-huquqshunoslar-bilan-suhbat |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |