Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Shu bois yosh avlodga adabiyot tarixini o‘rgatish barobarida ularning ma’naviy dunyosini boyitish, yuksak umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va mutoalaa madaniyatini oshirish talab etiladi. Hozirgi globallashuv sharoitida, axborot texnologiyalarining tez suratda taraqqiy etishi, xususan internet tizimining har bir xonadonga kirib kelishi ostonasida bo‘y ko‘rsatayotgan turli ma’naviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishda ham so‘z san’atining o‘rni beqiyos. Shundan kelib chiqib, adabiyot bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarni zamonaviy talablar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish, o‘qitishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish zarurati paydo bo‘lgan. Oliy ta’lim tizimida asosan filologik yo‘nalishlar dasturiga kiritilgan “Chet el adabiyoti”, “Jahon adabiyoti”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” singari fanlar bo‘yicha o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish masalasi ham o‘ta dolzarb hisoblanadi. Mazkur fanlar bo‘yicha mukammal dasturiy qo‘llanmaning yo‘qligi bois o‘quv jarayonida turli noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Hususan, ma’lum bir adabiy davr, yozuvchilar ijodi yoki badiiy matn bilan ishlashda talaba oldida bir qator muammolar paydo bo‘lmoqda. Qo‘lingizdagi qo‘llanma xrestomatiya yuqoridagi singari muammolarga barham berish maqsadida mazkur soha bo‘yicha ko‘p yillardan buyon talabalarga saboq berib kelayotgan mutaxassislarning tajribalaridan kelib chiqib yaratildi. Chet el adabiyoti bo‘yicha mashg‘ulot olib boruvchi professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida qo‘llanmadagi materiallarga quyidagicha tartib berildi: Tarixiy-adabiy davr haqidagi ma’lumotlar; Yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar Chet el adabiyoti bo‘yicha ijodkorlarning o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari yoki ulardan parchalar Mavzular bo‘yicha nazorat savollari Jaxon adabiyoti tarixi bo‘yicha test savolllari Adabiyotlar ro‘yhati Demak, talabalarning chet el adabiyoti bo‘yicha o‘nlab manbaalarga murojaat qilishiga o‘rin qolmaydi. Lekin talabalarimiz faqat mazkur qo‘llanma xrestomatiya doirasidan chetga chiqmasinlar deyish ham noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki qo‘lingizdagi kitobda chet el adabiyoti bo‘yicha talaba bilishi lozim bo‘lgan minimal ma’lumotlar hamda ma’lum bir davrdagi adabiy jarayon haqida tasavvur bera oladigan asarlar yoki asarlardan parchalar jamlangan. Qo‘llanmadan nazariy, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin. Kitobning yaratilishida davlat ta’lim standartlari, chet el adabiyoti bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturlari asos qilib olindi. Talabalarda xorijiy mamlakatlar adabiy jarayoni haqidagi tasavvurni shakllantirish murakkab va mas’uliyatli vazifa sanaladi. Xorij adabiyotini yaxshi bilish, tahlil qila olish ko‘nikmasi qiyoslash orqali o‘zbek adabiyotini yanada teran his qilishga yordam beradi. Qo‘lingizdagi kitob ana shu mas’liyatli vazifani ado etish maqsadida yaratildi. Qo‘llanmadagi yozuvchi-shoirlar haqidagi ijodiy-biografik ma’lumotlarga tartib berishda N.Tronskiy, A.Jirmunskiy, A.Alimuhammedov, O.Qayumov singari mualliflarning darslik va qo‘llanmalariga murojaat qilindi. Qo‘llanma-xrestomatiya butunlay benuqson degan fikrdan yiroqmiz. Vaholanki, qo‘lingizdagi kitob chet el adabiyoti bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘llanmaning 1- qismi bo‘lib, u haqida bildirilgan barcha fikr, mulohaza, takliflar mualliflar tomonidan keyingi qismda inobatga olinishi mumkin. Chet el adabiyoti olamiga qiladigan sayohatingiz barchangiz uchun hayrli, mazmunli va samarali bo‘lsin. ANTIK DAVR ADABIYOTI “Antik adabiyot” atamasi Yevropadagi ikki quldorlik jamiyati Yunon va Rimda yaratilgan badiiy ijod namunalariga nisbatan tatbiq etiladi. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Yunonistonda paydo bo‘lib, keyinchalik yuksak kamolot bosqichiga ko‘tarilgan bu adabiyot milloddan avvalgi III asrda Rim madaniyatining tarkib topishida katta rol o‘ynagan. Aslida Yunon va Rim adabiyotidan avval madaniyat beshigi bo‘lgan Sharq mamlakatlari, xususan, Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Bobil kabi qadimgi davlatlarda badiiy ijod taraqqiy etgan. Fikrimiz isboti sifatida qadimgi Misr ehromlariga bitilgan falsafiy she’rdan parchani keltirish mumkin: “Bugun ko‘zlarimda o‘lim: Xuddi og‘ir xastalikdan tuzalayotgan, Kasal odamday. Bugun ko‘zlarimda o‘lim: Xuddi mirra daraxti xididay, Xuddi shamolli kunda qayiq yelkani ostida o‘ltirganday. Bugun ko‘zlarimda o‘lim: Xuddi erkaklar urushdan qaytayotganda, Yuraverib ochilgan so‘qmoqday. Bugun ko‘zlarimda o‘lim: Xuddi ko‘kdan choyshabni olganday, Unda inson ilgari tasavvurida ham bo‘lmagan narsaga erishadi. Bugun ko‘zlarimda o‘lim: Xuddi uzoq yillik asirlikdan so‘ng, O‘z uyini ko‘rmoqchi bo‘lgan odamning istagiday”. Biroq, Yevropa xalqlari madaniy taraqqiyot yo‘lida asosan Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo‘lganliklari bois, shu xalqlar bunyod etgan madaniy merosni eng qadimiy deb hisoblaganlar. Shu bois “antik” atamasi Yevropaning eng qadimgi madaniy yodgorliklari, jumladan adabiyotiga tatbiqan qo‘llanib kelinadi. Demak, antik adabiyotning tarixiy chegarasi miloddan avvalgi VIII-VII asrdan milodiy V asrgacha bo‘lgan 1200 yillik davrni o‘z ichiga oladi. Yunon adabiyoti Yevropa xalqlarining qadimiy adabiyotidir. Bu bilan qadimgi Sharq adabiyoti unsurlari Yunonlarga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan degan fikrdan yiroqmiz. Yunon folklari qo‘shnilari folklari ta’sirida boyigan. Mana shu folklar zamirida paydo bo‘lgan Yunon adabiyoti mustaqil ravishda taraqqiy etgan. Hozir bizga ma’lum bo‘lgan badiiy shakllarning ko‘pchiligi, uslub vositalarining bir qanchasi Yunonlarning kashfiyoti sanaladi. Rim adabiyoti Yunon adabiyotidan keyin rivojlandi. U Yunon adabiyoti tajribalariga tayangan holda taraqqiy etdi. Shu bilan birga, antik jamiyatning keyingi bosqichlarida paydo bo‘lgan yangi muammolarni xal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Yevropa adabiyotining yuzlab, minglab namunalari unutilib, faqat mutaxassislarning mulkiga aylanib qolgani holda Homer dostonlari, Yunon dramasi namunalari, buyuk Rim shoirlarining asarlari hamon badiiy qimmati va estetik ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur asarlarning jozibasi ulardagi yuksak mahoratdagina emas, balki shu adabiyotni yaratgan xalqlarning his-tuyg‘ulari va orzu-umidlarining ifoda etilganligida hamdir. Qadimgi Yunon-rim adabiyotida insoniyatning asriy muammolari qalamga olingan. “Ular botirlik jasoratini, kurash ishtiyoqini, vatan mehrini, insonning qudratini kuylaganlar, ulug‘laganlar, pastkashlik, qo‘rqoqlik, sotqinlik va shu kabi chirkin illatlarga nafrat ko‘zi bilan qaraganlar” Shu bois uzoq o‘tmishda yaratilgan bo‘lishiga qaramay, Yunon-rim adabiyoti namunalari turli tarixiy davrlarda ham jozibasini yo‘qotmay hammaga manzur va ma’qul bo‘lib kelmoqda. Yevropa xalqlari o‘z taraqqiyotlari davomida bir necha bor Yunon-rim san’ati va adabiyotiga murojaat etib, ular asosida o‘zlarini bezovta qilgan tuyg‘u va Antik adabiyot tarixi T.:O‘qituvchi, 1969, -B. g‘oyalarni hal etishga uringanlar. Ma’jusiylik kuchli ta’qib ostida bo‘lgan o‘rta asrlarda ham antik mavzular Yevropa adabiyotidan chiqib ketgan emas. XIV asrda Italiyada tug‘ilib, keyin Yevropaning boshqa mamlakatlariga yoyilgan Uyg‘onish davrining ulug‘ allomalari antik dunyo ilm-u fani, san’at va adabiyoti, falsafiy ta’limotlari ko‘magida bashariyatni jaholat uyqusidan uyg‘otishni maqsad qilganlar. Gumanistlar antik zamon yodgorliklarini to‘plash va nashr etishga katta e’tibor qaratdilar. “Uyg‘onish” so‘zining dastlabki ma’nosi ham “Qadimgi ma’daniyatni tiklash” demakdir. XVII asrdagi Yevropa klassitsizm adabiy oqimi esa antik dunyo badiiy ijodiga taqlidan paydo bo‘ldi va rivojlandi. Xususan, Yevropa sahnasida 100-150 yil davomida antik davr tragediyalari mavzusi asosiy o‘rin egalladi. Mazkur davr ijodkorlari antik adabiyoti namunalari va adabiyot nazariyasidan o‘z adabiy konsepsiyalarini yaratishda ijodiy yondashib unumli foydalanganlar. Klassitsizm dramasida keng tatbiq etilgan “uch birlik” qonuni aynan shunday yondashuvning natijasidir. XVIII asrning 2-yarmidan boshlab, antik adabiyotga bo‘lgan munosabat bir muncha o‘zgardi. Mutloq hokimiyatga qarshi bosh ko‘targan burjua rahnamolari antik davr adabiy, tarixiy va falsafiy yodgorliklaridan o‘zlarini qizqtirgan ozodlik va erkinlik g‘oyalarini topdilar. Yunon polislari va Rim respublikasining buyuk yoki afsonaviy namoyandalari siymosida respublika tuzumining ideal obrazlarini ko‘rganlar, xususan, Plutarx va Tit Liviy, respublika tuzumi uchun kurashchilar Demosfen va Sitseron, imperatorlar istibdodini fosh qilgan Tatsit va Lukan hamda Rim satiriklari shular jumlasidandir. Fransuz inqilobi davridagi adabiyot, teatr xatto xalq amaliy san’ati ham antik libosga burkangan edi. Fikrimizni inqilob adabiyotini yorqin vakili Andre Sheneni quyidagi so‘zlari tasdiqlaydi: “Qadimgilarning bo‘yoqlardan foydalanib, mash’alalarimizni ularning siyosiy gulxanlaridan alangalatamiz va yangi ruh bilan yo‘g‘rilgan antik she’rlarni yaratamiz”. Xullas, yangi Yevropa sivilizatsiyasiga qadimgi Yunon va Rim madaniyati zamin tayyorlagan. Ko‘plab buyuk so‘z san’atkorlari, xususan, Dante, Petrarka, Mikelanjelo, Shekspir, Milton, Bayron, Rable, Kornel, Rasin, Moler, Volter, Lessing, Gyote va Shillerlar antik davrning g‘oyalari, badiiy obrazlarini o‘z asarlarida qo‘llaganlar, yangicha talqin berganlar. Buyuk rus adib va tanqidchilari Pushkin, Gogol, Belinskiy, Turgenev va Tolstoy ham antik dunyo adabiyotini yuksak baxolaganlar, xususan Belinskiy do‘stlaridan biriga yozgan maktubida qadimgi Yunon va Rim shoirlariga yuksak baho berib, quyidagicha fikr bildiradi: “Iliada”...men uchun shunday bir xuzur manbaiki, uning kuchidan ba’zan allaqanday totli qiynoqda behol bo‘lib qolaman... Tushunmagan ko‘p narsalarimni Plutarx tufayli tushunib oldim. Yunon va Rim zaminida eng yangi bashariyat ulg‘aygan ekan. Markaziy Osiyo antik dunyo bilan ko‘p asrlar davomida madaniy-adabiy aloqada bo‘lganligi tarixiy, ilmiy manbalardan ma’lum. O‘z vaqtida ellinizm madaniyati yurtimiz madaniyatining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan bir qatorda Yunon-Baktriya hukmronlari davrida Sharq xalqlarining faol ishtiroki bilan Sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi. “Biz hozirgi zamonda yurtimizning ming-ming yillik tarixini, tamomila yo‘qolib ketgan ba’zi bir adabiy asarlarimiz izlarini antik zamonda o‘tgan Yunon-Rim tarixchilari(Gerodot, Polien, Diodor, Xares) asarlarida topib olamiz”2, - deb yozadi o‘zbek adabiyotshunos olimi N.M.Mallaev. X-XI asrlarda boshlangan madaniy rivojlanish natijasida ilm-fanda katta yutuqlarga erishildi. Bu davrda jahon madaniyatini rivojlanishiga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shgan buyuk allomalar Al-Xorazmiy, Abunasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Aburayxon Beruniy faoliyat ko‘rsatdilar. “Ikkinchi Aristotel” yoki “Al muallim as-soniy” nomini olgan Forobiy, “Uchinchi Aristotel”, “fan sardori”, “falsafa sultoni” nomlarini olgan Ibn Sino Yunon N.M.Mallayev. Sharq va G‘arbni birlashtirmoqchi bo‘lgan Aleksandr Makedonskiy haqida ko‘plab tarixiy, badiiy, ilmiy asarlar yaratilib, uning shaxsiyati, insoniyat tarixidagi o‘rni haqida turlicha talqinlar berilgan. Hazrat Navoiy qalamiga mansub “Saddi Iskandariy” dostonida shoh Aleksandr timsoli o‘ziga xos, takrorlanmas, yangicha talqil qilinadi. Daho shoir Iskandar obrazi orqali zamondoshlarini qiynayotgan, hayajonga solayotgan ma’naviy-ahloqiy muammolarga e’tiborni qaratadi. XX asrning 30-40 yillaridan boshlab O‘zbekistonda antik adabiyotni o‘rganish, mazkur davrda yashab ijod etgan ijodkorlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari jonlandi. Xususan, Oybek, A.Alimuhammedov, H.Sulaymonovlar tomonidan qadimgi Yunon adabiyoti tadqiq etila boshlandi. SHundan so‘ng, antik davr adabiyotidan o‘zbek tiliga qilingan dastlabki tarjimalar paydo bo‘la boshladi. Bu borada Oybek, Asqad Muxtor, Erkin Vohidovlar samarali faoliyat ko‘rsatdilar. Mohir tarjimon Q.Mirmuhammedovning ko‘p yillik mehnati natijasida Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari o‘zbek tiliga o‘girildi. Qadimgi Yunon va Rim davri ijodkorlari, faylasuflarining asarlaridan qilinayotgan tarjimalar salmog‘ining oshib borayotganligi antik davr madaniyatiga bo‘lgan qiziqishning xali hamon yuqori ekanligidan dalolat beradi. Umuminsoniy badiiy merosning ajralmas qismi bo‘lgan antik adabiyotda tilga olingan ko‘plab mavzu va muammolar hozir ham dolzarb bo‘lib, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Qadimgi Yunon adabiyoti Adabiyot xalq hayotining ko‘zgusidir. Shuning uchun antik adabiyotni o‘rganishni ham uni yaratgan xalqlar hayotini o‘rganishdan boshlash lozim bo‘ladi. Bu xalqlar qadimgi Yunonlar va rimliklardir. Miloddan oldingi II mingyillikda Yunoniston hududi va Egey dengizidagi orollarda ikki yirik markazlar nomi bilan Krit-Mikena deb atalgan, qadimgi madaniyat paydo bo‘lgan. Qadigi Yunonlarning tasavvuri bo‘yicha “muqaddas” Olimp tog‘iga makon qurgan ma’bud va ma’budalar haqidagi miflar ham aynan shu davrda yaratilgan. Krit-Mikena adabiyotining birinchi davri xalq og‘zaki ijodining uzoq asrlarini qamrab olgan bo‘lib, m.o. IX asrda yakunlanadi. Ushbu davr ijodi namunalari bizgacha etib kelmagan va u haqidagi ba’zi ma’lumotlarni keyingi davr adabiyotidan, Qadimgi Misr va Xett hujjatlaridan topish mumkin. Arxaik davrda bir necha asrlar davomida shakllangan va m.o.VI asrda yozib olingan Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari to‘laligacha etib kelgan yagona namunalar hisoblanadi. 10 yil davom etgan Troya urushi va undan keyingi o‘n yillik voqealari aks etgan bu dostonlar epik qo‘shiqlar va rivoyatlar asosida maydonga kelgan. Agar epos insonni o‘rab turgan olam va undagi voqealar haqida hikoya qilsa, lirika shaxsning ichki dunyosini hamda shoir ochib beradi. “Lirika” atamasi torli va lirik qahramonning kechinmalarini cholg‘u asbobi lira nomidan kelib chiqqan bo‘lib, “musiqa jo‘rligida ijro etilgan she’r” degan ma’noni anglatadi. Lekin, bu atama ancha keyin m.av. Unga qadar “Melika” atamasi torli cholg‘u, birinchi navbatda 7 torli lira jo‘rligida ijro etiladigan qo‘shiqlarni ifoda etgan. Qadimgi Yunon she’riyatida lirikaning ikki asosiy turi shakllangan bo‘lib, bular yakka xonanda tomonidan ijro etiluvchi monodik lirika va ko‘pchilik tomonidan kuylanuvchi xor lirikasi. Shoir Pindarning asarlari xor lirikasining ilk namunalari bo‘lsa, monodik lirikani Sapfo va Anakreont she’rlarida kuzatish mumkin. Yunonlar lirik she’riyatni qo‘shiq, musiqa va hatto raqs bilan bog‘liq ravishda tasavvur qilganlar. Asta-sekin lirikaning yamb va elegiya deb atalgan turlari faqat o‘qishga moslashtirilgan janrga aylanib bordi. Qadimgi Yunon she’riyatida qofiya bo‘lmagan. Lirik asarlar ohangdorligini ta’minlovchi yagona vosita vazn bo‘lgan. Shu bois poeziyada vazn turlari takomillashib borgan. Alkey va Sapfo singari shoirlar nomi bilan ataluvchi vazn turlari jahon she’riyatidan abadiy o‘rin egallagan. Miloddan oldingi VII-VI asrlar she’riyatida shaxsning fikr va o‘ylarini diniy-axloqiy yondashuv asosida talqin etish kuchli edi. Tarixiy va oddiy kishilar obrazlari aks etgan novellalar va Ezop nomi bilan bog‘liq masallar yaratildi. Afina demokratiyasining qaror topishi davrining yirik shoiri Esxil o‘z tragediyalarida ijtimoiy va axloqiy masalalarni qalamga olgan bo‘lsa, Sofokl erkin inson timsolini yaratdi. Komediya an’anaviy shakllarni saqlagani holda, yangi ijtimoiy-satirik mazmun bilan boyidi, taraqqiy etdi. Bu davrda Aristofan asarlari Yunon siyosiy va madaniy hayotida o‘tkir satira sifatida maydonga chiqdi. Individuallashgan personajlar bilan bir qatorda umumlashma hajviy obrazlar paydo bo‘ldi. Qadimgi Yunon adabiyoti quyidagi davrlarga bo‘linadi: Qadimgi Sharq va Yangi davr Yevropa adabiyotini bir-biri bilan bog‘lab turuvchi antik davr, Yunon adabiyoti o‘z ahamiyati jihatidan jahon adabiyotining bir bo‘lagi hisoblanadi. Qadimgi Yunon miflari. Barcha xalqlarning adabiyoti singari Yunon adabiyoti ham og‘zaki xalq ijodi zaminida paydo bo‘lgan. Yunon folkloridan juda kam namunalar saqlanib qolgan bo‘lsa ham, shularga asosan qadimda Yunon xalqining anchagina boy og‘zaki adabiyoti bo‘lganligini aniqlash mumkin. Ibtidoiy jamiyat kishilarining tabiat haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi afsona va asotirlar yig‘indisi qadimgi Yunon mifologiyasi tashkil etadi. Antik davr madaniyatining, jumladan, Yunon mifologiyasining jahon xalqlari taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir. Yunon xalqining miflari umumbashariy madaniyatning asoslaridan biri bo‘lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga chuqur kirib borgan. Mif(Yunoncha mythos rivoyat, hikoya, masal) xalq xalq og‘zaki ijodining eng qadim davrlarida paydo bo‘lgan, voqelik haqidagi tasavvurlarni konkret obrazlar vositasida aks ettiruvchi rivoyaviy asarlardir. Mifologiya ko‘plab miflardan tashkil topadi. Miflar olam va odam haqidagi hikoyalar bo‘lsa-da, ularni tom ma’noda so‘z san’ati hodisasi deb bo‘lmaydi. Ular qadimgi odamlar uchun tafakkur shakli bo‘lib, miflar vositasida olam sir-sinoatlarini bilishga intilganlar. Deylik, Yunonlar chaqmoq chaqishini Zevsning, dengizdagi dahshatli dovullarni Poseydonning g‘azablangani bilan izohlaganlar, inson taqdiridagi turfa evrilishlarda ilohlarning aralashuvini ko‘rganlar. Qadimgi Yunon mifologiyasi erda hayotning paydo bo‘lishini, tabiatdagi hodisalarning yuz berishi sabablarini tushuntirishga bo‘lgan urinishi sifatida, inson o‘z atrof-muhitidagi o‘rnini aniqlashga ojiz bo‘lgan davrda paydo bo‘lgan edi. Miflar yaratilishining o‘zi insonning ijodga va o‘z-o‘zini bilib olishga qo‘ygan ilk qadami edi. Tadrijiy suratda Yunon zaminining turfa viloyatlarida vujudga kelgan ayrim asotirlardan qahramonlar va ularga homiylik qilgan ma’budlarning taqdirlari haqida butun boshli turkumlar tarkib topgan. Yurt kezib yurgan aed qo‘shiqchilar tomonidan ijro etilgan barcha afsonalar, madhiyalar va qo‘shiqlar zamonlar o‘tishi bilan Homer, Hesiod va boshqa ko‘plab shoirlar tomonidan dostonlarga aylantirilgan. Eramizgacha V asrda yashagan qadimgi buyuk Yunon shoirdramaturglari Esxil, Sofokl, Evripidlar o‘z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. Zamonlar o‘tishi bilan olam haqidagi mifologik tasavvurning o‘rnini ilmiy bilimlarga va tabiat hodisalarini o‘rganish natijalariga asoslangan qarashlar egalladi. Ilgari sirli tuyulgan ko‘plab hodisalar ilmiy jihatdan asoslab berildi. Biroq shunga qaramay, miflar yo‘qolib ketmadi, ular o‘z hayotini adabiyotda davom ettirdi. Zevs, Prometey, Gerakl va boshqa qadimgi miflarning qahramonlari, turli davr yozuvchilarining asarlarida umrlarini davom ettirdilar. Qadimgi Yunon dramasi. Miloddan oldingi VII-VI asrda shakllangan Yunon quldorlik jamiyati V asrda o‘zining yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. V-IV asrlar adabiyoti Afina shahri joylashgan viloyat nomi bilan “Yunon adabiyotining attika davri” deb ataladi. Afina davlatini boshqargan Perikl poytaxtga butun Yunonistondan faylasuf, olim, shoir, xaykaltaroshlarni to‘pladi. Taraqqiyot bosqichi mobaynida barcha xalqlar qo‘shiq aytib, raqs tushib bajaradigan turli rasm-rusumlar bo‘lgan. Drama adabiyotning alohida turi sifatida antik davrda shakllandi. Dramada asosiysi hikoya yoki bayon qilish eias, harakat bo‘lgan. Dramada ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro suhbatlar dialoglar, munosabatlar, ularning xatti-harakatlari, qarama-qarshiliklar va ularning echimi tasvirlanadi. Yunon dramaturgiyasining barcha turlari tragediya, komediya, satirlar dramasi dehqonlarning homiylari bo‘lgan ma’budalar Demetra va Kora sharafiga kuylagan qo‘shiqlar hamda may, shodlik va hosildorlik ma’budi, taka qiyofasidagi Dionisga bag‘ishlangan marosimlar asosida maydonga kelgan. Afsonalarda hikoya qilinishicha, Dionis Zevs bilan Semela degan qizdan tug‘ilgan. Dionis o‘zining odamsifat, ammo dumdor, echki tuyoq hamrohlari satirlar bilan birga dunyoni kezib yurgan paytlarida, insonning og‘ir va g‘amgin hayotini ko‘radi-da, odam bolasini baxtiyor va xushnud qilish niyatida, ma’budlar taomi amvroziyani keltirib bermoqchi bo‘ladi. Ma’budlar buni sezib qolgach, Dionis amvroziyani erga ko‘mib qochadi. Birmuncha vaqtdan so‘ng bu yerda tok navdalari unib chiqadi, uning mevalari odamlarga baxt va shodlik keltiradi. Bundan qahrlangan Zevs, o‘g‘lini Olimp tog‘idan badarg‘a qiladi. Erda Dionis og‘ir musibatlar chekib, vafot etadi. O‘g‘lining o‘limidan so‘ng Zevs uning gunohlaridan kechib, Dionisni ma’budlar qatoriga qabul qiladi. Dionis odamlarga har yili ikki marta o‘z sharafiga bayram o‘tkazishni vasiyat qiladi. Shundan e’tiboran Dionis hosildorlik, may, shodlik va sarxushlik rahnamosi bo‘lib qoladi. Ularga bag‘ishlangan maqtov qo‘shiqlar difiramblarni kuylovchi xorga shoir Fespis birinchi akterni qo‘shgandan so‘ng u dramatik janrga aylandi. Tragediya prologdan boshlangan va orxestrga xor chiqib, tomoshabinlarga voqeaning mohiyatini aytib bergan. Shundan keyin dialogik qismlar akterning korifey bilan yoki ikki-uch akterning suhbatlari bilan davom etgan va “eksod” (xotima) bilan yakunlangan. Aristotelning yozishicha, tragediya “trago” va “oide” so‘zlaridan kelib chiqib, “taka qo‘shig‘i” ma’nosini anglatadi. Yunon shoir-dramaturglari, jumladan Esxil, Sofokl, Evripidlar ham o‘z tragediyalarini xudolar va qahramonlar haqidagi qadimgi asotirlar mazmuniga asoslanib yaratgan edilar. Bayramlardagi hushchaqchaq hazillardan “comos” va “oide” (komediya), ya’ni masxarabozlar qo‘shig‘i paydo bo‘lgan. Keyinroq tragediya va komediya o‘rtasida “satirlar dramasi” shakllandi. Dramaning barcha turlari diniy marosimlardan paydo bo‘lganligi sababli, qadimgi Yunonlar bularning barchasiga yuksak e’tiqod bilan qaraganlar. Teatr tomoshalari davlat tasarrufidagi muhim siyosiy hamda tarbiyaviy tadbirlardan biri sanalgan. Ikkinchidan, Dionisiy marosimlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ushbu tomoshalar yiliga uch marotaba o‘tkazilgan va bir necha kun davom etgan. Yunonlar bu marosimlarga shunchaki bir ermak deb emas, balki muhim diniy bayram deb qaraganlar. Qadimgi Yunonistonda barcha o‘yinlar singari, teatr tomoshalari ham musobaqa shaklida o‘tkazilgan. Tragediyanavis shoirlar mazmunan bir-biri bilan bog‘liq 3 ta tragediya va 1 ta satirlar dramasini xakamlar hay’atiga taqdim etganlar. Komediyanivis shoirdan faqat bitta asar talab etilgan. Yunon adabiyotining barcha janrlari kabi, tragediyaning mavzulari ham asosan mifologik afsonalardan olingan. Agarda dastlabki davrlardan bu mavzular Dionis haqidagi rivoyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shoirlar boshqa ma’budlar va qahramonlar haqidagi afsonalarga murojaat qila boshlaganlar. Biroq, shu bilan birga, tragediya mualliflari mavzu tanlaganlarida ham, faqat zamona talablariga hamohang miflarni olib, ularni birmuncha o‘zgartirib, moslashtirib, shular misolida o‘z davrlarining muhim masalalarini hal etishga intilganlar, mifologik qahramonlarning kurash va to‘qnashuvlari, ularning xatti-harakatlari o‘sha davr tomoshabinlari uchun axloq va odobning namunasi, ijtimoiy xulqning andazasi sifatida talqin etilgan; ana shu afsonaviy qahramonlarning qilmishlari timsolida tragediyanavis shoirlar o‘z zamondoshlarini yuksak ma’naviylik, vatanga sadoqat, insoniy burch g‘oyalarida tarbiyalashni ko‘zlaganlar. Yunon tragediyasiga xos maxsus atamalar jahonning hamma tillarida o‘z holicha qoldirilib kelinmoqda. Bu ularning ilmiy aniqligini saqlaydi. O‘zbek tilida ham ular tarjima qilinmay, asosan o‘z holicha olindi. Parod va stasim asardagi asosiy qismlarning chegaralari hisoblanib, biri xorning harakat maydoniga sahnaga kiraverishidagi, biri unga kirgandan keyingi ashulasidir. Epsodiy personajlarning dialoglari, ya’ni voqealar qismi, unda xor ham bir personaj sifatida ishtirok etadi. Prolog paroddan oldin keladigan ibtido. Bu atama, ma’lumki, hozirgi adabiyotda ham o‘z ma’nosida qabul qilingan. Eksod hozir qo‘llaniladigan epilogga yaqin, xotima ma’nosida. Antik eksoddan keyin xor ashula aytmaydi. Xorning ashulalari odatda strofa va antistrofaga bo‘linadi, bularning shakliy ayirmasi yo‘q, faqat ashula qismlarini bildiradi. Ashulaning so‘nggi qismi epod deb ataladi. Qadimgi Attika komediyasi. Ammo, shu bilan birga, demokratiya tuzumining ziddiyatlari, ayrim ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashib bordi. Dastlabki komediyanavis shoirlar o‘zlarining asarlarida ana shu nuqsonlarni fosh etishga, kulgi va satira yordamida ularni bartaraf etishga intilganlar. Shunday qilib, “Qadimgi Attika komediyasi” deb atalmish maxsus adabiy oqim maydonga keldi. O‘tkir siyosiy jo‘shqinlik, demokratiya dushmanlariga qarshi murosasizlik qadimgi attika komediyasining asosiy xususiyatidir. Mazkur janrda ijod qilgan ko‘pdan-ko‘p shoirlar orasida faqat uch kishining nomi bizga ma’lum. Bular Kratin, Evpolid va Aristofandir. Qadimgi Yunon komediyanavis shoirlari orasida bir necha asarlari bizga qadar etib kelgan yagona shoir Aristofandir. Uning ijodida komediyaning mazmun ko‘lami benihoya kengaydi, shakliy jihatdan yuksaklikka ko‘tarildi. Aristofanning hayoti haqida bizgacha juda kam ma’lumot etib kelgan. U o‘zining adabiy faoliyatini juda erta boshlagan va 20 yoshga yetar-yetmas komediyanivislar musobaqasida qatnashib ikkinchi o‘rinni egallagan. Qirq yilcha davom etgan ijodiy faoliyati davrida qirqdan ortiq asar yozgan. Aristofanning komediyalaridan 11 tasigina u yoki bu darajada saqlanib qolingan bo‘lib, ular ijtimoiy-tarixiy davr bilan bog‘liq ravishda uch davrga bo‘linadi: Rus tanqidchisi V.G.Belinskiyning ta’kidlashicha, Aristofan eng olijanob, g‘oyat musaffo va qadimgi Yunonistonning eng so‘nggi ulug‘ shoiri bo‘lgan. Yunonistonda hech kim dog‘ulilik, makkorlik va zukkolikda Sizif bilan tenglasholmasdi. Sizif o‘zining makkorligi tufayli Korinfda behisob boylik to‘plagan edi. Uning xazinalarining dovrug‘i uzoq-uzoqlarga yoyilgan edi. O‘lim xudosi qo‘rqinchli Tanat uni qorong‘i Aid saltanatiga tushirmoqchi bo‘lib, uning huzuriga kelganda o‘lim xudosi kelayotganini oldindan sezgan Sizif xudo Tanatni makr bilan aldab, kishanlab tashlaydi. O‘shanda yer yuzida odamlarga o‘lim yo‘lamaydi. Yer osti saltanati xudosiga qurbonlar keltirish ham rasm bo‘lmay qoldi. Dabdabali dafn etishlarga chek qo‘yilgan edi. Xullas, yer yuzida Zevs o‘rnatgan tartib-intizom izdan chiqadi. O‘shanda yashinchaqnatar Zevs Sizif huzuriga urush xudosi Aresni yubordi. U Tanatni kishanlardan ozod qildi, Tanat esa Sizifning arvohini o‘liklar ko‘lankasi saltanatiga boshlab ketdi. Lekin uchiga chiqqan hiylagar va makkor Sizif o‘shanda ham o‘ziga madad izlab topdi. U xotiniga o‘z jasadini ko‘mdirmaslikni tayin etdi va yer osti xudolariga qurbonlik keltirmaslikni qat’iy uqdirdi, Sizifning xotini erining maslahatini bajo keltirdi. Aid va Persefona dafn qurbonlarini uzoq vaqt kutishdi. Ulardan hamon darak yo‘q edi. Nihoyat, Sizif Aidning taxtiga yaqinlashib, o‘liklar saltanatining hukmdoriga shunday dedi: O, o‘lik jonlar hukmdori, buyuk Aid, qudratlilikda Zevsga teng hukmdor, meni qo‘yib yubor, yorug‘ dunyoga chiqay. Xotinimga senga katta qurbonlar keltirishni amr etib, tag‘in ko‘lankalar saltanatiga qaytib kelaman. Sizif hukmdor Aidni shunday yo‘l bilan aldadi, u unga yerga chiqishga ruxsat berdi. Tabiiyki, Sizif Aid saltanatiga qaytib kelmadi. U o‘zining muhtasham qasrida qolib, qorong‘i ko‘lankalar saltanatidan qaytib kelishga muvaffaq bo‘lgan yagona foniyzot ekanligidan og‘zi qulog‘iga etib, shod-xurramlik bilan bazm qurardi. Aidning qahri kelib, Tanatni tag‘in Sizifning arvohini olib kelish uchun yubordi. Tanat foniyzotlar ichida eng makkorining qasriga qadam ranjida qildi va uni bazmi jamshid chog‘ida uchratdi. Xudolar va odamlar uchun manfur zot bo‘lib qolgan Sizifning arvohini sug‘urib oldi, arvohi esa endi mangulikka ko‘lankalar saltanatiga uchib ketdi. Sizif narigi dunyoda yer yuzidagi barcha makru hiyla, barcha kazzobliklari uchun og‘ir jazoga mahkum etiladi. U ulkan bir toshni baland va tik ko‘tarilgan tog‘ cho‘qqisiga yumalatib olib chiqishga mahkum etilgan edi. Sizif bor kuchini ishga solib mehnat qiladi. Mehnatining og‘irligidan tanidan ter do‘lday quyilardi. Hademay cho‘qqiga chiqadi. Yana bir bor zo‘r bersa, bas, Sizifning mashaqqatiga chek qo‘yilardi. Afsuski, tosh uning qo‘lidan sirg‘alib, chang-to‘zon ko‘targancha pastga yumalaydi. Sizif tag‘in ishga kirishadi. Shunday qilib, Sizif mangu mashaqqatga mahkum etilgan bo‘lib, toqqa olib chiqish uchun tosh yumalatadi, biroq hech qachon maqsadi tog‘ cho‘qqisiga etolmaydi. Evrisfey qudratli qahramondan hayiqardi, shu bois uni Mikenaga qo‘ymasdi. O‘ziniig barcha buyruqlarini Zevsning o‘g‘liga o‘zining xabarchisi Koprey orqali etkazardi. U Heraklga Nemey arslonini o‘ldirishni topshirdi. Tifon va Exidnadan tug‘ilgan ushbu arslon benihoya bahaybat edi. U Nemey shahriga yaqin joyda yashardi, uning dastidan butun atrof bo‘shab qolgan, xarobazorga aylangandi. Herakl bunday xatarli jasoratga qo‘rqmasdan otlandi. U Nemey shahriga qadam qo‘ygan ondayoq arslonning uyasini izlab tog‘larga chiqib ketdi. Qahramon yigit tog‘ yonbag‘irlariga tush paytida yetib keldi. Tevarak-atrofda tirik jondan asar ham yo‘q edi. Na cho‘ponlar, na dehqonlar ko‘rinardi. Qattol arslondan qo‘rqqan barcha jonzot bu yerlardan tumtaraqay bo‘lib ketgandi. Herakl arslonning uyasini o‘rmonzor tog‘ yonbag‘irlaridan va o‘tib bo‘lmaydigan daralarda uzoq vaqt izladi, nihoyat, quyosh ufq sari oqqanda arslonning inini qorong‘i bir daradan topdi. U ikki tomonidan chiqiladigan kattakon g‘orda joylashgan edi. Herakl g‘orga kiriladigan teshiklardan birining og‘zini ulkan qoyalar bilan bekitib, arslonning kelishini kutib, toshlar orqasiga yashirinib oldi. Oqshom qo‘nib, tun shafag‘i bostirib kelayotgan chog‘da uzun yollari paxmaygan, lapanglab kelayotgan haybatli arslon ko‘zga tashlandi. Herakl yoyining kamalak ipini tarang tortib, arslonga birin-ketin uchta o‘q uzdi, lekin o‘qlar uning po‘latday qattiq terisiga urilib qaytdi. Arslon vahimali o‘kirdi, uning momoqaldiroq yanglig‘ o‘kirishi tog‘u toshni larzaga keltirdi. Darada turgan arslon atrofga alanglarkan, uning g‘azab o‘tidan yonib turgan ko‘zlari bilan o‘ziga o‘q uzishga jur’at etgan zotni qidirardi. Ana, u Heraklni ko‘rib qoldi va beqiyos baland sakrab, navqiron bahodirga tomon otildi. Heraklning gurzisi yashinday chaqnab ketdi va momoqaldiroq zalvoriday zarb bilan arslonning boshiga urildi. Dahshatli zarbadan gangigan arslon yerga quladi. Shunda Herakl arslonga tashlanib, uni o‘zining qudratli qo‘llari bilan bo‘g‘ib tashladi. Herakl o‘ldirilgan arslonni o‘zining baquvvat yelkasiga tashlab, Nemeyga qaytdi, darhol Zevsga qurbonlik berdi va o‘zining birinchi jasorati sharafiga Nemey o‘yin(musobaqa)larini ta’sis etdi. Herakl o‘zi o‘ldirgan arslonni Mikenaga keltirganida Evrisfey bahaybat arslonga nazar tashlarkan, qo‘rqqanidan rangi quv uchdi. Mikena podshosi Heraklning qanday g‘ayribashariy kuchga ega ekanligini angladi. Unga hatto Mikena darvozasiga yaqinlashishni ham man etdi. Herakl o‘z jasoratini isbotlovchi dalillar keltirgach, Evrisfey ularga qo‘rqa-pisa Mikena devorlari osha qarab qo‘yardi, xolos. U ilon gavdali va to‘qqiz boshli ajdaho kabi bir mahluq edi. Nemey arsloni singari ajdar ham Tifon va Exidnadan tug‘ilgandi. Ajdar Lerna shahriga yaqin joydagi botqoqlikda yashardi. U inidan sudralib chiqar va butun boshli podalarni mahv etar, tevarak-atrofni xarobazorga aylantirardi. To‘qqiz boshli ajdar bilan kurashish xavfli, chunki uning boshlaridan biri o‘lmas edi. Herakl ukasi Ifiklning o‘g‘li Iolay bilan Lerna sari yo‘l oldi. Lerna shahri yaqinidagi botqoqlikka yetib kelganlarida Herakl Iolayni mahodasida, yaqin o‘rtadagi o‘rmonda qoldirib, o‘zi ajdarni izlab ketdi. U uni botqoqlik bilan o‘ralgan g‘ordan topdi. Herakl o‘qlarini obdon qizdirib, ularni birin-ketin ajdarga qaratib uza boshladi. Heraklning o‘qlari ajdarning qahrini keltirdi. Tanasi yaltiroq tangachalar bilan qoplangan ajdar qop-qorong‘i g‘ordan bilanglab sudralib chiqa boshladi, u vahimali tarzda beo‘xshov kattakon dumi ustida tik turib oldi, keyin bahodir yigitga tashlanmoqchi edi, biroq Herakl uning tanasini oyog‘i ostiga olib, erga bosdi. Ajdar Heraklning oyoqlariga o‘ralmoqchi bo‘lib, bilanglar, uni yiqitmoqchi bo‘lardi. Navqiron bahodir mustahkam qoyaday turar, zilday og‘ir gurzisi bilan ajdarning boshiga tinimsiz tushirardi. Gurzi havoda xuddi quyunday uvullardi. Ajdarning boshlari birin-ketin uchib ketardi, lekin u hamon tirik edi. Bahodir Herakl qarasa, ajdarning bitta uzilgan boshi o‘rnida ikkita yangisi o‘sib chiqmoqda. Ajdarga ham yordamga kelishdi. Botqoqlikdan bahaybat qisqichbaqa sudralib chiqdi va Heraklning oyog‘iga o‘ralib oldi. SHunda Herakl do‘sti Iolayni yordamga chorladi. Iolay bahaybat va dahshatli qisqichbaqani o‘ldirdi, o‘rmonning bir qismiga o‘t quyib, daraxtlarning yonib turgan tanalari bilan ajdarning bo‘ynini kuydira boshladi. Ajdarning yangi boshlari o‘sishdan to‘xtadi. Borgan sayin u Zevsning o‘g‘liga qarshilik ko‘rsatishga ojizlik qila boshladi. Nihoyat ajdarning o‘lmas boshi ham dumalab ketdi. Bahaybat maxluq engilgandi, u erga bejon quladi. G‘olib Herakl uning o‘lmas boshini chuqur qilib qazilgan erga ikkinchi bor dunyoga kelmaydigan qilib ko‘mib tashladi. SHundan keyin buyuk qahramon Herakl ajdarning tanasini ikkiga bo‘lib, uning zaharli o‘tiga o‘qlarni botirib oldi. O‘sha ondan buyon Herakl o‘qidan jarohatlangan jonzot tanasi davolanmaydigan bo‘lib qoldi. Navqiron bahodir shaharga katta tantana bilan qaytdi. Bu u erda uni Evrisfeyning yangi topshirig‘i kutardi. Rivoyat qilishlaricha, u qorday oppoq marmardan shunday g‘aroyib haykallar yasar ekanki, ularni ko‘rganlar tirik odam deb o‘ylasharkan. Dedal yasagan haykallar tirik kishilarday nigoh tashlayotgan va harakat qilayotganga o‘xsharmish. Dedal o‘z ishi uchun zarur asboblarning aksariyatini o‘zi ixtiro etgan. Bolta va dastparma ham uning aqli mahsuli ekan. Ha, Dedalning dovrug‘i uzoq ellarga yoyilgandi. O‘sha buyuk rassomning Tal nomli jiyani bo‘lib, u singlisi Perlikaning o‘g‘li edi. Tal o‘z tog‘asiga shogird tushdi. U hali yoshligidayoq o‘zining iste’dodi va ixtirochiligi bilan hammani hayratga solgandi. Uning o‘z ustozidan ancha o‘zib ketishini oldindan sezsa bo‘lardi. Jiyaniga hasad qilgan Dedal uni o‘ldirishga qaror qildi. Kunlardan bir kun Dedal jiyani bilan Afinaning baland Akropoli yonida, shundaygina qoyaning chekkasida turardi. Atrofda hech kim yo‘q. Ikkalasidan boshqa biror kishi yo‘qligini ko‘rgan Dedal jiyanini qoyadan itarib yubordi. Rassom o‘z jinoyatining jazosiz qolishiga ishonardi. Qoyadan yiqilgan Tal til tortmay o‘ldi. Akropoldan shoshilinch pastga tushgan Dedal Talning jasadini ko‘tarib oldi va uni imi-jimida ko‘mmoqchi bo‘ldi, ammo u go‘r qaziyotganda afinaliklar ko‘rib qolishdi. Dedalning yovuzligi fosh etildi. Areopad hukmi uni o‘limga mahkum qilindi. Dedal ayyorlik bilan o‘limdan xalos bo‘lib, Attikada sarson-sargardonlikdan keyin Kritga, Zevs va Yevropaning qudratli o‘g‘li podsho Minos huzuriga qochib ketdi. Minos Yunonistonning mashhur rassomini bajonidil o‘z himoyasiga qabul qildi. Dedal Krit podshosi uchun bir talay g‘aroyib san’at asarlarini vujudga keltirdi. U uning uchun chalkash-chulkash yo‘lakli labirint qo‘rib berdi, unga bir bor kirgan kishi qaytib chiqish yo‘lini topolmasdi. O‘sha qasrga Minos xotini Pasifayaning o‘g‘li tanasi odam, boshi ho‘kiz bo‘lgan bahaybat maxluq Minotavrni qamagan edi. Dedal Minos huzurida uzoq yillar yashadi. Podsho unga Kritdan ketishga ijozat bermasdi. Buyuk san’atkorning iste’dodidan faqat o‘zi uchun foydalanishni istardi. Minos Dedalni Kritda xuddi asirni tutqunlikda saqlagandek hech qayerga chiqarmasdi. Dedal u yerdan qanday qochib qutulish yo‘lini uzoq o‘yladi, nihoyat, Krit tutqunligidan xalos bo‘lish yo‘lini topdi. Minos hukmidan, deya xitob etardi Dedal o‘zicha, quruqlik va dengiz bilan xalos bo‘lolmasam, qochish uchun osmon ochiq-ku, axir! Mening yo‘lim shu! Hamma narsa Minos ixtiyorida bo‘lsa-da, osmon uning tasarrufotiga kirmaydi! Dedal ishga kirishdi. U patlarni yig‘ib, ularni kanop iplar va mum bilan biriktirib, ulardan to‘rtta katta qanot tayyorlay boshladi. Dedal, ishlayotganda o‘g‘li Ikar uning yonida o‘ynab yurardi: u shamol uchirgan par-patlarni tutib olar yoki qo‘lidagi mumni ezg‘ilab o‘tirardi. Bola parvoi falak, sho‘xlik qilar, otasining ishlari uni zavqlantirardi. Nihoyat, Dedal o‘z ishini tugatdi. Qanotlar tayyor turardi, Dedal ularni orqasiga bog‘ladi, qanotlarga birkitilgan sirtmoqlardan qo‘llarini o‘tkazib oldi, qanot qoqib, ohistagina havoga ko‘tarildi. Ikar havoda ulkan qush kabi parvoz qilayotgan otasini hayrat bilan kuzatardi. Dedal erga qo‘narkan, o‘g‘liga shunday dedi: Quloq sol, Ikar, hozir bizlar Kritdan uchib ketamiz. Uchish paytida ehtiyot bo‘l. To‘lqinlarning sho‘r tomchilari qanotlaringni namiqtirmasligi uchun dengizga tomon o‘ta pastlashma. Quyoshga tomon ham ko‘p balandlab ketma, uning yolqini mumni eritib yuboradi, patlar bir-biridan ajralib, har yoqqa sochilib ketadi. Orqamdan uchib kelaver, mendan ortda qolib ketma. Ota va o‘g‘il qanotlarini qo‘llariga o‘tkazib olishdi va yengilgina parvoz eta boshlashdi. Ularning yerdan balandda uchayotganini ko‘rganlar lojuvard osmonda ikki nafar ma’bud kelmoqda deb xayol qilardilar. Dedal o‘g‘li qanday uchayotgan ekan deya o‘qtin-o‘qtin orqasiga burilib qarab qo‘yardi. Ular Delos, Paros orollarini ortda qoldirib, uchishda davom etardilar. Tez uchish Ikarga yoqib qoldi, u sira qo‘rqmasdan qanot qoqadi. Ikar otasining o‘gitlarini allaqachon unutib yuborgandi. U otasining ortidan uchmasdan, qanotlarini shiddat bilan silkitib, osmoni falakka, nurafshon quyoshga yaqinlashib boradi. Uning hamma narsani jizg‘anak qilib yuboradigan nurlari qanotlarni birlashtirgan mumni eritib yubordi, patlar tushib ketdi, ularni shamol turli tomonlarga uchirib yuborgandi. Ikar qo‘llarini siltaydi, ammo qanotlar allaqachon sochilib ketgandi. U bag‘oyat katta balandlikdan yelday tez uchib, dengizga urildi va uning po‘rtanalarida halok bo‘ldi. Dedal orqasiga burilib, tevarak-atrofga qaraydi, biroq Ikardan darak yo‘q. U o‘g‘lini baland ovoz bilai chaqira boshlaydi: Ikar! Ikar! Qayerdasan? Javob ber! Hech qanday javob bo‘lmadi. Dedal dengiz to‘lqinlarida Ikarning qanotlaridan ajralgan patlarni ko‘rgach, nima yuz berganini fahmlaydi. Dedal o‘z san’atidan va alalxusus Kritdan osmon orqali ozod bo‘lish yo‘lini o‘ylab qo‘ygan kundan shunday nafratlandiki! Ikarning jasadi xiyla vaqtgacha keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan Ikariy dengizi to‘lqinlari ichra suzib yurdi. Nihoyat, dolg‘alar uni orol qirg‘og‘iga chiqarib tashlagan edi. Uni u yerda Herakl topib, dafn etgandi. Dedal esa o‘z parvozini davom ettirib, Sitsiliyaga uchib keladi. U podsho Kokal saroyida yashaydigan bo‘ldi. Minos san’atkorning qayerda panoh topganini bilib olgach, katta qo‘shin bilan Sitsiliyaga otlanadi. Minos Kokaldan Dedalni qaytarib berishni talab qiladi. Lekin Kokalning qizlari Dedaldek rassomdan mahrum bo‘lishni istashmaydi. Ular shunday hiyla o‘ylab topishdi. Otalarini Minosning talabini qondirishga rozilik berishga va uni saroyda mehmon sifatida qabul qilishga ko‘ndirishdi. Minos hammomda yuvinayotganda Kokalning qizlari uning boshiga bir qozon qaynab turgan suvni ag‘daradilar. Minos dahshatli azobuqubatga bardosh berolmay o‘ladi. Dedal Sitsiliyada uzoq yillar yashadi. Juda ko‘p narsalar ixtiro etdi. Hayotining so‘nggi yillarini vatani Afinada o‘tkazdi. Dedal u yerda dunyoga dong‘i ketgan Afina rassomlari urug‘i Dedalzodalarning bobokaloni bo‘lib qoldi. Homer ana shunday ijrochilarning eng so‘ngilaridan, to‘g‘rirog‘i dostonchilikning yangi davrini boshlab bergan xalq dahosi edi. U katta epik merosni saqlabgina qolmay, uni butun antik dunyoning ma’naviy sarchashmasi sifatida poetik tizimga solib, ikki o‘lmas eposni ijod etdi. “Iliada” va “Odisseya” dostonlari Yunon adabiyotining eng qadimgi yozma yodgorliklari hisoblanadi. Mazkur dostonlarning yaratilish vaqti, paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan sharoit haqida hech qanday ma’lumotlar yetib kelmagan. Har ikki doston bilan boo‘liq ana shunday muammolar majmui “Xomer masalasi” deb ataladi. Homer o‘zi afsonaviy shaxs. Uning tarjimai holidagi deyarli barcha faktlar bahsli. Bu nom qadim Yunon tilida “ko‘zi ojiz”, “so‘qir” degan ma’noni beradi. Demak, kuychi homerlar ko‘p bo‘lgan. Ammo ulardan biri, haqiqiy Homer butun antik dunyoda mashhur bo‘lib, Homer vatani degan sharafli nom uchun talashgan shaharlar o‘nlab hisoblanadi. Bir qarashda, bu umumlashgan bir nom. Ammo voqealari, davri, uslubi, obrazlar dunyosi jihatidan bir-birlarining davomi bo‘lgan ikki dostonning har biri 24 qo‘shiqdan iborat, bir vazndagi buyuk eposlarningbu nomga qiyos qilinishi hamma jihatdan shu qadar tabiiy ediki, Homerning real shaxsligiga hech kim dalil bilan e’tiroz bildirolmadi. “Homer masalasi” hali ham tamom hal qilingan emas. Chunki bu eposlarning yaratilishida yagona muallifning mavqeini kamsituvchilar hali ham bor. Tahrir qilgan, tartibga solgan, goho esa hech qanday Homer bo‘lmagan, bu dostonlar xalq qo‘shiqlari sifatida, badiha tariqasida vujudga kelgan, degan fikrlar ham ilgari surilgan. Homerni ikki dostonning yagona muallifi sifatida tan olishda fanga eposlarning o‘zidagi yaxlit badiiy butunlik, noyob iqtidorga xos ijodiy individuallik, yuksak badiiy vositalarning betakrorligi yordam berdi. Har ikki doston syujeti Troya urushi, ya’ni Yunonlarning Troya shahriga yurishi haqidagi afsonalardan olimngan. Ularga ko‘ra Troya shahzodasi Paris Sparta shohi Menelay saroyida mehmon bo‘ladi. Lekin u Menelayning bir talay boyliklarini va malika YYelenani o‘g‘irlab ketadi. Bundan g‘azablangan Menelay va ukasi, Miken podshosi Agamemnon barcha Yunon viloyatlaridan katta qo‘shin to‘playdi va Troyaga yurish qiladi. Biroq o‘n yil davomida Agamemnon qo‘shini Troya shahri darvozasi oldida samarasiz jang olib boradi. Faqat ayyorlik yo‘li bilan yog‘och ot ichida yashiringan xolda shaharga kirib uni kulini ko‘kka sovuradilar. Yelena Menelayga qaytariladi. Lekin Yunon jangchilarining ortga qaytishi oson kechmaydi. Ularning ko‘pi yo‘lda yoki qaytganidan so‘ng halok bo‘ladilar, ba’zilari uyga qaytguncha dengizlarda sarson-sargardon kezadi. Ana shu voqealar asos bo‘lgan afsonalar Yunon mifologiyasining Troya turkumiga asos bo‘lgan. Biroq, bu turkumga kirgan afsonalar to‘liq emas, balki ikkita kichik voqeasigina hikoya qilinadi. Agar “Iliada”da troya urushining o‘ninchi yilidagi bir hodisa tasvirlangan bo‘lsa, “Odisseya” dostonida ham shu holatni ko‘ramiz. Asarda Odisseyning urushdan qaytishi, o‘zga yurtlarda sarson-sargardon bo‘lishi va nihoyat o‘ninchi yili vataniga qaytib kelishi haqida hikoya qilinadi. Homer dostonlarini, ayniqsa “Iliada”ni o‘qiganda, shunday katta miqyosli ma’lumotlarning ajoyib mahorat bilan puxta kompozitsiya qilinganligini ko‘ramiz. Ko‘p qavatli syujet chiziqlari, barcha mavzu va motivlar, barcha personajlarning taqdirlari bosh g‘oyaga xizmat qilib, ma’nodor yakun topadi. Dostonning tuguni, fojianing badiiy echimi, barcha badiiy vositalar bosh mavzu va bosh qahramon obrazi atrofida birlashgan jips tizimni tashkil etadi. Yunon xalqining yashash tarzi, xislat va fazilatlarini ifoda etgan “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qadim zamonlardanoq mo‘tabar kitoblarga aylangan: baxshilar ularni turli bayramlarda ijro etganlar, o‘quvchilar ularni o‘qib savod chiqarganlar. Homer dostonlarining adabiy usullari Yunon shoirlari uchun o‘zgarmas namuna sifatida xizmat qilgan. Ko‘plab jahon tillariga tarjima qilingan “Iliada” va “Odisseya” dostonlari olimlar, adiblar va muhlislar diqqatini hamon o‘zlariga jalb etib, ularni ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga, go‘zallik namunalaridan ibrat olishga undaydi. Jumladan, XX asrning buyuk irland yozuvchisi Jeyms Joys “Uliss” romanini yozishda “Odisseya” dostoni tizimidan foydalangan. Yolg‘iz Hektor bu payt Askey minorasi ro‘baro‘sida, Keng dalada mash’um qismat domida dong qotib turardi. Shu choq dedi sohib quvva Axillesga tangri Appolon: “O, Peleyzod, foniy banda, nechun meni boqiy tangrini Quvmoqdasan, yoxud chaqqon poylaringdan umidvormisan? Yo hali ham sezmadingmi ma’budligim g‘azablanursan? Parvo qilmay qo‘yding hatto Troyaning lashkariga ham U shaharga kirib oldi; lek sen bunda izg‘ib yuribsan. Axilles ham g‘azablanib Febga bunday javob ayladi: “Laqillatding meni sen, ey fosiqlikda beqiyos tangri!” Meni chetga chalg‘itding sen! Yo‘qsa yovning yana ko‘pini Er tishlatgan bo‘lardim to darvozadan kirib ulgurmay! Mahrum etding meni shondan; Troyaning o‘g‘lonlarini Osongina xalos etding, qo‘rqmay aslo intiqomdan sen... Bo‘lgandaydi ilojim, men olar edim intiqom sendan?” Poygalarda doim yutib sovrin olgan, jangarobaga Qo‘shilgan el kabi uchqur otning tegmas yerga tuyog‘i, Axillesning oyoqlari ham shunday tez yugurar edi. Uni avval ko‘rib qoldi minorada turgan Priam; U quyundek kelar edi sovutlari yulduzday chaqnab; Bunday yulduz kuz faslida cho‘g‘dek porlab chiqar samoga Va charaqlar siyo tunda misli oydek yulduzlar ichra, Ammo uni shum alomat darakchisi deb hisoblarlar; Baxtiqaro bandalarga yovuz bezgak ufuradi u, Axillesning mis sovuti ham porlardi shu yulduzmisol. Nuroniy chol mungli sas-la cho‘zib ilkin dedi o‘g‘liga: “Suyuk o‘g‘lim Hektor, tingla! Jangda yolg‘iz ro‘baro‘ kelma Bu odamga, zero, Peley o‘g‘li seni mahv aylagay bot: Qudratliroq erur sendan bu azamat maydoni harbda! U mal’unni tangrilar ham men singari sevishgandaydi, Allaqachon itlar toroj qilur edi uning jasadin! Ana unda og‘ir darddan tamom forig‘ bo‘lardi qalbim! Judo qildi meni u ko‘p yosh va jasur o‘g‘lonlarimdan Yo mahv etib, yoxid orollarga qul qilib sotib! Bugun ham u judo qildi Likaon va Polidorimdan; Zavjalarim malikasi Laofoya tuqqan bu ikki O‘g‘lonimni ko‘rmayapman shahar qochib kirgan el ichra. O! Gar tirik bo‘lsa ular asirdalar, - argosliklardan Albat sotib olurmiz mis va oltinga; bizda ko‘p ular; Nuroniy Alt o‘z qizi-chun ko‘p xazina bergandi menga. Agar nobud bo‘lib, Aid maskaniga ko‘chgan bo‘lsalar, Ul mardlarni qora kunda tuqqan sho‘rlik onaizorning Hamda mening sho‘rim qurur g‘oyat og‘ir bu judolikdan! Lek Troya xalqi uchun bu unchalik og‘ir dard emas; Axillesning zarbasidan, o‘g‘lim, omon qolsang bas menga, Aziz Hektor, biz bilan bo‘l! Ilionga kir, shundagina Shahrimizning jami ahlin qurqargaysan mahv bo‘lishdan. Axillga ham bermagaysan imkon zafar qozonmog‘iga Va o‘zing ham sog‘ qolursan judo bo‘lmay shirin joningdan!” O! Rahm qil bahtiqaro padaringga jon chiqar chog‘da Zevs azobga solur meni ko‘z oldimda namoyon qilib Dunyodagi jami mudhish ofatlarni toki tirikman; O‘g‘illarim halok bo‘lur, cho‘ri qilib olib keturlar. Yana ma’sum go‘daklarni erga toptab o‘ldirurlar ham, Shum danaylar sudraganlar asirlikka kelinchaklarni!.. Shular barin ko‘rsatur Zevs menga hali. Ko‘rgilik ekan! Yuragimni teshib, jonim vujudimdan sug‘urib olgay; Men mudom o‘z dasturxonim ne’mati-la boqqan itlarim Shunda mening qonim ichib, ostonaga mahzun dil ila Bosh qo‘yurlar tilka-pora bo‘lgan jismim tevaragida! “O! Janggohda halok bo‘lgan har yosh yigit qanday alfozda Yotsa hamki, ayb emasdir biron yeri ochilib qolsa! Vale halok bo‘lgan biron mo‘ysafidning, qonxo‘r ko‘ppaklar Iyagini, boshini u uyatini kemirsa magar, Bundan ortiq achchiq qismat bo‘lmagay hech bandalar uchun!” Oh urdi chol va tutamlab yula ketdi oppoq sochini, Lekin o‘g‘li Hektorni hech o‘z ahdidan qaytarolmadi. Shunda uning onasi ham bir tomonda yig‘ladi nolon; U yoqasin chok qildi-yu, qo‘li bilan oppoq siynasin Ko‘rsatgancha, shunday dedi o‘z o‘g‘liga ko‘z yosh aralash: “Rahm qilgin, o‘g‘lim, sho‘rlik onangga, shu siynam harmati! Murg‘ak go‘dak chog‘laringda oq sut berib allalaganim Rost bo‘lsa gar, aziz o‘g‘lim, shuni eslab tingla kalomim: Qattol erning qarshisida turma yolg‘iz, tez qo‘rg‘onga kir! Ul g‘azabnok gar mahv etsa seni, o‘g‘lim, nuridiydamni, Nasib etgay na menga va na xotining Andromaxaga Boshing uzra aza tutib ko‘z yosh qilmoq; zero, jismingni Qonxo‘r itlar g‘ajigaylar mirmidonlar qarorgohida!” Ota bilan ona shunday o‘ksib yig‘lab yolborardilar, Lek ularga aziz o‘g‘lon bu safar ham osmadi quloq; Jim kutardi u tik bosib kelayotgan mard Peleyzodani. Zaqqum giyoh yeb, vujudini g‘azab ila to‘lgan ajdaho Tog‘dagi bir bor og‘zida gajak bo‘lib to‘lg‘anar ekan, Ko‘zidan o‘t sochib har yon alanglaydi, ov axtaradi, Hektor ham do‘ng qalqonini tirab qo‘yib devor poyiga Xuddi shunday mardonavor turar edi raqibin kutib, Nihoyat u shunday dedi o‘z-o‘ziga, ma’yus xo‘rsinib: “Jangdan qochib men shaharga kirsam agar, isnodga qolgum! Unga quloq osmagandim, quloq ossam yaxshi bo‘larkan! Shu bemulohazaligim nobud qildi butun xalqimni. Troyalik erkaklar va ayollardan uyatga qoldim! Ilionlik eng olchoq kas bir kun shunday deyishi mumkin: Demakki, ming karra afzal Peley o‘g‘lin mahv etib jangda, G‘olib qaytmoq, yo muqaddas Troyaning bo‘sag‘asida Halok bo‘lmoq ul dilovar ila bugun jang qilsam keskin! Yo ehtimol... bu nurafshon qalqonimni va dubulg‘amni Yechib qo‘yib, mis nayzamni esa tirab devorga hozir, O‘zim peshvoz borsammikin Peleyzoda istiqboliga? Agar unga Yelenani, unga qo‘shib Paris kemada Ilionga olib kelgan bu ixtilof ibtidosini Boyliklarni qaytarishga so‘z bersam-chi bitta qoldirmay? Ayni paytda, bu muqaddas Troyada mavjud jamiki Xazinani yig‘ishtirib danaylarga bo‘lib bersam-chi? Va nihoyat, ont ichirsam troyalik oqsoqollarga: Hech nimani yashirmasdan, shahardagi jami boylikni Yig‘ib kelib yovga bermoq borasida?. Qanday bo‘larkin? Tavba! Nelar xayolimga kelur? Yo‘q, yo‘q, yolbormam unga! Qochgan kuchli, quvayotgan ming bor kuchliroq edi, Lek bu poyga, Poygachilar oddiy muzdi: qurbonlik buqa Yoki uning terisini olish uchun boshlanmagandi; Yo‘q, Hektorning joni uchun boshlangandi bu musobaqa. Marhum erning ruhini shod etmoq uchun uyushtirilgan Poygalarda chavandozlar nodir sovrin: navnihol qiz yo Sepoyaga erishmoq-chun keng davrani uch marotaba Yeldek chopib chiqqanidek quyun yanglig‘ uchqur otlarda, Bu mardlar ham uch marota chopib chiqdi buyuk Troya Atrofini. Xudovandlar kuzatardi ular poygasin. Dedi shunda boqiylaru foniylarning sarpadari Zevs: “E voh! Menga aziz bo‘lgan pahlavonni quvganlarini Ko‘rdimu men og‘ir anduh qamrab oldi yurak-bag‘rimni! Pokdil Hektor menga atab buqalarning semiz sonini Ko‘p marota yondirgandi Pergamda va yuksak Idada: Bugun esa yeldek chopqir va g‘oratgar Axill Hektorni Tirqiratib quvlamoqda Troyaning bo‘sag‘asida. Yo tangrilar dildan puxta o‘ylab ko‘ring, maslahat bering: Saqlaymizmi Hektorni biz shum o‘limdan, yo Peleyzodning Bu safar ul dilovarni yengishiga yo‘l qo‘yamizmi? ” Shahlo ko‘zli qiz Pallada javob qildi shu zahot Zevsga: “Bulutquvar, chaqmoqotar ota! Nelar deyursan asti? Tug‘ilganda qismatiga halok bo‘lmoq bitib qo‘yilgan Bir bandani shum o‘limdan butkul xalos etmoqchimisan? Ixtiyoring, lekin senga qo‘shilmagan aksar ma’budlar! ” Bulutquvar Zevs qiziga shu zahoti ayladi javob: “O, Afina, erka qizim, qo‘rqma aslo! Jiddiymas gapim. Senga bo‘lgan marhamatim hadi yo‘qdir, aziza qizim. Yuragingda ne niyating bo‘lsa bajar, paysalga solmay ”. Dedi Zevs va Afinaning jo‘shqin qalbin jo‘shtirdi yana; Yuksak Olimp cho‘qqisidan u quyundek uchdi zaminga. Axill esa quvar edi mard Hektorni mudom beto‘xtov Tozi kiyik bolasini haydab chiqib g‘ordan inidan, Quva boshlar chakalakzor va jarliklar osha tog‘ma-tog‘: Hattoki u biron buta panasiga berkinganda ham, Uning isi va izidan quva-quva tutgay nihoyat, - Axillesdan qocholmadi kiyik kabi Priamzoda ham, Har gal qopqa sarhadidan o‘tyotganda Hektor sarbaland Minoraga o‘zin urmoq bo‘lar edi. Troyaliklar Uni shunda hifz qilgan bo‘lardilar deverda turib Lek har safar chaqqon Axill najot yo‘lin to‘sib, Hektorni Chetga quvar, o‘zi esa yugurardi devor yoqalab. Tush ko‘rganda odam quvgan odamiga yetolmagandek, Hektor qochib ketolmasdi. Axill quvib yetolmas edi. Hektor bu gal mash’um qismat va o‘limdan qocholmasdi ham, Gar Apollon so‘nggi marta unga madad bermaganida; U Hektorning bilagiga kuch, poyiga g‘ayrat baxsh etdi. Peleyzoda lashkariga boshi bilan ishora qilib, Farmon berdi Priamzoda ustiga o‘q yog‘dirmaslikni, Ki Hektorni o‘zi engib, yolg‘iz o‘zi shon quchmoqchiydi. To‘rtinchi bor etganida ular Ksanf sarchashmasiga, Chaqmoqdor Zevs olib oltin tarozuni, qo‘sh pallasiga Mangu uyqu baxsh etuvchi ikki o‘lim qur’asin qo‘ydi: Bitta qur’a Axillniki, ikkinchisi Hektornikiydi. Tarozuni ko‘tardi Zevs; og‘ir ketib Hektor pallasi, Tortdi uni Aid sari; Feb o‘zini oldi chekkaga. Chashmi tobon Afineya kelib Peley o‘g‘li qoshiga, Unga shunday dabdabali so‘zlar ila tavajjuh qildi: “O, tangrilar arzandasi, saxovatli Axilles, bugun Buyuk zafar eltajakmiz mirmidonlar qarorgohiga: Seni Axilles ko‘p qiynab qo‘yibdi Azim shahar Troyaning atrofida beto‘xtov quvib. Kel, shu yerda to‘xtayligu kutaylik biz mardni mardona!” Qodir og‘a dubulg‘asi obdon Hektor javob ayladi: “O, Deifob! Sen azaldan eng suyukli inim bo‘lgansan Hekuba va Priamdan dunyo kelgan o‘g‘illar ichra; Endi esa senga bo‘lgan mehrim yana bo‘ldi ziyoda; Zeroki, sen meni dashtda yolg‘iz ko‘rib, yordam bergani Chiqib kelding, lek boshqalar o‘tiripti qo‘rg‘onda loqayd”. Yana unga javob qildichaqmoqkorning shahlo ko‘z qizi: Hektor, mening poyim quchib yolbordilar otam va onam; “Bizni tashlab ketma”, deya yoronlar ham qildi iltijo; Shu daraja oldirishgan yuraklarin ularning bari. Ammo qalbim seni qo‘msab, undayverdi istiqbolingga. Kel, ikkimiz dadil turib, otashin jang qilaylik bunda: Ikki botir kelib turdi bir-birining ro‘baro‘siga. Axillesga avval obdor dubulg‘ali Hektor gap qotdi: “Peleyzoda, endi ortiq olib qochmam sendan o‘zimni! Men hamlangdan qochib, uch bor Troyaning gir atrofini Elib chiqdim: lekin endi qalbim meni da’vat etmoqda Sen ila jang qilmoqlikka; yo o‘laman, yo o‘ldiraman! Tangrilarni shohidlikka chaqiraylik; yaxshi guvohdir Ular bari, shartimizga xolisona amal qilurlar: Basharti Zevs irodasi ila sendan ustun chiqsamu Qurolim-la joning olsam, jasadingni tahqirlamayman; Faqat ajib sovutingni echib olib, mirmidonlarga Qaytib bergum jasadingni; sen ham amal qilgil shu shartga”. Chaqqonoyoq Axill unga o‘qraygancha baqirib berdi: “O, sen manfur ag‘yor Hektor, menga taklif qilma shartingni! Sher va odam orasida bo‘lmagan va bo‘lmas ittifoq; Hech qachon qo‘y bo‘ri bilan do‘st va totuv yashay olmagay; Ular mudom bir-biriga qarshi g‘addor g‘anim erurlar, Xuddi shunday, ikkimizning o‘rtamizda hech qanday mehr Yoki bitim zohir bo‘lmas, to bittamiz jondan ayrilib, O‘z qoni-la qahhor Arey chanqog‘ini qondirmaguncha! “O, dilovar, ishga sol harb san’atingni! Zeroki, bugun Sen eng mohir nayzaandoz va mard jangchi bo‘lmog‘ing kerak! Qochmoqqa hech imkoning yo‘q; tezda mening mis nayzam ila Afina mahv etgay seni; ana shunda birvarakayga Janggohda sen halok qilgan do‘stlarimning xunin olgayman!” Dedi u va cho‘ng nayzasin qulochkashlab turib itqitdi. Dubulg‘ali obdor Hektor buni ko‘rib chap berib qoldi; U engashdi, tepasidan uchgan nayza sanchildi yerga; Lek Pallada troyalik mard Hektorga ko‘rinmay turib, Uni erdan sug‘urdiyu Axillesga tutqazdi yana. Hektor baland ovoz bilan na’ra qildi Peley o‘g‘liga: Hektor ko‘rib xafa bo‘ldi nayzasining zoe ketganin; Esankirab qolgandi u; o‘zga nayza yo‘q edi qo‘lda. Shunda yangroq ovoz bilan inisini yordamga chorlib, Buni Hektor o‘z qalbi-la his etdiyu dedi o‘ziga: “Ne nadomat! Menga o‘lim yo‘llamoqda boqiy tangrilar!” Jasur inim Deifobni menga qo‘ldosh deb o‘ylagandim; Ilionda o‘ltirur u; laqillatdi meni Pallada. Yonboshimda turur O‘lim! Qocholmayman enda men undan! Yo‘qdir najot! Shubhasizki, avvallari pushtipanohim, Xaloskorim bo‘lganZevs va Zevs o‘g‘loni Apollon Shunday Hukm chiqarganlar; mana, chiqdi qismatim hukmi! Lek bekorga o‘lmam, xoki turob bo‘lmam shuhrat qozonmay; Bir jasorat ko‘rsatayki, avlodlarga yetsin dovrug‘im! ”Shunday deb, u chap yonga osilgan cho‘ng g‘ilofdan ulkan, Nihoyatda o‘tkir, zalvar shamshirini sug‘urdi jahd-la; Bulutlardan ham balandda uchib yurib, to‘satdan yerda Bir quyon yo qo‘zichoqni ko‘rib qolgan ochofat burgut Sho‘ng‘igandek birdan pastga, - mard Hektor ham butun kuchini Yig‘ib, birdan olg‘a yurdi silkigancha qattol shamshirin. Axelles ham hamla qildi butun qalbi to‘lib g‘azabga; U muhtasham va serbezak qalqoni-la to‘sdi ko‘ksini; Tebranardi boshidagi to‘rt vatlamlicho‘ng dubulg‘asi, Bu dubulg‘a cho‘qqisiga tarog‘iga Hefest qo‘li-la, Qo‘ndirilgan oltin rangli bir tutam yol elpinar edi. Zulmat tunda yulduzlarning orasida cho‘lpon yulduzi Qanday go‘zal shu’la sochib porlab tursa kechki shafaqdek, Axellesning g‘oyat ajib nayzasi ham porlardi shunday; O‘ng qo‘liga ushlab uni Priamzodning jonin olmoqqa Chog‘lanarkan, axtarardi raqibining qaltis yerini. Lek Hektorning butun jismi, Patroklni o‘ldirganida Yechib olgan hashamatli mis sovut-la to‘silgan edi. Faqat uning o‘mrovidan sal yuqori halqumigina Ochiq qolgan ediki, shu edi yolg‘iz zaif tomoni; Ela kelib nayza sanchdi Axill uning shu halqumiga; Mard Hektorning oppoq bo‘ynin teshib o‘tdi ajalkash nayza, Faqat uzib yubormadi butkul uning kekirdagini, To o‘limi oldidan u ayta olsin ikki og‘iz so‘z; U zaminga “gurs” quladi, - na’ra tortdi Axilles shodon: “Patroklni o‘ldirib sen o‘zing tirik qolmoqchi eding! Sen mendan ham hayiqmading, jang qilmasdan turgan chog‘imda, Yo‘q, ey nodon g‘anim! Ha, men sening tizing bukdim! Yem bo‘lgaysan itu zog‘larga, Patroklni esa izzat bilan dafn qilur danaylar”. Dubulg‘asi obdon Hektor dedi unga zo‘r-bazo‘r ihrab: “Aziz joning, ota-onang haqqi, sening poying quchaman. Yolboraman, otma jismim mirmidonning it, zog‘lariga; Sen og‘zingga siqqanicha mas va oltin so‘ra men uchun; Aytganingni yuborurlar padarim va mehribon onam; Jasadimni qaytarsang bas, toki jami troyaliklar Aza tutib, izzat bilan jismimni o‘tga qo‘ysinlar”. Chaqqonoyoq shox Axilles dedi unga xo‘mrayib turib: “Sen, it, bekor quchma poyim, tilga olma otam-onamni! Quloq ossam g‘azabimga, o‘zim go‘shtingni yegan bo‘lardim. Seni tilka-pora qilib, - bizga shuncha badkorlik qilding? Yo‘q, hech bir kas jasadingni kemirayotgan itni haydamas! Agar menga o‘n, yigirma marta ortiq bebaho tuhfa Olib kelib, yana shuncha boylik va’da qilishganda ham; Shoh Priam vazningga teng oltin tortib berganda ham; Hekuba o‘z tuqqan o‘g‘lin ko‘rolmaydi o‘lim to‘shakda, Boshing uzra to‘yib-to‘yib yig‘lolmaydi onaizoring; Jasadingni quzg‘unlaru itlar talon-taroj qilgaylar!” Dubulg‘asi obdon Hektor dedi unga jon berar ekan: “Sezgan edim iltijomni inobatga olmasligingni: Kimligingni bilar edim; toshdan ekan yuraging sening. Shoshma hali, sen nechog‘lik iqtidorli bo‘lma, baribir. Paris ila cho‘ng mergan Feb seni Askey darvozasida Mahv etganda, men tangrilar qahri bo‘libzohir bo‘lgayman!” Hektor shunday dediyu shum o‘lim yumdi uning ko‘zini; Jismini tark etib ruhi, asta tushar ekan Aidga, Zorlandi kuch va yoshligin tortib olgan talx qismatidan. Peleyzoda yana xitob qildi shunda o‘lik jasadga: “Sen o‘laver! O‘z muqarrar o‘limimni men adl turib Kutib olgum, chaqmoqdor Zevs va tangrilar ravo ko‘rgan on!” Shunday deya tortib oldi u jasaddan nayzani Va bir chetga otib uni, mard Hektorning qonli sovutin Yecha ketdi. O‘zga axey mardlari ham keldilar elib. Hamma hayrat bilan boqar pahlavonning bo‘yi-bastiyu Jamoliga va sanchardi bir-bir kelib unga nayzasin. Ba’zi erlar bir-biriga yuzlanishib shunday dedilar: “Qara, Hektor kemalarga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan chog‘iga Qaraganda, ancha mo‘min va muloyim bo‘lib qoptimi? ” Ko‘plar shunday der edilar, yaqinlashib tig‘ sancharkanlar. Lekin shu payt Peleyzoda yechintirib bo‘lib jasadgt, “O, yoronlar, mard axeylar, o, Areyning jasur lashkari! Bir o‘zi o‘z lashkaridan ko‘p yovuzlik qilgan bu yerni Mahv etishga noil qildi oxir meni boqiy tangrilar. Endi hujum qilgaymiz biz metindevor azim shaharga; Hujum qilib, uning ahlin niyatini bilib olgaymiz; Endi Hektor o‘lgandan so‘ng, tark eturmi ular qal’ani, Yoki uni muhofaza qilurlarmi sarkardasiz ham? Evoh, nechun bunday xayol qutqu solur mening qalbimga? Bandargohda dafn etilmay yotur hamon do‘stim Patrokl! Hali tirik ekanman men, yurarkanman tiriklar aro, Oyoqlarim harakatda ekan aslo unutman uni! O‘lgan banda xotirasin yo‘qotadi Aidga tushgach; Hatto o‘shal maskanda ham unutmam men sodiq do‘stimni! O, axeylar, keling endi kuylagancha zafar qo‘shig‘in Priamzodning jasadini bandargohga sudrab boraylik. Biz munavvar zafar quchdik! Halok bo‘ldi ilohiy Hektor! Troyalik mardlar xudo deb sig‘ingan dilovar Hektor!” Deb, noshoist bir ish qildi Peleyzoda jasadni xo‘rlab: U Hektorning tovoni vak to‘pig‘ining orasidagi Payni teshib, undan tasma o‘tkazdi-da jangarobaga Bog‘lab qo‘ydi tasma uchin; jasad boshi sudraldi yerda; Arobaga chiqdiyu u ko‘z-ko‘z qilib nodir sovutni, Qamchi urdi otlariga: mute otlar yeldi shamoldek, To‘zon turdi yer sidirib borayotgan jasad ortidan; Priamzodning bir vaqtlar ko‘p bejirim bo‘lgan boshi ham, Uning qora sochlari ham changga botdi; bu ulug‘ boshni O‘z yurtida tahqirlardi endi g‘anim Zevs xohishi-la! O‘z dilbandin changga botib xor bo‘lganin ko‘rgan volida Yulib oppoq sochlarini, boshidan o‘rtugin otib, Oh urgancha o‘g‘lin qo‘msab, achchiq-achchiq yig‘lay boshladi. Achchiq-achchiq kshz yosh qildi keksa ota; butun aholi Aza tutdi; ohu noma bosib ketdi butun shaharni. Go‘yo azim Ilionni poyidan to cho‘qqisigacha, U boshdan-bu boshiga yong‘in qamrab olganday edi! O‘zin Askey qopqasiga otib, janggoh chiqmoqchi bo‘lgan G‘amnok cholni zo‘rg‘a ushlab turardilar troyaliklar. Mahzun podsho har bir erni nomin atab, oyoqlariga Yiqilarkan, o‘ksib-o‘ksib yig‘lar edi iltijo qilib: “Tutmang meni, o, azizlar, qo‘ying, chiqay shahar tashiga! Borgum o‘zim mirmidonlar kemalari poyiga yolg‘iz Va yolborgum ul bag‘ritosh, bediyonat Peleyzodaga. Oq soqolim hurmati, u shafqat qilar men qariyaga; U ham inson, munkillagan padari bor uning ham mendek; Keksa Peley Troyaning sho‘ri qilib o‘stirdi uni, Valekin yuz karra mening Priamning sho‘ri bo‘ldi u! U ne-ne yosh o‘g‘illarim xag‘on qildi muhorabada! Hammalarin o‘lganlari bir bo‘ldiyu, sarlochinimdan Ayrilganim o‘zi ham bir azob bo‘ldi; bu anduh meni Go‘rga tiqqay! O, koshkiydi jon bersa u shu qo‘llarimda Hech bo‘masa yig‘lab-yig‘lab yuragimiz bo‘shatardik biz, - Biz, notavon ota bilan baxtiqaro ona ikkimiz!” Ho‘ng-ho‘ng yig‘lab dedi podsho; jo‘r bo‘ldilar troyaliklar Hekuba ham xotin-xalaj ichra mungli yig‘lay boshladi: “Nuridiydam, ne azobga qoldirding men baxtiqaroni? Ilionda mening yolg‘iz faxrim eding kechayu kunduz, Sen suyangan tog‘i eding erkak, ayol, yoshu qarining! Har yerda el pushtipanoh xudovanddek xushlardi seni: Sen Troya elin buyuk iftixori eding, toychog‘im, Bag‘rimizdan tortib oldi o‘lim sendek aziz insonni!” Lek Hektorning ahvolini bilmas edi uning zavjasi; Hali hech kim darvozadan tashqarida, jang maydonida Uning o‘lib yotganini aytmagandi yugurib kelib U qasrning eng chekka bir go‘shasida qirmizi mato To‘qir edi, ajib turqa gullardan naqsh solib sathiga Sal oldinroq amr etgandi u sumbulsoch joriyalarga, Mahobatli sepoyaning ostiga o‘t qalab, janggohdan Xorib qaytgan Priamzodga suv isitmoq lozimligini. Sho‘rlik xotin! U Hektorni keng dalada Axill qo‘li-la Afineya o‘ldirganin xayoliga ham keltirmasdi. Birdan faryod qilgan sasni eshitdi u minora yoqdan, Vujudi bir seskandiyu tushib ketdi qo‘ldan urchug‘i; Turib ketdi u o‘rnidan dedi ikki joriyasiga: “Qani turing, yuring men-la, kshrmoqchiman ne bo‘lganini; Qaynotamning ovozini eshiturman; qalbim hapqirib Chiqmoq bo‘lur o‘z qinidan; tizzalarim qaltiramoqda! Priamzodlar boshiga bir shum falokat tushmadimikin?.. O! Daf bo‘lsin xunuk xabar! Lek baribir qalbim larzada... Yo ehtimol tangrimonand mard Hektorni dashtda Axilles Qopqa yoqqa yo‘lin kesib quvyapkandir yakka o‘zini? Tag‘in erim jasoratdan bevaqt judo bo‘lmadimikin? Botir G‘ektor hech vaqt o‘zin urmas edi olomon ichra; Doim olg‘a otilardi, jasoratda beqiyos edi! ” Shunday deb u o‘z ko‘shkidin elib chiqdi hayajon ila Go‘yoki bir menadadek: joriyalar ergashdi unga; Uchib chiqdi minoraga, odamlarning orasin yorib Olg‘a o‘tdi va atrofga ko‘z yugurtib devor boshidan, Boshdan-oyoq changga botgan bir jasadni ko‘rdi dalada, Otlar axey kemalari tomon sudrab borardi uni. Andromaxa ko‘z oldini birdan qora zulmat burkadi; Bir oh urib hushdan ketdi u chalqancha yiqilar ekan. Boshidagi hashamatli bog‘ichlar ham, ajib uqadan Jiyagi bor nafis to‘r ham, oltin tojli Afroditaning Armug‘oni urtugi ham uchib ketdi. Quti o‘chgan, g‘am adoyi tamom qilgan Andromaxaning Atrofida ovsin, qayin singillari parvona edi. U hushiga kelib oxir ququr bir tin oldiyu so‘ngra Achchiq-achchiq ko‘z yosh to‘kib varyod chekdi ayollar ichra: “Sho‘rpeshona ekanman men, O Hektorim! Ikkalamiz ham Badbaxt bo‘lib tug‘ilibmiz: sen Priam koshonasida, Men Fivada, Plak tog‘in yon bag‘rida, shoh Etionning Maqomida; badbaxt otam meni badbaxt qizin papalab Katta qildi. O, yaxshiydi bu kunimdan tug‘ilmaganim! O, shaharim, sen Aidga yer qa’riga rixlat etyapsan Men bevani gamu anduh og‘ushiga tashlab tamoman: Enda ikki benavodan dunyo kelgan sho‘rlik o‘g‘limiz Yyetimlikning mashaqqatin tortur mudom! O, endi na sen Unga homiy bo‘lolasan, na u senga tayanch bo‘ladi! Hattoki u axeylarning qirg‘inidan omon qolsa ham, Qolgan umri og‘ir mehnat, qayg‘u-hasrat bilan o‘tadi; Begonalar tortib olur yetimchaning yeru suvini. Mahrum bo‘lur sho‘rlik yetim do‘stlaridan, boshpanasidan: Ko‘zlari nam va boshi xam tentib yurar bolam bechora. Gado bo‘lib otasiga do‘st bo‘lganlar uyiga borsa Va goh uning, goho buning etagidan ohista tortsa, Ba’zilari rahm qilib qadah tutgay yetim og‘ziga, Ammo labi nam bo‘lar-u, tomog‘iga yetmas tomchi ham. Ba’zan uni ko‘kragiga turtib haydar ota-onasi Tirik bola ostonadan dilni vayron qiluvchi so‘z-la: Tur, yo‘qol, ket! Padaring yo‘q uyimizda mehmonlar aro Avvallari otasining tizzasida o‘tirib olib, Qo‘y iligi va go‘shtini to‘yib egan Astianaksim O‘ksib-o‘ksib yig‘lagancha beva ona qoshiga kelar; Bir vaqtlar o‘ynab-o‘ynab charchaganda, enagasining U orombaxsh quchog‘ida, par to‘shakda bamaylixotir Shirin uyqu og‘ushida to‘ygunicha uxlardi yotib. Ahvoli ne kechgay endi bu bepadar Astianaksning, Shu nom bilan atardilar uni doim troyaliklar, Zero, faqat sen qopqani muhofaza qilganding, Hektor; Endi bo‘lsa yov kemasi etagida, bizdan yiroqda It g‘ajigan qip-yalang‘och jasadangni qurtlar kemirar! Yalang‘ochsan! Lek ayollar to‘qib, tikkan nafis va go‘zal! Liboslaring koshonangda gard tegmasdan yotur besanoq! Ular barin endi o‘tga tashlagayman men baxtiqaro! Darkor emassenga ular, kiyolmaysan ularni endi! El oldida yoqqum sening sharafingga jami libosing!” Shunday nola qilardi u; jo‘r bo‘lardi barcha xotinlar. Hesiodning hayotiga doir ma’lumotlar kam bo‘lsada, tarix sahifalarida saqlanib qolgan. U qadimgi Yunon adabiyotidagi hayoti haqida aniq ma’lumotlar yetib kelgan birinchi ijodkor sanaladi. Uning otasi Kichik Osiyoning Kim degan yerida tug‘ilgan, keyinchalik Yunonistonning asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi Beotiya viloyatiga ko‘chib o‘tgan. Shoir o‘zi haqidagi ba’zi bir ma’lumotlarni “Mehnat va kunlar” dostonida keltiradi, ya’ni u otasi kabi yoshligidan dehqonchilik bilan shug‘ullangan, shu bilan birga Evbeya orolida o‘tkazilgan rapsod(baxshi)lar musobaqasida qatnashib, faxrli sovrinni qo‘lga kiritgan. Hesiod qadimgi Yunonlar nazarida Homer bilan bir safda turuvchi ulug‘ shoir bo‘lgan. Yunon qahramonlik eposi o‘z ichiga didaktik elementlarni ham qamrab olgan, jumladan, Homer dostonlaridagi Nestorning o‘git va nasihatlari didaktik poeziyaga misol bo‘la oladi. Biroq, Hesiodning “Mehnat va kunlar” dostoni inson mehnatining ulug‘vorligi, adolatning barqarorligi va mehnat ahlining tirikchiligi yo‘lida uchraydigan boshqa turli-tuman masalalar haqida inisi Persga qarata aytilgan pand-nasihatlar tarzida yozilgan birinchi didaktik asardir. “Mehnat va kunlar” dostonining ijodkori hayotning jamiki boyliklari faqat mehnat tufayli bunyod etilganligini asarning boshidan oxiriga qadar qayta-qayta takrorlaydi. Doston o‘zining zamonaviy mazmuni, ajoyib realistik lavhalari bilan Yunon adabiyoti tarixida favqulotda muhim o‘rinni egalladi. Mazkur asarda Hesiod mustahkam oila hususidagi qarashlarni ham bayon etadi. Unga ko‘ra er kishi ishq-muhabbat ehtiroslaridan o‘zini tiyishi, o‘ttiz yoshga to‘lganda yosh qizga uylanishi lozim deb maslahat beradi. Chunki yosh qizlarni nozik axloq qoidalariga o‘rgatish oson kechadi. Hesiod oilada o‘g‘il bittadan ko‘p bo‘lsa tomorqani taqsimlashda muammolar paydo bo‘lishidan ogohlantiradi. “Mehnat va kunlar” dostonidan tashqari yana ikkita doston - “Teogoniya” va “Ayollar jadvali” asarlari Hesiod nomi bilan bog‘lanadi. Muallifning ta’kidlashicha, Zevs taxtni ko‘plab jinoyatlar sodir etgan otasidan tortib oladi va hokimiyatini mustahkamlash uchun Kronning qarindoshlari bo‘lgan titanlarga qarshi mashaqqatli kurash olib boradi. Titanlar va dahshatli mahluq Tifoyga qarshi olib borilgan janglarning bayoni, Samoda va Yerda odil tartib o‘rnatgan qudratli hamda dono hukmdor Zevsni ulug‘lash asarning kulminatsiyasini tashkil qiladi. “Ayollar jadvali” ham mazmun jihatidan “Teogoniya” dostoniga ancha yaqin bo‘lib asar biror ma’buddan atoqli qahramon farzand ko‘rgan ayollarga bag‘ishlangan. Dostondan turli hajmdagi parchalar saqlanib qolgan bo‘lib, ahamiyatli jihati shundaki, ularda Homer dostonlarida uchramaydigan, lekin keyingi davrlarda xor lirikasi va tragediyalarda keng foydalanilgan miflar keltirilgan. Bu o‘ziga xos oltin asr edi. O‘shanda osmonda ma’bud Kron hukmronlik qilardi. O‘sha zamonlarda odamlar mas’ud ma’budlar yanglig‘ na tashvish, na mashaqqat va na g‘am-alamni bilardi. Ularga bemajol keksalik ham yot edi. Ularning qo‘l hamda oyoqlari hamisha kuchli va baquvvat edi. Beozor va saodatli hayotlari esa mangu ziyofatlardan iborat edi. Uzoq umr ko‘rgandan so‘ng boshga tushgan o‘lim ular uchun osoyishta va osuda uyquni eslatardi. Ularning tirik chog‘idagi turmushi farovon va badastur bo‘ldi. Erning o‘zi beqiyos boylik baxsh etardi, shu boisdan mehnat sarflab, yerga ishlov berishga to‘g‘ri kelmaydigan shirin-shakar mevalar keltiruvchi bog‘larni aytmaysizmi! Podalarining soni-sanog‘i yo‘q edi, ular sero‘t sayxonlarda bemalol o‘tlab yurardilar. Oltin asrda yashayotganlar tinch va osuda hayot kechirashardi. Xudolar odamlar bilan bamaslahat ish qilishardi. Biroq oltin asr abadiy emas ekan, tamom bo‘ldi, o‘sha odamlar avlodidan hech kim qolmadi. Oltin asr odamlari o‘lgandan keyin arvohlar yangi avlod kishilarining homiylariga aylanib ketdi. Ular tumanga chulg‘angan holda yelib, haqiqatni muhofaza qiladilar, yovuzlikni jazolaydilar. Ularni o‘limdan so‘ng Zevs shunday taqdirlagan edi. Ikkilamchi odam zoti va ikkilamchi asr birlamchisidek baxtli emasdi. Bu kumush asri edi. Kumush asri odamlari oltin asri odamlariga na kuch-qudratda, na aqlan teng edilar. Ular onalari bag‘rida aqli nuqsligicha yuz yillab yashar, voyaga yetar, o‘shandagina ularni tark etishardi. Kamolot yoshiga etganda ko‘p yashamasdilar, aqlsizliklari tufayli hayotda ko‘pincha baxtsizlik va g‘am-alamni boshdan kechirar edilar. Kumush asrining odamlari itoatkor emasdi. Umriboqiy ma’budlarga tobelik bajo keltirishmas, ularga qurbonlik keltirishni istamasdilar. Kronning buyuk o‘g‘li Zevs er yuzidan ularning urug‘ini butunlay quritdi. Zevs ulardan nurafshon Olimpda yashayotgan ma’budlarga tobe bo‘lmaganliklari uchun g‘azablanardi. Zevs ularni yer qa’ridagi zulumot saltanatiga ko‘chirdi. U erda ular na shodlikni, na g‘am-alamni bilib yashaydilar. Ularga odamlar hurmat bajo keltirardilar, xolos. Hazrati Zevs uchlamchi zot va uchlamchi asr mis asrini yaratdi. Lekin u kumush asriga o‘xshamasdi. Zevs nayza dastasidan dahshatli va qudratli odamlarni vujudga keltirdi. Mis asrining odamlari nolayu afg‘on keltiruvchi urush va takabburlikni ma’qul ko‘rishdi. Ular ziroatchilikni bilmas, ular bog‘lar va dalalar baxsh etayotgan samaralardan bebahra edilar. Zevs ularga ulkan bo‘y va engilmas kuch-qudrat ato etgan edi. Ularning qalbi sarkashlik va jasoratga to‘la, qo‘llari esa bukilmas edi. Ularning qurol-aslahasi misdan, uylari ham misdan bo‘lgan, ularning ish quroli ham misdan edi. O‘sha zamonlarda qora temirni hali bilishmasdi. Mis asrining odamlari bir-birovlarini o‘z qo‘llari bilan mahv etishardi. Ular ko‘p yashamasdan qop-qorong‘i va vahshatli Aid saltanati Yer qa’riga kirib ketardilar. Nechog‘lik kuchli bo‘lishmasin, baribir ularni beshafqat o‘lim olib ketardi, shu zayl yorqin quyosh yog‘dusini bevaqt tark etardilar. Mazkur zot ko‘lankalar saltanatini ixtiyor etdi deguncha buyuk Zevs shu zahotiyoq hammani boquvchi zamin uzra ancha olijanob, ancha odil yarimxudolar deb atalgan qahramonlarga teng keladigan yangi odamzotni yaratdi. Ular ham manfur urush hamda dahshatli janglarda halok bo‘lib ketishdi. Ba’zilari yetti darvozali Fiva yonida, Kadm mamlakatida Edipdan qolgan meros uchun kurashib halok bo‘ldilar. Boshqalari zebo kokilli sohibjamol Yelenani o‘g‘irlash uchun o‘z kemalarida keng dengizni suzib o‘tib, Troya yonida halok bo‘lishdi. Ularning barchasi o‘limga duchor bo‘lgach, yashinchaqnatar Zevs ularni tirik odamlar ko‘zidan uzoqqa, yerning narigi chekkasiga ko‘chirdi. Yarimxudo qahramonlar O‘qyonusning suronli suvlariga yaqin orollarda saodatmand va beg‘am hayot kechirishardi. U yerlarda yer bir yilda uch marta asalday shirin hosil keltiradi. So‘nggi, beshinchi asr odamzotning temir davridir. U yer yuzida hamon davom etarkan, tun-kun tinim bilmay g‘am-anduh va tinkani quritadigan mashaqqatli mehnat odamlarni halok etadi. Ma’budlar odamlarni og‘ir tashvishlarga duchor qiladi. To‘g‘ri, xudolar yovuzlik va yaxshilikni bir-biriga aralashtirib yuborishsa-da, baribir yovuzlik ustun, u hamma joyda hukmrondir. Bolalar ota-onani mensimaydilar. Do‘st do‘stga sodiq emas. Mehmon mehmonnavozlikdan mahrum. Aka-uka o‘rtasida mehru oqibat yo‘q. Kishilar ichgan ontlariga rioya qilmaydilar, haqiqat va ezgulikning qadriga yetishmaydi. Vijdon va odilhakamlik ma’budalari odamlarni mutlaqo tark etgan. Ular o‘zlarining oq liboslariga burkanib, sarbaland Olimpdagi umriboqiy tangrilar tomon parvoz etib ketdilar, odamlar og‘ir musibatga hukm etilgan bo‘lib, yovuzlikdan himoyalanishga ham ojizdirlar. DEVKALION VA PIRRA (TO‘FON) Mis asrining odamlari xiyla katta jinoyatlarga yo‘l qo‘yishdi. Takabbur va murtadlar Olimp xudolariga bo‘yin egishmadi, shu boisdan yashinchaqnatar Zevs ularga qahrini sochdi. Zevsni alalxusus Arkadiyadagi Likosura podshosi Likaon g‘azablantirgan edi. Kunlardan bir kun Zevs oddiy odam sifatida Likosuraga keldi. U yerda yashovchilar uning xudo ekanligini bilishlari uchun ularga karomat ko‘rsatdi, barcha xaloyiq uning oldida tiz cho‘kib, uni xudo o‘rnida ko‘rib, ehtirom bajo keltirishdi. Yolg‘iz Likaongina Zevsga hurmat ko‘rsatmadi va unga ehtirom bajo keltirganlar ustidan kuldi. Keyin Likaon Zevsning xudoligini sinashga qaror qildi. U saroyida istiqomat qilib turgan garov tariqasida olingan odamni o‘ldirib, jasadining bir qismini pishirib, bir qismini qovurib, buyuk yashinchaqnatarga yemak sifatida taklif etdi. Zevs uning bunday ablahligidan qattiq g‘azablandi. Yashin zarbasi bilan Likaonning saroyini vayronaga, o‘zini esa qonxo‘r bo‘riga aylantirdi. Odamlar battar murtadlashdi, buyuk bulutquvar, qattiqqul Zevs odam zotini mahv etishga qaror qildi. U yer yuziga shunday jala quydirdiki, hamma narsa suv tagida qoldi. Zevs shamollarning esishini man etdi, faqat rutubatli janub shamoli Not osmon bo‘ylab qora bulutlarni haydardi. Yerga chelakdan quyganday jala yog‘ardi. Dengiz va daryolar suvi hamon baland ko‘tarilar, butun borliq suv ichra suzar edi. Shahar devorlari, ibodatxona va uylar suv ostida qolib ketdi, hatto shahar devorlaridan ancha yuksak bo‘lgan minoralar ham ko‘rinmay qoldi. Borgan sayin hamma narsa o‘rmonlar bilan qoplangan tepaliklar, baland cho‘qqili tog‘lar ham suv tagida qoldi. Butun Yunoniston dengizning quturgan to‘lqinlari ostida g‘oyib bo‘ldi. Faqat ikki boshli Parnasning cho‘qqisigina to‘lqinlar o‘rtasidan qad ko‘targan edi. Ilgari dehqon o‘z dalalariga ishlov bergan va marjon donasiday uzum shodalariga kon bo‘lgan tokzorlar o‘rnida baliqlar suzar, suv bilan qoplangan o‘rmonlarda esa delfinlar to‘dasi yayrardi. Mis asridagi odamzot shu zaylda halok bo‘lgan edi. Ushbu halokat chog‘ida ikki nafar kishigina omon qolgandi biri Prometeyning o‘g‘li Devkalion va xotini Pirra. Otasining maslahatiga ko‘ra Devkalion ulkan quti yasadi, uni eguliklar bilan to‘ldirib, ichiga xotini bilan o‘zi kirib oldi. Devkalionning qutisi to‘qqiz kechayu to‘qqiz kun butun rub’i maskunni qoplagan dengiz to‘lqinlari uzra yelib yurdi. Nihoyat, to‘lqinlar uni ikki boshli Parnas tog‘i cho‘qqisiga olib chiqishdi. Zevs yuborgan jala tindi. Devkalion va Pirra qutidan eson-omon chiqib olishdi. Ularni quturgan to‘lqinlar girdobida omon qoldirgani uchun Zevsga minnatdorlik ramzi sifatida qurbon keltirishdi. Suv chekinib, tag‘in to‘lqinlar tagidan cho‘lday bo‘mbo‘sh bo‘lib qolgan yer ko‘rindi. O‘shanda purqudrat Zevs xudolar xabarchisi Hermesni Devkalion huzuriga yubordi. U bo‘shab qolgan yer uzra shamolday yelib, Devkalion huzurida hoziru nozir bo‘ldi va unga dedi: Ma’budlar va odamlar hukmdori Zevs sening olijanobligingni inobatga olib, qanday mukofotni tanlashingni amr etdi. Istagingni bayon etsang bas, Kronning o‘g‘li uni albatta bajo keltiradi. Devkalion Hermesga shunday javob berdi: O, buyuk Hermes, Zevsdan yagona istagim, toki u yer yuzini tag‘in odamlar bilan obod etsa. Ildamqadam Hermes nurafshon Olimpga yetib keldi va Zevsga Devkalionning iltijosini bayon etdi. Buyuk Zevs Devkalion da Pirraga toshlarni yig‘ib, ularni orqaga o‘grilmasdan boshdan oshirib tashlashni amr qildi. Devkalion qudratli yashinchaqnatarning amrini bajo keltirdi, o‘zi tashlagan toshlardan erkaklar, xotini Pirra tashlagan toshlardan xotinlar yaraldi. Ana shu zayl Yer to‘fondan so‘ng yana odamlar maskaniga aylandi, unda yangi toshdan yaralgan odam zoti yashay boshladi. Rivoyatlarga qaraganda, aslida u frigiyalik qul bo‘lib, keyinchalik ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda bo‘lgan, Delfada erli xalq bilan bo‘lgan janjalda qoyadan uloqtirib o‘ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo‘lgan deyarli barcha masallarning syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Milodiy XXVasrlardagi qo‘lyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan. Aksariyat syujetlari Shumer og‘zaki va yozma adabiyotiga borib taqaluvchi Yaqin Sharq masallariga yaqin turuvchi Ezopning nasriy masallari g‘oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari o‘ta shartli. Voqealar ixcham bayon qilinib, pand-nasixat bilan yakunlangan, tili sodda, jonli tilga yaqin. Masalchining ismi bilan yashirin ma’nosi bo‘lgan fikrlar ezop tili deb atala boshlagan. Yevropa masalchiligi syujetining asosini Ezop masallari tashkil etgan. Ezopning ta’sirini keyingi davr masalchilarining deyarli barchasida, jumladan, fransuz yozuvchisi Lafonten, nemis adibi Lessing, rus masalnavisi Krilovda sezish mumkin. “Dehqon bilan o‘g‘illari”, “Bog‘bon bilan o‘g‘illari”, “O‘g‘ri bilan onasi”, “Yolg‘onchi cho‘pon” masallardagi syujet va motivlarni o‘zbek xalq ertaklari(“Birlashgan o‘zar” ertagi), A. Navoiyning “Hayrat ul abror” asaridagi “Yolg‘onchi cho‘pon” hikoyatida uchratish mumkin. Yuksak qoyadan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi. Zag‘cha buni kuzatib turgandi, hasaddan ichi kuyib, o‘zining ham shunday qilgisi kelib qoldi. Zag‘cha jon-jahdi bilan chinqirgancha bir qo‘chqorga tashlandi: panjalari qalin junga o‘ralashib qoldi-yu, na uchishga va na qochishga imkon topoldi. Uning jon holatda pitirlayotganini ko‘rgan cho‘pon gap nimadaligini fahmladi-da, darhol tutib oldi: qanotlarini qirqib tashlab, o‘zini ermak uchun bolalariga eltdi. Bolalari chuvillashib: “Bu qandoq qush?” deya so‘raganlarida, cho‘pon aytdi: “Men-ku buning zag‘chaligini bilaman-a, ammo uning o‘zi o‘zini burgut hisoblaydi-da?!”. Alqissa, o‘zingdan zo‘rroqlar bilan bellashaman deb chiranganing bilan, hech ish chiqarolmaysan, kulgi bo‘lganing qoladi, xolos. Och tulkining ko‘zi tokda g‘arq pishib yotgan uzumga tushdi-da, olmoq uchun bir-ikki intildi chog‘i kelmadi; hafsalasi pir bo‘lib, nari ketarkan, o‘zigao‘zi dedi: “Hali g‘o‘r ekan!”. Alqissa, ayrim kirilar ham shunga o‘xshaydi: asli kuchi yetmaganidan muvaffaqiyatga erisholmaydilar-da, sharoitni ro‘kach qiladilar. Dehqonning o‘g‘illari hech murosa qilisholmas, qachon qarasang, janjallashib yurishardi. Dehqon o‘g‘illariga ko‘p nasihatlar qildi-yu, gaplari foyda bermadi: shunda ularni ko‘zini jonli tamsil yordamida ochishga jazm etdi. O‘g‘illariga bir bog‘ xivchin keltirdi-da: “Bog‘i bilan sindirib ko‘ringlar”, - dedi. Kuchga to‘lgan o‘g‘illari qanchalik urinmasin, bu ishni uddalay olishmadi. Ota bog‘ni yechib, xivchinlarni bittalab bergandi, o‘g‘illari bir zumda sindirib bitirishdi. Shunda ota dedi: “Bolalarim, sizlar ham xuddi shunga o‘xshash: o‘zaro ahil bo‘lsangiz, sizni hech kim yengolmaydi; agar janjallasha boshlangiz, istagan kishi madh etadi”. Alqissa, ahillik nechog‘li yengilmas kuch bo‘lsa, kelishmovchilik shunchalar ojizlikdir. Shuni o‘ylab, u o‘g‘illarini to‘pladi va aytdi: “Bolalarim, toklardan birining tagiga xazina ko‘milgan!”. Bog‘bon o‘lgandan so‘ng, o‘g‘illari belkuragu ketmon bilan bog‘ni ag‘dar-to‘ntar qilib kavlashdi. Xazinani-ku topisholmadi, biroq chuqur chopib ag‘darilgan tokzor har yilgidan chandon ortiq hosil berdi. Alqissa, har qanday xazinaning kaliti mehnat. O‘G‘RI BILAN ONASI Bolakay maktabda o‘rtog‘ining xat taxtasini o‘g‘irlab, uyiga keltirgandi, onasi uni maqtab qo‘ydi. Keyingi safar u birovning to‘pini keltirdi, onasi bu matohni yanada xushroq qabul qildi. Vaqt o‘tib, bolakay voyaga yetdi, endi kattaroq o‘g‘irliklarga qo‘l urdi. Nihoyat, uni o‘g‘irlik ustida ushladilar-da, qo‘llarini qayirib, qatlgohga sudradilar; onasi ularning ortidan ko‘ksiga mushtlab, dodlagancha ergashdi. Bir payt yigit dedi: “Onajonim, qulog‘ingga aytarim bor!”. Onasi kelib, qulog‘ini tutgandi, uni g‘archcha tishlab uzib oldi. Ona noqobil farzandni koyib ketdi: “shuncha jinoyating yetmagandek, tuqqan onangga zulm ham qilasanmi-ya?!”. O‘g‘il dedi: “Ho‘-o‘... o‘sha taxtachani keltirganimdayoq, meni jazolaganingda edi, taqdirim tamom boshqa yo‘ldan ketgan, hozir meni qatlga sudrab borishmayotgan bo‘lardi!”. Alqissa, agar ayb boshdayoq jazolanmasa, u borgan sari kattarib ketaveradi. “Voy, yiliga bittagina tug‘asana?!”. Ona sher aytdi: “Bitta-yu, sherbachcha tug‘aman-da!”. Alqissa, gap sonda emas, sifatda. QARI OT Bilgilki, kishi kuchga to‘lib, shuhrat topgan paytlarda ham o‘zidan ketmasligi lozim, zero, ko‘pchilikka uqubat to‘la keksalik nasib etadi. Qari otni juvozkashga sotdilar. Juvozkash otni juvozga qo‘shib haydarkan, u mahzun nola chekdi: “Darig‘o, poygalarda chopgan paytlarim qancha keng doiralarda aylanardim-u, endi nechog‘li tor doirada aylana man-a!”. Bu davrlarda zodagonlar bilan quyi tabaqa o‘rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar juda keskinlashib ketgan edi. Uning ijodida siyosiy kurashlar, fuqarolar urushi, muhojirlar hayotini aks ettirish asosiy o‘rinni egallagan bo‘lsada, muhabbat mavzularida ham juda ko‘p jo‘shqin misralar yaratgan. Lesboslik shoira binafsha soch, nozik tabassumli, Sapfo sharafiga ham she’rlar bitgan. Lesbos taxtiga o‘tirgan Pittakga unga qarshi chiqqanligi sabab, uzoq o‘lkalarga quvg‘inda yashashga majbur bo‘ladi. Monodik lirikaning ohang xususiyatlari faqatgina musiqa maqomi bilan belgilangan. Yakkaxon lirikaning vazni rang-barang, baytlari esa g‘oyatda nafis bo‘lgan. Shoir ixtiro qilgan turli-tuman vaznlar bilan monodik lirikani mislsiz yuksak san’atkorlik cho‘qqisiga ko‘tardi. Alkeydan keyin jahon she’riyatida abadiy o‘rnashib qolgan bir vazn hamon ulug‘ shoirning nomi bilan ataladi. Alkey o‘z she’rlarida ertangi kuniga katta umidlar bog‘lamaydi. O‘zi yashayotgan polisni to‘lqinlar taloto‘pi ichra dengizda suzayotgan kemaga qiyoslaydi. Shoir Siyosiy mazmundagi she’rlardan tashqari, quvonch va qayg‘u, muhabbat izxori, qaxraton qish va jazirama yoz mavzularida, dasturxon atrofidagi gurung qo‘shiqlarini ham yaratgan. Bu qo‘shiqlar ijodkorning ulfatlari oldida o‘z tuyg‘u hamda fikrlarini bayon etish vositasi bo‘lgan. Ularning aksariyati qayg‘u va alamlarni unutish uchun mayxo‘rlik qilishga undov bilan tugallanadi. Alkey o‘z qo‘shiqlarida “may bor joyda haqiqat bor”, “may-insonlar ko‘zgusi” degan iboralarni qo‘llagan. Qadimgi Yunonistonda Alkey she’rlarining g‘oyat keng tarqalganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shoirning asarlari Aleksandriya olimlari tomonidan mazmuniga qarab, o‘n jildga ajratilgan. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Alkeyning she’rlari o‘zining muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafis va ohangdorligi hamda o‘lchovlarning rango-rangligi bilan antik dunyo kishilarini o‘ziga maftun etgan va keyingi davrlar adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bir gap aytmoqchiman quloqlaringga, Lekin aytolmayman, yo‘l qo‘ymas hayo. Binafsha soch ey Sapfo, Hushtabassum, musaffo. Senga bir so‘z aytgim bor, Ammo yo‘l qo‘ymaydi or. BO‘RON Asov shamolni anglash qiyin ko‘pida Bostirib keladi to‘lqinlar lak-lak. Ularning isyonkor taloto‘pida Kemamiz xas misol bo‘lar chirpirak. Sarkash to‘lqinlarga zo‘rg‘a berar dosh. Palubamiz suvga to‘ldi butunlay. Holi xarob yelkan ko‘tarolmas bosh, Chirsillab uzilar arqon paydar-pay. Illo, g‘anim beshafqat boshni mag‘rur tut, Yanada baland to‘lqin kelayotir bostirib. Bundan ham badtar tashvish, mashaqqatni kut, Agar bo‘ronga xudo bermasa firib. Qurol-yarog‘lar-la jihozlangan uy, Harbiy mis ashyolar yaraqlar voy-bo‘y Areyga3 alyor! Bunda dubulg‘alar yal-yal yonadi, Asli toza mis-da, zo‘r toblanadi, Bari serviqor. Qilich, shamshirlarning qinlari qator, Tizilgan mixlarda ilinib yotar, Sovutlar bisyor. Bir chekkadan qarab ko‘z ilg‘ar arang, Qalqonning turi ko‘p, juda rang-barang Xilma-xil, zirhdor. Xalkid xanjarlari emas bunda kam, Topilar belbog‘lar qurshoqlari ham; Hammasi tayyor. Bu yerda hech narsa unutilmagan, Unutmayliksira, do‘stlar, nimaga Qildik biz qaror! Jonlandi bog‘u rog‘lar Amalga kirdi Hamal. Qushlar jo‘shqin chag‘-chag‘lar Bir-biriga bermay gal. Bahorning nafasida Elga bo‘lib jo‘rovoz, Bulbullarning sasida Taraldi navo-soz! Tog‘ bag‘ridan muzdek suv Pastga otar o‘zini. Yashillanib tok zangi Asta ochar ko‘zini. Sohildagi qamishzor Yasanar jig‘a taqib, Olazarak kakku ham Sayrar dilga o‘t yoqib. Ana, tom butog‘iga Qaldirg‘och quribdi in. Bola ochib, jonhalak Emish tashiydi betin. Uyada uchishga shay Silkinar temir qanot. Bahor bilan ularga Boshlanar yangi hayot! Mitilana hukmroni Pittak davrida bir necha yil Sitsiliya orolida quvg‘inlikda bo‘lgan. Vataniga qaytib kelgach, maktab ochib, bu yerda yoshqizlarni turli bilimlarga: musiqa, ashula, raqs va she’r to‘qishga o‘rgatadi. Maktabda nafaqat Yunonistonning uzoq-yaqin yerlaridan, hattoki boshqa mamlakatlardan kelgan qizlar ta’lim olgan. Qadimgi manbalarda Sapfoning o‘nta kitob yozgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. Biroq bularning barchasi, nasroniy ruhoniylarining amriga ko‘ra, IX asrda yondirib yuborilgan. Alkey ijodi uchun asosan ijtimoiy-siyosiy voqealar zamin bo‘lgan bo‘lsa, Sapfo she’riyati asosiy mavzusi shaxsiy kechinmalar, yurak tuyg‘ulari bilan chegaralangan; deyarli yagona mavzu sevgi va go‘zallikdir. Bizgacha yetib kelgan she’riy parchalarda muhabbat nash’asi, yor vasliga yetish shodliklari haqida hikoya qiluvchi misralar bor. Lekin Sapfoning aksariyat baytlaridan xotin kishining yurak dardlari rad etilgan muhabbat, ayriliq, hijron, rashk va intizorlik sadolari eshitiladi, shoira o‘zining muhabbat yo‘lida chekkan iztiroblari, dog‘u hasratlari haqida nola qiladi. Antik davr kishilari ulug‘ shoirani faqat dardmand ma’shuqa sifatida taniganlar. Sapfoning ikkita she’ri to‘la holda etib kelgan. Afroditaga atalgan mazkur she’rlardan birida, shoira sevgi ma’budasiga iltijo qilib, ishq dardida o‘rtangan qalbiga tasalli berishini, musibatli damlarda ko‘makdosh bo‘lishini so‘raydi. Ikkinchi she’rda esa Sapfo mahbuba husnining sehrli jozibasini ta’riflaydi. Antik dunyoda o‘tgan qalam ahli orasida ishq sharorasini bunchalik jo‘shqin ifodalaganbirorta shoirni topib bo‘lmaydi. Ishqiy she’rlardan tashqari Sapfo epitalamalar ham ijod qilgan. Qadimda o‘zimizning “yor-yor”lar qabilidagi bunday qo‘shiqlarni qizjuvonlar, yigitlar aytib kelinchakni kuyovning uyiga kuzatib borganlar. Sapfo ijodining butun mohiyati, olamshumul tarixiy ahamiyati she’riyatda insonning ichki hissiyot dunyosini, go‘zallik olamini ochganligidadir. Shoira Yunon she’riyatinina vazn doiralarini yanada kengaytirishi natijasida lirikaning ravon va ohangdor bo‘lishiga keng yo‘l ochildi. Sapfo she’rlari atoqli shoir E.Vohidov tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi. Qalbimni qilma pora, sog‘intirib sen juda Karam ayla, ma’buda! Cho‘qqilardan ot o‘zing, avvalgiday bo‘l mardon: Chaqirsam eshitarding sen olis-olislardan, Kelar eding tark etib otang qal’asin Tangri arshi a’losin! Oltin aravaga sen minarding zavqqa to‘lib, Uni olib uchardi xuddi quyuday bo‘lib, Havo bag‘rin tilardi kuchli qanotlar sasi Kabutarlar galasi. Yetib kelar eding sen huzurimga bir zumda, Tabassuming ko‘rib, o‘t chaqnardi ko‘zimda. “Sapfo! derding. Mana men! So‘yla, nedir tilaging, Nimadan g‘ash yuraging? Nima o‘rtaydi seni, nega aqling parishon? Aytgil yo muhabbatmi yuragingni qilgan qon? Seni xafa qilgan kim? Kimlarni tiz cho‘ktiray? Kimning jazosin beray? Ayrilmaydi endi hech, o‘sha qochib yurgan kas; Sovg‘ani olmagan-chi, hadyalar keltirar, bas; Hali sevmagan esa, sipqarib sevgi mayin Sevib qolishi tayin...” Yetib kelsangchi-chi, yana, tutgil ishq nash’asidan. Qutqar meni yurakning yangi xarxashasidan! Kamoningga eng uchqur muhabbat o‘qlarin ter, Menga madad ber! Afrodita, taxt uzra mag‘rur Ko‘ngillarga solg‘uvchi yag‘mo! Oshufta bu ahsolimni ko‘r, Darig‘ tutma shafqatingni, o! O, yonimga kel! Sen bir zamon Tinglar eding qalbim ohini. Kelar eding sen tark aylabon Buyuk otang Zevs dargohini. Oq kaptarlar oltin arobang Qanotida olib uchardi. Va charx urib arshi a’lodan Yashin kabi yerga tushardi. Shunda sening o‘lmas jamoling Ko‘z oldimda bo‘lardi paydo. So‘rar eding: Ne kechdi holing, Nega meni chaqirding, Sapfo? So‘yla menga, istaging nadir? Ishq ko‘yida bo‘ldingmi gado? Ayt, kim seni qilmadi qadr? Kim ranjitdi, so‘yla, ey Sapfo? Mayli, meni sevmas bukun ul, Ammo erta bo‘lg‘usi shaydo. Senga mangu bog‘lagay ko‘ngil, Sen kechsang ham u kechmas Sapfo! Kelgil axir, kelgil bugun ham, Seni so‘rab o‘rtanur bag‘rim. Bo‘lgil endi ko‘nglimga malham, Dardlarimni sovurgil, tangrim... Tangri ulkim, sening jamoling, Husn ichra buyuk kamoling Ko‘z oldida erur har zamon. Bahra olur takallumingdan, Lazzat topur takallumingdan, Muhabbating mulkiga sulton. Sening chehrang, go‘zal dilrabo, Ko‘z oldimda bo‘lganda paydo Ko‘ksim yonur, tilim bo‘lur lol. Goh muz titroq chirmashar tanga, Goh vujudim chulg‘ar alanga, Men behudman, men oshuftahol. Borlig‘imda otash hayajon, Ko‘z oldimni qoplab zimiston, Oyog‘imda turolmam xasta. Boshlarimdan quyar sovuq ter, So‘lgan o‘tman, tortar meni yer, Nafasim yo‘q, so‘naman asta... Agar kim go‘zal bo‘lsa, Faqat ko‘zga quvonch, nur. Agar kim yaxshi bo‘lsa Shundoq ham go‘zal erur. Hilol botdi, Hulkar yulduzi Ko‘rinmaydi. Yarim bo‘ldi tun. Muncha ham tez o‘tar vaqt o‘zi... Yana yolg‘iz uxlayman bugun! Menga jondek aziz Qizim, jonginam. Bahoring tillarang Guli-Kleidam! Senga bermam dunyoda Bor tillaga ham. Qahr nima bilmaydi hali Yurakkinam, go‘dak misoli. Madhiya yangragan chog‘, Raqsga tushadi quvnoq, Krit qizlari bari. Maysazorlar ustida, Nozik oyoqostida, Toptalar qir gullari. “O, bokiraligim, iffat, sharaf-shon, Nechun meni tark etding.” “Seniki bo‘lolmam endi hech qachon, Mangu tark etib ketdim”. Qadrdon do‘stsan. Biroq... Yoshim sendan kattaroq, Yoshroq juvonga uylan. Baxtni baham ko‘rishga, Sen-la davron surishga Aslo botinolmayman. Aziz ona! Bu dastgoh Charchatar borgan sari To‘qiy desam yo‘q mador. Dilda anduh ila oh, Nozik sarv daraxtlari, Zoriqqan ko‘zlar bedor. Shoirning hayotiga doir ma’lumotlar kam saqlanib qolgan. U taxminan 525-yili Elevesin shahrida yirik zamindor oilasida dunyoga keldi. Bu yillar Yunonlarning fors istilochilariga qarshi mustaqillik uchun kurash olib borgan davri edi. Shoir o‘z hayotida yirik ijtimoiy va siyosiy voqealarning shohidi bo‘lgan(Marafon yaqinidagi forslar ustidan qozonilgan g‘alaba Qahramon hayoti uchta tragediyada aks ettiriladi va mifologik syujet asosida yozilgan satirlar dramasi bilan yakunlangan. Qadimgi adabiyotshunoslarning zikr etishlaricha, u 90 ga yaqin tragediya yozgan bo‘lib, bizgacha faqat 7 tasigina yetib kelgan. Aristotelning “Potika”sida yozilishicha Esxil birinchi bo‘lib, akterlar sonini bittadan ikkitaga oshirgan, xor partiyasini kamaytirgan va dialog asarning asosiy elementiga aylantirilgan. Shoir ijodining ilk namunasi “Iltijogo‘ylar” tragadiyasi bo‘lib, bizgacha uning birinchi qismi yetib kelgan. Asar syujeti shoh Danayning 50 ta qizi haqidagi afsonadan olingan. Yunon adabiyotidagi zamonaviy mavzuda yaratilgan yagona asar, “Eroniylar” tragediyasi Eron-Yunon urushiga bag‘ishlangan. Esxilning saqlanib qolgan tragediyalari uning ijodini uchta davrga bo‘lish imkonini beradi: “Zanjirband Prometey”, “Fivaning yetti dushmani” asarlarida markaziy qahramon obrazi gavdalanadi, dialogga katta o‘rin beriladi. “Oresteya” asarida kompozitsiya birmuncha murakkabashtiriladi, ikkinchi darajali obrazlar asar dramatizmini kuchaytirishga xizmat qiladi. Uchinchi akterdan foydalanila boshlanadi. “Zanjirband Prometey” qadimgi Yunon afsonalari asosida yaratilgan. Ularda hikoya qilinishicha, Prometey suv va tuproqdan dastlabki odamlarni bunyod etgan. Ma’buda Afina esa jonbaxsh nafasi bilan ularga hayot bag‘ishlagan. odamlardan olovni yashirib, ularni sovuqda, zulmatda tutadi. Titanlardan bo‘lgan Prometey, Olimp mehrobidan muqaddas olovni o‘g‘irlab, odamlarga keltirib beradi. Shundan boshlab yerda yangi hayot quloch yozadi, endi odamlar o‘zlarini erkin va qudratli his qila boshladilar. Bu “shakkoklikdan” g‘azablangan Zevs uni qoyaga zanjirband qilishni buyurib, ming yillar davomida azoblaydi. To Gerakl kelib ozod etmagancha zanjirband Prometeyga Zevsning qanotli iti jeztumshuqli burgut misli ko‘rilmagan azoblarni beradi, har kuni uning jigarini cho‘qib, qonini ichadi... Esxil o‘z asarlarida ma’budlarni yoki biror maqsad yo‘lida kurashuvchi, bukilmas irodali kishilarni tasvirlaydi. “Zanjirband Prometey” hamon inson tafakkurining mangu durdonasi, qadimiy Yunon fojianavisining nodir asari sifatida yashab kelmoqda. Illo dildan azoblanaman O‘zim ushbu sharmisorlik tamannosidan, Barcha yangi ma’budlarga mansab berildi. Menga ato etilgani sharmandalikmi? Bular bari sizga ayon, bu to‘g‘rida bas, Foniylarning azobidan gap ochgan ma’qul. Axir men-ku, ongsizlarga idrok baxsh etib, Mulohaza yuritmoqqa o‘rgatgan ma’bud, Buni minnat yuzasidan gapirmayapman. Vale barcha ezguligim mohiyatini Tushuntirib beray, deyman, bir boshdan sizga. Avvallari odamlarning ko‘zi bo‘lsa ham Ko‘rmas edi, quloq boru eshitmas edi. Kun kechardi allaqanday g‘aflat hobida: Bilishmasdi najjorlikni, g‘ishtin uylarni Qurishmasdi, zah g‘orlarda nursiz hilvatda Kumursqadek ojizona kun ko‘rishardi. Fasllarni farq qilolmay dovdirashardi, Na bahorni, va na qishni, va nada yozni, Va na ne’mat ulashguvchi kuzni o‘shanda. Bilib netmay har narsaga urishardi qo‘l, Men bo‘lsam-chi, ko‘rsatmoqqa muyassar bo‘ldim; Ularga ko‘k yulduzlarin chiqish-botishin. Ilk bor o‘zim aljabrdan, nahv ilmidan Saboq berdim va ijodiy Xotirotni ham Baxsh ayladim, baxsh etgandek ona muzani. Ham dastavval ishlab chiqdim bo‘yinturuqni Shu boisdan yuvosh tortdi vahshiy hayvonlar. Jisman mushkul bo‘lgan mehnat, odamlar uchun Yengil bo‘ldi. Arobaga otlarni qo‘shdim, Itoatkor jilov berdim zodagonlarga. Mendan bo‘lak dengiz aro ildam eluvchi Uchqur qanot kemalarni o‘ylab topgan kim? Ha, hammasini kashf etgandim foniylar uchun, Ammo o‘zim topolmadim dardimga chora! Xor Sharmandali uqubatlar bois bo‘ldi-yu, Sen burungi aqlingni ham boy berib qo‘yding. Hasta bo‘lib qolganida uquvsiz tabib O‘zi uchun dori-darmon topolmagandek. Prometey Tag‘in menga quloq tutgin, azmim tufayli Yaratilgan ixtirolar hayratangizdir. So‘ylab beray senga juda muhimlarini: Menga qadar bilishmasdi malham dorini Keragicha yemay-ichmay shu taqlid ular qirilishib ketishardi tib yordamsiz. Men o‘rgatdim dorilardan foydalanishni, Shundan keyin barham topdi barcha kasallik. Tez orada folbinlikning yo‘llarini tikladim: Ta’bir qildim tushlarni ham payg‘ambarona Nima yolg‘on, nimadir haq ko‘rsatib berdim. Ifsho qildim karomatli so‘zlar mazmunin, Yo‘l belgisin, parrandalar parvozini ham, Qanday axbor berishlarin baxtdan, ofatdan, Ularning-da yashash tarzin, ishq va nizosin, Ziyon-zahmat chekkanlarning ichki asrorin, Jigar ila safroning-da xili, rangini Qurbonlikka qaysi biri xush kelishin ham, Qurbonlikkahozirlangan hayvon sonini Kuydirgancha, olovning ko‘p xosiyatlarin Ko‘z-ko‘z etib, odamlarni hayratga soldim, Zero, avval hech bir kimsa ko‘rmagan edi. Binobarin... Kim aytishga jur’at etadi, Menga qadar yer ostida yashirin yotgan Temir, oltin, kumushlarni, rangin mislarni Odamlarning foydasiga etkizganimni, U kimdirki mag‘rurlansin, albatta, hech kim, Ochig‘ini aytsam agar bilib qo‘yginki, Prometeydan o‘tgan xalqqa barcha san’atlar! Xor Foniylarga madad berib haddan tashqari Baxtsizlikda qoldirmagin bu xilda o‘zni, Illo imon komildirki, banding yechilgay, Zevs yanglig‘ bo‘lajaksan purqudrat tag‘in. Prometey Bo‘lmagan gap, olimaqom ilohiy taqdir Shunga o‘xshash hodisani hal qilgani yo‘q. Vale hozir azoblarga mubtalodirman, Kishanlardan qutilsam ham ojizlik qilur Doim san’at zaruriyat ostonasida... Xor Kim tomondan boshqarilur taqdiri azal? Prometey Uch Moyra va Erinnilar, O‘shalarga ayon bor narsa. Xor Nahotki Zevs ulardan ojiz. Prometey Ko‘radi u peshanasiga yozilganini. Xor Nahot Zevs hukmronlik qilmagay mangu? Prometey Buni bila olmagaysan, urinma bekor! Xor Chamamda sen saqlayapsan buyuk bir sirni Prometey Yetar endi, boshqa gapga o‘taqolaylik! Bu to‘g‘rida gapirmayman; mavrudi emas. Sir yashirin saqlansin-da, agarda uni Saqlay bilsamuqubatli kishanlardan ham Bir kun kelib tamomila forig‘ bo‘lurmen. 2-STASIM4 1-band Buka olmas irodamni Zevsning-da, taxtu qudrati! Ularni deb buqa sonini Mehrob sari yo‘llayman tag‘in. Olib ketgay uni uyqusiz, Moviy ummon oqimi ildam! Mayli boshqa yoronlar bilan Bazmi oliy qurmay qo‘yayin! Saqlanadi bu sir toabad Mening jonu jahonimda! Aksilband Umidga ko‘z tutib sarkashlik ila Davru davron sursam Nechog‘lik yaxshi, Ko‘ngilga jo aylab porloq sururni! Ammo titroq bosar ko‘rgan sari Ming xil g‘amda qiynalishingni! Hayiqmaysan yolg‘iz sen qahhor Zevsdan Takabburlik qilib hozio ham, Senga aziz bo‘lgan umri bebaqo Odamlarni ko‘tarasan ko‘klarga, o Prometey! Stasim Stasim xor bilan aytiladigan qo‘shiq 2-band Munisim, inon, mehr ko‘p ko‘rguzib, Topmassan mehr: o‘zing o‘ylab ko‘r. Qani seni himoya etganlari?.. Boshingga musibat tushgani kezda Ko‘rindimi ularning biri? Ojizlik zanjiri bilan Foniylarning oyoq-qo‘li bog‘langanmi? Yo‘q, ularning qo‘lidan kelmas Dunyoni qayta qurmoq! Xukmdor Perikl bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. O‘limidan keyin buyuk zotlarga ko‘rsatiladigan izzat-ikrom ko‘rsatilib, har yili qabri ustida qurbonlik qilish taomilga aylangan. Shoirning 123 ta pesasidan yettitasigina saqlanib qolgan. Sofokl Esxil boshlagan ishni davom ettirib, tragediyani tantanali lirik qo‘shiqdan chinakam dramaga aylantirishda katta xissasini qo‘shdi. Agar Esxil asarlarida oliy kuchlar inson yurish-turishida faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl qahramonlari mustaqil harakat qilib, boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarini ham o‘zlari belgilaydi. Shoirni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan emas, balki alohida shaxs taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu mazmunan bog‘langan trilogiyalardan voz kechishga olib keldi. Sofoklda har bir asar alohida badiiy yechim va muammoga ega bo‘ldi. Dramaturg o‘z ijodi davomida xorni chiqarib tashlamagan bo‘lsa ham unda xor qo‘shiqlari qisqarib bordi va bu voqealar sur’ati tezlashdi. Sofokl tomonidan kiritilgan yana bir yangilik dramaga uchinchi akterning kiritilishi bo‘ldi. Aristotelning “Poetika” da xabar berishicha, buyuk dramaturg sahna san’ati nazariyasi bo‘yicha ham ko‘p yangiliklar kiritgan: xor tarkibini o‘zgartirgan, musiqiy parchalar joriy etgan, teatr dekoratsiyasi qo‘llagan. Gyotening aytishicha, “Sahna san’atini Sofoklchalik hech kim bilmagan”. Uning “Shoh Edip”, “Antigona”, “Edip Kolonda” tragediyalarining syujeti afsonalarning Fiva turkumidan olingan. “Elektra”, “Filoklet”, “Ayaks” asarlari Troya afsonalari mavzusida yozilgan bo‘lsa, “Traxinalik ayollar” Gerakl haqidagi rivoyatlar asosida yozilgan. Qahramonlarning tabiatini chuqurroq ochish maqsadida Sofokl turli usullarni qo‘llaydi. Ulardan biri taqqoslash usulidir. Ikki qahramonni yonma-yon qo‘yib tasvirlashning eng mohir namunasini “Antigona” tragediyasida ko‘ramiz. Sofokl ajoyib obrazlari bilan bir qatorda, dramatik voqealarni ustalik bilan bir-biriga bog‘lagan san’atkor sifatida ham mashhur. Sofakl “Shoh Edip” tragediyasida Yunon san’atining “kuch va vositasigina emas, zamini ham bo‘lgan” mifologiyadan keng foydalangan. Odatda miflarning bir qancha variantlari bo‘lib, dramaturglar ularni o‘zgartirib, o‘z g‘oyalariga moslab, ijodiy qayta ishlaganlar. “Shoh Edip” bunga misol bo‘la oladi. Edip haqidagi mif Homerning “Odisseya”sida ham bor edi. Ammo Sofokl unga juda aniq psixologik ishlov beradi, uni “qismat fojeasi”dan chinakam insoniy dramaga aylantiradi. Edipning o‘z umri sirlarini bilish jarayoni unga mudhish taqdirni ochibgina qolmay, o‘z aybiga iqror bo‘lishga ham olib keladi. Inson o‘z qilmishlariga o‘zi mas’uldir: inson bezavol va beajal tangrilardan shu bilan farqlanadiki, uning hayoti doimiy kurashlarda, har qanday g‘ovlarni, qismatni yengib o‘tish uchun intilishda o‘tadi. Mifda mana shu qismat birinchi o‘rinda turadi. Sofokl tragediyasida esa taqdir qahramon yo‘lida bir rishta xolos. Edip umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan chuqur va murakkab obrazga aylanadi. Antik davrdagi hech qaysi dramaturgning asari jahon adabiyotida “Shoh Edip” tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Shahrimiz ko‘kida iltijo, faryod, Aza qo‘shiqlari yangragan mahal Nega siz mehroblar ro‘parasida Ibodat niholin ushlab turibsiz? O‘lkangizda otim shuhratli Edip, Bu holning sababin bilmoqni istab Mana bugun keldim huzuringizga. Qani, ayt, qariya, yoshlar nomidan Arzu izhor etmoq senga yarashur, Nega to‘plandingiz bu maydon aro, Qo‘rqib keldingizmi yo arz bilanmi? Tila, Tilagingni keltiray bajo, O‘tinib kelganga marhamatim keng, Kohin Kishvarimiz hokimisan, Edip! Yoshu qari jammiz, ko‘rib turibsan: Temir qanot polaponlar shunda, Yoshini yashagan kohinlar shunda, Men o‘zim Zevsning kohinidirman, Kadm Edipning ajdodlaridan Mana, fuqarongning guli, qaymog‘i, Xalq esa boshiga gulchambar tutib, Pallada6ning ikki qadamjosida, Qurbonlar xokidan bashorat kutib, Ismena7 bo‘yida turar muntazir. Shahrimiz larzada to‘fon tufayli, Ko‘rib turibsanki, bosh ko‘tarishning Iloji yo‘q qonli to‘lqin qa’ridan. Nish urmay ildizdan quridi ekin, Ofat qirib ketdi yilqi, chorvani, O‘lik tug‘ilmoqda farzandlarimiz. Iskanjaga olib dahshatli qirg‘in, O‘lim azobida to‘lg‘anar shahar. Kadm xonadoni huvillab qoldi, Soyalar dunyosi u dunyo, do‘zax Yana oh-nolalar bilan boyidi. Seni xudolarga tenglamayman, yo‘q, Ofatni yengishda tenging yo‘q, ammo Xudolar bilan tez til topishasan. Fivaga kelding-u, ajdaho qush8ga Tirik boj to‘lashdan bizni qutqarding. Pallada Afinaning sifatlaridan, ezgu nomlaridan biri Ismena Fivada bir daryo. Uning sohilida yondirilgan qurbonlik kuliga qarab fol ochilar ekan. Ajdaho qush Fiva shahri yaqinida paydo bo‘lib, o‘tkinchilarga jumboq aytgan. Uning jumboqlarini hech kim echolmay, hamma bu mudhish maxluqning panjasida halok bo‘lib keta boshlagan. Faqat Edip jumboqni echib ofatni daf etgan. Bexabar bo‘lsang ham bizlardan u payt, Xudolar izmidan og‘ishmay kelib, Hayot berding bizday bechoralarga. O, mardlarning mardi, haqiqiy inson, Hozir o‘tinch bilan keldik qoshingga: Bizning irodamiz, xudo amri-la Najotkorimiz bo‘l, shohan Shoh Edip! Ma’lumki, dlnolar kengash berganda Odamning mushkuli bo‘ladi oson. Sen xaloskor eding. Kelajakda ham Yaxshi noming bilan faxrlanaylik: Azm et, shahrimizning qaddini tikla! Qoyaday tebranmas bir qal’a bo‘lsin! Bir vaqt jonimizga oro kirganding, Yana baxsh aylagin bizga saodat! Bu yurtga hokimlik qilmoqchi ersang Inson bo‘lsin unda, bo‘lmasin sahro. Axir misli yaproq dengizda kema, Qochib ketgan bo‘lsa muhofizlari. Edip Baxtsiz norastalar! Ko‘rib turibman: Beadad azobda, iztirobdasiz. Shahrim deb to‘lg‘anar otashda qalbim; Ammo birontangiz menchalik yonmas, Menchalik tortmagay uning dardini. Mangu bedorman men, g‘aflatda emas, Achchiq ko‘z yosh to‘kdim o‘ylda behisob, Behisob yo‘l bosdim xayolga cho‘mib Shunday qaror topdi oxir o‘ylarim; Qaynim Kreontni Febga yo‘lladim, Toki bilib kelsin, qanday so‘z bilan, Qanday tadbir bilan qutqazay shahrim. Ammo tashvishdaman, u qaytmayapti, Qaytadigan payti o‘tib ketmoqda, Qaytib kelganida, men shoh emasman Bajo keltirmasam iloh amrini! Eshitarsan, Kiferon, Ertagadan oyli tunda Seni qutlay boshlaymiz. Sen Edipning vatanisan, Ota yurti, beshigi. Sen azaldan maqbul eding Fivaning shohlariga. Sharafingga biz boshlaymiz Shodiyona marosim. Antistrofa Onang kim edi, go‘dak, Umri boqiylardanmi? Otang kim edi, go‘dak, Loksiymi yoki Germes? Chunki biri azaldan O‘tloqlarning oshig‘i, Biri esa o‘zi ham Tog‘-tosh aro tug‘ilgan. Xudolar bazmgohi Gelikon cho‘qqisida Kayfu safo tangrisi Sening otang emasmi? Elchi bilan tengqur ko‘rinishi ham. Kuzatib kelmoqda mening qullarim, Razm sol, aniqroq aytarsan o‘zing, Ko‘p ko‘rgansan axir keksa cho‘ponni. Xor Xotirjam bo‘l, shohim, yaxshi bilaman, U Layning ko‘p halol cho‘poni edi. Elchi Xuddi mana shu. Edip Ko‘zlarimga qarab javob ber, cho‘pon: Sen Layga qulmiding? Cho‘pon Qul edim, ammo Bir farzandday edim xonadonida. Edip Qanday kasb-kordan kun ko‘rar eding? Cho‘pon Aksar poda boqib terdim risqimni. Edip Qaysi o‘lkalarda kechdi hayoting? Cho‘pon Ko‘pincha Kiferon yaylovlarida. Edip Bu senga tanishmi? Ko‘rganmisan hech? Cho‘pon Nima qilyapti u? Kimni aytyapsan? Edip Qarshingdagi zotni ko‘rganmisan hech? Cho‘pon Balki ko‘rgandirman, eslay olmadim. Elchi Darrov eslolmasa ajab emas, shoh. Men yodiga solay hozir birma-bir. Sayr etib Kiferon yaylovlarida Kezgan chog‘larimiz yodingga tushar. Ikki poda edi qaramog‘ingda, Ilk bahordan toki sovuq kuzgacha Birga yurmadikmi rosa uch fasl? Qishda men qo‘ylarni qo‘tonga quvsam, Sen Layning qasriga haydab ketarding. Esingdami shular, to‘g‘rimi-yo‘qmi? Cho‘pon Bari to‘g‘ri . Eh-he, qachonlar edi . Elchi Endi ayt: sen menga bir chaqaloqni Boqib olgin deya berganing haqmi? Cho‘pon Bersam nima bo‘pti, nega so‘rayapsan? Elchi Nima bo‘lar edi, o‘sha chaqaloq Mana, ro‘parangda turibdi, oshna. Sening so‘zlaringdir la’natga loyiq. Edip Sen, qariya, uni la’natlama; Sening so‘zlaringdir la’natga loyiq. Cho‘pon Mening aybim nima, shahanshoh? Edip Go‘dakdan gap ochsa, sen chap beryapsan! Cho‘pon Hech narsa bilmayman; bari bekor gap. Edip Qahrim olovlanmay, yaxshilikcha ayt. Cho‘pon Cholga, xudo haqqi, rahming kelsin, shoh1 Edip Qo‘lin orqasinga bog‘lang chambarchas. Cho‘pon Oh, sho‘rlik peshonam! Nimani aytay? Edip Bunga chaqaloqni berganmisan, ayt? Cho‘pon Berganman... o‘lganim yaxshiydi bermay! Edip To‘g‘risini aytmasang o‘lasan, shoshma. Cho‘pon Endi bir so‘z aytsam, til tortmay o‘lay. Edip Bu chol, nazarimda, qutulib ketmoqchi. Cho‘pon Go‘dakni berganman, dedim-ku, bo‘ldi-da. Edip Bola kimnikiydi? Qaydan olgansan? Cho‘pon Boshqa bir odamdan olgandim... Edip Boshqa bir odamdan? Kim u? Qayerlik? Cho‘pon Bu yog‘in so‘rama, xudo haqqa, shoh! Edip Joningdan umid uz, qayta so‘rasam! Cho‘pon U odam shoh Layning xonadonidan. Edip Quoimida yo qarindoshi? Cho‘pon Yo haq! Bu dahshatni qanday aytaman. Edip Evoh, sen aytishing, men tinglashim shart. Cho‘pon Layga farzand edi o‘sha chaqaloq. Xotiningdan so‘ra qolgan gaplapni. Edip Go‘dakni u berganmidi senga? Cho‘pon Ha, shoh! Edip Nega axir? Cho‘pon O‘ldirgan deya. Edip Ona o‘z farzandini? Cho‘pon Shum bashoratdan Qo‘rqardi malika. Edip Qanday bashorat? Cho‘pon Padarkush bo‘ladi farzanding, deya Kelgan malikamga g‘oyibdan ovoz. Edip Nega, unday bo‘lsa, birovga berding? Cho‘pon Juda rahmim keldi. Bu oshnam uni Uzoq o‘z yurtiga olib ketgandi. Bolani asrabdi kulfatlar uchun... Agar o‘sha bo‘lsang, badbaxtsan, badbaxt! Edip Tamom, bari ayon! O yorug‘ jahon, So‘nggi bor ko‘rmoqda ko‘zlarim seni, Hayot harom, nafas harom, nikoh harom menga. Qonga bulg‘anganman, jirkanchman, jirkanch! Yugurib qasrga kirib ketadi. TO‘RTINCHI STASIM Xor 1-strofa Inson, inson! O, foniy avlod! Ma’nosiz va bebaqo dunyo! Bog‘ri butun bormi dunyoda! “Toleim bor” deya ulgurmay Toleidan mahrum bandasi. Baxti qaro Edip, o, Edip! Menga saboq bo‘ldi qismating. Sening xunuk qissangdan hissa: Bu dunyoda baxtli inson yo‘q! (Asqad Muxtor tarjimasi) EVRIPID (m.o. 480-406 yy.) Qadimgi Yunon tragediyasining yana bir vakili Evripid Afina yaqinidagi Salamin orolida tug‘ilgan. Antik davr adabiyotining uch buyuk vakili haqida quyidagi rivoyat bog‘lab turgan: Salamin yaqinidagi g‘alaba nishonlanayotganda(m.o. Esxil g‘olib askarlar safida bo‘lgan. G‘alaba bayramida uyushtirilgan o‘yinlarda Sofokl o‘zini ko‘rsatgan va xuddi shu kuni dehqon Mnesarx oilasida Evripid dunyoga kelgan. M.o. V asr oxirida komediyanavislar shoirga ko‘p ta’na va malomatlar yog‘dirdilar. U Makedoniyaga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi va shu yerda vafot etadi. Evripid teatr musobaqalarida uch marta g‘olib chiqqan. O‘z davrida qadrlanmagan shoir keyingi asrlarda xalqning eng sevimli tragik shoiriga aylanadi. U jami 92 ta asar yozgan bo‘lib, bizgacha 19 tasi etib kelgan. Masalan: “Alkestida”, “Medeya”, “Geraklidlar”, “Ippolit”, “Elektra”, “Andromaxa”, “Troyalik ayollar” tragediyalari. Bu asarlarning barchasi Sofokl va Esxil singari mifologik afsonalar mavzusida yozilgan. Evripid o‘z asarlarida zamonasining turli-tuman muammolari bilan birga psixologik muammolarni ham qo‘yadi. Yunon shoiri jahon adabiyotida avvalambor, ayollar obrazi va ularning psixologik qiyofasini mahorat bilan tasvirlagan adib sifatida mashhurdir. Uning eng kuchli tragediyalaridan biri m.o. 431-yili Afina sahnasida qo‘yilgan “Medeya” hisoblanadi. Asar syujeti “Argonavtlar” haqidagi afsonadan olingan. Bir qancha Yunon pahlavonlari Yason boshchiligida oltin qo‘y junini olib kelish uchun “Argo” kemasida Kolxida eliga jo‘naydilar. U erda podshoning qizi, quyosh ma’budi Geliosning nabirasi go‘zal Medeya Yasonni sevib qoladi, uni deb ota-onasi, vatanidan voz kechadi, akasini o‘ldiradi. Oltin qo‘y junini Yunonistonga olib kelgach, ular turmush quradilar. Bir qancha muddat o‘tgach, Yason Korinf shohi Kreontning qizi Glafkaga uylanmoqchi bo‘ladi. Evripidning asari xuddi ana shu joydan boshlanadi. Bevafolikdan g‘azablangan Medeya eridan qasos olishga ahd qiladi, kelin, uning otasi va o‘z farzandlarini o‘ldirib ajdaholar qo‘shilgan aravada uchib ketadi. Agar “Medeya” xaqoratlangan sevgi va rashk haqidagi asar bo‘lsa, “Ippolit” jinoyatkorona, qabih sevgi haqidagi tragediyadir. Afina podshosi Tezeyning oldingi xotinidan qolgan o‘g‘li Ippolitni o‘gay onasi Fedra sevib qoladi. Yigit uning sevgisini rad etgach, Fedra o‘z joniga qasd qiladi. O‘limidan oldin yozib qoldirgan maktubida u Ippolitni tajavvuzda ayblaydi. Otasi tomonidan la’natlangan Ippolit halok bo‘ladi. Evripid juda katta maxorat bilan burch va ehtiros o‘rtasidagi kurashdan azoblangan qahramonlar ruhiyatini tasvirlaydi. Hali yetmay ikki qoya oralig‘iga Argonavtlar kabutarni uchiribdilar. Kabutarni siqib ikki lojuvard qoya9 Qayta boshdan o‘z asliga qaytayotganda Yot kimsalar Kolxidaga kirib olibdi. Iolk shohi Peliy beku bekzodlarni Eshkaklar-la ta’min aylab, mudhish ajdaho Maskaniga qorako‘l-chun yubormaganda Oliymaqom sohibamiz Medeya bonu Aslo suzib bormas erdi o‘zga yurt sari Ham telbaday ko‘ngil qo‘yib ul alp Yasonga, Yot elatga oqko‘ngillik Peliyzodlarga Padarkushlik san’atidan saboq bermasdi. Endi eri, bolalari birla Korinfda Yurmas erdi kulba izlab. Quvg‘indilikda El ko‘ziga ul boyaqish xush ko‘rinsa-da, Ikki lojuvard qoya oltin yungli terini qorako‘lni qo‘lga kiritish uchun Argoning kemasi Simplegaddan dengiz qoyalari orasidan o‘tishi kerak edi. Sodiq xotin bo‘lib qoldi lekin eriga. Guldan-da voz kecharkanlar g‘unchani ko‘rgach, Yason xotin va bola-chaqalaridan Qo‘l siltabon shoh qiziga uylanmoqchimish! Shunday qilib, tahqirlangan Medeya bibish Sho‘rlikning-da fig‘oniga yeru ko‘k titrar. Qani, der ul, ahdu vafo, qani der, lafz Ma’budlarni shohidlikka chaqira turib. Zero alar betavfiqni ko‘rib qo‘yishsin: Yason nomard, Yason lavfsiz, Yason bevafo. Bibishgina necha kunki baytulhazanda Yuragiga hasrat uya qurgandan beri Ilon yanglig‘ to‘lg‘anadur, safo bilmaydur. Xuddi qoya to‘lqinlari singari kar ul, Eshitmaydi yoru do‘stlar daldasini ham. Shu holda ul behush yotar, o‘ziga kelib Ba’zan boshin nadomat-la siltab qo‘yar-da, Yodga olar o‘z diyorin, qadrdon uyin. Ko‘z yoshini daryo-daryo oqizib, qilgan Barcha noxush ishlarini dildan o‘tkazar: Erini deb boy bergandi o‘z diyorini, Erini deb duchor bo‘ldi quvg‘indilikka, Medeyaga endi hatto farzandlari ham Yoqmay qoldi. Alarga ko‘z qirin tashlamas. Sho‘rim qursin, ishqilib, ul aynab qolmasin. Yo‘qsa yana bir baloni boshlar, chamasi, Sitamlarga dosh bermasa og‘ir o‘ylari. Mana shunday cho‘rtkesar ul. Qo‘rqaman, nogoh Och biqinga shamshir tirab olmog‘i mumkin. Ul-bul ishni shahanshohga, kuyovto‘raga Qo‘llay bilar jahli chiqsa, ochiqdan-ochiq. Osongina g‘olib bo‘lmas dushmani uning! Ana uning o‘g‘lonlari sayildan qaytib, Tinch-xotirjam kelishmoqda koshona sari, Onaizor qayg‘usidan xabar topmasdan. Ha, bolalar, bolalar-da, azoblar bilan Necha pullik ishlari bor, axir, alarning. Keksa eshik og‘asi ikki bolani boshlab kiradi. Eshik og‘asi Hoy, sen sobiq malikaning sodiq cho‘risi! Bo‘sag‘ada nechun yolg‘iz turibsan? Yohud G‘am tufayli ayrilganday Medeya hushdan, Sen ham qayg‘u chekmoqlikka hu qilursanmi? Enaga E, sen Yason farzandlarin keksa rahboni! Ne kunlarga, yorab, bizni soldi bu falak? Undanmi bu falokatlar yo o‘zimizdan? Hanuzgacha sidqidil-la xizmat etsak-da, Na emakda, na ichmakda ro‘shinolik bor, Kuya-kuya ado bo‘ldim, kuyganimdan-da, Eru ko‘kka bibishimning dostonin aytib, Yuragimni hasratlardin forig‘ qilurmen. Eshik og‘asi Yana yig‘lab ohu fig‘on qilayotirmi? Enaga Hey, qariya, soddaliging qolgani yo‘q-da, G‘am qissasi endi o‘qilmoqda-ku. Eshik og‘asi He, ko‘r . Bulg‘ab bo‘lmas qazolar sha’nin. Yangi Kulfatlari borligini bilmasa kerak. Enaga Qanday kulfat? Gapirsang-chi, mundoq ochiqroq. Eshik og‘asi Ke, qo‘ysang-chi, chiqib ketdi og‘zimdan bexos. Enaga O‘tinaman, oq soqoling haqqi, yashirma! Sen qul bo‘lsang, men cho‘riman sohibamizga. Gar qolishi vojib ersa qozon yopig‘liq Biz ham aslo ochmagaymiz ... Eshik og‘asi Men eshitdimu Sirtiga suv yuqtirmagan kishiday bo‘ldim, O‘ta turib bukun shatranj maydonchasidan Pirenada10 muqaddas suv bo‘yida pirlar Nelarnidir so‘zlashardi mazmunan bildim: Shoh taraddud ko‘rsatibdi: mulki Korinfdan Medeyani farzandi-la haydab solarmish. Bilolmadim bu ovoza qanchalik to‘g‘ri, Bag‘oyatda avlo erdi noto‘g‘ri bo‘lsa. Enaga Nima, Yason qilmaydimi bunga e’tiroz? Xotinidan bir umrga bezgan bo‘lsa-da, Voz kechmas-ku shahdu shakar bolalaridin. Eshik og‘asi Iloj qancha? Xush yoqadi yangi yor doim: Shoh avvalgi oilani tan olmas emish. Enaga Halok bo‘ldik ... daf etmayin ko‘hna baloni Pirena Korinfdagi chashma Favqulodda yangisiga duch kelmoqdamiz. Eshik og‘asi So‘zlarimni saqlagaysan ko‘ngil tubida, Bibishimiz bilmagani ma’qul bu gapni. Enaga Ana, qandoq dadangiz bor, bolajonlarim! Tangri hifzi salomat saqlagay uni. Har holda ul sohibimiz. Va lekin erkak Oilasin zinhor majruh etmasligi shart. Eshik og‘asi Har bandaning ta’bida bor bu xislat, inson Boshqalarga qaraganda o‘zini sevar. Yo shum xabar eshitdingmi, taajubdamen ... Farzandlarin qurbon qilish jatiga Yason Yangi yor-la ishrat etmoq tamasidanmi? Enaga Boring endi, xudo xalloq, bolajonlarim, Barham topur noxushliklar. Sen esa, ey, chol, Bolalarni yiroq tutgil volidasidin Jahli chiqqan. G‘azab qotgan asoratida Zaharini yaqinlariga to‘kmasaydi, oh! Menga ayon qurbonliksiz qahri bosilmas. Bizlar emas, yov yo‘liqsin qahriga faqat ... Medeya Vodarig‘o! Muncha yovuz uqubatlarim! O, shum ajal! Vodarig‘o! O, shum azozil! Enaga Ohu fig‘on boshlanmoqda ... o, bolajonlar... Ichkarida volidangiz G‘am bistarida. Undan picha nari turing, girgittonlarim. Nazariga tusha ko‘rmang, yo‘qsa, balokash Sizga g‘azab olovini sochar ayovsiz. Bir qadam ham unga yaqin kelmangiz zinhor. Tutsa agar sarkashligi, yovvoyiligi Ho‘l-quruqni bir tekisda yondira olur. Qoching uning g‘azabidan, bolajonlarim. Qani tezroq pana joyga o‘tib olingiz. Bu ra’d agar dabdurustdan sizga yo‘nalsa, Chaqmoq urib, o‘tda kuyar xonumoningiz. Ey, sen, ko‘ngil, dardlaringa intiho qani? Nechun yupanch-tasallini bilmaysan hanuz, Yoxud azob iloniga yem bo‘ldingmi sen? Medeya (sahna ortidan) O, musibat! O, aziyat, o azob va siz Kuchsiz ohlar! Siz, farzandlar, otangiz birlan Gumdon bo‘ling, minba’d, minba’d qo‘shmozor bo‘ling! Qurib ketsin uy shunaqa bo‘lsa agarda. Er shu bo‘lsa, dunyodan toq o‘tmoq avlo-ku! Enaga Voy, xudo-ey, sho‘ringizga Sho‘rva to‘kildi! Shu ham gapmi? Bolalarning gunohi nima? Yoxud alar javobgarmi padari uchun? Zug‘um qilib netadi ul bolakaylarga. Bolajonlar, qismatingiz ayanch erur, oh. Netay, naylay, sizlar uchun xavotirdaman. Shahanshohlar dag‘dag‘asi dahshatli erur; Kundan-kunga oz qolmoqda itoatkorlar, Hukmdorlar ko‘paymoqda kun o‘tgan sayin ... Osongina bosilmaydi g‘azablari ham ... Barglar aro ko‘z ilg‘amas pinhon barg bo‘lib, Kun kechirgan yaxshimasmi? Qarigan chog‘da Shahanshohlar g‘azabidan yiroqda bo‘lish; Osoyishta yashamoqlik orzuim erur ... Eng sarasi, a’losi ham me’yor saqlamoq, Hayotda yo‘q shundan bo‘lak g‘aznai oliy! Ehtiyojdan oshiqrog‘i omad keltirmas. U qavmga yuklab qo‘yib ko‘h ba ko‘h ofat Yo‘liqtirar ma’budlarning o‘tli qahriga. Ikkinchi manzara Yason kiradi Yason Ilk bor emas, ko‘p ko‘rganman, kek bora-bora Pillaqurtdek o‘z-o‘zini mahv etmog‘ini, Sen shaharga, hovli-joyga ega bo‘lurding Shohlar bilan olishmasdan siporoq yursang. Loyiq esang gar quvg‘indi nomin olmoqqa U holda shum ko‘rgilikni o‘z tilingdan ko‘r! Bilamanki, tubanlikka yuz tutdi, deya O‘z eringni qoralamoq qasdidadirsan. Bundan bo‘lak tag‘in, shohning oilasidan O‘rinlatib o‘ch olmoqni va’da qilibsan. Bu yaxshimas. Kim aytadi seni eslik deb. Kuch-qudratim etganicha bosdim shoh qahrin. Seni bunda qoldirmoqqa tirishib ko‘rdim. Vale barcha mehnatlarim chippakka chiqdi. Saltanatga pand beruvchi so‘zlar aytibsan. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi, xotin. Shu vajdan-da, endi senga shahrimiz yopiq. Ammo, xotin, bola-chaqa tashvishidaman, Illo sizlar kamlik ko‘rmang zinhor hech erda Pul tufayli. Ozmi o‘zga diyorda axir Yovuzlik va muhtojliklar. Yason sen uchun Jirkanch odam. Ammo Yason kek nima bilmas, Uzatar u dushmanga ham do‘stlik qo‘lini. Boshqalardek to‘nini ters kiyib olmagay, Ilolabad zamonaga qarab ish tutur. Medeya Voy paskashe ... voy olchog‘-e ... nomardligingni, Jangga yaroqsizligingni qanday so‘z bilan Izhor qilay, bilmay qoldim, tilim ham ojiz Bizlar uchun bundan ortiq badlik bo‘lmaydi. Bizlar tomon kelasan-a tag‘in uyalmay. Buning oti murdorlikdir, jasorat emas. Odam degan o‘z do‘stiga shunday pand berib So‘ng ko‘ziga qaray olsa, botirlikmi shu? Bu illatni bizdagilar hayosizlik der. Har qalay men sendan shodman ... Ko‘nglimni endi Bo‘shatishga imkon bor-ku ... O tingla meni, Xah, nimaydi? Ha, boshlayin bir boshdan sekin. O‘sha kezda agar sening esingda bo‘lsa Seni saqlab qolg‘on erdim mudhish o‘limdan. Bunga o‘sha kemadagi bor ellinliklar Shohid erur, qutqargandim, buqalarni sen Itoatga o‘rgatish-chun yuborilganding, Burunlari o‘t purkardi ajal eriga Undan keyin urug‘ ekish vazifang edi. Oldirtirib ajdahoning sehrli jonin Oltin yungli qo‘y terisin senga baxsh etgan Menmasmidim! Menmasmidim bedor ko‘zlaring Ko‘rmaganda qayta boshdan quyosh yog‘dusin Ato etgan! Menmasmidim otamdan kechib Elu yurtdan etak silkib Fessaliyaga Bir seni deb hayyo-huyt deb ravona bo‘lgan. Qiziqqonlik ustun kelib muhokamadan Peliy shohni o‘ldirtirgan o‘zim-ku, dahshat. Men tufayli padarkushlik qildi farzandlar! Bu bilan men mushkulingni oson ayladim. Mana endi bizdan ketding, oxir-oqibat Ahdni buzib, yangi nikoh qurayotirsan. Bolalarning dadasiga shu ish loyiqmi?! Yangi nikoh keltirmasin senga xurramlik. Ilolabad nasling bitsin, tirnoqqa zor bo‘l. Bolalaring bo‘lmasaydi, ha, mayli derdim: “Farzandi yo‘q, ajab emas, o‘zgadan ko‘rsa”. Bolalaring bo‘la turib bu ne sarkashlik? Qani vafo? Qani o‘sha muqaddas ahdlar Yo u paymon so‘zlarini eshitgan razzoq Endi hukm yurgizmasmi, yoki qonunlar O‘zgardimi? Sen shohidsan bari, bariga Qani iqror bo‘lmay ko‘r-chi, sen ontni buzding. O, necha bor surkalganding menga bu bilan ... Tizzamni-da bulg‘agansan yaqinlashish-la! Orzu-umid puchga chiqdi. Boy berildi qalb. Sendan endi nimani ham kutmog‘im mumkin? Ammo ko‘ngil dudog‘imni cho‘g‘dek kuydirur Ro‘yirost bu orsizliging savollar bilan Fosh qilgayman ... Alhosilkim, farmoyish bering: Qay sari biz azm etaylik, aytingiz? Yoki Ketaylikmi o‘z uyimiz ota hovliga? Senga osig‘ bo‘lsin deya boy berdim yurtni. Yo jo‘naymi badbaxt Peliyzodalar sari? Otalarin o‘ldirganman, albatta, ular Meni yopug‘ diydor bilan kutmasa kerak. Eski do‘stlar, dugonalar haqida so‘z yo‘q: Ular mendan voz kechishgan xiyonatim-chun Kimgaki men qilgan ersam qabihlik agar O‘z foydamni ko‘zlab emas, seni deb qildim. Ular menga endilikda ashaddiy dushman. Sho‘rim qursin! O‘sha shonu shavkat mana u, Ellinliklar aro ko‘rgan halovatlarim ... O‘shanda sen yolg‘on va’da bergan ekansan. Mag‘rurlansam, ha bo‘ladi, sodiq er bilan ... Binobarin, baxti kulgan kelin-kuyovlar Aslo g‘amgin bo‘lmagaylar. Agar Medeya Bu shahardan uzil-kesil mosuvo bo‘lsa, Ham bir o‘zi himoyasiz jujuqlari-la Lol qoldirib ... yosh-qarini badbaxtligi-la Daydib yursa ...Bolalarim bir burda non deb Qo‘lchalarin uzatishsa mo‘ltiragancha, Ma’qulmi bu, seningcha, xo‘sh? Seni o‘limdan Shuning uchun sog‘-salomat qoldirganmidim? O, sen Zavs, o, xudoyim, oltinni misdan Ajratmoqqa qodir ersang, nechun bu yozmish? Nima uchun kuydirilgan tamg‘a bosmading Nobakorga, tursin deya ko‘zga tashlanib?! Korifey11 Davosi yo‘q va dahshatli g‘azab qo‘pmoqda, Kimsalarning aduvligi yiqar xeshlarni. Yason Yason bo‘lib tug‘ilgan zot bukun haqirdir, Unga kun yo‘q. Men bir kema darg‘asimankim, Hushyordirman, bo‘ron tursa yelkanni ozroq Tushiraman, yo‘qsa ig‘vo bo‘roni va bu Korifey qadimgi yunon tragediyasida xor boshlig‘i So‘z quyuni bizni g‘arqob aylaydi, xotin. Minnatlaring cheksiz ekan havvoza yanglig‘ Havo sari o‘rlab ketdi. Mening safarim Xayrli deb hisoblansa, bunga Kiprida Bois, undan burchlidirman, Kiprida axir Yazdonlarning ichida ham, xalq ichida ham Kipridadir, - balki bu gap o‘zgaga yoqmas. Ammoki, sen undagi nazokatga boq: Gar kimda-kim bul Yasonni qutqarmoq uchun Medeyani ruhlantirgan bo‘lsa, bu Erot ... Mayda-chuda narsalarni qo‘zg‘atmoq nechun? Xizmatlaring tan olaman, xo‘sh, bundan ne naf? Burch o‘talgan allaqachon ortig‘i birlan. Birlamchi, sen Elladada yashayotirsan, Yovvoyilar ichidamas, qabilangdagi Insu jinslar qolib ketdi, bu erda yangi Qonun ila haqiqatni o‘rganding bizdan. San’atingni ellinliklar sharafladilar. Nufuzing bor, o‘sha dunyo sarhadi aro Sokingina kun ko‘raver hashamatsiz jim. Biz uchun hech saroydagi mol-dunyo, Orfey Qo‘shiqlari ojiz o‘sha shon qarshisida. Bir zamonlar o‘sha shon-la yashadim xushbaxt, Gap taqaldi kelib-kelib yana o‘zimga. Modomiki, bu bahsni qo‘zg‘agan bo‘lsang, Uylanishim xususida biron nima dey. Avvalambor, oqilona va undan keyin Kamtarona ish tutdim men, nimaga desang Bu barchasi bolalarim va sening uchun. Faqatgina chimrilmasdan quloq bersang bas, Iolkdan buyon badbaxtlik keltirdim yolg‘iz, Sizlar ham yuk ustiga yuk zanjir bo‘ldingiz. Garchi erksiz ham quvg‘indi bo‘lsak-da nogoh Kutilmagan baxt-saodat yo‘liqdi menga. Shoh qizi-la yulduzimiz bir ekan asli. Sen bekorga, xotin, bizni malomat qilma. Ishtiyoqi baland dersan yotish-turishga. Dilda shahvat alangasi gurullamagan. Serfarzandlik istagi ham bor emas menda. Nazarimda, ular bizda etarli, xotin. Bu xususda senga ta’na qilolmayman ham, Yangi yorga uylanishim ehtiyojdan, bil. O‘z o‘rnini topmog‘i bor hayotda har kim. Shunday qilsam, ko‘rmagaymiz muhtojlik betin. Bilamanki, har kishining bori bo‘lmasa, Yuz o‘girar qarindoshi, yoronlari ham! Bolalarni oyoqqa tez turg‘izish uchun Mablag‘ kerak. Ular o‘qib voyaga etgach, Undan keyin rohatini ko‘raveramiz, Tug‘ilajak ukalari soyalarida Hademayin qaddilarin tutib olurlar. Senga tag‘in farzand nechun? Menga bo‘lsa-chi Ular zarur, mo‘may mablag‘, daromad uchun. Seningcha men nohaqmanmi? “Ha”, deb aytarding, Rashk qilasan-da. Hammangiz ham bu xususda shu Yotog‘ingiz but bo‘lmasa eringiz bilan Dunyoning to‘s-to‘polonini chiqazasizlar. Siz foydali maslahatdan nafratlanasiz. Bola-chaqa shunday bunyod bo‘lsaki, bunda Xotin zoti ishtiroki ko‘rilmasa hech Bashar ahli kulfatlardan xoli bo‘lardi. Korifey Suxanbozlik san’atini qo‘llading, Yason, Sharttakilik qilgan bo‘lsam, aybsitma meni, Haq emassan, Medeyani tark etsang agar. Medeya Farqlanaman odamlardan ko‘p jihatdan men. Bu xususda, darhaqiqat, gap ham bormaydi. Gar ixtiyor bo‘lib qolsa mening ilkimda Suxanbozlik qilganlarga eng oliy jazo Berar erdim! Bu bilan u haqqoniyatni Yerga urdi. Suxanbozlik mashg‘ulotini Kimki davom ettirsa-chi, shumlik bo‘risi Qo‘y terisini yopingancha ishrat qiladir. Ne ishlarni qilmaydi u niqob ostida? Ayb-nuqson ham mavjud bunday donishmandlikda Sen, inchunin ayyorlik va ehtiyotlik-la So‘z tuzog‘in yoza bilding, to‘g‘ridan-to‘g‘ri. Ha, sen uchun hech gap emas bizga pand bermoq. Bizdan olib rizolikni ba’daz to‘y qilsang, Soz bo‘lurdi. Sen-chi, avval uylanib olding ... Yason Sendan olib bo‘larmidi rozi-rizolik, Hozir, sirtdan, siporoqsan, lek yovuzlikni Haligacha yuragingda asrab kelasan. Medeya Yo‘q, umrbod sen men bilan qolishdan cho‘chib12, Shunday qilding. Qartayganda siz ellinliklar, Eski yor-la yashamoqdan ozorlanasiz. Yason Bunday teran xayollarga bormagin, xotin, Hech qanaqa sir-sinoat yo‘q bu nikohda: Senga axir boya aytdim, oilamizni Mustimahkam qilmoqchiman shoh qizin olib, Tug‘ib bersa, yashaymiz biz shoh soyasida. Yo‘q, umrbod sen men bilan qolishdan cho‘chib ... Medeya YAson shahriga kelgindi hisoblangani uchun Afina rasmi rusmiga ko‘ra u fuqarolikka qabul qilinmagan, lekin undan bino bo‘lgan farzandlar fuqarolikka o‘tgan. Medeya Bunday soya kerak emas, axir, bu nomus Evaziga olingan zar boylikni netay, Azobmasmi, tashvishmasmi, turgan-bitgani? Yason Ma’budlarga ibodat qil, Medeya bonu, O‘zga orzu-istaklarni qalbingga jo qil. Qo‘lga kirgan naqdginangdan ranjima aslo, Boyqush bo‘lib ko‘rinmasin iqbol bulbuli. Medeya Masxara qil ... Qidirmaysan biz uchun uy-joy, Ro‘parangda himoyasiz quvg‘indi turar. Yason O‘zing yomon yo‘l tanlading o‘zgada ayb yo‘q. Medeya Aldagan ham, uylanmoqchi bo‘lgan ham menmi? Yason Osiylarcha qarg‘aganding o‘z shohlaringni. Medeya La’natlayman sening o‘rda-saroyingni ham! Yason Shu bilan biz tugatamiz. Bordiyu sizga Senga yoki farzandlarga pul kerak bo‘lsa, Darig‘ tutmam ehsonimni bir og‘iz so‘zim. Kerak bo‘lsa yuborurman qo‘noq belgisin Qadrdonlar sizlarga lutf ko‘rsatishadi. Kerakmasmi? Arazlaring o‘rinli emas. Ko‘zingni och, qahru itob qilavermasdan. Qo‘lim uzun, manfaatim tegadi, inon. Medeya Pul-mullaring, oshnolaring boshingda qolsin. Vafosiz er muruvvati qo‘lni kuydirur. Taklif qilma, keragi yo‘q, olmayman zinhor. Yason Xudo shohid, manfaatim tegib qolsin deb Ko‘p urindim, ammo bizning saxovatni u Qadrlamay o‘z-o‘ziga, farzandlarimga Jabr qildi. Nima derdim o‘zidan ko‘rsin. Medeya Bor boraver, qalbing visol orzusidadir, Yosh kelinchak kutib qoldi saroyda seni. Tantana qil, nikoh! Mayli, safo qilaver, Voz kechgaysan, kuyov bola, hali kelindan. Qo‘noq belgisi jadval taxtacha; ikki bo‘lak bo‘lib, biri qadrdon tanishlarda bo‘ladi. Ikkinchi bo‘lakni boshqa odam orqali yuborish esa ikki yorti bir butunlikni kasb etadi, ya’ni: qabul et mehmonni, bu o‘z odamimiz, degan ma’noni bildiradi. Bu davrda Rim tarixining muhim voqealari sodir bo‘ldi. Fuqarolar urushi davomida m.o. 31- yili Aksium yaqinidagi jangda siyosiy arbob va sarkarda Mark Antoniyning qo‘shini, keyinchalik Avgust faxriy unvonini olgan Oktavian askarlari tomonidan tor-mor etildi. Oktavian Avgust Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. Rim adabiyotining bu davrida publitsistika gullab-yashnadi, buyuk Rim shoirlari Goratsiy, Vergiliy, Ovidiylarining she’riy asarlari yozildi. Goratsiy lirikasi, Vergiliy va Ovidiyning epik dostonlari Rim she’riyatining oltin meros bo‘lib qoldi. Kambag‘al oilada dunyoga kelgan shoir, yoshligida Rimga kelgan va teatrda sahna ishchisi bo‘lib ishni boshlab, keyinchalik o‘z kuchini akterlik mahorati bo‘yicha sinab ko‘rgan. Sayyor teatr bilan Yunoniston safarida bo‘lib, Yunon tilini o‘zlashtirgan va Yunon mualliflarining pesalarini lotin tiliga o‘girgan, shundan so‘ng o‘zi ham komediyalar yozishga kirishgan. U o‘zining aksariyat asarlarida bizgacha etib kelmagan Yunon komediyalarining syujet va obrazlaridan foydalangan, ularni Rim hayotidan olingan voqealar hamda detallar bilan boyitgan. Plavt o‘zidan oldin ijod qilgan shoirlarning(Andronik, Neviy, Enniy) usullarini davom ettirib, o‘z ijodida muttasil yangi Yunon komediyasi vakillarining(Felimon, Difil, Menandr) asarlarini Rim sahnasiga moslashtirish bilan shug‘ullangan. Yunon komediyalarini Rim jamiyatining keng ommasi didiga moslashtirish maqsadida u kontaminatsiya usulidan keng foydalanib, mazmun jihatidan bir-biriga yaqin ikkita pesani birlashtirib yuboradi va yo‘l-yo‘lakay asar to‘qimasiga o‘zidan qiziq-qiziq iboralar, maroqli hodisalar kiritib, dramatik xolatlarning keskin, voqealarning o‘ynoqi bo‘lishiga erishadi. Plavt komediyalaridagi voqealar Yunon shaharlarida bo‘lib o‘tib, ismlari ham Yunoncha bo‘lsada, Rim tomoshabini o‘zini, o‘z urf-odatlarini va ahloqini har doim tanigan. Qadim zamonlarda yuzdan ortiq komediyani Plavt nomi bilan bog‘lab kelganlar. Ammo miloddan oldingi I asrda Rim olimi Varron shulardan faqat yigirma bittasini Plavt qo‘li bilan yozganligini aniqlaydi. Plavt komediyalari juda kulgili, ular qiziqarli sahnalar, hazillar, zukko va quvnoq replikalarga boy bo‘lib, asarlarining qahramonlari boylar va kambag‘allar, qullar va savdogarlar bo‘lgan. Ularning har biri o‘z xarakteri va o‘ziga xos hulqatvoriga ega edi. Plavtning eng o‘tkir va maroqli asarlari “Maqtanchoq jangchi”, “Xumcha”, “Psevdol( “Aldamchi qul”)” komediyalaridir. Plavt o‘z faoliyatini faqatgina komediya doirasi bilan chegaralagan va eng muhimi, asarlarining deyarli hammasi bizga qadar yetib kelgan birinchi Rim komediyanavis shoiridir. Uning she’riyat bobidagi mahorati yuksak taqdir va tahsinga sazovor. Shoirning asarlarida hech qachon bir vazndagi o‘lchov uchramaydi. Sahna sirlarini nihoyatda chuqur bilish ham Plavtning muhim fazilatlaridandir. “Xumcha” komediyasidan ruhlangan XVII asr fransuz dramaturgi Moler “Xasis” komediyasini yaratdi. Sadoqat ma’budasining ibodatxonasi; qurbonlik marosimi bajariluvchi joy. Prolog Lar Kimligimni bilmaysizmi? Sizga qisqa aytaman: Men xonadon Lariman, mana buning uyidan, Men qayerdan chiqqanimni sizlar guvohi. Yashagayman Bunda men uzoq yillardan buyon. Yangi xo‘jamning Otasi va bobosiga qildim homiylik. Uning bobosi menga ko‘p iltijolar qilib Oltin xazinasin ishonib topshirdi va, O‘choqning o‘rtasiga sekin yashirib, mendan O‘tinib so‘rdi uni asrashni. Va u o‘ldi: shunchalar ochko‘z, razilki, xatto O‘g‘liga ham lozim topmadi uni. Xazinasin ko‘rsatmas chun u faqat, Qashshoqlikni ko‘rdi ravo o‘g‘liga. Bir parcha yer meros qoldi o‘g‘liga, Mayli qora mehnatda bo‘lsin, qashshoq. Xazinini ishonib menga, bandalik qilgach, Zimdan razm soldim o‘g‘liga, otasidan ko‘proq Menga hurmat ko‘rsata olarmikin deb. Biroq borgan sari hurmati kamayib bordi Biroq borgan sari hurmatin kamaytib bordi, Borgan sari in’omlarin ozaytib bordi.14 Men ham shunga munosib xarakat qildim. Va nihoyat u ham o‘ldi, o‘g‘li qoldi, Mana shu bugun uyning xo‘jasi, Fe’l-atvori xuddi bobosi-yu, otasi. Uning bilan qizi yashar, u har doim in’om qilar May keltirar, ladan, yoki shu kabi narsa, Gulchambar qo‘yadi. Uning sharafiga Evklionga xazina topishga izn berdim men, ladan - diniy marosimlarda tutatiladigan xushbo‘y smola Osonroq qizini erga bersin deb. Tuyog‘ingni shiqillat! Sening ishing zimdan mo‘ralab, olazarak bo‘lib turmoq! Stafila Ne sabab, men bechorani, savalaysan sen? Evklion Yaramassan, shunga mos kechsin hayoting, Stafila Xozir meni ne sababdan quvding uyingdan? Evklion Senga hisob beraymi men, shaqildoq! Eshikdan qoch! Yo‘qol bu erdan! Qarang uning Ketishini! Bilasanmi nima bo‘lishin? Hozir olib qo‘lga arqon yo kaltak Sening shum qadaming tezlashtiraman! Stafila Senda bunday xizmat qilgandan ko‘ra, Ma’budlar-da meni dorga tomon yo‘llasin. Evklion Buni qara, o‘z-o‘zicha g‘o‘ldirashin, bu yaramasning! Shoshmay turgin, sen hayvon! Xudo haqqi, ko‘zlaringni o‘yaman! Ko‘rsatib qo‘yaman senga poylashni. Daf bo‘lgin! Gumdon bo‘l! Yana, yana! Mana shunday. Ey-ey To‘xta joyingda! Gar shu turgan joyingdan andak, Bir qarich, zig‘ircha, qimirlab ko‘rsang, Ortga qarasang, mening iznimsiz Shu onda men seni jallodga bergum! Umrimda sendayin mal’un kampirni ko‘rgan Emasman! To‘g‘risi, men undan juda qo‘rqaman: Pismayib yonimga nogoh qoladi kelib, Oltin yashirgan joyim iskab topib oladi! Bu makkorning ensasi ham ko‘ra oladi. Stafila E, yo‘q! Men soqchiliq qilayinmi? Nima uyni kimlardir Olib ketarmi? O‘g‘ri olishiga hech vafo yo‘q-ku, Bo‘m-bo‘sh har yon, bosib ketgan o‘rgimchak ini Evklion Balki senga yoqish uchun Yupiter meni, badavlat, Podsho Filipp yoki Doro qilmoqchi dersan. O‘rgimchakning Inini qo‘riqlashing xohlayman. Evklionni hamma kambag‘al deb o‘ylaydi; uning o‘zi ham shundayo deydi; qo‘shnisi Megador ham shunday deb o‘ylaydi Stafila buni qullarga xos aniqlik bilan ifodalaydi: Kambag‘alman, ha. Chidayman-da! Xudoning irodasi shul! Ichkari kir, eshiklarni tanbala. Men tez qaytaman, Yotlar bilan bo‘lgin ehtiyot, hech kimni qo‘yma. Olov so‘rab kelsalar gar shu on o‘chirgin, Mabodo ko‘rib qolsam o‘chiraman o‘zingni. Suv so‘rab kelsalar gar aytgil: suv tugadi deb. Qachon ko‘rsang qo‘shnilar tilanchilik qilurlar: Hali kerak idish yo pichoq, bolta yoki kelisop-u hovoncha. Degin, o‘g‘rilar tunab, barchasin olib ketdi, Xullasi kalom, kimki bo‘lmasin, kiritma mensiz! Yaxshilab eshitib ol: zinhor kiritma, Fortuna16 o‘zi kelsa ham xatto. Stafila Menimcha, uning o‘zi ham oshiqqani yo‘q Kirishga bu erga; biror marta uyimizga Yaqinlashmadi, bo‘lganda ham yaqin orada. Evklion Jim bo‘l! Ket! Stafila Jim bo‘ldim. Ketdim. Evklion Eshiklarni yaxshi tambala, Lo‘kidonni surib qo‘y! Tezda qaytaman. Fortuna taqdir, baxt-omad ma’budasi. Qiynalib ketdim! Uydan chiqishim kerak! Chiqqim yo‘q, biroq, zarur ishim bor. Kuriyamiz17 oqsoqoli pul tarqatilishin aytdi. Agar bormasam men, shubha tug‘ilur shaksiz, Shu on, oshkor bo‘ladi, xazinamning borligi: Bo‘lishi mumkinmi axir, bir bechora kambag‘al Mayda chaqa bo‘lsa ham, moyanadan voz kechsa? Qanchalar o‘zgalarda qunt bilan yashirsam ham, Xayolimda go‘yoki barchaga ayon sirim: barcha odam Men bilan iltifot-la so‘rashur! Yonimga kelishadi, to‘xtatishadi, qo‘llarimni Siqishib, xol-axvol so‘rashadi. Ketayotgan erimga boray. Keyin uyga. Imkon qadar tez qaytgum. Badavlat qariya Megador qiziga sovchilik qiladi. Biroq Evklionga hatto qizining sepini qilish ham malol keladi, u kambag‘alligini ro‘kach qilaveradi. Oyog‘im tortmagandi! Kelsam kuriyada hech kimsa yo‘q, Oqsoqol ham yo‘q, pul ham tarqatilmayaati. Endi tezroq, tezroq uyga! O‘zim bunda, ko‘nglim esa uyda. Megador Evklion, senga salomlar, baxtli bo‘l, doim salomat. Evklion Salom, Megador! Megador Xo‘sh qalaysan, ishlaring, sog‘lig‘ing qanday? Bekorgamas badavlatning kambag‘alga ilakshishi: Oltinimning isin olgan, shuning uchun xushomadlar. Megador Sog‘lig‘ing yaxshimi? Evklion Durust, faqat, shu pul... Megador Ha, shu xolosmi! Tinch-tetik bo‘lsa ruhing, yashash uchun etadi. Evklion Oltin haqda kampirshoning aytgani aniq, Uyga qaytib, tillarin sug‘urib, ko‘zlarin o‘yib olay! Megador Nimalar deb pichirlaysan? Evklion Muhtojlikdan zorlanaman. Qizim o‘tirib qoldi: qanday qilib uzataman, sepi bo‘lmasa? Qaysi kuyov sepsiz olar? Megador E, gapirmagin, Evklion, bardamroq bo‘l! Sep to‘plashga yordam qilay. Nima zarur? Qani gapir! Oltinga ko‘z olaytirgan! Bir qo‘lida non bo‘lsa, Boshqasida tosh turar. Kambag‘alga mehribonlik Qilgan boyga ishonch yo‘q. Qo‘llaringni do‘stona siqib, shu ondayoq rasvo qiladi. Bilaman bu poliplarni18; salgina tegib ketsa yopishib olur. Megador Evklion, diqqatingni menga qarat. Gapning lo‘ndasin aytsam Gapirmoq istardim umum ishimiz haqda. Evklion Polip qimirlamay bir joyda yashovchi, yopishqoq dengiz hayvoni (Chetga qarab) Oh, falokatga yo‘liqdim! Oltinimni uydan o‘marishgan, endi u, bilaman, Rasamad qilmoqchi men bilan. Yo‘q, uyga ko‘ray-chi! Megador Qayoqqasan? Evklion Tezda qaytgum. Uyda ko‘rmoqchiman ba’zi narsalar. Borayotib qo‘rqdim juda: keldi nafas giribonimga! Megador, men qaytdim. Nima gaping bor? Megador Minnatdorman juda ham. Menga javob berishdan qilma hazar, so‘raganda. Evklion Neni so‘raysan? Ba’zilariga javob bergim yo‘q. Megador Gap bunday: fikringcha bizning urug‘ yaxshimi-yomon? Evklion Ha, yaxshi. Megador Shonimiz, shuhratimiz yomon emasmi? Evklion Albatta. Megador Ishimiz, yurish-turishimiz-chi? Evklion Halol, pok. Megador Yoshimni bilasanmi? Evklion Puling kabi, oz emas. Megador Xuddi shunday, sen men uchun hozirgiday Benuqson fuqaro, bo‘lgansan doim. Tinchlikmi? Ishing bormidi menda? Megador Gar do‘stga do‘stday qarasak bizlar Unda sening, mening-da baxtimizga, qizing baxtiga Uni menga turmushga uzat. Javob ber: mayli, de! Evklion Oh, oh, Megador! Senga bunday ishlar yarashmaydi. Oldingdagi bechorada ayb yo‘q: nechun ustimdan kulasan mening? Na yumushim va na xulqim bilan munosib emasman bunga. Megador Ustingdan kulmadim, bunga yo‘q sabab. Evklion Unda nechun qizimga sen uylanmoqchisan? Megador Ahvolingiz yaxshilayman, siz esa mening. Evklion Kallamga mana qanday keldi fikr. Sen badavlat Obro‘li odam bo‘lsang, men esa kambag‘allar kambag‘ali. Gar qizimni senga bersam(shundayin deb fikr qilsak): Sen xo‘kiz, men esa go‘yo eshak. Ikkimizni bir qo‘shga qo‘shib bo‘larmi? Sen ko‘targan yukni men ko‘tara olmam: eshak loyga yiqilib yotsa Xo‘kiz qayrilib boqmas, go‘yo u, olamda yo‘q. Sen dushmanga aylanursan, xeshlarim kular rosa, Unda ham, bunda o‘z bo‘lmam bo‘lmas, gar bundayin nizo chiqsa. Eshaklar g‘ajib tashlar, xo‘kiz shoxi tushar ishga. Eshaklardan o‘tsam xo‘kiz tomonga men uchun bu katta tavakkal. Megador Halol bilan qarindosh bo‘lish eng yaxshi ishdir. Gapimga kir, taklifimni etma rad, Qizingni menga uzat. Megador Mayli! Xushfe’l bo‘lsa shu sepi bo‘lar. Evklion Men shunchaki, yana o‘ylama, xazina topgan bu deb. Megador Bilaman, o‘rgatma. Rozimisan? Evklion Mayli. O, Yupiter! O‘ldim, men! Megador Senga nima qildi? Evklion Nima? Bu temirning jarangimi? Qul Strobilning aytishicha, Evklion hamma narsaga achinadi: yuvinayotgan suviga, nafas olayotgan xavosiga, shu sababdan u uxlayotganda og‘zini dastro‘mol bilan bog‘lab oladi. U vaqti-vaqti bilan olib turiluvchi tirnoqlarga ham achinadi. Plavt o‘z qahramonining xasisligini mubog‘ala bilan beradi, giperboladan foydalanadi, va aynan shu komik vaziyatni paydo qiladi. Evklion qizining to‘yiga taraddudi qilmoqda. Yettinchi sahna Evklion Bugun o‘z-o‘zimga dalda bermoqchi, qizimning to‘yiga ruhlantirmoqchi bo‘ldim: bozorga jo‘nadim: So‘radim baliq qimmat juda. Qo‘y go‘sht, mol go‘shti, buzoq go‘shti. Ne so‘rasang, barchasi qimmat. Ulardan-da qimmati: pulning yo‘qligi. Ranju alamda qaytdim, olgani hech vaqom yo‘q. Shunday qilib qutuldim men, qaroqchilar qo‘lidan Yo‘lda qaytayotib o‘zimcha o‘yladim men: “Bayram kuni hotamtoy bo‘lsang, Begim kunlar kamomad bo‘lgay”, - bu fikrni Uzatdim aniq yurakka-yu, oshqozonimga. Qanday qilib to‘yni kamharj o‘tkazish mumkin? Ruhim mening hal qildi ushbu muammoni. Gulchambar va tutatqilar oldim mana, Larimiz mehrobiga ularni qo‘ymoq uchun, Tahfa qilsin qizimga baxtli nikohni! Biroq, bu nimasi? Uyimizning eshigi ochiq, Ichkari shovqin. Nahot bo‘ldi falokat? Vergiliyning zamondoshi va do‘sti, Avgust davrining ikkinchi ulug‘ shoiri Kvint Goratsiy Flakk miloddan oldingi 65 yilda Italiya janubidagi Vinuziya shaharchasida tug‘ilgan. Uning otasi soliq yig‘uvchi bo‘lib, Apuleyada uncha katta bo‘lmagan mulkka egalik qilgan. Goratsiy avval Rimda, keyin Afinada saboq oladi, o‘tmishdagi ulug‘ Yunon shoirlarining asarlarini qunt bilan o‘rganadi. O‘zining aytishicha ilk she’rlarini Yunon tilida yozgan. Uning dastlabki she’rlariyoq kitobxonlarga, shu jumladan Vergiliyga manzur bo‘ladi. Aynan Vergiliy uni adabiyotning atoqli homiysi Silniy Metsenat bilan tanishtiradi. Shoir sevgi-muhabbat, do‘stlik, hayot oqimining tez oqarligi haqida yozdi. Avgustning muruvvati va Metsenantning himmatlari tufayli Goratsiy tez orada muhtojlik tashvishlaridan qutulib, dorilamon hayot kechira boshlaydi. Goratsiy she’riyatning turli janrlarida ijod qildi: oda, satira, madhiya, nomalar shular jumlasidan. Shoir ijodida san’at va she’riyatning jamiyatdagi o‘rni masalalariga katta e’tibor qaratilgan. “Avgustga noma”da she’riyat insonni shakllantirishi, unga taskin berishi, dardiga davo bo‘lishi haqida so‘z yuritilsa, “She’riyat san’ati haqida” nomasida asarni qanday qurish va so‘z boyliklaridan umumli foydalanish, xarakterlarni qanday yaratish haqida maslahatlar beradi. Uning mashg‘ur “Haykal o‘rnatdim men” qasidasida ijodkor va she’riyatning umriboqiyligi mavzusi qalamga olingan. Goratsiyning ijodiy me’rosi bizgacha deyarli to‘la holda etib kelgan. Ular quyidagilar: “Epodlar” deb ataluvchi 17 she’rdan iborat bitta to‘plam. “Satiralar” deb ataluvchi 18 she’rdan iborat ikkita to‘plam. “Qasidalar” deb nomlanuvchi 103 she’rdan iborat to‘rtta to‘plam. “Nomalar” deb ataluvchi 23 she’rdan iborat ikkita to‘plam. “Bayram madhiyasi” she’ri. Goratsiy ijodida favqulotda o‘rin tutadigan shoh asari shubhasiz, uning “Qasidalar”idir. To‘rt majmuadan iborat bo‘lgan qasidalarning birinchi uch qismini shoir miloddan avvalgi 23 yilda, to‘rtinchi qismini 13 yilda nashr qildiradi. Shoirning o‘zi to‘rtala to‘plamga kirgan asarlarining barchasini “qo‘shiqlar”, “she’rlar” deb atagan bo‘lsa ham, antik davrda “qasida” nomi bilan mashhur bo‘lgan. “Qasidalar” muallifi qadimgi Yunon shoirlari ixtiro etgan rang-barang va murakkab she’riy vaznlardan ustalik bilan foydalangan va shu orqali Rim she’riyatining shaklini boyitib, unga turli-tuman go‘zal va nozik taronalar bag‘ishlagan. Qasidalar mazmun jihatidan ham, janr jihatidan ham benihoyat xilma-xildir. Goratsiy ijodining butun mazmuni xoh “Epodlar” da bo‘lsin, xoh “Satiralar”da bo‘lsin, xoh “Qasidalar”da bo‘lsin asosan shod-xurramlikni, yor-do‘stlikni, may va ishq-muhabbatni targ‘ib qilishdan iboratdir. Uning fikricha inson uchun bularning birontasidan saqlanishning hech qanday zaruriyati yo‘q. Goratsiy lotin tilida mutlaqo yangi lirika yaratdi. Qasidalardagi fikriy teranlik, shakliy rang-baranglik, uslubining nafisligi, ixchamligi, sodda va ravonligi ulug‘ shoir tomonidan Rim she’riyatiga kiritilgan yangiliklarning yorqin namunasidir. Shoir o‘z ijodiga yakun yasab, “Qasidalar” uchinchi majmuasining “Haykal” nomli mashhur 30- qasidasida Rim she’riyatining taraqqiyoti yo‘lidagi buyuk xizmatlarini, inchunin, lirik shoir sifatida abadiy barhayot qolajagini e’tirof etar ekan, g‘urur bilan yozilgan bu so‘zlarda hech qanday mubolag‘a bo‘lgan emas. Ulug‘ rus shoiri A.S.Pushkinning mashhur “Haykal” she’rining yaratilishiga Goratsiyning “Haykal o‘rnatdim men” qasidasi turtki bo‘lgan. Ruschada uni “Pamyatnik nerukotvornыy”, “Poxvala pissam” deya atashgan. Ammo faqat Pushkinning qasidasi davrlar osha sevib o‘qilmoqda. Sas kesildi, yuzlari bo‘zday oqardi nochor, Fikrlar boshdan uchgan. Remning ma’sum qoni tomib, evaralarga Irim bo‘lib qolganmish, Hali ham rimliklarni quvlar u zolim taqdir Va qardoshni o‘ldirish. Qasidalar(odalar) 1, 9 [Ulfatchilik qo‘shig‘i] Qara: yuksaladi qorli Sorakta, O‘rmon bosh egibdi og‘ir yukidan, O‘tkir, qora yovuz sovuq band etgan Barcha daryolar ham asta to‘xtabdi. Ey Taliarx, mo‘l-ko‘l tashlab o‘choqqa O‘tinlarni, ildam quvla sovuqni; Qani tez bo‘l, menga ko‘zachada quy 10 U top-toza eski Sobin mayini. Qo‘y o‘zgani, dengizda shamollar jangin Bo‘ysundirgan xudo qayg‘usin esin! Ana hozir tip-tinch baland sarvlar, Shamshodlar turadi qimir etmasdan. Erta nima bo‘lar, - yaxshisi so‘rma, Qo‘l kelgan ne’matni ilaver beg‘am, Hali yosh ekansan, bo‘yin tovlama Shirin muhabbatdan va sho‘h raqslardan Jingalak sochingda halioq yo‘qmi, 20 Maydonga, u xilvat joylarga yugur Va kechki uchrashuv soatida sen Borlig‘ing-la mayin sadolarni il, Xilvat joyda tingla qiz kulishini, Berkingan qizlarni xandasidan bil Tez ko‘nar va ma’sum gul barmoqlarning Uzuklarin asra, ishq garovi deb. 1, 11 [Levkoniyaga] Yo‘q, bilmoqqa sen urinma bilish gunoh tangri mening, Yoki sening hayotingni netajakdir oxirida, Levkoniya, bas fol ochish, xaldeylarning raqamlari Ma’nosiga kirishni qo‘y! Taqdir nima bag‘ishlasa, Bardosh yaxshi: tangri bizga Tirren suvi qirg‘oqlarin To‘lqinlarning zarbasi-la ezayotgan shu qishnimi Yoki yana ko‘p-ko‘p qishlar yashamoqni nasib etgan: Esingni yig‘, qadahlarga suz sharobni, juda uzoq 10 Xayollarni yaqinlashtir. Biz bu erda so‘z sotguncha, Kechar bizning qisqa umr. Dam g‘animat, shu damlarni Qo‘ldan qo‘yma, eng oz inon ertangi kun lazzatiga. Ularga nima kerak? O‘liklar neni so‘ramoqda? Ne sabab ba’zilar bunda qolmoqda, 320 Boshqalar eshkak eshmoqda qayg‘uli suvlar uzra?” Kohin ayol unga qisqa javob qildi: Xaron er osti dunyosida o‘lganlarni daryoning narigi qirg‘og‘iga olib o‘tuvchi “O, Anxis o‘g‘li, ma’budlarning asl zuryodi! Ko‘rayapsan Bunda Kotsitning chuqur botqog‘i, Ularga ont ichishga va uni buzishga ojiz xatto ma’budlar. Murdalarning u nochor to‘dasi ko‘milishdan maxrum qilingan. Tashuvchi- Xaron; to‘lqinlar aro u yolg‘iz dafn qilinganlarni olib o‘tadi. Shovqin-suronli to‘lqinlar uzra dahshatli qirg‘oqqa Ustixonlar qabrda tin olmaguncha olib o‘tish mumkin emas. Yuz yillab ular sohilda tentirab yuradilar. 330 Faqat shundan keyingina, nihoyat ular suvga yaqin yo‘latilar”. Shunda Anxis o‘g‘li birdan to‘xtadi, Qalbini qamrab oldi og‘ir bir xayol. O‘limdan so‘ng sharaf topmaganlarni ko‘rdi: Levkaspidni Likiya floti sardori Oront bilan, Avstr ularni kema va boshqa suzuvchilar bilan suvga cho‘ktirgan... Shoir Rim yaqinidagi Sulmon shaharchasida chavandoz oilasida dunyoga kelgan elegiyanavis shoir. Rim elegiyasiga shoir Gall asos solgan bo‘lsa, Tibull va Propersiylar uni rivojlantirdilar, Ovidiy esa yuqori darajaga olib chiqdi. Boshqa rimlik shoirlar singari Ovidiy ham Yunon she’riyatini qadrlagan va o‘z asarlarini yaratar ekan, unga qayta-qayta murojaat qilgan. Yirik-yirik 15 bobdan, gekzametr vaznidagi 12 ming misradan iborat salmoqdor bu dostonda Yunon va Rim mifologiyalarida benihoya ko‘p uchraydigan afsonaviy evrilishlar ma’bud va ma’budalarning, suv va o‘rmon parilarining, ayniqsa odamlarning jonivorlarga, o‘simliklarga, tosh va tog‘larga, hatto yulduzlarga aylanib qolishlari haqidagi rivoyatlar hikoya qilinadi. Dostonning ichiga ana shunday rivoyatlardan qariyb 250 tasi kirgan. Oxiri evrilish bilan tamomlangan afsonalarni qalamga olgan shoirlarni Yunon va Rim adabiyotlarida, ayniqsa ellinizm davri poeziyasida ko‘plab uchratish mumkin. Biroq ularning birontasi shu mavzudagi rivoyatlarga Ovidiy singari nafis badiiy sayqal berib, ularning har birini uzviy suratda bir-biri bilan bog‘lab, “Metamorfozalar” singari go‘zal va yaxlit epik doston yarata olgan emas. “Metamorfozalar” asarida benihoya ko‘p va turli-tuman shaxslarni ma’bud va ma’budalarni, titan va parizodlarni, podshoh va bahodirlarni, arbob va sarkardalarni, san’atkor va shoirlarni, oddiy odamlarni uchratamiz; ravish-raftori bir-biriga to‘g‘ri kelmagan mahzun va masrurlarga, mo‘min va mag‘rurlarga, telba va donolarga, fosiq va foruqlarga duch kelamiz; qanchadan-qancha insoniy ehtiroslar, sevgi va g‘azab, sadoqat va hiyonat, rashk va himmat, pastkashlik va olijanoblik, tama va himmat, ochko‘zlik va saxiylik, mardlik va qo‘rqoqlik, adolat va qallobliklarning shohidi bo‘lamiz. Shoir shu qahramonlarning har birini, alalxusus, ularning ruhiy holatlarini alohida-alohida mushohada etib, qalblariga chuqur ko‘z tashlab, ruhiyatlarini ajoyib iste’dod va poetik mahorat bilan tasvirlaydi, yorqin bo‘yoqlarda qiyofalarini chizadi. Bayonotning erkin va ixchamligi, tilning ravshan va harirliga, majoziy vositalarning ajib husnkorligi, she’riy vaznlarning ravon, o‘ynoqi va rango-rangligi “Metamorfozalar” dostonini antik dunyo adabiyotining eng jozibador badiiy yodgorliklari darajasiga ko‘targan. U ma’budlar va foniylar qalbiga mehru muhabbat baxsh etadi. Ana shu qudrati tufayli u butun dunyo ustidan hukmronlik qiladi. Undan hech kim, xatto xudolar ham qochib qutulolmaydi. Faqat jangovar Afina, Hestiya va Artemida uning hukmiga bo‘yin egmaydi. Baland bo‘yli, sarvqomat, chehrasi xushbichim, boshida bamisoli tojdek mayin to‘lqinli oltin sochlarga molik bo‘lgan go‘zal Afrodita ilohiy malohat va mangu navqironlik ramzidir. U muattar liboslarini kiyib, mahobatini namoyish etganda quyosh o‘zgacha nur taratadi, gullar shukuh kasb etadi. O‘rmondagi yovvoyi hayvonlar ham unga peshvoz chiqadi, u o‘rmonda kezarkan, qushlar gala-gala bo‘lib, unga qarab talpinadilar. Arslon, qoplon, sirtlon va ayiqlar ham unga erkalanib, suykanishadi. U vahshiy hayvonlar o‘rtasida bemalol va mag‘rur yuraveradi. Afroditaning yo‘ldoshlari Horalar va xaritlar go‘zallik va nazokat ma’budalari uning xizmatida. Ular Afroditani dabdabali liboslarga burkaydilar, uning oltin sochlarini taraydilar, uning boshini turfa jig‘ayu tillaqoshlar bilan bezaydilar. Uranning qizi Afrodita Kifera oroliga yaqin joyda dengiz to‘lqinlarining oppoq ko‘piklaridan dunyoga kelgan bo‘lib, engil va yoqimli shamol uni Kipr oroliga keltirgan. U yerda dengiz to‘lqinlaridan chiqqan sevgi ma’budasini yosh Horalar o‘rab olgandi. Ular uni zarhal bilan tikilgan libosga burkashdi va unga xushbo‘y gullardan toj kiygizishdi. Afroditaning qadami tekkan joyda gurkirab gullar unib chiqaveradi. Havo muattar hidga to‘lib ketardi. Erot va Himerot g‘aroyib ma’budani Olimpga boshlab borishdi. O‘shandan buyon mangu navqiron, ma’budalar ichra eng go‘zali oltin sochli Afrodita Olimp xudolari bilan birga istiqomat qiladi. PIRAM VA FISBA Bir paytlar Piram bilan Fisba yashagan; hamma yigitlardan u o‘ktam edi, Sharqda Fisba barcha qizlardan-da go‘zalroq edi. Rivoyatlarga ko‘ra, qachonlardir Semiramida32 qurdirgan g‘ishtin Devor bilan o‘ralgan shaharda ular qo‘shni bo‘lishgan. Shunday qilib ularning tanishishlari va yaqinlashishi qo‘shnichilikdan edi. Yillar o‘tib sevgilari mustahkamlandi; bo‘lar edi qonuniy to‘y, Agar rozi bo‘lsa ota va ona; bir narsani taqiqlashni bilishmagan, Sevgi olovida asir qalblari lovillab yonishni bas qildirishni. Sheriklari yo‘q edi; imo-ishora bilan, ta’zim qilib so‘zlashardilar; Qanchalar ko‘p yashirsalar, shunchalik ko‘p dilda yonar maxfiy otash. Har ikki oila uchun umumiy bo‘lgan devorda, u qurilgan paytlarda Ingichka bir tirqish paydo bo‘lgan edi. Bu nuqsonni asrlar davomida hech kimsa bilmagan edi, Sevgi nimalarni payqamaydi? sevishganlar siz ko‘rdingiz, Tovushga siz yo‘l ochdingiz, va sizlarning pichirlab aytgan Nozik izxorlaringiz, xavf-xatarsiz etib borardi. Tez-tez turardilar. Piram u tomonda, Fisba bu tomon. Navbat bilan nafaslarin poylab, derdilar: Turli joylarda shunday so‘zlarni behudaga qaytargach, Ularni ayrib turgan devorga “kechir!” deb aytdilar, Orasidan o‘tib bo‘lmas devordan yubordilar bir-biriga bo‘salar. Mana shafaq kelib tungi chiroqlarni bir-bir o‘chirdi, Quyosh nurlari bilan maysalarga qo‘ngan shabnamni quritdi, Odatdagi joyda uchrashdilar. Sekingina pichirlashib dardlarini to‘kdilar. Va tun sukunatida qo‘riqchilar dozorin aldab, eshikdan chiqmoqni Uydan qochib, shaharni tark etishni reja qildilar; Semiramida Bobil malikasining ismi(m.o. IX asrning oxiri). Keng dala-yu-dashtda adashib yurmaslik uchun Nin33 maqbarasi yonida Uchrashib, daraxt soyasida yashirinmoqchi bo‘ldilar. Bu baland tut edi: Mevalari g‘arq pishgan, yaqin joyda suvi zilol ariq oqardi. Kelishuv ma’qul bo‘ldi, oqshom juda sekin o‘tdi, go‘yo. Suvga g‘arq bo‘ldi kunduz, undan chiqdi yangi tun. Epchil Fisba bu orada eshik zulfin ochib qo‘ydi, Aldab uydagilarin, yuzin berkitib tashqari chiqdi; tez orada Maqbaraga etib, tut daraxtin ostiga keldi, o‘tirdi. Sevgi unga kuch bergan edi. Biroq shu on paydo bo‘ldi, hozirgina Buqalarni burdalagan, tumshug‘ini qonli ko‘pik qoplagan Urg‘ochi sher yaqin joyda chanqog‘ini qondirishni istadi. Oy nurida uzoqdan ko‘rdi uni bobillik Fisba Va qorong‘u g‘orga tomon tovonlari qaltirab yugurdi. Chopayotib yelkasidan tushib qoldi yopinchiq, Bu orada chanqog‘in qondirgan urg‘ochi sher, o‘rmonga qaytayotib, Fisbani emas, yerga tushgan harir yoqinchiqni topib oldi Va parcha-parcha qildi uni qonli tumshug‘i bilan. Keyinroq chiqqan yosh Piram changda ko‘rdi urg‘ochi sher Izlarin va oqarib ketdi yuzi misol bir murda; Qon dog‘lari qotgan kiyimni topib, “Bugun ikki sevishganni, tun qilmoqda halok, - dedi, Biroq ikkisidan ham u munosibroq edi uzoq yashashga! Menga hayot musibatga aylandi. Bechora, halok etdim men seni. Qo‘rqinchili joylarga kelgil deya, men aytdim. Biroq o‘zim kech qolib keldim. Meni burda-burda qilinglar Bu la’nati tanamni yo‘q qilingiz darg‘azab tishlab, Qoya ostiga, pana joyga yashirinib olgan sherlar! Biroq faqat qo‘rqoq odam o‘ldirilishni istar!” Va Fisbaning YOpinchig‘in qo‘lga olib, uni tut daraxti soyasiga olib bordi. Nin Semiramidaning turmush o‘rtog‘i, Assiriya podsholigiga asos solgan. Unda tanish matoni bo‘salar va ko‘z yoshlar-la ko‘mib tashladi, “Endi mening qonimni ham qabul etgil sen!” Shu ondayoq kamaridan temirin olib, o‘ziga sanchdi, O‘layotib yarasidan sug‘urib oldi… Fisba qaytib keldi; qalbi va ko‘zlari qidirib yigitni, Qanday dahshatli xavfdan qochganini aytmoq istardi. Joyni shu on topdi, ariq ham, daraxt ham tanish, Mevalarning rangi uni xayron qoldirdi: o‘sha daraxtmi? Birdan ko‘rib qoldi: qonli yerga urilgan, gavda titrashin, Ortga u chekindi, va yuzlari dokadek oqarib ketdi, Qo‘rqinchga to‘ldi, to‘lqinlanib ketdi misoli dengiz, Agar qimirlasa usti shamol esganda. Biroq faqat vaqt o‘tgach, sevimli do‘stini tanidi u, Azoblarga noloyiq ko‘kragin zor-zor yig‘i titratdi Sochlarini yula boshladi, va, sevimli tanani quchib, Yaralarga qo‘shdi yig‘ini, va qonni ko‘z yosh bilan sug‘ordi, Muzlab qolgan yuzidan tinmay bo‘salar olib, “ O! - nola qildi u, - Piram, qanday baxtsizlik seni olib ketdi? Fisbaga javob ber, Piram: seni azizang Fisba chorlar! Eshityapsanmi, sen meni! Ko‘tar boshing sevgilim!” Uning nomin eshitgan Piram, o‘lim soya solgan ko‘zlarin Ochdi, biroq shu zahoti yumildi ular. Yopinchig‘in tanidi qiz, shu zaxot qin bo‘sh ko‘rib, “Bechora, o‘z qo‘ling va sevging bilan, nobud bo‘libsan. Biroq bilgil shuni, menining bilagimdagi kuch va sevgim, Senikidan kam emas. Men baxtiqaro, ortingdan ketgum O‘liming sababchisi va hamrohing. Oh, faqat o‘lim bizni Ajratishi mumkin, biroq o‘lim ham mendan tortib ololmas!” So‘nggi bor iltijo qilaman, ham uning, ham mening bukun Baxtsiz bo‘lgan ota-yu onamizga: Haqiqiy muhabbat va so‘nggi nafas rishtalari ila Bog‘liq bo‘lgan bizlarni, yagona bir qabrga qo‘ying! Sen esa, ey daraxt, birimizning qayg‘uli xokimiz, Shoxlari bilan to‘sgan, tez onlarda ikkimizni qoplarsan. Qotillikning belgilarin saqlagin, sening dard-alamli Mevalaring abad - bir butun o‘limga xotira bo‘lsin!”, - dedi. Qotillikdan hali issiq qilichning o‘tkir uchin Mo‘ljal qilib yurakka, otdi o‘zini. Iltijolar etdi axir ma’budlar-u, ota-onaga. Shundan buyon tut mevasi, qorayadi pishganda; Ularning-da xoklari saqlanar bir qutida. Bugun kimning qo‘shiqlarinkuylaydirsan, bilib ol, avlod, Tug‘ilib o‘sgan shahrim Sulmon, u boy muzdek buloqlarga, Rim u erdan faqatgina to‘qson porsox narida. Bir urushda ikki konsul halok bo‘lgan bir yili men Tug‘ilgandim u shaharda. Balki aytmoq lozim bo‘lur, men suvoriy nasabim-la, 10 Bu unvonni menga taqdir saxiyligi baxsh etmagan. Oilada men to‘ng‘ichmas, qardoshimdan so‘ng tug‘ildim; Mendan xuddi bir yil avval duny yuzin ko‘rgandir u. Tug‘ilgan kun ikkimizga nur sochdi bir tong yulduzi. Naq bir kunda ikki nazir somsa yopildi uyda. Jangchi Minersa bayramining besh kunidan biridir bu. O‘sha kundanbuyon qonli bayram kuni bo‘lib turar. Kichik yoshdan o‘qitdilar bizni: otam buyurdiki, Rimda yaxshi murabbiylar sari qatnay men akam-la. So‘z bozori u Forumda notiqlikka mening akam 20 Yoshligidan intilardi, gapdonlikka tug‘ilgan u. Bolalikdan men istadim ko‘k eliga xizmat qilay. Muza meni orqasidan ergashtirda qattiq, pinhon. Asta-asta olg‘a bosdi mening yoshlik chog‘larim-da; 30 Akam bilan menga endi kengroq kiyim berildi. Keng to‘q qizil uqa tutgan rdaga biz buruldik; Lekin bizning ruhimizda saqlandi u intilishlar. Mening akam yigirmaga endigina kirganda Vafot etdi to‘sindan, so‘ng jigarimsiz men yashadim. So‘ng yoshlikda men birinchi faxriy mansab ishg‘ol etdim Va men uchoik bir hay’atga a’zo bo‘lib ishladim. Istiqbolda senat ham bor. Lekin... yo‘lni torroq oldim: Chidamimdan ko‘ra ko‘proq ezdi u yuk yelkalarim. Jisman zaif hamda aqlim mayl etmadi u ishga, 40 Shuhrat sevish g‘avg‘osidan chetroq turish istadim. Muzalar o‘z tin paytlari sari meni chaqirdilar, Men-da har vaqt ko‘p sevardim ular-la tinch kechinishni. Oh, men qanday izzat-hurmat qildim davrim shoirlarin! Atrofimda qancha kuychi bo‘lsa, shuncha xudolar Ko‘lkalandi ko‘zimda!.. Rim imperiyasi parchalanib ketgandan keyin, Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikaning unga qarashli bo‘lgan hududlarda xalqlarning buyuk ko‘chishi boshlandi. Bu jarayon urushlar, kurash, yangi davlatlarning shakllanishi bilan birga sodir bo‘ldi. Rimliklardan qabul qilingan lotin tili, Yevropaning turli mintaqalarida yashovchi turli millat vakillarini birlashtiruvchi omil bo‘ldi. Ushbu tilda o‘rta asr olimlari va faylasuflari o‘z asarlarini yozdilar. Lotin tili ilm-fanning rasmiy tiliga aylandi. Ma’naviyat va ma’rifatning markazi cherkov hamda XII-XIII asrlarda paydo bo‘lgan universitetlar bo‘lib qoldi. Ularda bo‘lajak olimlar, mutafakkirlar, kashfiyotchilar, ilmiy risola va tarixiy xronikalar mualliflari tahsil oldilar. O‘rta asrlarda Yevropa mamlakatlarida milliy adabiyotlar shakllandi, bu davrda ayniqsa, ritsarlik she’riyati va romanlari, shahar adabiyoti rivojlandi. Xalqqahramonlik eposlari o‘rta asrlar adabiyotining noyob namunalari sanaladi. “Beovulf” dostoni ilk o‘rta asrlarda anglosaksonlar tomonidan yaratilgan bo‘lsa, feodal munosabatlari shakllangan davrda Fransiyada “Roland haqida qo‘shiq”, Germaniyada “Nibeluenglar haqida qo‘shiq”, Ispaniyada “Sid haqida qo‘shiq”lar yaratildi. Bu asarlarda davr muxiti o‘z ifodasini topgan bo‘lib, sodir bo‘lgan o‘tgan voqealar poetik shaklda, badiiylashtirilib berilgan. Odatda qahramonlik eposi namunalarida real voqealar badiiy to‘qima bilan uyg‘unlashib ketadi. O‘rta asrlarda qahramonlik va qahramon shaxsi haqidagi tasavvurlar antik davrga nisbatan birmuncha o‘zgardi. Agar qadimgi Yunonlar qahramonlik haqidagi tasavvurlarini ma’budlar va ularning farzandlari bilan bog‘lagan bo‘lsalar, o‘rta asr qahramonlik dostonlarida asar qahramoni qilib, o‘z Vatani va qiroliga sodiq bo‘lgan jasur kishi tanlanadi. Qadimgi Yunon qahramoni Gerakl Zevsning o‘g‘li, Axill ma’buda Fetidaning farzandi. “Roland haqida qo‘shiq” dostonining qahramoni “aziz Fransiya” va imperator Karl uchun jasorat ko‘rsatgan mard va fidokor ritsar. Qahramonlik haqidagi tushuncha ham o‘zgardi: endi bu, shaxsning yuksak, oliy maqsad yo‘lidagi xatti-harakatlarini badiiy ifoda qilish edi. O‘rta asrlar qahramonlik eposi asarlarining mualliflari haqidagi masala xalihanuz bahsli-munozarali bo‘lib qolmoqda. Ular jamoaviy-individual ijodning natijasi bo‘lib, mualliflarning nomlari bizgacha yetib kelmagan. O‘rta asr qahramonlik dostonlarining asosida afsonaviy-tarixiy qahramonlar va ularning faoliyati haqidagi xalq afsonalari yotadi. Ilk o‘rta asrlarda kelt qabilalari hayoti haqidagi xalq she’riyati negizida qahramonlik eposi shakllandi. Eposlarni kuylovchilar 2 guruhga lirik she’riyatni kuylovchi bardlar va epik she’riyat bilan shug‘ullanuvchi filidlarga bo‘lingan. Sagalarning ta’sir kuchini yanada oshirish uchun filidlar she’riy parchalar kiritganlar. Kelt eposining qahramonlik qissalari ulad qiroli Konxobar va uning jiyani Kuxulinning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bizgacha ushbu qissalarning bir nechtasi yetib kelgan bo‘lib, “Usnex o‘g‘illarining quvilishi”, “Mak-Dato cho‘chqasi haqida qissa”, “Kualngendan buqa o‘g‘irlash”, “Kuxulinning Ferdiad bilan jangi”, “Kuxulinning xastaliga”, “Kuxulinning o‘limi” shular jumlasidan. Qahramonlik eposi bilan bir qatorda maishiy, sarguzasht, fantastik mavzularda ham qissalar yaratildi: “Beyli haqida qissa”, “Etaynga muhabbat”, “Febelning o‘g‘li Branning suzishi”. Ingliz o‘rta asrlar adabiyoti. Hozirgi inglizlarning ajdodlari mamlakatga Yevropadan ko‘chib o‘tgan ingliz-sakslar bo‘lib, bu aholi o‘rtasida juda ko‘plab rivoyat va afsonalar tildan-tilga o‘tib yurardi. O‘sha paytlarda rohiblar xalq ichida yurib qahramonlik dostonlarini yozib olganlar. Qahramonlik dostonlaridan tashqari, ilk o‘rta asrlarda adabiyotning boshqa janrlarida ham asarlar yaratila boshlandi. XI-XII asrlarda Angliya hududini hozirgi fransuzlarning ajdodlari hisoblanmish normannlar bosib oldi. Begona til va madaniyatning suqilib kirishi tufayli yuz bergan murakkab vaziyatlar oqibatida bu davrda ingliz adabiyoti uch tilda yaratila boshlandi: diniy adabiyotlar lotin tilida, qadimiy solnomalar, rivoyatlar, qadim o‘tmish voqealari ingliz tilida, she’r va dostonlar fransuz tilida (ularning ko‘pchilik qismi bizgacha yetib kelgan). Angliya hududi normannlar istibdodidan kutilganidan so‘ng mamlakatda yagona milliy til ingliz tili vujudga keldi. “Beovulf” dostonining qo‘lyozmasi X asrga doir bo‘lib, u ingliz tiliga asos bo‘lgan anglosakson tilida yozilgan. “Beovulf” dostoni o‘rta asrlar ilk davrining bizgacha yetib kelgan eng birinchi namunasi hisoblanadi. Doston Britaniya orollariga ko‘chib o‘tgan majusiy angl va sakslarning rivoyatlari negizida paydo bo‘ldi. Doston aynan mana shu og‘zaki rivoyatlar negizida nasroniylik davrida yozib olingan va asarning muallifi ma’lum emas. “Beovulf” dostonining qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Dostonda Daniyani dahshatli dengiz maxluqi Grendeldan qutqargan jasur bahodir Beovulfning qahramonliklari hikoya qilinadi. Beovulf o‘zining o‘n to‘rt ritsarlari bilan qirol Xrotga yordam berish uchun Daniyadan kelganda Grendal ularni dengiz qa’riga tortib ketib nobut qiladi. Beovulf uning ustidan g‘olib keladi va o‘z vataniga qaytib ketadi. U o‘z yurtida ellik yil saltanatni boshqaradi va yerlariga olovpurkar ajdaho bostirib kirganda, uni jangda yengadi, biroq o‘zi ham maxluqning zaharli tishlaridan yaralanib vafot etadi. Dostonda ertak motivlari mavjud bo‘lib, unda turli maxluqlar va ajdaholar ishtirok etadi, shu bilan birga doston matnida bo‘layotgan hodisalarga Xudoning aralashishi va Injildagi ismlar(Avel, Noy) uchraydi, Grendel esa Kainning avlodidan deyiladi. Bularning barchasi muallifga nasroniy dinining ta’siri katta bo‘lganidan dalolat beradi. Fransiya o‘rta asrlar adabiyoti. Zamonaviy Fransiya hududida qadimda kelt xalqlari guruhiga mansub bo‘lgan gall qabilalari istiqomat qilgan bo‘lib, ular keyinchalik rimliklar tomonidan bosib olingan. V asrga kelib german qabilalaridan bo‘lgan franklar gall yerlarini bosib olganlar va tez orada ular mahalliy xalqlarning ta’sirida assimilyasiyaga uchraganlar. Uzoq vaqt mobaynida hozirgi Fransiya hududi Frank davlati tarkibida bo‘lgan. Fransuz epik dostonlarini shartli ravishda uch turkum(sikl)ga ajratish mumkin: Qirollik turkumi. Bu turkumdagi dostonlar markazida Buyuk Karl obrazi bo‘lib, u Fransiyaning ramzi sifatida tasvirlangan. Goran de Monglan bag‘ishlangan dostonlarda ideal vassal tarannum etiladi. Feodallar o‘rtasidagi nizolarga bag‘ishlangan Doon de Mayans yoki feodal turkumi. “Roland haqida qo‘shiq” dostoni XI-XIV asrlarda Fransiyada paydo bo‘lgan ko‘plab dostonlar orasida eng mashhuri sanaladi. Mualliflarining nomi saqlanib qolmagan bu dostonlarni truver34lar yozishgan, ularni joglerlar arfa yoki viola musiqa asboblari jo‘rligida ijro qilishgan. Aksariyat dostonlar qirol Buyuk Karl va uning safdoshlari amalga oshirgan “ulug‘” ishlariga bag‘ishlangan. “Roland haqida qo‘shiq” da ham Karl va uning sodiq ritsari Roland madh qilinadi. Doston 1100 yillarda yaratilgan bo‘lib, unda Karlning Ispaniyaga qilgan yurishi haqida hikoya qilinadi. Bu voqealar aks ettirilgan XVIII asr solnomasi matnida, qirol Karl armiyasining ar’ergardi35 Pireney tog‘larida tor-mor qilinganligi, halok bo‘lganlar orasida Breton chegara qo‘shinlarining boshlig‘i Xroulend bo‘lganligi haqida xabar beriladi. Bu tarixiy voqea dostonning markaziy mavzusiga aylanadi. Ronseval darasidagi jang asarning kulminatsiyasi bo‘lib, aynan shu epizodda Rolandning jasorati, sodiq do‘sti Oliverning aql-zakovati, ularning vatan manfaatlari uchun fidokorligi namoyon bo‘ladi. Oliver o‘q tegib o‘ldi, o‘n ikkita jasur per37lar halok bo‘ldi, yaralangan arxiepiskop Turpin yiqildi. Og‘ir yaralangan Roland jang maydonida yolg‘iz qoladi va o‘z qilichi Dyurendal, burg‘usi Olifant bilan vidolashadi. Doston 291 she’r bandi(bu bandlar tirada deyiladi)dan iborat bo‘lib, ular yagona vazn bilan birlashtirilgan. Aksariyat bandlar oxirida o‘ziga xos naqorat bo‘lgan “Aoy” xitobi yangraydi. Ritsar-kurtuaz adabiyoti. Qirolning vassallari katta yer egalari graf, gersog, episkop va boshqalar o‘z grafliklari doirasida mustaqil hukmron edilar. Ular ko‘pincha qirolga ham itoat qilmas edilar. Kichikroq baronlar yirik graf va garsoglarni sin’or deb ataganlar. Baronlarga kichikroq feodal va ritsarlar bo‘ysunganlar. Ritsar o‘z xo‘jayiniga sodiq, uning mol-mulki va manfaatlarini himoya qiluvchi jangchi edi. O‘rta asrlar sharoitida ritsarlik harbiy-feodal zodagonlarning o‘ziga xos muhim hususiyatlarini belgilardi. Asta-sekin unga yangi rasm-rusmlar ham paydo bo‘la boshlaydi. Endi ritsardan o‘z sin’origa sodiq, rostgo‘y bo‘lish bilan birga, dinni himoya qilish, zaiflarga yordam berish vazifalari ham talab etila boshladi. Saratsinlar Evropada o‘rta asrlarda arablar va YAqin SHarq xalqlarini shunday atashgan. Ritsar faqat mard bo‘lishi bilan kifoyalanmasdan, shu bilan birga kurtuazcha nozik didli, ko‘rkam, sezgir va xushmuomala bo‘lishi kerak, degan talab ham qo‘yiladi. Shuningdek, insoniy xis-tuyg‘ularni qadrlash, ayollarga nozik iltifot, romantik sevgi kechinmalarini madh qilish rasm bo‘lib qoladi. X asr boshlarida Janubiy Fransiyaning Provans viloyatida feodal sin’orlari dunyoviy ritsar madaniyatining ifodasi bo‘lgan kurtuaz poeziyasi yuzaga keladi. Bu adabiyot saroyga xos “kurtuazcha” nafislik, odob-tavoze, xonimlarga nisbatan xushmuomalalikni talab qiladi. Ayollar kulti ayollarni ulug‘lash Provans shoirlari trubadurlar ijodida asosiy o‘rin egallaydi. Trubadurlar lirikasining asosiy janrlari: kansona sevgi qo‘shig‘i bo‘lib, unda muhabbat va diniy mavzu yoritiladi, bu janrdagi she’rlar nafisligi va bandlarning murakkabligi bilan ajralib turadi; sirventa asosan siyosiy xarakterdagi, qisman shaxsiy masalalarga bag‘ishlangan munozara yo‘sinidagi qo‘shiqdir. Shoir unda o‘z dushmaniga qarshi hujum qiladi; tensona sevgi adabiy-falsafiy mavzularda ikki shoir o‘rtasida bo‘lgan she’riy dialogdan iborat; alba yoki tong qo‘shig‘ida ritsar o‘z do‘stining kuzatuvi ostida tunda sevgani bilan uchrashgani borishi kuylanadi. Tong yorisha boshlashi bilan do‘sti “Tong” qo‘shig‘ini aytadi va ritsarni ogohlantiradi; pastorela mavzusi jihatidan alba kabi alohida voqeani aks ettirgan lirik qo‘shiq bo‘lib, ko‘pincha u suhbat-dialogdan tashkil topgan kichik pesani eslatadi, unda ritsar bilan cho‘pon qizning uchrashuvi hamda ular o‘rtasidagi munozara tasvirlanadi. Qo‘shiqning kirish qismida ritsar qizni tabiat quchog‘ida uchratib unga mulozamat qila boshlaydi. Qiz ritsarning so‘zlariga ishonib, unga o‘z ixtiyorini topshiradi, biroq ritsar uni tashlab ketadi, yoki aksincha, qiz ritsarga jiddiy zarba berib, uni haydab yuboradi; motam qo‘shig‘i bironta obro‘li sinor yoki yaqin kishining vafotiga shoirning qayg‘usini bayon etgan she’rdir. Ritsarlik lirikasida kuylangan sevgi, turmush quvonchlari kurtuaz-ritsarlik romanining ham asosiy mavzusi edi. Ritsarlik romanida muhabbat feodal axloqi tamoyillariga bo‘ysunilgan tarzda ko‘tarinki ruhda, fantastik bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Shuningdek, qahramonlarning ruhiy kechinmalari tasviriga ham alohida e’tibor beriladi. Ritsar xonimga bo‘lgan sevgisi tufayli jangovar sarguzashtlarga otlanadi, lekin endi ritsar vatan manfaatini emas, balki o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlab qahramonlik safarlariga chiqadi. Kurtuaz-ritsarlik romani ham Fransiyada vujudga kelib, so‘ngra boshqa yerlarga tarqalgan. U mavzusiga qarab 2 turkumga ajratiladi: antik turkum; breton turkumi. XII asrdan boshlab savdo-sotiq va hunarmandchilik markazi sifatida shaharlarning mavqei osha boshladi. SHaharlarning rivojlanishi barobarida feodal aloqalarga qarshi bo‘lgan burjua sinfi shakllandi. Borliqqa nisbatan ideal qarashda bo‘lgan ritsarlik she’riyatidan farqli ravishda shahar adabiyoti hushyor, hozirjavob va real hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi. Shahar adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘ldi. Ana shunday janrdan biri fablio hisoblanadi. Fablio kichik she’riy hikoya bo‘lib, uning asosiy maqsadi tinglovchilarni kuldirib, ko‘nglini ko‘tarishdan iborat bo‘lgan. Fablioning stili mukammal bo‘lmagan, aksariyat hollarda ularning qofiyasi sodda edi. Hikoyalarda hayotdan olingan qiziqarli voqealar, latifalar bayon qilingan. Fablioning markazida chaqqon, abjir, aqlli qahramon turadi. Keyinchalik alohida fabliolar bunday qahramon atrofida birlashtirilib, yaxlit holatga keltirilgan va shu tarzda roman paydo bo‘lgan. Turli e’tirozlarni bir qahramon atrofiga jipslashtirish natijasida o‘rta asrlarning eng mashhur asari “Tulki haqida roman” paydo bo‘lgan. Fablio ma’lum darajada keyingi davr Yevropa adabiyotiga ta’sir qo‘rsatdi. Molerning “Zo‘raki tabib” komediyasida, Lafontenning “Ertaklar”ida fablio syujeti, uslubi ko‘rinadi. Germaniyada fablioning ta’siri ostida zamonaviy hajviy ruhdagi realistik hikoya-shvanklar yuzaga keladi. Ayniqsa, Shtrikkerning “Pop Amis” haqidagi hikoyalar turkumida fablioning ta’siri yaqqol ko‘rinadi. Bog‘da oq ipak gilamlarda, olar Xordiq farang ritsarlarin sarasi. O‘ynar shoxmot katta yoshlar, Yosh jangchiga qurol ovunchoq; Qarag‘ay soyasida, yovvoyi gullar ichra; Joy olgandi oltin taxt; Unda o‘ltiradi hoqoni farang. Soqoli oq, sochlari oppoq, Xushqomat, andomi mag‘rur, Uni tanir har kimsa beshak. Bo‘lib hozir imperator huzurida Xushmuolama elchilar38 so‘zlar. Blankandrin so‘zlar birinchi bo‘lib: “Tangri o‘zi duo qilsin, iloho, Mudom sizni yomonlardan asrasin! Qirol Marsiliy yetkazishni buyurdi, Nasroniylik dinin yetibdi anglab. Sizga tortiq qilmoqchidir in’omlar. Yubormoqchi sizga sovg‘alar sonsiz: Yetti yuzta nortuya va yovvoyi ayiq, Yirtqich sherlar, sarlochinlar; Bu boyliklar yetadi sizga Yollangan qo‘shinni haqqin to‘lashga. Ispaniyada uzoq mehmon bo‘ldingiz, Endi Aaxenga, poytaxtga tomon Qaytib ketish vaqti keldi sizlarga. Sizdan keyin u tomonga shoshilur Vassalingiz sifatida hukmdorim”. Buyuk Karl ko‘tardi qo‘llarin ko‘kka; Boshin egdi, va toldi o‘yga. Aoy.<...> Karl qarag‘ay ostida taxtda o‘tirar. To‘plandilar atrofida maslahat uchun Arxiepiskop39 Turpin, graf Ojer, Keksa Rishar, uning Genrix jiyani, Jasur Gaskon grafi Aselen, SHoh Marsiliy elchilari Arxiepiskop nasroniy cherkovining oliy mansabli kohini Reymslik Milon, ukasi Tedbald; Va graf Roland, u bilan birga, Jasur va shavkatli do‘sti Oliver. Birgalikda mingdan ortiq farang to‘plandi. Ganelon ham keldi, riyokor qalbli. Va boshlandi o‘sha mash’um maslaxat. Aoy. “Janobi baronlar! gapin boshladi Karl, Podsho Marsiliy jo‘natibdi menga elchilar. U lozim topganmish meni siylashni O‘zining xazinasidan: Ayiqlar, sherlar, tuyalarni va’da qilipti, Va yana ovning ziynati bo‘lmish lochinlarni ham, Yuzlab xachir arab oltinin, Bunga qo‘shib kumushlarni ham. Evaziga xohlaydi u tark etishim, Shu ondayok Ispaniya sarhadlarini. Ortimdan borar emish u Aaxenga, Saroyimda qabul qilmish cho‘qintirishni, Va bo‘lar emish mening sodiq vassalim Ispan yerin boshqararmish len marka40 kabi. Shunday deya aytibdi, u elchilaridan, Biroq ko‘nglida ne bor, bilmasman”. Shunda faranglar Karlga javob aytdilar: “Bunda o‘ta ehtiyot bo‘lishlik kerak!”. Aoy. O‘z nutqin tugatdi imperator. Len marka len senorga xizmati uchun beriladigan er mulki; marka markgraf boshqaridigan chegara viloyati. Rolandning ko‘ngliga u ko‘p ham yoqmadi, Bunga u shunday javobni aytdi: “Marsiliyga siz ishonmang aslo! Biz axir yetti yil Ispaniyadamiz. Siz uchun men bosib oldim Komibl-u Noplni va, Valternani, Seziliya, Tuzla, Balagerni, Zabt etdim-ku Pin erlarin ham. Shunda qirol Marsiliy, manfur kazzob, Yuborgandi elchilarin salomlar bilan. Har birin qo‘lida zaytun butog‘i, Yarashamiz deya aldashgan edi. Mashvaratga chorlagansiz o‘shanda ham siz, Ishongansiz yovning elchilariga. Jasur graf Bazant ila Bazilisni, G‘ayridinlar oldiga siz yuborgansiz, Podsho Marsiliy boshlarini qilgandi judo. Oldingiday urushni siz davom ettiring, Poytaxt shahri devorlarin qamal qiling, Saragosni er bilan yakson qiling! Mayli, davom etsin qamal uzoq vaqt, Graflarning xunin oling, g‘ayridinlardan!” Aoy. Imperator boshi egilib qoldi, Oq soqolin tutamlab qoldi; Na yaxshi so‘z, va na yomon so‘z Jiyaniga ayta olmadi... U dushman bilan til biriktirib, ulardan qimmatbaho sovg‘asalomlar qabul qiladi va mavrlarga franklarning arergardiga hujum qilishni maslaxat beradi. Ganelon imperator Karlni mavrlar tinchlik istayotgani, qo‘shinni Ispaniyadan olib chiqib ketish kerakligiga ishontirishga erishadi. Kekchi Ganelon Karlga arergardga Rolandni boshliq qilib tayinlashni maslaxat beradi. Ko‘ngli rash bo‘lsada, Karl jiyanini arergardga qo‘yadi. Rolandga o‘n ikki jasur per va yigirma mingta jangchi sherik bo‘ladi. Ronseval darasida faranglar bilan mavrlar o‘rtasida qirg‘inbarot jang boshlanadi. Katta talofat ko‘rib, ko‘plab qahramonlar halok bo‘lgandan so‘ng, Oliver Rolandga o‘z vaqtida chaqirmaganligini ta’na qiladi.) U(Roland) Olifant41in bosib labiga, Bor kuchini to‘plab pufladi. Tog‘lar aro yangrar da’vatkor burg‘u, O‘ttiz le42gacha eshitilar na’ra. Bo‘g‘iq ovoz yetib bordi Karlga qadar, Karl dedi: “Faranglar qilmoqda jang”. Xoin Ganelon boshqa fikrda: “Bu gaplarni boshqa kimdir aytganda edi. Derdim, sen manfur, razil aldamchi”. Aoy. Katta kuchu, ulkan kuchlanish bilan, Puflar edi Roland burg‘uga. Lablaridan oqar edi tiniq qon, Zo‘rlanishdan chakkalari ketdi yorilib. Uzoq-uzoqlarga yoyildi chorlov. Olifant Rolandning burg‘usi Le- Fransiyada 4,5 km.ga teng qadimgi uzunlik o‘lchovi imperator Karlni yordamga Chegarada yetib bordi Karlga ham, Farang polklarining achchiq nolasi. Qirol dedi: “Roland chalmoqda burg‘u! Jang bo‘lmasa gar, chalmasdi uni!” Ganelon der: “hech qanday jang unda yo‘q Sochlaringiz qorday oppoq bo‘lsa ham, Yosh boladay tutmoqdasiz o‘zingizni. Rolandning kekkaygan fe’lin bilasiz, Qanday chidar bunga tangri hayronman. U emasmi Noplni bir o‘zi olmoqchi bo‘lgan? Majusiylar qo‘qqisdan qilib hujum, Tor-mor etgandilar shonli Rolandni. O‘lganlarning sonin yashirish uchun, Buyurgandi o‘tloqlarni obi-g‘arq etishga. Quyon ovi chiqqanda avjga, qiziqishda, Kuni bo‘yi turar tayyor burg‘u chalishga, O‘z perlari bilan hazil qilayotgandir. Kim unga qarshi jangga chiqishga qodir? Ne sababdan to‘xtadingiz? Yo‘limiz olis, Ona vatangacha uzoq yo‘l kutmoqda bizni”. Aoy Roland yana qaytdi jang maydoniga, Oliver-do‘stining murdasin topdi. Ko‘zlaridan keldi yosh, bag‘riga bosdi. Olib bordi uni arang qalqon ustida, Arxiepiskopning huzuri tomon. Va ruhoniy xoch bilan cho‘qintirdi uni. Dard-alamga botgan Roland dedi: “Oh, Oliver, qadrdon do‘stim! Shavkatli otaning o‘g‘li edingiz Uning mulki vodiyda, Ryunerda edi. Gersog Reneday hech kim yovning qalqonin Va yo nayzasin, parchalab-sindirib tashlolmas edi U tengilar hech qayerda topilmas endi...” O‘n ikki perlarin jasadin ko‘rib Oliver do‘stining o‘ligin ko‘rib, Roland to‘xtatolmas ko‘z yoshlarini. Yuzi oqaradi va ko‘zlari xira, Qayg‘udan oyoqlarda qolmadi majol, Yerga yiqildi u, hushdan ayrilib. Arxiepiskop u tomon shoshdi, Rolandning dardga sherik bo‘lish-chun. Katta qarag‘ayga bazo‘r etib olib, Ostidagi yashil maysaga yotdi. Qilichi va Olifantin ustiga yotib, Yuzini qaratdi dushmanlar tomon, Ko‘rsin-chun Karl cho‘chmaganini, O‘limi oldida yovdan qo‘rqmaganini; G‘olib bo‘lib gulchambarga burkanganini. Iltifotli graf Roland, jasur jangchi Qo‘lqopini cho‘zdi u osmonga tomon, Tangridan gunohlarin mag‘firat so‘rdi etishni. Huzurimga o‘zim chorlagan Kimsaning shod daqiqalarin Uzaytirmas endi tong ortiq. Sadoqat va do‘stlikka butkul U loyiqdir, aytmog‘im kerak. Sen kuylagan qo‘shiqlar, posbon, Iztirobga soladi meni. Yoqtirmayman uni mutlaqo! Do‘st bo‘laqol bizga, o, posbon. Otayotgan tong borasida Kuylamagin qo‘shiqlaringni. Aziz do‘stim quchoqlarimda Yana bir zum bo‘lsin ortiqroq. Shoshaversin, shoshsin, mayliga! Yetdi sizga hijron fursati. Mujda berib, so‘zlama yolg‘on. Senga bo‘lgan muhabbatini Mayliga, u saqlasin pinhon. Nomus uchun, hayoti uchun Hijron chog‘i yetib kelganin Xabar qilmoq burchimdir mening. Tong ham otdi, tun edi axir Sizni bo‘sa qovushtirgan choq. Ne xohlasang kuylayver posbon, Faqat do‘stni etma bezovta. Qutqularing bizlarni har dam Solar faqat dahshat, qo‘rquvga, Ishq onini etolmas bekor. Yoyilmadi hali tong nuri, Hali oftob chiqqanicha yo‘q, Ayriliqqa chorlaysan bekor, Qalblarimiz ajralmas aslo. Tong shu’lasi lekin baribir Soldi uni qo‘rquv, dahshatga. Darichaga ko‘z tashlab behol, Aziz yorning ko‘kragiga jim Xasrat bilan to‘shini bosdi. Ayriliqqa chorlagan nido, Da’vatlarni tinglab vallomat, Dilbariga vido va hijron Izxorini qilmoqqa shoshdi. O‘ta kuchli tuyg‘ular... bartaraf etish mushkul bo‘lgan to‘siqlarga duch kelganda ham o‘chmaydi. Bunday hollarda qissalar asosan fojia bilan tugaydi... “Tristan va Izolda” kabi asarlar insoniylikning, odamiylikning ko‘lamini, me’yorini belgilaydi. Fridrix fon Shtrassburg ham Irlandiya, Shotlandiya, Angliya va Fransiyadan kelib chiqqan, asrlar osha tildan tilga o‘tib kelayotgan dostonni qayta hikoya qilib, o‘z davri va jamiyatiga xuddi shunday talablar qo‘ygan edi. O‘rta asrlar jamiyati esa bu talablarni bajarishga qodir emasdi, chunki u sevishganlarga chinakam baxt haqida kafolat berolmas edi. Qizig‘i shundaki, sevishganlar jamiyatdan tashqarida ham, ya’ni odam qadami yetmagan yovvoyi o‘rmonzorda ham o‘zlari istagan baxtni topolmaydilar. Eng ulkan, otashin muhabbat ham sevishganlar bilan ular yashagan ijtimoiy turmush orasidagi rishtalarni uzib tashlashga qodir emas. Kishi jamiyatdan jabr-zulm ko‘rgan taqdirda ham shu jamiyatning bir qismi bo‘lib qolaveradi. Uning oqsuyaklar yoki kiborlar toifasidan bo‘lmaganini tasavvur etish mumkin. Manessiya she’rlar kitobchasida uning surati gerbsiz berilgan. Boshqa shoirlar uni ritsarlarga xos ravishda janob deb emas, balki ustoz deb atashgan. U saroy shoirlariga xos xususiyatlarni hurmat qilgan bo‘lsa-da, chinakam ritsarona hayotga e’tiborsiz va saobiy nuqtai nazar bilan qaragan, bu esa uning oddiy fuqaro bo‘lganidan dalolat beradi... “Tristan va Izolda” bizga faqat parchalar holida qisman etib kelgan. Asarni Gotfrid fon Shtrassburgning vafotidan 20 yil keyin Ulrix fon Tyurhaym, oradan 60 yil o‘tgach esa Haynrix fon Frayberglar davom ettirib, chop ettirishgan. Asarning nasriy matnini tayyorlashda asosan Ulrix fon Tyurhaym chop ettirgan variantdan foydalandim, chunki bu variant Haynrix fon Fraybergnikiga qaraganda qadimgi manbalarga ko‘proq mos keladi. Bundan tashqari hozirgi zamonaviy o‘quvchilarga yoqadigan uslubda hikoya qilish bilan birga, Gotfridning she’riy variantidan chetga chiqmaslikka harakat qildim. Albatta ba’zi juz’iy qisqartirish va o‘zgartirishsiz bu ishni amalga oshirib bo‘lmasdi. Shuningdek, yangi tarjimalarning ham ko‘plaridan foydalandim. Gyunter de Broyn Yolg‘onning misi chiqdi Ertasiga ertalab makkor dasturxonchining talabnomasini sud hay’ati ajrim qilib berishi kerak edi. Ko‘pgina baron va qurolbardorlar qasr zaliga to‘plandilar. Barchaning fikri-zikrida Izoldaga uylanish uchun dasturxonchi kim bilan jang qilar ekan, degan o‘y hukmron edi. Konuellik baron va qurolbardorlar kelgandan so‘ng bu erdagi shov-shuvlar battar kuchaydi. Qirol konuelliklar bilan do‘stona salomlashdi. Biroq hech kim ular bilan gaplasha olmasdi, chunki chet elliklar irland tilini bilmasdilar. Qirolicha qizi bilan zalga kirib kelganida erkaklar ulardan ko‘z uzolmay qolishdi. Ona Izolda, ya’ni qirolicha tong shafag‘iday bo‘lsa, yosh Izolda bamisoli quyoshday uning ortidan kelardi. Qirolicha u yon-bu yonga ta’zim qilar, erkaklar bilan salomlashar, jilmayib bir zum gaplashar, qizi esa ibo-hayo bilan bir chetda iymanib turardi. Qiz kamtarlik va latofat bilan o‘z joyi tomon yurdi. Egnidagi jigarrang baxmal ko‘ylagi nozik-nihol, latif qomatiga quyib qo‘ygandek yarashgan, ko‘ylakning yuqori qismi tor tikilgan bo‘lib, badaniga yopishib turar, burma qilib tikilgan etagi esa oyoqlarining uchigacha tushib turardi. Paltosi ham jigarrang baxmaldan tikilgandi. Bo‘yniga paltosi ustidan ham do‘ppayib sezilib turgan ko‘kraklarigacha tushgan oq marvarid tizimcha taqilgandi. U marvarid tizimcha ustiga chap qo‘lining bosh barmog‘ini qo‘yib kelar, o‘ng qo‘lining ikki barmog‘i bilan oqsuyak xonimlarga xos tarzda yurganda ochilib ketmasin deb paltosining barlaridan ushlab olgandi. Ammo baribir, qiz har bir qadam tashlaganda etaklar bir oz ochilib, astar qilib tikilgan oq suvsar terisi paltosining ustki tomoniga ishlatilgan qora sobol terisidan farqli ravishda yarq etib ko‘zga tashlanardi. U peshonasiga zumrad, yoqut va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ensizgina tillaqosh taqib olgan edi. Toshlar bo‘lmaganda ehtimol tillaqoshni butunlay ko‘rib bo‘lmasdi, chunki qizning sochlari ham xuddi oltin rangida edi. Qirolicha bilan qizi qirol yoniga o‘tirishlari bilan dasturxonchi o‘rtaga chiqib, dedi: obro‘-e’tiborimdan va sizning qizingizdan mahrum etmoqchi bo‘lgan kimsa qani? o‘zingga yaxshi bo‘larmida, balki? edi, - dedi qirolicha, - mayli, o‘zingdan ko‘r. yolg‘onchi bilan jang qilishdan qo‘rqadimi? Zalda shivir-shivir boshlandi. Barchaning ko‘zi eshikka qadaldi. Paranis eshikni ochdi. Go‘zal va mag‘rur Brangene Tristanning qo‘lini ushlagancha, zalga boshlab kirdi. Tristan Kurvesal olib kelgan sandiqdan faqat o‘zining kiyimlari hamda sochga taqiladigan bezaknigina olgan, qolgan boyliklarni uchala xonimga sovg‘a qilgan edi. Tristanning qo‘ng‘ir sochlariga qadalgan oltin gardishli la’l yulduzdek charaqlar, ipak kiyimlari ham oltin iplar bilan qavilgan edi. Uning egnidagi kamzulning tashqi tomoniga oq marvaridlar qadalgan, astari binafsha rangda edi. Irlandiyaliklar unga hurmat bilan joy bo‘shatishdi. Konuellik qurolbardorlar esa qiy-chuv bilan salom berdilar. Faqat dasturxonchi xo‘mrayib turar, qovog‘idan qor yog‘ilardi. Qirol barchadan sukut saqlashni talab qilib, dasturxonchiga dedi: Odamlar ajdahoning og‘zini ochib qarashdi. Uning tili kesib olingan ekan. Tristan yonidan ajdahoning tilini olib ko‘rsatdi va dedi: Zalda o‘tirganlarning har birida ajdahoni Tristan o‘ldirganiga shubha qolmadi. Dasturxonchi e’tiroz bildirmoqchi edi, ammo nima demoqchi bo‘lganini unutib duduqlanib qoldi. Dasturxonchi bir oz o‘zini o‘nglab olib dedi: Dasturxonchi tilini tiyolmaganidan afsuslanib, qarindoshlari bilan maslahatlashib olish uchun ularni bir chekkaga chaqirdi. kami joningdan ham judo bo‘lmoqchimisan? Dasturxonchi qirol oldiga borib dedi: Qarindoshlarim gaplarimni qaytib olishimni talab qilishayapti. Vayzefort qasrida qah-qaha ko‘tarildi. Yolg‘onning misi chiqib, oxiri sharmandalik bilan tugadi. Tristan esa irlandlar uning kimligini bilib qolishgandan keyin ham katta obro‘- e’tibor qozondi. Ikki davlat o‘rtasidagi yarashuv bitimi barcha qalblarga quvonch baxsh etdi. Qirol qizini Tristanning yoniga boshlab kelib, ikkovining qo‘llarini birlashtirib qo‘ydi. Sovchi o‘z xo‘jayini qirol Marke uchun kelinni shu tariqa qabul qilib oldi. Konuel davlatini subhidam tuhfasidak qabul qilib, butun Angliya qirolichasi bo‘lajak. Ammo sizlardan yana bitta iltimosim bor, yangi qirolichamiz sharafiga bizdan o‘lpon tariqasida olib ketgan yigitlarimizni qaytarib beringlar. Mamlakatning hamma burchaklaridan asir yigitlarni ozod qilib qasrga keltirishdi. Izolda, Tristan va ularning odamlari safar tadorigini ko‘ra boshladilar. Muhabbat sharobi Jo‘nab ketishlaridan bir necha kun oldin ilgari qirolicha Brangeneni bir chetga tortib, shunday dedi: Qizim chet ellarda hech kimni tanimaydi, birdan bir ishongan kishisi sen bo‘lasan. Ammo seni unga qo‘shib jo‘natayotganimning yana bitta sababi bor, zimmangga muhim bir vazifa yuklamoqchiman. Bu haqda hech kim bilmasligi kerak. Sendan bo‘lak hech kimga ishonmayman buni. Mana bu shisha idishga qara! Uning ichidagi suyuqlikning ko‘rinishi ham, ta’mi ham sharobnikidek, ammo bu oddiy sharob emas, muhabbat sharobi. Men uni qadimiy yozuvlar bo‘yicha har xil giyohlardan tayyorlaganman. Buni ichgan yigit-qiz bir-birini juda qattiq sevib qoladi. Shodligu g‘amlarni, hayotu mamotni birga baham ko‘radi. Bu ichimlik qizim va uning bo‘lajak qaylig‘iga mo‘ljallangan. Ular ishq ehtirosida qovurilib birinchi kecha qovushganlaridan keyin ichirasan, ammo boshqa birov icha ko‘rmasin. Bu shishani ko‘z qorachig‘ingday ehtiyot qil, aks holda Izoldaning baxtiga zomin bo‘lasan. -Buyrug‘ingiz bosh ustiga, malikam, - dedi Brangene va ichimlik solingan shishani olib qo‘yniga yashirdi. Xayrlashuv chog‘i ancha yig‘i-sig‘i qilishdi. Qirol bilan qirolicha o‘z a’yonlari bilan birgalikda jo‘nab ketayotgan Izoldani bandargohgacha qo‘ydi. Izolda yig‘lagancha kuzatib Tristannning qo‘lidan ushlab borardi. Kemaga chiqqunga qadar u g‘amguzor ota-onasini qayta-qayta quchoqlab o‘pdi. Tristan eng oxirida kemaga chiqib, safarlari bexatar bo‘lishini, Irlandiya va Konuel davlatlarining gullab yashnashini xudodan tilab, qirg‘oqdan jilishga buyruq berdi. So‘ngra “Biz otlandik olis safarga, Xudo nomin dilga jo qilib”, deb boshlanuvchi ashulani ayta boshladi. Hamma unga jo‘r bo‘ldi. Tristan ko‘z yoshi to‘kayotgan Izolda yonida, ya’ni palubada turar, qizning olis ufqda elas-elas ko‘zga tashlanib turgan yurtidan ko‘z uzmasdi. Markening qaylig‘i uchun kemada alohida xona ajratilgan bo‘lib, qiz u erda o‘z kanizlari bilan joylashdi. Tristan uni yupatish uchun tez-tez yoniga kelib turardi, chunki qiz tunu kun yig‘idan to‘xtay demasdi. Yigit qo‘lini uning yelkasiga tashlab, yosh bolani ovutganday ovuta boshlasa, qiz o‘zini chetga olib, unga ta’na qila boshlardi: Tristan unga “yaqinda sen qirolicha bo‘lasan, seni porloq kelajak kutib turibdi”, deb eslatsa, qiz “qirolicha bo‘lib g‘am chekib yurganimdan ko‘ra, kamtargina sharoitda shodu xurram yurganim ma’qulroq edi”, deya e’tiroz bildirardi. Unga o‘z yurti va ota-onasidan olisda qirolicha bo‘lib yurgandan ko‘ra, manfur dasturxonchiga tegib bo‘lsa ham, o‘z yurtida yurgani yaxshiroq tuyulardi. Tristan qizning iztiroblarini yengillatish uchun ko‘p gapirar, maslahatlar berardi, ammo bularning barchasi befoyda edi. Kemada yurib o‘rganmaganlari uchun ko‘pgina qizlar dengiz kasaliga yo‘liqdilar. Tristan ularga bir oz dam berish maqsadida qirg‘oqqa yaqinlashib, langar tashlashni buyurdi. Kanizlar qayiqlarga o‘tirib, oyoqlarining chigilini yozish uchun qirg‘oq tomon suzib ketishdi. Izolda kayutada yolg‘iz o‘zi qoldi. Tristan uning yoniga kirib har doimgidek ancha vaqt gaplashib o‘tirdi. So‘ngra juda chanqagani uchun bir oz may keltirishni iltimos qildi. Izolda oqsoch qizlarning biriga may keltirishni buyurdi. U Brangenening xonasidan bir shisha idish topib, ichidagi may bo‘lsa kerak deb o‘ylab, ularga keltirib berdi. U may emas, muhabbat og‘usi edi. Tristan bilan Izolda to‘yib ichib olishdi. Brangene kayutaga kirgan zahoti ularning o‘rtasida turgan bo‘sh shishani ko‘rdi-yu, rangi bo‘zdek oqarib ketdi. Yuragi muz qotib, shishani olgancha palubaga chivdi va uni dengizga uloqtirarkan, Tristan bilan Izoldaga qarab dedi: Evoh, sho‘rlik Izolda, evoh, bechora Tristan, iztirob va ajal sharobini ichib qo‘yibsizlar. Uylanish Tristan ikkala Izoldani sevgani uchun kalavaning uchini yo‘qotib qo‘ydi. Biroq yonidagi oqbilak Izolda olisdagi zarkokil Izoldani uning xayolidan butunlay quvib chiqara olmadi. Shu sabab tez-tez xayolga cho‘mar, ilk bor ishqi tushgan mahbubasidan boshqa qizga ko‘ngil qo‘ya olmasligiga qayta-qayta amin bo‘lardi. Ba’zan esa qirol Markeni aldab, uning xotini bilan don olishib yurganligidan uyalib, boshi ochiq Izoldani chin qalbdan sevsam bo‘lmaydimi, deb ham o‘ylab qolardi. Ba’zan esa irlandiyalik Izolda eri bilan apoq-chapoq o‘ynab-kulib, meni butunlay unutgan bo‘lsa-yu, men ahmoq uning hajrida dardu hasrat chekib yuribman, deb o‘zidan o‘zi g‘azablanib ketardi. Kunlarning birida u zarkokil Izoldagi bo‘lgan muhabbatim butunlay so‘ngan degan o‘yda kayfiyati buzilib, do‘sti Kaedinga shunday dedi: Azizim, men singlingni sevaman. Agar rozi bo‘lsang, unga uylanmoqchiman. Kaedin bu xushxabarni qarindash urug‘lariga yetkazish uchun yugurib ketdi. Borsa ota-onasi, singlisi birga o‘tirishgan ekan. keling. Xayrli ishni kechiktirib bo‘lmaydi, darhol unashtirib qo‘yishimiz kerak. Izolda sen unga do‘stona munosabatda bo‘lgin, xo‘pmi. yumushni bajonidil qilaman. Kaedin shoshilganicha Tristanni chaqirishga ketdi. Tristan kelib, gersog va gersoginya oldida o‘z iltimosini takrorladi. qilasizmi? so‘radi gersoginya. Troitsa bayrami arafasida shodiyona to‘y bo‘lib o‘tdi. Episkop yosh kelinkuyovlarning barmoqlariga nikoh uzuklarini taqib, fotiha qildi. So‘ngra ular yosh kelin-kuyovlar uchun tayyorlangan alohida xonaga kiritildi... Atirgul va chirmoviq O‘lim holatida yotgan Tristan Kurvenalni chaqirtirib, unga shunday dedi: borib sevgilim Izoldadan iltimos qiling, meni bir ko‘rib ketsin. Unda onasi tayyorlaydigan, bir vaqtlar meni o‘limdan asrab qolgan dorivor moy bor. O‘sha dori va Izoldaning yonimda bo‘lishi menga quvvat bo‘ladi. yelkan ko‘taring. Agar olib kelolmasangiz, demak umidlaring puchga chiqdi, degan mazmunda qora yelkan ko‘taring. Kurvenal zudlik bilan bandargohga borib, tezyurar kema topdi va Kornuelga yo‘l oldi. Kunlar o‘tib Tintayolga etib borganda kech tushib qolgandi. U Izoldani xonasida yolg‘iz o‘tirgan paytda topdi. kelayapman. U o‘lim to‘shagida yotibdi. Yo‘q, malikam, siz ham, Tristan ham yashashlaring kerak. Uning tanasi zaharlangan. Onangiz tayyorlagan dorivor moy bilan uning hayotini saqlab qolishingiz mumkin. yashirincha kemaga kelaman. Ertalab Marke qirolichani ancha vaqt behuda axtardi. U butun qasrni, shahar va bandargohni tit-pitisini chiqarib yubordi, ammo faqat kequrunga borib uning josuslari Izolda va Kurvenalni kemaga chiqib ketayotganda ko‘rgan odamlarni topib kelishdi. Qirol tezda bir necha kemalarni jihozlatib, quvishni buyurdi. Biroq ular Kurvenalning kemasi tezyurar bo‘lgani va ancha olislab ketgani uchun etolmadilar. Karke qasrida yotgan Tristanning ahvoli borgan sari og‘irlashib, hamma tashvishga tushib qolgandi. Hatto o‘zini o‘nglab o‘tirishga ham qodir emasdi. Oqbilak Izolda tunu kun uning oldidan jilmasdi. Tristan butunlay gapirmas, ming qiyinchilik bilan lab juftlab gapirganda ham, gapi “Kornueldan kema kelyaptimi?” degan savoldan iborat bo‘lardi. Shunda uning xotini deraza oldiga borib, dengizga ko‘z yugurtirar va derdi: Xotini kemada kim kelishi lozimligini bilar, shu boisdan hozirgi dardu g‘amlari yetmaganday, rashk o‘tida qovurila boshlardi. “Evoh, - o‘ylardi u o‘zicha, - bunchalar sho‘rpeshona bo‘lmasam. Mening chekimga tushgani faqat motam va g‘am-alam ekan. Qirolicha kelmasa erim halok bo‘ladi, kelsa erim uning quchog‘ida yotadi. Men uchun bu hammasidan ham og‘ir”. Shu tariqa oradan kunlar o‘tib, nihoyat ufqda oq yelkan ko‘rindi. Qora rangda, janob, ko‘mirdek qop-qora rangda, - yolg‘on gapirdi arundellik Izolda. Uning shu bitta gapi erini adoyi-tamom qildi. Umidlarining puchga chiqishi Tristanni so‘nggi kuchidan ham mahrum etdi. U ko‘zlarini yumib oldi. So‘ng qayta ochmadi. Murda tobutga solinib, cherkovga keltirildi. Shahardagi barcha cherkovlarning qo‘ng‘iroqlari motam kuyini chaldi. Oqbilak Izolda tobut yonidan bir lahza ham jilmasdi. Erining hamda uning qotili bo‘lmish o‘zining taqdiridan nolib ko‘z yosh to‘kardi. Zarkokil Izolda kemadan tushiboq qanday voqea sodir bo‘lganidan xabar topdi. G‘am-alam uni yerga yiqilayozdi. Kurvenalning qo‘liga suyangancha, so‘nggi kuchini to‘plab, zo‘rg‘a ibodatxonaga yetib keldi. So‘ngra o‘zini murda ustiga tashladi. Iztirobdan yuragi toshga aylanib, keyin parcha-parcha bo‘lib ketdi. Bashorati to‘g‘ri chiqdi. Qirol Marke kemalari bilan Karkega yetib kelganida xotini va jiyani tobutda yonma-yon yotardilar. Qirolning ham iztirobi haddan ziyoda bo‘lib, ko‘p oh chekdi, chunki u xotining o‘limini istamagan edi-da. Marke ularning jasadlarini o‘zi bilan Konuelga olib ketdi va ularni yonma-yon dafn etishlarini buyurdi. So‘ngra o‘zi Izoldaning qabriga uzum novdasini ekib qo‘ydi. Atirgul bilan tok novdasi bir-biriga chirmovuqday chirmashib, bamisoli bitta o‘simlikday o‘sib ketdi. Bu hol sevishganlarni o‘lim ham ajratolmasligidan bir nishonadir. Ularning bir-biriga bo‘lgan otashin muhabbati abadiyat kasb etdi. Tristanning sevib aytadigan ashulasi haligacha ko‘plab mamlakatlarda hofizlar tilidan tushmaydi. Izolda shodligim, kadarim o‘zing, Sen mening hayotim, zavolim o‘zing. Hur qiz kuni erta sahar chog‘i u Rafiqasi bilan bordi cherkovga. Ibodan oldidan chiqib mehrobga Munda mav’izasin boshladi rohib: Qo‘shaloq sovg‘aga bo‘ladi sohib. Qilinsa sovg‘alar, go‘yoki nomoz, Berilsa, samimiy yurakdan boz, boz, Eshitgil, xotinjon, rohibdir dono, So‘zladi chorikor, - qanday yaxshi, o o! Yurakdan qilinsa sovg‘alar albat, Tangri ko‘paytirar qo‘ringni behad, Xudoning yo‘lida maqbuldir sigir, Beramiz rohibga suti kam, qisir. Nima derdim, balki... so‘z qotdi xotin, Beramiz, roziman, albat xo‘jayin. Shamolga sovurmay biror so‘zini, Uyiga keliboq urdi o‘zini Og‘ilga, haydadi qo‘ng‘ir sigirin, Rohibning oldiga qaytdi u tag‘in. Rohib ayyor edi, yana mug‘ombir. Qo‘lin qovushtirdi mana chorikor: “Qabul qil, Tangriga ehsonim shu on, Deya tutqazdi u rohibga arqon. Ont ichgum, borini berdim, ushbu choq”. Donolarcha tutding, yo‘lingni, o‘rtoq. Dedi Konstan ota nazokat bilan. Demakki, xo‘rakka yaxshi hirs qo‘ygan, “Boraqol bu ishing maqtovga loyiq, Barcha ham sen kabi o‘ylasa, aniq Sovg‘alari bilan to‘plardim chorva, Chorvamas, balki, butun bosh qo‘ra!” Ortga qaytdi shunda chorikor, Rohibdan ko‘rsatma oldi xizmatkor: Oq sigirga bog‘la qo‘ng‘irni bugun, Uyimga ko‘niksin turib tunu kun. Rohibning bog‘ida turgan oq sigir, Bo‘yniga bog‘landi shu tarzda qo‘ng‘ir. Sigarlar o‘tloqda qoldilar yolg‘iz, Qo‘ng‘ir sigir bo‘ynin burdi-ku, shu kez. O‘tlash-chun boshini qo‘ng‘iri egdi, Oq sigir o‘tlashni istamas endi. Kuch bilan arqonni boricha tortdi. Go‘yoki qo‘ng‘irni shatakka oldi. Yaylovu qishloqlar bo‘ylab etaklab, Etaklab-da emas, balki, emaklab. To‘xtashdi Chorikor eshigida, bas! Chorikor angraygan ko‘zga ishonmas. Ming bor hayratda, qalbida hayajon: “Eha” so‘z qotdi Chorikor hayron, Haq ekan, qadoli xotinjon, qara! Tangri berdi bizga ortiq yuz karra. Qo‘ng‘iri ortidan oq ham kelibdi, Bir sigirimiz ikki bo‘libdi. Ertakdan olingan saboqqa ma’no: Tangrini o‘ziga qaratdi dono. Xudo bersa kimga, olar misqollab, Xasislar yashirar berar qo‘sh qo‘llab. Hammasini hal etdi tasodif, Hirs sabab boridan ayrildi rohib. Yo‘lkada yugurgan Renar ko‘rindi, Va qushchani ko‘rib qichqirdi: “Salom mening aziz egachim, Ko‘pdan Sizni ko‘rmadim, qushim! Pastga tushing, bag‘rimga bosay!” “Sabab nima, Renar? Bilayin, Ishonch yo‘qdir, sizga, bu tayin” Javob qildi so‘rovga Chittak, “Etkazdingiz, bo‘lmay men ahmoq, Shu qadar ko‘p, hammaga ziyon. Shirin so‘zga uchdim bir zamon. Yo‘g‘-ey, sizga aldanmam tamom, Yo‘lingizda etingiz davom!” “Rahm qiling!” Tulki xitobda. Qo‘rqmay sira tushingiz pastga, Axir sizga doimo do‘stman, To‘g‘rimasmi?.. Ha, chiqdi esdan Aytmoqchiydim sizga yangilik, Ishonmaysiz, siz menga biroq, Bizning buyuk shohimiz sher-la, Kelishdim men tinchlik haqida. Nahot sizga aytmadi hech kim? Buni sira kutmagan edim. Mayli endi eshiting siz ham, Tinchlik uchun men qildim qasam: Hayvonlarning orasida shum Va yovlikni etish-chun taslim. Agar buzsam qasamim, dono Nobl hokim beradi jazo. Kulganicha so‘zladi Chittak: “Tan olaman, sizning bu holat, Kimlargadir beradi ishonch, Tushunarsiz faqat men uchun, Siz-la bitim tuzmoq ne kerak, Og‘iz-burun o‘pishmoq faqat?..” “Ha, bilaman, ishonch yo‘q, hayhot! Qancha sodir etganman kulfat,” Dedi Renar so‘nib nigohi, “O‘zgargandim, o‘shandan beri, Gunohlardan bo‘lganman forig‘, Va tinchlik-chun, tuzganman sulh. Tush, egachim, kel yonimga sen, Ishonishing uchun, endi men, Yumib turay ko‘zlarim, tamom, Shunda balki ishonar avom”. “Nima derdim, kelishdik, tezroq, Ko‘zlaringni yumgin qattiqroq” “Marhamat”, - deb Tulki yumdi ko‘z, Shunda Chittak otildi beso‘z. Yengil navda kabi Tulkiga, Tegdi sal-pal tukiga, Tezda o‘nglab o‘zini qayta, Uchib ketdi bundan yuksakka. “Mana qanday soz! Aldadingiz”. Yangradi ovoz. “Ahd qildingiz nechun aldashga?” Renar kirdi aldov-kurashga: “Cho‘chitmoqchi edim, biroz, ha, Egachimni aldayman nega? Tushib ko‘ring, bu safar albat, Qo‘rqitmayman, ishoning, faqat”. “Mayli, yana ko‘ramiz” deya, Imkon bermay Tulkiga sira Olish uchun nishonni aniq, Pastga qarab uchdi va shu choq Qaytib qo‘ndi butoqqa Chittak, Tulki qoldi chalgancha chapak. Tutish uchun jag‘in ochgandi, Tulki takror aldanib qoldi. “Ishonganda, Sizga men, Renar” Eshitdi u “ va do‘zax yamlar Edi xushnud chog‘ida ko‘ngil!” “Egachim-ey, bu, yana, hazil, Voy Xudoyim, ekan qo‘rqoq! Boshim qo‘yib, so‘z bergum shu chiq, Xayolda yo‘q sira, beozor Joningizga yetkazish ozor. Qanday haddim sig‘adi?! Bexos Cho‘chitmoqchi edim-ku, xolos. Kechiringiz hazilim gunoh Xudo haqqi, bilmam o‘rtoq”. Biroq qushning ko‘rinishi quv, Jongga tegdi Tulki, va uyqu Istab suqdi patiga tumshuq. Birdan chalib ovchi mug‘zini, Xabar qildi ovning vaqtini Va o‘rmonda yangradi shu on, It ovozi, ovchidan suron. Ayyor Tulki egilib bir zum, Buta aro bo‘lmoqchiydi “gum”. Shunda qushcha qichqirdi unga: “Ketmoqchisiz chog‘i? Nimaga? Shoshmay turing, mana shu lahza, Uchinchi bor olaman bo‘sa!..” Ammo Tulki dono ham ayyor, Va berkinish shartligin bilar. Aldandi u, yo‘qdir e’tiroz, Qochib qolsa bo‘lgani, shu soz! “Sizni aziz, egachim, shu choq, Aldab bo‘lsas, ayyorsiz mutloq, Biroq katta bobomlar haqda, Naql yurar bu qadim xalqda: Tulki aqlin yegan, tulki bu, Aldab bo‘lmas ularni mangu, Aldolmagan kabi Sizni men”. Nafs yo‘lida qolib beiloj, O‘zingizsiz yordamga muxtoj. Yolg‘on sizga alal oqibat. Shoshmay turing, egachim zora, Omon qolsam topgayman chora! Boshin baland tutgan qo‘rqib, Qochdi Renar, dumini qisib. “To‘g‘risi shu, alvido endi, Yetib olay uyimga”, dedi. “Nima derdim, yuguring, hazrat, Axir o‘lim solmoqda dahshat” O‘zin urdi o‘rmonga Tulki. Quzg‘un uchar quzg‘un tomon... Quzg‘un uchar quzg‘un tomon, Kim o‘ldirgan va ne uchun, “Qar-qar” etib, solar suron: Buni bilar faqat lochin. Aytgil, deydi, og‘a Quzg‘un, Yana bilar baytal-do‘non Yemak qayda bizlar uchun? Ham yoshgina xushro‘y juvon. Quzg‘un og‘a bergay sado: Lochin uchdi tog‘-yobonga, Keng maydonda bizning g‘izo Yog‘iy mindi ul do‘nonga, Tol ostida taom bordir, Endi, esiz, xushro‘y juvon O‘lib yotar bir bahodir. Yangi yorin kutar bu on... Robin Gud sherifni qanday mehmon qilgani haqida I Kamonchilar bahslashdi bir kun: Shunday qilib Kichik Jon noxos, “Oramizda eng zo‘r mergan kim?!” Sherif uchun bo‘ldi xos navkar. Bahsga guvoh Sherifning o‘zi, Xo‘p yarashdi unga bu libos, Qani kimda omad yulduzi? Lek o‘zgarmas tili, naq zahar... Davra aro tushdi Kichik Jon, Bir kun Sherif qalin o‘rmonga Ko‘tarildi qiy-chuv to‘polon. Shikor uchun ot soldi jadal. Dadil tutib tig‘i paykonni, So‘z demadi bul haqda Jonga, Uch bor aniq oldi nishonni Na pinhona va yoki dangal. Kimsan o‘zi? so‘radi Sherif, Tushlik vaqti etsa-da hamon, Qadding baland, fe’ling ko‘p jo‘mard. Sherifdan hech bo‘lmasdi darak. Jon dedi: Lozimmas ta’rif: Jahl bilan dedi Kichik Jon: Reynolddirman, el der: Yashilbarg! Qani, oshpaz, keltiring emak! Kelgin, Reynold, kirgin xizmatga, “Ozroq chida, o‘lib qolmaysan Menda sira bo‘lmagaysan kam. Sabr tagi oltin”, der oshpaz. Maosh tayin yigirma tilla, Nima deding, meni bilmabsan, Yana bergum bir arg‘umoq ham. Ovqat keltir dedim, lo‘ttiboz! II Jon chiqardi o‘tkir qilichin, Gaping chinmi g‘alat, yo pir-ay, Oshpaz yigit undan emas kam. Gar rost bo‘lsa, kiyikni ko‘ray. Ikkisi ham ko‘rsatib kuchin, –Marhamat, der lutf ila Jon ham. Qilichbozlik boshlandi shu dam. Yo‘ldoshingiz o‘zimman har dam. Boshlar uzra shamshir yalang‘och, Sherif yetdi daryoga, shoyad, Chor atrofga taratar jarang. Ortda qoldi o‘rmonli hudud. –Qoyil, dedi Jon topmay iloj, Bamisoli bir yashil qoya, Qilichbozsan, ustasi farang! Unga peshvoz chiqdi Robin Gud... Borasanmi, men-la Shervudga, U Sherifni siyladi chunon, Sarboz bo‘lib sen Robin Gudga? Ziyofatda baqamti ikkov, Yigit dedi: Roziman yuz bor, Sherif tutib qadahni shu on, Oshxonadan bo‘lganman bezor! Oltin jomin tanidi darrov. Shunday deya u chaqqon shitob, Tanidi-yu ishtaha sindi. Olib keldi sur go‘shtu sharob. Robin Gud-chi hayqirar quvnoq. Kichik Jonni siyladi obdon, Kayfu safo avjiga mindi: O‘zini ham unutmay bir on... –Do‘stlik uchun ol endi, o‘rtoq! Keyin esa bor idishlarni Biz maishat qilamiz uzoq, Jadal yig‘ib, qopga joyladi. Siylab sendek ulfati xosni. Oddiysinmas, sof kumushlarni Shartimiz bor sen, uchun biroq, To‘latdi-yu, qopni boyladi. Kiygaydirsan yashil libosni... Tag‘in katta oltin qadahni Seni o‘zim shogird qilaman, Ilkis olib qopga tiqdi ul. Qaroqchilar ichrasan, tamom. Shul qadahda tuyib farahni O‘n ikki oy sinab, bilaman. Sherif sharob ichardi nuqul... Maskan bo‘lgay senga shul o‘rmon! Bunda qol-u, o‘rmonda yasha! Ikkovlon shod kuylashdi surud, O, og‘aynim, Robin, qadrdon, So‘ng chiqdilar Sherifga peshvoz... Bundan ko‘ra chavaqlab tashla! Sherif so‘rar: Ayt, qani, Reynold, Qo‘limdagi mana shu qilich, Ne qilursan o‘rmonda bu chog‘? Shamshir haqqi, qasamyod ayla. Jon dediki: Ey, muhtaram zot, Kambag‘alni yoqlash-chun ont ich, Sizni kutib bo‘ldim-ku mushtoq. Zolimnimas, sen xalqni siyla! Bir mujda bor, Sizga muntazir Qutlug‘ ontni Sherif tan oldi, Kiyik ko‘rdim, daryodan nari, Garchi bunga qiynaldi chunon. Sardor kiyik, yashil tusdadir, Bir umrga Shervudda qoldi, Naq bahoriy novda singari... Kech bo‘lsa-da uyg‘ondi vijdon... Uyg‘onish, antik yoki o‘rta asrlarga nisbatan ancha qisqa muddat davom etgan bo‘lsa-da, fan va madaniyatda erishilgan ulkan yutuqlar uni alohida bir bosqich sifatida e’tirof etish imkonini beradi. Madaniyat tarixida Renesans nomi bilan yuritiladigan ushbu harakat dastlab Italiyada va keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham yuzaga keladi. Ishlab chiqarish shakllarining yangi kurtaklari–manufakturaga o‘tish, buyuk geografik kashfiyotlar va dunyo miqyosida savdo-sotiqning rivojlanishi absolyutizmning g‘alabasi natijasida feodal tarqoqlikka chek qo‘yilib, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, buyuk dehqonlar urushi va xalq qo‘zg‘olonlari bular ijtimoiy hayot va ijtimoiy tushunchada qator yangiliklar tug‘diradi. Antik madaniyat ta’sirida Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi. Italiya, Fransiya, Angliya, Ispaniya va Germaniyada yangi zamon adabiyoti vujudga keldi. Uyg‘onish davri madaniyatining ahamiyati uning feodal tuzumi va cherkovga qarshi g‘oyaviy kurash olib borishi bilan belgilanadi. Shaxs erkinligi va uni cherkov sirtmog‘idan ozod etish hamda dunyoviy madaniyat yaratish uchun o‘z bilim va kuchlarini sarf etgan bu titanlar o‘zlarini gumanistlar (lotincha humanis ya’ni insoniylik) deb atadilar. Inson shaxsini ulug‘lash, tabiat va jamiyatni inson manfaatlariga xizmat ettirish uyg‘onish davrining muhim xususiyatlari hisoblanadi. Uyg‘onish davrining xususiyatlaridan yana biri antik madaniyatga bo‘dgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Gumanistlar o‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun antik davr ulug‘ siymolari ijodiga murojaat qiladilar. Ular rim va grek adabiyoti janrlarining turli uslub shakllarigagina emas, balki ularning tarixiy manbalari, g‘oyaviy mazmuniga ham diqqatlarini qaratdilar. Italyan olim va yozuvchilari, jumladan birinchi gumanist Bokkachcho unutib yuborgan qadimgi qo‘lyozmalarni qidirib topishga kirishdilar. Uyg‘onish davrining yana bir xususiyati shundaki, gumanistik adabiyotning rivoj topishi va uning realistik mazmunda bo‘lganligidadir. Gumanistlar antik manbalardan tenglik va adolat uchun kurash g‘oyalarini oldilar. Italiya ilk Uyg‘onish davrida yaratilgan asarlarda eskicha va yangicha dunyoqarash unsurlari, inson tafakkuridagi qarama-qarshiliklar jamlangan holda, mushtarak talqin qilina boshlandi. Bir tomondan, erdagi hayot kelajakdagi , u dunyodagi mangu hayotga tayyorgarlik davri sifatida tasvirlansa, ikkinchi tomondan, jamiyatda odamlar ongidagi xurofot, insoniy his-tuyg‘ularni cheklovchi cherkov talablari tanqid qilindi. Italiya Uyg‘onish davri adabiyoti dunyoni insonparvarlik nuqtai nazaridan talqin qilish, insonning o‘zini Parvardigor yaratgan eng oliy va mahbub jonzod sifatida tasdiqlashi, odamzodning kuch-qudratiga ishonch, hurfikrlilik, xurofotlarga nafrat omili sifatida dunyoga keldi. Bu davr italyan adabiyotining atoqli namoyandalari Franchesko Petrarka va Jovanni Bokkachcholardir. Petrarka lotin tilini O‘rta asrlarda paydo bo‘lgan vulgar so‘z qatlamlaridan tozalagan bo‘lsa, Bokkachcho nasrda adabiy tilnpng yaratuvchisi bo‘ldi. Italiyadagi Uyg‘onish davrining eng gullab-yashnagan vaqti XVI asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. YAgona italyan adabiy tilining shakllanish jarayoni aynan shu davrda yakunlandi. Fransuz Uyg‘onishi o‘z rivojlanishida Italiyaga xos xususiyatlarga ega bo‘lish bilan birgalikda, farqli tomonlari ham mavjud edi. Fransuz burjauziyasi bir qadar ortda bo‘lgani sababli gumanistik xarakatda faol ishtirok eta olmadi. Fransuz Uyg‘onishiga Italiyaning ta’siri katta bo‘ldi. Qirol Fransisk I davrida Italiya renessans madaniyati faol import qilindi. Dante, Petrarka va Bokkachcholarning asarlari tarjima qilindi. So‘ngra u xristian diniga mansub bo‘lmagan kishilar hamda cho‘qintirilmagan bola-baqra joylashgan Limbga kirib boradi. Undan nariroqda esa Iso payg‘ambar aqidasiga g‘ayri bo‘lgan qadimgi dunyo donishmandlari va qahramonlarini ko‘radi. No‘hi muborak, Hazrati Muso ham u zotga xalfa. Shoh Dovud, nuroniy Ibrohim beshak, Avlod-ajdodi-la hazrat Isroil, Rohila qimmatga tushgan kelinchak. Bo‘lmish ko‘p azizlar mehriga noil, Loyiq bo‘lolmagan boshqalar va lek. Ilk bora o‘shalarga boqqanlar moyil” Ulkan changalzorda ikkov ketardik, U faqat so‘zlardi, men-chi tinglardim, Changalzor insonlar ruhistonidek. Xob chulg‘angan joydan yiroq kezardim, Muqavvas zulmatning tagida lov-lov Yonayotgan o‘tga tushdi nazarim. Garchand uzoqdaydi bizdan u olov, Lekin o‘sha yonda behad sarafroz Zotlar guruhini payqadim darrov. “Ey, san’at va donish sohibi ustoz, Aytgil, kimdir bular, turar ovloqda O‘zgalardan ko‘ra bohurmat, mumtoz”. Ustoz javob qildi menga shu choqda: “Zaminni yaratgan bularning shoni, Bu kun samoda ham dovruq solmoqda”. “Qutlangiz, eng yuksak shoirni, qani”. Kimningdir ovozi qoldi jaranglab, Yaqinlab kelardi ruh ham shu oni. Shundayin so‘zlarni turardim tinglib, Eshitdim to‘rt a’zam qadamin sasin, Kelardilar na shod va na darg‘azab. “Boq, - dedi shavkatli ustod olib tin, Hammadan oldinda, qo‘lida shamshir, Ruxsori ulug‘vor, qadami sokin Gomer kelar edi, shoirlarga pir, Ortida Goratsiy shaddod qalamkash. Undan so‘ng Ovidiy va Lukan shoir. Bizni tutashtirar buyuk nom yakkash, Qoshida shuning-chun ayladim ta’zim, Haqlidir, bular ham boqqanda dilkash”. Qarshimda turardi zotlarki, azim, She’rlari jahonni yangratgan behad, Hanuz byetimsoldir ularning nazm. Ustoz teshvoz chiqdi ularga xushvaqt, Kuychilar to‘dasi yurdi men tomon, Mamnun jilmayardi ustozim faqat. O‘n birinchi qo‘shiq Shoirlar yettinchi doira tepasiga borib yetadilar. Pastlikdan badbo‘y, qo‘llansa bir hid burqsab turadi. Hidga toqat qilolmagan shoirlar sal bo‘lsa ham ko‘nikmoq uchun papa Anastasiy sag‘anasi ortiga bekinishga majbur bo‘ladilar. Vergiliy Dantega doira qabatlarini tushuntiradi va sudxo‘rlik, baloxo‘rlik parvardigor irodasiga nomuvofiq ekanini anglatadi. So‘ngra ular so‘qmoq bo‘ylab pastlikka enib ketadilar. Xandaqning chetiga keldik yaqinlab, Qoyalar to‘shiga qo‘ygan chog‘ qadam O‘pirilib ketardi battar shovqinlab. Jarlikning tubidan biz sari har dam Burqsab kelar edi bir hid qo‘lansa, Sag‘ana ortiga bekindik shaxdam. Lavha bitilgandi u erda esa: “Papa Anastasiy bu joyda mahkum, Fotinadan keyin adashgan kimsa”. “Qiyaga tushmoqqa oshiqma bir zum, Dimoq badbo‘y hidga ko‘niksin sal-pal So‘ngra bilinmagay”, dedi ustozim. Dedim: “Behudaga o‘tar fursat, gal, Biror ne so‘ylagin, lutf etib, qani” Dedi: “Niyatim shul mening ham, tugal”. “O‘g‘lim, so‘z boshladi ustoz serma’ni, Chog‘roq uch qabatni ko‘rarsan hozir, Ular eslatadi uchta zinani La’nati arvohlar u yerda bijg‘ir; Faqat nigoh tashlab o‘tmog‘ing uchun Aylayin ularning kufrini zohir: Samoga zid bo‘lgan yovuzlik va kin Adovat murodi yolg‘on va o‘trik; Firib, kuch ularning yarog‘i butun. Firib, illat ekan insonga sherik, Yaratganga esa butkul begona. Shu sabab tangrining g‘azabi buyuk. Ilk qabat jabru zulm ahliga xona, Uchga bo‘linadi uning o‘zi ham, Shuning-chun uch xildir shaklu ostona. Xoliqqa yetkazar ozor va sitam Va ham bandasiga koyish va kulfat. Ko‘rsang ishonarsan o‘zing musallam. Har biri topadi kulfat oqibat: O‘lim yo jarohat, quvg‘in yo surgun, O‘g‘rilik, o‘t qo‘yish usuli faqat. Zohir mintaqada qotil, ahli xun, O‘g‘ri yo‘lto‘saru qaroqchi bari Saf-basaf bo‘linib tentirar betin. It qavmida ketgan bul ba’zilari, Qasd qilgan o‘ziga, savobi abas. Ko‘z tashlagin o‘rta mintaqa sari: U yerda jamiki noshukur, nokas, Qimorboz, isrofgar olgan yig‘ilib, Yo‘qotgan o‘zligin, oqibati past. Koyish etkazarlar tangriga nolib, Dillari egridir ularning tamom, Yaratganni mudom yurarlar yanib. Mintaqa ortida Kaorso, Sodom Baloxo‘rlar ahli o‘tda chekar oh, Yonar shikoyatchi osiylar badnom. Firibdan hamma ham xabardor, ogoh, Laqqa tushganga u keltirar balo, Ishonmaganga ham qazgusidir choh. So‘nggisi mehr ipin uzar mutlaqo, Uzar muhabbatning ishonch rishtasin. Ikkinchi qavatning azobi ammo Chulg‘agan riyokor, ochko‘z hammasin, Aldamchi, hiylagar yo bandi mansab, Qo‘shmachi, soxtakor, qallob galasin. Mehr ipi uzilsa oqibat sabab, Ishonch, imonga ham yetkusi putur, Barham topar do‘stlik, har ezgu matlab. Ditning taxti turgan eng teran chuqur Olam tubi bo‘lmish eng pastki qabat Sotqinlar ahlini manguga yutur”. Dedimki: “ Ustozim, lutf aylab g‘oyat, Jahannam qa’rini etding ifoda, Mahkumlar haqqinda qilding hikoyat. Lekin bandilar bor balchiq yuhoda, Ularni savalar yomg‘ir va quyun, Haqqin talab qilar bukib iroda Bu qirmiz qal’aga kirmagan nechun, Holbuki, g‘azabga bo‘lmishlar duchor? Sababin aytib ber bu holning butun”. U dedi: “ Haq yo‘ldan qaytding-ku zinhor, Fikringda g‘alatlik bo‘libdi sodir? Aqling faromushdur hamda beqaror. Axloq kitobida yozilgan axir, Uch narsa falakka butkul noravo, Nahot eslolmassan ularni hozir: Yengiltaklik va kek, pastlik uch balo; Tangri taoloning qoshida zinhor Yengiltakning holi emasdir avlo. Tafakkur aylagach bu holni takror, Eslagach mahkumlar saflarin qayta Kim ichda bandiyu, kim tashda abgor, Anglarsan, ne uchun ular har qayda, Ularni ikkiga ajratmish tangri, Azob ham bir qadar yengil u joyda”. “O, aqlu zehnning nuri, sarvari, Sening o‘gitlaring tinglab tobora Tavajjuhim oshar hikmatlar sari. Marhamat ayla-yu anglat dubora: Nechun poraxo‘ru baloxo‘r zoti Tangrining qoshida eng past, eng qora?” Dedi: “Kimningki bor saboq saboti, Faylasuf necha bor unga uqtirgan: Xilqatning boshida avval ijodi 100 Hikmat va iloha san’ati turgan; Ulumi zohirni varaqlasang gar Shu so‘zlar chalinar ko‘zingga birdan: Zamin osmoniga tun yoyilgan choq Va yoki tushganda tuman, bulduruq, Tegirmon parragi ko‘ringay shundoq. Bu ham turar edi haybatga to‘liq, Dahshatli shamoldan saqlay deya jon, Borardim ustozga panalab, yovuq. Shisha ichra qotgan butoqlarsimon Arvohlar yotardi muzga bo‘lib band. Baytga bitsam hatto guvranadi jon. Kimdir tikka qotgan, kim muzga payvand, Kimning boshi tuban, kimning oyog‘i, Kimdir egilgandi bamisli kamand. Qachondir xushsurat bo‘lgan siyog‘i U zotga yaxshiroq tashla deb nazar, Hodiyi komilim istadi chog‘i Meni ilgariga undadi sarvar, Dedi: “Mana shu joy Ditning qo‘rasi, Bu yerda vahmaga berilma magar”. So‘ramang, holimning ne tafsirasi, O‘sha on bitgandi butkul majolim, To‘ng‘ib ham qolgandim, gapning sirasi. Na o‘lik, na tirik, mushkul ahvolim, Mening shu chog‘dagi shaxtimni, illo, Ayon etar sizga bu hasbi holim. Azob saltanati sohibining to, Ko‘kragi qadarli muzga edi band, Alplar qomatin ham mendek deng, ammo, Lyusifer qo‘liga kelolmas monand. Muz tagida qolgan uning jussasin Tasavvur etib boq, o‘quvchim, harchand. Xoliqqa bir zamon shu chehra aksin Ko‘rsatgan bo‘lsa gar ushbu badraftor Demak, u kufrga ibtidodir chin. Turardim qoshida lol qotib bisyor, Uning ruxsorida rang edi uch xil, Yuzin old tomoni qirmizi uzor. Ikki yon tomonda ranglar muttasil Chaplashib, ayqashib ketgandi paqqos, Qo‘rqinch bir shamoyil etgandi hosil. Azozil o‘ng yuzi oq sariqqa mos, Chap yuzi bo‘lsa-chi, ahli Nil misol Qoramtir tusdaydi habashlarga xos. Ikkala kiftida qanotlar yaqqol, Bahaybat edilar jismi singari, Kemalarda bundoq yelkan yo‘q, alhol. Ko‘rshapalak misol yo‘q patu pari, Sirpab va qayirib ulkan qanotin Uch taraf taratar shamol sarsari. Bahri Kotsitni u muzlatar botin, Oltovlon ko‘zidan oqib yotar yosh, Uchchovlon og‘zidan-chi, qonli suv betin, Har bir uch tomondan kelishib yondosh, Har bitta mahkumga borib yetardi, Bu yerda uch mahkum bardoshi odosh. Oldingi mahkumning bul edi dardi: Yelka kuragiga solgancha tirnoq, Terisini shilib, tirnab yotardi. Ustoz dediki: “Ro‘baro‘ga boq, Iuda Iskarot azobi battar, Boshi muz ichida, tepada oyoq. Manavi Brutga tashlagin nazar, Azozil og‘zidan chiqqan kallasi, Lablari qapishgan, guvranib yotar. Ro‘baro‘da Kassiy norg‘ul gavdasi. Yo‘lga otlanaylik, cho‘kmakdadir tun, Ko‘rding ne ba imkon shuldir hammasi”. Amr etdi ustozni quchdim, inchunun, Azozil qanoti yoyilgan zahot Payt poylab, yondashdi yo‘lboshchim o‘qtin. Maxluqning to‘shiga chang soldi azot Va uning mo‘yidan tutamlab qur-qur Qumoq muzlar aro yo‘l soldi ul zot. Tushdik osilgancha beliga dovur, Yarim tanasiga yetgach nihoyat, Yo‘lboshchim yostandi, halloslab, bazo‘r. Bosh burib oyog‘i tomon sershiddat Tepaga tirmashib ketdi bu bora, O‘ylabman, orqaga qaytdik deb, g‘alat. Toliqqan odamday ustoz bechora Hansirab dediki, “ Ushlagil mahkam, Chiqarmiz tomug‘dan ushbu yo‘l ora”. Qoya tirqishidan o‘tib u bardam, Bir chetga o‘tqizdi meni avvalo, So‘ng chiqdi qoyaning ustiga shaxdam. Ne vaj ko‘rsatardim demoqqa uzr? “Hozirman”, dedim men tortib xijolat, His etib, ustozim tutganin ma’zur. Yuksak qiyalikda atsyni shu fursat, Arvohlar to‘dasi bo‘ldi namoyon. “Miserere” duosin aylab tilovat. Mening hayotligim payqagach ayon Ularning qo‘shig‘i hasrat to‘la “oh” Bo‘g‘iq, cho‘ziq sasga aylandi shu on. Ulardan vakildek ikkita arvoh Kimsiz deb yugurdi biz tomon atay, Nechuk keldingiz deb yon banogoh. Ustozim dediki: “Javobimiz shay, Toki qolganlarga beringiz xabar, Hamrohim tirikdir, men sizga atay. Uning ko‘lankasi cho‘chitsa agar, Juda ham jo‘n erur buni sharh etmoq: Iltifot qilsangiz u madad aylar”. Ko‘kda yulduz ko‘chsa yo chaqsa chaqmoq, Yoyniki kechki yoz bulut karvoni Bunday yugurganin ko‘rmovdim mutloq. Teppaga chopishdi o‘sha zamoni; Misoli yo‘rtishdi bir dasta askar Yoprildi qaytadan to‘polomoni. Shoirim so‘z qotdi: “To‘dani battar Bu yonga qismoqda xaloyiq saf-saf. Tinglab yurgin, sendan madad tilashar”. Ortdan qichqirdilar: “Ruhing bomatlab Ma’voga oshiqar, tirik mutlaqo; Qadaming sekinlat, tirik mutlaqo; Nazar sol, tanirsan bizni mabodo, Mujda ham eltarsan zaminga balki? Bunchalik shoshmagil, tingla bizni, o! Biz ajal topganmiz shamshirdan balki, So‘nggi fursatgacha edik gunohkor. Ko‘k nurga to‘lganda shulki, Tavba ayladik biz necha-necha bor. Ajalga bosh egdik imon birla but; Endi visol tilab chekarmiz oh-zor”. Dedim: “ Tanimasman Sizni bovujud, Lekin, ayting, nedur Sizlarning istak? Hol qudrat, aylasam ruhingiz mas’ud. Xilqatdan xilqatga olib o‘tajak Yo‘lboshchi hodiyning haqqi-hurmati, Sizning xizmat uchun tayyorman beshak”. Biri dedi: “Yo‘qdir ont zarurati! Ezgu tilagingga qilurmiz bovar, Ado etsang shul eng qimmati. Madad so‘rab, ilk men so‘z boshlasam gar, Karl mulki bilan Romanya aro Fanoga qadaming qo‘yganing paytlar, Meni yodga olgil, shuldir muddao; Gunohdan mutlaq pok bo‘lmog‘im uchun Mening haqqimga ham etsinlar duo. Fanolikman, ammo umrimga yakun So‘nggi jarohatni bergan o‘zga er Antenorlar unda hokimdir bu kun. Yomonlik tilagan emasdim hech bir; Estening dilida kin va adovat Adolatdan ko‘ra kelgandi kibir. Oryakodan qurshov bo‘lganim fursat, Qochib qolsaydim gar Mira tomonga. Tirik yurar edim Siz kabi albat. Yiqildim qamishzor, botqoq makonga, Ko‘rdim, balchiqzor u atrof tevarak To‘ldi tomirimdan otilgan qonga”. Boshqasi so‘z boshlab dedi: “Ul yuksak Cho‘qqida kushoyish topganda orzu Meni ham yodingga olursan andak. Montefeltro grafi Bonkonte men bu, Meni unutmishlar, hatto rafiqam, Jovanni eslamas, nigun holim shu”. Dedim: “Bir hodisa men uchun mubham, Kampaldinodan sen bo‘lgansan g‘oyib, Go‘yoki noma’lum sening qabring ham?” Oh chekib dedi u: “Arkyano oqib Kamaldoli bo‘ylab tushdi tuban, Kazenten bandlarini yuvadi toshib. O‘zgarar daryoning nomi shu bilan. U yerda bo‘g‘zimdan yedim jarohat. Keldim yakka-yolg‘iz, qonga belangan. Mariya mulkiga yetganim fursat Ko‘zimdan nur so‘ndi, til qotgan, bejon. Singdim sho‘r yerda zaminga abad. Yetkaz odamlarga: meni so‘nggi on Jannat farishtasi olib ketgandi. Do‘zax posboni-chi, chars, yoqavayron Meni talab aylab g‘avg‘o etgandi. Degandi: “Ruhini olding egallab, Vujudini o‘zim yetgayman bandi”. Voqifsan, ko‘kka bug‘ uchgach havolab, Sovub, qayta boshdan yoqquncha to Osmonda kezardi to‘zg‘ib, burqirab. Yovuz irodayu aql bo‘lgan jo Iblis zakovatin ishga soldi xo‘b. Zaminda boshladi to‘fonli g‘avg‘o. Ayni zavol chog‘i, g‘azabga to‘lib Pratomanodan tizmaga qadar Vohani tumanga chulg‘adi borho. Osmonda rutubat taraldi battar, Jala quyib berdi, ooshib nishab-qir. Ayqirib oqdi suv. Behuda, besar, Voha yuzasini to‘ldirib oxir Daryoga yetguncha soldi to‘polon. Ayqash-uyqash qildi har yonni tag‘ir. Sohilda tashlandiq bir ashyosimon Murdamni Arnoga eltdi Arkyano. Ochiq ko‘zlarimni yumgan so‘nggi on. Qo‘lim ko‘ksimdaydi xoch kabi go‘yo. U ham yozilgandi, bo‘tana nahr Qa’riga tosh kabi etdi meni jo”. Uchinchi arvoh ham dedi besabr: “Tiriklik mulkiga borganda tokim, Unut bo‘lgandan so‘ng mashaqqat, jabr Meni ham xotirla, Piyadir otim. Senada hayot, Maremmeda, oh, Nikohdan o‘tdim-u, ajalim topdim. Menga uylangan zot baridan ogoh”. Buyuk koinotning muqim nuqtasi o‘ninchi osmon. Soyada yotardi bir to‘da odam Bular o‘limdan oldingi eng so‘nggi lahzalarigacha tavba tazarru qilishdan eringan odamlar. Belakva florensiyalik, Dante u bilan bo‘lgan va uning gitarada chalgan kuylarini sevardi. Beshinchi qo‘shiq “Miserere” psalom: “rahm-shafqat qil”. Antenorlar paduanliklar, chunki Paduyaga troyalik Antenor tomonidan asos solingan deb hisoblanadi. Ular to‘rt bandga bo‘linadi: ikkita birinchi va ikkinchi bandlar to‘rt qatorli bo‘lib, katrena deb ataladi, uchinchi va to‘rtinchi bandlar uch qatorli tersetlardan iborat. Petrarkaning sonetlari aynan shu tarzda qurilgan. Italyan sonetlarida katrenalarning birinchi misra uchinchisi bilan qofiyadosh bo‘lsa, ikkinchisi to‘rtinchi misra bilan qofiyalanadi abab abab, yoki ikkinchi varianti abba abba. Tersetlarda ham misralar ikki xil ko‘rinishda qofiyalanadi: Kapalakdek asir bo‘ldim men, Ma’sum nazar, foje qarashga. Muhabbatni suyib tarashda Kapalakdek basir bo‘ldim men. Bilamanki, etarkan ta’qib, Kul qiladi ul shahlo oftob, Eski og‘riq eng sodiq raqib. Muhabbatning tuhfasi sarob, Ulfat bo‘lsam gulchambar taqib, Ajal tutar qo‘limga sharob. Men aqldan ozaman, agar Topolmasam ma’shuqdan nishon, Yurak bo‘lur zo‘r ishqqa kuldon, Raqibamdan yetmasa xabar. Kamolidan yetsa bir asar... Toza jamol yetkazar qayg‘u, Ko‘k yashirgan ma’suma oy u, U nurafshon, u durri akbar. Osmonni tark etgandek xurshid, Lablarimdan to‘kilar hayot, Tiriklik bu chirib tushgan chit. Suyganimdan yetmaydi najot, Qirchillama men kabi yigit Judo bo‘lar sevgidan, nahot?!. U jonimda, u jonginamda: Jonga qo‘ydim jononimni men, Jonga o‘ydim yomonimni men, Abadiyan u yonginamda. Qabrim toshi tutgan yozuvda Muhabbatim umri aks etar, Bo‘m-bo‘sh qalbim oqaru ketar, Iztirobim oqizgan suvda. Hasratimdan o‘yilgan o‘ra Tubidaman, ojizman va kar. Yaralarim tilgandan ko‘ra, Koinotda beiz va besar Yitgan ruhdan mehrimni so‘ra: Ishq shamoli qay sori esar... Ozuqda jon, atrofni tani: Shu tepada, shunda kecha-kun. Duch kelgandi iqboli nigun. Bizni tashlab ketdimi, qani? Endi bunda qolaylik, do‘stim. Ko‘rinarmi uzoqlardan yor, Yordan boshqa qayg‘ular bekor, Do‘st, ustingda ilohiy po‘stin. Xun yurakka yana so‘z qotding, Tushmagandek o‘rtaga hijron, Qachonki sen sog‘inchga botding Sevding! Seni tark etdi shu on, O‘zga qalbda uni uyg‘otding, Otdi seni dil qa’ri tomon. Go‘zal chehra! Maftunkor nigoh! Raso qadda eshilgan g‘urur! Kibru shafqat omuxta surur So‘z va shuur soyabon, panoh! Nurli kulgich yo‘q endi, zotan, Jilmayadi mangu uyquda, U fanoga borsin osuda, Saltanatlar tutsinlar motam. Jon, qonimda edi har nafas, Oramizga tushdi judolik. Xatto ajal qilmoqda havas! So‘zboz emas, kasbim fidolik: Shamollarda sovrilgan so‘z, sas Hajr tuni oqqan qarolik. Kurtaklarda shitirlar bahor, Yuzlarimga urilar tafti, Yuzlarimni silaydi kafti, Sho‘r qismatdan yetmoqda ozor. Quyosh kabi issiq qiyofa, Yuragimning har yarasida, Tilla sochlar sharsharasida Dur, gavharlar tutmish ziyofat. Mavjlanadi zebo kokillar, Oq yelkadan, o, quyiladi!.. Xotirani o‘rtar u yillar. Chigal tugun vaqt uyuladi, Momiq qo‘llar sirtmoqni silar... Qora sharpa naq tuyuladi. Bolaligida Italiyaga maktabida, olib kelingan keyin Bokkachcho Neopolitan oldin savdo universitetining huquqshunoslik fakultetida o‘qiganiga qaramay, adabiyot hayotining mazmuniga aylandi. U she’rlar, poemalar, romanlar muallifi bo‘lsa-da, hikoyalari bilan mashhurlikka erishdi. Bokkachcho Florensiya shahrining siyosiy hayotida faol ishtirok etdi, Florensiyaning Romanedagi elchisi bo‘ldi. Dantening “Ilohiy komediya”si ta’sirida “Muhabbat xayollari” poemasini yozib, boqiy baxt-saodat, huzur-halovatga erishish yo‘llarini izlash haqidagi fikr-muloxazalarini bayon qiladi. Adib Petrarka kabi antik davr madaniyatini chuqur o‘rgandi; “Iliada” dostonini asliyatda o‘qish maqsadida qadimgi Yunon tilini o‘rgandi. Bokkachchoda qiziqarli voqealarni kiftini keltirib so‘zlab berish qobiliyati bor bo‘lib, o‘z hikoyalari syujetini hayotning o‘zidan topar, qahramonlari turli tabaqa vakillari edi. Italyan badiiy prozasi va novella janrining asoschisi bo‘lgan Bokkachcho, novellada hikoya janriga oid turli xususiyatlarni: afsona va rivoyatlar, ertaklar, masallarni birlashtirdi. Kitobning nomi uning kompozitsion qurilishi bilan bog‘liq bo‘lib, u o‘n qismdan iborat, har bir qismda o‘ntadan novella berilgan. Ular o‘nta hikoyachi yetti erkak va uch ayol tomonidan o‘n kun davomida so‘zlab beriladi. Asarning kirish qismida o‘nta yigit va qiz Florensiyada tarqalgan vabo epidemiyasidan qochib, shahar tashqarisidagi bog‘li koshonada to‘planadilar. Ular har kecha navbatma-navbat turli hikoyalarni so‘zlab beradilar. Har kun uchun ma’lum mavzu tanlangan: baxtsiz muhabbat, oqilona javoblar, ayyor odamlar, bevafo xotinlar, muruvvatli va saxovatli kishilar, inson boshiga tushgan mushkul sinovlar, taqdirning bevafoligi haqida. Xarakteriga ko‘ra novellalar turlicha bo‘lib, “Dekameron”da sarguzasht novellalar(Landolfo Rufalo haqida ikkinchi kun, to‘rtinchi novella), novellalatifalar( Cheska haqida oltinchi kun, sakkizinchi novella), psixologik novellalar(Federigo delya Alberiga beshinchi kun, to‘qqizinchi novella)ni uchratish mumkin. Keyingi davrlarda Bokkachcho novellalari syujetlariga ko‘plab yozuvchilar, jumladan, Shekspir, Moler, ispan dramaturgi Lope de Vegalar murojaat qildilar. Rus kompozitori D.Bortnyanskiy Federigo haqidagi syujet asosida “Lochin” operasini yaratdi. Fyametta mashaqqatlar hokimalik va qilgan ushbu kunda sarson-sargardonliklarni kitobxon boshlaridan e’tiboriga kechirgan ko‘p oshiq- ma’shuqlarga oxiri baxt kulib boqqani haqidagi hikoyatlar havola etiladi. To‘qqizinchi hikoyat Federigo deli Alberigi bir xonimga oshiq bo‘lib qoladi, ammo xonim unga qiyo ham boqmaydi; yigit o‘z mahbubasi kuyida butun boyligini sovurib, xonavayron bo‘ladiki, bisotida yolg‘iz bir lochini qoladi, oqibat, kunlardan bir kun uyiga o‘sha sevikli mashuqasi mehmon bo‘lib kelganida, uni mehmon qilish uchun hech nima topa olmay, o‘sha lochinni pishirib stolga qo‘yadi; bundan voqif bo‘lgan xonim yigitga bo‘lgan sovuq munosabatini o‘zgartiradi, unga turmushga chiqadi va shuning sharofati bilan u yana badavlat bo‘lib ketadi Filomena sukutga toldi, qirolicha esa, hammadan keyin hikoya qilish imtiyoziga ega bo‘lgan Dionso bilan o‘zidan bo‘lak hech kim qolmaganini tushunib, xushchaqchaq chehra bilan gap boshladi: Endi qissaxonlik navbati menga yetdi, shunga ko‘ra men, lobar xonimlar, mamnuniyat bilan sizlarga bir qissa aytmoqchimanki, u ayrim jihatlari bilan bundan avvalgi qissaga o‘xshab ketadi, illo, men bu qissani, nainki sizlarning sehrjodularingiz olijanob yigitlar qalbini rom qilishga naqadar mohir ekanligini o‘zligingizga tushuntirish uchun, balki ayni paytda, ayrim vaziyatlarda o‘zingiz saxovat ko‘rsatmog‘ingiz lozimligini, binobarin, hamma vaqt ham taqdirga ishonib o‘tiraverishingiz to‘g‘ri emasligini anglab olmog‘ingiz uchun ham bayon qilmoqchiman, zero,taqdir aksariyat paytlarda o‘z tortiqlarini bemulohazalik, befarqlik bilan ulashadi. Alqissa, ma’lumingiz bo‘lsinkim, bizning shahrimizda Koppodi Borgeze Domeniki ismli izzat-ikromli va g‘oyatda mo‘tabar, barchaning samimiy hurmatini qozongan va tomirida aslzodalik qoni tepib turgani uchungina emas, balki ko‘proq diyonatli va qalbi pok bo‘lgani uchun odamlarning mudom tasannosiga loyiq bo‘lgan bir zot yashardi, ehtimol u hozir ham hayotdir; ana shul zot keksaygan chohida, o‘z qo‘ni-qo‘shnilari va o‘zga odamlar bilan suhbat qurib o‘tirib, ayniqsa moziyni eslashni xush ko‘rardikim, xotirasi nihoyatda o‘tkir, o‘zi nihoyatda so‘zamol odam bo‘lganligidan, har qanday odamdan ham yaxshiroq va kelishtiribroq hikoya qilardi. U qayta-qayta hikoya qiladigan eng ajoyib qissalardan biri bu florensiyalik messer Filippo Alberigining o‘g‘li Federigo ismli yigit haqida bo‘lib, bu yigit Toskana yosh-yalanglari orasida harbiy mahoratda tengi yo‘qligi bilan, shuningdek, o‘z odob-ahloqi bilan ajralib turardi. Alqissa, u aksariyat oliynasab yigitlarga o‘xshab, kunlarning birida monna Jovanna ismli aslzoda bir xonimga oshiq bo‘lib qoladi, o‘sha paytda bu ayol butun Florensiyada eng sohibjamol, eng maftunkor ayollardan biri hisoblanardi. Mana, Federigo bu xonimning sevgisiga musharraf bo‘lmoq uchun poygalar va musobaqalarda qatnasha boshladi, uning sha’niga tomoshalar uyushtirdi, uni sovg‘a-salomlarga ko‘mib tashladi, aqchalarini orqa-o‘ngiga qaramay xarjladi va lekin qanchalik serlatofat bo‘lsa, shunchalik sersaxovat monna Jovanna uni deb qilinayotgan bu ishlarga e’tibor bermas va iltifotkor yigitga parvo ham qilmasdi. Xullas, Federigo garchi o‘zining topish-tutishiga qaramay, butun aqchasini mahbubasi kuyida hech ayamay sovursa ham, hech nimaga erisha olmadi, oqibatda, odatda bunday paytlarda bo‘lganidek, hamyonlari qoqlanib, qashshoqlashib qoldi, uning behisob mol-davlatidan faqat bir parchagina g‘aribona yeri qolgan edikim, endi u mana shu yeridan tushgan arzimas daromad hisobiga amal-taqal kun kechira boshladi, darvoqe, uning yana bitta lochini ham bo‘lib, jahonda bunga teng keladigan lochin yo‘q edi. Yigit monna Jovannani avvalgi paytdan ham ehtirosliroq seva boshladi, ammo shaharda yashashga va ilgari paytdagidek hayot kechirishga endi uning imkoni yo‘q edi, mana shu sababga ko‘ra u o‘zining o‘sha g‘aribona mulki joylashgan Kampiga ko‘chib o‘tdi va qush ovlash bilan mashg‘ul bo‘ldi; shunday bo‘lsa ham u hech kimdan ko‘mak so‘ramay, muhtojlikka bardosh berib yashay boshladi. Tasodifni qarangki, Federigo nihoyatda tang ahvolga tushib qolgan shu paytda monna Jovannaning eri xasta bo‘lib qoladi-yu, kuni bitganiga ko‘zi yetib, o‘limi oldidan vasiyatnoma yozadi. U o‘zining behisob mol-davlatiga, o‘sha paytda hali go‘dak bo‘lgan o‘g‘lini merosxo‘r deb e’lon qiladi, ammo ayni paytda vasiyatnomaga: basharti o‘g‘limning qazosi yetib o‘lib qolsa, o‘z pushtikamarimdan bo‘lgan o‘zga farzandim bo‘lmaganliga tufayli, butun boyligim jonimdan aziz bo‘lgan umr yo‘ldoshim monna Jovanna ixtiyoriga o‘tsin, deb ilova ham qiladi. Monna Jovanna beva qolgach, bizning xonimlar udumi bo‘yicha, har yili yozda o‘g‘lini olib, qishloqdagi o‘z mulkiga jo‘nab ketadigan va butun yoz faslini o‘sha erda o‘tkazadigan bo‘ldi: uning amloki Federigoning mulkiga qo‘shni bo‘lgani sababli, Federigoning qush va itlariga ishqiboz bo‘lib qolgan bola bora-bora Federigo bilan inoqlashib ketdi. U ko‘kda parvoz qilayotgan lochindan hech ko‘zini uza olmas edi, uning Federigoga havasi kelar, ammo uning o‘z lochinini eru ko‘kka ishonmasligini bilganidan, lochiningizni menga sovg‘a qiling, deb aytishga tili bormasdi. Mana, kunlarning birida bola kasal bo‘lib qoldi. Ona bundan qattiq tashvish cheka boshladi, axir onaning yakkayu yagona farzandi, binobarin uning joni-dili, suyangan tog‘i shu bola edi-da, u o‘g‘lining boshidan bir qadam ham nari ketmas, uning ko‘nglini ochishga urinib, hadeb, ko‘ngling nimani tusayapti, deb surishtirardi, baholi qudrat, hamma istaklaringni bajo keltiraman, derdi. Hadeb ona qistoqqa olavergandan keyin, axiri bola yuragini yozdi: “Oyijon! Menga Federigoning lochinini olib bering olib bersangiz, bir zumda tuzalib ketaman”, dedi. Ona o‘yga tolib, mulohaza qila boshladi. Ayol Federigoning ko‘p vaqtgacha uning ishqida yurganini, ammo boyaqish oshiqqa o‘zining qayrilib ham qaramaganini hali ham unutmagan edi. “Qanday qilib uning lochinini so‘rattiraman, lochiningni bolamga ber, deb aytishga qanday tilim boradi? –deb o‘zicha fikr yurita boshladi u . Aytishlariga qaraganda, bunaqa lochin olamda bittamish; boz ustiga, shu lochini uning kuniga yarab turipti. Bir diyonatli odamning yagona ovunchog‘ini tortib olish noinsoflik bo‘lmasmikin?”. Monna Jovanna o‘z iltimosining rad etilmasligiga qat’iy ishonardi-yu, illo, bunday iltimos bilan murojaat qilishga jur’at eta olmayotgan edi, shunga ko‘ra, o‘g‘liga nima javob qilishini bilmay, boshi gangib lol turardi. Baribir, axiri onalik mehri ustun chiqdi. Monna Jovanna o‘g‘lini xursand qilmoqchi bo‘ldi va buning oqibati qanday bo‘lishiga qaramay, lochinga odam yuborish niyatidan voz kechib, o‘zi Federigoning oldiga borishga ahd qildi. “Tinchlan, o‘g‘lim! dedi u. Ishqilib sen tezroq tuzalib ketsang bo‘lgani, ertagayoq lochinni olib kelishga so‘z beraman”. Bola shunchalik xursand bo‘lib ketdiki, hatto o‘sha kuniyoq ancha yengil tortib qoldi. Ertasiga ertalab monna Jovanna yoniga dugonasini olib, go‘yo sayr qilib yurganday, Federigoning kulbasi tomon yurib ketdi, uning eshigiga etib borishganda uni chaqirtirdi. O‘sha kuni ob-havo ov qilishga nobop edi; buning ustiga, Federigo shundoq ham bir necha kundan buyon ovga chiqmasdan, tomorqasida yer chopish bilan mashg‘ul edi. U monna Jovanna so‘rayotganini eshitib, bu xushxabardan esini yo‘qotayozdi va yugurganicha xonimning istiqboliga chiqdi. Monna Jovanna Federigoni ko‘rishi bilan viqorli iltifot bilan o‘rnidan turdi va Federigoning ehtirom bilan bergan salomiga alik olib bo‘lgach, gapida davom etdi: “Sen meni nihoyatda kuchli harorat bilan sevgan chog‘laringda, dilingni vayron qilib, senga ko‘p ozor bergan edim, endi shu qilmishlarim evaziga tovon to‘lagani keldim qoshingga. To‘lamoqchi bo‘lgan tovonim esa, shundan iborat: men o‘z dugonam bilan bugun senikida bir mehmon bo‘lmoqchiman”. Federigo ham unga kamsuqumlik bilan shunday javob ayladi: “Xonim, sizning menga biron yomonlik qilganingizni eslolmayman, aksincha: siz men uchun juda ko‘p yaxshiliklar qilgansiz; sizdagi ezgu fazilat shu qadar ulug‘ki, sizni sevmay ilojim yo‘q edi, oqibatda, aynan shu sevgi hissiyoti menga ezgulik baxsh etdi. Gaplarimga ishoning: kulbayi vayronamga qadam ranjidan qilganingizni ko‘rib quvonchdan boshim ko‘kka etdikim, bir vaqtlar sizning ko‘yingizda aqchalarimning hech hisobiga bormay, sarflab, sochish orqali musharraf bo‘lganim quvonchlardan ham behad yuksakdir bugungi quvonchim, holbuki, shuni eslatish kerak, siz bugun qashshoq odamning uyiga mehmon bo‘lib keldingiz”. Shunday deya u xijolatdan o‘zini qayoqqa qo‘yishni bilmay, ayolni uy ichidan bog‘chasiga olib o‘tdi, ammo mehmonning oldida o‘tiradigan hech kimi bo‘lmagani uchun unga shunday so‘zlar bilan yuzlandi: “Xonim! Mening oilam yo‘q, shunga ko‘ra, siz bilan mana bu saxovatli ayol, xizmatkorimning xotini o‘tirib turadi, men esam, borib dasturxon tuzashni buyuray”. Federigo o‘zining nihoyatda nochor ahvolda yashayotganiga qaramay, shu paytgacha negadir biror marotaba ham ne boisdan o‘z mol-davlatimni bu qadar beparvolik bilan sovurdim-a, deb o‘ylab ham ko‘rmagan edi, faqat mana shu bugun, mehmonning, bir vaqtlar uning sevgisiga musharraf bo‘lish uchun behisob odamlarga ziyofat bergan e’zozli mehmonining oldiga qo‘yish uchun uyida hech nima topa olmagach, o‘zining qanday mushkul ahvolga tushib qolganini yaqqol tasavvur qildi. Uning judayam ruhi tushib ketdi, o‘zining sho‘rpeshonaligidan nolib, nima qilishga boshi qotib qoldi va uy ichida zir yugura boshladi uning na aqchasi, na garovga qo‘yish uchun biron buyumi bor edi, vaqt ham bir yerga borib qolgan, va lekin muhtarama xonimni biron nima bilan mehmon qilishni jonu dildan xohlardi, ammo yordam so‘rab biron odamga, hattoki, o‘z xizmatkoriga ham murojaat qilishga iymanardi, mana shu g‘oyatda mushkul paytda uning ko‘zi jonidan aziz ko‘ruvchi lochinga tushdi, lochin shu erda, hujrada qo‘ndoqda o‘tirardi. Hech bir iloj topa olmagan Federigo lochinni qo‘ndoqdan olib, uning badanini paypaslab ko‘rdi lochin xiylagina semiz bo‘lib, bunday nufuzli xonimni ziyofat qilishga yarardi. Federigo ortiq o‘ylab-netib o‘tarmasdan, lochinning bo‘ynini shartta uzdi va shu zahoti oqsochiga uning patini yulishni, ichlarini tozalashni va sixga tiqib, yaxshilab kabob qilishni buyurdi. Stolga esa, avvalgi dabdabali hayotdan nishona qordek oppoq dasturxon yozdirdi, so‘ng bog‘chada o‘tirgan xonim qoshiga quvnoq chehra bilan chiqib keldi-da, dasturxon mehmonga muntazir ekanligini aytib, topgan-tayanganimizni baham ko‘rgaysiz, dedi. Xonim bilan uning dugonasi stol tegrasiga o‘tirishib, ularni “oling-oling”, deya mehmon qilayotgan Federigo bilan birgalikda noyob lochinning go‘shtini yeb yubordilaru, ammo nimaning go‘shtini tanovul qilganlarini bilmadilar. Nihoyat, dasturxon ham yig‘ishtirildi, ovqatdan so‘ng, bir oz vaqt o‘tirishdi, ana shundan keyin, mehmon ayol o‘z tashrifining sababini bayon qilish payti etganini tushunib, Federigoga iltifotli nigoh tashlagancha, shunday deya gap boshladi: “Federigo! Sening o‘tmish hayoting hanuz yodingda bo‘lsa kerak, albatta, shuningdek, mening beg‘arazligimni ham unutmagandirsan, shunga ko‘ra, aslo shubha qilmaymanki, hozir uyingga qanday sabab bilan kelganimni eshitib, sen albatta mening bu jur’atimdan taajjublanasan. Ammo aminmanki, agarda sening ham bolalaring bo‘lganida, farzandga bo‘lgan mehr nimaligini bilganingda, mening bu jur’atimni qoralamagan bo‘larding. Lekin senda farzand yo‘q, mening esa, o‘g‘lim bor, binobarin, men ham barcha onalarga xos bo‘lgan xislatlarga moyildirman: shunday qilib, men baski, barcha onalar qismatiga sherik ekanman, o‘z ixtiyorimga zid o‘laroq va odob doirasidan chiqishga majbur bo‘lib, sendan, bilishimcha, sen uchun eng aziz bo‘lgan narsani so‘rashga majbur bo‘lyapman, uning sen uchun ne boisdan bunchalik qadrli ekanini yaxshi tushunaman: sening achchiq qismating bu yorug‘ jahonda shundan bo‘lak hech qanday ovunchoq, hech qanday ko‘ngilxushi, hech qanday halovat qoldirmagan senga. Xullas, menga lochiningni tortiq qilishingni o‘tinib so‘rayman: bolam lochiningni shu qadar yaxshi ko‘rib qolibdiki, agar uni olib bormasam, bunga chidolmay o‘lib qolishi mumkin. Shu boisdan, menga bo‘lgan muhabbatingni o‘rtaga qo‘yib emas, zero, u muhabbat seni hech nimaga majbur eta olmaydi, balki, sening hozirgi sahovatingda namoyon bo‘lgan olijanob qalbing himmatiga iltijo qilib, aytaman: xudo xayringni bersin lochiningni menga hadya et, shu ezgu ishing bilan o‘g‘limning dardini aritasan, o‘zim bo‘lsa to o‘la-o‘lgunimcha haqqingga duo qilib o‘taman”. Federigo mehmonning iltimosini tinglab, unga nafi tegolmasligini angladi(zero, lochin hazm bo‘lib ketgan edi) va javob berish o‘rniga yig‘lab yubordi. Mehmon xonim esa, Federigo lochinini ko‘zi qiymayapganidan yig‘layotgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladi va lochining o‘zingga buyursin, deb aytishga og‘iz juftlagan edi, ammo keyin yana Federigoning yig‘idan to‘xtab, beradigan javobini kutishni ma’qul ko‘rdi, Federigo ham yig‘idan to‘xtab, shunday dedi: “Xonim! Xudoning irodasi bilan butun ishqiy armonlarimni sizga qaratgan paytimdan buyon, iqbolim hech kulmadi-kulmadi va mudom o‘z badbaxtligimdan nola qilib keldim, ammo shum toleimning shu choqqacha menga bergan jamiki zarbalari bugungi zarbasi oldida pashsha chaqqanchalik ham alamli emasdir bugundan e’tiboran to o‘la-o‘lgunimcha, sizning g‘aribona kulbamga qilgan bugungi tashrifingiz(holbuki, badavlat hayot kechirgan paytlarimda menga qayrilib ham qaramagan edingiz), mendan arzimagan narsa so‘raganingiz va men, falakning taqozosi bilan iltimosingizni ado etishdan bosh tortishga majbur bo‘lganim yodimga tushishi hamonoq o‘z badbaxt qismatimdan to abad zorlanaveraman; nega bosh tortishga majbur bo‘lyapman men buning sababini hozir sizga qisqa qilib tushuntirib beraman. Sizni muruvvat aylab mening kulbamda mehmon bo‘lishga ixtiyor qilganingizni bilganim zahoti men sizning jamoa orasidagi mavqeingizni va xuddi shuningdek, beadad fazilatlaringizni e’tirof etgan holda, sizni hammaga ham muyassar bo‘lavermaydigan g‘oyatda noyob taom birla mehmon qilishni o‘zim uchun ham farz, ham qarz deb bildim. Shunda, siz iltimos qilayotgan lochin esimga tushdi, uning go‘shti ta’mini o‘zimcha tasavvur qilib ko‘rdim-da, bunday taom bilan sizdek zorni mehmon qilsa uyat bo‘lmaydi, deb o‘yladim va ul qushni bundan ulug‘vorroq ishga ishlata olmasligimni tushunib, uni qo‘rda pishirib dasturxonga qo‘yishni buyurdim. Endi bilsam, lochin sizga tirik holda kerak ekan, oqibat, sizga yaxshilik qila olmaganimdan o‘zimni shu qadar gunohkor his qilyapman, shu darajada behud bo‘lyapmanki, endi to o‘la-o‘lgunimcha o‘zimni kechirmayman”. Shundan keyin u o‘z aytganlarini isboti o‘laroq xonimning oyoqlari tagiga lochinning patlari, panjalari va tumshug‘ini to‘kishni buyurdi. Mehmon xonim bularni ko‘rib va bo‘lgan voqeani eshitib, bittagina ayolni mehmon qilaman, deb shunday ajoyib lochinni so‘ygani uchun Federigoni koyidi, va lekin hattoki, qashshoqlik ham g‘ov bo‘la olmagan uning vallomatligini botinan yuksak qadrladi. U izzat-ikrom bilan kutib olib, mehmon qilgani uchun Federigoga minnatdorchilik bildirib, uyiga endi lochinsiz qaytishidan va ehtimolki, bundan o‘g‘lining dardi og‘irlashishidan g‘am chekib, uy sohibi bilan xo‘shlashdi-da, uyiga, o‘g‘li qoshiga qaytib bordi, o‘g‘li esa, yo endi lochini bo‘lmasligidan iztirob chekkani tufayli, yoxud bedavo dardga chalinganligi sababli oradan bir necha kun o‘tgach, onasining yuragini vayron qilib, olamdan o‘tdi. Monna Jovanna o‘g‘lining kuyida uzoq vaqt ko‘z yosh qilib, aza tutib yurdi, lekin uning og‘a-inilari, shunday davlatmand va hali yosh juvonning umrini bevalikda o‘tkazishi yaxshi emas, degan mulohazaga borishib, uni ikkinchi marta turmush qurishga qo‘yarda-qo‘ymay unday boshladilar. Ayolning bunga xohishi yo‘q edi, ammo og‘alari uni hech tinch qo‘yishavermagach, xayoliga Federigo keldi, u chindanam juda ajoyib va qalbi pok inson edi, axir o‘shanda u meni mehmon qilish uchungina shunday bebaho lochinining ham bahridan kechgan ediya, deb ko‘nglidan o‘tkazib, og‘alariga bunday dedi: “Agarda meni bunchalik qistoqqa olmaganingizda, umrimni bevalikda o‘tkazishni afzal ko‘rgan bo‘lardim, baski, sizlar meni erga tegishimni judayam xohlar ekansizlar, unda, men Federigo deli Alberigidan bo‘lak hech kimga turmushga chiqmayman”. Og‘alari uni mazax qilib kulishdi: “Tentak! deyishdi ular. Nimalar deyapsan o‘zi? Axir uning sariq chaqasi ham yo‘q-ku!”. Ayol esa ularga bunday javob qildi: “Buni, men og‘ajonlar, sizlardan yaxshi bilaman, ammo mening tushunishimcha, erkakka muhtoj aqchadan, aqchaga muhtoj erkak afzal”. Ayolning og‘alari Federigoni garchi miskin bo‘lsa ham diyonatli kishi ekanligini bilishardi, shunga ko‘ra singillarining istagiga to‘sqinlik qilmay, ularning boshini qo‘shib qo‘ydilar. Federigo xotini uchun behisob sep oldi. Shunday qilib u o‘zi sevgan ayolga uylanib, shu ayol tufayli yana boy-badavlat kishiga aylanibdi, serg‘ayrat sohib bo‘lib, o‘z mahbubasi bilan saodatli umr kechiribdi. Dekameronning beshinchi kuni tugab, oltinchi kuni boshlanmoqda. Elissa hokimalik qilgan ushbu kunda kitobxon e’tiboriga, birovlar mutoyibasidan qattiq ranjigan odamlarning dilozorlardan xuddi shu yo‘sinda o‘ch olgani yoinki hozirjavoblik va topqirlik bilan javob qaytarib, judolikka, xavfxatarga va badnomlikka barham bergani haqidagi hikoyatlar havola etiladi. Qirolicha, Emiliyaning o‘z burchini o‘tab bo‘lganini va oxirgi bo‘lib hikoya qilish huquqini olgan odamni istisno qilganda, o‘zidan boshqa hamma gapirib bo‘lganini ko‘rib, shunday hikoya qilishga kirishdi: Maftunkor xonimlar! Bugun siz hikoya qilgan qissalardan, yo‘q deganda, ikkitasini men sizlarga so‘zlab bermoqchi edim, lekin bisotimda yana bitta asrab qo‘ygan qissam bor, uning nihoyasida aytilgan so‘zlar g‘oyatda teran ma’noliki, men hali hech qachon bunday bama’ni gapni eshitmaganman. Alqissa, sizlar bilishingiz kerak, bir zamonlar bizning shahrimiz o‘zining juda ajoyib va tahsinga loyiq rasm-tamoyillari bilan dovrug‘ qozongan edi, lekin o‘sha ibratli taomillardan birontasi ham hozir saqlanib qolmagan, bunga sabab pulga ruju qo‘yishdan bo‘lak narsa emasdirkim, odamlar boyigan sari, bu illat ham tobora rivoj topa boshladi va oqibat eski urf-odatlarga butkul zavol etkazdi. O‘sha rasmtamoyillar orasida shahrimizda “gap yeyish”ga o‘xshash bir odat bor edi: birbirlariga qo‘shni bo‘lib yashovchi aslzoda florensiyaliklar hamjihat bo‘lishib, jamoa tuzishar, bu jamoaga ma’lum miqdorda odam a’zo qilinib olinardi, a’zo bo‘lganlar jamoa uchun aqchasini ayamaydigan kishilar bo‘lishi va joriy qilingan nizomga binoan, bugun bittasi, ertaga ikkinchisi, xullas, hamma a’zolar navbatmanavbat o‘zlari uchun tayinlangan kunda butun jamoa a’zolari o‘z uylariga ziyofatga taklif qilishi shart edi, shu bilan birga, ular aksari paytlarda xorijiy aslzodalarni, shuningdek, boshqa shaharlik kishilarni ham ziyofatga taklif etardilar. Bundan tashqari, jamoa a’zolarining barchasi yilda bir marta bir xilda yasanib kiyinishar, ulug‘ ayyom kunlarida, shahar ko‘chalarida birgalikda otda sayr qilishar, vaqti-vaqti bilan, asosan katta hayit paytlarida yoki g‘alabadan yoinki shunga o‘xshash biron voqeadan darak beruvchi xushxabarlar olingan paytlarda poyga musobaqasi uyushtirardilar. Shunday jamoalardan biri messer Betto Brunelleskining jamoasi bo‘lib, uning o‘zi ham jamoa a’zolari ham, Kavalkante de Kavalkantening o‘g‘li Gvidoni o‘z davralariga jalb qilishga urinib yotardilar, illo, ularninng bu urinishlari bejiz emas edi: Gvido juda o‘tkir mantiqdon va mashhur tabiat faylasufi edi, lekin uning aynan shu xislatlarini jamoa a’zolari unchalik qadrlamasdilar, bil’aks, Gvidoning dilbar yigit ekanligi, so‘zamol, dayonatli ekanligi ularni o‘ziga rom qilgan edi, u qay ishga qo‘l urmasin, vale u faqat diyonatli odamga xos ishlargagina qo‘l urardi, hamma ishni ham a’lo darajada bajarardi; bunga ilova o‘laroq, u benihoya davlatmand edi, o‘zi uchun hurmatli bo‘lgan odamlarni u shunday e’zozlardiki, buni ta’riflashga til ojizlik qiladi. Shunga qaramay, messer Betto baribir o‘z niyatiga yeta olmadi; yetolmaganining boisi, uning o‘z shaxsiy fikri va shuningdek, sheriklarining fikricha, Gvidoning o‘z hayollariga g‘arq bo‘lib yolg‘iz yurishni yaxshi ko‘rgani, ya’ni odamovi bo‘lib yurishi edi. Gvido ma’lum darajada epikurchilar muxlisi bo‘lgani tufayli, avom xalq uning odamoviligi haqidi, paqqos xudoning yo‘qligini isbot qilish ustida fikr yuritsa kerak bu odam, deb o‘ylardi. Kunlardan bir kun u Karso deli Adimaridagi Orto San Mikeledan chiqib, San Jovanni tomonga qarab yo‘l oldi, u mudom shu yo‘ldan yurardi, o‘sha mahallarda San Jovanni atrofida marmardan tiklangan mahobatli va boshqa har xil dahmalar juda ko‘p bo‘lardi, endi bo‘lsa, ular Santa Reparataga joylashgan, xullas, bu erda porfir ustunlar ham, o‘sha dahmalar ham, San Jovannining berk eshiklari ham muhayyo edi, shu payt Santa Reparata maydonidan messer Betto o‘z oshnalari bilan ot ustida o‘tib keta boshladilar; ular dahmalar orasida aylanib yurgan Gvidoni ko‘rib qolishib, bir-birlariga shunday dedilar: “Kelinglar, bir jig‘iga tegamiz!”. Gvido atrofidagi voqealardan g‘ofil bo‘lib, ketib borardi, otliqlar esa, otlarini jadallatib, uni naq bosib olmoqchi bo‘lganday tepasiga ot qo‘yib borib, unga yetganda otlarini to‘xtatdilar va gap qotdilar: “Gvido! Sen biz bilan ulfatchilik qilishdan yolg‘izlikni afzal etgan taqdiringdi ham undan senga nima naf tegadi?”. Gvido o‘zining chor atrofdan qurshab olinganini ko‘rib, shartta: “Sin’orlar! Siz o‘z uyingizda menga har qanday gapni aytishga haqingiz bor”, dedi-yu, qo‘lini shu yerdagi dahma boshiga qo‘yib, garchi u xiyla baland bo‘lsa ham, ustidan misoli qushday yengil sakrab, narigi tomonga tushdi va hamsuhbatlari yetolmaydigan yerga o‘tib olgach, o‘z yo‘lida ketaverdi. Otliqlar avvaliga hayron bo‘lishib bir-birlariga qarashdi, keyin, Gvido esidan og‘ib qolgan bo‘lsa kerak, uning bu gapida hech qanday ma’ni yo‘q, deb gapira boshlashdi; zero, hozir ular turgan yer na ularga va na biron-bir shaharlikka qarashli edi, qaytaga bu erga Gvido ko‘proq da’vo qilishi mumkin, deb aytishdi. Va lekin messer Betto ularga bunday dedi: “Baski, Gvido aytgan gaplarning ma’nisiga tushunmabsiz, o‘zingiz esingizdan oqqansizlar: axir u ikki og‘iz so‘z bilan nazokatli iboralarda bizni nihoyatda qattiq tahqirladi-ku. U aytgan so‘zlarning mag‘izini chaqing, o‘shanda hamma gapga tushunasiz: mana bu dahmalar o‘liklarning uylari, zero bu yerga o‘liklar jasadi qo‘yiladi va ular shu dahmalarda yotadi; Gvido esa, bizni, boshqa barcha nodon va notavonlar singari, unga va ahli ma’rifatga nisbatan– o‘likdan ham beshbattar deb hisoblab, ushbu dahmalarni bizning uyimiz ekanligiga shama qildi, demoqchiki, biz bu yerda o‘z uyimizdamiz”. Gvidoning nima demoqchi bo‘lganini nihoyat tushungan hamrohlar bu gapdan qiattiq xijolat tortishibdi va o‘shandan keyin Gvidoga hech tegajaklik qilmaydigan bo‘lishibdi, messer Bettoni esa, ular farosatli va idrokli odam deb e’tirof etgan ekanlar. Fransuz gumanizmining yirik namoyondasi bo‘lgan yozuvchi Shinonda tavallud topgan. Yoshlik yillarida monastirda diniy bilimlar bilan bir qatorda qadimiy yozuvlar va xuquqqa oid risolalarni o‘rgandi. Ma’lum bo‘lmagan sababga ko‘ra, monastirdan ketib, meditsinani o‘rgana boshlagan va 1532-yili Lion gospitalining vrachi lavozimida ishlay boshlagan. Fransua Rable tibbiyot, huquqshunoslik, arxeologiyaga oid bir qator ilmiy asarlar muallifi. Yozuvchi sifatida “Gargantyua va Pantagryuel” romani bilan shuhrat qozondi. Romanni yozishga 1532-yili Lionda chop etilgan “Gargantyuaning buyuk va bebaho xronikasi” nomli xalq kitobi turtki bo‘ldi. Shu yili Rablening “Buyuk dev Gargantyuaning o‘g‘li, dipsodlar qiroli shavkatli Pantagryuelning dahshatli ishlari va qahramonliklari” kitobi yozildi. Yozuvchi xalq kitobidagi sxemani saqlab qolib, undan ko‘plab obrazlar va syujet motivlarini oldi. Shu bilan birgalikda epopeyaga Pantagryuelning do‘sti va hamrohi Panurg obrazini olib kirdi. 1534-yili yozuvchi o‘zining “Pantagryuelning otasi buyuk Gargantyuaning dahshatli hayoti” nomli asarini e’lon qildi. Roman epopeyaning birinchi kitobi sifatida yozilgan bo‘lib, yozuvchi manbadan ba’zi motivlarini shlatgan xolda, asosan o‘z ijodiy fantaziyasiga tayandi. Asarda eski tarbiya usullari tanqid qilinadi va unga gumanistik pedagogika qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘g‘irlangan qo‘ng‘iroqlarni qaytarib berishni so‘rab nutq so‘zlagan magistr Ianotus de Bragmardoning nutqi “sarbonnachilar”ning balandparvoz ritorikasiga parodiyadir. Shundan so‘ng Pikrokolning bosqinchilik rejalari feodallar, qirollar va feodallar urushlari tanqid qilinadi, satira ostiga olinadi. Urush fonida jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik, hayotga ishonch ramzi sifatida ruhoniy monax Jan og‘a paydo bo‘ladi. Roman Janning rejasi asosida barpo etilgan Telem abbatligining ochilishi bilan yakunlanadi. Bu erga odil va oqil, madaniyatli, ozod shaxslar to‘planadilar. “Pantagryuelning qahramonona hayoti haqidagi 3-kitob” 1546-yili paydo bo‘ldi. U oldingi kitoblardan anchayin farq qiladi, chunki bu paytga kelib qirol Fransisk I ning siyosati o‘zgargan edi. Reaksiya g‘alaba qozondi. Erkin fikrlovchilar va kalvinistlar ta’qib ostiga olingan edilar. Kitobda Pantagryuel tomonidan zabt etilgan dipsodlar mamlakatidagi tinch, osoyishta hayot ko‘rsatilgan, ya’ni unda zamonaning bosqinchilik siyosatiga antitezani ko‘rish mumkin. Shundan keyin o‘z mulklarida uch yillik daromadni ikki hafta ichida sarf qilib yuborgan Panurgning sarguzashtlari hikoya qilinadi. So‘ngra har qanday voqealarga yakun yasaladi va asosiy o‘ringa botanika, tibbiyot, huquq haqidagi suhbat va mulohazalar chiqadi. Bu suhbat va mulohazalarga Panurgning uylanish yoki uylanmaslik haqidagi ikkilanishlari sabab bo‘ladi. Bu suhbatlar jarayonida Panurg aqlli gap ayta olmaydigan turli “faylasuf”lar, barcha masalalarni suyak tashlab xal qiluvchi sudya Bridua bilan uchrashadi. 1548 yili 4-kitob yozilib, to‘rt yildan keyin esa uning kengaytirilgan varianti paydo bo‘ldi. Romanda Panurgning Xitoyga safari haqida hikoya qilinadi. Kitobda diniy fanatizmni qo‘llab-quvvatlovchi, ya’ni qirol siyosati tanqid ostiga olinadi. Roman yozuvchi qo‘lyozmalari asosida do‘stlari tomonidan nashrga tayyorlangan bo‘lib, unda Panurg sayohatining nihoyaga etishi haqida hikoya qilinadi. Rable o‘z romani bilan badiiy realizmni yanada kengaytirdi va chuqurlashtirdi, fransuz tilini rivojlantirishga katta xizmat ko‘rsatdi. “Gargantyua va Pantagryuel” fransuz Renessansining eng demokratik asari xisoblanadi. Adibning keyingi davr yozuvchilariga ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir Moler, Lafonten, Lesaj, Volter, Balzak, A.Frans, ilhomlanganlar, ijodiga murojaat qilganlar. Suqrot mashhur Yunon donishmandi bo‘lgan. Uni silenga o‘xshatganlar. Silen deb esa qadim zamonlarda boy kishilar qimmatbaho buyumlarni solib qo‘yadigan qutini ataganlar. Qutining usti har xil narsalarning: shoxli quyon, egarlab qo‘yilgan o‘rdak, uchmoqchi bo‘lib qanotini yozayotgan echkilarning rasmi bilan bezatilgan... Ular shunday qiziqarli qilib ishlanganki, qaragan kishi beixtiyor jilmayadi. Lekin uning ichida qimmatbaho narsalar turgani kishining xayoliga kelmasdi. Holbuki, boylar oltin uzuk, marjon, har xil qimmatbaho toshlarni, yalpiz, kardamon(hil zanjabilgullilar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simlik va uning dorivorsifatida ishlatiladigan urug‘i), mushk singari xushbo‘y dorivorlarini uning ichida asraganlar. Suqrotni ana shu silenga o‘xshatganlari bejiz emas. U ko‘rinishda kulgili beso‘naqay bir chol bo‘lgan. Burni kartoshkadek, ko‘zlari xo‘kiznikiga o‘xshab chaqchaygan, bir ahvolda kiyingan, doim piching qilib yurgan, nuqul jilmayib o‘tirgan. Xullas, bundoq qarasang, tentakning o‘zginasi bo‘lgan. Tentakdan nima ham kutib bo‘lardi. Lekin birinchi qaraganda shunday ko‘rinardi, haqiqatda esa u olamdagi eng donolar donosi bo‘lgan. Hazillashib kulib turib, o‘sha vaqtda kishilarning yetti uxlab tushiga kirmaydigan qimmatli gaplarni aytgan. Suqrot, bundan tashqari, hamma vaqt quvnoq, hamma vaqt xotirjam, og‘ir tabiatli bo‘lgan. Odamlar mashaqqat tortib, dengizlarda suzib, jang qilib qo‘lga kiritadigan boylikka u befarq qaragan... Bunday uzundan-uzoq gaplarning nima keragi bor, dersiz. Shuning uchun gapiramanki, do‘stlarim, bu kitobda yozilganlar hazil yoki ertakdan boshqa narsa emas ekan, deb o‘ylamang. Kiyimiga qarab odamga baho berib bo‘lmasligini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Hazilnamo yozilgani uchun kitobimni kamsitmang. Ertakka o‘xshasa o‘xshar, lekin anchagina jiddiy gaplari ham bor, uqib oling. Axlat orasidan ilikli suyak topgan itni ko‘rganmisiz? It suyakni qanchalik saqlab, ehtiyot qilayotganiga, qanday tishlab g‘ajib, avaylab shimayotganiga qarang. Nega u shuncha mehnat qiladi? Iflos suyakni topib olib, behudaga urinadimi it? Yo‘q, behudaga emas, iligini shimiydi u. Ilik juda ham mazali bo‘lishini hamma biladi. Qadrdon do‘stlarim, sabr-qanoatda, fahm-farosatda sizlarning shu itga qoyil qolishlaringizni istardim: oldin yaxshilab o‘qib ko‘ring, keyin, bo‘sh vaqtingizda kitobimning mag‘zini chaqing. Xullas, o‘qing, do‘stlarim! Kitobimni o‘qib, maza qilib dam oling. Lekin, jinnivoylar, kitobimni o‘qib chiqqandan keyin meni ham unutmang, hurmat bilan eslab qo‘ying. Birinchi qism PANTAGRYUELNING OTASI BUYUK GARGANTYUANING AJOYIB BOTIRLIKLARI I bob Gargantyuaning tug‘ilishi Devqomat Granguze(fransuzcha “katta bir yutum” ma’nosini beradi) juda ham xushchaqchaq va o‘ta xo‘randa odam edi. Omborida tuzlangan va dudlangan go‘shtlar, kolbasalar, ikra va sosiskalar tog‘-tog‘ bo‘lib uyulib yotardi. Yoshi anchalarga borib qolganda u Gargamel degan xushro‘ygina barvasta qizga uylandi. Bir yildan keyin ular o‘g‘il ko‘rib, otini Gargantyua qo‘ydilar. Shu Gargantyua keyinchalik Parij Bibimaryam ibodatxonasining qo‘ng‘irog‘ini uzib oldi, dahshatli jangda qirol Pikrokolni qoyil qilib engdi. O‘g‘il ko‘rishi sharafiga Granguze katta ziyofat berdi. O‘sha o‘lkalarda hech qachon bunchalik katta ziyofat bo‘lmagan edi. Shunda 367014 ta so‘qimni so‘yib, bahorga tuzlab ham qo‘yishdi. Bunaqa paytda ichak-chavoq mo‘l bo‘lmaydimi mazasi og‘izda qoladigan qilib rosa qovurishdi. Bularni darhol yeb tugatish kerak bo‘lgani uchun okrugdagi hamma yosh-yalanglar taklif qilindi. Ular yeb-ichishni yaxshi ko‘radigan, serzavq, kegli o‘ynashga ishqiboz yoshlar edilar. Ziyofat juda katta bo‘ldi. Shishalar bo‘shayverdi, go‘shtlar laqqa-laqqa yutilaverdi, stakanlar, qadahlar betinim urishtirib turildi. Yeb-ichishda bir-biridan qolishishmadi, Granguzening o‘zi quvonchidan rosa o‘n olti bochka, ikki paqir, olti xumchadagi ovqatni yeb qo‘yganini sezmadi. Qorni rosa qappaydi! Ziyofatdan keyin hamma chakalakzorga jo‘nadi, u yerda qo‘shnay bilan surnayga jo‘r bo‘lib ashula aytishdi, raqs tushishdi. O‘yrn-kulgi ayni avjiga chaqqanda Granguze o‘g‘lining chinqirganini eshitib qoldi. unga “Gargantyua” deb ot qo‘yamiz, - deyishdi mehmonlar. Bu ism Granguzega ham juda ma’qul tushdi. Bolani tinchitish uchun unga uzumdan qilingan vino berdi. Keyin cherkovga olib borib, xristian odaticha cho‘qintirib ism qo‘ydi. Gargantyua yo‘rgakdan chiqqach, unga chiroyli aravacha yasab berishdi. Bu aravachani ho‘kizlar tortib yurishar, o‘tgan-ketganlar bu bahaybat chaqaloqqa qarab hayron bo‘lishardi. Hayron bo‘lishganida ham gap bor edi! Gargantyuaning qat-qat baqbaqasi hammaning diqqatini tortardi. Gargantyua juda kam yig‘lar, lekin og‘zidan ovqat arimasdi. Ko‘p o‘tmay Gargantyuaga chiroyli kiyim-bosh tikishdi. Balki qancha mato ketganini bilgingiz kelayotgandir? Anig‘ini aytishim mumkin, buni qadimiy kitoblarda yozib qoldirishgan. Ko‘ylagiga 900 gaz eng yaxshi fransuz gazlamasi, qo‘ltiqlarining ostiga 200 gaz xilma-xil laxtak sarflandi. Ishtonining pochalarini yo‘l-yo‘l qilib tikishdi, bu esa bolaning bo‘ybastiga, chiroyli oyoqlariga juda yarashib tushdi. Gargantyuaning boshmog‘iga 406 gaz zangori baxmal sarflandi. Tag charmiga mingta ho‘kizning terisi zo‘rg‘a yetdi. O‘sha paytdagi modaga ko‘ra boshmoqning uchlarini ingichka qilib tikishdi. Kamzuliga 1800 gaz zangori baxmal ketdi, bu baxmalning gardiga zarrin yaproqlar tikilgandi. Belbog‘ini 300 yarim gaz shoyidan qilishdi. Fil terisidan hamyon, baxmaldan shlyapa tiktirishdi. Shlyapaga suv qushlarining patidan qilingan jig‘a qadaldi. Gargantyuaga qo‘lqop tiktirish uchun o‘n olti jinning terisini shilishga to‘g‘ri keldi. Bu teridan qo‘lqopni ham ajoyib qilib tikishdi. Ko‘rib turibsizki, Gargantyuaning kiyimlari ikki xil rangda: oq va zangori edi. Bu bilan Granguze o‘g‘lining tug‘ilishi samoviy quvonch ekanini ifodalamoqchi bo‘lgandi. Oq rang quvonchni, baxtni, xursandchilikni ifodalaydi, zangori rang esa samoviylikni. Bu satrlarni o‘qib turib: “Bu chol nimalar deb valdirayapti o‘zi”, deb mendan kularsiz ham. Nega endi oq va zangori ranglar samoviy zavq-shavqni ifodalarkan dersiz. Kulsangiz kulavering. Men sizlarga to‘g‘ri gapni aytyapman. Qadimgi xalqlarda oq rang xursandchilikni, qora rang esa g‘am-g‘ussa ifodasi bo‘lganini bilasizmi? Qadimgi Yunonlar o‘zlarining baxtiyor kunlarini oq tosh bilan, g‘ussali kunlarini esa qora tosh bilan belgilaganlar. Rim sarkardalari g‘alaba qozonganlarida uyga oq ot qo‘shilgan aravalarda qaytganlar. Oq rang quvonchni ifodalashi shundan ham aniq-ku! Zangori rang qanaqaligini osmonga qarab bilasiz. Ko‘rdingizmi, demak, zangori rang samoviy rang: oq bilan zangori ranglar qo‘shilib, samoviy xursandchilikni ifodalaydi. Gargantyua uch yoshidan besh yoshiga qadar hamma bolalar singari tarbiyalanib o‘sdi. Boshqalarga o‘xshab edi, ichdi, uxladi; uxladi, edi, ichdi; uxladi, ichdi edi. Yana nimalar qilganini bilgingiz keladimi? Sizning ijozatingiz bilan hozir aytib beraman. Har kun qumga ag‘anadi. Burnini loy qildi. Esnadi, yotdi. Hamma yerga burnini suqib ko‘rdi. Yog‘och boshmog‘ini g‘ajib, tishini qayradi. Sho‘rvaga qo‘lini yuvdi. Stakan bilan boshini qashidi. Ikki stul orasida o‘tirdi. Sovun ko‘pigidan pufak qilib uchirdi. Tekkanga tegib, tegmaganga kesak otdi. Xullas, huzur-halovatda yashadi. Yana nimalar qildi, deysizmi? Yalqovlanib yotdi. O‘z qo‘ltig‘ini qitiqladi. G‘alvir bilan suv shopirdi. Uchib o‘tayotgan turnalarni tutdi. To‘qlikka sho‘xlik qildi. Go‘sht o‘rniga bolta solib sho‘rva qaynatdi. Hamma narsaga parvoyi palak edi! Shunaqa! Chavandozlikni o‘rgansin deb unga katta yog‘och ot sovg‘a qilishdi. Gargantyua uni minib yugurtirdi, lo‘killatdi. Uni tuyaga, eshakka o‘xshab yurishga majbur qildi. Vaqti-vaqti bilan otining tusini ham o‘zgartirib turdi. Otni goh to‘riq, goh jiyron, goh qashqa, goh chavkar, goh saman rangiga bo‘yab ming xil kuyga soldi. Hatto to‘nka unga ov oti bo‘ldi, bo‘sh bochkani esa u yoq-bu yoqqa minadigan ot qilib oldi. Bulardan tashqari, uning o‘n ikkita har xil oti, yettita pochta oti ham bor edi, kechasi bularning hammasini karavoti yoniga keltirib qo‘yardi. Rostini aytsam, o‘sha kuni hamma yoqqa odam tiqilib ketdi. Hatto otxonaga otlar sig‘madi. Penansak janoblarining a’yonlari otlarini joylashtirolmay rosa xunob bo‘ldilar. so‘raganlarida, Gargantyua: Gargantyua mehmonlarni zinapoyadan chiqarib, zal orqali bosh galereyaga, minoraga olib bordi. Yaxshisi o‘zidan so‘raylik-chi. yetib qoldik, faqat mana bu zinapoyadan chiqish qoldi. Shunday deb, u mehmonlarni yog‘och “otlari” turgan xonaga boshlab kirdi. venger zotidan, bunisi yo‘rg‘am. Gargantyua katta bir to‘nkani mehmonlarga tomon surib: olgandim. Judayam yaxshi ot, maza qilasizlar, - dedi. bosh xizmatkor qotib-qotib kulib. bersin, mahmadona janoblari, gapga ham juda chechan ekansiz. Shundan keyin ular mehmonlar ovqatlanayotgan zalga tushdilar. U yerda hozir bo‘lib o‘tgan voqeani aytib, hammani rosa kuldirishdi. Mehmonlar shunday kulishdiki, yorilib ketishlariga sal qoldi. Gargantyuaning xotini devqomat Badebek o‘g‘il tug‘di-yu, o‘zi vafot etdi. Sho‘rlik xafa bo‘lishini ham, xursand bo‘lishini ham bilmasdi. yig‘lasam ham g‘ussam ado bo‘lmaydi; mehribon xotinimdan judo bo‘lib qoldim. Oh, bechora o‘g‘ilginam Pantagryuel, onajoningdan ayrilib qolding, o‘g‘ilginam! Gargantyua ho‘kizdek bo‘kirib yig‘layverdi. To‘satdan, Pantagryuel esiga tushdi shekilli, zavqlanib ketib, kulib yubordi: qo‘zichog‘im! Chiroyligina, do‘mboqqana, quvnoqqina o‘g‘il bergani uchun xudoga ming qatla shukur! Ha-ha-ha! G‘am-g‘ussalar daf bo‘la qolsin! Ichamiz! Eng yaxshi vinodan olib kelinglar! Stakanlarni yuvib, dasturxon yozinglar, itlarni haydab yuboringlar, kaminlarni yoqinglar! Gadoylarga xayr-ehson qilinglar! Plashimni yechib, kurtkada yayrab bir ovqatlanay! Qani, tezroq vino olib kelinglar! Pantagryuel esa beshigida menga qachon sut berarkinlar, deb mo‘ltillab yotardi. U har kuni ertalab 4600 sigirdan sut emardi. Pantagryuel onasi yo‘qligi uchun sigirlarni to‘ppa-to‘g‘ri emaverardi. Bir kuni sigirlarni uning oldiga olib keladigan xizmatkor ayollar kechikib qolganda Pantagryuel yo‘rgakdan chiqib, bir sigirga yopishib, yelinini jahl bilan ema boshladi. Sigir qo‘rqib ketib, ma’rab yubordi. Shovqinga odamlar yugurib kelib, uning qo‘lidan sigirni zo‘rg‘a qutqarib olishdi. Shu voqeadan keyin Gargantyua o‘g‘lini beshikka arqon bilan bog‘lab qo‘yishni buyurdi. Kunlardan bir kun Gargantyuaning ayig‘i zanjirini uzib, bolaning beshigi oldiga kelib, uning yuz-qo‘llarini yalay boshladi. Ayiq behudaga yalamayotgandi, ertalab enagalar Pantagryuelga bo‘tqa berib, uning og‘zini artishni unutgan edilar. Pantagryuel rosa qo‘rqqandar deb o‘ylarsiz? Hech-da! U jahli chiqib, bir kuchangan edi, bog‘langan arqon shart-shart uzilib ketdi. Pantagryuel ayiqni ushlab, xuddi jo‘janing bo‘ynini uzgandek, burdalab, eti sovumasdanoq yeb qo‘ydi. Buni ko‘rib, o‘g‘lim bunday zo‘ravonlik qilaversa, o‘zini bir balo qilib qo‘ymasmikin, deb Gargantyuani vahm bosdi. Shundan keyin Pantagryuelni beshigiga to‘rtta zanjir bilan yo‘rgaklab qo‘yishdi. Shu zanjirlardan bittasi LaRoshelidagi gavanda, ikki minora orasida hali ham turibdi. Ikkinchi zanjir Lionda, uchinchisi Anjeroda. To‘rtinchisini esa shaytonlar o‘g‘irlab ketgan ekan. Mishmishlarga qaraganda, shaytonlar iblisning qorni og‘riganda, bizlarni tinchitmaydi deb, uni bog‘lab qo‘yish uchun shu zanjirni olib ketgan ekan. Xullas, Pantagryuelni zanjir bilan bog‘lab qo‘yganlaridan keyin u noiloj tinch yotdi. Gargantyua bir bayramda katta ziyofat bergandi, enagalar ziyofat bilan ovora bo‘lib, Pantagryuelni eslaridan chiqarib qo‘ydilar. Pantagryuel nima qildi deysizmi? Hozir aytaman, birodarlar, hozir aytaman. U dastavval zanjarlarni uzmoqchi bo‘ldi. Lekin kuchi yetmadi: zanjirlar juda baquvvat edi. Tipirchilab beshigining oyoq tomonini sindirdi, holbuki beshik bir yarim arshin qalinlikdagi taxtadan qilingan edi. Keyin oyog‘ini chiqarib u qildi, bu qildi, nihoyat urinib, beshik bilan birga turdi. Siz ko‘rganingizda, katta kema to‘ntarilib, oyoq chiqarib yurib ketyapti deb o‘ylardingiz. Pantagryuel shu tarzda mehmonlarning oldiga kirib bordi. Hammalari rosa qotib-qotib kulishdi. Pantagryuel esa parvo qilmay, dasturxonga engashib, qo‘li bog‘liq bo‘lgani uchun ovqatni og‘zi bilan olib yeyaverdi. Gargantyua o‘g‘lini ko‘rgach, chidab turolmay, zanjirni ochib qo‘yishni buyurdi. Zanjirlarni yechgan zahotiyoq Pantagryuel joniga tekkan beshigini 1500 bo‘lakka bo‘lib tashladi. Keyin stolga bemalol o‘tirib olib, ovqatni paqqos tushira ketdi. II bob Pantagryuelning Panurgni uchtargani va u bilan umrbod do‘st bo‘lib qolgani Pantagryuel kun sayin emas, soat siyin o‘saverdi. Ko‘p o‘tmay uni maktabga berdilar. U maktabda o‘quvchilarni o‘q-yoy otishga o‘rgatdi hamda shunga o‘xshash ko‘p o‘yinlar o‘ylab chiqardi. Bir kuni Pantagryuel qoyadan katta bir tosh parchasini olib kelib, dalaning o‘rtasiga o‘rnatib qo‘ydi. Bayram kunlarida o‘quvchilar shahardan tashqariga chiqqanlarida shu toshning ustiga chiqib o‘ynardilar. Qaytayotganlarida toshga o‘z nomlarini yozib qoldiradigan bo‘ldilar. O‘sha tosh hali ham Puate yaqinida yotibdi, u Tosh Tepa deb ataladi. Pantagryuel maktabni tugatgandan keyin bilimini oshirish uchun boshqa shaharlarga sayohat qildi. Tuluza shahrida u raqsni va qilichbozlikni o‘rgandi. Bu yerdagi studentlar qilichbozlikka juda usta ekan. Lekin Pantagryuel Tuluzada ko‘p turmadi. Bir kun u monaxlar bilan o‘chakishgan bir professorni gulxanda pishirayotganlarini ko‘rib qoldi. Pantagryuel: Xudoyo bunday o‘limdan o‘zing asra, baliq emasman, kabobday pishishni xohlamayman, - dedi-da, ertasigayoq Tuluzadan jo‘nab ketdi. Pantagryuel Monpeleda meditsina fakultetiga kirib o‘qimoqchi bo‘ldi, lekin qarasa, ko‘p klizma qilganlari uchun doktorlardan qo‘lansa hid kelarkan. Pantagryuel bu ish menga to‘g‘ri kelmas ekan, deb doktorlikdan voz kechib, sudya bo‘lmoqchi bo‘ldi. Lekin shaharda bir emas, to‘rtta sudya bor ekan. Shularning ham uchtasi bitliqi, to‘rtinchisi esa kal ekan. Anjeroda ham ishi o‘ngidan kelmadi. Vabl kasali tarqala boshlagan edi, Pantagryuel juftakni rostlab qoldi. Keyin Pantagryuel Burk o‘ahrida uzoq vaqt o‘qidi, so‘ngra nihoyat Parijga bordi. Parijda u qunt bilan o‘qib, mashhur olim bo‘lib etishdi. Shunday qilib, Pantagryuel kunlarning birida Parij ko‘chalarida o‘z o‘rtoqlari bilan bilan birga sayr qilib yurganida hamma yog‘i tilingan, juldur kiyimli chiroyligina bir kishini uchratib qoldi. Bu odamni uzoqdan ko‘riboq Pantagryuel do‘stlariga: gadoyga o‘xshagani bilan daydi ham emas, gadoy ham, - dedi. Notanish odam yaqinlashgani zahoti Pantagryuel unga murojaat qildi: javob bersangiz. Boshingizga kulfat tushganga o‘xshaydi. Men sizga yordam bermoqchiman. Oldin o‘zingizni taniting. Kim bo‘lasiz? Qayerdansiz? Shayton ham tushunolmasa kepak bu tilga. tushunmayapmiz ku? - dedi Pantagryuel, notanish kishiga. Notanish kishi: aqlingiz ham mosga o‘xshaydi(Ingliz tilining SHotlandiya lahjasida), - deb javob qaytardi. Do‘stim, siz inson tilida gapiryapsizmi yo maymunlar tilidami? Bo‘sh paytlaringizda sizga boshimdan kechirganlarimni hikoya qilib beraman. Ko‘p jafolar ko‘rganman. Hozir o‘lgudek ochman, qornimda hech balo yo‘q. Meni sinab ko‘rish istagingiz bo‘lsa, ovqat berib, yeyishimni oldin tomosha qiling. Pantagryuel hamrohlariga yigitni uyga olib borib, ovqatlantirishni buyurdi. Uni uyga olib borib, yaxshilab mehmon qilishdi. Panurg qorni yorilguncha ovqat yeb bo‘lgach, tovuqxonada uxladi. Keyingi kuni tush mahalda uyqudan ko‘zini ochar-ochmas oshxonaga yugurdi. Shu yerga kelib, dala o‘rtasida turgan o‘ttiz yo qirq chog‘liq shamol tugirmonini ko‘rib qoldilar. Don Kixot ko‘rgan hamono o‘z yaroqbardoriga dediki: keltirmoqda. Hu anovi tomonga qara, do‘stim Sancho Pansa, o‘ttiz yo undan ziyod qora devlar turibdi, ko‘ryapsanmi? Shu daqiqa ular bilan chunon jang boshlayki, bittasini ham qo‘ymay gard-gard qilay. Bu o‘ljayu-g‘animatlar davlatimizning boshi bo‘lgay, sababki, bundoq jang haq-adolatga mos, parvardigorga ham yoqmay qolmas, illo u qora ko‘ngullar er yuzidan supurilgaylar. Sancho Pansa: ko‘ryapsanmi? Ba’zilarining uzunligi ikki chaqirim keladi, - deb Don Kixot javob qaytardi. bo‘lmay, shamol tegirmonlari erurlarkim, janoblariga qo‘l bo‘lib ko‘ringanlari ham tegirmonning qanotlari bo‘lib, shamol bilan tegirmon toshini aylantirurlar. Don Kixot buning javobiga dediki: ko‘ringanlar devlar, mabodo yuraging tob keltirmayotgan bo‘lsa, chiq bir chetga, boshla duoyi ibodatga, men ular bilan andoq urushayki, bag‘irlarini qon, o‘zlarini er bilan yakson qilay. Don Kixot bu so‘zlarni aytib, arg‘umog‘i Rosinantning jilovini siltadi, illo, hech shubha yo‘qkim, siz hujum boshlagan devlar emas, shamol tegirmonlari erurlar, deb bezillagan Sanchoga ham aslo e’tibor etmadi. Qarshisidagilarning devlar ekaniga qattiq ishongani sababidan, yaroqbardorining ohi-zori ham qulog‘iga kirmadi, peshonasi oldidagilarning ham tegirmon ekanini ko‘rmadi. Yelday yelib, sherday bo‘kirib bordi. aylagan botir yolg‘iz erurman. Shu asnoda shamol turdi, tegirmon qanotlari ham aylanib turdi. Don Kixot buni ko‘rdi, so‘zini davom qildi: Mabodo qo‘llaringiz ulkan Briateynikidan ham ko‘proq bo‘lib, hammasini birdan ko‘targaningizda ham, qasamyod qilamanki, sizga omonlik bo‘lmaydi! Don Kixot bu so‘zlarni aytib, boshimga mushkil tushgan damda qulingni qo‘llagaysan deb, jonini Dulsineya oyimga omonat etib, yuziga qalqon tutib, nayzasini to‘g‘ri qilib, arg‘umog‘ini choptirib, bir tegirmonga hujum ochdi, nayzasini uning qanotiga sanchdi. Shu asnoda qattiq shamol eldi, tegirmon qanotini burdi, nayzani ming pora qildi, otnt ham otlig‘ni ham ildi, bechorai nochorlarni sharmandai sharmisor aylab, uzoqqa otib urdi. Sancho eshagini jonining boricha choptirib, xo‘jayini madadiga yugurib kelib ko‘rsaki, xo‘jayini bilan yerga andoq yiqilibdiki, qimirlashga ham majoli qolmabdir. Bu holni ko‘rib Sancho aytdiki: E, parvardigori olam! Men siz marhamatli afandimga aytmabmidimki, o‘zingizga hazir bo‘lgaysiz, illo bular shamol tegirmonlari erurlar deb? Don Kixotning o‘z yaroqbardoriga so‘z aytgani: g‘azabiga serduchor erur. Ayniqsa kaminaning kutubxonasini o‘g‘irlagan o‘sha donishmand Freston, azbaroyi meni shon-sharafdan mahrum aylamoq uchun, devlarni tegirmonga aylantirib qo‘ydi. Faromush aylamagilki, mening bu o‘yim haqiqat erur, illo uning menga keki ko‘p ulug‘dir. Va lekin ertami-kech, ammo uning yovuz sehru-jodusi nayzam zo‘riga tob keltirolmay kunpayakun bo‘lgay. So‘ngra u Don Kixotning o‘rnidan turishiga va arg‘umog‘iga minishiga yordam berdi: arg‘umoqning oldingi ikki oyog‘i chiqib ketishiga sal qolibdi. Ular bu hangoma haqida suhbat aylab, Pietro Lapizo yo‘liga ravona bo‘ldilar, sasbabki, Don Kixotning taxminicha, u erda turli-tuman hangomalar yuz berur, illo u yer ko‘p serqatnov joy erur. Don Kixot nayzasidan judo bo‘lgani uchun qon bo‘ldi va dardini Sancho Pansaga aytib shunday dedi: Esimda bor, men Diego Peres de Vargas degan bir ispan botirni kitobda o‘qib erdim, jang asnosida nayzasi sinib qolgan ekan, dub duraxtidan kattakon bir shoxnimi yoinki bahuzur o‘zagidan bir bo‘lakni sindirib olib, mazkur tayoq bilan o‘sha kuni chunonam g‘alaba qozonibdir va mag‘riblaridan chunon ham qiribdirki, u botirning nomi Tayoq ketibdir, shu kundan tortib,o‘zi ham, butkul avlod-ajdodlari ham Vargas Tayoq deb nom olibdir. Men bu narsani senga shuning uchun naql etadirmanki, men ham yo‘lda birinchi uchragan dub daraxtidan o‘zimga bir shox sindirib olgaymanki, u shox Vargasnikidan aslo farq qilmagay. Andin so‘ng mazkur shoxni qo‘limga olib, shunday g‘alaba qilgaymanki, oxiri mislsiz bo‘lib chiqqusi bu hangomalarning ishtirokchisi va guvohi bo‘lish sharafiga noil bo‘lganing uchun sen ham taqdirdan qayta-qayta minnatdor bo‘lgaysan. Sancho uning so‘ziga shunday javob qaytardi: Har ish xudoyi-taoloning qo‘lida, siz marhamatli afandimning aytganlariga batamom ishonaman. Faqat egarga to‘g‘riroq o‘tirib olsalar, sababki: bir yoqqa qiyshayib ketgandek ko‘rinmoqdalar, kaminai kamtarinning zehnicha, boya yiqilganlarida andek lat yegan ko‘rinadilar. Don Kixot aytdiki: To‘g‘ri bu gaping rost erur, illo bir yerim og‘riyotgani haqida shikoyat aytmagan bo‘lsam, bu shu sababdanki, jahongashta bo‘lib yurgan botir, magar ichak-chavog‘i ontarilib tushsa ham, zorlanmagay. Ha, magar ahvol shunday ekan, vo‘z qaytarish hojat emas, deb Sancho javob berdi. Ammo-lekin tanho xudoyi-taologa ayondirki, siz marhamatli afandim, falon joyim og‘riyapti, deb zorlansangiz, men ko‘pdan ko‘p xursand bo‘lurdim. Menga kelganda esa, mayli, zorlanish qoidasi jahongashta bo‘lib yurgan botirning yaroqbardoriga ham taalluqli bo‘lsin, lekin men, biron yerim sal og‘ridi deguncha, faryod ko‘tarib yuborgayman. Don Kixot o‘z yaroqbardorining bu soddaligiga kulolmay qolmadi va sababli bo‘lsayam, sababsiz bo‘lsayam, xullas, xohlagan chog‘da faryod ura olishi mumkinligini aytib, alholgacha jangnomalarda bunga zid keladigan hech qandaybo‘lsayam, qayerda bo‘lsayam, bir yo‘l-yo‘riqqa ko‘zi tushmaganini bildirdi. Sancho, ovqat-movqat yeb olsakmikin, deb erdi, Don Kixot hali-veri qorni ochmaganini bayon qilib, Sancho xohlagan paytda ovqatlana olishi mumkinligini bildirdi. U xo‘jayinidan ijozat olib, eshagiga durustroq minib, xurjunidan olgan ovqatni yeb, Don Kixot orqasidan sekin-sekin ergashib bordi. Qorniga lazzatli ovqatlarni sira tinmasdan tiqar ediki, Malaganing har qanday mechkay moyxonachisi ham unga hasad qilolmay qolmas edi. Yurib ketayotgan eshak ustida larzanglayverib, kichkina qultumlab vino ichaverib, Don Kixot va’da qilgan narsalarni ham o‘ylash xotiridan chiqdi va hangoma izidan jahongashtalik qilib yurish, mabodo bu hangomalar g‘oyat xatarli bo‘lsalar ham, zahmat bo‘lmay lazzat bo‘lib ko‘rindi. Nihoyat, kech kirganda yo‘lchilarimiz bir daraxtning ostiga kelib qo‘ndilar. Shu yerda Don Kixot zo‘rg‘a nayzaga yaraydigan bir quruq shoxni sindirib olib, sinib ketgan nayzasidan qolgan temir uchni unga o‘rnatib qo‘ydi. Shu kecha mijja qoqmadi, romanlarda o‘qigani botirlardan farq qilmaslik uchun o‘z Dulsineya oyimi haqida o‘yladi, romanlardagi botirlar qanchadan-qancha kechalarni o‘rmonlarda, dashti biyobonlarda o‘z oyimlarining fikri zikri bilan o‘tkazganlar! Sancho esa kechani tamom bo‘lakcha o‘tkazdi: qorni o‘lguday to‘q bo‘lgani sababli, to subhi sahargacha o‘likday uxladi, agar Don Kixot uyg‘otib qo‘ymagan bo‘lsa, u na yuziga nayza yanglig‘ sanchilayotgan oftob nuridan va na yangi kunni shod-xurramlik bilan tabriklab sayrayotgan haddi-hisobsiz qushlar nag‘masidan uyg‘onmagan bo‘lur edi. Sancho o‘rnidan turar-turmas darhol qornini ushlab ko‘rdi va kecha kechqurungidan ancha puchayib qolganini sezib, ko‘p qayg‘urdi, sababki uni yana to‘ldirish hali-veri nasib bo‘lmaydigandek edi. Don Kixot nonushta qilishni istamadi, illo, yuqorida zikr qilib o‘tganimizdek, uning ovqati faqat lazzatli xayollargina bo‘libqolgan edi. Keyin tag‘in yo‘lga tushib, Puerto Lapizega ravona bo‘ldilar va kunduz soat uchlarda mazkur g‘orga yaqinlashib qoldilar. Don Kixot uni ko‘rgani hamono dediki: tap O, birodar Sancho Pansa, bu erda ro‘y beroladigan hangomalardan sira tortmay, bahuzur aralasholgaymiz, ammo lekin shunga faromush qilmag‘aysanki, dunyodagi eng katta xatarga duchor bo‘lsam ham, meni qutqazaman deb nayzaga yugurmaysan, ko‘rsangki, menga hamla qilgan dushman qora xalq, yalangoyoq erur, ana shundagina yordam beraolursan. Bordiyu ular botirlar bo‘lsa, botirlar qonuniga ko‘ra menga yordam berishing ravo emas va zanhor shunday qilmagaysan, illo botirlik martabasiga ko‘tarilganing yo‘qturur. Uning bu so‘ziga Sancho shunday javob qaytardi: Xotirlari jam bo‘lgayki, sinor, bu borada janoblari bilan baxslashmagayman, ayniqsa tabiatimdagi mo‘minlik bunga mos kelmagay, o‘zim ham birov bilan yoqalashib, musht otib yurishni xush ko‘rmayman. Lekin vijdonan aytishim kerakki: magar kunim o‘z jonimni qutqarishga qolaturgan bo‘lsa, u taqdirda hech qanday botirlik qonuni yuz-xotir qilmagayman, sababki Olloh qonuni ham, inson qonuni ham sitamkorlardan saqlanishga ijozat berur. magar Men ham shuni aytayapman-da, sening shu narsa xotiringda bo‘lsanki, meni botirlardan qutqazmoqni orzu aylagudek bo‘lsang, zinhor jo‘shqinligingni jilovlagaysan, - deb Don Kixot javob berdi. Shunday qilishga va’da beraman. Yakshanba kuni qanchalik aziz bo‘lsa, bu vaziyatlarni ham shunchalik aziz va muqaddas bilgayman, - dedi. Ular shu tariqa gaplashib ketayotganlarida Benedikt avliyo mazhabiga mansub ikki nafar monaxga duya keldilar, ular minib kelayotgan xachirlar chunonam zo‘r edilarki, ko‘rgan kishi bahuzur tuya der edi. Monaxlarning ko‘zlarida ko‘zoynak, qo‘llarida shamsiya bor erdi; ular orqasidan to‘rt yo besh chog‘li otliq hamda piyoda kelayotgan ikki nafar xaydovchi o‘rab olgan bir soyavon arava ham kelmoqda. Keyin ma’lum bo‘ldiki, bu soyavon aravada Seviliyaga, erining oldiga ketayotgan biskalik oyim bor ekan. Uning eri g‘oyat mo‘tabar bir ish bilan Amerikaga suzib ketishi kerak ekan. Monaxlar garchand oyim bir yo‘lda ketayotgan bo‘lsalar ham, lekin ularning sayri-sayohati tamom bo‘lar ekan. Don Kixot ularni ko‘rar-ko‘rmas, darhol o‘z yaroqbardoriga aytdiki: Yo men adashayapman, yo bizga shunday g‘aroyib hangoma berayaptiki, bundog‘ini hali odamzod ko‘rmagan. Sababi, huv anovi ko‘ringan qora kiyimlilar hech shak-shubha yo‘qki bir shoh qizini o‘g‘irlab, aravada opqochib kelayotgan jodugarlar. Belimni mahkam bog‘lab, bu yovuz ishga barham bergayman. Uning so‘ziga Sancho shunday deb javob qaytardi: Obbo, bu shamol tegirmonidan ham beshbattar bo‘lur. Ajabo, ko‘rmayaptilarki, e sinor, u kelayotganlar Benedikt mazhabining monaxlari erurlar, soyavon aravada esa, ehtimol, sayohatchilar kelayotgandirlar? Mening so‘zimga kirsinlar va qilayotgan ishlarini yaxshigina o‘ylab ko‘rsinlar, yo‘qsa, tag‘in janoblarini jin chalib ketgay. E, Sancho Pansa, men senga bir qur aytmabmidimki, sen hangoma ishlarida ko‘p g‘o‘r erursan, deb. Men bir yo‘qni ravshan ko‘rib turibman, sen bunga shu dam ko‘zing bilan ishongaysan, - deb Don Kixot javob berdi. U bu so‘zlarni aytib tezlab ketdi va monaxlar o‘tadigan yo‘lning qoq o‘rtasiga kelib, armug‘og‘ini to‘xtatdi, keyin monaxlar uning cho‘tlovicha ovozini eshitadigan bir masofaga kelganida baqirib shunday dedi: muhtaram shoh qizini darhol bo‘shatingiz, yo‘qsa o‘z qilmishingizga yarasha ajal qo‘shini yuborgayman, tayyor turingiz. Monaxlar xachirlarini jilovlab to‘xtadilar. Don Kixotni ko‘rib, ko‘p hayron bo‘lib, uning g‘alati so‘ziga shunday javob qaytardilar: O, sinor botir, biz aslo do‘zaxning palid avlodlari emasdirmiz, Benedikt avliyo mazhabining monaxlari erurmiz, biz o‘z korixayrimiz bilan ketayotirmiz, illo bu soyavon aravada o‘g‘irlangan shoh qizi bormi-yo‘qligidan zinhor vroqif ermasmiz. Shirin so‘zlar bilan meni jodu qilolmassiz: bilaman, men siz qabih yolg‘onchilarni, - deb Don Kixot javob aytdi. Andin so‘ng, ularning javoblarini ham kutmasdan, arg‘umog‘i Rosinantni tepkiladi ham nayzasini to‘g‘rilab, birinchi monaxga chandon g‘azab bilan hamla ayladiki, u o‘zini yerga otib urmasa, Don Kixot uni egardan uloqtirgan, qattiq yarador qilgan bo‘lur, yo esa o‘ldirib qo‘yur edi. Ikkinchi monax hamrohining boshiga tushgan kulfatni ko‘rib, bechora xachirini tepkiladi va shamoldan ham o‘zib chopqilladi. Sancho, monaxning yerda sulayib yotganini ko‘rib, eshagidan osongina irg‘ib tushdi ham yugurib borib monaxning kiyimlarini echishga kirishdi. Monaxlarni uzatib kelayotgan ikki nafar xizmatkor shu asnoda etib keldi va nima sababdan ularning kiyimlarini echursizlar deb, Sanchodan so‘radi. Sancho ularga aytdiki, qonun bilan, o‘lja meniki bo‘lur, sababki ularni og‘am Don Kixot jangda yengib oldi, deb. Hazilni ham bilmaydigan xizmatkorlar ko‘rdilarki, Don Kixot ulardan uzoqlashdi va borib soyavon aravadagi sayohatchi oyim bilan suhbatga kirishdi, ular paytni g‘animat bilib, Sanchoga tashlandilar, yerga yiqib, soqollarini tutam-tutam yula boshladilar va chunon ham do‘pposladilarki, uning dami ichiga tushib, nest bo‘ldi. Esxonasi chiqib, kapalagi uchib ketgan monax bu orada apiltapil xachirga mindi-yu, murdadek oqarib, hayt deb, dalaga qarab qochdi, uning hamrohi, bu hangomaning oqibati ne bo‘lgay deb, hayron va sargardon bo‘lib, uzoqda kutib turgan edi. Andin so‘ng, hodisaning oqibatini ham kutmasdan, yo‘llariga ravona bo‘ldilar va misoli orqalaridan shayton quvib kelayotgandek, shosha-pisha cho‘qinib bordilar. Yuqorida zikr qilib o‘tgan edikki, Don Kixot aravadagi oyim bilan suhbatga kirishibdilar deb: O, mening sinoram! Nozaninim enda o‘zlarini o‘z istaklaricha erkin tuta bilurlar, sababki, nozaninimni o‘g‘irlagan qabihlar kaminaning bilak kuchlari bilan to‘s-to‘ponga aylandilar! O‘z homiylarini kimligini bilmay, yuraklari qon bo‘lmasligi uchun, maxfiy qilmag‘ayki, mening ismi sharifim lamanchlik Don Kixot erur. Kamina jahongashtalik qilib yuruvchi botirdirman va toboslik go‘zal Donya Dulsineyaning asiridirman. Shu on janoblariga ko‘rsatgan xizmatim mukofoti uchun esa, ojizona iltimosim shulki: Tobosoga borgaylar va mening ismimdan oyimning huzuriga tiz cho‘kib, sizga ozodlik baxsh etganimni ma’lum aylagaylar. Aravani engib borayotgan biskaylik otboqarlardan biri Don Kixotning so‘zini eshitib qoldi va aravani o‘tkazmay darhol hammalarini orqaga qaytarib, Tobosoga jo‘namoqchi bo‘lganini ko‘rib, uning yoniga kelib, nayzasini ushlab olib, ispan tilini rasvo qilib, biskay tilini tag‘in ham beshbattar buzib, shunday dedi: Hoy, yo‘lingdan qolma, botir, yo‘lingdan qolma! O‘n sakkiz ming olamni yaratgan olloh-taoloning nomi bilan qasamyod qilamanki, aravamizni qo‘yvor, yo‘qsa kallangni taningdan judo qilmasam, biskaylik bo‘lmagayman. Don Kixot uning so‘ziga obdon tushundi va o‘zini baland tutib javob berdi: Botir emasmisan? Ont bo‘lsin xudogaki, sen xuddi xristian singari yolg‘on aytyapsan! Nayzani tashla-yu, qilichni ol, ko‘rasan suving mushukda qanday suzib qolgay! Men Biskay bolasi, botiri, dengizning ham botiri, jang chalg‘ur! Magar yo‘q desang, imoningni yutgan bo‘lasan! Andin so‘ng, nayzasini erga urib, qilichini chiqarib, qalqonini to‘sib, o‘ldirmoqqa qattiq qaror aylab, biskaylikka hujum boshladi. Bu niyatni payqab qolgan biskaylik bir qur qochmoqchi ham bo‘ldi, sababki, xachir yollangan bo‘lgani uchun, unga daraja ishonolmasdi, ammo-lekin qocholmadi-yu, faqat qilichinigina yalang‘oyalab olshdi. Uning baxtini qarangki, soyavon arava qoq tumshuqda ekan: hash-pash deguncha aravadan bir yostiqni sug‘urib, qalqon qilib olishi ham hech gap emas. Ana shunday qilib, bu hariflarimiz bir-biriga tezlanib turdilar. Hozirunlar ularni yarashtiramiz deb nechog‘lik jon kuydirsalar ham, sariq chaqalik naf chiqmadi: biskaylik o‘zining buzuq tili bilan baqirib, agar endi mening yakkama-yakka olishishimizga xalaqit berur ersangiz, voqif bo‘lgaysizki, u taqdirda o‘z bekamni ham, xalaqit berganlarni ham ado qilg‘ayman, dedi. Arava ichida o‘tirgan oyim bu mojaroga taajjublanib, yuragi chiqib ketdi va aravani bir chetga jildirtirib, dahshatli jangni uzoq tomosha qildi. Shu asnoda biskaylik kishi Don Kixotning yelkasiga, qalqoni ustidan andoq urdiki, magar qalqon to‘sib qolmagan bo‘lsa, u bizning botirimizni ikki palla aylagan bo‘lur erdi. Qattiq zarba tovushi bilan gangib qolgan Don Kixot ovozini boricha baqirib dediki: jangga kirishayotgan o‘z botiringizga madad aylagaysizki, u sizning muhiblaringizga yarasha zarba berish baxtiga muyassar bo‘lsin! Bu so‘zlarni aytmoq, qilichni qo‘lga olmoq, yuzga qalqon tutmoq va biskaylikka hamla qilmoq Don Kixot uchun ko‘z ochib-yumgunchalik ish edi: u hamma narsaning bahridan o‘tdi va harifini bir urish bilan sarishta qilmoqqa jazm etdi. Biskaylik o‘z dushmanining jiddiy avzoyini ko‘rib, uning botirlik niyatlarini fahmladi va hujumni o‘ziyam undan qolishmay qarshi olishi haqida qasamyod ayladi, yostiqni bag‘riga mahkam bosib, o‘zini uning orqasiga olib, dushmanni kutib, joyidan qimir etmay turdi, sababki, xachirini na o‘ngga bura olur edi va na so‘lga, axir u jonivor shu qadar behol bo‘lib qolgan va buningdek yoqalashmalarga odatlanmagan ediki, bir odim tashlashi ham malol erdi. Shunday qilib, tag‘in bir bora aytsak, Don Kixot qilich ko‘tarib, ayyor biskaylikka hujum boshladi, uni ikkiga bo‘lmoq uchun bel bog‘ladi, biskaylikka kelsak, yostiqni qalqon etib, uning hujum boshlashini kutib, qilichni dast ko‘tarib turdi. Bu orada tomoshabinlarning qo‘rqqanidan damlari ichiga tushib ketdi va g‘azab bilan ko‘tarilgan bu ikki qilich oxiri qachon tushar ekan, deb qarab turdi. Aravadagi oyim va uning xizmatkorlari tinmay duoi-ibodat qilib, Ispaniya tuprog‘idagi barcha aziz-avliyolarga murojaat etdilar, ular, e xudoyi-xudovando, bizni va otboqarni bu xavfli hodisadan qutqargaysan, deb tilar edilar. Ammo baxtsizlikning borishi shu bo‘ldiki, hodisamizning avtori shu joyga kelganda jang tasvirini yig‘ishtirdi-yu, Don Kixotning yuqorida zikr qilinmish holati jangdan bo‘lak hech nima topolmadim, deb o‘zini oqlaydir. Va lekin kitobning ikkinchi avtori bunga ishonishdan bosh ko‘tardi, sababki bunday alomat voqea tamom unutilib ketmagan va lamanchliklarning oqillari bu mashhur botirga oid qo‘lyozmalarni arxiv va kutubxonalarda saqlamaydigan ham qiziqmaydigan bo‘lib qolgandirlar. Bu narsaga ishongan ikkinchi avtor bizning bu qiziq hikoyamiz oxirini topishdan umid uzgani yo‘q erur. Darvoqe, marhamatli osmoni falakning yordami bilan bu oxirini topdi. Qanday topgani esa kitobning ikkinchi qismida bayon qilinur”. U dastlabki ma’lumotni “Grammatika maktabi”da olib, lotin tilini o‘rganadi va qadimgi Rim shoirlarining asarlari katta qiziqish bilan o‘qiydi. Aynan shu davrdan Shekspirning ijodiy faoliyati boshlangan. Dastlab pesalarni qayta ishlab saxnalashtirish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinroq o‘zi dramatik asarlar yoza boshladi va tez orada dramaturg sifatida nom qozondi. Shekspir merosini olimlar uch davrga bo‘lib o‘rganadilar.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiChet el adabiyoti tarixi
Muallif(lar)i Q. Azizov
Yaratilgan vaqti15.12.2023
Nashr yili0
Nashr parametri-
NashriyotiO'zbekiston
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiDramatik
Janriadabiy maktub
Voqea vaqti va joyi2016
Matn tipidetektiv
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshiUmumiy
Auditoriyaning salohiyat darajasiadabiyotshunoslik
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiKamoliddin