Kontekst:
Migrantlarning saviyasiga keladigan bo‘lsak, ularning til bilish darajasi past. Lekin shunga qaramay, ko‘pgina migrantlar Rossiyada oilasi bilan yashayapti. Migrantlar oilasida men ko‘rgan eng yaxshi holat, maosh va qiyinchilikka qaramay farzandlarga ta’lim berish tizimi. Ya’ni migrant bolalari o‘rtahol rus oilalari singari rus tili, ingliz tili, sport to‘garaklariga qatnashib kelishmoqda. Migrantlar farzandlarining ta’lim tizimiga boshqacha qarashadi. Qiz yoki o‘g‘il bola bo‘lishidan qat’iy nazar farzandlarini oliy ta’limda o‘qitmoqchiliklarini aytishadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, migrantlar saviyasi yaqin 10 yil ichida o‘zgaradi. Mehnat muhojirlarining aksariyati aytishadi, biz oddiy qishloq aholisimiz, qishloqda dehqonchilik bilan topgan daromadimizga O‘zbekistonda farzandimizni o‘qita olmasdik deb. Hozirgi holat 50ga 50. Saviyali migrantlar ko‘paygan. 2000 yillardagi migrantlar kam. 30-40 foiz migrant o‘z huquqlarini yaxshi bilmaydi va qiynaladi. 50-60 foiz migrant esa o‘zini qo‘lga olgan, saviyasi o‘rta yoki o‘rtadan sal yuqori.
Manba:
| Nomi | Koronavirus, charter reyslar va patent – Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan huquqshunoslar bilan suhbat |
| Muallif(lar)i | Kun.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 11.05.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://kun.uz/uz/news/2020/05/11/koronavirus-charter-reyslar-va-patent-rossiyadagi-ozbekistonliklarni-qiziqtirayotgan-savollar-yuzasidan-huquqshunoslar-bilan-suhbat |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |