Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ob’ekti, predmeti va tamoyillari. Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli O‘quv vaqti: 80 minut Talaba soni Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishi va O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi ta’rifi. Ma’ruza rejasi Fanning asosiy tamoyillari va tadqiqot usullari. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ob’ekti, predmeti va tamoyillari haqida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalarda fanining tadqiqot ob’ekti, ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar predmeti, metodlari va tarmoqlari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, «aqliy hujum» O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Kompyuter prezentatsiya Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasi Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish va talabalar davomatini tekshirish. O‘quv mashg‘ulotiga kirish 2 bosqich Asosiy 55 min Faoliyat mazmuni O‘qituvchining Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya haqida kirish ma’lumotlari beriladi Ma’ruza boshlanadi. Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishi va ta’rifi bo‘yicha ma’ruza qilinadi Fanning asosiy tamoyillari va tadqiqot usullari ta’riflanadi va uning tabiiy geografiya tadqiqot usularidan farqi bo‘yicha savol o‘rtaga tashlanadi 3 Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’ruza etiladi Talabaning Tinglashadi. Aniqlashtiradilar, savollar beradilar. Fani bo‘yicha dastlabki tushunchalar konspektlashtiriladi va savol javob orqali mustahkamlanadi. Konspekt yozishadi, tinglashadi, Reja bo‘yicha doskada klaster tuzishadi. Mavzu bo‘yicha savollar beradilar. 3 bosqich. YAkuniy natijalar 10 min. 1 Mavzu bo‘yicha xulosa qilish. Fanning tadqiqot ob’ekti, va predmeti yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 2 Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashgulotga tayyorlanish O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Kirish. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ob’ekti, predmeti va tamoyillari. Reja: Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishi va ta’rifi. Fanning asosiy tamoyillari va tadqiqot usullari. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot faqat vaqt (zamon) davomida kechmaydi, muayyan joyda-makonda ham sodir bo‘ladi. Ijtimoiy rivojlanishning ushbu hududiy jihatlari geografiya fanining tadqiqot ob’ekti sanaladi. Jamiyat rivoji bilan fanlarning tadqiqot ob’ekti ham murakkablashib va takomillashib boradi. Bu jarayon tabiiy va o‘z-o‘zicha qonuniy holdir. Xususan, iqtisodiy geografiyaning ob’ekti avvallari biron bir mamlakat yoki rayonning xo‘jalik va aholisi ishlab chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik u xo‘jalik va aholining hududiy tarkibi yoki tizimi, hududiy ijtimoiy iqtisodiy majmualar (komplekslar) shaklini oldi. SHunga muvofiq ushbu fanning vazifasi ham o‘zgarib bordi. Chunonchi, ilgari asosiy e’tibor qaerda nima borligini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu voqe’lik aynan shu joyda vujudga kelganligini ilmiy asosda izohlab va baholab berilishi talab etiladi. Jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishidagi jarayonlar iqtisodiy geografiya ob’ektining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunga mos holda fanning tadqiqot predmeti va vazifalari ham takomillashib boradi. Ushbu jarayonlar fan nomini ham takomillashishiga olib keladi. Xususan, an’anaviy iqtisodiy geografiya asta-sekin iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga, u esa, o‘z navbatida, yanada murakkabroq shaklga-ijtimoiy geografiyaga aylanmoqda. Mazkur fanning muayayn bir barqaror, ta’rifi mavjud emas. Buning sababigeografiya fanining keng qamrovligi, ob’ekt va nomining davr mobaynida o‘zgarib turishidir. Iqtisodiy geografiya ta’riflarining aksariyatida ishlab chiqarish kuchlari, ularning joylanish xususiyatlari ta’kidlanadi. Bular ushbu fanning o‘zak tushunchasiga, aksiomasiga aylanib qolgan. Albatta, bu bejiz emas, chunki iqtisodiyotning asosini ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy geografiyaning mohiyatini esa ularning joylashuv xususiyatlari belgilab beradi. Ushbu hol iqtisodiy geografiyaning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish muammolari dastavval Evropada xususan Germaniyada nemis olimlari Tyunen, A.Veber, A.Lyosh, V.Kristaller va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. Biroq, ular o‘zlarining joylashtirilish g‘oyalarning natijasini «iqtisodiy geografiya» deb ta’riflashmagan. Fanning ta’rifida «ishlab chiqarish kuchlari» termini asosiy o‘rinni egallab kelgan. hozirgi kunda ham fanning ta’rifida «ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi» iborasini qoldirish kerak, chunki, har qanday joylashtirish muayyan bir hududda amalga oshiriladi. Biroq fanning bugungi predmeti uchun bu kifoya qilmaydi. Chunki-u hozirda, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya maqomini olmoqda. Shu bois, bunday ta’rif fanning nomi bilan mazmunini to‘la aks ettirmaydi. «Ishlab chiqarish kuchlari» eng avvalo uning sub’ekt, egasi bo‘lgan aholini ham qamraydi. Ammo, bu erda aholi asosan ishchi kuchi sifatida, ya’ni iqtisodiy kategoriya shaklida nazarda tutiladi. Inson, uning ijtimoiy hayoti o‘zaro munosabatlari esa bu ibora qamrovidan tashqarida qoladi. Busiz fan ilgaridek iqtisodiy, ishlab chiqarish geografiyasi bo‘lib qolaveradi. Ushbu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ta’rifini quyidagicha keltirish mumkin: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ishlab chiqarish kuchlarini turli mamlakat yoki rayonlarda rivojlanish va joylanish xususiyatlarini hamda inson hayot faoliyati va yashash tarzini hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar majmualar yoki doirasida o‘rganuvchi fandir. har qanday fanning predmeti, ta’rifi uning asosiy tamoyillarini o‘zida aks ettirishi shart. Chunki o‘zining metodologiyasi va metodi, tadqiqot predmeti va printsiplariga ega bo‘lmagan fan mustaqil fan hisoblana olmaydi. Geografiya fanining bosh tamoyili uning hududiyligidir. Chunki, fanni hududiy munosabatlarsiz, makon tushunchasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo, shu bilan birga, hududga o‘ziga xos borliq sifatida turlicha yondoshiladi. Masalan, muhandislik hamda rayonsozlikda asosiy e’tibor hududni tashkil etishga beriladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada an’anaviy «hududiy tashkil etish» iborasi qo‘llanilib, u odatda mazmunan va shaklan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga yaqinroq turadi. Ayni vaqtda birga oddiy joylashtirishdan farq qilib, ishlab chiqarishni, aholi yoki xo‘jalik tarmoqlarini hududiy tashkil etish ayni paytda uni muayyan maqsadga yo‘naltirilishi va eng muhimi-boshqarilishini ham o‘z ichiga oladiki, bu ushbu tushunchaning ilmiyroq va amaliyroqligidan darak beradi. Bu erda tizim qoidasiga muvofiq ma’lum bir voqe’likni tashkil etish avvalambor uni boshqarish niyatida amalga oshiriladi. Ma’lumki, geograflar nigohida hudud qiyofasi o‘zining barcha mavjudoti bilan gavdalanadi va bir qarashda u to‘la qamrab olinadi. Biroq, ko‘rib turilgan hududda undagi bor elementlar (yo‘l, daraxt, uy, kishilar, transport va hokazo) yakka-yakka yoki aksariyat holda ijtimoiy geografiyaning tadqiqot ob’ektiga kiruvchi barcha predmetlar turli hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Chunonchi, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari-ekinzorlar yoki chorvachilik yaylovlari, rekreatsiya manzilgohlari o‘rmonzorlar va boshqalar areal (maydon) ko‘rinishiga ega. Sanoat markazlari va aholi manzilgohlari nuqta yoki tugun, transport yo‘llari, gidrografik shaxobchalar esa tasmasimon (chiziqsimon) shaklida ko‘zga tashalanadi va xuddi shu tarzda kartada tasvirlanadi. Bu o‘rinda bir so‘z bilan aytish mumkinki, ijtimoiy geografiya ana shu maydon, chiziq va nuqtalarning joylashuvi, ularning o‘zaro va tashqi muhit bilan hududiy munosabatlarini o‘rganadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning shakli sifatida hududiy ishlab chiqarish majmualari (komplekslari, sanoat tugunlari va rayonlarni) aholining bunday tashkil etish shakllariga esa turli tip yoki yirikligidagi qishloq va katta-kichik shaharlar, shahar aglomeratsiyalari, konurbatsiya va megapolislarni ko‘rsatish o‘rinli. Transportda transport tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish geografiyasidagi maishiy kombinatlar yoki fan geografiyasidagi hududiy ilmiy tadqiqot majmualari ham ushbu sohalarning hududiy tashkil etish shakllariga kiradi. Geografiya fanining asosiy tamoyillaridan yana biri tamoyili komplekslikdir. Komplekslilik masalaga har tomonlama yondoshuvni, ya’ni barcha jihatlarini qamrab olishni bildiradi. Ayni paytda komplekslilik geografiya fani uchun alohida usul emas, aksincha, u fanning asoslaridan biri bo‘lib, uning mohiyatini ifodalaydi. Geografik tadqiqot hamma vaqt kompleks bo‘ladi, busiz u o‘z mohiyatini yo‘qotadi. Ekologik yondoshuv asosida ham komplekslilik yotadi va bu uni geografik dunyoqarashga juda yaqinlashtiradi. Kompleks qarash o‘rganilayotgan ob’ektga atroflicha yondoshuv, uni aloqadorlikda ko‘rishni taqozo etadi. SHu bois u tizimli qarashga ham yaqinlashadi. Ammo bu tamoyildan to‘g‘ri va oqilona foydalana olish lozim. Aks holda tadqiqot natijasi «har sohadan bir shingil», sayoz, yuzaki va quruq bo‘lib, ba’zan o‘zi nimani o‘rganish kerakligi ham sezilmay qolinadi. Binobarin, ushbu tamoyil mohiyatini misli daraxt shaklida tasavvur qilmoq zarur: daraxt tanasi o‘rganilayotgan asosiy hodisa bo‘lsa, uning shoxi va shoxchalari shu muammo bilan bevosita aloqador masalalar majmuasidir. Bunda daraxt tanasi o‘ta yo‘g‘onlashib, shox-shabbasiz va aksincha shoxlar kattalashib, uning tanasi ko‘rinmay qolmasligi kerak. Birinchisida komplekslikning o‘zi bo‘lmaydi, ikkinchisida esa haddan tashqari masaladan chetga chiqib ketish ayondir. Masalan, chorvachilik geografiyasida temir yo‘l transporti yoki aholining tug‘ilishni chuqur o‘rganish aslo talab qilinmaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya va umuman geografiya fanida ko‘proq katta hudud «kichraytirib» o‘rganiladi. Endi buning aksi, kichik joyni kattalashtirib, yirik masshtabli tadqiqotlarni o‘tkazish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Yaponiya, AQSh va boshqalar) tajribasi aynan shundan dalolat beradi. Ushbu mamlakatlarda, bizdan farqli o‘laroq, asosan mikroiqtisodiyot, mikrogeografik yondoshuv ustuvor turadi. Ehtimol, shuning uchun bo‘lsa kerak tadqiqotlar natijasi aniq, puxta va amaliy jihatdan yuqori bo‘ladi. To‘g‘ri, tadqiqot ob’ekti sifatida kattaroq hududni ham olish mumkin. Lekin bunday holda hududning barcha qismini emas, aksincha, muhim muammolarni uning ayrim va turli nuqtalari misolida chuqurroq tahlil qilish va shu asosda o‘rganilayotgan ob’ekt va unga o‘xshash joylarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni asoslab berish maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilsak, hududiylik va komplekslilik geografiya fani uchun o‘ta zarur. Biroq ular o‘z me’yorida bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ushbu yondoshuvlar hamma vaqt aniqlik bilan birga olib borilishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Professor E.B.Alaev aniqlikni (konkretlikni) geografiyaning alohida tamoyili sifatida ko‘rsatadi. Geografiyaning keyingi tamoyili - tarixiylikdir. har qanday hodisa ma’lum bir vaqtda va muayyan bir joyda sodir bo‘ladi. SHuning bois geografiyaga tarixiy yondoshuv kerak. Sababi-hozirgi voqe’lik o‘z-o‘zicha, birdaniga vujudga kelmagan. Faqat o‘tmishni tahlil etish orqali hozirgina baholab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kelajakni, istiqbolni ilmiy bashorat etishga yo‘l ochadi. Tarixiylik tamoyilining muhimligini N.N.Baranskiy ham ta’kidlagan. Bu olim: «Mamlakat va rayonlar iqtisodiy geografik ta’rifini shunday beringki, u oyog‘i bilan erga– geologiya, geomorfologiya va tuproqshunoslikka, tanasi bilan tarix orqali o‘tishi, boshi bilan esa mafkuraga tayanishi kerak» deb uqtirgan edi. Ta’kidlash lozimki, geografiyaga qanchalik tarix kerak bo‘lsa, tarix uchun ham geografiya shunchalik zarur. Ammo, geografiya tarixga, tarix esa geografiyaga aylanmasin. Geografiyada tarixiy yondoshuv o‘tmishning barcha maydachuydasini emas, balki hozirgi holatning yuzaga kelishida aynan qaysi tarixiy voqea va bosqichlar sabab bo‘lganini aniqlash etarlidir. Masalan, agar respublikamiz poytaxti Toshkent shahrini iqtisodiy geografik ta’riflamoqchi bo‘lsak, uning ilk vujudga kelganidan keyin, so‘nggi muhim tarixiy voqealar inobatga olinsa kifoya. Ular: o‘tgan asrning ikkinchi yarmida (1865 y) Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi va Toshkent Turkiston general gubernatorligining poytaxti vazifasini bajarishi, 1917 yil sotsialistik inqilob yili, 1924 yil O‘rta Osiyo respublikalarining tashkil etilishi, 1930 yil O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining Samarqanddan Toshkentga ko‘chirilishi, Ikkinchi jahon urushi yillari, 1966 yil Toshkent yer qimirlashi, va, nihoyat, 1991 yil O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan yili, Toshkentning mustaqil davlat poytaxtiga aylanishi. Ana shu burilish yoki tarixiy voqealar bugungi Toshkentga, uning hududi, xo‘jaligi va aholisi, shahar qurilishiga ozmi-ko‘pmi o‘z ta’sirini o‘tkazgan, iz qoldirgan. qolgan oraliq voqealar esa bizga ayni paytda uncha zarur emas. Binobarin, ularni tarix fani uchun qoldirish kerak. Fanda tarixiylik tamoyili tarixiy geografiyaning o‘rnini olmasligi lozim. Bu erda tarixiy yondoshuv o‘rganilayotgan hodisaning o‘tmishiga qisqacha «safar qilinishini» anglatadi, tarixiy geografiya esa o‘tmishning alohida pog‘onlarida tabiat va xususan, xo‘jalik tarmoqlari, aholi va boshqalar qay darajada rivojlangan va qanday joylashgan kabi masalalarni tahlil etadi va ko‘z o‘ngimizda gavdalantiradi. Bir paytda tarixiylik geografiyaning tarixi ham emas. Sababi geografiyaning tarixi deganda so‘z ko‘proq geografik kashfiyotlar to‘g‘risida boradi. Shunday qilib, tarixiylik tamoyili, tarixiy geografiya va geografiya tarixidan farq qiladi, u bu erda qo‘yilgan maqsadga to‘laroq qanday erishish asoslaridan birini ifodalaydi, o‘tmishga bugungi kun nuqtai-nazardan emas, balki unga o‘sha davr va muhitdan kelib chiqqan holda baho berish, mavjud-voqealikka tarixiy qarashni talab etadi. Aslini olganda, tarixsiz geografiya (geografiyasiz tarix) bo‘lmaydi. Demak, ular bir-birlarini to‘ldiradi. Ammo ularni alohida-alohida qarash ham noto‘g‘ridir. Chunonchi, nemis olimi A.Gettner geografiyada tarixiylikni inkor etgan, u xronologiyani rad etib, xorologiyani tan olgan. Bu jihatdan u nemis olimi, faylasuf I.Kant g‘oyalariga asoslangan. Albatta, bunday bir tomonlamik ham nojoizdir. hatto an’ana bo‘lib qolgan «ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishi» iborasi ham bu ikkilikning chambarchas bog‘liqligini bildiradi. Bu erda agar rivojlanish tarix bo‘lsa, joylanish geografiya demadir. har qanday rivojlanish ma’lum bir hudud doirasida amalga oshadi, joylashuv esa rivojlanishning hududdagi aksidan boshqa narsa emas. Geografiya fanining tamoyillaridan yana bir ekologik yondoshuvdir. Ekologiya o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra organizmlarning ichki o‘zaro va tashqi muhit bilan aloqadorligini anglatadi. U bu jihatdan geografik dunyoqarashning mazmuniga ham ancha mos keladi. Sababi-geografiyada barcha voqea va hodisalar o‘zaro hamda tashqi muhit bilan hududiy munosabatda ko‘riladi. Shu bois, ekologiya ma’lum ma’noda geografiyaga juda yaqindir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zi olimlar bu ikki tushunchani ma’nodosh sifatida ishlatganlar. Masalan, chikagolik X.Berrouz «Inson ekologiyasi yoxud geografiya» nomli maqolasini yozgan edi. Bu erda geografiyadagi komplekslilik tamoyili ekologik dunyoqarashga o‘xshab ketadi. har ikkisida ham o‘zaro uyg‘unlikda qarash, mushohada yuritish talab etiladi. Ekologik tamoyil, ayniqsa, ishlab chiqarishni ijtimoiy va hududiy tashkil etish shakllari, xususan, mujassamlashuv bilan uyg‘unlashib ketadi. Masalan, qancha ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo‘lsa (korxona yirik yoki korxonalar majmui bir joyda ko‘p bo‘lsa), ekologik vaziyat, odatda, buning aksi bo‘ladi. Demak, bu erda «rivojlangan» degan tushuncha ko‘p hollarda ekologik nosog‘lom ma’nosi bilan yonma-yon turadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning yana bir tamoyili demotsentrizm yoki antropotsentrizmdir. Chunki, barcha hududiy iqtisodiy munosabatlar asosida eng avvalo inson-moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi va ayni paytda ularning iste’molchisi turadi. Qolaversa, tarix jamiyat tarixi ham insonsiz bo‘lmaydi. Bundan tashqari dastavval sof tabiiy ma’noga ega bo‘lgan ekologiya tushunchasi ham industriyalashtirish va urbanizatsiya tufayli sotsial va inson ekologiyasiga aylanmoqda. N.N. Baranskiy insonsiz geografiyaga bor vujudi bilan Qarshi va «Insonni unutibsiz!» deb xitob qilar edi. Chindan ham ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining markazida inson turishi kerak. Shuning uchun iqtisodiy va ijtimoiy geografiya inson tabiati, biogeografiyasi, yashash tarzi, urf-odati kabi sof ijtimoiy masalalarning hududiy jihatlari ham o‘rganilishi lozim. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda, ilmiy-texnika taraqqiyoti va boshqalarda inson omili, uning talab va ehtiyoji, dunyoqarashi muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan, demotsentrik tamoyil ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda e’tiborga olinishi bilan bir qatorda insonning o‘zi ham o‘rganilishi ahamiyatdan holi emas. Xulosa qilganda, hududiylik, komplekslilik, tarixiylik, ekologiya hamda demotsentrik yondoshuvlar iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning birligini ta’minlaydi. Shu bilan birga bu asosiy printsiplar alohida-alohida emas, balki birgalikda kuchli, ta’sirchan bo‘ladi. Ular ushbu fanni ijimoiylashtirish, siyosiylashtirish, iqtisodiylashtirish va mahalliylashtirish kabi yo‘nalishlar yordamida amaliyotga tatbiq etilsa, u yanada samaraliroq natijalar beradi. Geografiya fanining yana bir ajoyib va betakror imtiyozi bor. Bu ham bo‘lsa uning integratsion salohiyatining kuchliligidir. qamrovi keng bo‘lgan geografiya juda ko‘p fanlar bilan «qo‘shnichilik» qiladi va tutash mavqega ega. Ular jumlasiga tarix, biologiya, geologiya, sotsiologiya, demografiya, iqtisodiyot, ekologiya, psixologiya, huquqshunoslik, shaharsozlik, tibbiyot va boshqalar kiradi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya boshqa geografik fanlar va, eng avvalo, tabiiy geografiya bilan bog‘liq. Tabiiy va ijtimoiy geografiya inson va tabiat, tabiat va jamiyat juftligini aks ettirgan holda umumiy geografiyani tashkil qiladi. Ammo ular orasida farq ham yo‘q emas. Chunonchi, ijtimoiy shu jumladan iqtisodiy geografiya uchun joylashuv xosdir, chunki bu fan turli iqtisodiyot sohalarning joylashuv xususiyatlarini o‘rganadi. Tabiiy geografiyada esa tabiiy komponentlarning yer yuzida joylashuvi emas, balki ularning vujudga kelish qonuniyatlari, tabiiy geografik jarayonlar tahlil etiladi, baholanadi va bashorat qilinadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarix, iqtisodiyot, demografiya, statistika, etnologiya, tibbiyot va boshqalar bilan yaqin aloqalarga ega. Bu esa geografiya fanining integratsion salohiyati, tadqiqot ob’ekti va qamrovining kengligidan kelib chiqadi. Tayanch tushunchalar: iqtisodiy geografiya, ob’ekt, predmet, tadqiqot metodi, tadqiqot usuli, hududiylik tamoyili, komplekslik tamoyili, mikrogeografik yondoshuv, makrogeografik yondoshuv, tarixiylik tamoyili, ekologik yondoshuv, demotsentrizm. Savol va topshiriqlar Fanining ta’rifidagi eng asosiy tushunchalar qaysilar? Iqtisodiy geografiyaning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga aylanib borayotganligining sababi nimada? Tarix va geografiya fanlarining o‘xshash tomonlari nimada? Hududiylik tamoyilini tushuntirib bering. Komplekslilik tamoyilini qo‘llashdan maqsad nimada? Demotsentrizm tamoyilini mohiyati nimada? Makrogeografik va mikrogeografik yondoshuv qaysi tadqiqot uslub va uslublarida qo‘llaniladi? Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tarixiy shakllanishi. Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli O‘quv vaqti: 80 minut Talaba soni Iqtisodiy geografiya fanining vujudga kelishi. O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Fanining rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. Ma’ruza rejasi Fanning mazmunan va dialektik rivojlanishi Ijtimoiy geografiyaning predmeti va ob’ekti. Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishi va fanlar tizimida tutgan o‘rni. Ijtimoiy-geografik tadqiqotlar xususiyatlari O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tarixiy shakllanishi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga Talabalar Ishlab chiqrish kuchlarini joylashtirish va oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy hududiy tashkil etishning asosiy omillari haqida maslalar bo‘yicha tushunchalarni tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni shakllantirish. konspektlashtiradilar. Ma’ruza, «aqliy hujum», “baliq skeleti” Ommaviy Kompyuter prezentatsiya, slaydlar, flipchart Savol javob marker, O‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasi Faoliyat mazmuni O‘qituvchining O‘quv mashg‘ulotning boshida kirish o‘tilgan ma’lumotlar so‘raladi Talabaning Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Iqtisodiy geografiya fanining vujudga kelishining asosiy omillari haqida tushuncha beriladi. Fanining rivojlanishidagi asosiy bosqichlari tahlil etiladi Fanning mazmunan va dialektik rivojlanishi bo‘yicha savol o‘rtaga tashlanadi Ijtimoiy geografiyaning predmeti va ob’ekti to‘g‘risida ma’lumot beriladi Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishi va fanlar tizimida tutgan o‘rniga baho beriladi Ijtimoiy-geografik tadqiqotlar xususiyatlari haqida ma’ruza qilinadi 1 Mavzu bo‘yicha xulosa qilish. Ishlab chiqrish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil etishning asosiy omillari yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Konspekt yozishadi, tinglashadi, “Baliq skeleti” texnologiyasi asosida o‘qituvchi topshirig‘ini bajaradilar. Mavzu bo‘yicha savollar beradilar. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi, talabalar to‘ldirgan jadval asosiy jadval bilan solishtiriladi va yakun chiqariladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tarixiy shakllanishi. Reja: Iqtisodiy geografiya fanining vujudga kelishi. Fanining rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. Fanning mazmunan va dialektik rivojlanishi Ijtimoiy geografiyaning predmeti va ob’ekti. Ijtimoiy geografiyaning rivojlanishi va fanlar tizimida tutgan o‘rni. Ijtimoiy-geografik tadqiqotlar xususiyatlari Biror bir fanning vujudga kelishi uchun ijtimoiy zaruriyat, ehtiyoj yoki “buyurtma” (A.S.Soliev iborasi) bo‘lishi lozim. Bungacha shu fanga tegishli ma’lumotlar va axborotlar banki ma’lum darajada shakllanadi. Taraqqiyotning ma’lum bosqichida ular «etiladi» va shu asnodan uning rivojlanishi uchun kuchli turtki beriladi. Istalgan fanning haqiqiy fan maqomiga ega bo‘lishi, shakllanishi uchun o‘zining ob’ekti, predmeti, metodi va metodologiyasi, asosiy tushuncha, kategoriya va qonuniyatlari, ilmiy maktab, markaz va yo‘nalishlariga, salmoqli ilmiy asarlar, tadqiqotlarga ega bo‘lishi va uning boshqa fan vakillari tomonidan tan olinishi talab etiladi. SHuningdek, mazkur fanning shakllanishida maxsus fakultet, kafedra yoki laboratoriyalarning tashkil etilishi ham katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy geografiya fani ham yuqoridagi shart-sharoitlar, ob’ektiv zaruriyatlar asosida vujudga kelgan va rivojlanib borgan. Dastlab “iqtisodiy geografiya” tushunchasini buyuk rus qomusiy olimi M.V.Lomonosov XVIII asrning 60yillarida ishlatgan va uni muomalaga kiritgan. Biroq, u davrda iqtisodiy geografiya fani shakllanmagan, faqat shunday atama yoki tushuncha paydo bo‘lgan, xolos. Fan sifatida XIX asrning birinchi yarmida, asosan Germaniyada statistika va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish masalalarini o‘rganish bilan bog‘liq holda vujudga kela boshlagan. To‘g‘ri bundan ancha oldin XVII asrda Niderlandiyada keyinroq, Frantsiyada, ijtimoiy geografik tadqiqotlar boshlangan. Ammo, ushbu tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy va ijtimoiy geografik tadqiqotlardan ancha yiroq bo‘lgan. Umuman olganda, mazkur fanning shakllanish va rivojlanishini 3 asosiy davr ajratiladi: sho‘ro davrigacha, sho‘ro davri va mustaqillik yillari. Iqtisodiy geografiya fani rivojlanishing dastlabki davri XX asrning 20yillarigacha bo‘lgan oraliqni qamrab oladi. Ushbu davrda fan sohasiga doir ma’lumot va bilimlar shakllana borgan, uning fan sifatida taraqqiy etishiga zamin tayyorlangan. Iqtisodiy geografik mazmundagi bilimlar O‘rta Osiyolik allomalar asarlarida ham mavjud. Vatandoshlarimiz Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur, Behbudiy asarlarida bor. Ammo, afsuski, bu va boshqa olimlarning iqtisodiy geografik merosi yaxshi o‘rganilmagan yoki ulardagi ma’lumotlar xorologik (tavsifiy) mazmunga ega. Masalan Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta Osiyoning o‘zi borib ko‘rgan joylarini tabiatini tavsiflash bilan birgalikda, hududda yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini ham yoritgan. Shu bilan birga ko‘pgina iqtisodiy geografik ma’lumotlar xitoy va arab sayyohlarining kitoblarida ham mavjud. XIX asrda, ayniqsa kapitalizm davrining boshlanishi bog‘liq yirik sanoat ishlab chiqarishi hamda halqaro savdo-sotiq va transport tizimi asosida hududiy mehnat taqsimoti keng ko‘lamda rivojlanib bordi. Bu jarayon iqtisodiy makonning ichki turlanishiga va, ayni vaqtda, iqtisodiy geografik bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlarga olib keldi. Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng Yer sharida deyarli ochilmagan joy qolmadi. Bu esa shaklanib bo‘lgan jahonnnig geoiqtisodiy va geosiyosiy makonini mamlakat va mintaqalar doirasida chuqur o‘rganishni dolzarb qilib qo‘ydi. 1749 yilda nemis G.Axenval statistika faniga asos soladi. Uning statistikasi mamlakat hayotiga oid barcha miqdoriy ko‘rsatkichlarga (davlat chegarasi, maydoni, aholisi, armiyasi, qazilma boyliklari va x.k.) bag‘ishlanganligi sababli u davlatshunoslik (state-shtat, ya’ni davlat), kameral statistika mazmuniga ega edi. Germaniya statistikasida fakt va raqamlar juda ko‘p bo‘lib, u eng avvalo mamlakat hayotini miqdor jihatidan tasvirlab berardi, xolos. SHu sababdan uning tahliliy, ilmiy ahamiyatiga ko‘ra axboriy tomonlari ko‘proq bo‘lgan. Deyarli shu davrda ingliz iqtisodchisi U. Pettining ham statistika to‘g‘risidagi asari chop ettiriladi. Uning bu kitobida mamlakat siyosiy-iqtisodiy hayoti va savdo-sotiq bilan bog‘liq ma’lumotlarga, ularning tahliliga hamda ayrim qonuniyatlarga e’tibor berilgan. Demak, Petti statistikasining, aniqrog‘i matematik statistikasining fanga yaqinligi ancha yuqori (uni ba’zilar «siyosiy arifmetika» deb yuritishgan). Bizning taxminlarimizga ko‘ra, nemis statistikasi keyinchalik iqtisodiy geografiyaga, ingliz statistikasi esa avvalgi siyosiy iqtisod-hozirgi iqtisodiy nazariya fanlariga asos bo‘lib xizmat qilgan. Aynan nemis statistikasi ta’sirida Rossiyada ham statistika va iqtisodiy geografiya fanlari shakllangan. Geografiya va shu jumladan iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida evropalik, ayniqsa nemis va ingliz olimlarining xizmatlari katta. Jumladan geografik determinizm1 (K. Ritter, E. Blash) hamda (F.Rattsel, K. Xausxofer,) “Antropogeografiya” va “Siyosiy geografiya” kitoblari ham qisman sababchi bo‘lgan. Ayniqsa bu borada Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog‘liq tadqiqotlarning ahamiyati katta. Jumladan, I.Tyunen (1826 y.) qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini shahar atrofida halqasimon joylashtirish, A.Veber (1909 y.) sanoat korxonalarini hudududiy tashkil qilinishini o‘rganishgan. Boshqa nemis olimlari V.Kristaller va A.Lyoshlar esa aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini joylashtirish va umuman xo‘jalik tarmoqlarini hududiy tashkil etishni tadqiq qilishgan. A.Lyosh (XX asr 40-yillari) iqtisodiy landshaft yoki hozirgi zamon tili bilan aytganda, iqtisodiy rayonlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalikni joylashtirish masalalarini chuqur va atroflicha tahlil etgan. Xulosa qilsak, iqtisodiy geografiyaning fan maqomida shakllanishida nemis statistikasi, iqtisodiy nazariyalar va siyosiy geografiyasining ahamiyati katta bo‘lgan. qolaversa, dunyoda ilk bor geografiya fakulteti va kafedralari ham aynan Germaniya oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan. Germaniyada vujudga kelgan ilmiy yo‘nalishlar Rossiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. V.N.Tatishev (XVIII asr) va boshqa rus olimlarining tadqiqotlari asosan nemis statistikasi va geografiyasi ruhida olib borilgan. XIX asrning 20 yillarida Peterburg universitetining tarix fakultetida dastlabki tashkil etilgan kafedraning nomi ham “Geografiya va statistika” deb atalgan. Rossiyada iqtisodiy geografiya rivojlanishida K.I.Arsenevning mamlakatni iqtisodiy rayonlashtirish borasida olib borgan ishlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Dastlabki davrda fanining vujudga kelishiga zamin yaratilgan bo‘lsa, fanning rasmiy nomi XX asrning birinchi choragida paydo bo‘lgan. «Iqtisodiy geografiya» Dete-belgilayman degan s o‘zdan olingan. Jamiyat rivojlanishini tabiiy muhit belgilaydi degan reaktsion nazariya nomli ilmiy jurnal AQSH da, shu nomdagi kafedra Germaniya va Rossiyada tashkil qilingan. Iqtisodiy geografiyaning tarixiy shakllanishi va rivojlanish jarayonini o‘rganishda sobiq Ittifoq davrini ham e’tiborga olmoq zarur. Ushbu davrda fan asosan nemis maktablari ta’sirida, dastlab Peterburgda rivojlanib borgan. Unda sof iqtisodiy va xususan tarmoq hamda statistik raqamlarga ko‘p ahamiyat berilganligi sababli iqtisodiy geografiyada «tarmoq-statistika» yo‘nalishi ustuvor bo‘lgan. SHu bois XX asrning 20-yillarida iqtisodiy geografiya iqtisodiyot fanlari tizimiga kiritilgan. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillardagi xo‘jalikni qayta tiklash ishlarida iqtisodiy geografiya katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan. SHu nuqtai-nazardan 20-yillarda Moskvada tashkil etilgan KEPS («Komitet po ispolzovaniyu prirodnix resursov») va uning asosida SOPS (“Sovet po izucheniyu proizvoditelnix sil”) ning vujudga kelishi nihoyatda muhim bo‘lgan. Ushbu ilmiytadqiqot tashkilotlari mamlakatning turli hududlarida tabiiy resurslardan foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha ilmiy g‘oya va sxemalarni yaratdi va amalga oshirdi. Ushbu ishlar mohiyatan iqtisodiy geografiya fani doirasida olib borilgan. Respublika Vazirlar mahkamasi va akademiyasi qoshidagi «SOPS» hamda boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va 1940 yilda Toshkent Davlat universitetida (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ochilgan iqtisodiy geografiya kafedrasi olimlari yirik hududiy-iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Masalan, Farg‘ona vodiysining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, Angren-Olmaliq, Buxoro-Navoiy, Qashqadaryo, Mirzacho‘l, Quyi Amudaryo hududiy ishlab chiqarish majmualari to‘g‘risidagi ishlar shular jumlasidandir. Fanning frontal rivojlanishi, xususan, aholi bilan bog‘liq tadqiqotlarning kuchayishi natijasida u rasman 1976 yildan boshlab «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» maqomini olgan. Ayni vaqtda, Fan rivojlanishida ayrim salbiy jarayonlar ham kuzatildi. Masalan, fanning tavsiflovchi (xorologik) xususiyatiga haddan tashqari urg‘u berildi (ba’zan kichik bir tog‘ning shimoliy yonbag‘rini bir kishi, janubiy yonbag‘rini boshqa kishi dissertatsiya mavzusi sifatida o‘rgangan). Natijada, fakt va raqamlar, iqtisodiy tushuncha hamda qonuniyatlar biroz geograflar nazaridan chetda qolgan va o‘ziga xos bo‘shliq (vakum) paydo bo‘lgan. Aynan ana shu sharoitda mintaqaviy iqtisodiyot fani vujudga keldi-ki, uning ob’ekti va predmeti, qaysi fanlar tizimiga taalluqliligi hanuzgacha bahs va munozaralarga sabab bo‘lmoqda (ayrim etakchi iqtisodchi va geograflar fikricha, mintaqaviy-iqtisodiyot iqtisodiylashgan geografiya yoki geografiyalashgan iqtisodiyotdir). Ko‘rilayotgan davrda iqtisodiy geografiya fanining ta’rifi ham o‘zgarib, zamon talabiga moslashib borgan. Masalan, agar avval iqtisodiy geografiya turli mamlakat va rayonlar xo‘jaligini, ishlab chiqarish kuchlarining joylanish xususiyatlarini o‘rganuvchi fan hisoblangan bo‘lsa, keyinchalik uning predmeti hududiy ishlab chiqaruvchi majmualar, jamiyatni hududiy tashkil etish va boshqarish bilan tavsiflandi. Mustaqillik davrida, Sobiq Ittifoqning parchalanishi, yangi mustaqil respublikalar-suveren davlatlarning tashkil topishi iqtisodiy geografik qarashlarda ham birmuncha o‘zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa, bu borada avvalgi «Butunittifoq mehnat taqsimoti», o‘ta markazlashtirilgan sotsialistik planlashtirish, yalpi mulkchilik shakllarining vujudga kelishi va ularning davlat tasarrufidan chiqarilishi, bozor munosabatlariga o‘tishning ta’siri kuchli bo‘ldi. Mustaqillik davrida iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yangi siyosiy va iqtisodiy sharoitda rivojlanib kelmoqda. Eng avvalo ta’kidlash lozimki, mazkur fanning asosiy g‘oya va tushunchalari: hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va boshqalar ilmiy ahamiyatini hozir ham saqlab qolgan, ularga faqat eski dunyoqarash, o‘ta markazlashgan mustabid tizimning rejalashtirish tamoyillaridan holi yondoshuv talab etiladi. Zamonaviy fanlar tizimida aholi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda zamonaviy iqtisodiy va sotsial geografiya alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, uning sotsial geografiya qanoti jamiyat yoki aholi ijtimoiy rivojlanishining hududiy qirralari, qonuniyatlarini o‘rganishi bilan muhim ahamiyaga ega. Keyingi yillarda an’anaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanining tadqiqot ob’ekti va predmeti doirasi ancha kengaydi, mukammallashdi. Ilgari ilmiy tadqiqotlarda ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etilishi va rivojlantirish masalalari asosiy o‘rinni egalagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, aholining o‘zini yoki insonning ijtimoiy ehtiyojlari bilan bog‘liq masalalarni har tomonlama o‘rganishga, ayniqsa, aholining ijtimoiy, madaniy-ma’naviy turmush tarzini hududiy tashkil etish qonuniyatlarini tadqiq etishga e’tibor. XX asrning ikkinchi yarmidan qator fanlarning, shu jumladan, iqtisodiy geografiyada ham «ijtimoiylashuv» jarayoni boshlandi. Aholi geografiyasi, aholi manzilgohlari geografiyasining rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning sotsial qanoti shakllana boshladi. Iqtisodiy geografiya klassigi N.N.Baranskiy «sotsial geografiya»ni yaratish masalasini ko‘ndalang qo‘ygan hamda fanning asosiy masalalarini (aholi geografiyasi, xo‘jalik geografiyasi, shaharlar geografiyasi va b) tadqiq etgan. N.N. Baranskiy, «iqtisodchi geograf nafaqat aholining tarkibi, joylashuvi, aholi manzilgohlarining tavsifini, balki uning fikr-o‘ylari, urf-odatlari va madaniyatini ham bilishi kerak» deb ta’kidlagan edi. Ijtimoiy geografiya (tor ma’nodagi), geografiya fanlari tizimidagi yangi yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning tadqiqot ob’ekti va predmeti to‘la shakllanmagan va bu borada olimlar o‘rtasida hozirgacha bahs-munozaralar mavjud. Turli davrlarda bevosita aholi, ya’ni uning yashash, mehnat qilish, dam olish, sog‘lig‘ini saqlash va boshqa ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayot faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar xorijda va shuningdek, sobiq Sovet iqtisodiy geografiyasi doirasida ham o‘rganib kelingan. Shu boisdan ham Yu.G.Saushkin ijtimoiy geografiyani iqtisodiy geografiyadan ajratish, iqtisodiy va sotsial geografiyani rivojlanishiga zid ekanligini, ya’ni ijtimoiy voq’elikni iqtisodiy geografiyadan «sug‘urib» tashlab bo‘lmasligini ham uqtiradi. Hozirgi kunda ijtimoiy geografiyaning tor va keng ma’nodagi talqini mavjud: Jumladan, professor A.S. Soliev tor ma’nodagi ijtimoiy geografiya (ya’ni, sotsial geografiya)-bu bevosita inson hayoti bilan bog‘liq masalalarning hududiy jihatlarini, uning o‘zi yashab turgan muhiti bilan munosabatini o‘rganuvchi fandir deb ta’kidlaydi. Keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya sifatida esa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning rivojlanib «Ijtimoiy geografiyaga» aylanib borayotganligini ko‘rsatadi. Sotsial geografiyaning ildizi XVII asrga, Niderlandiya mamlakatiga borib taqaladi. YAngicha, kapitalistik rivojlanish yo‘liga o‘tib olgan Gollandiyada yer taqchilligi va u bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar fanning shakllanishiga turtki bo‘lgan. Keyinchalik u qo‘shni Frantsiyada, Germaniyada rivojlana boshlangan. «Sotsial geografiya» tushunchasi XIX asrning oxirlarida frantsuz maktabi vakili, iqtisodchi va sotsiolog Le-Ple tomonidan ishlatilgan. Uning predmeti «jamiyatdagi guruhlar va o‘zaro aloqadorliklarning regional taqsimlanishini o‘rganish» deb tushuniladi. Mazkur fan tarmog‘ining aynan Niderlandiyada paydo bo‘lishi ham bejiz emas. Chunki, uning amaliy vazifalari, aholisi zich va yer resurslari taqchil bo‘lgan Niderlandiyada mintaqaviy rejalashtirish masalalarini hal etishda o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etdi. 50-60 yillarga kelib esa sotsiografiya qishloq joylaridagi hududiy ijtimoiy tafovutlarni o‘rganuvchi fan sifatida Amsterdam universitetida rivojlandi. Sotsial geografiya XX asrda nafaqat Niderlandiya, balki jahonning aksar rivojlangan mamlakatlarida shiddat bilan rivojlandi. Ushbu jarayon bevosita jahonda mintaqaviy tafovutlarning keskinlashuvi, shaharlar rivojlanishining tangligi kabi o‘ta dolzarb muammolar bilan bog‘liq. Ijtimoiy-geogarfik g‘arb olimlari ijtimoiy geografiyada tadqiqotlarning hulqatvor (povedencheskiy) hamda «farovonlik» («blagosostoyaniya») mavqeidagi yondoshuvlarini ajratib ko‘rsatishadi. Birinchi yondoshuv-bu xo‘jalikni makondagi tabaqalanishini sub’ektiv ravishda, ya’ni odamlarning oqilona yo‘naltirilgan xatgaharakatlari orqali asoslash, tashkil etish bilan bog‘liq. Ikkinchi, ya’ni D. Bartels asoslab bergan «farovonlik» yondoshuvi nuqtai-nazaridan bajariladigan sotsial geografik tadqiqotlarning vazifalari jamiyatning kamsitilgan guruh va hududlarini aniqlash hamda o‘rganishdan iborat. Ularga kambag‘allik, ochlik, hokimiyat, insonga munosib hayot sharoitlaridan chekinishni tadqiq etish va ularni bartaraf etishning chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabilar kiradi. Ammo, ta’kidlash joizki, ayrim sobiq Ittifoq hamda g‘arb olimlari yuqorida zikr etilgan yondoshuvlarning izchil ilmiy natijalar berishiga shubha bilan qaraganlar. hozirgi ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishiga sobiq Ittifoq geograf olim va tadqiqotchilari ham munosib hissa qo‘shganlar. Bu davrda ijtimoiy geografiyaning rivojlanishida shartli uch bosqichni ajratib ko‘rsatish mumkin: Dastlabki bosqich-XX asrning 50-yillarigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu davrga xos xususiyatlardan biri ijtimoiy hodisa va jarayonlarning ayrimlari iqtisodiy va etnogeografik tadqiqotlar doirasida o‘rganildi. SHularga qaramay aholining turmush sharoitlari, madaniy, maishiy xususiyatlarini o‘rganishning zarurligi sobiq sovet geografiya fanining dastlabki yillaridayoq ta’kidlangan edi. Ijtimoiy geografiya aholi geografiyasi va aholi bilan bog‘liq geografik tadqiqotlar asosida shakllandi. Barcha aholi yoki muayyan bir ijtimoiy guruhning sotsial rivojlanishidagi hududiy tafovutlarni tadqiq etish faqatgina ijtimoiy geografiyaning predmeti bo‘lmay, balki mintaqaviy sotsiologiyaga ham xosdir. Ammo, sotsioligik tadqiqotlarning hududiy qamrovini etarli darajada deb bo‘lmaydi. Ikkinchi bosqich qisqa davrni-XX asrning 50-70 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda aholi geografiyasi tez rivojlandi va shu bilan birga, geografik tadqiqotlarda sotsiologiya kategoriyalari va tushunchalari keng qo‘llanila boshlandi. So‘nggi bosqich-keyingi bir necha o‘n yillarni o‘z ichiga oladi va ijtimoiy geografiya aynan shu davrda rasman tasdiqlandi. Ushbu bosqichda bevosita ijtimoiy goografiyaga xos ishlarning ko‘lamini etarli deb bo‘lmasada, avvalgilariga nisbatan e’tiborga molik ishlar bajarildi. Bu davrda bajarilgan ijtimoiy geografik tadqiqotlar sohaviy hamda mintaqaviy jihatlari bilan ajralib turadi. Nomlari zikr etilgan ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy geografiyaning predmeti, mohiyati va vazifalari turli davrlarda va mualliflar tomonidan turlicha talqin qilib kelindi va bu boradagi bahs-munozarali holatlar hozirda ham saqlanib qolmoqda. Ijtimoiy-geografik tadqiqotlarning ob’ekti va mohiyati. xususidagi ilk konkret natijalarni R.M. Kaboning ishlarida atroflicha yoritilgan. Jumladan, uning fikricha «ijtimoiy-madaniy» geografiya mehnat faoliyati bilan bog‘langan aholi joylashuvi tiplari, uning turmush tarzi va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarining hududiy tafovutlarini va, shuningdek, har bir ijtimoiy-hududiy omillar guruhini o‘zida mujassam etgan barcha elementlarning murakkab uyg‘unligini ko‘rib chiqadi. M.F. Grin fanning tuzilishi va vazifalarini yanada kengroq talqin qiddi. Uning fikricha ijtimoiy geografiya sotsial tsiklga mansub geografik fanlar bilan birga iqtisodiy geografiyani ham qamrab oladi. Ushbu masalaga amaliy nuqtai-nazardan real va asosli ravishda yondoshgan A.A.Dolinin «ijtimoiy hodisa va jarayonlarning mintaqaviy xususiyatlarini, mintaqalarning tabiati, iqtisodiyoti va demografik vaziyatini tavsiflovchi narsalarni jalb etmasdan chuqur o‘rganib bo‘lmaydi, demak bunday tadqiqotlarni iqtisodiygeograflar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlari mumkin». A.A.Dolinin bo‘yicha ijtimoiy geografiyaning ob’ekti-bu odamlarning o‘zaro munosabatlari orqali bog‘langan hududiy birikmalaridan iborat. Ushbu holatda turlicha iqtisodiy, sotsial, demografik jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi ta’kidlanib, geografik fan sifatida ijtimoiy geografiya tabiiy sharoitning ta’siri e’tiborsiz qoldirmaydi. Shunday qilib, A.A.Dolininning ko‘rsatmalaridagi e’tiborni o‘ziga tortadigan jihati turli taksonomik toifadagi rayonlarning ijtimoiy rivojlanishi darajalarini aniqlashda, hamda ijtimoiy voqea va hodisalarni o‘rganishda geografik masalalarga e’tiborni kuchli ekanligidir. Ko‘pchilik olimlar masalan S.B.Lavrov, A.A.Anoxin, N.T.Agafonovlar ijtimoiy geografiyani ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning bir bo‘g‘ini sifatida, sotsial strukturalarni muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda joylashuvi va hududiy tashkil etilishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan deb yoki, boshqacha qilib aytganda, agarda ijtimoiy strukturalar jamiyat bilan bir butun holda hududiy tashkil etilar ekan, u holda ijtimoiy geografiyani hududiy ijtimoiy strukturalarning rivojlanish omillari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida ham tushunish mumkin deb ta’riflashadi. Ammo, aksariyat mualliflar o‘z tadqiqotlarining so‘ngida Aholi geografiyasi doirasida ayrim ijtimoiy hodisalarni tahlil etish tajribasiga ko‘ra, ijtiomiy geografiyani ijtimoiy sohalarni hududiy jihatdan o‘rganuvchi fanlar pog‘onalashuvida tutgan o‘rniga qarab uni quyidagicha talqin qilishadi: Sotsial geografiya mavjud emas, ammo geografiyada ijtimoiy jihatlarni borligi shubhasizdir. Sotsial geografiya-mustaqil fan bo‘lib, geografiya fanlari tarkibida eng quyi pog‘onada joylashgan. Ko‘p hollarda uni aholi geografiyasining tarkibiy qismi sifatida ko‘rish mumkin. Sotsial geografiya-mustaqil fan bo‘lib, geografiya fanlari tarkibida o‘rta ierarxik pog‘onada, ya’ni masalan, iqtisodiy geografiya bilan bir pog‘onada joylashgan. Sotsial geografiya-mustaqil fan bo‘lib, ijtimoiy geografiya fanlari tarkibida yuqori ierarxik pog‘onada joylashgani holda, ijtimoiy geografiyaning sinonimi hisoblanadi; sotsial (ijtimoiy) gyoografiya tarkibiga iqtisodiy geografiya ham kiradi. Ijtimoiy geografiya mustaqil mavjud emasligini yoqlaydigan iualliflar jumlasiga Alaev E.B., Kovalev S.A., Kovalskaya N.YA., Lappo G.M., Lavrov S.B., Sdasyuk G.V., Saushkin Yu.G., Tkachenko A.A.-larni kiritish mumkin. Ushbu olimlar yaratgan bir qator manbalarda sotsial va iqtisodiy jihatlar bo‘linmasligi va qat’iy bo‘lishga urinishlar natijasiz bo‘lishi ta’kidlanadi. Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari ijtimoiy geografiya mustaqil bo‘lib, geografiyaning quyi pog‘onasida, aholi geografiyasi tarkibiga kiradi. Uning fikricha, sotsial geografiya odamlarning hududiy birikmalarini ijtimoiy rivojlanish darajalarini aniqlashda mujassamlashgan. Kostyaevlar sotsial geografiya avval boshdanoq turli taksonomik toifadagi rayonlarning ijtimoiy hayotini hududiy tashkil etilishini o‘rganuvchi fan sifatida shakllandi deb hisoblaydilar. Sotsial geografiyani aholi geografiyasi doirasidan ancha keng ma’noda tushunishlariga qaramay, yuqoridagi mualliflar, baribir aholi geografiyasi asoslaridan kelib chiqadilar. Keyingi yo‘nalishga mansub qarashlarga ko‘ra, sotsial geografiya-bu mustaqil fan bo‘lib, iqtisodiy geografiya bilan bir darajada turgani holda, ijtimoiy geografiyaning (keng-ma’noda) oxirgi asosiy tarmog‘i hisoblanadi. bunday nuqtainazarni V.M.Goxman va S.Ya.Nimmiklar yoqlab chiqishgan va ular bir xil shunday xulosaga kelishgan. Shuningdek, ular rivojlanganlik darajasiga ko‘ra sotsial geografiyani. iqtisodiy geografiyadan orqada qolyapti, chunki sotsial geografiya ancha keyin shakllana boshladi degan, fikrdalar. Ba’zi bir mualliflar, masalan S.Nimmik sotsial geografiyani iqtisodiy geografiyaga qaramligini va shuningdek, sotsial va madaniy geografiyani bo‘linmasligini ham ko‘rsatib o‘tadi. Oxirgi, to‘rtinchi yo‘nalishga mansub nuqtai-nazarga ko‘ra sotsial geografiyani barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan fan sifatida tushunish mumkin. Bu erda «sotsial» va «ijtimoiy» (obshestvennaya) tushunchalari o‘zaro mos va ular o‘zaro sinonimlardir. Demak, bularga ko‘ra sotsial geografiya (ijtimoiy geografiya) boshqa ijtimoiy-geografik tarmoqlar (Aholi geografiyasi, siyosiy geografiya, harbiy geografiya, tarixiy geografiya va b.) undan tashqari iqtisodiy geografiyani ham qamrab oladi. N.N.Baranskiy ham ijtimoiy geografiyani shunday keng ma’noda tushungan va bunday tushunish mahalliy olimlarga (Soliev A., Otamirzaev O. va boshqalar) ham xos. Dastlabki oqim olimlarining sotsial geografiya haqidagi qarashlari fanni mavjudligini inkor qiladi va ijtimoiy makonni iqtisodiy qonuniyatlar. Ikkinchi yo‘nalishga mansub qarashlar esa aholi geografiyasining ahamiyatini oshirib yuboradi. qator tadqiqotchilar aholi geografiyasini geografiyaning sotsial qanoti, yadrosi degan fikrdalar (Lavrov S.B., Sdasyuk) aholi geografiyasi ijtimoiy (obshestvennoy) geografiyada alohida rol o‘ynaydi. Sotsial geografiyani tutgan o‘rni xususidagi uchinchi yo‘nalishdagi qarashlarning vujudga kelishi to‘la qonuniydir. Ularga ko‘ra, sotsial geografiya geografiya fanlari tarkibida o‘rta darajadagi fan hisoblanadi. To‘rtinchi yo‘nalishdagi qarashlar barchaga tushunarli va mantiqiydir. Unga ko‘ra sotsial geografiya (keng ma’noda) barcha ijtimoiy-geografik fanlarni qamrab olgan fan bo‘lib hisoblanadi. hozirgi vaqtda ko‘pchilik mualliflar tomonidan «sotsial geografiya» terminini bir vaqtning o‘zida tor va keng ma’noda tushunishning zarurati tug‘ildi. U. Merestening fanlarni integratsiyalashuvi kontseptsiyasi bo‘yicha, ijtimoiy geografiya (keng ma’nodagi sotsial) sotsial geografiyaning sinonimidir. Sotsial geografiya-barcha ijtimoiy ob’ektlar va ular o‘rtasidagi sotsial va geografik munosabatlarni qamrab olgan ijtimoiy geografik tizimlarni o‘rganadi. Jamiyat tomonidan yaratilgan va o‘zining infrastruktura (ijtimoiy, ishlab chiqarish sharoitlariga ega bo‘lgan holda muayyan ijtimoiy vazifani bajarish yuklatilgan xo‘jalik tarmoqlari yoki sohalari, ob’ektlari mavjudki, ularning infrastruktura tizimlarini shakllanishi va rivojlanishining hududiy masalalarini tadqiq etish, bizningcha, tor ma’nodagi ijtimoiy (ya’ni, sotsial) geografiyaning tadqiqot doirasiga kiradi. Keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya yuqoridagi sotsial geografiyani hamda jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini, guruhlarini, kishilarning ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayot tarzini rivojlanishining hududiy masalalarini qamrab oladi. Falsafiy mohiyatiga ko‘ra, agarda inson va uning turmush sharoitlari, mehnat qilishi, bilim va dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi, fikr-o‘ylari, urf-odatlari bilan bog‘liq yoki bir so‘z bilan aytganda keng ma’nodagi ijtimoiy voqea-hodisalar makon va zamonda mavjud ekan, o‘z navbatida ularni vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining hududiy qonuniyatlarini o‘rganish zaruriyatining tug‘ilishi tabiiy va ushbu masala, fanlar mantiqiga ko‘ra, avvalo geografiya fanining tadqiqot ob’ekti doirasiga kiradi, aniqrog‘i u bilan ijtimoiy geografiyaning shug‘ullanishi maqsadga muvofiqdir. Sotsial geografiyaning O‘zbekistonda shakllanishi va rivojlanishiga mahalliy olimlar, xususan A.S.Soliev va M.I.Nazarovlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Jumladan, A.S.Soliev o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligida e’lon qilingan qator risola va o‘quv qo‘llanmalarida an’anaviy iqtisodiy geografiyaning rivojlanish yo‘nalishlarini ochib bergan va shu o‘rinda mazkur fanning sotsiallashuvi (ijtimoiylashuvi)ga alohida urg‘u bergan. A.S.Soliev fikricha, keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya (iqtisodiy va sotsial geografiya) eng avvalo uch blok iborat. Birinchi blokka u iqtisodiy geografiya ya’ni ishlab chiqarish geografiyasini, ikkinchi blokka aholi bilan bog‘liq sotsial-iqtisodiy geografik fanlarni va, uchinchi blokka esa, tor ma’nodagi ijtimomiy geografiya yoki aniqrog‘i sotsial geografiyani kiritadi. SHuningdek, A.S. Soliev ko‘p hollarda «sotsial» tushunchasi to‘la «ijtimoiy» (obshestvenniy) tushunchasiga mos kelmasligini, birinchi atamaning ham ba’zan ishlatilishini maqsadga muvofiq deb biladi. A.S. Soliev rahbarligida M. Nazarov tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish muammolari bo‘yicha yoqlangan dissertatsiya ( an’anaviy geografiyadan sotsial geografiyaga tomon muhim bir qadam bo‘ldi. Buning davomi sifatida keyinchalik ilmiy tadqiqotlar geografiyasi, bo‘yicha dissertatsiyalari yoqlandi. hozirda esa jinoyatchilik geografiyasi, shaharlar sotsial geografiyasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham izlanishlar olib borilmoqda. Xulosa qilganda, ijtimoiy geografiya (keng ma’noda)-bu geografiya fanlari va ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarida vujudga kelayotgan geografiya fanlari tizimidan iborat. hozirgi kunda ushbu tizimda fanlarning uyg‘unlashuvi ro‘y bermoqda va ijtimoiy geografiyaning umumiy nazariyasi shakllanmoqda. Demak, ijtimoiy geografiya shakllanish bosqichini boshidan kechirmoqda va shuning uchun ham uning mustaqilligi va bir butunligi istiqbolidan dalolat beradi. tadrijidagi, ijtimoiy sohalarni hududiy tashkil etishdagi rayonlararo tafovutlar; va maxsus ijtimoiy-geografik tipologiyalar (geodemografik vaziyat, shaharlar va aholi joylashuvi tizimlari, qishloq joylar va boshqalar); baxolanmaslik va x.k. Mazkur muammolarning har biri ijtimoiy geografiyani to‘la shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatlar kasb etadi. Tayanch tushunchalar: iqtisodiy geografiya, statistika, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, geografik determinizm, mintaqaviy iqtisodiyot, hududiy ishlab chiqarish majmualari aholi, ijtimoiylashuv, aholi geografiyasi, aholi manzilgohlari geografiyasi, ijtimoiy geografiya, sotsial geografiya, sotsiogeografiya, «ijtimoiy-madaniy» geografiya, «obshestvennaya geografiya», geodemografik vaziyat, ierarxik pog‘ona, integratsiyalashuv kontseptsiyasi, geodemografik vaziyat. Savol va topshiriqlar Iqtisodiy geografik bilimlar nima uchun kerak? Iqtisodiy geografiya fanining tarixiy manbalari qaysilar va ular qaysi davlatlarda shakllangan? Iqtisodiy geografiyaning statistika bilan qanday aloqadorligi mavjud? Ijtimoiy geografiya fanining hozirgi davrdagi rasmiy nomi qanday va nima sababdan u aynan shunday ataladi? Ijtimoiy geografiyaning predmeti nima? Ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishini asosiy sababi nimada? Sotsial geografiya va ijtimoiy geografiyaning farqi nimada? Ijtimoiy geografiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rnini aniqlang. Ijtimoiy-geografik tadqiqotlar nimalarni o‘z ichiga oladi? 3-Mavzu: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot usullari. Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli O‘quv vaqti: 80 minut Talaba soni Fanning tadqiqot usullari. O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Tadqiqot usullarining qo‘llanilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot usullari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar hududiy mehnat taqsimoti va ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar hududiy ishlab chiqarish majmualari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, «aqliy hujum», klaster O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Slaydlar, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish va davomatni tekshirish 5m. Faoliyat mazmuni O‘qituvchining Talabaning O‘tilgan mavzudan kelib Tinglashadi chiqqan holda tadqiqot usulari aniqlashtirishadi, oldigi ta’riflanadi mavzuni eslaydilar, savollar beradilar Fanning tadqiqot usullari haqida tushuncha beriladi. Tadqiqot usullarining qo‘llanilishi savollar yordamida tahlil etiladi Mavzu bo‘yicha umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 2 Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Konspekt yozishadi, tinglashadi, sxemasini chizib oladilar. Atamalarni konspektlashtirib, jadvallar chizib boradilar O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot usullari. Reja Fanning tadqiqot usullari. Tadqiqot usullarining qo‘llanilishi Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hodisa va voqeliklarni o‘z tadqiqot doirasida o‘rganar ekan u muayyan usullardan foydalanadi. Ular kartografik, geografik taqqoslash, statistik, tarixiy, kuzatuv, modellashtirish va boshqalardir. Ma’lumki, geografik fikrlashni hududsiz va uni xaritada tasvirlashsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Binobarin, xaritani geografiyaning “tili” ham deyishadi. Qolaversa, geografik bilimning chegerasi aynan ana shu o‘rganilayotgan hodisaning hududiyligi va uni xaritaga tushira olishi bilan ifodalanadi. Geografik taqqoslashning ham ahamiyati katta, chunki taqqoslamasdan turib o‘rganilayotgan joyning xususiyati, betakrorligini aniqlab bo‘lmaydi. Bu esa iqtisodiy geografiyaning asosiy predmeti, maqsadidir. Masalan, O‘zbekistonning o‘ziga xosligini faqat jahon hamjamiyatidagi boshqa davlatlar bilan taqqoslangan holda aniqlash mumkin, xolos. Taqqoslash ikki umumiy holatiga ko‘ra o‘xshash va noo‘xshash ob’ektlari asosida olib boriladi. Tahlil jarayonida har ikki taqqoslanayotgan ob’ekt bir-biridan «uzoqlashib», ularning o‘zaro farqi ko‘payib boraveradi va natijada bu ikki voqelikning o‘ziga xos, individual xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Biroq, ushbu metoddan foydalanishning eng muhim talabi shundaki, taqqoslash ayni vaqtda ( sinxron) parallel holda (birin-ketin emas) amalga oshiriladi. Ikkinchidan, taqqoslanayotgan obektlar ko‘lami bo‘yicha mumkin qadar bir-biriga tengroq bo‘lishi ma’qul. Shu bois O‘zbekistonni AQSh bilan yoki Bo‘ka shahrini Toshkent bilan taqqoslash unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Modomiki, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya raqam va ko‘rsatkichlardan iborat ekan uning uchun strategik metod ham muhimdir. Ushbu metodda jadval va grafik, diagramma, turli ko‘rsatkich (indeks, koeffitsient, protsent, promille va b.) va guruhlash usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, umuman geografiyaning eng asosiy xususiyati shundaki, har bir voqelik yoki jarayon albatta qaerdadir va qochondir, ya’ni muayyan makon va zamonda sodir bo‘ladi. Binobarin, tarix bilan geografiya, xronologik yondashuv bilan xorologik (hududiy) yonloshuv ajralmas, dialektik dunyoqarashning mukammal birligidir. Tarix tugagan joydan geografiya boshlanadi, bugungi geografiya ertangi kun uchun tarixdir, tarix esa o‘tmishning geografiyasi hisoblanadi; tarixni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rib bo‘lmas, geografinieshitib. Shuningdek, iqtisodiy geografik bilim va fikrlashning shakllanishida kuzatish, anketa-so‘rov, turli xil bashorat qilish usullari ham katta ahamiyat kasb etadi. Bunday bilim faqat “nima qaerda?” savollariga emas, balki “nimaga aynan shu joyda joylashgan?” savoliga ham javob bera olishni o‘z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari, har qanday bilim singari iqtisodiy geografik bilim ham uch asosiy qismdan tashkil topgan. Bu ham bo‘lsa tahlil (analiz), tashhis (diagnoz) va bashorat (prognoz)-dir. Afsuski, hozirgi iqtisodiy geografiya ko‘proq fakt va raqamlarni yodlab olish, miqdoriy ko‘rsatkichlar yoki nomenklatur masalalar to‘g‘risida ma’lumot beradi, xolos, hodisa va voqeliklar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqadorligi, qonuniy bog‘lanishlar esa ko‘p hollarda e’tibordan chetda qolmoqda. Shu o‘rinda kartografik metod to‘g‘risida ham aytish lozimki, xaritani bilish geografiyaning asosiy maqsadi emas, balki u asosiy maqsadga erishish uchun vosita, qurol, usuldir. Qolaversa, xaritani bilish faqat geograflar uchun emas; u barcha o‘zini savodli hisoblanganlarga ham zarurdir. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy vazifalari, davr talabga mos holda, iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi va jahon geosiyosiy tizimidagi o‘zgarishlardan kelib chiqadi. Shularni e’tiborga olgan holda, talabalar iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarining joylanish va rivojlanish qonuniyatlarini, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining mustahkamlanish, uning hududiy xususiyatlari, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi, uning yashash va mehnat sharoiti bilan bog‘liq masalarni bilib olishlari zarur. “Iqtisodiy geografiya” ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy tizimlarni o‘rganishda dasturli-maqsadli, tizimning tahlili, balans (muvozanat), kartografik, iqtisodiy- matematik modellashtirish, qiyosiy-geografik, iqtisodiy-geografik bashoratlash usullaridan foydalaniladi; Dasturiy-maqsadli usul bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida juda muhim bo‘lib, majmuaning kechiktirib bo‘lmaydigan va umummanfaatlarni ko‘zlagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish dasturi va maqsadi bilan uzviy bog‘liq; Tizimning tahlil usuli bosqichma-bosqich tamoyiliga asoslangan bo‘lib, har bir hududiy tizim, ayniqsa, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, joylashish hususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ma’lum maqsad va vazifalarni qamrab olgan; Balans usuli “Iqtisodiy geografiya”ning asosiy usullaridan biri. Ushbu usul yordamida regionlarning resurs va mahsulotga, ishchi kuchiga bo‘lgan talabini aniqlash xususan, ayrim hududlar o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan o‘z ehtiyojini qondiralayotganligi yoki qondira olmayotganligi, zarur mahsulotlarni keltirish yoki olib ketish qo‘lami darajasini baholash, shuningdek, region ho‘jalik majmui rivojlanishidagi nomutanosiblikni va uni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi; Kartografik usul “Iqtisodiy geografiya”ning maxsus usullaridan hisoblanadi. Xarita–bilim manbai va o‘rganish ob’ektidir. Hududiy, iqtisodiy geografik jarayonlar va ayrim mamlakatlar miqyosida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish hususiyatlarini eng ko‘rgazmali tarzda faqat geografik xarita namoyon etishi mumkin; Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli ho‘jalik tarmoqlarining rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar jarayonida keng ko‘llaniladi; Qiyosiy geografik usul qator hududiy birliklarni turli ko‘rsatkichlar asosda bir-biri bilan taqqoslashdir; Iqtisodiy - geografik bashoratlash usuli mamlakatlar, ularning hududlari kelajakda majmuali rivojlanishini turli ko‘rsatgichlar tahlili orqali belgilashga yordam beradi. “Iqtisodiy geografiya” ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy tizimlarni o‘rganishda bulardan tashqari o‘zi uzviy aloqada bo‘lgan boshqa fanlarning usullari va hulosalaridan ham keng foydalanadi. “Iqtisodiy geografiya”ning asosiy vazifalari. Ma’lumki, tabiatning jamiyat rivojlanishiga, moddiy ishlab chiqarishning o‘sishiga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashishiga ta’siri hal qiluvchi holat emas. U jamiyatning rivojlanishiga turli ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga qarab turlicha ta’sir qiladi. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish joylashtirilishini o‘rganishda geografik muhit va bu muhit elementlarining hududlardagi o‘zaro ta’sirini hisobga olish kerak. “Iqtisodiy geografiya” uchun tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq umumiy masalalar bilan bir qatorda turli tabiiy muhitning ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga ta’sirini o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Tabiiy geografiya” bilan uzviy hamkorlikda va aniq tarmoqlar iqtisodiyoti ma’lumotlariga tayangan holda hududlar tabiiy sharoitiga iqtisodiy baho berish va undan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash “Iqtisodiy geografiya”ning asosiy vazifalaridan biridir. Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishining umumiy rejasidan kelib chiqqan holda ma’lum bir hududda ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish hamda hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish ko‘zda tutiladi. Shuning uchun geografik muhitni xo‘jalik yuritishda foydalanish imkoniyati nuqtai nazaridan baholash va uni oqilona o‘zlashtirish muammolari “Iqtisodiy geografiya”da muhim o‘rin egallaydi. Tayanch tushunchalar: iqtisodiy geografiya, tadqiqot metodi, tadqiqot usuli, hududiylik tamoyili, komplekslik tamoyili, mikrogeografik yondoshuv, makrogeografik yondoshuv, tarixiylik tamoyili, ekologik yondoshuv, demotsentrizm. Savol va topshiriqlar A.hududiylik tamoyilini tushuntirib bering. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy tuzilishi Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli O‘quv vaqti: 80 minut Talaba soni Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi tarkibi Ma’ruza rejasi Fanning asosiy yo‘nalishlari Fanning tarkibiy qismini takomillashish yo‘nalishlari O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy tuzilishi xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar sanoat ishlab chqarishni hududiy ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tashkil qilish va sanoat HICHMlari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, baliq skeleti O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat O‘qituvchining Talabaning O‘quv mashg‘ulotning kirish qismida Tinglashadi aniqlashtirishadi, tarmoq, tizim tarkib haqida tushuncha savollarga javob beradilar, beriladi va talabalarni mazkur tushuncha ma’ruza rejasini yozib bilan bog‘lik bilimlarini faollashtirish uchun oladilar. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy tuzilishi tahlil etiladi va xayoliy sxemasi tayyorlanadi. Fanning asosiy yo‘nalishlari ta’riflanadi Fanning tarkibiy qismini takomillashtirish yo‘nalishlari haqida fikr yuritish tavsiya etiladi 1 Mavzu yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 2 Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Konspekt yozishadi, tinglashadi, jadvallar to‘ldiriladi, мavzu bo‘yicha savollar beradilar. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy tuzilishi. Reja: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibi. Fanning asosiy yo‘nalishlari Fanning tarkibiy qismini takomillashtirish yo‘nalishlari Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (yoki ijtimoiy geografiya) ni tarkibiy qismlarga ajratish ma’lum farqlar mavjud, ammo ularning mohiyati, tuzilishi birbiriga o‘xshash. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya O‘zbekiston Milliy universiteti «Ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasining» olimlari tomonidan 3 blok yoki qismga ajratiladi. Ushbu tarkibiy qismlarning asosi-«ona fan», albatta, iqtisodiy geografiya hisoblanadi. Fanning birinchi bloki, tom ma’nodagi iqtisodiy geografiya tabiat bilan bevosita bog‘liq tarmoqlarni, ya’ni baliqchilik, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoatini o‘z ichiga olgan. Ushbu blokka kiruvchi fanlar bevosita iqtisodiy landshaftni, ya’ni ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganadi. Yo‘nalish yoki blokning tarkibiy qismini fanning klassik tadqiqot ob’ekti qishloq xo‘jaligi va sanoat geografiyalari hamda ularni to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi transport, qurilish, tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyalarini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kengayib borgan sari ijtimoiy sohalarning hududiy jihatlarini ham o‘z tadqiqot doirasiga olgan. Ammo bu bosqichda iqtisodiy geografiya to‘la «ijtimoiylashib» ketmaydi. Binobarin, 2-blok bog‘lovchi, ya’ni fanning atalishidagi «va» qo‘shimchasini ifodalovchi vazifani bajaradi. Mazkur, bo‘limda bevosita aholi, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayot-faoliyati bilan aloqador sohalar nazarda tutiladi. Ikkinchi blok aholi tabiiy harakati, yashash manzilgohlari aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari kabi iqtisodiy va ijtimoiy xarakterdagi fanlar tizimini qamrab oladi. Qayd qilish lozimki, «ijtimoiy-iqtisodiy geografiya», «ijtimoiy va iqtisodiy geografiya» emas. Birinchisida asosiy urg‘u ijtimoiylikga, ya’ni aholiga beriladi, biroq uning iqtisodiy vazifasi ham unutilmaydi va bu ikki muhim jabha o‘zaro uyg‘unlashgan holda ko‘riladi. Darhaqiqat, aholi, inson eng avvalo ijtimoiy kategoriyadir. Ammo u ayni chog‘da ham yaratuvchi, o‘zi yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni iste’molchisi hamdir. Ma’lumki, inson dunyoga yashash uchun keladi, lekin yashash uchun ishlash kerak. Binobarin, oilada 5 kishi bo‘lsa, uning faqat 2 nafari iqtisodiy faol bo‘lishi mumkin. Biroq, bu ikki kishi ham barcha oila a’zolari qatorida iste’molchi, ya’ni ijtimoiy kategoriya hisoblanadi. 3-blokga tor ma’nodagi ijtimoiy, aniqrog‘i sotsial geografiyaga taalluqli fanlar kiritilgan. Ular kishilarning dam olishi, davolanishi, e’tiqodi, yurish-turishi va, xullas, ijtimoiy hayotining hududiy jihatlari bilan bog‘liq sohalardir. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ichki tuzilishi IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA Iqtisodiy geografiya Qishloq xo‘jaligi geografiyasi; Sanoat geografiyasi; Transport geografiyasi; qurilish geografiyasi; Tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi va Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya Aholi geografiyasi; SHaharlar geografiyasi; qishloq joylar geografiyasi; Aholiga xizmat ko‘rsatish sotsial geografiyasi va x.k. Sotsial geografiya Rekreatsiya va turizm geografiyasi; Din geografiyasi; Jinoyatchilik geografiyasi; Tibbiyot geografiyasi; Fan va ilmiytadqiqotlar geografiyasi; Xulq-atvor geografiyasi va b. Hozirgi davrda ijtimoiy geografiya shakllanish jarayonlarini boshidan kechirmoqda. SHu sababdan, aynan shu davrga xos bo‘lgan eng dolzarb muammolar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: tizimi, tadqiqot usullari, iqtisodiy va boshqa turdagi rayonlashtirish turlari bilan nisbati); Hozirgi davr iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida ijtimoiy geografik tadqiqotlarga e’tibor kuchayib bormoqda. Ijtimoiy geografiya shakllanish bosqichidan boshlab uch asosiy yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Birinchisi, bu ushbu fanning hozirga qadar shakllangan bo‘limlarining (aholi geografiyasi, geodemografiya, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi va ijtimoiy infrastruktura) rivojlanishini davom etishi. Ikkinchi yo‘nalish yangi shakllanayotgan bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Bularga tez rivojlanayotgan rekreatsiya geografiyasini, turmush tarzi geografiyasi, madaniyat geografiyasi va boshqadar mansub. Uchinchisi, sekinlik bilan bo‘lsada, ijtimoiy geografiyaning umumiy nazariyasini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy geografiyaning muhim vazifalariga quyidagilar kiradi: ijtimoiy geografiya «tarmoq»larini: rivojlantirish, ya’ni aholi geografiyasi va joylashuvi, xizmat ko‘rsatish sohalari, iste’mol, rekreatsiya va boshqalar; yirik masshtabli sotsial-geografik tadqiqotlarni olib borish; ijtimoiy geografiyaning xorijiy mamlakatlarda rivojlanishini o‘rganish; ijtimoiy geografiyaning barcha yo‘nalishlariga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos vazifasi, ya’ni ilmiy tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga tadbiqini kuchaytirish. Yuqoridagi 3 blokdan tashqari so‘nggi yillarda to‘rtinchi blok ham shakllanib bormoqda. U siyosiy geografiya bo‘lib, uning tarkibiga geosiyosat, harbiy geografiya, elektoral (saylovlar) geografiya, geokonfliktologiya, limologiya (chegaralar haqidagi fan) kabilarni kiritish mumkin. Siyosiy geografiya aslida ancha oldinroq vujudga kelgan bo‘lib MDH mamlakatlari shu jumladan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida milliy geografiyamiz safiga kirib keldi. Ushbu fanlar tizimining barcha yo‘nalishlarida nazariy asoslari shakllantirilgan hamda ma’lum tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ammo, O‘zbekistonda ushbu sohada ilmiy izlanishlar juda kam, hatto oliy o‘quv yurtlari talabari uchun o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlar mavjud emas. Fanimizning bunday yana kengayib borishi uning ayrim mamlakatlarda (Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston respublikalarida) «Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy geografiya» deb atalishiga sabab bo‘ldi. Kelajakda yana qandaydir «geografiya» fanining vujudga kelish ehtimolini nazarda tutib, ularning barchasini bir so‘z bilan «Ijtimoiy geografiya» deb nomlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek jahon miqyosidagi ijtimoiylashuv jarayoni, ya’ni «insoniylashuv» jarayoni kundan-kunga kuchayib bormoqda. Tayanch tushunchalar: Iqtisodiy geografiya, Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya, Sotsial geografiya, Rekreatsiya va turizm geografiyasi, Din geografiyasi, Jinoyatchilik geografiyasi, Tibbiyot geografiyasi, Fan va ilmiy-tadqiqotlar geografiyasi, Xulq-atvor geografiyasi, Aholi geografiyasi, SHaharlar geografiyasi, Qishloq joylar geografiyasi, Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi, Qishloq xo‘jaligi geografiyasi, Sanoat geografiyasi, Transport geografiyasi, Qurilish geografiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi. Savol va topshiriqlar Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tarkibiy tuzilishini tushuntirib bering. Ijtimoiy va sotsial geografining o‘rtasida qanday farq bor? Iqtisodiy geografiyaning tarmoqlarini ayting. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning tadqiqot sohalarini ko‘rsating. Ijtimoiy geografiyani tarkibini tushuntiring. 5-Mavzu: Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalari. Hududiy mehnat taqsimoti. Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli O‘quv vaqti: 80 minut Talaba soni Hududiy mehnat taqsimoti haqida O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi tushuncha. Ma’ruza rejasi Geografik mehnat taqsimotining omillari. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalari, hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ishlab chiqarish majmualari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar hududiy mehnat taqsimoti va ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy maslalar hududiy ishlab chiqarish majmualari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, «aqliy hujum» O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Slaydlar, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish va davomatni tekshirish. O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni O‘qituvchining O‘tilgan mavzudan holda kelib chiqqan Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalari, hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ishlab chiqarish majmualari tushuntiriladi. Talabaning Tinglashadi aniqlashtirishadi, oldigi mavzuni eslaydilar, savollar beradilar. Hududiy mehnat taqsimoti Konspekt yozishadi, tinglashadi, haqida tushuncha beriladi. sxemasini chizib oladilar. Atamalarni Geografik mehnat taqsimotining konspektlashtirib, jadvallarni chizib omillari hao‘ida savollar hrtaga boradilar. tashlanadi va ularning ishlab chiqarishning joylashinishiga ta’sir etuvchi omillar bilan taqqoslanadi. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari tahlil etiladi. Mavzu bo‘yicha O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchalari. Hududiy mehnat taqsimoti. Reja: Hududiy mehnat taqsimoti haqida tushuncha. Geografik mehnat taqsimotining omillari. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog‘liq. Ammo hududiy mehnat taqsimoti asosan ishlab chiqarishning hududiy tarkibini bildiradi va shu sababli u aholi va mehnat resurslarini o‘z ichiga olmaydi. Aholining joylanishi esa ko‘p hollarda ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish bilan belgilanadi. Maxsus adabiyotlarda hududiy mehnat taqsimoti bilan bir qatorda geografik, regional (mintaqaviy), akvatorial mehnat taqsimoti kabi turdosh tushunchalar uchrab turadi. Albatta, ular o‘rtasida jiddiy farq yo‘q, faqat akvatorial mehnat taqsimoti Yer sharining quruqlik qismida emas, balki uning okean va dengizlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, ixtisoslashuvini anglatadi (akva–suv demakdir). Hududiy mehnat taqsimoti yoki ishlab chiqarishni hudud bo‘ylab joylashtirish o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy geografik jarayon hisoblanadi, chunki iqtisod hudud doirasida taqsimlanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tarkibi yoki tizimi (sistemasi), iqtisodiy rayonlar to‘ri vujudga keladi. Ularning o‘zaro hududiy munosabati va joylanish holati, xo‘jalikning hududiy tarkibi iqtisodiy geografik vaziyatni ifodalaydi. Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Ammo, u ijtimoiy mehnat taqsimotidan biroz keyinroq vujudga kelgan. Sababiavvallari kishilar tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanganlar, o‘zlarining u yoki bu joyda ma’lum mahsulotni etishtirishlari esa tarixan kechroq paydo bo‘lgan. Demak, hududiy mehnat taqsimoti (HMT), soddaroq qilib aytganda, turli joylarning –mamlakat yoki rayonlarning turli mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «basharasi» shakllanadi va ularning kattaroq hududiy tizimdagi o‘rni o‘z aksini topadi. Agar kengroq qilib ta’riflamoqchi bo‘lsak, HMT-bu ishlab chiqarish tarmoqlarini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholi va mehnat resurslari kabi omillariga qarab joylashtirishdir. Bundan kelib chiqadiki, HMT-ga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ular:Tabiiy sharoit va qazilma boyliklar; Aholi va mehnat resurslari; Transport; Ijtimoiy infrastruktura; Ekologik vaziyat; Iqtisodiy geografik o‘rin; Bozor munosabatlari. Ayni vaqtda ana shu va shunga o‘xshash omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda ham hisobga olinadi. Binobarin, bu masala keyinroq muffasal o‘rganiladi. Bu erda faqat bir omilga to‘xtab o‘tish joiz. Gap shundaki, avvallari, ya’ni «Sotsialistik rejalashtirish» davrida eng asosiy omil o‘ta markazlashgan davlat, ya’ni Butunittifoq manfaatlari» edi; qolgan sharoitlarning qulaylik yoki noqulayliklaridan qat’iy nazar, agar ya’ni davlat, Ittifoq uchun qaysi bir mahsulot zarur bo‘lsa, u albatta etishtirilishi shart edi. Masalan, O‘zbekistonda paxtadan tashqari boshqa qishloq xo‘jalik tarmoqlari-bog‘dorchilik, uzumchilik, polizchilikni ham rivojlantirish mumkin edi, ammo markaz sanoati uchun paxta kerakligi tufayli bu erda xo‘jalikning tor sohasi, xom ashyoga yo‘naltirilgan tizimi shakllandi. hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish davrida vaziyat butunlay o‘zgardi; endigi sharoitda etakchi omil-bozor, iste’mol va talab omili muhim bo‘lib qoldi. qolgan omillarning ta’siri esa bunga nisbatan sustroq. Chunki, nimaga ixtisoslashuv, nima etishtirishni davlat emas, bozor belgilaydi, davlat esa, bu jarayonni u yoki bu vositalar yordamida tartibga solib boradi. HMT uchun etishtirilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni qondirgan holda albatta bozorga, almashuvga chiqarilishi kerak. Bundan ayon bo‘ladiki, mazkur jarayonning asosida ishlab chiqarishning nafaqat mujassamlashuvi (kontsentratsiyasi), balki uning ixtisoslashuvi ham yotadi. Ixtisoslashuv esa mahsulotning chetga yuborilishi bilan belgilanadi. SHu bois, bu erda ishlab chiqarilgan mahsulotning ortiqcha qismi boshqa joyga (mamlakat yoki rayonga) chiqarilishi lozim; mahsulotning shu joyning o‘zida to‘la, batamom iste’mol qilinishi ixtisoslashuv, HMT emas, bu oddiy natural xo‘jalikdir. Bunday davlatlar jahon xo‘jalik tizimiga kira olmaydilar, milliy iqtisodiyoti zaifligi sababli ular jahon bozorida ishtirok eta olmaydilar. Agar mamlakat ichida shunday mintaqalar mavjud bo‘lsa, u holda uning yagona geoiqtisodiy tizimi vujudga kelmaydi, iqtisodiy xavfsizlik ta’minlanmaydi; xo‘jalikning hududiy tarkibini shakllanmaganligi, natijasida ichki iqtisodiy integratsiya jarayonlari rivojlanmaydi. HMT-ning rivojlanishida transportning roli katta. Chunki transport mahsulot ishlab chiqarilgan joy bilan uni iste’mol qiladigan rayon o‘rtasidagi aloqadorlikni bajaradi, transport harakati esa mahsulotning iste’mol rayonidagi tannarxiga kiradi. HMT-da bir necha bosqich yoki daraja mavjud. hozirgi sharoitda ular quyidagilar:  Xalqaro mahnat taqsimoti;  Davlatlararo mehnat taqsimoti;  Mamlakat ichidagi mehnat taqsimoti;  Yirik iqtisodiy rayonlar doirasidagi mehnat taqsimoti;  Ma’muriy-iqtisodiy rayonlar (viloyatlar) ichidagi mehnat taqsimoti. Xalqaro mehnat taqsimotining ilmiy asoslarini ingliz iqtisodchilari Adam Smit va David Rikardolar yaratgan. Ular qiyosiy afzallik yoki qulaylik g‘oyasini ishlab chiqishgan. Ushbu g‘oyaga u yoki bu mahsulotni ma’lum bir vaqt davomida qaerda ko‘proq va arzonroq ishlab chiqarilishi nazarda tutiladi. Mohiyatan shunga o‘xshash «omillar» g‘oyasini shved olimlari Xeksher va Olinlar oldinga surishgan. Bunda muayyan bir mahsulotni ishlab chiqarishda qaysi omilning qulay yoki arzonligi e’tiborga olinadi. Masalan, respublikamizning qator hududlarida qishloq xo‘jaligi va hamda engil va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda agroiqlimiy sharoit va mehnat resursi omillari juda qulay. SHu bois bunday hududlar aynan qishloq xo‘jaligi va xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ta’kidlash kerakki, ilgarigi tizimda oxirgi ikki bosqichda hududiy mehnat taqsimoti amalda yo‘q edi. Masalan, O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni mamlakatga asosan paxta etishtirib berardi; O‘zbekiston doirasida esa bunday hududiy taqsimot yanada zaif edi. SSSR-ning parchalanishi natijasida hududiy mehnat taqsimotining vertikal tizimida keskin o‘zgarishlar yuz berdi: avvalgi ittifoqdosh respublikalar-endigi mustaqil davlatlar, jumladan O‘zbekiston jahon hamjamiyatining alohida sub’ekti sifatida bu taqsimotning birinchi bosqichidan joy oldi, ya’ni beshinchi o‘rindan birdaniga birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Albatta, bunday «sakrash» oqibatida anchagina muammolar yuzaga keldi. Agar bu muammoni sobiq O‘rta Osiyo iqtisodiy rayoni darajasida ko‘rmoqchi bo‘lsak, hozirgi kunda qo‘shni respublikalar o‘rtasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, yagona iqtisodiy makonni shakllantirish juda qiyin bo‘lib qoldi. Buning sabablaridan biribarcha respublikalarning asosan bir xil mahsulot, ya’ni paxta etishtirishga ixtisoslashganidir. Xuddi shunday vaziyat respublikamiz ichida yanada yaqqolroq ko‘rinadi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning biryoqlama, paxta yakka hokimligiga yo‘naltirilgan tizimining o‘rniga turli tarmoqlarga ixtisoslashgan xo‘jalik tarkibini vujudga keltirish zarur. Sobiq Ittifoqdan meros qolgan hududning tor ixtisoslashuvi ayrim viloyatlarda, masalan, Sirdaryo, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazmda tamomila o‘zgartirilganicha yo‘q. SHu bois, mamlakatimizda ichki-mintaqalar, viloyatlar va hatto ma’muriy qishloq tumanlari doirasida mehnat taqsimotini chuqurlashtirish lozim. HMT ixtisoslashuvga, bir joyning ikkinchi joydan xo‘jalik yo‘nalishi bo‘yicha farq qilishiga, hududiy rang-baranglikka olib keladi. Bu esa iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti ixtisoslashuv iqtisodiy rayonlar o‘rtasida zanjirsimon aloqadorlik mavjud (3chizma). 3-chizma. Hududiy mehnat taqsimotining ijtimoiy geografik oqibati hududiy mehnat taqsimoti ixtisoslashuv iqtisodiy rayon Ma’lumki, har bir fanning o‘ziga xos va o‘ziga mos, birlamchi tushunchasi bor. Masalan biologiyada hujayra, kimyoda molekula, fizikada atom, tarixda-davr va x.k. Geografiyaning bosh tushunchasi rayondir. Iqtisodiy rayon esa iqtisodiy geografiyaning asosiy tushunchasi hisoblanadi. Boshqa fanlarda bo‘lganidek, birlamchi tuuncha ham oson va ayni vaqtda ham qiyindir. Umuman rayon deganda ma’lum o‘xshashlikka ega bo‘lgan hududning bir qismi nazarda tutiladi. Tabiiy geografiyada, masalan, botqoqlik, tepalik, tog‘lik, tekislik, cho‘l va boshqa landshaft turlari ryon hisoblanadi, chunki ular shu jihatlari bilan atrof, qo‘shni hududlardan farq qiladi. Iqtisodiy geografiyada tog‘-kon, dehqonchilik, chorvachilik, dam olish kabi mintaqa rayonlarni ajratish mumkin. Rayon tushunchasining murakkabligi shundaki, u tashqaridan qaraganda oddiy ko‘rinsada, ichki tuzilishi bo‘yicha rang-barang, murakkab hududiy tizimdir. Masalan, Farg‘ona iqtisodiy rayonini olaylik; ushbu rayon (mintaqa) respublika mehnat taqsimotida avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati, paxta va pilla, meva yetishtirishga ixtisoslashgan. Ammo mazkur tarmoqlar vodiyning barcha qismlariga ham mos emas, qolaversa, bulardan tashqarii mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari ham mavjud. Mazkur tushunchaning yana bir mushkullik tomoni uning hududiy ko‘lami bo‘yicha ko‘p bosqichli, ko‘p «qavatli» ekanligidir. Chunonchi, Janubi-sharqiy, Osiyo, Evropa, Sibir, Farg‘ona vodiysi, Xorazm viloyati, Urganch tumani, uning «Falaba» jamoa xo‘jaligi ham rayondir. Demak, rayon ichida rayon, uning tarkibida yana «rayoncha» xuddi «matryoshka» o‘yinchog‘idek. Ehtimol, geografiya fanining muhim bir xususiyati aynan ana shunday turli masshtabda fikrlay olish qobiliyatiga ega bo‘lishidadir. Uchinchi qiyinchilik ilmiy adabiyotlarda rayonga o‘xshash tushunchalarning mavjudligida bo‘lsa kerak. Jumladan, ingliz tilidagi region, nemis tilidagi landshaft, frantsuzcha peyzaj, o‘zbek tilida mintaqa, tuman, nohiya kabilar ham umuman olganda, hududning bir qismini bildiradi. Bu atamalarning barchasi ishlatishga haqli, biroq ularning o‘z o‘rnida qo‘llanilishi ma’qul. Masalan, region kattaroq hududni (xususan xalqaro iqtisodiy munosabatlar va siyosiy geografiyada) landshaft-tabiiy geografik muhitni, peyzaj-qaysi birj oy manzarasini tavsiflashda qo‘l keladi. Yana boshqa bir chalkashlik bor: baynalmilal mazmunga ega bo‘lgan «rayon» tushunchasi haqiqiy geografik borliq va shu bilan birga ma’muriy hududlarga ham tegishli. Uning ustiga, ushbu so‘zni barcha holatlarda mahalliylashtirish-nohiya va tumanga o‘girish maqsadga muvofiq emas. SHu nuqtai-nazardan oddiy tabiiy geografik rayonlarni (tog‘, cho‘l voha va x.k.) tuman, iqtsiodyi rayonlarni-iqtisodiy nohiya shaklida aytish mutlaqo noto‘g‘ri. Iqtisodiy rayonlar dunyoning barcha mamlakatlarida, ularning maydonini katta-kichikligidan qat’iy nazar, mavjud. Bu rayonlar yirik iqtisodiy mintaqa (zona), asosiy va mahaliy darajada bo‘ladi. SHuningdek, iqtisodiy rayonlarni ma’muriy-hududiy birliklar, masalan, viloyat miqyosida ham ajratiladi-ki, ularni boshqarish boshqa tipdagi rayonlarga qaraganda osonroq va qulayroq. Xo‘sh, iqtisodiy rayonlar nima uchun kerak? Avvalambor bu rayonlarsiz iqtisodiy geografiya fanining o‘zi ham bo‘lmaydi (rayon-joy, yer, hudud, demak «geo»). SHundan kelib chiqqan holda ayti mumkinki, iqtisodiy rayon iqtisodiy geografiyadir. Binobarin, iqtisodiy geografiya fanining tarixi iqtisodiy rayonlarning shakllanishi, hududiy mehnat taqsimotining natijasidir. Iqtisodiy rayonlarsiz, hududning ichki jihatdan iqtisodiy turli-tumanligini anglamasdan turib mamlakat iqtisodiy geografiyasini o‘rganish mumkin emas. Zero, har qanday davlatning iqtisodiy salohiyati va xavfsizligi uni tashkil qilgan mintaqalar birligi bilan ifodalanadi;mintaqalar, ichki hududlarsiz «mamlakat» mavhum tushuncha bo‘lib qolaveradi. Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiy geografiyasini faqat xo‘jalik tarmoqlari orqali «yoppasiga», umuman yoki «o‘rtacha» o‘rganib bo‘lmaydi. Nazariy va amaliy jihatdan iqtisodiy rayonlar har qanday davlatning mintaqaviy siyosatning olib borishda zarur. Sababi, davlat o‘zining barcha ichki qismlarga, uning imkoniyat va ehtiyojlari, muammolaridan kelib chiqqan holda «muomala» qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning mintaqaviy siyosati maxsus vositalar budjet-kredit, soliq, investitsiya mexanizmlari) yordamida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy jihatdan tartibga solib, boshqarib boradi. Unutmaslik zarurki, HMT mintaqalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga yordam beradi. Ammo, shu bilan birga hududlararo iqtisodiy aloqalar ham kerak. Zero, hududlarning xo‘jalik ixtisoslashuvi bo‘yicha turlanishi ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi. HMT va iqtisodiy integratsiya natijasida turli miqyosdagi bozorlar yoki bozorlar muhiti vujudga keladi. Ular mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararo, milliy va xalqaro darajada bo‘ladi. Mamlakatlar doirasidagi bozorlar esa amaldagi iqtisodiy rayonlar chegarasini belgilaydi, chunki har bir bosqichdagi bozor o‘zining ta’sir doirasiga, makoniga ega. Nemis omili A. Lyosh ham o‘z vaqtida iqtisodiy landshaftlar (rayonlar)-ni bozorlar makoni, ta’sir radiusi yoki hududi bilan aniqlagan edi, hozirgi kunda esa etakchi tarmoqlarni bozorga ixtisoslashgan tarmoqlar, deb ham aytishadi. Har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining barkamolligi, mustahkamligi bosqichma-bosqich turli darajadagi bozorlarni o‘z mahsuloti bilan ta’minlanishi, import mahsulotlarining o‘rinini qoplovchi imkoniyatlarni yaratish negizida amalga oshiriladi. Xuddi shu maqsadda xalq iste’mol mollarini ko‘proq etishtirish ayni muddaodir. Hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biri- respublika ichida hududiy mehnat taqsimotini rivojlantirish, iqtisodiy rayonlar va viloyatlar xo‘jalik tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bu o‘rinda barcha hududlarning faqat yoki asosan paxtachilikka ixtisoslashuvi aslo shart emas; u bilan birga xo‘jalikning yana boshqa sohalari ham rivojlantirish zarur. Masalan, Farg‘ona iqtisodiy rayonida (paxtachilikdan tashqari) pillachilik, bog‘dorchilik, to‘qimchilik va mashinasozlik (avtomobilsozlik), Qashqadaryoda-neft va gaz sanoati, Qoraqalpog‘istonda–kimyo sanoatining rivojlanishi va x.k. Ana shundagina mintaqalar mamlakat tashqarisidagi bozorlarga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ochiq, erkin iqtisodiyot, bozor munosabatlariga mos keladi, iqtisodiyotni yanada liberallashtirishga sharoit yaratadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatlarning alohida, «berk», ya’ni eksport-importsiz rivojlanishi yaxshi iqtisodiy natijalar bermaydi. SHuning uchun ilg‘or mamlakatlarda ochiq savdo, ya’ni «fritredizm» printsipi mavjud. Bizning mustaqil mamlakatimiz ham xalqaro geografik mehnat taqsimotida, jahon bozori va xo‘jalik tizimida o‘ziga munosib va nufuzli o‘ringa ega bo‘lishi kerak. Respublikaning bunday faolligi esa mintaqalar-iqtisodiy rayonlar va viloyatlar salohiyati orqali amalga oshiriladi. Hududiy mehnat taqsimotining yuqori bosqichida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Eng muhimi jahon xo‘jalik tizimi yanada rivojlanib bormoqda. Bunga sabab bu tizimning globallashuvi, mamlakat va mintaqalararo mehnat taqsimotining takomillashuvi, iqtisodiy integratsiya jarayonlarining faollashuvi, yirik transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning butun dunyoni o‘rgimchakdek o‘rab olishi va boshqalardir. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatning eksport kvotasi, ya’ni tashqariga chiqariladigan mahsulotning yalpi ichki mahsulot qiymatidagi ulushi 10 foizdan kam bo‘lsa, bunday davlatning milliy iqtisodiyoti berk va u jahon xo‘jalik tizimida, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etmaydi. Agar bu ko‘rsatkich 40-50 foiz bo‘lsa, u holda mamlakat bunday tizimda faol qatnashadi. hozirgi vaqtda butun jahon bo‘yicha eksport kvotasi 25 foizni tashkil etadi. E’tiborga olish joizki, avvallari jahon mamlakatlari u yoki bu mahsulot etishtirishga moslashgan bo‘lsalar (Braziliya –kofe, Kuba-shakar, Mo‘g‘iliston- teri, jun), endigi kunda ular mahsulotlarning turli xillariga ixtisoslashmoqdalar. Ayni vaqtda etuk mamlakatlar ilmiy-texnika taraqqiyotining oldingi saflarida borib, zamonaviy, ilmtalab ishlab chiqarish tarmoqlariga, yangi texnologiyalarga ixtisoslashib bormoqdalar. Ulardagi mavjud ishlab chiqarish sohalari (ayniqsa ko‘p mehnattalab va ekologik xavfli tarmoqlar) boshqa mamlakatlarga ko‘chmoqda. Natijada, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi darajasidagi farq kuchaymoqda, jaxon iqtisodiyotining geografik tarkibida muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. SHu bilan birga xalqaro miqyosda mamlakatlarning ayrimlari qurol-yaroq ishlab chiqarishga, yana ba’zi birlarining norasmiy ravishda narkobiznesga ixtisoslashuvi ham kuzatilmoqda. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish, xalqaro turizm ham qator mamlakatlarning rivojlangan industriyasiga aylanmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining yanada chuqurlashuvi va intensivlashuvi natijasida dunyoning turli qismlarida mamlakatlarning yirik hududiy–iqtisodiy birikmalari vujudga kelmoqda. CHunonchi, 1957 yilda shakllangan Evropa hamjamiyati yoki Umumiy bozor–hozirgi Evropa Ittifoqi 25 mamlakatni o‘z doirasiga oldi va ular orasida mehnat taqsimoti rivojlanmoqda. Xuddi shunga o‘xshash Osiyo-Tinch okeani regioni, Shimoliy Amerikada ham yirik mamlakatlararo iqtisodiy tizim (NAFTA) paydo bo‘lgan. Ehtimol kelajakda ular MDH hududida, jumladan, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasida ham shakllanishi mumkin. Buning oqibatida xalqaro mehnat taqsimotining asosiy sub’ekti sifatida alohida mamlakatlar emas, balki ko‘proq mamlakatlararo iqtisodiy uyushmalar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Tayanch tushunchalar: Tabiiy sharoit va qazilma boyliklar, aholi va mehnat resurslari, transport, ijtimoiy infrastruktura, ekologik vaziyat, iqtisodiy geografik o‘rin, bozor munosabatlari, xalqaro mahnat taqsimoti, davlatlararo mehnat taqsimoti, mamlakat ichidagi mehnat taqsimoti, yirik iqtisodiy rayonlar doirasidagi mehnat taqsimoti, ma’muriy-iqtisodiy rayonlar ichidagi mehnat taqsimoti. Savol va topshiriqlar hududiy mehnat taqsimoti nima? Bozor iqtisodiyoti sharoitida hududiy mehnat taqsimoti qanday amalga oshiriladi? hududiy mehnat taqsimotining iqtisodiy rayonlashtirish bilan qanday aloqasi mavjud? A.Smit va D.Rikardolar nazariyasining mohiyati nimadan iborat. O‘zingiz yashayotgan viloyatning respublika mehnat taqsimotidagi o‘rnini ta’riflab bering. 6-Mavzu: Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllari Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Ishlab chiqarishda mujassamlashuv. Ixtisoslashuv va uning shakllari. Kooperatsiya, uning ixtisoslashuv bilan aloqasi. Kombinatlashuv, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida bu shaklning amalga oshirilishi. O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar ijtimoiy shakllari haqida tasavvurga ega bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni O‘qituvchining Talabalarga oldingi kurslarda olingan bilimlarga tayangan holda takrorlash qilish taklif etiladi. Talabaning Tinglashadi aniqlashtirishadi, oldigi mavzuni eslaydilar, savollar beradilar. Ishlab chiqarishda mujassamlashuv bandi muhokama qilinadi, Ixtisoslashuv va uning shakllari, bosqichlari tahlil etiladi. Kooperatsiya, uning ixtisoslashuv bilan aloqasi muhokama qilinadi, klasteri tuziladi Kombinatlashuv, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida bu shaklning amalga oshirilishi to‘g‘risida fikrlar so‘raladi va umumlashtiriladi. Mavzu bo‘yicha umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Fikrlar tinglanadi, sxemasi tahli etiladi. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllari. Reja: Ishlab chiqarishda mujassamlashuv. Ixtisoslashuv va uning shakllari. Kooperatsiya, uning ixtisoslashuv bilan aloqasi. Kombinatlashuv, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida bu shaklning amalga oshirilishi. Ishlab chiqarish turli tarmoqlarda ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha ijtimoiy ko‘rinishda tashkil etiladi. Ushbu ijtimoiy shakllarga-mujassamlashuv (kontsentratsiya), ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatsiya kiradi. Ular ayni paytda ijtimoiy va hududiy tomonlarga ega. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya uchun ishlab chiqarishning hududiy tomoni etakchi rol uynasada, bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uyushtirgan holda o‘rganish, tahlil qilish, biridan ikkinchisiga o‘ta bilish geografik fikrlashning muhim xususiyatidir. Mujassamlashuv yoki ishlab chiqarishning to‘planishi, yig‘ilishi iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishlidir. Ammo geografik jihatdan u eng avvalo sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport, ya’ni moddiy sohalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. qolaversa, iqtisodiy geografiya fanining ob’ektini aynan shu tarmoqlarning hududiy tashkil etilishi, ularning joylashish xususiyatlari belgilab beradi. Chunonchi, sanoat uchun «nuqta» yoki tugun ko‘rinishida hududiy tashkil etish, qishloq xujaligida areal yoki mintaqa (zonal), transport uchun esa lentasimon yoki chiziq shaklidagi joylashuv xosdir. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ma’lum darajada xuddi ana shu nuqtalar-sanoat markazlari va tugunlari, areal va zonalar, «tasmalar»ni, ularning joylashuvi, aloqasi va hududiy munosabatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy ob’ektlarning hududiy tashkil etilishi esa yuqoridagi tarmoqlar joylashuvi bilan belgilanadi. Masalan, aholi va unga xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning hududiy tizimlari sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport gsografiyasi asosida amalga oshiriladi. Demak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nuqta, areal va chiziqlar, ularning o‘zaro hududiy munosabati to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Buni biz iqtisodiy geografiyaning o‘ziga xos «geometriyasi» deb atashimiz ham mumkin. Yuqorida mujassamlashuvning hududiy tomoniga e’tibor berdik. Uning ijtimoiy tomoni ham xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida turlicha bo‘ladi. Umuman olganda, mujassamlashuv sanoat misolida juda aniq yoki sezilarli ko‘rinadi. Bu borada ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot yoki ishchi va xizmatchilarning turli korxonalarda yig‘ilishi, to‘planishi sof holdagi ishlab chiqarish yoki korxona mujassamlashuvi, ularning shaharlar va rayonlar joylashuvini esa urbanistik va hududiy mujassamlashuv sifatida ko‘rsatish o‘rinli. Mujassamlashuvning bu shakllari bir-biriga o‘tib turadi va turli rayon yoki mamlakatlarda har xil birikmada bo‘ladi. Masalan, shaharning markazlashuv darajasi ma’lum bir bosqichga ko‘tarilgandan, hududning «sig‘imi» optimal darajaga etgandan keyin o‘ziga xos vaziyat vujudga keladi, ya’ni endi mazkur shaharda qo‘shimcha korxonalarni qurish imkoniyati qolmaydi. Ekologik, uy-joy, transport muammolari keskinlashadi, qurish uchun yer maydoni ham etishmaydi va ayni paytda yangi korxona bu markazdan olisda joylashuvni ham «istamaydi». Demak, yirik shaharda ham emas, undan uzoqda ham emas; shaharning imkoniyati yo‘q, korxona esa undan yiroqlasha olmaydi. Natijada yangi korxona yoki ilmiy tekshirish muassasalari, oliy o‘quv yurtlari yirik shaharning ta’sir doirasida o‘rnashadi-shahar aglomeratsiyasi, sanoat tuguni vujudga keladi. Ammo aglomeratsiyalar ham o‘ziga xos hududiy mujassamlashuvdir. Fanda aglomeratsiya omili va u bilan bog‘liq aglomeratsiya samaradorligiga ilk bor nemis olimi Alfred Veber (1909 y.) asos solgan. Yuqorida keltirilgan mulohazalarga misol sifatida, Toshkent atrofida joylashgan go‘sht kombinati (O‘rtaovul shaharchasi), Tosh IES, Toshkent agrar universiteti (Yalang‘och shaharchasi), Yadro fizikasi instituti (Ulug‘bek shaharchasi), alkagolsiz ichimliklar kombinati (Qibray) va xokazolarni ko‘rsatish mumkin. Toshkent aholisi ehtiyoji va xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan bu korxonalarni poytaxtda qurishning iloji yuq, lekin ular ists’molchi, sanoat, ilm-fan markaziga yaqin bo‘lmog‘i lozim. Bundan yana bir xulosa, ya’ni ishlab chiqarish mujassamlashuvi bilan shahar rivojlanishi o‘rtasidagi munosabat kelib chiqadi. Dastlab shaharning vujudga kelish va ulg‘ayishida ishlab chiqarishni joylashtirish (mujassamlashuvi) etakchi rol o‘ynaydi, keyinchalik esa shaharning o‘zi ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish omiliga aylanadi. Endi turli shakldagi mujassamlashuvga misol keltiraylik. Masalan, O‘zbekiston sanoat mahsulotining yarmidan ko‘pini har birida 2000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar ishlab chiqaradi, deb faraz qilaylik. Bu ishlab chiqarish yoki korxona darajasidagi mujassamlashuvdir. Toshkent shahrida mavjud korxonalar O‘zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining taxminan 15-16 foizini beradi-bu urbanistik mujassamlashuv bo‘ladi. Agar Farg‘ona vodiysini respublikamizning asosiy pilla yoki meva maskani, neft mahsulotlari yoki o‘simlik moyi ishlab chiqaruvchi rayoni sifatida ko‘rsak, u holda hududiy mujassamlashuvni nazarda tutgan bo‘lamiz. Mujassamlashuvning yuqori yoki pastligi ayni chog‘da ma’lum bir sohaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Bu erda «umumiy maxraj» bo‘lib shahar, viloyat yoki boshqa bir joyda yashovchi aholining ulushi, hissasi xizmat qiladi. Aytaylik, Farg‘ona vodiysida O‘zbekiston Respublikasi aholisining 27 foizi joylashgan. Agar u yoki bu ishlab chiqarish ko‘rsatkichi shu raqamdan qancha yuqori bo‘lsa, mazkur ishlab chiqarish tarmog‘i vodiyda shunchalik rivojlangan, mujassamlangan bo‘ladi. Korxona, urbanistik va hududiy mujassamlashuv turli rayon yoki mamlakatlarda turlicha birikma hosil qiladi. Past darajadagi korxona yoki ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori urbanistik mujassamlashuvga to‘g‘ri kelishi ham uchraydi. Bu holda shaharda mayda korxonalar soni juda ko‘p bo‘ladi. Aksincha, urbanistik mujassamlashuv past, ammo ishlab chiqarish mujassamlashuvi yuqori bo‘lishi ham mumkin. Bunga kichikroq shaharda, masalan, Asaka yoki Xivada katta ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi misol bo‘la oladi. Xuddi shunday, past darajadagi urbanistik mujassamlashuv yuqori hududiy mujassamlashuvga ham olib keladi. Bu holda mazkur hududda juda ko‘p kichik sanoat punkti yoki markazlari mavjud bo‘ladi. Xuddi shu vaziyatni respublikaning ko‘pgina viloyatlaridagi (Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Xorazm va x.k.) to‘qimachilik qo‘shma korxonalarining joylashganligida uchratamiz. SHu bilan birga past darajadagi hududiy mujassamlashuv yuqori urbanistik ko‘rsatkich bilan ham uyg‘unlashgan tarzda keladi. Masalan, bir vaqtlar Frantsiya deganda, avvalo uning poytaxti Parij, Vengriya ramzida esa Budapesht tushunilar edi. Shunday qilib, yuqori darajadagi mujassamlashuv, ayniqsa bozor munosabatlariga o‘tish davrida o‘ta yirik korxonalarni barpo etish hamma vaqt ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali emas. Bunday vaziyatda xom ashyo va tayyor mahsulotni transportda tashish xarajatlari ko‘payadi, ishchi kuchi etishmaydi va eng muhimi-ekologik muvozanat buziladi. Xo‘sh, qaysi darajadagi mujassamlashuv ma’qul degan savol tug‘iladi. Axir, ayni bir hajmdagi mahsulotni turli xil yiriklikdagi korxona, shahar yoki rayonlarda ishlab chiqarish mumkin-ku. Bu erda ham bir tomonlamalik, qat’iylik zararli va xavflidir. Binobarin, turli xil yiriklikdagi korxonalar, shaharlar bo‘lgani maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak. Demak, mujassamlashuv ob’ektiv konuniyat, biroq u barcha mamlakatlarga xos va iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lsada, uning ma’lum chegarasi, darajasi, doirasi bo‘lishi shart. Mamlakatning birgina, aksariyat hollarda poytaxt shahari asosida rivojlanishini Lotin Amerikasi davlatlarining yaqin o‘tmishdagi taraqqiyoti yoki Afrika mamlakatlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar o‘z ijtimoiy-iqtisodiy borlig‘ini ularning eng yirik markazi bo‘lgan poytaxt shahrida mujassamlantiradi. Bunday hollarda ishlab chiqarishning bir tomonlama yoki nomutanosib hududiy tarkibi, o‘ta markazlashgan mujassamlashuvni bildiradi. Respublikada ham faqat Toshkent yoki Toshkent viloyatini rivojlantirib, qolgan mintaqa va joylarni o‘z holiga qoldiraverish ham yaramaydi, albatta. SHu bois Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Jizzax kabi viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish zamon talabi bo‘lib, bu masalalar mustaqil davlatning ilmiy asosda ishlab chiqilgan mintaqaviy siyosatida o‘z aksini topmog‘i lozim. Markazlashuv mujassamlashuvning bir ko‘rinishidir. Bu erda ishlab chiqarish korxonalari yoki boshqa tashkilotlar va sohalarni asosan birgina shaharda joylashuvi tushuniladi. Ayni paytda mamlakat yoki xo‘jalik boshqaruvining bunday tizimi yakka hokimlik-monopoliyaga olib kelishi to‘rgan gap, bu esa maqsadga nomuvofiqdir. Yuqoridagi ma’noda mujassamlashuv tushunchasi hamma vaqt markaz tushunchasini ifodalaydi. SHubhasizki, bu markaz balandroq turishi, ko‘zga yaqqol va darhol tashlanishi lozim. Ammo «markaz» deganda shaharlarni umuman sanoat yoki madaniyat markazi sifatida qarash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. qolaversa, barcha shaharlar ham sanoat, madaniyat markazidir. Shuning uchun shahar aynan qaysi sanoat tarmog‘i markazi ekanligini aniqlash ma’qulroq hisoblanadi. Chunonchi, Angren umuman sanoati markazi emas, balki ko‘mir (yoqilg‘i) sanoat markazi, Marg‘ilon yoki Namangan esa to‘qimachiliq, Asaka mashinasozlik sanoatining markazi ekanligini ko‘rsatish to‘g‘riroq bo‘ladi. Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo‘lib, u hududiy mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchas bog‘liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi deganda korxona, shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisoslashuv tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir mahsulotning ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O‘z navbatida, ixtisoslashuv shu korxona (u jamoa xo‘jaligi bo‘lishi ham mumkin), shahar va rayonlarning «basharasini», ularning mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini belgilab beradi. Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism (detal), texnologik yoki yarim mahsulot (polufabrikat) va predmet (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday ko‘rinishlari bir-biri bilai uzviy bog‘liq va ular turli hududiy bosqichda o‘zgacha xususiyatga ega bo‘ladi. Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo‘jaligining tarmoqlari vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funktsional tiplari shakllanadi. SHu bilan birga u tashqi iqtisodiy aloqalarni taqozo etadi, chunki ishlab chiqarilgan va mahalliy iste’moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, mazkur rayonda etishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi. Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimimahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, aks holda bu tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo‘lmasligi mumkin. Aytaylik, rayon yoki viloyatda respublikada ishlab chiqilgan mahsulot shu erning o‘zida batamom iste’mol qilinsa yoki, aksincha, ushbu mahsulot mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, tamomila chetga chiqarilsa, har ikkala holda ham to‘laqonli ixtisoslashuv bo‘lishi mumkin emas. Birinchi misolda oddiy natural xo‘jalik, ikkinchi holda esa xom ashyoga asoslangan qaram rayon yoki mamlakat guvohi bo‘lamiz, chunki ko‘p degan so‘z har doim ham ortiqcha ma’noni anglatmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan ko‘proq kartoshka yoki Boltiqbo‘yi respublikalariga ko‘ra ko‘proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na kartoshka, na sut Rossiyaning Markaziy rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlarning barchasi o‘z joyida iste’mol qilinadi, chunki rayonning o‘zida 30 mln dan ziyod aholi yashaydi. Ayni paytda kartoshka Belorussiya Respublikasi uchun, sut Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ixtisoslashgan tarmoq bo‘lib xizmat qiladi. Bu joylarda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan mahalliy talab qondiriladi, ortiqchasi esa chetga chiqariladi. Shunday tartibda mulohaza yuritib, O‘zbekistondagi ixtisos-lashgan tarmoqlarni aniqlash mumkii. Chunonchi, respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog‘kon sanoati, avtomobilsozlik va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamaga, un, neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, chunki bu mahsulotlar O‘zbekistonda hozircha etarlicha ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to‘la qondira olmaydi. Ixtisoslashuv, albatta, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas. U barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. qolaversa, ayrim oliygohlar o‘qituvchi, boshqalari-agronom, muhandis, iqtisodchi kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. Sababi-bu oliygohlar shunday xodimlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Ixtisoslashuvning ham mujassamlashuvga o‘xshash o‘zining chegarasi bo‘lishi lozim; o‘ta tor ixtisoslashuv bir tomonlamalikka, yo‘l xarajatlarining ko‘payishiga olib keladi. Ulkan korxonalarni qurish qanday zararli bo‘lsa, haddan tashqari tor ixtisoslashuv, yakkahokimlik ham shuncha xatarlidir. Afsuski, yaqin o‘tmishda mamlakatimiz qudrati, uning rivojlanganlik darajasi «yirik», «eng katta», «yagona» kabi tushunchalar bilan ifodalanar, «birinchi» bo‘lish esa ko‘p hollarda qolgan barcha sohalarda qoloqlikni anglatar edi. Ammo bu mulohazalardan noto‘g‘ri xulosa chiqarish ham kerak emas, chunki ixtisoslashuvsiz shahar, tuman, viloyat, iqtisodiy rayon, respublikalarni, qolaversa jamiyat va kishilarning o‘zini ham rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun ixtisoslashgan tarmoq bilan birgalikda boshqa yordamchi yoki ikkilamchi sohalar ham hech bo‘lmaganda mahalliy ehtiyoj doirasida rivojlangan bo‘lishi lozim. Bu erda ixtisoslashgan tarmoqni daraxtning tanasiga, daryoga, qo‘shimcha tarmoqlarni esa daraxtning shox va shoxchalariga, daryoning irmoqlariga o‘xshatish o‘rinli. O‘z-o‘zidan ma’lumki, tanasiz shox ham bo‘lmaydi, shoxsiz daraxt esa-bu oddiy butadir, irmoqsiz daryo ham barkamol daryo tizimini shakllantirmaydi. Demak, ixtisoslashuv kompleks, har tomonlama rivojlanish bilan uyg‘unlashuvi kerak. Zero, ixtisoslashuvda yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatini hozirgi kunda sezib turibmiz. Bu kamchiliklar ayniqsa sobiq ittifoqdosh respublikalarning o‘zaro iqtisodiy aloqalarini buzilishida o‘z aksnni topmoqda. SHu sababli e’tibor ko‘proq har bir respublikaning mumkin qadar atroflicha rivojlanishiga qaratilmoqda. Albatta, bunday taraqqiyot respublikani jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan farq qildiruvchi, uning o‘rnini belgilab beruvchi ixtisoslashgan tarmoqlarni takomillashtirish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, ixtisoslashuv har bir joyning kimligi yoki nimaligini (hu is hu), bir joyning ikkinchi joydan farqini anglatadi va, binobarin, u, ya’ni hududiy ixtisoslashuv, iqtisodiy rayon iqtisodiy geografiyaning o‘zak tushunchalar hisoblanadi. Kooperatsiya pirovard natijada muayyan bir mahsulot yaratish uchun turli korxonalarning hamkorligidir (3-chizma). Bu korxonalar faqat bir yoki ikki tarmoqqa tegishli bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga kooperatsiyada hududiy birlik, barcha ixtisoslashgan korxonalarning bir joyda o‘rinlashuvi uncha sezilmaydi va, aksincha, ularning tarqoq ko‘rinishda joylashuvi kuzatiladi. Kooperatsiyada qatnashuvchi korxonalar soni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning murakkabligiga bog‘liq. Chunonchi, mashinasozlikda, aniqrog‘i engil va yuk mashinalarini ishlab chiqarish uchun juda ko‘p ehtiyot qismlar, detallar kerak. SHu bois bunday mashinalarning yaratilishida yuzlab ixtisoslashgan korxonalarning ulushi bor. Masalan, Moskvada engil avtomobil yoki Lixachev nomli zavod, Tolyattidagi Volga avtomobil zavodi (Jiguli) va shunga o‘xshash birlashmalar 200 va undan ortiq korxonalar bilan hamkorlik qiladi. O‘zimizning Asakadagi «O‘zDEU» avtokorxonasi ham respublikamiz va boshqa mamlakatlardagi (asosan Janubiy Koreya) korxonalar bilan aloqa qiladi. Modomiki asosiy yakunlovchi yoki yig‘uvchi bosh korxona ko‘p joydan asbob-uskunalar, detall va jihozlar olar ekan, u transport-geografik jihatdan qulay nuqtada o‘rinlashuvi zarur. Kombinatsiya, kombinatlash kooperatsiyaga o‘xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu erda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi tushuniladi. Shu sababali kombinatsiyada, kooperatsiyadan farqli o‘laroq, ko‘proq hududiylik, majmua namoyon bo‘ladi. 3-chizma. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning asosiy shakllari KOOPERATSIYA KOMBINATSIYA Tayyor maxsulot Turli xil maxsulotlar Predmet (tayyor maxsulot) Detal Texnologiya IXTISOSLASHUV Sh a x a r (urbanistik) Rayon (xududiy) Ishlab chikarish yoki korxonalar mujassamlashuvi KONTSENTRATSIYA xom ashyo Bu ikki, yuzaki qaraganda bir-biriga o‘xshash tushuncha o‘rtasida boshqa farqlar ham bor. Kooperatsiyada natija, maqsad, pirovard mahsulot bir bo‘lsa, kombinatsiyada aksincha, ya’ni xom ashyo bir bo‘lib, undan olinadigan mahsulot turlari har xildir (3-chizma). Demak, kombinatlashuv ma’lum bir turdagi xom ashyoni chuqur texnologik qayta ishlash, uning chiqindilaridan to‘la foydalangan holda barcha mahsulotlar ishlab chiqarishni anglatadi. huddi shu ma’noda kombinatsiya «to‘ntarilgan» kooperatsiyadir. Kombinatsiya bir geografik nuqtada, hatto korxonalar birlashmasi doirasida kattaroq joy yoki rayonda ham bo‘lishi mumkin. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari orasida esa u ayniqsa qora va rangli metallurgiya, kimyo, o‘rmon, oziq-ovqat, engil va qurilish sanoatiga tegishlidir. Xullas, bu shaklni qaerda «kombinat» so‘zini uchratsak, uni o‘sha sohada ko‘ramiz, hatto aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda ham (maishiy xizmat kombinatlari). Sanoatda kombinatlar bir necha texnologik jihatdan bog‘liq bo‘lgan zavod yoki tsexlardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, qora metallurgiya kombinatlari, aniqrog‘i to‘liq tsiklli kombinatlar chuyan, po‘lat va prokat ishlab chiqaruvchi zavodlar birlashmasidir. Agar ularning bittasi bo‘lmasa, u holda kombinat to‘liq tsiklga ega emas (Bekoboddagi O‘zbek metallurgiya kombinati xuddi shunday korxonalardandir). To‘qimachilik kombinatlari yigiruv, bo‘yoqlash, tayyorlash tsexlaridan iborat. Xom ashyo bita-paxta tolasi yoki pilla mahsuloti; go‘sht kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go‘sht, konserva, kolbasa kabi boshqa go‘sht mahsulotlari olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va qondan kishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa oshlangandan so‘ng charm-poyafzal sanoatida ishlatiladi. O‘rmon, tsement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. qolavorsa, Markazlashgan issiqlik elektr stantsiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug‘) beradi. Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko‘pchiligiga xosdir. Faqat mashinasozlikda «kombinat» so‘zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu erda ham u mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda keng iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi CHkalov nomli aviatsiya birlashmasi samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba’zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi (kolyaska) va shunga o‘xshash turli xil xalq iste’mol mollarini ham ishlab chiqaradi. Yuqorida keltirilgan misollarda ma’lum bir nuqtada yoki yirik korxonalar doirasidagi kombinatsiyani ko‘rish mumkin. Uning hududiy ko‘rinishi esa hududiy ishlab chiqarish majmuasining o‘zginasidir. Umuman olganda, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o‘zaro bog‘liq. Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari ham u yoki bu ko‘rinishda mujassamlashuvni anglatadi. Biroq bu erda ularning bir joyda to‘planganligi, yig‘ilganlik darajasi boshqa joylarga nisbatan yuqori bo‘lishi lozim, aks holda tom ma’nodagi mujassamlashuv bo‘lmaydi. Mujassamlashuv yoki ixtisoslashuv ayni paytda shu sohaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko‘lami bilan o‘lchansa, ixtisoslashuvda esa u o‘z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi. Kooperatsiya va kombinatsiya bir-biriga o‘xshashligini yuqorida qayd qilgan edik. Bu masalaga yana bir yondashsak, ularning ikkalasi uchun ham ixtisoslashuv tegishli ekanligining guvohi bo‘lamiz. Agar kooperatsiyaga asosan detal yoki qism darajasidagi ixtisoslashuv mos bo‘lsa, kombinatsiya uchun texnologik, yarim mahsulot ishlab chiqarish doirasida ixtisoslashgan korxonalar birikmasi xosdir. SHuning uchun ularning aloqadorlik va farqlarini aniqlash, ijtimoiy va hududiy tomonlarini ajrata bilish, bir-birlarini bog‘lab ko‘rish iqtisodiy geografik o‘rganishning muhim shartidir. Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishning barcha shakllaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish zarur. Masalan, har kanday mustaqil davlatning iqtisodiy qudratini faqat kichik yoki tor darajada ixtisoslashgan korxonalar bo‘yicha parchalab yuborish maqsadga muvofiq emas. SHu bois, mamlakat uchun katta, o‘rta va kichik, turli darajada ixtisoslashgan korxonalarning turg‘un uyushmasi, majmuasi kerak. hozirgi sharoitda O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini ham «pastdan», ham «yuqoridan» qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo‘lgan texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o‘zimizda tayyorlash imkoniyatlarini vujudga keltirish, ishlab chiqarishning mahalliylashtirish dasto‘rini amalga oshirish zamon talabidir. SHu bilan birga mavjud imkoniyat va resurslardan to‘la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko‘proq tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirishga ahamiyat berish lozim. Tayanch tushunchalar: ijtimoiy shakl mujassamlashuv, kombinatsiya, kooperatsiya, ishlab chiqarish fondlari, yalpi mahsulot, korxona mujassamlashuvi, urbanistik va hududiy mujassamlashuv, hududiy mehnat taqsimoti, mujassamlashuv ixtisoslashuv Savol va topshiriqlar Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishga nimalar kiradi? Mujassamlashuvning markazlashuvdan farqi nimada? Ijtimoiy sohalarda ixtisoslashuv qanday ko‘rinishga ega? Kooperatsiya bilan ixtisoslashuv o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud? Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mujassamlashuv va ixtisoslashuv qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi? Ishlab chiqarish tarmoqlari haqida tushuncha Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni O‘zbekiston xo‘jaligi tarmoqlari. O‘zbekiston sanoat tarmoqlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda ishlab chiqarish tarmoqlari haqida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar sanoat ishlab chqarishni hududiy ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tashkil qilish va sanoat HICHMlari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, klaster O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish 5 O‘qituvchining Talabaning O‘quv mashg‘ulotning kirish qismida Tinglashadi ishlab chiqarish tarmoqlari haqida qisqa aniqlashtirishadi, savollarga ma’lumot beriladi va talabalarni mazkur javob beradilar, ma’ruza tushuncha bilan bog‘lik bilimlarini rejasini yozib oladilar. faollashtirish uchun kichik savollar beriladi. O‘zbekiston xo‘jaligi tarmoqlari haqida tushuncha beriladi, tarmoqlarga ajratishning boshqa yo‘llari mumkinliga doir savol o‘rtaga tashlanadi. Sanoatning hududiy tashkil qilish xususiyatlari va unga ta’sir qiluvchi omillar guruhlanadi va har bir tarmoqqa tegishli omillar klasterga ajratilishi tavsiya etiladi Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish doir omillar guruhlanadi 1 Mavzu yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 2 Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Konspekt yozishadi, tinglashadi, jadvallar to‘ldiriladi, мavzu bo‘yicha savollar beradilar. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Ishlab chiqarish tarmoqlari haqida tushuncha Reja O‘zbekiston xo‘jaligi tarmoqlari. O‘zbekiston sanoat tarmoqlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan beri o‘tgan tarixan qisqa davr–11 yil ichida katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Ana shu davr mobaynida yuz bergan olamshumul o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar va eng asosiysi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda to‘g‘ri va oqilona yondoshish mamlakat ichidagina emas, balki jahon hamjamiyatida ham haqli ravishda tan olindi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko‘p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish majmuidan iborat bo‘lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg‘i, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, engil va oziqovqat sanoati kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy geografik sharoitning qulayligi, zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum erlarimiz borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivoj topishiga olib keldi. Respublikamiz iqtisodiyoti o‘zining ma’lum tarixiga ega. Sobiq SSSR mavjudligida hayotning barcha jabhalari, shu jumladan iqtisodiy hayot markaz tomonidan «tartibga» solinib turilar edi. Xoh katta, xoh kichik masalalar bo‘lmasin markaz aralashuvisiz bajarilishi mushkul edi. Respublika dolzarb bo‘lgan muammo masalalarni o‘z erki bilan hal etishi huquqidan mahrum edi. Qator asosiy boyliklarimiz, jumladan oltin, paxta kabilarning taqdiri markaz ixtiyorida bo‘lgan. O‘sha davrlarda mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida nomutanosiblik vujudga keldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi tufayli yuqorida aytib o‘tilgan kamchilik nuqsonlarni tugatish borasida muhim chora tadbirlar amalga oshirildi, toptalgan huquqlar asta sekin o‘zining munosib o‘rnini ola boshladi. Hayotimizning barcha jabhalarida, shu jumladan iqtisodiyotda katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar negizida ro‘y beradi va asta sekin rivojlanib boradi. Shu bilan birga bunday mamlakatlarning har biri bu borada o‘ziga xos ayrim xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo‘jalik tarkibi va yo‘nalishi, mamlakatning geografik o‘rni, tabiiy iqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklari, milliy urf-odatlar, aholi an’analari bilan belgilanadi. Aytib o‘tilgan ana shu omillar e’tiborga olinib Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos modeli shaklllantirilgan. Ushbu modelning eng asosiy tomonlari mamlakatimiz Prezidenti asarlari va farmonlarida, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlarida o‘z aksini topgan. I.Karimov tomonidan suveren davlat tuzish borasida olg‘a surilgan besh tamoyil o‘z mohiyatiga ko‘ra katta o‘rin tutadi. Bu tamoyillar iqtisodiyotning siyosatdan ustuvor bo‘lmoqligi; davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; hayotning barcha sohalarida qonunning ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning zarurligi; bozor iqtisodiyotiga tadrijiy yo‘l bilan, ya’ni bosqichma bosqich o‘tishdan iboratdir. Mazkur tamoyillar mamlakatimizdagina emas, balki xorijda ham tan olingan bo‘lib, ular davlatimiz va iqtisodiyot tarmoqlari taraqqiyotining negizini tashkil etgan. Ularni hayotga tatbiq qila borish tufayli turli jabhalarda, shu jumladan iqtisodiy rivojlanish borasida sezilarli ijobiy natijalar qo‘lga kiritilmoqda. Sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlari rivoj topmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablari asosida Respublikada o‘rta va kichik biznes faoliyati, tadbirkorlik, ishbilamonlik keng tus olmoqda, mulkchilikning turli shakllari vujudga kelmoqda, ishlab chiqarishda davlat tasarrufidagi faoliyatlar doirasi toraya borib nodavlat sohasi keng rivojlanmoqda. Mulkchilikning nodavlat shaklidagi korxonalar soni 160 mingga etib qoldi va ularning umumishlab chiqarishdagi salmog‘i 90 foizga yaqinlashmoqda. 2000 yil boshlarida Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta va kichik korxonalar soni qariyb 126 mingni tashkil qildi. Mamlakatimizda ishlab turgan barcha korxonalar orasida o‘rta va kichik korxonalar salmog‘i 87,5 foizga etdi. O‘rta va kichik biznes tomonidan chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi esa 137,6 milliard so‘mga etdi, yoki ular sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulotning 10,5 foizini berdi. 2000 yil yakunlari bo‘yicha bu raqam 11,3 foizga etdi. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishi ustuvor masalalarni hal etish, ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish hamda aholi farovonligini ko‘tarish borasida zarur sharoitlar yaratish imkonini bermoqda. Sanoati. Mamlakatimiz sanoati milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlaridan bo‘lgan paxtachilik, ipakchilik kabilarning talab ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil topdi va rivojlandi. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o‘ta borish tufayli Respublika sanoat tarmoqlari asta sekin takomillashib, o‘zaro bog‘langan majmua shaklini olmoqda. O‘zbekiston sanoati Respublikada mavjud bo‘lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan, tez o‘sib borayotgan mehnat resurslaridan oqilona foydalanish asosida rivojlanmoqda. Respublika yer bag‘ridan topilgan va ishga tushirilgan tabiiy gaz, neft, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, ko‘mir va boshqa boyliklar bu borada ayniqsa katta ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy sanoat mahsulotlarining umumiy hajmida kon sanoatining ulushi kamaya borib, qayta ishlovchi sanoat hissasi ortib bormoqda. Masalan, 1996 yili umum sanoat mahsulotlarida tog‘ kon sanoatining ulushi 18 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 1999 yilga kelib u 13,7 foizga tushib qoldi va, aksincha, qayta ishlash sanoati o‘sha davr ichida 82 foizdan 86,3 foizga ko‘tarildi. O‘zbekiston sanoatida etakchi o‘rinni og‘ir sanoat egallab kelmoqda. Ma’lumki, bu sanoat tarkibiga yoqilg‘i energetika majmuasi, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish materiallari sanoati kabilar kiradi. Og‘ir sanoat milliy iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yangi texnika va texnologiya bilan ta’minlaydi, transport vositalari va qishloq xo‘jaligini tarmoqlarini qayta qurish negizi bo‘lib hisoblanadi. Ammo og‘ir sanoat mohiyati va uning tutgan o‘rni bu bilan chegaralanmaydi. U aholining turli tuman mahsulotlarga bo‘lgan talab ehtiyojini qondirishda, uning moddiy farovonligini oshirishda ham ahamiyatga ega. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog‘i bo‘lgan og‘ir sanoat engil, oziq ovqat sanoatlari va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini fundamenti hisoblanadi. Og‘ir sanoat tarmoqlari orasida elektr energetika sanoati etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining bosh omili va asosi aynan elektr energiya sanoatidir. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning biron sohasini yoki umuman kundalik hayotimizni bu tarmoqsiz tasavvur qilish qiyin. Elektr quvvatining asosiy qismi Respublikada qad ko‘targan qator yirik issiqlik elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Bunday stantsiyalar jumlasiga Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Angren, Taxiyatosh IESlari (issiqlik stantsiyalari) kiradi. O‘zbekiston elektr energiya tizimi tarixi 1923 yilda Toshkent yaqinidagi Bo‘zsuv kanalida GES qurilishining boshlanishi bilan bog‘liq. Ushbu GESning birinchi navbati 1926 yili ishga tushirilgan. 30-yillarda Chirchiq Bo‘zsuv suv yo‘lida bunyod etilgan bir necha GESlar Respublika xo‘jaligini elektr quvvati bilan ta’minlashda sezilarli ahamiyatga ega bo‘ldi. Elektr stantsiyalar qurilishi davom etdi. Ikkinchi jahon urushining og‘ir kunlarida Farhod GESi qurildi. Bu qurilish asosan xalq hashari bilan amalga oshirildi. Urush yillarida Angren ko‘mir konini o‘zlashtirish ishlari boshlanib ketdi. Mazkur ko‘mir havzasining ishga tushirilishi Angren IES va Olmaliq IEM qurilishida zamin bo‘lib hisoblandi. 70-yillarda Chorvoq GESi va Xo‘jakent GESlari ishga tushirildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay katta kuchga ega bo‘lgan Sirdaryo IESi qurildi. Hozirgi davrda O‘zbekiston energiya tizimi respublikaning elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondiradi. Energetika sohasida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, energetika tarmoqlari korxonalarini boshqarishni takomillashtirish va ularning ishlash samaradorligini ko‘tarish hamda shu asosda mamlakat energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, iqtisodiyot va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida respublika Prezidenti 2001 yil 22 fevralda «O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish» to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonda O‘zbekiston taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan qator ustuvor yo‘nalishlar belgilangan. Energetika korxonalarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan chiqarish hamda aktsiyalashtirish masalalari ko‘zda tutilib, Respublika energetika va elektrlashtirish vazirligi tugatildi. Uning tarkibiy bo‘linmalari negizida ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi «O‘zbekenergo» davlat aktsiyadorlik kampaniyasi («O‘zbekenergo DAK») ni tashkil etish va unga mustaqil yuridik shaxs huquqlari bilan «Ko‘mir» aktsiyadorlik birlashmasini kiritish ham nazarda tutilgan. O‘zbekiston sanoatida mashinasozlik sanoati o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bu sanoat tarmog‘iga mansub bo‘lgan korxonalarda xilma-xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar tayyorlanadi. Ular qatorida paxta teruvchi mashinalar, erga urug‘ qadaydigan, to‘quv-yigiruv, sug‘orish mashinalari, turli xil stanoklar, televizor va magnitofon kabi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqariladi. Aholisi zich bo‘lgan Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda engil avtomobillar chiqaradigan yirik korxona bunyod etildi. Bu korxona 1996 yildan boshlab birin-ketin «Damas», «Tiko», «Neksiya», «Matiz» rusumli qulay avtomobillarni chiqara boshladi. Shunday qilib, O‘zbekiston jahon miqyosida avtomobillar chiqarayotgan davlatlarning 28 chisi bo‘ldi. 1999 yil bahorida mashinasozlik sanoatida yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi. Samarqand shahrida Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi bilan birgalikda qurilgan yana bir avtomobil zavodi ishga tushirildi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu korxona avtomobilsozlik sohasidagi yirik korxonalar qatoriga kirmaydi. Ammo bu bilan uning mohiyati pasaymaydi. Chunki bu korxonada chiqarilayotgan ixcham va qulay avtobuslar yo‘lovchilar tashish va Respublikaga tashrif buyuruvchi minglab sayyohlarga xizmat ko‘rsatishda juda qo‘l keladi. Samarqandda bunyod etilgan ushbu zavod bir yarim tonnadan sakkiz tonnagacha yuk ko‘taradigan yuk mashinalari ham ishlab chiqaradi. O‘zbek diyorida aytib o‘tilgan korxonalarning vujudga kelishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qanchadan-qancha yangi ish o‘rinlarining vujudga kelishiga ham katta hissa qo‘shdi. 1999 yilning oktyabr oyida I.Karimov Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davrida ikki mamlakat o‘rtasida Asaka avtomobil zavodida «Neksiya-2» va «Matiz» rusumli ikki xil mashina ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib olindi. Ana shu mashinalardan biri–«Matiz» rusumli ixcham, qulay mashinalarni ishlab chiqarish 2001 yildan boshlandi. Shu bilan birga yaqin vaqtlar ichida «Neksiya»ning takomillashgan yangi turini chiqarish ham rejalashtirilgan. Sanoatning mashinasozlik tarmog‘iga Toshkentdagi traktor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozligi, Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi, Toshkent agregat zavodi kabi yirik korxonalar kiradi. Respublikaning boshqa ko‘pgina shaharlarida ham mashinasozlik tarkibiga kiruvchi qator korxonalar ishlab turibdi. O‘zbekiston poytaxti Toshkentda jahon aviatsiya sanoati andozalari bo‘yicha yirik korxonalardan biri bo‘lib hisoblangan V.Chkalov nomli aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi joylashgan. Bu korxonada ishlab chiqarilayotgan qulay samolyotlar jahonning qator davlatlarida xizmat qilmoqda. Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutayotgan sanoat tarmoqlari qatorida yoqilg‘i sanoati alohida mavqega ega. Ushbu tarmoq asosan tabiiy gaz, neft, ko‘mir chiqarishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda neft va gaz sohasida geologik qidiruv ishlarini kengaytirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilingan. O‘zbekiston tabiiy gazning katta zahiralariga ega. Respublikada gaz qazib olish yildan-yilga ortib bormoqda. Masalan, 1991 yili O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gaz miqdori 41,8 mlrd. m3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yili bu ko‘rsatkich 56,4 mlrd. m3 ga etdi. Beqiyos gaz zahiralariga ega bo‘lgan O‘zbekiston sobiq Ittifoq davrida uni quvurlar orqali SSSRning boshqa hududlariga jo‘natishga majbur edi. Shu sababli mamlakatimiz aholisi, ayniqsa qishloq aholisi gazdan etarli darajada bahramand bo‘lolmas va ko‘pincha qish mavsumiga o‘tin to‘plash bilan ovora bo‘lar edi. Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi tufayli aholini qulay yoqilg‘i-gaz bilan ta’minlashda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buning dalili sifatida aholi zich joylashgan Andijon viloyatining Xo‘jaobod shahrida yirik yer osti gaz ombori qurilganligini aytib o‘tish kifoya. Bu yirik inshootni qurishga 70 mln. AQSh dollariga teng mablag‘ sarf qilindi. Yoqilg‘i sanoatining rivojlanishida neftning tutgan o‘rni yil sayin ortib bormoqda. Bu borada Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining o‘rni ayniqsa katta. Neft qazib chiqarishning ildam o‘sib borishi tufayli mamlakatimiz neft mustaqilligiga erishdi. Respublika neft mustaqilligida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining qurilib ishga tushirilishi katta ahamiyat kasb etdi. Keyingi qisqa davr ichida Qizilqum fosforit zavodi, «Kimyotola» ishlab chiqarish birlashmasi, qator hududlarda –Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan va boshqa viloyatlarda zamonaviy to‘qimachilik va tikuvchilik kombinatlari qurib ishga tushirildi. Andijon, Qo‘qon, Yangiyo‘l shaharlaridagi biokimyo zavodlari rekonstruktsiya qilindi. Qashqadaryoda qad ko‘tarayotgan Sho‘rtangaz kimyo majmuasi O‘rta Osiyodagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu ulkan korxona to‘laligicha mahalliy xom ashyo negizida ishlaydigan bo‘ladi va yiliga 3 mln. tonna gazni qayta ishlab 125 ming tonna polietilen, 140 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz hamda gazni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan boshqa mahsulotlar ham oladi. Ushbu korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotning bir qismi xorij mamlakatlariga chiqariladi. Yirik tabiiy boyliklar va boshqa qator imkoniyatlarga ega bo‘la turib, O‘zbekiston yaqin-yaqinlargacha o‘zini neft va boshqa mahsulotlar bilan to‘la ta’minlay olmas edi va yiliga 10 mln. tonna neft mahsulotlarini olib kelishga majbur edi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotidagi muvaqqat qiyinchiliklarni yanada og‘irlashtirar edi. Endilikda, mustaqillik tufayli neft mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston chetdan neft va neft mahsulotlari olib keladigan mamlakatdan bunday mahsulotlarni xorijga chiqaradigan mamlakatga aylanmoqda. Mamlakat yoqilg‘i sanoatida ko‘mir ishlab chiqarish ham muhim o‘rinni egallaydi. Bu borada Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni va Surxondaryodagi Sharg‘un, Boysun toshko‘mir konlarining ulushi katta. Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni O‘zbekistonda chiqariladigan jami ko‘mirning 97 foizini beradi. Respublika sanoati tarmoqlari orasida etakchi o‘rinlardan birini rangli metallurgiya egallaydi. Sanoatning bu tarmog‘i asosan Toshkent viloyatining Angren-Olmaliq tog‘-kon sanoat hududida joylashgan. Bir vaqtlar suvsizlikdan qurib-qaqshab yotgan Qizilqum cho‘llarida oltin koni sanoati vujudga keldi. Muruntov tog‘-kon kombinati bu sanoatning yirik markazi hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga qaraganda, Muruntov oltin koni jahon oltin konlari orasida boy konlardan biri hisoblanadi. 50-yillarda ushbu kondan oltin qazib chiqarila boshlandi. Ammo o‘sha vaqtlarda bu konda ishlatilgan texnika rudadagi oltinni to‘la chiqarib olishga qodir emas edi. Natijada tarkibida oltin bo‘lgan ruda chiqindi tarzida atrofga chiqarib tashlanar edi. 1992 yili AQShning «Nyumont-Mayning» kompaniyasi bilan aytib o‘tilgan rudalarni qayta ishlash va ulardagi oltinni chiqarib olish maqsadida qo‘shma korxona qurish to‘g‘risida kelishib olindi. 1995 yil may oyida «Zarafshon-Nyumont» qo‘shma korxonasi bitkazilib ishga tushirildi. Birinchi yili ushbu korxona chiqindilardan bir tonna oltin ajratib oldi. 1999 yilga kelib bu raqam 16 tonnani tashkil etdi. Qo‘shma korxona ishga tushirilgan davrdan 2000 yilning yarmigacha shu yo‘l bilan olingan oltin miqdori 70 tonnaga etdi. Bu esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Yana shuni aytib o‘tish lozimki, «Zarafshon-Nyumont» MDH da chiqindilardan oltin chiqaradigan yagona korxona bo‘lib, u eng zamonaviy texnika va texnologiya asosida ish olib boradi. Shuning uchun bu korxonada chiqarilayotgan oltin tannarxi ancha past. Muruntov oltinining sifati ham juda yuqori bo‘lib, bu jihatdan u oltin chiqaradigan jahon mamlakatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Qizilqumda qad ko‘targan Zarafshon shahri o‘z nomiga munosib shahar bo‘lib, oltin sanoati markaziga aylandi. Mamlakatimiz o‘zining qora metullurgiya sanoatiga ham ega, ammo uning Respublika iqtisodiyotidagi o‘rni unchalik katta emas. Bekobod shahrida qurilgan qorametallurgiya kombinati asosan temir-tersaklarni qayta ishlash orqali mahsulot chiqaradi va mahalliy ehtiyojni to‘la qondirmaydi. Mazkur korxona asosan po‘lat, prokat, turli xil trubalar ishlab chiqaradi. Hozir xonadonlar uchun zarur bo‘ladigan ro‘zg‘or mahsulotlarining turli xillari ham chiqarilmoqda. 2000 yil bahorida Toshkent shahrida Germaniya va Avstriya bilan hamkorlikda nometall trubalar chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona qurilib ishga tushirildi. Ushbu korxona yiliga qariyb ming km ga yaqin xilma-xil trubalar ishlab chiqaradi. Bunday trubalarning xizmat muddati 75-80 yilga teng. Xolbuki, metalldan yasalgan trubalar 20-25 yilga chidar edi, xolos. O‘zbekistonda qurilgan bunday korxona Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibidagi yagona va butun jahon miqyosida qurilgan 24-korxona bo‘lib hisoblanadi. Ushbu korxonada chiqariladigan nometall trubalarga faqat O‘zbekistondagina emas, balki undan tashqarida ham ehtiyoj nihoyatda katta. Kimyo sanoati ham Respublika sanoat tarmoqlari orasida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Neft, tabiiy gaz, ko‘mir, oltingugurt, osh tuzi, paxta va kanop chiqindilari kabilar bu sanoatning xom ashyosi bo‘lib xizmat qiladi. Kimyo sanoati paxtachilikni mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Mazkur sanoat mineral o‘g‘itlardan tashqari qishloq xo‘jaligi ekinlari zarurkunandalariga qarshi kurash olib borishda zarur bo‘ladigan zaharli moddalar, turli xil sun’iy tolalar, bo‘yoqlar, polietilen, aholi ehtiyojiga mo‘ljallangan uy-ro‘zg‘or mahsulotlari ishlab chiqaradi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy, Olmaliq kabi shaharlarda kimyo sanoatiga mansub qator korxonalar ishlab turibdi. Kimyo sanoati korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish va bu faoliyat ustidagi boshqarishni takomillashtirish maqsadida chet el sarmoyalarini jalb qilish masalalarini yaxshilash bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 13 mart 2001 yili «Kimyo sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risida maxsus Qaror qabul qildi. Ushbu Qarorning hayotga tatbiq qilinishi kimyo sanoati taraqqiyot darajasini yana bir bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. O‘zbekistonda eletrokimyo, qurilish materiallari, engil va to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati ancha rivoj topgan. Quyida keltirilgan ma’lumotlardan Respublikada chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bo‘yicha ayrim tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o‘ta borish davrida xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jabhasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu ayniqsa mahalliy sanoat, savdo va ommaviy ovqatlanish, maishiy xizmat, davlat uy-joy sohalariga tegishli. Qator yirik va o‘rta sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston sanoati rivojlanayotgan davlatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Sanoat tarmoqlarida chiqarilayotgan mahsulotlar nihoyatda xilma-xil. Ular orasida samolyotlar, avtomobillar, elektr quvvati, neft va neft mahsulotlari ko‘mir, po‘lat, paxta teruvchi mashinalar, mineral o‘g‘itlar, gazlamalar, chinni idishlar, billur buyumlar kabi qator mahsulotlar bor. Qishloq xo‘jaligi. Zaminning biror-bir burchagida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan mamlakat bo‘lmasa kerak. Respublikamiz uchun qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. U mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning deyarli uchdan bir qismini beradi. Qishloq xo‘jaligi aholini turli-tuman noz-ne’matlar, sanoat tarmoqlarni esa xom ashyo bilan ta’minlab turadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli qishloq xo‘jalik sohasida kolxozlar va savxozlar boshqa tashkiliy-xuquqiy ishlab chiqarish shakllariga aylantirildi. Qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinayotgan yer va mulklar qayta taqsimlandi, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Qishloqlarda tashkil topgan shirkatlar xo‘jalik yuritishning yangi usullariga o‘tdilar. Qishloqlarda shirkatlardan tashqari xo‘jalik yuritishning yana yangi shakllari-ijara xo‘jaliklari, fermerlar, xar xil turdagi hissadorlik jamiyatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga xo‘jaliklararo korxonalar, tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tasarrufidagi yordamchi xo‘jaliklar ham mavjud. Qishloq joylarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, bu sohada tadbiq qilinayotgan agrotexnologiya va texnika, selektsiya va urug‘chilik sohasida jahon miqyosida qo‘lga kiritilgan tajriba, dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish asosida arzigulik yutuqlarga erishilmoqda. Agroiqtisodiyotda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni ko‘ngildagidek bajarish mustaqil respublikamiz kelajagining qanday bo‘lishida katta o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra qishloq xo‘jalik sohasiga e’tibor kuchayib bormoqda. O‘zbekistonning qulay tabiiy sharoiti, o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, malakasi va mahorati bu tarmoq oldida turgan katta vazifalarni to‘la bajarishga imkon beradi. O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lgan barcha aholining 36 foizidan ortiqrog‘i qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiy sharoiti, iqlimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jalik tarmoqlari va, eng avvalo, uning etakchi tarmog‘i paxtachilik sun’iy sug‘orishga asoslangan. Shuni ham qayd etish lozimki, sug‘oriladigan erlar maydoni 4,2 mln. gektarga teng bo‘lib, umumiy yer maydonining 15 foizini tashkil etadi, xolos. O‘zbekiston yaylovlarining katta qismi sahro va chalasahrolardan iborat. Binobarin, mamlakat qishloq xo‘jalik ekinlarining barchasi sug‘oriladigan maydonlarga to‘g‘ri keladi. Respublika qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan katta muammo suvning etishmasligidir. O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kam bo‘ladi, ayniqsa Quyi Amudaryo va sahrolarda yog‘in kam yog‘adi. Uning ustiga, qishloq xo‘jalik ekinlari uchun suv eng zarur bo‘lgan, o‘simlik o‘sadigan davrida yog‘ingarchilik keskin kamayib ketadi. Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan ana shu suv tanqisligini biroz bo‘lsada engillashtirish maqsadida Respublikaning turli hududlarida kanallar va suv omborlari qurilgan. Suv tanqisligi muammosini oqilona hal qilish yo‘llaridan yana biri suvdan ehtiyotkorlik, tejamkorlik bilan foydalanish, uni isrof qilishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bu borada qator mamlakatlarda orttirilgan tajribalardan to‘la foydalanishga qaratilgan tadbir-choralarni ko‘rish zarur. Respublika qishloq xo‘jaligida paxtachilik bilan birga sholikorlik, bog‘dorchilik, uzumchilik kabi tarmoqlar ham rivoj topgan. Etishtirilgan paxtadan foydalanish sohasi nihoyatda keng. Undan faqat ip gazlamalar tayyorlabgina qolmay, jun va ipak aralashtirilib chalajun va chalashoyi gazlamalar tayyorlanadi. Yog‘-moy sanoati uchun paxta chigiti muhim xom ashyo bo‘lib hisoblanadi va undan moy olinadi. Paxta moyi aholi ro‘zg‘orida keng ishlatilishdan tashqari, undan turli xil margarinlar tayyorlanadi. Paxta moyi chiqindilaridan chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa kunjara olinadi. Paxta shulhasi ham chorva mollari uchun yem sifatida ishlatiladi va gidroliz sanoatida xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Shulhadan teri oshlovchi modda tayyorlanadi, qog‘oz, karton, turli xil laklar kabi mahsulotlar olinadi. G‘o‘zapoya mebel sanoatida keng qo‘llaniladi. Paxta tivitidan sun’iy charm, oyna, sellofan, foto materiallari, kino tasmalari, linolium, sun’iy ipak va boshqalar olinadi. Quyingki, paxtadan olinadigan barcha mahsulotlarni sanab tugatish qiyin. Eng avvalo paxta evaziga chetdan ko‘p valyuta olinadi. Yuqoridagilardan Respublikada paxtachilikni har tomonlama taraqqiy ettirishga e’tiborning kuchaya borayotganligining sababi o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lib turibdi. Andijon viloyati paxtakorlari tashabbusi bilan paxtachilikda yangi texnologiya paxtani plyonka ostida etishtirish usuli vujudga keldi. Bu usul juda samarali ekanligi isbotlandi. «Andijon texnologiyasi» deb atalgan mazkur usulni keng yoyish maqsadida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 1996 yil noyabrida «Plyonka ostida paxta ekish tadbirlari to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. Ushbu Qarorda plyonka ostida paxta ekish usulini bosqichma-bosqich kengaytira borish masalasi olg‘a surilgan. Keyingi yillarda paxta yakkahokimligiga chek qo‘yilib uning hosildorligi va sifatini yaxshilashga, paxtadan olinadigan paxta tolasini ko‘paytirishga e’tibor kuchaymoqda. Ayniqsa har bir gektardan olinadigan hosilni ko‘paytirish katta ahamiyatga ega. 1998 yilining kuzida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov davlat tashrifi bilan Isroil mamlakatida bo‘lgan paytida u erning qishloq xo‘jaligiga katta qiziqish bilan qaradi. Buning sababi bor, albatta Isroil davlatida qishloq xo‘jalik sohasi va, eng avvalo, paxtachilikda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Qizig‘i shundaki, paxtachilik borasidagi bunday yutuqlar toshloq va qumli, suv kamyob erlarda qo‘lga kiritilgan. Har bir gektar erni sug‘orish uchun bizdagiga qaraganda 2-2,5 barobar kam suv sarf qilinadi. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bu mamlakat qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnatga layoqatli aholining bor-yo‘g‘i 3 foizigina band, xolos. Shunga qaramay Isroil davlati qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan o‘z ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, uni xorijga ham chiqaradi. Yuqorida aytilganlardan ayon bo‘ladiki, Isroil davlatidan qishloq xo‘jaligi va ayniqsa paxtachilik bobida ko‘p yangi tajribalarni o‘rganishimiz mumkin va zarur. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxtadan tashqari texnik ekinlardan kanop va jut etishtiriladi. Bu ekinlar Toshkent viloyatida ekiladi. Samarqand viloyatidagi Urgut tumani yuqori sifatli tamaki etishtirishga ixtisoslashgan. Tamaki qishloq xo‘jaligining yuqori daromadli mahsuloti bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida g‘alla ekinlari, asosan bug‘doy etishtiriladi. Yaqin yillargacha Respublika g‘alla mahsulotlari bilan o‘zini to‘la ta’minlay ololmas edi. Endilikda, samarali agrar siyosatni amalga oshirish tufayli, O‘zbekistonda g‘alla mustaqilligiga erishildi. Agar mamlakatda 1990 yili 2 million tonnadan biroz ortiq g‘alla olingan bo‘lsa, 2000 yilga kelib bu raqam 3916 ming tonnani tashkil etdi. 1990 yilda etishtirilgan g‘alla tarkibida bug‘doy 553 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib u 3532 tonnaga etdi. Respublika g‘allachiligida sholikorlik ham muhim o‘rin tutadi. Sholikorlik asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida rivojlangan. Ma’lumki, 2000 yil qishloq xo‘jaligi uchun ancha og‘ir keldi. Yog‘ingarchilik kam bo‘lganligidan Amudaryo va boshqa suv manbalarda suv miqdori kamayib, u zaruriy me’yor darajasining 25-40 foizini tashkil etdi, xolos. Natijada Respublikaning katta-katta qishloq xo‘jalik maydonlarida qattiq qurg‘oqchilik ro‘y berdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bunday qurg‘oqchilik keyingi yuz yil ichida kuzatilmagan edi. Albatta, bunday vaziyat «suvtalab» qishloq xo‘jalik ekinlariga, ayniqsa sholi va paxta etishtirishga jiddiy ta’sir qildi. O‘zbekistonda chorvachilik, ayniqsa uning asosiy tarmog‘i bo‘lgan qo‘ychilik muhim o‘rin egallaydi. Qo‘ychilikda esa qorako‘lchilik o‘ziga xos mavqega ega. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu borada asosiy hududlar hisoblanadi. «Yumshoq oltin» deb nom olgan qorako‘l terilariga jahon bozorida talab katta. Quyida Respublika chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga taalluqli ma’lumotlar keltiriladi. Pillachilikning O‘zbekiston iqtisodiyotida katta o‘rin tutishini e’tiborga olib 1998 yil 30 martda O‘zbekiston Prezidenti «Respublika pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon Respublikaning pillachilik sohasini rivojlantirish borasida qator tadbirlar belgiladi va ular amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda «V’etnam-O‘zbekiston» pillachilik qo‘shma korxonasi barpo etildi. Pillachilikka ixtisoslashgan shoyi chiqarish sohasini ham keng yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan va buning uchun maxsus Dastur ishlab chiqilgan. 2005 yilga borib bu sohada chiqariladigan mahsulot hajmini uch martaga orttirish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur reja bajarilgach, soha mahsulotini eksport qilishni besh-olti marta ko‘paytirish mumkin. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida Respublikada vujudga kelayotgan fermer xo‘jaliklari safini kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni kuchaytirish borasida ish olib borilmoqda. Hozir mamlakatda bunday xo‘jaliklar soni 30 mingdan ortib ketdi. Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida yuqorida keltirilgan fikrlar bu sohaning keng tarmoqli ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi oldida qator muammolar ham mavjud. Ularni hal qilish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Ushbu muammolar jumlasiga sug‘oriladigan erlar unumdorligini oshirish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, o‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish kabilar kiradi. Ayni vaqtda qishloq joylarda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qishloq sanoati va infrastrukturasini rivojlantirish ham Respublika agrar siyosati doirasida dolzarb masaladir. Tayanch tushunchalar: iqtisodiyot, sohalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi Savol va topshiriqlar Sanoatning etakchi tarmoqlarini bilasizmi? O‘zbekistonning rangli sanoati va uning markazi to‘g‘risida nimalarni ayta olasiz? Sholi ekiladigan asosiy hududlarni ta’riflang. Paxtachilikda «Andijon texnologiyasi» deganda nimani tushunasiz? Qorako‘lchilik Respublikaning qaysi hududlarida rivojlangan? 8 Mavzu: Ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy omillari. Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish haqida umumiy tushuncha. Xom ashyo omili. YOqilg‘i-energetika omili. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Transport, ekologiya va bozor iqtisodiyoti omili. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Ishlab chiqrish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil etishning asosiy omillari xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga Talabalar Ishlab chiqrish kuchlarini joylashtirish va oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy hududiy tashkil etishning asosiy omillari haqida maslalar bo‘yicha tushunchalarni tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni shakllantirish. konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, “Baliq skeleti” O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Kompyuter prezentatsiya, Slaydlar, marker, flipchart, Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi Ishlash bosqichlari, vaqti O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni O‘qituvchining 1 bosqich O‘quv mashg‘ulotning kirish qismida 1 O‘quv iqtisodiy ijtimoiy geografiya asoslari xujjatlarini fanida o‘tilgan ishlab chiqarishni to‘ldirish joylashtirishga doir omillarning umumiy davomat olish 5 jihatlari haqida ma’lumotlar so‘raladi. 2 bosqich Joylashtirish, joylanish haqida Asosiy 65 min umumiy tushuncha beriladi. Xom ashyo omili haqida ma’ruza qilinadi va sanoat tarmoqlari bo‘yicha uning ta’sirchanligini belgilovchi jadval to‘ldirish tavsiya etiladi Yoqilg‘i-energetika omili haqida ma’ruza qilinadi va sanoat tarmoqlari bo‘yicha uning ta’sirchanligini belgilovchi jadval to‘ldirish tavsiya etiladi Ijtimoiy-iqtisodiy omillar haqida ma’ruza qilinadi va sanoat tarmoqlari bo‘yicha uning ta’sirchanligini belgilovchi jadval to‘ldirish tavsiya etiladi Talabaning Tinglashadi aniqlashtirishadi , savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Konspekt yozishadi, tinglashadi, omillar bo‘yicha “Baliq skeleti” texnologiyasi asosi da o‘qituvchi topshirig‘ini bajaradilar. Mavzu bo‘yicha savollar beradilar. Transport, ekologiya va bozor iqtisodiyoti omili haqida ma’ruza qilinadi va sanoat tarmoqlari bo‘yicha uning ta’sirchanligini belgilovchi jadval to‘ldirish tavsiya etiladi 1 Mavzu bo‘yicha xulosa qilish. Ishlab chiqrish kuchlarini joylashtirish va hududiy tashkil etishning asosiy omillari yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi, talabalar to‘ldirgan jadval asosiy jadval bilan solishtiriladi va yakun chiqariladi. Ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy omillari. Reja: Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish haqida umumiy tushuncha. Xom ashyo omili. YOqilg‘i-energetika omili. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Transport, ekologiya va bozor iqtisodiyoti omili. Iqtisodiyot tarmoqlari o‘z-o‘zidan, tasodifiy hududiy tarqalmaydi, balki ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarni yaxshi bilish ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishga asos bo‘ladi. qonuniyatlar esa talabalarning behisob fakt va raqamlarni yodlab olishdan ozod qiladi. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda xom ashyo, yoqilg‘i, elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, mehnat resurslari, iste’mol va transport, iqtisodiy geografik o‘rin kabi omillar e’tiborga olinadi. Ushbu omillarni tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik guruhlarga birlashtirish mumkin. Ularning mohiyati va ta’sirchanligi jamiyat rivojlanishi bilan o‘zgarib turadi. Chunonchi, ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasida xom ashyo, yoqilg‘i, elektroenergiya va transportning hal qiluvchi ta’siri biroz susayib boradi. Ayni paytda ijtimoiy (iste’mol) va ekologik omillar hamda bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarishni tashkil etishda ustuvor o‘ringa ega bo‘lmoqda. Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, omillar hisobga olinadi. Bu masalani tushuntirish uchun yaratiladigan mahsulot birligiga suv yoki elektr quvvati, ishchi kuchining qay darajada sarflanishini ko‘rsatish kifoya. Boshqacha qilib aytganda, kasr maxrajida mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil turlari (masalan, 1 tonna shakar olish uchun qancha xom ashyo, ya’ni qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati yoki mehnat sarflanadi) turadi. qaysi omil bo‘yicha yirik son chiqsa, odatda uning ahamiyati shuncha yuqori bo‘ladi va u ko‘rilayotgan iqtisodiyot tarmog‘ini joylashtirishda belgilovchi, aniqlovchi vazifani o‘taydi. Shuni alohida qayd etish lozimki, ma’lum tarmoqqa kiruvchi barcha korxonalar yoki kichik «tarmoqchalar» uchun bittagina omil tegishli bo‘lmaydi. Jumladan, mashinasozlik tarmog‘iga kiruvchi ba’zi bir korxonalarni joylashtirishda xom ashyo (metall) ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqasi uchun malakali ishchi kuchi muhim omil hisoblanadi. Endi yuqorida ko‘rsatilgan asosiy omillarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Tabiiyki, barcha mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Ammo ayrim mahsulotlarni olish uchun xom ashyo boshqalariga qaraganda ko‘proq sarflanadi. SHu bois bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoqlar va korxonalar mumkin qadar xom ashyo rayonlariga yaqin joylashtiriladi. Sanoatning ba’zi tarmoqlari, masalan, tog‘-kon, o‘rmon, baliqchilik sanoati korxonalarining joylashuvi xom ashyo bo‘lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. Bunday sanoat tarmoqlarining joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar geografiyasi bilan belgilanadi. Boshqa sanoat tarmoqlariniig hududiy tashkil etilishi esa biroz murakkabroq tusga ega. Bu borada bir qator fakt va raqamlar keltirish o‘rinli. Chunonchi, qishloq xo‘jalik ekinlarini hududiy tashkil etishda suv, iqlim va tuproq sharoitlari katta ahamiyatga ega. Ular, ya’ni namlik, harorat va tuproq agroiqlimiy resurslarni tashkil etadi. Xom ashyo omiliga asoslanib ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish masalalari tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof-muhit tozaligini saqlash muammolarini hisobga olgan holda hal etish maqsadga muvofiqdir. Natijada, tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya va ekologiyaga oid bilimlar o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Yoqilg‘i issiqlik elektr stantsiyalari, qora metallurgiya sanoatining dastlabkicho‘yan eritish (domna pechida) bosqichini joylashtirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ammo uning ta’siri har doim ham etakchi kuchga ega emas. Issiqlik elektrostantsiyalari yoki metallurgiya zavodlari iste’mol rayonlarida ham joylashtirilishi mumkin. Bunday hol neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik elektr stantsiyalarini qurishga taalluqli (yoqilg‘ining quvurlarda keltirilishi iqtisodiy jihatdan ma’qulroq) bo‘ladi. Biroq qora metallurgiya (cho‘yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil emas. Ma’lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydali, bu degan so‘z ulardan deyarli shuncha miqdorda cho‘yan olinadi. ammo bu «o‘rtacha» raqam hamma joyda ham bir xil emas-ayrim konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19 foizni tashkil etadi. Bunday konlarga Uraldagi qo‘shqonor yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu erlardan qazib olinadigan rudani bevosita domno pechlarida eritib bo‘lmaydi, sababi unda kerakli mineraldan ko‘ra foydasiz jinslar ko‘proq. SHuning uchun bu ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi kerak. Boyitilgandan so‘ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi nihoyatda past) miqdori bir necha barobar ko‘payadi. Lekin bu bilan ham uning hissasi etarlicha bo‘lmaydi. SHu sababdan metallurgiya korxonalari ko‘proq xom ashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi. Yer yuzida «boy» konlar ham yo‘q emas. Jumladan, Kursk magnit anomaliyasi (Rossiya) doirasiga kiruvchi Belgorod yaqinidagi konlarda temirning rudadagi ulushi 60-65 foizgacha etadi. Binobarin, bundan qazib olingan xom ashyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri, boyitilmasdan domna pechlarida eritilishi mumkin. Shunday ekan, ularni tashib borish uchun transport xarajatlari va pirovard natijada eritilgan cho‘yanning tannarxi uncha yuqori bo‘lmaydi. Bu esa korxonalarni yoqilg‘i (kokslanuvchi ko‘mir) rayonida yoki unga yaqin joylarda qurishni taqozo etadi. Qozog‘iston Respublikasidagi qaraganda to‘liq tsiklli metallurgiya kombinati bevosita ko‘mir havzasi rayonida joylashtirilgan, Lipetsk, Tula, Krivoy Rog kombinatlari esa xom ashyo, ya’ni temir rudasi konlariga yaqin qurilgan. Ba’zan metallurgiya zavodlari xom ashyo va yoqilg‘i rayonlari o‘rtasida joylashtirilgan, chunki mazkur sanoat tarmog‘i uchun bu ikki omilning ahamiyati deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo‘lib Cherepovetsk metallurgiya kombinati (Rossiya Federatsiasi) xizmat qiladi. U Pechora kokslanuvchi ko‘mir havzasi bilan Kola yarim oroli temir rudasi konlarining taxminan o‘rtasida qurilgan. Ammo korxona aniq ikki oralik masofada emas, u biroz g‘arbga «tortilgan», sababi SanktPeterburgning yirik mashinasozlik sanoatini po‘lat va prokatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Korxona yaqinida katta suv ombori ham bor. Shuningdek, ko‘mir va temir rudasini bir-biri bilan hududiy (mayatniksimon) almashuvi asosida har ikkala rayonda shakllangan qora metallurgiya markazlari mavjud. Bu borada o‘tgan asrning 30-yillarida amalga oshirilgan Ural-Kuznetsk kombinati (UKK)-ni ko‘rsatish o‘rinli. Ushbu dastur hududiy ishlab chiqarish majmuining dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, uni hayotga tatbiq etishda ham xom ashyo rayonida-Janubiy Ural temir rudasi konlari asosida (eng yirik Magnitogorsk metallurgiya kombinati), ham yoqilg‘i rayoni-Kuznetsk toshkumir havzasida, ya’ni Novokuznetskda bunday ulkan korxonalar bunyod etilgan edi. Ma’lumki, Donetsk-Dnepr bo‘yi rayoni Ukraina davlatining asosiy yoqilg‘i va qora metallurgiya bazasi hisoblanadi. U ilgari dunyoga dongi ketgan Uralni allaqachon orqada qoldirib, o‘tgan asrning oxirgi choragida kapitalistik asosda gurkirab rivojlangan, o‘sha paytlarda Janubiy sanoat rayoni deb atalgan o‘lkadir. hozirgi davrda bu erda qora metallurgiyaning ikkita ixtisoslashgan rayoni shakllangan bo‘lib, ular bir-birlari bilan xom ashyo va yoqilg‘i almashuvi negizida ishlaydilar. Bu ham bo‘lsa Donbass va Dnepr bo‘yidagi bir guruh korxonalar uyushmasidir. Donbassda kokslanuvchi ko‘mir, Dnepr bo‘yida temir rudasi (Krivoy Rog havzasi) bor. Mazkur mintaqada uchinchi, lekin oldingilarga qaraganda kichikroq metallurgiya rayoni, aniqrog‘i markazi ham mavjud. Bu erda Mariupoldagi korxonalar birikmasi nazarda tutilmokda. U Donbass ko‘miri va Kerch yarim orolidagi qamishburun temir rudasi negizida ishlaydi. Elektr quvvati. hozirgi zamon ishlab chiqarishini, hatto transport va qishloq xo‘jaligini ham elektr quvvatisiz tassavur qilish qiyin. Bu sohaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan maxsulotni, ya’ni elektr quvvatini jamg‘arib, omborxonalarga yig‘ib bo‘lmaydi, undan ayni paytning o‘zida foydalanish kerak. Bundan tashqari, elektr quvvati yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari (shoxobchalari) orqali uzoq masofalarga berilishi mumkin. Xuddi shu maqsadda Kansk-Achinsk, Ekibastuz («Ikki bosh tuzi») ko‘mir havzalarida yirik yoqilg‘ienergetika majmualari barpo etilgan. Angren ko‘mir havzasida ham xuddi shunday majmua yaratilgan. Ammo ba’zan murakkab tog‘ sharoitiga ega bo‘lgan rayonlarda elektr kuvvatini uzoqqa uzatish iqtisodiy jihatdan ma’qul hisoblanmaydi. Bu quvvatdan mumkin qadar shu joyning o‘zida foydalanish lozim bo‘lib qoladi. Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon turiga urg‘u beriladi. Arzon elektr quvvati suv stantsiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha GESdan keyin ham qolaveradi, issiqlik elektr stantsiyalarida esa ko‘mir, mazut yoki tabiiy gaz sarflanadi. Elektr quvvati omiliga quyidagi misollarni keltirish kifoya: I t titan ishlab chiqarish uchun (titan po‘latdan bir necha marta engil va ayni paytda ancha chidamli) 40-50 ming kvtg‘s, aluminiy uchun 17-19 ming kvtg‘s, misni tozalash. temir qotishmalarini ishlab chiqarish, elektr oddiy pechlarida po‘lat eritish uchun ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kvtg‘s atrofida elektr quvvati sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon elektr energiya manbalariga yaqin joyda qurilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rossiyaning bir qator shaharlarida GES va aluminiy zavodlari aynan bir joyda, bir markazda uchraydi. Masalan, Bratsk GES va Bratsk aluminiy zavodi, Krasnoyarskdagi GES va aluminiy zavodi va x.k. Bunday korxonalar birikmasi Volgograd, Volxov, Zaporoje va boshqa shaharlarda ham mavjud. O‘rta Osiyo mamlakatlarida yagona bo‘lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi Tojik aluminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyda qurilgan, Demak, elektr enegiyasi bir qator sanoat korxonalarini o‘z atrofiga «yig‘ar» ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish qudratiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi erlarni o‘zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tolimarjondagi bir qator nasos stantsiyalari vositasi bilan sug‘oriladi. Elektr quvvati Norak-Tursunzoda (Regar)g‘uzor orqali keladi. hozirgi kunda esa shu erning o‘zida juda yirik mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tolimarjon IES qurilmoqda. Suv va iqlim sharoitlari ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbaalari ayniqsa kimyo, yog‘och-selluloza, metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta’sir qiladi. Jumladan, cho‘yan erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak Ayni shu sababli temir rudasiga boy bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining KMA joylashgan Markaziy qoratuproq rayonida qora metallurgiya sust rivojlangan. Bu erda mazkur imkoniyatning yo‘qligidan Stariy Oskol shahrida domnasiz, birdaniga boyitilgan temir rudasidan (okatishlardan) po‘lat erituvchi «Elektrostal» birlashmasi qurilgan. Bu korxona uchun elektr quvvati Voronej, Kursk atom elektr stantsiyalaridan olinadi. Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e’tiborga olinadi. Bu omilniig ahamiyati qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik uchun nihoyatda katta. Chunonchi, O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston Respublikasida an’anaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun’iy sug‘orish asosida olib boriladi. Paxta, meva, sabzavot, uzum va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlariga suv hamda issiq iqlim (ma’lum miqdordagi vegetatsiya haroratining miqdori) juda zarur. Shu bilan birga issiq iqlim sharoitida sanoat korxonalarni ochiq usulda qurish, suv va boshqa alkogolsiz ichimliklar, ip gazlama ishlab chiqarishga o‘xshash tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish talab etiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi aholi va mehnat resurslaridir. Albatta, har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko‘p ishchi kerak Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta etishtirish, uni qayta ishlash va x.k. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko‘p bo‘lishi shart emas, aksincha «oz bo‘lsa ham soz bo‘lsin» ma’nosida ularga malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxonalar va tarmoqlar (radio yoki priborsozlik aniq mashinasozlik va shunga o‘xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo‘lgan shaharlarda, ilmiy texnik markazlarida joylashtiriladi. O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni juda ko‘p. Ularning miqdori qishloq joylarda va sust rivojlangan kichik shaharlarda juda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o‘rinlarini kengaytirish, yangi sanoat va boshqa korxonalar, madaniy-maishiy muassasalarni qurish zarur. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u eng avvalo iste’molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, muvaqqat qiyinchiliklarga barham berish unga kerak bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa ehtiyojlarni qondiruvchi mahsulotlarni etarli darajada ishlab chiqarishni taqozo etadi. SHu sababli iste’mol omili oziq-ovqat korxonalarini o‘ziga «tortadi», ya’ni bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi. Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning o‘zining talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularni transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste’mol rayonlarida tashkil etishni nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mashinasozligi o‘sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu erda rivojlanishi zarur. Umuman, qaysi rayon nimaga ixtisoslashsa shunga mos mashinasozlik tarmog‘i bu erda yaxshi rivojlangan bo‘lishi qonuniy bir holdir. O‘zbekistonda paxta teruvchi, Belorussiyada-kartoshka, Ukrainada qand lavlagi, Shmoliy Kavkaz va Volga bo‘yida g‘alla yig‘uvchi, Qirg‘izistonda pichan taxlovchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab chiqarish bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Xuddi shunday, rayonlarni ma’lum bir sanoat tarmoqlariga ixtisoslashuvi o‘sha sohalarga tegishli mashina, asbob-uskuna, jihozlar ishlab chiqarilishini talab etadi. CHunonchi, Uralda metallurgiya sanoati uchun, Bokuda-neft, Donbassda-ko‘mir, Petrozavodskda-o‘rmon, O‘zbekistonda to‘qimachilik mashinasozligi rivojlangan. Boshqa sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlarini ham aholi yashab to‘rgan joylarda tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu o‘rinda ko‘p iste’mol qilinadigan qishloq ho‘jalik mahsulotlari-sut, piyoz, karam va boshqalarni shahar atrofi xo‘jaligi doirasida tashkil etish kerak. Yoki: neftni keltirib, undan benzin, kerosin, mazut va shunga o‘xshash qator mahsulotlarni olish, kimyo sanotini rivojlantirish yaxshimi yoki ularning har birini alohida-alohida keltirishmi? Tabiiyki, bu erda birinchi variant ma’qulroqdir. Xuddi shunga o‘xshash: boshqa mamlakatlardan g‘alla olish yaxshimi yoki u erdan suxari, pechene, makaron, vermishel va boshqalarni keltirishmi? Go‘sht sanoatini joylashtirish ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu sanoat bevosita chorvachilik rayonlarida rivojlantirilsa, unda iste’molchiga faqat muzlatilgan go‘sht keltiriladi. Bunday go‘shtdan esa kolbasa, konserva va boshqa go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Agar go‘sht sanoati iste’mol rayonlarida joylashtirilsa-chi? Unga molni (chorvani) keltirish kerak, ammo bu davrda biroz bo‘lsada u (chorva) o‘z tirik vaznini yo‘qotadi. Bundan tashqari, go‘sht mahsulotini ishlab chiqarish molning juni va terisi, qoni va suyagidan shu joyning o‘zida foydalanish imkoniyatini bersa-da, mazkur zavodlarni (aniqrog‘i kombinatlarni) yirik shahar ichida o‘rnashtirish ekologik nuqtai-nazardan to‘g‘ri kelmaydi. Bir vaqtlar yirik go‘sht kombinati Toshkentning Beshyog‘och dahasida, Bo‘zsuv arig‘i bo‘yida qurilgan edi. O‘z navbatida bu korxona ko‘nchilik, poyafzal sanoatining aynan shu rayonida shakllanganiga sabab bo‘lgandi. Keyinchalik mazkur korxonaning shahar ichida joylanishini ko‘p jihatdan nomaqulligi sezilib qoldi va u Zangiota tumanidagi O‘rtaovul shaharchasiga ko‘chirildi. Demak, bu korxona o‘z o‘rnini chorvachilik rayonida ham emas, shaharda ham emas-ekologik bexatar, iste’molchilarga nisbatan yaqin joyda topdi. Transport ham juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning bevosita davom ettiruvchi tarmog‘i hisoblanadi. Transport shaxobchalarisiz xom ashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste’molchilarga etkazilmaydi, hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi. SHuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa omillar bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi va uni «sof» holda ajratib olish qiyin. SHu bilan birga transport masalasi iqtisodiy geografik o‘rin omili bilan ham chambarchas bog‘liq, chunki bu ob’ektning eng avvalo tashqi (hududiy) iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Biz ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rar ekanmiz, ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning ahamiyatini chetlab o‘tolmaymiz. Bu omilning ta’siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko‘rinadi (mashinasozlik, elektroenergetika va kimyo). Shubhasizki, mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko‘pgina korxonalar, ayniqsa hozirgi zamon mashinasozlik zavodlari yuksak darajada ilmiy-texnika salohiyatiga ega bo‘lgan shaharlarda joylashtiriladi. Yuqorida ko‘rilgan barcha omillar qatorida ekologik omilning ahamiyati ham katta. Ekologik jihatdan ko‘p sanoat tarmoqlari va eng avvalo kimyo, yog‘ochselluloza, go‘sht, vino, koserva, charm zavodlari, issiqliqlik elekt stantsiyalari va shunga o‘xshash korxonalar «nomaqbul» hisoblanadi. Binobarin, ular aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo‘lgani yaxshiroq. Kimyo sanoati misolida ekologik omilning ishlab chiqarishni hududiy tashkil etilishiga ta’sirini ko‘rish mumkin, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilishi chinakam erkin xususiyatga ega. CHunki, kimyo sanoati o‘simlik, hayvonot, mineral xom ashyosi, suv, havo (azot) asosida ham, boshqa sanoat chiqindisi (qora va rangli metallurgiya) negizida ham rivojlanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti omilini ham unutmaslik kerak. Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish joizki, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga birdaniga o‘tib bo‘lmaydi, buning uchun barcha shart va sharoit yaratish talab etiladi, ya’ni uning o‘zini moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo‘lmog‘i lozim. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tarixan birmuncha uzoq davrni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti-bu ishlab chiqarish erkinligi, talabning ustuvorligi, raqobatdir. Bunday sharoitda ko‘p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, qulay investitsiya makonini shakllantirish, monopoliyaga Qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi, an’anaviy fikr yuritishlarimiz tamomila o‘zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda aksariyat narsani, shu jumladan nimaga ixtisoslashuvni va qaerda joylashtirishni pirovard natijada bozor, raqobat, talab va taklif belgilaydi, davlat esa o‘zining mintaqaviy va soliq, kredit, narx-navo, investitsiya siyosati orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib boradi. Xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Evropada ishlab chiqarishni joylashtirish nazariyasi bozor iqtisodiyotiga mos ravishda yaratilgan va amaliyotda sinalgan. Masalan, «shtandort» nazariyasi doirasidagi aglomeratsion qulaylik yoki samaradorlik omili ham juda murakkab bo‘lib, u o‘zida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etilishining barcha shakllarini va xususan kooperatsiya va ixtisoslashuvni uyg‘unlashtirilgan holda aks ettiradi. qolaversa, ishlab chiqarish aglomeratsiyasi bu korxonalarni ma’lum bir nuqta yoki joyda to‘planishi, mujassamlashuvi hamdir. U ayni paytda infrastruktura omilini o‘zida singdiradi, chunki infrastruktura jihatdan ta’minlanganlik hududlarning investitsiya jalb qilish qobiliyatini (jozibadorligini) kuchaytiradi. «Shtandort» nazariyasi (uni nemis olimi A. Veber yaratgan) mamlakatni industriyalashning dastlabki bosqichlariga juda qo‘l keladi. U hududning iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan sharoitida barcha uchun va hamma vaqt kerak bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarmaydigan noyob sanoat tarmoqlariga taalluqlidir. hududning iqtisodiy zichligi, uning murakkablashib va rivojlanib borishi bilan ishlab chiqarishni geografik tashkil etishda boshqa g‘oya va omillardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Chunonchi, hamma uchun har doim lozim bo‘lgan mahsulotlar, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari turli yiriklikdagi va turli funktsiyali markazlarda pog‘onasimon yoki ierarxiyali joylashtiriladi (bu borada V. Kristallerning «markaziy o‘rinlar» g‘oyasi katta ahamiyat kasb etadi). Tayanch tushunchalar: xom ashyo, yoqilg‘i, elektr quvvati, suv va iqlim sharoitlari, ersuv, mehnat resurslari, iste’mol, transport, iqtisodiy geografik o‘rin, ekologiya, ilmiy-texnika taraqqiyoti, bozor iqtisodiyoti, iste’mol, ishchi kuchi, infrastruktura, markaziy o‘rinlar. Savol va topshiriqlar Ishlab chiqarishni joylashtirish va uni hududiy tashkil etish o‘rtasida qanday farq bor? Xom ashyo mahsulotga nisbatan ko‘p sarflansa, ya’ni mahsulotning xom ashyo sig‘imi yuqori bo‘lsa, ekologik vaziyat qanday bo‘ladi? Misollar yordamida tushuntiring. Yoqilg‘i-eergetika omilining iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirishga ta’siri qanday? Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etish xususiyatlari nimalardan iborat? Transport tarmoqlarini joylashtirish qaysi omillarga bog‘liq? O‘zingiz yashab to‘rgan viloyat yoki shahar xo‘jaligi tarmoqlarining joylashuv xususiyatlarini yozma ravishda tavsiflab bering. Iqtisodiy rayon va hududiy ishlab chiqarish majmualari Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Iqtisodiy rayon va hududiy ishlab chiqarish majmualari HICHM-lar shakllanishining nazariy asoslari. O‘zbekistonda HICHM-larning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy sohalarda hududiy majmualar. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda iqtisodiy rayon va hududiy ishlab chiqarish majmualari xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar qishloq xo‘jaligini joylashtirish, ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar hududiy agrasanoat majmualari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, baliq skeleti O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish 5 m. 2 Kirish 5m. 2 bosqich Asosiy 65 min O‘qituvchining Talabaning Iqtisodiy rayon va hududiy ishlab chiqarish majmualari haqida umumiy tushuncha. Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. bo‘yicha savollar beradilar. guruhlanadi. Ijtimoiy sohalarda hududiy majmualarga oid baliq skeleti usulida sxema to‘ldirilishi taklif etiladi. Mavzu yuzasidan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. 2 Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Iqtisodiy rayon va hududiy ishlab chiqarish majmualari Reja: Iqtisodiy rayon va hududiy ishlab chiqarish majmualari HICHM-lar shakllanishining nazariy asoslari. O‘zbekistonda HICHM-larning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy sohalarda hududiy majmualar. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asosini bir qator ilmiy g‘oya (kontseptsiya), tushuncha va qonuniyatlar tashkil etadi. Ular jumlasiga umuman geografiya fanining bosh tushunchasi rayon, uning fundamental tushunchasi-hududiy mehnat taqsimoti, shuningdek iqtisodiy geografik o‘rin va boshqalar kiradi. hududiy ishlab chiqarish komplekslari yoki majmualari ham bu tushunchalar orasida muhim mavqega ega. Rayon-frantsuz tilidan olingan bo‘lib (ingliz tilida-region), u hududning umumiy xususiyatga ega bo‘lgan ma’lum bir qismini anglatadi. Rayon turli bosqichli va maqsadli yoki yo‘nalishli bo‘ladi. Bizning fanimizga tegishlisi esa iqtisodiy yoki ijtimoiy-iqtisodiy rayonlar deb ataladi. O‘z navbatida rayon, ayniqsa iqtisodiy rayon hududiy (geografik) mehnat taqsimotining natijasidir. hududiy mehnat taqsimoti esa iqtisodiy geografik jarayon bo‘lib, uning rivojlanish zaminida tabiiy sharoit va resurslarning hududiy jihatdan turli-tumanligi yotadi. Bu tabiiy hududiy tafovutlar xalq xo‘jaligi tarmoqlari rivojlanishi va joylashuvining bir joydan ikkinchi joyning farq qilishiga olib keladi, ularsiz iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining o‘zi ham bo‘lmaydi. «hamma joyda bor narsa geografiyada aslo bo‘lmasligi kerak», deb bejiz aytishmagan. Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining asosiy tushunchalari bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq, shu bois ularni aloqdorlikda qarash katta ahamiyatga ega Bu fikr hududiy ishlab chiqarish majmualariga ham daxldor. Uni o‘rganish esa metodologik jihatdan tizim-tarkib uslubiga mos keladi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning jahon ahamiyatiga molik bo‘lgan nazariy yutuqlaridan biridir. Uni yaratishda taniqli rus olimi N.N.Kolosovskiyning xizmatini ko‘rsatish joiz. Ishlab chiqarishning hududiy birliklari to‘g‘risida ilk bor akademik I.G.Aleksandrov mamlakatni elektrlashtirish haqida fikr bildirilgan edi. Bu olim o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida turli yirik elektr stantsiyalarini loyihalashda bevosita ishtirok etib, rayon kombinatlari (RK) to‘g‘risidagi nazariyasini yaratadi. O‘ttizinchi yillarda esa bu muhim masalani chuqur o‘rganib, rayon ishlab chiqarish kombinatlarini (RICHK) barpo etish lozimligini ta’kidladi. Keyinchalik N.N.Kolosovskiy I.G.Aleksandrovning RICHK to‘g‘risidagi nazariy ishidan Ural, Sibir va Qozog‘iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o‘zining rayon komplekslari (majmualari) to‘g‘risidagi ilmiy g‘oyasini yaratdi. N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog‘i, ishlab chiqarishning hududiy birikmalari yoki komplekslari) mavzusida o‘z maqolasini chop ettirdi. Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki joyda ishlab chiqarish korxonalari va aholi manzilgohlarini bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlab, ayni paytda ma’lum hududda o‘rnashgan ishlab chiqarish korxonalarining yig‘indisi har doim ham majmua hosil qilmaydi, deb uqtiradi. Bunday holda korxonalarning oddiy hududiy guruhi tashkil bo‘ladi, xolos. Demak, har qanday hududiy majmua bu korxonalar guruhi ammo har qanday guruh majmua bo‘la olmaydi. Keyinchalik HICHM nazariyasini rivojlantirishga N.T.Agafonov, M.K.Bandman, T.M.Kalashnikova, A.T.Xrushev, M.D.Sharigin, K.N.Bedrintsev, Z.M.Akramov, O.Abdullaev, q.Abirqulov, A.Ro‘ziev, O.B.Otamirzaev, A.S.Soliev, A.M.Sodiqov kabi bir qator olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ma’lumki, hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tushunchasi bo‘lib, uning zaminida iqtisodiy rayonlar va HICHMlar vujudga keladi. N.N.Kolosovskiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki HICHM) tushunchasi iqtisodiy rayonlar o‘rnini egallamasligi kerak, ular iqtisodiy rayonlarning asosini tashkil etadi, xolos deb ta’kidlagan edi. Darxaqiqat, HICHM o‘zining mazmun va mohiyati jihatidan, korxonalarning ma’lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg‘un birikmasi sifatida iqtisodiy rayondan sezilarli darajada farq qiladi. Biroq, turli bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham HICHM tarzida ko‘rilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati hududiy ishlab chiqarish majmualari va x. k. Savol tug‘ilishi mumkin: haqiqatda yoki real voqe’likda HICHM qaerda vujudga keladi va har qanday joyning ishlab chiqarish korxonalari birlashmasini hududiy majmua deb atash mumkinmi? Bu erda masalaga har tomonlama yondashish kerak va HICHMlarning mohiyatiga ko‘ra har xil bo‘lishini anglab olish zarur. Aks holda, chalkashliklar vujudga kelishi muqarrar. Har qanday iqtisodiy rayon xo‘jaligi o‘zining mazmuni va maqsadiga muvofiq har tomonlama (kompleks) rivojlantirilishi lozim. Ana shu nuqtainazardan iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini potentsial HICHM sifatida ko‘rish mumkin. Bu erda tushunmovchilikka o‘rin qoldirmaslik uchun bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini-rayonlar darajasidagi majmualar sifati qarash ma’qulroq. Ma’lum bir joyda (hududda) ishlab chiqarish korxonalarining o‘zaro bog‘liq holda joylanishidan vujudga kelgan majmualar esa tom ma’nodagi hududiy ishlab chiqarish tarkiblar hisoblanadi. Iqtisodiy geografiya asoschisi N.N.Baranskiyning shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini «dasturli» yoki mamlakat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim bir muammoni hal etishga, bir maqsadga qaratilgan majmualar qatoriga kiritgan. Shu bilan birga bunday majmualar har doim ham ma’muriy chegaralarga mos kelmaydi, ular bu darajadan keng yoki tor bo‘lishi mumkin. Masalan, Qashqadaryoda vujudga kelayotgan ikki yo‘nalishda bo‘lib (agrosanoat va yoqilg‘i-energetika), u butun viloyat hududini egallamaydi, majmua asosan viloyatning quyi qismida, Qarshi dashti doirasida shakllanmokda. Farg‘ona vodiysi agrosanoat hududiy ishlab chiqarish majmuasining ichki tuzilishi Farg‘ona HICHM Paxtachilik Tikuv va trikotaj sanoati Pillachilik Paxta tozalash sanoati Oziq-ovqat sanoati Ipak gazlama ishlab chiqarish Bog‘dorchilik va uzumchilik Ipak yigiruv sanoati Ip galama ishlab chiqarish Mashinasozlik Sug‘orma dehqonchilik Kimyo sanoati Irrigatsiya Er-suv boyliklari Mehnat resurslari HICHM qaysi ma’noda tushunilmasin, ular iqtisodiy geografiyani o‘rganishda muhim va unumli g‘oyadir. Bu rayon xo‘jaligini alohida tizim asosida yondashish va tarkib bo‘yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish korxonalari orasidagi aloqadorlikni bilishni talab etadi. Tom ma’noda HICHMlar, odatda, yangi o‘zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va ayniqsa yoqilg‘i-energetika zaxiralari asosida shakllanadi. Bunga misol qilib Angren-Olmaliq, Qarshi yoki Mirzacho‘l, Buxoro-Navoiy majmualarini ko‘rsatish o‘rinli. Albatta, tarixiy rivojlanish davomida avval o‘zlashtirilgan erlarda vujudga kelgan xo‘jalikning hududiy tuzilmasini takomillashgan majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi joyda bu maqsadga erishish osonrokdir. Majmua yaratuvchi tarmoq sifatida esa ko‘proq yoqilg‘i-energetika sanoati asos bo‘lib xizmat qilishi tabiiydir. Masalan, bu erda aluminiy zavodi barpo etilishi mumkin. Jumladan, bunday hududiy majmualar respublikada qulay tabiiy sharoitda, aholi va mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan rayonda va faqatgina energetika emas, balki agrosanoat asosida ham vujudga kelmoqda. Bunga yaqqol misol bo‘lib Farg‘ona majmuasi xizmat qiladi. Keng ma’noda yoki haqiqiy hududiy ishlab chiqarish majmualari ham turli bosqichda bo‘ladn. Chunonchi, hatto oddiy sanoat yoki agrosanoat tuguni ham bunday majmua sifatida ko‘rilishi mumkin. Bu, shubhasiz, ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida nihoyatda ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lib, viloyatlar yoki rayonlarning mamlakatimiz mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini, «basharasi» ni (dotsent R. A. Hodiev iborasi) belgilab beradi. Ushbu g‘oyaning ahamiyati milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishda katta mazmunga ega. Ayniqsa, mustaqil mamlakatning izchil mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda HICHM g‘oyasini tatbiq etish juda qo‘l keladi. Biroq, bunday majmualarni katta hududlardan ko‘ra kichik joyda ixcham qilib yaratish ko‘proq samara beradi va ularni boshqarish ham qulay bo‘ladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi kichik HICHMlar aynan shuni isbotlaydi. Darvoqe, nazariy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan bu g‘oyaning amaliyotda (masalan, sobiq Ittifoq sharoitida) yaxshi natijalar bermaganligining asosiy sababi ham eng avvalo o‘ta katta hududlarda bunday majmualarni yaratishga intilish bo‘ldi. Turli yo‘nalishdagi HICHMlar g‘arbiy Sibir, Janubiy Yoqutiston kabi ulkan hududlarda ko‘zda tutiltan edi, amalda esa ular shakllanmadi. Chunki hudud benihoya katta, ishlab chiqarish esa faqat bir tomonlama, asosan xom ashyoni qazib olishga ixtisoslashgan xo‘jalik turkumi vujudga keldi, xolos. Boshqa tarmoqlar va ular uchun umumiy bo‘lgan infrastruktura tizimi ham deyarli barpo etilmadi, ijtimoiy sohalar, ekologiya muammolari esa butunlay inobatga olinmadi. Bundan tashqari, majmualarni boshqaruvchi tashkilot ham bo‘lmadi. Xullas, haqiqiy HICHM vujudga kelmadi. Yuqoridagi fikr shundan dalolat beradiki, bunday majmualarni kichik joyda yaratish maqul. Chunonchi, O‘zbekiston sharoitida paxta tozalash zavodi bilan yonma-yon yoki uning yaqinida yog‘ zavodi qurish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar ular yaqinida paxtazorlar va chorvachilik fermalari bo‘lsa, yana ayni muddao bo‘lar edi. Qulay sharoitlarda va ishlab chiqarishni hududiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etib kattaroq majmualarni ham shakllantirish mumkin. Bu borada, Farg‘ona vodiysida, Mirzacho‘l yoki Qarshi zonasida, Angren-Olmaliq tog‘-kon sanoati rayonida mukammal HICHMlarni yaratishga imkoniyatlar mavjud . HICHMlar o‘zlarining geografik joylashuvi hamda ixtisoslarshuviga qarab turli xil bo‘ladi. Ular tog‘-kon sanoati yoki agrosanoat asosida, dengiz yaqinida yoki poytaxt rayonlarida ham shakllanadi. Biroq bunday majmualarning barchasi uchun hududiy infrastruktura va iqtisodiy geografik umumiylik xosdir. Masalan, sanoat tugunlari va rayonlari chinakam HICHMlarni ifodalaydi, chunki ushbu geografik birliklarda ishlab chiqarish va infrastruktura, iqtisodiy geografik o‘rinning umumiyligi yaqqol seziladi. Angren-Olmaliq tog‘-kon sanoati hududiy ishlab chiqarish majmuasining tarmoqlar tarkibi Kimyo sanoati Qurilish sanoati Rangli metallurgiya Elektroenergetika Mineral va yog‘ilg‘i-energetika boyliklari Qolaversa, sanoat tuguni va rayonlariga kiruvchi alohida sanoat punktlari va markazlarida ham shuni ko‘rish mumkin. U holda sanoat korxonalari buiday kichik birlamchi elementi vazifasini o‘taydi. Ayni paytda ma’lum bir shahar doirasida, yirik sanoat markazlari chegarasida bir necha sanoat tugunchalari-mikrohududiy majmualarni ham ajratsa bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishini bunday tashkil etish shakllari ayniqsa loyihalash tashkilotlarida ko‘p qo‘llaniladi. Ular xorijiy mamlakatlarda ham keng tarqalgan bo‘lib, aglomeratsion samaradorlik tushunchasi xuddi shunday mikroiqtisod amaliyoti bilan bog‘liq. Shunday qilib, ishlab chiqarishning rivojlanishi va uning hududiy tashkil etilishining takomillashib borishi bilan bu boradagi tasavvurimiz ham o‘zgarib boradi. Dastlabki oddiy ishlab chiqarish kombinati rayon ishlab chiqarish kombinatiga aylandi. Rayon ishlab chiqarish kombinati hozirgi hududiy ishlab chiqarish majmuasi shakliga ega bo‘ldi. HICHMlar iqtisodiy geografiyaning boshqa bir muhim ilmiy g‘oyasidan farq qiladi. Bu ham bo‘lsa energiya ishlab chiqarish tsikllar nazariyasidir. Energiya ishlab chiqarish tsikllari, avval ta’kidlaganimizdek, ma’lum bir asosiy ishlab chiqarish jarayoni atrofida muayyan xom ashyo va energiya negizida vujudga kelgan, texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan (uyushgan) ishlab chiqarish turkumining turg‘un birligidir. Demak, bu erda asosiy e’tibor ishlab chiqarishning texnologik aloqadorligiga beriladi, vaholanki HICHMda bu vazifani hududiy birlik o‘taydi. Ayni shu jihatdan energiya ishlab chiqish tsikllari hududiylik xususiyatiga ega emas (ularni kartadan ham ko‘rsatib bo‘lmaydi); tsikllar ma’lum darajada mavhum, ishlab chiqarishning turkum yoki tartib birligini anglatadi. Binobarin, muayyan energiya ishlab chiqarish tsikliga kiruvchi korxonalar yoki «zanjirchalar» mamlakat hududining turli joylarida mavjud bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga energiya ishlab chiqarish tsikllari bu xalq ho‘jaligi tarmog‘i emas, hatto tarmoqlar, birikmasi ham emas, balki u umuman ishlab chiqarishning texnologik birligidir. Biroq bu erda ham xuddi HICHM uchun uzak (bosh) majmua hosil qiluvchi omil yoki tarmoq bo‘lganidek, energiya ishlab chiqish tsiklida ham etakchi ishlab chiqarish jarayoni asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, qora metallurgiyaning pirometallurgiya tsikli uchun metall (cho‘yan, po‘lat va prokat) ishlab chiqarish, respublikamizdagi agrosanoat tsikli uchun esa sug‘oriladigan erlarda paxta etishtirish, uni qayta ishlash, to‘qimachilikni rivojlantirish asosiy jarayon hisoblanadi. Energiya ishlab chiqarish tsikli tasvirini daraxt shaklida tassavur qilish qulay. Bunda daraxt tanasi asosiy ishlab chiqarish jarayoni, uning shox va shoxchalari esa ushbu jarayon atrofidagi texnologik jnhatdan aloqador ishlab chiqarish korxonalarini anglatadi. SHu nuqtai-nazardan energiya ishlab chiqarish tsikllari HICHM va iqtisodiy rayonlar ichki tuzilishini, tarkibini tahlil etishda aniq va samarali usul bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, mazkur tsiklning ekologik ahamiyati ham beqiyos, chunki u mohiyatan chiqindisiz, uzluksiz texnologik jarayonga (zanjirlarga) asoslangan. HICHMlar iqtisodiy geografiyaning eng muhim tadqiqot ob’ektidir. Ammo, ma’lumki, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya faqatgina iqtisodiy qismdan iborat emas. Shu bois hududiy majmualar nafaqat iqtisodiy, ya’ni ishlab chiqarish geografiyasida, balki ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial va siyosiy geografiyada ham mavjud. Ijtimoiy-iqtisodiy majmualarga shahar yoki shahar aglomeratsiyalarini, hududiy sotsial majmualarga esa kichik aholi punktlari, turli kasb yoki millat vakillari yashaydigan hududiy birlik, maishiy xizmat ko‘rsatish kombinatlari, mahalla va xokazolarni kiritish mumkin. Tabiiyki, ularning faoliyat doirasi, chegarasi har xil. Yuqoridagi uch turdagi hududiy majmualar birligi umumiy yoki hududiy ijtimoiy tizimlarni (majmualarni) shakllantiradi. Bu esa ijtimoiy geografiyaning ob’ekti hisoblanadiki, unga ko‘rilganlardan tashqari siyosiy geografik (hududiysiyosiy), geosiyosiy birliklar kiradi. SHunday qilib, ijtimoiy geografiyaning asosiy tarkibiy qismlariga muvofiq ravishda turli xil hududiy majmualarni ko‘rsatish mumkin. Fanning bosh maslalaridan biri ana shu turli funktsional turdagi va yiriklikdagi majmualarning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning o‘zaro hududiy munosabatlarini keng va chuqur o‘rganishdan iborat. Bu esa ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan dasturga yondoshuv bo‘lib, u tizim-tarkib, muammo-majmua uslubiga to‘g‘ri keladi va bunday mukammal hududiy birikmalarni boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Xuddi shu ma’noda hududiy majmualar ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning eng samarali shakli hisoblanadi. Chunki, korxonalarni alohida-alohida, tarqoq joylashtirgandan ko‘ra ularni bir-biriga yaqin qurish katta samara beradi. Bunda har bir korxona uchun emas, balki ularning barchasiga yagona infrastruktura tizimi-yo‘l, yer osti va yer usti qurilmalari, suv, elektr energiya va boshqa shaxobchalar quriladi, natijada anchagina (taxminan 40 foizgacha) kapital mablag‘ tejaladi. Ana shunday masofa transport harajatlarini kamaytirish hamda korxonalarning o‘zaro faoliyat ko‘rsatishi tufayli yuzaga kelgan samaradorlikni iqtisodiy geografik samaradorlik deb ta’riflash to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, paxta tozalash zavodlari odatda paxta etishtiruvchi rayonlarda quriladi. Agar ularga yaqin joyda yog‘ zavodi qurilsa, yana ayni muddao bo‘ladi, ushbu korxonalar chiqindilari asosida esa chorvachilik fermalarini ham rivojlantirsa bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bir hududda ishlab chiqarishning qator korxona yoki tarmoqlari mavjud: paxta dalalari, paxta tozalash va yog‘ zavodlari, chorva fermasi. Ularning barchasi uchun yagona infrastruktura va aholi joylashuv tizimlari xizmat qiladi. Yana boshqa bir misol: sho‘x oqar tog‘ daryosiga GES qurildi, deb faraz qilaylik. GES, ya’ni arzon elektr energiya asosida arzon energiya talab «jumladan aluminiy zavodi tashkil etiladi, uning negizida esa kabel yoki elektr-texnika mashinasozligi, radio va priborsozlik rivojlanib borish uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Bulardan tashqari, suv ombori pastki hududlarni sug‘orishda, uning atrofi sport, dam olish (rekreatsiya) zonalarini barpo qilishda ahamiyatli bo‘ladi. Ko‘rib turibsizki, bir hududda ishlab chiqarishning qator tarmoqlari mavjud. Yuqoridagi misollardan ayon bo‘lishicha, hududiy ishlab chiqarish majmualari ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korxona va tarmoqlarini yagona infrastruktura hamda aholi joylashuvi va tizimlari asosida barpo eti shva ularni o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holda rivojlantirishni anglatadi. Shu ma’noda ular, shubhasiz iqtisodiy geografiya fanining eng katta yutug‘idir. Hududiy majmualar faqat iqtisodiyotgina emas. Balki noishlab chiqarishda, jumladan aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etishda ham bor. Chunonchi, tibbiyot, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo majmualari (komplekslari) shular jumlasidandir. Masalan, korxona yonida dorixona, poliklinika, diagnostika (tashhis) markazi; bolalar bog‘cha va yaslining birgalikda joylashuvi; sartaroshxona, utrli xid ta’mirlash korxonalari, kimyoviy tozalash, hammom va boshqalar bir joyda hududiy majmua shaklida tashkil etiladi. Hududiy ishlab chiqarish (va noishlab chiqarish) majmualari kombinatlashuv jarayoni asosida vujudga keladi. Ma’lumki, ishlab chiqarishini ijtimoiy va hududiy tashkil etishning bu shaklida bir xom ashyodan bir necha xil mahsulot etishtirish yoki bir hududda-joyda turli korxonalarni qurish mumkin. Albatta, hududiy majmualarning iqtisodiy samaradorligi ma’lum bir chegarada yuzaga keladi. Agar bunday majmualar haddan tashqarii hududiy va tarkibiy jihatdan kattalashtirilsa iqtisodiy samaradorlik evaziga qator qiyinchiliklar, muamolar vujudga keladi: xom ashyo va mehnat resurslari etishmaydi, transport harajatlari ko‘paydi, ekologik vaziyat buziladi, boshqarish qiyin bo‘ladi va x.k. Binobarin, hududiy majmualarning nisbatan kichikroq bo‘lgani ma’qul (aksariyat rivojlangan xorijiy mamlakatlarda xuddi shunday). Mavzuning yakunida iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos turli ko‘rinishdagi hududiy tushunchalarni ham eslatish ahamiyatidan holi emas. Bular: hududiy tarkib, hududiy tizim, hududiy majmua, hududiy birikmadir. Ushbu tushunchalar bir-biriga juda yaqin, ammo ularni o‘z o‘rnida ishlatish to‘g‘riroq bo‘ladi. Masalan, hududiy tarkib va huudiy tizim (sistema) tizim-tarkib qoidasiga muvofiq keladi; har qanday tarkib undan kattaroq bo‘lgan tarkib yoki tizimning bir qismi va ayni vaqtda o‘zidan pastda (ichkarida) turgan hududiy birliklar uchun tizimdir. Hududiy majmua mohiyatan turli soha yoki korxonalarning ma’lum bir joydagi birligi, uyushmasidir. Aynan ana shunday, yagona infrastruktura tizimi asosida vujudga kelgan hududiy majmualar katta iqtisodiy va ijtimoiy samara beradi. Tayanch tushunchalar: Rayon, iqtisodiy rayon, hududiy ishlab chiqarish majmualari, hududiy mehnat taqsimoti, rayon ishlab chiqarish kombinatlari, mikrohududiy majmua, aglomeratsion samaradorlik, energiya ishlab chiqarish tsikllari, iqtisodiy samaradorlik. Savol va topshiriqlar Majmua haqida nimalarni bilasiz? HICHM lar va kombinatlashuv o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud? HICHMlar g‘oyasini kim yaratgan va nimalarga asoslangan? Nima sababdan sobiq Ittifoq davrida HICHMlar g‘oyasi yaxshi samara bermadi? Noishlab chiqarish sohalaridagi hududiy majmualarni ta’riflab bering. hududiy tarkib, tizim, majmua, birikma haqidagi fikringizni yozma ravishda ifodalab bering. 10 - Mavzu: Tabiat va jamiyat aloqalarining geografik jihatlari . Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Geografiyada tabiat va jamiyat munosabatining asoslari. Geografik determinizm Geografiya va chegaralar Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirishga ta’siri. Yoqilg‘i-energetika, mineral resurslari. Tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi. O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda tabiat va jamiyat aloqalarining geografik jihatlari xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar transportni joylashtirish va transport ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. ijtimoiy majmualar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, klaster O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti O‘qituvchining 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish Geografiyada tabiat va munosabatining asoslari umumiy tushuncha. Talabaning jamiyat haqida Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Geografiyada tabiat va jamiyat Konspekt yozishadi, tinglashadi, munosabatining asoslari, ma’ruza. chizmalar to‘ldiriladi, мavzu Geografik determinizm haqida bo‘yicha savollar beradilar. tushuncha beriladi va uning hozirgi davrdagi ko‘rinishlari bo‘yicha savollar beriladi Geografiya va chegaralarga doir muammoli savol o‘rtaga tashlanadi Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirishga ta’siri i tavsiflanadi. Yoqilg‘i-energetika, mineral resurslari klasteri tuziladi Tabiatdan foydalanish va atrofmuhit muhofazasi bo‘yicha talabalar fikri tinglanadi va muhokama qilinadi Mavzu yuzasidan O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Tabiat va jamiyat aloqalarining geografik jihatlari Reja: Geografiyada tabiat va jamiyat munosabatining asoslari. Geografik determinizm Geografiya va chegaralar Tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirishga ta’siri. Yoqilg‘i-energetika, mineral resurslari. Tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi. Tabiat bilan jamiyat, tabiat va inson munosabati geografiya fanining bosh falsafiy masalasidir. Aynan shu masala tabiiy va iqtisodiy, aniqrog‘i ijtimoiy geografiyani birlashtiradi, o‘zaro aloqadorlikda rivojlanishini taqozo etadi. Tabiat va inson o‘rtasidagi munosabat ikki tomonlama bo‘lib, u doimo muvozanat holatini saqlab qolmog‘i lozim. Ushbu dialektik va dinamik muvozanat eng avvalo insonning tabiatga qay darajada ta’sir ko‘rsatishiga, uning tabiat qonunlarini qanchalik e’tiborga olganligiga bog‘liq. Yer shari va uning alohida qismlarining ta’sirini shunga mos holda tabiiy geografiya o‘rganadi. Biroq, bu juftlikning ikkinchi tomonini, ya’ni jamiyatni yoki insonni faqat iqtisodiy geografiyaga taalluqliligi noto‘g‘ridir, chunki “inson va tabiat” yoki “tabiat va jamiyat“ bo‘lishi mumkin, ammo “tabiat va iqtisod” uncha qovushmaydi. SHuning uchun iqtisodiy geografiya garchi ijtimoiy geografiyaning asosiy qismi bo‘lsa-da, murakkab jamiyat hayotini o‘rganuvchi fan albatta keng qamrovli ijtimoiy geografiya hisoblanadi. Tabiat inson, jamiyat rivoji uchun eng avvalo sharoit yaratadi va bu sharoit qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Binobarin, mamlakat va mintaqalar ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish darajasini faqat tabiiy omillar bilan belgilash nodurustdir. Bunday holda biz geografik determinizmning noto‘g‘ri talqiniga o‘tib qolamiz. Ma’lumki, jamiyat rivojlanishi turli xil tabiiy, tarixiy, siyosiy, texnologik va boshqa omillarga bog‘liq. SHularga mos holda geografik, biologik, tarixiy, texnologik determinizm haqida so‘z yuritish mumkin. (“dete”-belgilash, aniqlash ma’nosini bildiradi). Deterministik dunyoqarash hodisa va voqe’liklar ostida yotgan sabab-oqibat aloqadorligini, dialektik qonuniyatlarni anglab olishga yordam beradi. Biroq uni haddan tashqari bo‘rttirib yuborish ham xatodir. Sababi-jamiyat rivojlanishi faqat u yoki bu omilgagina emas, balki ko‘pgina sharoit va omillar majmuiga bog‘liq. Ayni vaqtda determinizmni tamomila inkor etish ham nodurustdir, chunki yuqoridagi omilarning ta’siri u yoki bu darajada albatta mavjud. O‘tmishda, masalan XVII-XIX asrlarda geografik determinizmga juda katta e’tibor berilgan, hatto kishilarning xarakteri, yurish-turishi, davlat tuzumi ham faqat mamlakatning tabiiy sharoiti (ayniqsa iqlimi va yer usti tuzilishi), geografik joylanishi bilan tushuntirilgan. Ma’lumki, tog‘ va tekislik, sovuq yoki issiq, cho‘l yoki vohada yashovchilar bir-birlari bilan xulq-atvor, bo‘y-bastladi, yuz-ko‘rinishi va yurish-turishlarida farq qiladilar. Bu haqda vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy ham yozgan edi: “Odamlar tuzilishining, surat, tabiat va ahloqda turlicha bo‘lishi faqatgina nasablarining turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va erning turlichaligidan hamdir”. Bu albatta haq gap. Lekin tabiiy geografik omillar orqali mamlakat va rayonlarning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, ularning siyosiy tuzumini uzil-kesil izohlash ham to‘g‘ri emas. Geografik determinizmni jamiyat rivojlanishida birdan-bir omil sifatida qarash ayniqsa Germaniya, AQSh va Buyuk Britaniyada keng tarqalgan edi. Germaniya va SHvetsiyada hududga siyosiy mazmun berish asosida, geografik determinizmning siyosat bilan qo‘shilish natijasida o‘ta reaktsion geografik siyosat, geosiyosat vujudga kelgan edi. Uning asoschilari nemis F.Rattsel va shved R.CHellen bo‘lgan (XIX asr). Aynan ana shunday mafkura, jahonni qayta taqsimlash haqidagi geosiyosiy qarashlar jahon urushlarini, xalqaro mojarolarni keltirib chiqargan. Frantsiyada vujudga kelgan possibilizm (Vidal de La Blash) tabiatga bo‘lgan munosabatni biroz “yumshatilgan” yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu g‘oya asosida tabiiy sharoitning undan foydalanish uchun imkoniyat yaratishi, unga moslashgan va muvofiq holda xo‘jalik yuritish yotadi. Demak, bunday dunyoqarash haqiqatga birmuncha yaqindir, ammo bu erda ham tabiat ustunligi va ayni vaqtda inson kuchu-qudratining tabiat oldida zaifligi sezilib turibdi. Umuman olganda, tabiat va jamiyat ikkiligida u yoki bunisiga katta urg‘u berish ham nodurustdir; ular tarozuning ikki pallasidek doimiy muvozanatda bo‘lmog‘i lozim. To‘g‘ri, insoniyat taraqqiyotida avvallari tabiat ustunlik qilgan, keyinchalik esa jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib ketgan, shaharlar rivojlanishi, urbanizatsiya va industriyalashtirish, aholi soni va zichligining ortib barishi kabilar muvozanatning buzilishiga, ekologik halokat va buhronlarga olib kelgan. Shuning uchun 1992 yilda Rio-de-Janeyro (Braziliya) shahrida bo‘lgan BMT-ning atrofmuhitga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishida “barqaror rivojlanish” («kontseptsiya ustoychivogo ravitiya”) g‘oyasi qabul qilingan. 2006 yilda esa respublikada BMTning yangi asrda barqaror rivojlanish ma’ruzazi asosida tabiat va inson salomatlini muhofazalashga doir dasturlar ishlab chiqildi. Unga muvofiq, jamiyatning rivojlanishi, tabiiy sharoit va resurslardan foydalanish tabiat zarariga, bo‘lajak avlod hisobidan bo‘lmasligi kerak. Tabiat qonunlari ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot qonunlaridan vujudga kelishi, davomiyligi, tezligi va boshqa jihatlari bilan farq qiladi. SHu nuqtai-nazardan tabiat jamiyat oldida zaif, passivga o‘xshab ko‘rinadi. Michurin aytganidek, “Tabiatdan in’om-ehson kutmasdan, undan ko‘proq olish kerak” degan ma’noni bildirmaydi. Tabiat qo‘zg‘olsa, uyg‘onsa undan qudratli kuch yo‘q. Masalan, yer qimirlashlar, yong‘in, suv toshqini, tsunama va bo‘ronlar har qanday taraqqiy etgan mamlakatni, jamiyatni ham halokatga keltirishi mumkin. Yer yuzida va uning turli qismlarida bo‘lib o‘tayotgan cho‘llashuv, tuproq eroziyasining kuchayishi, o‘rmonzorlarning qisqarishi, suv va havo (atmosfera)ning buzilishi oqibatda turli kasalliklarning vujudga kelishi ekologik muammolarni umumbashariy, global muammolarga aylantirdi. Tabiat bizning har birimizdan qandaydir uzoqda, olisda-okeanda, tog‘ yoki tekislikda, cho‘l, o‘rmonzor voha va vodiyda, daladagina emas, balki u bevosita atrofimizda va doimo bizga ta’sir qilib turibdi (shu nuqtai-nazardan inson tabiatning bir bo‘lagi hisoblanadi) Binobarin, Yer barcha xalq va millatning umumiy uyi va tabiatni e’zozlash, tozaligini saqlash, unga oqilona munosabatda bo‘lish jahon hamjamiyatdagi barcha davlatlarning burchidir. Ushbu muammo yuqoridan, maxsus buyruq va ko‘rsatkichlar bilan hal etilmaydi; buning uchun ekologik fikrlash, ekologik bilim va yuksak ekologik madaniyat talab etiladi. Mohiyatan ekologik fikrlash geografik dunyoqarashga juda yaqin, chunki har ikkisida ham ta’sir va aks ta’sir, o‘zaro aloqadorlik kompleks va hududiy yondoshuv muhim ahamiyatga ega. SHu bois geografiya fanining ekologik madaniyatni shakllantirishda o‘rni katta. Yer yuzining tabiati har xil, dunyo mamlakatlarining rivojlanganlik darajasi ham bir xil emas. Tabiatda ham, jamiyat taraqqiyotida ham o‘ziga xos tsikllik mavjud; Yer shari tabiatida muayyan hududiy tartib, zonallik qonuniyatlari bor, jahon hamjamiyati esa murakkab geosiyosiy tizim sifatida turli davlat va ularning chegaralari bilan bo‘lingan. Tabiatda issiq mintaqa bilan bevosita sovuq iqlim mintaqasining yonma-yon turmaganidek, dunyo siyosiy kartasi va geoiqtisodiy makonida ham rivojlanish darajasi tubdan bir-biridan farq qiluvchi davlatlarning o‘zaro qo‘shnichiligi kam uchraydigan holatdir. Shu bilan birga ba’zi tabiiy geografik qonuniyatlar iqtisodiy geografiyaga ham ma’lum darajada xosdir. Chunonchi, tog‘ vertikal mintaqalari faqat tabiati bilan emas, balki xo‘jalik yuritish, hududiy mehnat taqsimoti bilan ham farqlanadi, hatto tekislik, iqlim mintaqalari ularga xos va mos iqtisodiyot va aholi joylashuv, xo‘jalik ixtisoslashuv tizimiga ega. O‘zbekiston Respublikasining dunyo okean va dengizlaridan uzoqda, ichkarida joylashuvi uning kontinental iqlimidan tashqari geosiyosiy va iqtisodiy geografik mavqeini ham belgilaydi va x.k. Tabiatda ham, jamiyatda, dunyo geosiyosiy tizimida ham chegaralar bor. Ammo tabiat chegaralari ma’muriy chegaralar singari qat’iy, “Xitoy devori”-dek tirik, jonli tabiatni sun’iy ravishda ikkiga bo‘lmaydi, ajratmaydi; tabiat chegaralari ancha turg‘un, ma’muriy chegaralar esa o‘zgaruvchan. SHuning uchun tabiiy geografik qonuniyatlarni o‘rganishda ma’muriy chegaralar bilan cheklanish umumgeografik bilimni egallashga ziddir. CHunki har qanday chegara ma’lum bir holatning oxiri bo‘lsa, boshqasining boshlanishi, avvalidir, ya’ni u o‘tkinchi xarakterga ega. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi tabiiy geografiyasini Turkiston tabiatidan ajratib, uning ma’muriy chegara doirasida o‘rganib bo‘lmaydi. Iqtisodiyotda, dunyo siyosiy kartasida ham chegaralar o‘ziga xos xususiyatga ega. Eng avvalo ma’muriy chegaralar har qanday suveren davlatning muhim belgisi, shartidir. Geografiyada esa bu chegaralarning shakli (“geometriyasi”) o‘zaro qo‘shni davlatlarning siyosiy tarixi, iqtisodiyotning, aholi joylashuvining xususiyatlarini ham aks ettiradi. Masalan, davlatlar o‘rtasida oddiy va to‘g‘ri chiziq shaklidagi chegaralar (Afrikadagi ayrim mamlakatlar, O‘zbekistonning Turkmaniston va Qozog‘iston bilan chegarasi, Indoneziya chegarasi va x.k.) ularning bir vaqtlar boshqa mamlakat qaramida bo‘lganligi ushbu hududning xo‘jalik jihatidan uncha ahamiyatga ega emasligi va aholisining siyrak joylashganligidan darak beradi. qadimdan o‘zlashtirilgan hududlarda esa davlat chegaralari o‘ta murakkab, “arrasimon”, meandra shaklida bo‘ladi. Sababi bunday joylarda hududning har bir «qarichi» katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Biz oldinroq tabiat va jamiyatni o‘zimizning qadimgi ikki pallali qo‘l tarozusiga o‘xshatgan edik. Agar bu tarozuda tabiat “toshi” og‘irlik qilsa, uning iqtisodiy hamda demografik sig‘imi past, ya’ni jamiyat qismi engillik qiladi. Bunday holat qadimda mavjud bo‘lgan, hozir esa jamiyatning tabiatga ta’siri, bosimi oshib bormoqda. To‘g‘ri, tabiat jamiyatga xizmat qiladi va ma’lum ma’noda unga bo‘ysinadi, ammo jamiyat ham tabiatni e’zozlashi, avaylab-asrashi kerak. Tabiat va jamiyat, umuman olganda, yaxlit, bir butun, murakkab tizim; ularni bir-biriga qarama-qarshi yoki birini ikkinchisidan ustun qo‘yish ham noto‘g‘ri. Xuddi shunga o‘xshash tabiiy geografiya bilan ijtimoiy (iqtisodiy) geografiya ham o‘zaro aloqada: tabiiy sharoit va resurslar ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish nuqtai-nazaridan, iqtisodiyot esa uning tabiatga ta’siri jihatidan o‘rganilishi lozim. Shuning uchun tabiiy geografiyada insonni, iqtisodiy geografiyada esa tabiatni, ekologik oqibatlarni unutmaslik kerak. Iqtisodiy geografiya tom ma’noda (masalan, AQSh-da) qishloq xo‘jalagi, tog‘kon, o‘rmonchilik va baliq sanoatidan iborat. Demak, uning tadqiqot doirasi bevosita tabiat va tabiiy resurslarni foydalanish bilan bog‘liq. hozir ham tabiiy sharoit va boyliklarga iqtisodiy baho berish, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti iqtisodiy geografiya fanida muhim o‘rinni egallaydi. SHuningdek, mamlakatning asosiy kiradigan va chiqadigan “darvozalari” (Olot, qo‘rg‘ontepa, qo‘ng‘irot tumanlari), chegaraga yaqin yoki tutash hududlarning geografik o‘rinlari ham o‘ziga xos iqtisodiy geografik mazmun kasb etadi. Geografik o‘rinning turli bosqich va turlarini tahlil qilishda uning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jihatlarini ham aniqlash talab qilinadi. O‘rganilayotgan hududning yer usti tuzilishi, ya’ni relefini ham iqtisodiy geografik nuqtai-nazardan baholash katta ahamiyatga ega. Sababi-tog‘lik yoki tekislik relef o‘ziga xos xo‘jalik sig‘imi va transport tizimiga ega. Bu jihatdan ayniqsa hudud yer usti tuzilishining har xilligi geografik mehnat taqsimotini rivojlanishiga qulaylik yaratadi. Relef, uning geologik tarixi va tuzilishi qazilma boyliklar mavjudligi, ularning turlanishga ta’sir etadi. Chunki, tekislik, tog‘ landshaftlarining o‘ziga xos qazilma resurslari bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda qazilma boyliklarning ko‘p yoki kamligidan ko‘ra uning o‘zaro joylashuvi, hududiy birikmalari muhimroq. Chunonchi, tog‘ relefi, daryo, rangdor metallar rudasi yoki toshko‘mir va temir ruda konining bir-biriga yaqinligi rangli va qora metallurgiya korxonalarini qurishda nihoyatda ayni muddaodir. Iqlim sharoiti, agroiqlimiy omillar-havo harorati, vegetatsiya davri, tuproq, namlik kabilar qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va hududiy tashkil etish jihatidan o‘rganilishi lozim. Iqlimning quruq yoki namligi, tuproq qatlamlari agrar sohaning muayyan yo‘nalishlarini rivojlantirishga imkon beradi. SHu o‘rinda, ayniqsa bizning sharoitimizda suv resurslariga ham jiddiy e’tibor bermoq zarur. O‘rganilayotgan hududning xususiyatidan kelib chiqqan holda uning o‘rmon va hayvonot olamini ham tahlil qilish mumkin. Masalan, bunday yondoshuv Kanada, Rossiyaning Sibir o‘lkasi, Braziliya kabilarni o‘rganishda katta mazmunga ega. Tabiiy geografik komponentlar alohida-alohida (“donalab”) ko‘rib chiqilgandan so‘ng, ular majmua shaklida baholanishi kerak. Zero, tabiatda ham, iqtisodiyotda bo‘lganidek, barcha hodisalar o‘zaro aloqadorlikda va ular o‘ziga xos geotizimni tashkil qiladi. Masalan, tog‘, cho‘l, o‘rmon, botqoqlik landshaftining organik va neorganik dunyosi, jonli va jonsiz tabiati turlicha. Bunday landshaft shakllari iqtisodiyot tarmoqlarini hududiy tashkil qilish, aholining joylanishi va salomatligida ham alohida mazmunga ega. Shunday qilib, tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorlikda, doimiy harakatda. Binobarin, iqtisodiy geografiyada “tabiat-aholi-xo‘jalik” uchligiga katta ahamiyat beriladi. Ushbu tizimni to‘rtlik, ya’ni “tabiat-aholi-xo‘jalik-tabiat” shaklida ham qarash mumkin. U holda bunday yondoshuv tsikllik va ekologik mazmunga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda tabiat, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga mos ravishda tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy (sotsial) muhit yoki makonni ajratish mumkin. O‘z navbatida, geoiqtisodiy, sotsial va tabiiy muhit ajralmas birlikni, yaxlit geografik muhitni shakllantiradi. SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, tabiat faqat omil sifatidagina emas, balki aksincha unga jamiyatning ta’siri nuqtai-nazaridan qarash hozirgi kunda zarurdir. Sababi-er yuzida inson qo‘li etmagan tabiat burchagi deyarli qolmadi. Binobarin, inson, jamiyat (antropogen, texnogen omillar) ta’sirida o‘z holatini o‘zgartirgan joylarni qayta tiklash, rekultivatsiya qilish muhim muammo hisoblanadi. Tabiat va jamiyat munosabati o‘rtasida inson, uning salomatligi, boshqacha qilib aytganda, demotsentrik printsip turishi kerak. Zero, hozirgi davrda eng muhim muammo hatto aholining o‘sib borishi ham emas, balki kishilarning hayoti, barkamol yashashi uchun sog‘lom atrof-muhitni, qulay ekologik vaziyatni saqlab qolishdir. Tabiiy muhit inson hayot faoliyati, ijtimoiy ishlab chiqarishning manbai hisoblanadi. U o‘z tarkibiga tabiiy sharoit va tabiiy resurslarini oladi. Tabiiy sharoit keng ma’noga ega bo‘lgan tushunchadir. Bunda eng avvalo joyning iqlimi, yer usti tuzilishi, geografik o‘rni kabilar nazarda tutiladi. Tabiiy sharoit inson yashashi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirish uchun qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Binobarin, tabiiy sharoit to‘g‘risida so‘z ketganda, odatda, uning qulay yoki noqulayligi, yaxshi yoki yomonligi ko‘z oldimizga keladi. Ammo qaysi bir soha uchun noqulay bo‘lgan tabiiy sharoit, boshqalari uchun qulay bo‘lishi mumkin. Masalan, botqoqlik yoki cho‘l landshafti qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga qulaylik yaratmaydi, lekin u o‘sha joyda yashovchi o‘simlik va hayvonot dunyosi (biotsenoz) uchun qulaydir. Shunday qilib, tabiiy sharoit ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi, ammo unga sharoit yaratadi. Tabiiy sharoit ko‘p hollarda iqlim sharoitini aks ettiradi. Biroq u tuproq, o‘simlik, yer usti tuzilishi va boshqalarni ham anglatadi. Chunonchi, yer usti tuzilishi, ya’ni joyning relefi iqtisodiyot tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirishda turlicha ma’no kasb etadi. Agar joy tekis bo‘lsa, albatta u aholi joylashuvi, ishlab chiqarishni rivojlantirishga qulay. Ammo joyning qiyaligi, balandligi, uning asosan tog‘lardan tashkil topganini ham ma’lum ijobiy tomonlari bor. Shu bois, mamlakat yoki boshqa hudud yer usti tuzilishining turli-tumanligi-bu uning «baxtidir», chunki bunday sharoitda hududiy mehnat taqsimoti keng miqyosda rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Mamlakatimizning 20-21 foizini tog‘ va tog‘oldi rayonlardan iyuorat ekanligi, cho‘l, voha va vodiylarning mavjudligi o‘ziga xos geografik manzarani tashkil etadi. Aynan shuning uchun ham respublikamizda chorvachilik, dehqonchilik, tog‘-kon, qayta ishlash sanoat tarmoqlari, rekreatsiya va turizm rivojlanib bormoqda. Agar bu erda relefning faqat bir shakli (tog‘ yoki tekislik) mavjud bo‘lganda, tabiiyki, xo‘jalikning ixtisoslashuvi va uning tarmoqlar hamda hududiy tarkibi ham asosan bir tomonlama bo‘lar edi. Ta’kidlash joizki, iqtisldiyot va ijtmioiy hayotning qaysi bir sohasida tabiiy sharoit bo‘lgan komponentlar boshqa tarmoqda tabiiy resurs bo‘lishi mumkin. Jumladan, yer, suv, iqlim ko‘p hollarda tabiiy sharoit hisoblanadi, ammo ularning hosilasi bo‘lgan tuproq, namlik, harorat qishloq xo‘jaligi uchun resurs (agroiqlimiy resurs) vazifasini bajaradi. Xuddi shunday, quyosh nuri, dengiz, yoki ko‘l, qumlik, o‘rmon muhim rekreatsiya resursi hiosblanadi. Tabiiy sharoitning jamiyat rivojlanishi, inson hayot-faoliyati va hatto uning hulq-atvori, bo‘yi-basti, yuz tuzilishiga ta’siri bor. Bu fanda geografik determinizm deb ataladi. Darhaqiqat, yer yuzi aholisining asosiy qismini dengiz atroflarida yoki tabiiy sharoit qulay bo‘lgan hududlarda yashashi, bunday geografik o‘ringa ega bo‘lgan mamlakatlarning nisbatan tez rivojlanishi, daryo boshi va uning quyi qismida yashovchi kishilarning salomatligi ma’lum jihatdan geografik omillarga bog‘liq. Biroq, barcha hodisa va voqe’likni faqat geografik sharoit bilan to‘la tekis izohlash ham noto‘g‘ridir. Tabiiy resurslarning ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishga ta’siri ularning «xom ashyo talabchanligi» yoki sig‘imini tashkil qiladi. Masalan, ba’zi xom ashyo turlari o‘z massasini (hajmini) to‘la tayyor mahsulotga o‘tkaesa, boshqalarida ularning faqat bir qismidan foydalaniladi. Chunonchi, o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish, rangli metallar qazib olish kabilarning xom ashyoga bo‘lgan talabi yuqori, ammo olinadigan mahsulot miqdori juda oz. Albatta, bu erda ko‘proq qancha mahsulotni olganimizni o‘ylaymiz, ammo qancha chiqindi paydo bo‘lganini esa nazardan qochiramiz. Vaholanki, xom ashyoga nisbatan qancha kam tayyor mahsulot olinsa, u tarmoqning chiqindisi va, binobarin, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga salbiy ta’siri ham shunga yuqori bo‘lgan. Tabiiy resurslarning turlari ko‘p: ular o‘simlik va hayvonot, yoqilg‘ienergetika, mineral xom ashyo, agroiqlimiy resurslardan iborat. Iqtisodiy geografiya fanida u yoki bu joyda qaysi bir tabiiy resurs xilining ko‘pligi emas, balki ularning har xilligi, aniqrog‘i-hududiy birikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Tog‘ landshafti, yog‘in-sochinning ko‘pligi, sho‘x oqar daryolar, rudali konlarning mavjudligi rangdor yoki qora metallurgiya sanoatini huudiy majmua sifatida rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyat tug‘diradi. Shuningdek, kokslanuvchi ko‘mir, temir rudasi, suv manbalarining bir joyda mujassamlashganligi yoki ularning hududiy birikmalari ham qora metallurgiyaning pirometallurgiya tsiklini rivojlantirishga, hududiy ishlab chiqarish majmualarini shakllantirishga qulaydir. Qazilma boyliklarning paydo bo‘lish sharoiti va tarixiy davri, geografik joylanishi har xil. qolaversa, ular ma’lum bir qonuniyatlar asosida joylashadi va bu masalalar bilan maxsus geokimyo fani shug‘ullanadi. Sobiq Ittifoqda ushbu fanning asoschilari va yirik namoyondalari V.I.Vernadskiy va A.Ye.Fermenslar bo‘lgan. Qazilma boyliklarning paydo bo‘lishi o‘sha joyning relefi, geologik tuzilishi va tarixiga bog‘liq. Shu bois, yer yuzining ba’zi joylarida turli xil konlar ko‘p, ba’zilarida esa bunday imkoniyat yo‘q. Demak, qazilma boyliklarning tarqalishi bir xil emas. qizig‘i shundaki, bunday resurslar asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘p va shuning uchun ham ular jaxon bozoriga ko‘proq mineral xom ashyo, yoqilg‘i resurslarini chiqaradilar (eksport qiladilar). Qazilma boyliklardan foydalanish ularning umumiy zaxirasi, sifati, joylanish sharoiti, geografik o‘rni, transport infrastrukturasi bilan ta’minlanganligi, qazib olishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda mahalliy yoki xalqaro bozorda talab ehtiyojning mavjudligiga bog‘liq. Odatda, qazilma boyliklar zaxirasi ularning geologik o‘rganilganligiga qarab turli xil kategoriyalarga (A, V, S, prognoz zaxiralar va x.k.) bo‘linadi. Eng yaxshi va mukammal o‘rganilgan konlar sanoat zaxirasi hisoblanadi va ular ishlab chiqarish jarayoniga jalb etiladi. Shuningdek, qazilma boyliklar zaxirasi, ularning barcha miqdor, sifat ko‘rsatkichlari va ehtiyojning mavjudligiga ko‘ra balans va nobalans guruhlarga ajratiladi. Bunda konlarning hozirgi davrdagi iqtisodiy ahamiyati asos bo‘lib xizmat qladi. Yoqilg‘i-enegetika resurslari. har bir mamlakat milliy iqtisodiyoti xavfsizligini ta’minlashda eng avvalo uning yoqilg‘i-energetika mustaqilligiga erishishi muhimdir. O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining siyosiy mustaqilligiga erishgandan so‘ng iqtisodiyot sohasida aynan shu muammoga ustuvor ahamiyat berdi va hozirgi kunda uning to‘la echimini qo‘lga kiritdi. Yoqilg‘i balansini mamlkatda foydalaniladigan turli yoqilg‘i turlarining (ko‘mir, tabiiy gaz, neft, yonuvchi slanets, torf, o‘tin) nisbati tashkil qiladi. hozirda dunyo bo‘yicha bu balansning taxminan 30 foizi ko‘mir, 67 foizi neft va gazga to‘g‘ri keladi. Ko‘mirning ham har xil turlari bor va ularning issiqlik chiqarish qobiliyati bir xil emas. Albatta, bu borada toshko‘mirning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori, qo‘ng‘ir ko‘mirning ahamiyati esa ancha past. Toshko‘mir konlari AQSh, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Qozig‘iston, Hindiston, JAR, Avstraliyada ko‘p. Kokslanuvchi ko‘mirning asosiy qismi esa xususan Avstraliya, Germaniya, Xitoy va AQShda joylashgan. Ko‘mir eksport qiluvchi mamlakatlar–Avtraliya, Kanada, JAR, Kolumbiya. Dunyoning eng yirik ko‘mir konlari Donbass (Ukraina), Kansk-Achinsk, Pechora, Kuzbass (Rossiya), Appalachi (AQSh), Rur (Germaniya), Sileziya (Polsha) va b. O‘zbekistonda asosiy ko‘mir havzasi Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni hisoblanadi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Sharg‘un va Boysun konlarida zaxirasi uncha katta bo‘lmagan toshko‘mir konlari ham bor. Yoqilg‘i manbai sifatida neftning ahamiyati katta. U jahon eksport tarkibida o‘z qiymatiga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi. Birgina Saudiya Arabistonida mavjud neft zaxiralarining 1G‘4 qismi to‘g‘ri keladi. Agar neft hozirgi darajada qazib turilsa, uning aniqlangan zaxirasi 30-50 yilga kifoya qiladi. Aytish mumkinki, Evrosiyo materigida uni meredian yo‘nalishida ikkiga bo‘luvchi yer osti neft «kanali» mavjud. U janubda Fors qo‘ltig‘idan boshlanib Iroq, Eron, Kaspiy dengizi, Ozarboyjon, Turkmaniston va Qozog‘istonning g‘arbiy qismini, Ural tog‘ining ikki tomonida joylashgan Volga bo‘yi, Komi Respublikasi, g‘arbiy Sibir neft konlarini birlashtiradi va shimolda qora dengiziga chiqadi. Umuman olganda, neftning zaxirasi bo‘yicha Saudiya Arabistoni, Rossiya, Iroq, Venesuela, Eron, Quvayt, Birlashgan Arab Amirligi va boshqalar ajralib turadi. Jahon bo‘yicha qazib olinadigan neftning 14 foizi Shimoliy Amerikada, 15 foizi-Lotin Amerikasiga, 9 foizdan ko‘prog‘i g‘arbiy Evropaga, 1G‘10 qismi MDH mamlakatlarida joylashgan. Birinchi o‘rinda esa Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika turadi (35%). Jami qazib olinadigan neftning 25 foizi jahon okeanining shelef qismiga to‘g‘ri keladi (Meksika qo‘ltig‘i, Fors qo‘ltig‘i, Shimoliy, Yapon, Kaspiy dengizlari va x.k.) O‘zbekistonda neft zaxirasi uncha katta emas. Uning deyarli 87-90 foizi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Bir yilda qazib olinadigan neft 8 mln tonna atrofida. Tabiiy gaz zaxiralrining 40 foizga yaqini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida, 1/3 qismi Rossiyada joylashgan. Shuningdek, bu borada Turkmaniston va O‘zbekiston ham ajralib turadi. Dunyo bo‘yicha qazib olinadigan tabiiy gazning hududiy tarkibi quyidagicha: Shimoliy Amerika (30,2 %), g‘arbiy Evropa (11,4 %), Rossiya (23,6%), Yaqin SHarq va Shimoliy Afrika mamlakatlari (12,4%). O‘zbekistonda bir yilda taxminan 55 mlrd kub.m. tabiiy gaz qazib olinadi. Uning ham asosiy qismi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Mineral xom ashyo resurslari. Sanoat ishlab chiqarishida mineral resurslarining o‘rni beqiyos. Xususan bu borada temir rudasi, marganets, xrom, volfram, nikel, molibden, vannadiy, kobalt, uran, mis, ruh qo‘rg‘oshin, magniy, titan, olmos, oltingugurt, kadmiy, simob, surma, boksit, qalay kabilar muhim ahamiyatga ega. Dunyo bo‘yicha temir rudasi bir xil tarqalmagan. Ularning sifati, ya’ni rudada temirning hissasi 16 foizdan 70 foizgacha farqlanadi. Temir ruda zaxiralari ayniqsa Braziliya, Kanada, Xitoy, HINDISTON, Avstraliya, AQSh, Rossiya, Ukraina, Qozig‘istonda ko‘p. Eng yirik konlarga Minas-Jerays (Braziliya), Yuqori ko‘l (AQSh), Labrador (Kanada), Shimoliy Shvetsiya, Kursk magnit anomaliyasi (Rossiya), Krivbass (Ukraina) va boshqalar misol bo‘la oladi. O‘zbekistonda yirik temir ruda konlari topilmagan. Uncha katta bo‘lmagan Tebinbuloq temir ruda koni Qoraqalpog‘istonning Sultonuvays tog‘ligida joylashgan. Respublika sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan temir rudasi hamda kokslanuvchi ko‘mirning yo‘qligi qora metallurgiyani to‘liq tsikl darajada rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Yer yuzida eng ko‘p tarqalgan metal aluminiy hisoblanadi. Ammo tabiatda aluminiy sof holda uchramaydi, u boksit, alunit, kaolin, sienit kabi xom ashyolardan olinadi. Ularning eng muhimi boksitdir. Dunyo mamlakatlari orasida boksit zaxiralariga Gvineya, Malayziya, Avstraliya, Hindiston, Vengriya, Braziliya, Yamayka, Gayana, Surinam boy. Endi boshqa metallarning geografiyasini ko‘rib chiqamiz: marganets, bo‘yicha Xitoy, JAR, Braziliya, Gabon, Hindiston, Ukraina, Gruziya; xromit bo‘yicha esa JAR, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston ajralib turadi. Nikelga Rossiya, Kanada, Kuba; Misga-Zambiya, Kongo, AQSh, Xitoy, Qozog‘iston, Chili, Kanada, Rossiya boy. Polimetal rudalar (qo‘rg‘oshin, rux, kumush) Rossiya, Kanada, Avstraliya, AQSh, Kanadada ko‘p. Qalay asosan Myanma, Tayland, Malayziya, Indoneziya va Kolumbiyada, kobalt-Kanada, Rossiya, Kongo, Zambiyada ko‘proq tarqalgan. Volframning yirik konlari Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston va Koreyada joylashgan. Vanadiy esa deyarli butunlay JAR, AQSh, Rossiya hamda Xitoyga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda uran, volfram, mis, polimetall, rudalar koni mavjud. Oltin zaxirasi bo‘yicha respublikamiz dunyoda 4-nchi, qazib olish bo‘yicha esa 7-8 o‘rinlarda turadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun azot, fosfori va kaliy turlarining ahamiyati katta. Fosforitning yirik konlari Shimoliy Afrika mamlakatlari (Marokash, Jazoir, Tunis), Rossiya (Kola yarim orolidagi Xibin apatitlari), Qozog‘iston (Qoratov) kabi mamlakatlarda topilgan. SHuningdek, bu xom ashyo Xitoy, Isroil, Iordaniya, Braziliya, JAR va ayrim boshqa mamlakatlarda ham mavjud. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida fosforitning yirik zaxiralari aniqlandi va ulardan hozirda foydalanilmoqda. Kaliy tuzi xususan Rossiya, GFR, AQSh, Kanada, Frantsiya va Belorusda ko‘p. Respublikamizda bunday agronomik xom ashyo Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida bor. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va hududiy tashkil etishda er-suv resurslarining roli katta. Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari jami yer fondining 1/3 qismi yoki 5 mlrd. gektarga yaqinni tashkil etadi. Shundan 28 foizi haydaladigan erlar va 70 foizi yaylovlardan iborat. Dunyo bo‘yicha aholi jon boshiga o‘rtacha 24 so‘tikdan haydaladigan maydon to‘g‘ri keladi. Bu jihatdan Osiyo eng orqada, eng oldingi o‘rinlarda esa Avstraliya va Yangi Zelandiya (1,87 ga) turadi. O‘rmon boyliklari ham yer yuzida har xil tarqalgan. Ayniqsa Rossiya, Braziliya, Kanada, AQSh, Hindiston, Finlandiya, SHvetsiya bu borada keskin ajralib turadi. Ayni vaqtda umumiy maydonning o‘rmon bilan qoplangan qismi yoki ko‘rsatkichi Avstraliya, Jazoir, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasida past. Bunday boyliklar Markaziy Osiyo davlatlari. Jumladan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonda ham juda oz. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi erlarining unumdorligi pasayib bormoqda. Uning tarkibida eroziyaga uchragan va ikkilamchi sho‘rlangan erlar hissasi ko‘p. SHu bilan birga o‘rmon zaxiralari ham kamayib bormoqda. Bularning oqibatida atrof-muhit, geoekologik muammolar jahonning ayrim mamlakatlarida keskin tus olmoqda. Jumladan, bunday muammolar O‘zbekiston Respublikasida ham mavjud. Ekologik muammolar faqat yer va o‘rmon hamda suv resurslaridan foydalanish tufayli vujudga kelmaydi. Ularga sanoat va urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi, qazilma boyliklarni tobora ko‘p olinishi ham ta’sir qiladi. Masalan, bundan 40 yil muqaddam dunyoda yiliga 1 mlrd tonna neft qazib olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hozirgi kunda 3,5 martaga ko‘paydi. Umuman olganda, har yili yer qaridan 100 mlrd tonnadan ortiq turli xil mineral resurslar va yoqilg‘i qazib olinadi. Tabiatga bunday munosabat, uning boyliklarini olish va evaziga katta miqdorda chiqindilar chiqarish albatta ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, tabiatdan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish barchadan yuksak ekologik madaniyat va bilimni talab etadi. Tayanch tushunchalar: Tabiat, jamiyat, geografik determinizm, tabiiy sharoit, tabiiy resurs, dialektik va dinamik muvozanat, geoiqtisodiy makon, tabiiy geografik qonuniyat, geografik o‘rin, rel’ef, tabiiy sharoit va tabiiy resurs, yoqilg‘i-energetika resursi, mineral xom ashyo, metall mineral resurslar, nometall mineral resurslar, yoqilg‘i balansi, agroiqlimiy resurs, o‘rmon resurslari, suv resurslari, rekreatsiya resurslari, ekologiya, tabiatdan oqilona foydalanish Savol va topshiriqlar Tabiat va jamiyat aloqadorligi geografiya fanida qanday mazmunga ega? Geografik determinizm nima va unga Sizning munosabatingiz qanday? Notabiiy geografik fanlar turkumini qanday atash to‘g‘riroq: iqtisodiy geografiyami yoki ijtimoiymi? O‘zingiz yashab to‘rgan joy yoki tanlagan mamlakatingiz geografik o‘rni va tabiiy sharoitiga iqtisodiy baho bering. Atrof muhitni saqlash to‘g‘risidagi “Barqaror rivojlanish” tushunchasining ma’nosi nima? Tabiatda va iqtisodiy-siyosiy hayotda chegaralarning mohiyati qanday? Tabiiy va iqtisodiy geografiyaga tegishli qanday qonuniyatlarni bilasiz Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar orasida qanday farq bor? Tabiiy resurslarning hududiy birikmalarini ahamiyatini tushuntirib bering. YOqilg‘i balansida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda? Neft, gaz va ko‘mir konlarining geografiyasi qanday? Mineral resurslar va ularning turlari jahon mamlakatlari bo‘yicha qanday tarqalgan? O‘zbekiston Respublikasi qanday tabiiy resurslarga boy va ulardan foydalanishdagi muammolarni asoslab bering. Aholi geografiyasi Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Aholi geografiyasiniyag predmeti, vazifalari va fanlar tizimida tutgan o‘rni Aholining geografik o‘rganilishi Aholining tadrijiy o‘zgarishi, joylashuvi va takror barpo bo‘lishi. Dunyo aholisining o‘sishi. Aholining tabiiy harakati va migratsiyasi. Aholining tarkibi va joylanishi, mehnat resurslari. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda transportni joylashtirish va transport tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy ijtimoiy majmualar xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar transportni joylashtirish va transport ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. ijtimoiy majmualar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, klaster O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish 5 m. O‘qituvchining Talabaning Aholi geografiyasiniyag predmeti, vazifalari va fanlar tizimida tuttan o‘rni haqida umumiy tushuncha. Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Aholi geografiyasiniyag Konspekt yozishadi, tinglashadi, predmeti, vazifalari va fanlar chizmalar to‘ldiriladi, мavzu tizimida tutgan o‘rni haqida ma’ruza bo‘yicha savollar beradilar. Aholining geografik o‘rganilishi tavsiflanadi Aholining tadrijiy o‘zgarishi, joylashuvi va takror barpo bo‘lishiga doir muammoli savol o‘rtaga tashlanadi Dunyo aholisining o‘sishi klasteri tuzladi Aholining tabiiy harakati va migratsiyasi tavsiflanadi. Aholining tarkibi va joylanishi, mehnat resurslari tavsiflanadi. Mavzu yuzasidan O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Aholi geografiyasi Reja: Aholi geografiyasiniyag predmeti, vazifalari va fanlar tizimida tuttan o‘rni Aholining geografik o‘rganilishi Aholining tadrijiy o‘zgarishi, joylashuvi va takror barpo bo‘lishi. Dunyo aholisining o‘sishi. Aholining tabiiy harakati va migratsiyasi. Aholining tarkibi va joylanishi, mehnat resurslari. Aholi ko‘pchilik fanlar uchun umumiy tadqiqot ob’ektidir. Bunda har bir fan o‘zining o‘rganish predmetiga ega. Jumladan, demografiya Aholining takror barpo bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullansa, sotsiologiya fani jamiyatdagi turli kishilar guruhlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan munosabatlar jarayonlar qonuniyatlarni o‘rganadi. Aholi geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, aholi sonining tadrijiy o‘zgarishlari, joylashuvi, tarkibi va aholi manzilgohlarini o‘rganadi. Iqtisodiy geografiyaning zamonaviy iqtisodiy va sotsial (ijtimoiy) geografiyaga aylanishida Aholi geografiyasi katta rol o‘ynadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik olimlar aholi geografiyasini butunlay mustaqil fan sifatida iqtisodiy geografiya bilan yonma-yon qo‘yadilar. Bunda, ular ushbu fanlarning tadqiqot predmetlarini bir-biridan aniq farqlanishini sabab qilib ko‘rsatadilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bevosita aholi (jamiyat) va uni ijtimoiy rivojlanishining hududiy muammolarini o‘rganuvchi ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishida Aholi geografiyasi nazariy-metodologik asos vazifasini o‘taydi. Iqtisodiy va aholi geografiyalarining o‘zaro birikuvidan iqtisodiy va sotsial geografiya vujudga keldi. Ushbu jarayonda aholining qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lishini N.N. Baranskiy quyidagicha ifodalagan edi:-«iqtisodiy geografiyada shuni unutmaslikligi kerakki, aholi nafaqat ishlab chiqaruvchi, balki, iste’molchi hamdir» shunday qilib iqtisodiyot boshdan oyoq aholi bilan bog‘langan». Kabolarning xizmatlarini ta’kidlash kerak. Hozirgi davrda aholi geografiyasida tadqiqotlarning ikki yo‘nalishi aniq shakllangan. Bularga, birinchidan, aholini o‘zini o‘rganish va ikkinchidan, aholi manzilgohlarini tadqiq qilish kiritiladi. Bu ikki yo‘nalish bo‘yicha olib. boriladigan tadqiqotlar dunyo miqyosida va uning ayrim mintaqalari, alohida mamlakatlar doirasida ham shuningdek, shahar aglomeratsiyalari, shaharlar, alohida olingan. Aholi manzilgohlaridan tortib siyosiy-ma’muriy va iqtisodiy birliklar miqyosida ham amalga oshiriladi. Aholi geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiya va boshqa turdosh fanlarning tadqiqot usullaridan keng foydalanadi. U mohiyatan aholishunoslik va demografiya bilan juda yaqin turadi. hozirgi davrda aholi geografiyasi tarkibida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin; aholi sonining tadrijiy o‘zgarishlari, joylashuvi va uning shakllari; aholining takror barpo bo‘lishi; aholining etnik, jins-yosh va ijtimoiy tarkibi; mehnat resurslari; aholi migratsiyasi; irqlar va dinlar geografiyasi. Aholi bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqaruvchi, hamda moddiy-ma’naviy ne’matlarning iste’molchisidir. SHu bilan birga, aholi barcha ijtimoiy jarayonlarning boshqaruvchisi ekanligini ham unutmaslik lozim. Aholining bunday jihatlari o‘z navbatida, uni nafaqat takror barpo bo‘lishi, balki iqtisodiy jihatdan ham avvalroq tadqiq etilishiga asos bo‘ladi. Umuman olganda, aholi geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiyaning yaxshi o‘zlashtirilgan tarmoqaridan biridir. Umumnazariy vazifalariga: jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari mohiyatini anglashga yordam beruvchi aholining joylashuvi va uning tabiat bilan o‘zaro ta’siri, takror barpo bo‘lishi qonuniyatlari va jarayonlarini o‘rganish; ko‘pgina amaliy vazifalarni bajarish: aholi sonini hisobga olish; mehnat balanslarini tuzish; aholi migratsiyasini o‘rganish va uning kelajak o‘zgarishlarini bashorat qilish; aholi geografiyasi bo‘yicha bilimlarni ommalashtirish. Sobiq Ittifoq davridan boshlab, geograf olimlarning ko‘pchilik qismi aholi geografiyasini iqtisodiy va sotsial geografiyaning muhim tarmog‘i deb hisoblaydilar. SHuningdek, uni mustaqil fan sifatida qarovchilar ham mavjud. Zamonaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanlari tizimida, aholi geografiyasi uning «iqtisodiy» hamda «sotsial» qanotlari orasidagi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Demak, aholi geografiyasi xo‘jaliklar va tabiiy resurslar geografiyasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Shuningdek, u tabiiy geografiya, mamlakatshunoslik va kartografiya fanlari bilan ham bog‘langan. Chunki, ijtimoiy geografiyani inson yoki aholisiz tassavvur etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy geografiyaning diqqat markazida doimo aholi va uning ijtimoiy ehtiyojlari, munosabatlari yotadi. Qadim zamonlardan boshlab olimlar turlya mamlakatlarning tabiati va xo‘jaligini o‘rganib, tasvirlash bilan birga ularning Aholisini tavsiflashga ham katta e’tibor berganlar. Aholini o‘rganish bo‘yicha tabaqalanish, ya’ni demografiya. hamda etnografiyaning vujudga kelishi XVIII asriing boshlariga kelib ro‘y berdi. XIX asrning oxirlarida esa antropogeografiya (Germaniyada, F.Rattsel) shakllandi. Uning negizida geografik determinizm, ya’ni «inson va xalqlarning ruhi va jismiga» tabiiy muhitning hal qiluvchi ta’sir etish g‘oyasi yotgan. XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, Frantsiyada inson geografiyasi shakllandi. Uning yirik nomoyondalari asosiy e’tiborni tabiat va jamiyatning o‘zaro ta’siri masalalariga qaratdilar. Mazkur yo‘nalishning vakillari antropogeografiyadan farqli o‘laroq, aholining geografik rivojlanishi xususiyatlarining sabablarni nafaqat tabiiy, balki, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va ruhiy omillar bilan ham tushuntiradilar. hozirda, aholi geografiyasi turlicha yo‘nalishlar (geodemografiya, shaharlar geografiyasi, migratsiya geografiyasi, aholi geografiyasida matematik modellashtirish) bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarning universitetlarida o‘qitiladi. Aholi geografiyasi tadqiq etilgan ko‘plab asarlar rus tilida ham chop etildi. Ular jumlasiga D. Forrester va boshqalarning «Geografiya gorodov», «Dinamika razvitiya goroda»; J.Garner, D.Xarvey, Ya.Gamilton, P.Xaggeglarning «Modeli v geografii»; J.Boje-Garne va J. Kabolarning «Ocherki po geografii gorodov» kabi asarlarni kiritish mumkin. O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, O‘zbekistonda aholi va uning ijtimoiy rivojlanishi masalalarini geografiya o‘rganish kuchaydi. Yer shari aholisi butun tarixi davomida sekinlik bilan o‘sdi. Bunga eng avvalo insonning tabiatga qaramligi, ishlab chiqarish darajasining pastligi, urushlar, epidemiyalar va ocharchiliklar katta ta’sir ko‘rsatdi. Birgina XX asrning o‘zida dunyo aholisi 3,5 barobarga ko‘paydi. Aholi soni ayniqsa, 60-70-yillarda tez ko‘paydi. Uning bunday tez ko‘payishi ilmiy adabiyotlarda «demografik portlash» deb ataladi. Ushbu jarayon ko‘proq Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlari uchun xosdir. Dunyo Aholisi juda notekis joylashgan. Yer sharining aholi zich joylashgan 7 foiz quruqlik qismida jami aholining 70 foizi to‘plangan. quruqlikning aholi yashaydigan qismida o‘rtacha aholi zichligi 1 km.kvga-45 kishini tashkil etadi. Ammo, ushbu ko‘rsatkich Makaoda-21559 kishini, Singapurda-6453 kishi, g‘azo sektorida-3041 kishi, YAponiyada-336 kishi, O‘zbekistonda-54 kishi, AQShda-28 kishi, Rossiyada-9 kishi va Mongoliyada-2 kishiga teng. Shu bilan birga, quruqlikning aholi yashaydigan qismining yarmidan ortiqrog‘ida aholi zichligi 1 km.kvga o‘rtacha 5 kishini tashkil qiladi. Yer sharining 15 foiz quruqlik qismi hanuzgacha inson tomonidan butunlay o‘zlashtirilmagan. Yer yuzasi bo‘ylab aholining bunday-notekis joylashuviga eng avvalo, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ayollar tarkibida 15-49 yoshdagi qismi esa 51,8 foizga teng. Dunyo aholisining o‘rtacha yoshi-26,6 yoshdan iborat. Dunyo aholisi mamlakatlarning sotsial-iqtisodiy tipi bo‘yicha ham juda notekis taqsimlangan. Barcha aholisining 20,0 foizi rivojlangan mamlakatlarga, 80 foizi (1998 y) esa rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘fi keladi. Shuningdek, Afrikada jahon aholisining 12,7 foizi, Osiyoda 60,7 foizi, Evropada 12,4 foizi, Lotin Amerikasida (Karib havzasi mamlakatlari bilan)-8,5 foiz, Shimoliy Amerikada 5,2 foizi, Okeaniyada-0,5 foizi to‘plangan Aholini geografik o‘rganishda migratsiyaning roli katta. Migratsiya, ya’ni aholining ko‘chishi tashqi va ichki migratsiyaga ajratiladi. Kelganlar va ketganlarnijng o‘zaro nisbati migratsiya qoldig‘i deb atalib, musbat (kelganlar soni ko‘p) yoki manfiy (ketganlar ko‘p ) ko‘rsatkichlarga ega. hozirgi davrda dunyo miqyosida ro‘y berayotgan migratsin jarayonlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda muhim ahamiyatga ega. Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi sonining tez o‘sishi, ishchi kuchining ortiqchaligi, ularning bir qismi rivojlangan mamlakatlarning mehnat bozoriga ko‘chishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ichki migratsiyaning asosiy xususiyati aholining «qishloq-shahar» yo‘nalishida xarakatlanishida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Aholini geografik o‘rganishning muhim masalalaridai biri, uning takror barpo bo‘lishidir. Aholining takror barpo bo‘lishi jarayoni yoki boshqacha qilib aytganda, tabiiy harakati-bu odamlarning takror tiklanib turishi, ularning avlodlarini almashinib turishini ta’minlovchi tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish jarayonlarining yig‘indisidan iborat. Germaniya, Avstriya, Gretsiya va Portutaliyada tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari keyingi yillarda o‘zaro tenglashdi (yaqin vaqtlarga qadar Germaniya tabiiy o‘sishning manfiy ko‘rsatkichi hukmron bo‘lib keldi). hozirgi davrda Evropa aholisining takror barpo bo‘lishida yaqqol kuzatilayotgan muhim xususiyatlardan biri sobiq Ittifoq respublikalari hamda sotsialistik davlatlardagi Aholining takror barpo bo‘lishi jarayonlari bilan bog‘liq. Jumladan, hozirda Shimoliy Evropada joylashgan Estoniya (9-13q-, Latviya (814q- Litva (10-11q-; Sharqiy Evropadagi Belarussiya (9-13q-, Ukraina (915q-, Bolgariya (8-14q-, Vengiya (10-14q-, Ruminiya (10-12q-, Chexiya (9-11q- davlatlarida tabiiy o‘sish manfiy ko‘rsatkichlarga ega. Aholi takror barpo bo‘lishining ikkinchi tipiga tug‘ilish va tabiiy o‘sishning yuqori hamda o‘limning nisbatan past ko‘rsatkichlari xosdir. Aholi takror barpo bo‘lishining ushbu tipi ko‘proq Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan davlatlarda kuzatiladi. Jumladan, tug‘ilish va tabiiy o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichlari Chad ( 50-17q va Niger (54-24q kabi mamlakatlarda qayd etilgan. hozirda ham Markaziy Afrika (46-16q va g‘arbiy Afrika (4314q dunyodagi aholi takror barpo bo‘lishi eng yuqori bo‘lgan regionlardir. Aholining takror barpo bo‘lishi jarayonlari jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bir-biridan keskin farq qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 1995-2005 yillar mobaynida rivojlangan mamlakatlar aholisi har yili o‘rtacha 3,2 mln kishiga ko‘paygan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda 74,5 mln kishini tashkil etib, o‘rtacha yillik ko‘payish mos ravishda 0,28 foiz va 1,59 foizga teng bo‘ldi. har bir ayolga to‘g‘ri keluvchi bolalar soni rivojlangan mamlakatlarda 1,57 va rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 3 bolani tashkil etadi. hozirda, erkaklar rivojlangan mamlakatlarda o‘rtacha 72 yosh umr ko‘rsalar, rivojlangan mamlakatlarda u 62,8 yoshga teng. Bu ko‘rsatkich ayollarda mos ravishda 79,3 va 66,3 yoshlarni tashkil etadi. Aholi takror barpo bo‘lishining bunday tafovutlari mamlakatlarning nafaqat iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga, balki aholisining yashash sharoitlari, turmush tarzi va darajalariga ham chambarchas bog‘liq. Aholi muayyan bir hududda (yer shari, mamlakat, viloyat, tuman va x.k.) yashovchi kishilarning umumiyligi, birligidir. U muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. CHunki aholi jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi va ayni vaqtda u o‘zi yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarning iste’molchisidir. Binobarin, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining markazida aholi turadi turli hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy geografik o‘rganish ham demotsentrik printsip asosida olib boriladi. Aholining yana bir muhim funktsiyasi-uning o‘z-o‘zini takror barpo qilishidir. Turli xil fan va ijtimoiy hayotda aholi tushunchasi bilan bir qatorda halq, millat, odam, inson, haloyiq, el, jamoa, kishi kabi so‘zlar ishlatiladi. Bulardan geografiya fani uchun eng muhimi aholidir. Aholi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni demografik statistika beradi. Bu borada xususan aholi soni, jinsi, millati, tili, dini, yoshi, bandligi, tug‘ilishi, o‘limi, tabiiy va migratsion harakati, oila haqidagi ma’lumotlar katta ahamiyatga ega. SHu va shunga o‘xshash ma’lumotlar aniqroq darajada vaqt-vaqti bilan (ko‘pgina mamlakatlarda taxminan har 10 yilda bir marta) o‘tkaziladigan aholi ro‘yxati natijalaridan olinadi. Qolgan oraliq yillar bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar esa biroz taxminiy xarakterga ega bo‘ladi. Yer shari aholisi yildan-yilga oshib bormoqda. U ayniqsa o‘tgan asrning 60yillarida tez o‘sdi (bir yilik o‘rtacha ko‘payish 2,00-2,50 foizga etdi). Aholi sonining bunday, birdaniga tez ko‘payishini maxsus adabiyotlarda «demografik portlash» yoki «demografik revolutsiya» deb atashadi. Buning negizida qator rivojlanayotgan mamlakatlarda (asosan Afrika va Osiyo davlatlarida) o‘lim ko‘rsatkichlarining keskin pasaytirilishi va tug‘ilish darajasining nisbatan yuqori holatda saqlanib qolishi yotadi. Hozirgi davrda «demografik portlash» bosqichi tarixiy mazmunga ega, ya’ni u o‘tdi. Ana shu davr «fanda demografik o‘tish davri» deb nomlangan. 8-jadval Dunyo aholisining o‘sishi ( mln. kishi) Yillar 1000 1500 1650 1750 1800 Aholi soni Yillar 1850 1900 1950 2004 2008 Aholi soni 1181 1617 2507 6396 6700 So‘nggi yillarda dunyo aholisining o‘rtacha bir yillik ko‘payishi taxminan 7585 mln kishini yoki 1,2-1,3 foizni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, har yili Yer yuzi aholisi deyarli 3 ta O‘zbekiston Respublikasi aholisi miqdorida ortib boradi. Biroq, ta’kidlash joizki, o‘tgan asrda barchani tashvishga solgan aholining tez o‘sish muammosi (Maltusning reaktsion g‘oyasi) hozirgi kunda o‘z keskinligini yo‘qotdi. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oxirgi ming yillikda Yer yuzi aholisi deyarli 21 marta ko‘paygan. Mutloq ravishda 1000-2004 yillar davomida dunyo aholisi 6108 ming kishiga yoki har yili o‘rtacha 61 milliondaga o‘sib borgan. Albatta, bunday o‘sish ko‘rsatkichi asosan o‘tgan asrning ikkinchi yarmi hisobidan vujudga kelgan. 1000-1500 yillarda mutloq ko‘payishi 148 mln, o‘rtacha bir yillik ko‘payish 296 ming kishini tashkil etgan. qolgan davrlarda bu ko‘rsatkichlar, yuqoridagilarga mos holda quyidagicha: 1500-1650 yy.; 1650-1750 yy.; 1750-1850 yy.; 1850-1950 yy.; 1950-2004 yy.; 109 mln va 725 ming kishi; 183 mln va 1830 ming kishi; 453 mln va 4530 ming kishi; 1326 mln va 13260 ming kishi; 3889 mln va 72018 ming kishi; Demak, mutlaq raqamlarda dunyo aholisi sonining ko‘payishi ortib borayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda nisbiy ko‘rsatkichlarning borgan sari pasayishi kuzatiladi. Avval ta’kidlaganimizdek, nisbiy ko‘rsatkichlarining eng yuqori darajasi XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. 9-jadval ma’lumotlariga qaraganda, aholi soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Osiyo qit’asi turadi (3875 mln yoki joni aholining 60,6 foizi shu erda yashaydi). Ikkinchi o‘rinda Afrika -885 mln (13,8%), uchinchi o‘rinda Evropa-728 mln (11,4%); Amerikada 691 mln (10,8 %) va Okeaniyada 33 mln kishi (0,5 %) yashaydi. Jahon hamjamiyatidagi 11-ta mamlakatlarining har birida 100 mln kishidan ko‘proq aholi bor. Ularning barchasida 3853 mln yoki dunyo jami aholisining 60,2 foizi joylashgan. Ushbu ro‘yxatda Xitoy Halq Respublikasi «karvonboshi» hisoblanadi. Mazkur mamlakatga Yer yuzi aholisining har 5 tadan bittasi to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda-Hindiston (1069 mln); jami Xitoy va Hindistonda 2356 mln yoki dunyo aholisining 36,8 foizi yashaydi. Demograflar bashoratiga ko‘ra, 2050 yilda Hindiston aholi soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketadi. Dunyo aholisining qit’alar bo‘yicha tarqalishi ham har xil. AQSh va Indoneziyada 292 va 221 mln.kishidan, Braziliyada , Rossiya, Bangladesh va Pokistonda 145-150 mln kishidan aholi bor. Afrika davlatlaridan «yuz millionliklar» guruhiga faqat Nigeriya kiradi (134 mln). U asrimizning o‘rtalariga kelib dunyonining 5-mamlakatiga aylanadi. 10-jadvalda 60 mln dan ortiq aholiga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxati ham keltirilgan. qizig‘i shundaki, Evropaning biror mamlakati oldingi guruhdan (ya’ni 100 mln.kishidan ortiq) o‘rin olomagan. Ushbu guruhda esa Germaniya va Frantsiya mamlakatlari joy olgan. Yer yuzi aholisining joylanishi nihoyatda notekis. Jami quruqlik maydonining (145 mln kv km) taxminan 10 foizida aholi deyarli yashaymadi. Bunga Antarktida, Grenlandiyaning asosiy qismi hamda SHimoliy Muz okeanidagi ba’zi orollar kiradi. Evropa Jan. Evropa Osiyo G‘arbiy Osiyo Markaziy va Janubiy Osiyo Janubiy va Sharqiy Osiyo Sharqiy Osiyo Okeaniya O‘rtacha umr Maydoni, Aholi soni, Aholi tabiiy harakati, ‰ SHahar ko‘rish yili ming kv. mln. kishi aholisi, % km tug‘ilish o‘lim tab ko‘payish erkaklar ayollar 134258 6396 30333 8520 6145 6369 6620 2678 19964 2483 17888 23015 1752 1109 18835 1318 31796 3875 4729 10780 1587 4500 1788 8574 1531 Jami aholining taxminan 30 foizi dengizlardan 50 km masofadagi quruqlikda, yarmi 200 km-gacha, 3G‘4 qismi 500 km-gacha bo‘lgan hududlarda joylashgan. Aholi joylashuvining gipsometrik balandliklar bo‘yicha joylashuvi ham o‘ziga xos. Masalan, 60 foizga yaqin aholi dengiz sathidan 200 metrgacha bo‘lgan balandlikda, 11% foizi 500-1000 m., 4 foizi 1000-1500 m., 2 foizi 1500-2000 m. va atigi 1 foizi 2000 m va undan baland bo‘lgan joylarda yashaydi. Umuman olganda, aholi joylashuvi iqlim sharoiti qulay, sug‘orma dehqonchilik, sanoat, transport rivojlangan hududlarda zich-o‘rtacha har bir kv. km-ga 47 kishi to‘g‘ri kelgan holda hind-Gang pasttekisligida, Sarqiy Xitoy, Yava, Yapon orollari, O‘rta Osiyo vodiy va vohalarida, Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko‘llar atrofida u juda zich joylashgan. Ayni vaqtda Sahroi Kabirda, Markaziy Osiyo cho‘l va tog‘larida, Braziliya va Afrikaning nam tropik o‘rmonzorlarida, Rossiya hamda Kanadaning tundra mintaqasida aholi zichligi nihoyatda past. Vaholanki, dunyo aholisining 2/3 qismi Yer yuzining atigi 8 foiz maydonida mujassamlashgan. Ko‘rinib turibdiki, bunday mamlakatlarning demografik sig‘imi yoki «yuki» nihoyatda katta. Taqqoslash uchun eslatamiz: O‘zbekiston Respublikasida aholi zichligi 56 kishi, shu jumladan Andijon viloyatida 550 kishidan ortiq (lekin uning maydoni atigi 4,1 ming kv.km., xolos). Dunyo aholisi faqat tabiiy ko‘payish, ya’ni tug‘ilish va o‘limning nisbati asosida ko‘payib boradi. Ma’lumki, aholining tabiiy harakati (odamning tug‘ilishi, vafot etishi tabiiy holligidan aholining ushbu harakati «tabiiy harakat» yoki «aholining takror barpo bo‘lishi» deb ataladi). Mazkur ko‘rsatkichlar, qulayroq raqamga ega bo‘lishi uchun, odatda protsentda (foizda) emas, promilleda, ya’ni har 1000 kishiga nisbatan hisoblanadi. 2-jadvalda dunyo va uning alohida yirik qismlari bo‘yicha bu ko‘rsatkichlar keltirilgan. Masalan, 2003 yilda har 1000 kishi aholiga dunyo bo‘yicha o‘rtacha 21 kishi tug‘ilgan, 9 kishi vafot etgan va tabiiy ko‘payish 13 kishiga to‘g‘ri kelgan. 4-jadval. Aholi eng zich joylashgan mamlakatlar (2003 y). T.r. Mamlakatlar nomi Zichlik, kishiFkv.km T.r. Mamlakatlar nomi Zichlik, kishiFkv.km Yer shari bo‘yicha, o‘rtacha Bangladesh Falastin Janubiy Koreya Livan Niderlandiya Belgiya Yaponiya Hindiston Isroil Filippin 1018 Yer shari bo‘yicha, o‘rtacha Vetnam Buyuk Britaniya Germaniya Italiya Pokiston Nigeriya Xitoy Polsha Indoneziya Frantsiya Tabiiy ko‘rsatkich, jumladan tug‘ilishning umumiy koeffitsienti Afrikada 38 promille, shu jumladan g‘arbiy Afrika mamlakatlarida 42, Sharqiy Afrikada 41, Markaziy Afrika davlatlarida 45 ‰. Eng past ko‘rsatkich Evropada kuzatiladi. Bu erda o‘limning yuqoriligi tufayli tabiiy ko‘payish emas, balki tabiiy kamayish (ya’ni depopulyatsiya) sodir bo‘lmoqda. Alohida mamlakatlar doirasida tug‘ilish eng yuqori bo‘lganlarga GvineyaBissau, Liberiya, S’erra-Leone (50 ‰), Niger (55 ‰) kiradi. Ularning barchasi Afrika qit’asida joylashgan. Lekin o‘lim ko‘rsatkichlari ham bu mamlakatlarda nihoyatda yuqori (20-30 promille). Demak, bunday davlatlarda aholining «aylanma harakati» juda katta, aholi takror barpo etilishining samaradorligi esa o‘ta past. Osiyo mamlakatlari orolida Afg‘oniston ajralib turadi: tug‘ilish 48, o‘lim 21 va tabiiy ko‘payish 27 promille, taqqoslash uchun: O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichlar: 24; 8 va 16 promille. Aholi tug‘ilishining eng past ko‘rsatkichlari (10 promilledan kam) asosan Evropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Masalan, Latviya, Avstriya, Germaniya, Bolgariya, Chexiya kabi davlatlarda u 9 ‰. Ayni vaqtda o‘limining ham yuqoriligi sababli aksariyat Evropa davlatlarida aholi tabiiy harakatining natijasi salbiy. Ularga Estoniya, Latviya, Litva, Germaniya, Belorus, Bolgariya, Chexiya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya va boshqalar misol bo‘la oladi. Rossiyada tug‘ilish 10, o‘lim 17 va tabiiy kamayish 7 promille. Ukrainada bu ko‘rsatkichlar, yuqoridagilarga mos holda, 9; 16 va minus 7 kishini tashkil qiladi. Migratsiya, ya’ni aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirgan holda ko‘chib yurishi, alohida hududlar (qit’a, mamlakat, viloyat va x.k.) aholisi sonining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy omillar asosida yuzaga keladi. So‘nggi yillarda sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida aholining tashqi migratsiyasi kuchayib ketdi. Dunyo mamlakatlari orasida Kanada, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Isroil kabilar aholisi asosan halqaro migratsiya tufayli shakllangan. Aholining tabiiy harorati natijasida uning iqtisodiy faol qismi shakllanadi. Ushbu toifaga ishlaydigan va rasman ishsiz maqomida qayd etilganlar kiradi. Rossiya va sobiq Ittifoqda «mehnat resursi» tushunchasi qabul qilingan bo‘lib, unga mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (erkaklar 16-59, ayollar 16-54 yosh) hamda 16 yoshga etmagan va nafaqa yoshida bo‘lgan, ammo ishlab chiqarishda band bo‘lganlar kiradi. SHu bilan birga mehnat qilishga layoqatli yosh guruhidagi nogironlar mehnat resurslariga kiritilmaydi. Dunyo miqyosida iqtisodiy faol aholi jami aholining 45 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich turli mamlakatlarda, aholining takror barpo bo‘lish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, turlicha. Iqtisodiy faol aholining nofaol aholiga nisbati «demografik yukni» belgilaydi. har qanday mamlakat o‘zining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatidan kelib chiqib, nafaqagva chiqish yili (muddatini) qonuniy asoslab beradi va shu bilan birga aholini ijtimoiy muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi. Aholini o‘rganishda uning milliy, diniy va boshqa xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda 5 mingdan ortiq xalqlar mavjud. Turli elat va qabilalarning qo‘shilishi (konsolidatsiya va assimlyatsiyasi) natijasida millatlar shakllanadi. Xalqlar esa kishilarning til, yashash tarzi va madaniyati bir xil bo‘lgan tarixiy birligidir. Ayrim mamlakatlarda asosan bir millat, ya’ni tub (titul millati) ko‘p. Bunga Portugaliya, Norvegiya, Vengriya, Gretsiya, Yaponiya, Bangladesh, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, Tunis, Kuba, Braziliya, Kolumbiya va boshqa mamlakatlar misol bo‘la oladi. Ayni vaqtda yaxudiy, rus, arman, turk kabi millatlar) ko‘pgina mamlakatlarda tarqalgan. Birgina Yangi Gvineya orolida 200 dan ortiq tillar mavjud. Tojikiston Respublikasining Tog‘li Badaxshon avtonom oblastida ham turli xil yoki shevalarida so‘zlovchi pomir tojiklari ko‘p. Rus tilida so‘zlashadiganlar ham ancha ko‘p. Shunday qilib, 12-ta asosiy tilda dunyo aholisining 2/3 qismi so‘zlashadi. BMT-da esa rasman 6 ta tilda muloqot olib boriladi (ingliz, frantsuz, ispan, rus, arab va xitoy). Aholining diniy tarkibi bo‘yicha eng qadimiy din buddizm hisoblanadi (eramizdan avvalgi IV asrda vujudga kelgan). Unga hozirgi vaqtda 300 mln.kishi e’tiqod qiladi. Eng ko‘p aholi xristian diniga mansub-1,2 mlrd kishi, shundan yarmi katoliklar. Ammo so‘nggi yillarda islom dini kuchayib bermoqda (1 mlrd kishidan ortiq), induistlar -700 mln kishini tashkil qiladi. Tayanch tushunchalar: aholi, aholi manzilgohlari geografiyasi, aholining tadrijiy o‘zgarishlari, joylashuvi, aholining takror barpo bo‘lishi, aholi tabiiy harakati, tug‘ilish, o‘lim, tabiiy o‘sish, etnik tarkib, jins-yosh tarkib, ijtimoiy tarkibi, mehnat resurslari, aholi migratsiyasi, irqlar, dinlar, dunyo aholisi, demografik portlash, demografik tanglik, migratsiya, konsolidatsiya va assimlyatsiya. Savol va topshiriqlar Aholi geografiyasi nimani o‘rganadi? Aholi qanday ijtimoiy xususiyatlarga ega? Aholi geografiyasining asosiy tadqiqot yo‘nalishlarini ta’riflang Aholi geografiyasi Aholi geografiyasi oldida qanday vazifalar yuklangan? qanday tadqiqot usullari va uslublaridann foydalanadi? Aholi geografiyasini rivojlanishida qanday an’analar kuzatilmoqda? Aholining takror barpo bo‘lish xususiyatlari XX asrda va hozirda qanday xususiyatlar kasb etmoqda? Jahon aholisi o‘sishi qanday xususiyatlarga ega? Dunyo aholisining hududiy tarkibini ta’riflab bering. Aholi zichligi qaysi mamlakatlarda va nima sababdan yuqori? Dunyo aholisining til va diniy tarkibi qanday? Shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni. Shaharlar –hududiy mehnat taqsimotining natijasi. Shaharlarning vujudga kelish omillari va geografiyasi. Ishlab chiqarishni joylashtirishda shaharlarning roli. Shaharlarning rayon va majmua hosil qilish funktsiyasi. Shahar aglomeratsiyalari. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni xususida tushuncha hosil qilish Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar transportni joylashtirish va transport ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. ijtimoiy majmualar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, klaster O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti O‘qituvchining 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish 5 Shaharlar rivojlanishi urbanizatsiya jarayoni umumiy tushuncha. Talabaning va haqida Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Shaharlar hududiy mehnat Konspekt yozishadi, tinglashadi, taqsimotining natijasi, ma’ruza. chizmalar to‘ldiriladi, мavzu Shaharlarning vujudga kelish bo‘yicha savollar beradilar. omillari va geografiyasi klasteri tayyorlanadi. Ishlab chiqarishni joylashtirishda shaharlarning roli doir muammoli savol o‘rtaga tashlanadi Shaharlarning rayon va majmua hosil qilish funktsiyasi tavsiflanadi Shahar aglomeratsiyalarilari so‘raladi. Mavzu yuzasidan O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. ma’lumotlarni umumlashtiriladi. 2 Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya Reja Shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni. Shaharlar –hududiy mehnat taqsimotining natijasi. Shaharlarning vujudga kelish omillari va geografiyasi. Ishlab chiqarishni joylashtirishda shaharlarning roli. Shaharlarning rayon va majmua hosil qilish funktsiyasi. Shahar aglomeratsiyalari. Aholi shahar va qishloqlarda yashovchilarga bo‘linadi. hozirgi vaqtda dunyo aholisining taxminan yarmiga yaqini (aniqrog‘i 47%) shahar joylarda yashaydi. Dunyo mamlakatlarining 120 tasida urbanizatsiya darajasi o‘rtacha dunyo ko‘rsatkichlaridan yuqori. Urbanizatsiya darajasi ham dunyoning turli qismlarida turlicha. Masalan, xorijiy Osiyoda 27%, Afrikada 30%, Evropada 73%. Shimoliy Amerikada 75%. Umuman, rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi (72%) rivojlanayotgan mamlakatlardagidan (30% ) ancha yuqori. Ammo «shahar» tushunchasi turli mamlakatlarda har xil. Masalan, Islandiya va Daniyada shahar maqomini olish uchun atigi 200 kishi, Kanadada 1000 kishi, Rossiyada 12 ming, Tojikiston va Qirg‘izistonda 10 ming, O‘zbekistonda 7 ming, Turkmaniston yoki Gruziyada 5 ming kishi kerak. SHu bilan birga jami shahar aholisining yarmidan yoki 2/3 qismidan ko‘prog‘i qishloq xo‘jaligida band bo‘lmaganlar ham talab etiladi. Shahar aglomeratsiyalari ham tez rivojlanmoqda. AQShdagi Bosvash, Chipits, Sansan megopolislarida yaqin kelajakda AQSh aholisini qariyib 50%i yashashi kutilmoqda. Yer yuzasida soni 10 mln.dan ko‘p bo‘lgan “bahaybat shaharlar” ancha ko‘paydi Yangi asr boshlaridayoq Mexikoda-31 mln, SanPauluda-26 mln., Tokioda-24, Nyu-Yorkda-23, Kalkuttada-20 mln aholi yashashi bashorat qilinmoqda. Aholisining soni 5 mln. dan ziyod shaharlar soni 30 taga etadigan bo‘lsa, “millioner shaharlar” soni 250 taga etdi. Lekin bu salmog‘ urbanizatsiya jarayonida erishilgan haqiqiy darajaning tashqi belgisidir, holos. Aslida urbanizatsiya shaharlar rolining ortishi va shaharliklar turmush tarzining o‘zgarishi jarayonidan iborat. Odatda, shahar aholisi qancha ko‘p bo‘lsa, shaharning o‘sish sur’ati shuncha yuqori bo‘ladi: kichik va o‘rta shaharlarda sekin, katta shaharlarda esa ancha tez o‘sadi. XX asr boshida bunday shaharlar butun yer yuzida 360ta bo‘lgan, hozir ular 2000 dan ortiq. Katta shaharlar sanoat kontsentratsiyasining hozirgi zamon shakllariga juda mos keldi. Katta shaharlar fan bilan ishlab chiqarish aloqalarining kuchayishiga yordam beradi, kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini yaxshiroq qondiradi, ularning tez o‘sayotganligi bir qancha murakkab muammolarni keltirib chiqarishga qaramay, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish zaruratini sira ham mustasno qilmaydi. Lekin shaharlarning o‘zgarishi faqat aholisi sonining o‘sishi bilangina cheklanmaydi. Urbanizatsiyaning hozirgi bosqichi uchun shaharlar joylashishining oddiy shakllardan murakkabroq shakllariga o‘tishi, ya’ni aholining odatdagi bir katta shaharda to‘planishidan shaharlar guruhida joylashishi ayniqsa harakterlidir. Shahar guruhi sistemasining oliy shakli shaharlar aglomeratsiyasidir. Binobarin, shahar aholisining ko‘payishi jarayoni katta shaharlarda va shahar aglomeratsiyalari aholining ko‘plab to‘plana borishidan ham iboratdir. Mamlakatlar urbanizatsiya darajasi va sur’atlari jihatidan bir-biridan katta farq qiladi. Amerika, Avstraliya va Evropada urbanizatsiya eng yuqori darajaga etgan, bu jihatlardagi ko‘p mamlakatlarda shahar aholisining o‘sishi amalda nihoyasiga etayapdi, boshqalarda esa shahar aholsining ko‘payish sur’atlari katta emas. Osiyo va Afrikaning ko‘pchilik mamlakatlarida, aksincha, urbanizatsiya darajasi hali juda past, lekin uning o‘sish sur’atlari juda yuqori. 100 foiz urbanizatsiya ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan shahar-«mitti» davlatlar bor (Singapur, Vatikan, Monako, San-Marino va b). Belgiya, Isroil, Quvayt, Urugvayda urbanizatsiya darajasi, ya’ni jami aholida shaharliklar hissasi 90 foizdan yuqori. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya kabi rivojlangan mamlakatlar ham katta urbanizatsiya ko‘rsatkichiga ega. Taqqoslash uchun: O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 36,5 foizga teng. Xitoy yoki Hindistonda shaharliklar umumiy aholi sonining taxminan 30 foizini tashkil etsa bu ko‘rsatkich Burundi yoki Ruandada atigi 6-8 foizga etadi, xolos. Dunyoda taxminan 85 ming shahar tipidagi aholi manzilgohlari mavjud. SHundan 370-dan ko‘prog‘ining har birida 1 million va undan ko‘proq aholi yashaydi. Ularning aholisi taxminan 1,1 mlrd kishi yoki dunyo aholisining 1g‘5, jami shaharliklarning 1/3 qismi aynan ana shu «millioner» shaharlarga to‘g‘ri keladi. BMT-ning ma’lumotlariga binoan 29-ta megashahar (mega-ulkan, katta) mavjud. Yirik shaharlar asosida shahar aglomeratsiyalari vujudga keladi, ularning bir-biriga qo‘shilib ketishi esa megapolislarni shakllantiradi: Bosvash, CHipits, Sansan, Tokaydo shular jumlasidandir. Eng yirik aglomeratsiyalar: Tokio (28 mln), Bombey, San-Paulo, Nyu-York aglomeratsiyalarining har birida taxminan 18-19 million kishidan aholi yashaydi. So‘nggi yillarda dunyo urbanizatsiyasini, ya’ni an’anaviy shahar aholisi ulushining ko‘payib berishini rivojlangan mamlakatlar emas, balki rivojlanayotgan mamlakatlar belgilab bermoqda. Shu bois London, Parij, Vena, Moskva, SanktPeterburg kabi shaharlar aholisi o‘smayapti, aksincha SHanxay, Bombey, SanPaulo, Rio-de-Janeyro, Stambul, Tehron, Lagos, Kalkutta, Pekin kabilar tez o‘smoqda. Demak, tarix «g‘ildiragi» ya’ni sharqga, ya’ni Osiyoga qaytmoqda. Urbanizatsiya darajasini taqqoslaganda, hamma mamlakatlar uchun yagona bo‘lgan “shahar” tushunchasi yo‘qligini e’tiborga olmoq kerak. Masalan, Daniyada aholisi 200dan ortiq bo‘lgan aholi punktlari, Niderlandiya esa aholisi 20 mingdan ortiq bo‘lgan aholi punktlari shahar deyladi. Afrika va Lotin Amerikasining ko‘p mamlakatlarida aholisi sonidan qat’i nazar barcha ma’muriy markazlar shahar deyilaveradi. Shaharlar juda tez o‘sayotganligiga qaramay, hozircha dunyo aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarda yashaydi. Evropa bilan Shimoliy Amerikada barcha qishloq aholisi qishloq xo‘jaligi bilan band bo‘lmagan holda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida qishloq aholisi bilan qishloq xo‘jalik aholisi o‘rtasida farq deyarli yo‘q. Ma’lumki, shaharlar ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimoti natijasida vujudga kelgan. Dexqonchilikdan hunarmandchilik va savdoning ajralib chiqishi ushbu vazifa bilan shug‘ullanuvchi maxsus aholi manzilgohlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ular tovar ayirboshlash va vositachi markaz sifatida qulay geografik joyda rivojlanib borgan. Shaharlar dastlab davlat maqomiga teng bo‘lgan (polis-shaharlar: Afina, Rim, Bog‘dod, Konstantinopol yoki Vizantiya). O‘zimizning o‘lkamiz taraqqiyotini ham Buxoro-Samarqand «musobaqasisiz», Toshkent, Qo‘qon, Xiva kabi qadimiy markazlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shaharlarning keyingi rivojlanishi yana o‘sha ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining kengayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ularning jamiyat va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish hamda boshqarishdagi o‘rni ayniqsa XIX-XX asrlarda kuchaydi. Hozirgi davrda shaharlar qishloq xo‘jaligi bilan bevosita aloqador bo‘lmagan aholining yashash joyi hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan ular sanoat, transport, ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan esa fan-texnika, aholiga xizmat ko‘rsatish markazlaridir. Shuningdek, shaharlarning siyosiy ahamiyati ham katta. Shaharlar ishlab chiqarishni hududiy shakli sifatida yuqori darajadagi mujassamlashuvga ega. Ularning katta-kichikligi va funktsiyasi, ya’ni bajaradigan vazifasi ham aynan ishlab chiqarishning joylanishi va ixtisoslashuvi bilan bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlarda bozor munosabatlarining shakllanishida shaharlar muhim rol o‘ynagan. Ularning bozor infrastrukturasi, bank-moliya markazi ekanligi ham ma’lum. Bunday davlatlarda urbanizatsiya darajasi juda yuqori-hatto 90 foizdan oshadi. Demak, ularni to‘la shaharlashgan mamlakatlar deb atalsa, xato bo‘lmaydi. Odatda, 75-90 % shahar aholisiga ega bo‘lgan davlatlar milliy iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlangan, industrial yo‘nalishli mamlakatlar hisoblanadi. Agar bu ko‘rsatkich taxminan 50-75% bo‘lsa, bunday davlatlar iqtisodiyoti rivojlangan va xo‘jalik tuzilmasi industrial-agrar bo‘ladi; 30-50 foizli mamlakatlar esa rivojlanayotgan agrar-industrial, 30%-dan pasti iqtisodiyoti zaif, agrar davlatdir. Ko‘rinib turibdiki, urbanizatsiya darajasi bilan mamlakat va rayonlar iqtisodiyotining rivojlanganligi orasida qonuniy aloqadorlik mavjud. Darhaqiqat, har qanday davlatning iqtisodiy xaritasida eng avvalo shaharlar ko‘zga tashlanadi. Shaharlar va yo‘llar mamlakatlar xo‘jaligining hududiy tarkibini, milliy iqtisodiyotning o‘zagini aks ettiradi. Bu jihatdan ayniqsa yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalarning ahamiyati katta. Aynan ana shunday murakkab hududiy majmualarda mamlakatning iqtisodiy qudrati, fan-texnika salohiyati, infrastrukturasi, siyosiy kuchi mujassamlanadi. Shaharlarning ikki asosiy funktsiyasi bor: shahar hosil qiluvchi va shaharga xizmat qiluvchi. Har ikkalasi ham ishlab chiqarish tarmoqlarining joylashuvi, mujassamlashuvi bilan bog‘liq. Masalan, shahar hosil qiluvchi funktsiyaga tashqi transport, sanoat, fan-texnika, turizm, dam olish va xokazolar, ikkinchisiga ichki yo‘lovchi transport, shahar aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar kiradi. Demak, birinchisining ahamiyati asosan tashqariga, ikkinchisi ichkariga qaratilgan bo‘ladi. Shaharlar va ular asosida vujudga kelgan hududiy majmualar joylanishiga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular, eng avvalo, ishlab chiqarish tarmoqlaridir. Masalan, dastavval shaharlar hunarmandchilik va savdo tarmoqlarini joylashtirish asosida vujudga kelgan. Keyinchalik, mayda va «katta» sanoat, turli xil transport, fan-texnika kabilar shaharlar va ularning aglomeratsiyalarini rivojlanishiga ta’sir etgan. Qadimda shaharlar karvon yo‘llari, kema qatnaydigan va sug‘orma dexqonchilik qilish imkoniyatini beradigan daryo bo‘ylarida, tepaliklarda, muhim harbiy-strategik mavqega ega bo‘lgan joylarda qurilgan. Hozirgi kunda ular har xil qazilma boylik konlari, dam olish maskanlari, turistik ob’ektlar, universitet, ilmufan, bank-moliya tizimi asosida ham tashkil bo‘lmoqdalar. Hozirgi mavjud shaharlarning eng qadimiysi Falastindagi Ierixon shaharidir. Uning yoshi 5000 yilga yaqin. Rim 3000 yil, Toshkent, Samarqand, Buxoro, SHahrisabz, Qarshi 2500-2700 yillik tarixga ega. Eng qadimiy shaharlar YAqin SHarqda paydo bo‘lgan bo‘lsa, sharq, xususan, Xitoy va YAponiya shaharlari avvallari nisbatan yirik bo‘lgan. Evropada eng birinchi «millioner» shahar London faqat 1800 yilda paydo bo‘lgan. O‘rta asrlarda o‘zimizning Samarqand, Buxoroga o‘xshash shaharlar hozirgi dunyoga mashhur London. Parij, Vena, Praga, Moskva kabi shaharlardan ancha katta bo‘lgan. Umuman shaharlarning joylanishiga ta’sir etuvchi omillarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Ular: tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillardir. Chunonchi, shaharni qurish uchun joy yaxshi tanlangan, uning mikrogeografik o‘rni, tabiiy sharoiti-er usti tuzilishi, suv va boshqalar qulay bo‘lishi talab etiladi. Ayrim shaharlar ana shu sharoitlarni hisobga olinmaganligi sababli yaxshi rivojlanmay qolgan. Masalan, 60-yillarda barpo etilgan Yangier shahri Sirdaryo viloyatining markazi bo‘lishi kerak edi (nomi ham yangi o‘zlashtirilgan, tashkil etilgan mazmunni anglatadi). Biroq, amalda bunday bo‘lmadi, sabab-bu erdagi kuchli shamol («Xovos shamoli») hisobga olinmagan edi. Yurtimizda ko‘pgina qadimiy shaharlar borki, ular turli noqulay tabiiy sharoitlar ta’sirida rivojlanishdan to‘xtab qolgan va hozirgi kunda xarobalarga aylanib qolgan (Nasaf, Axsi, Afrosiyob, Tuproqqal’a va h.k.). Ularda suv toshqini, zilzila, surilma, yer osti suvi yuqoriligi tufayli cho‘kish kabi noxush hodisalar bo‘lgan. Dunyoning ba’zi shaharlari siyosiy omil asosida vujudga kelgan. Bunga Braziliyaning yangi poytaxti Brazilia, Pokistonning Islomobod shaharlarini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, shaharlar ilmu-fan, universitetlar rivojlanishi va joylanishi negizida ham paydo bo‘ladi (Tartu, Dubna, Pushkino, Pulkovo, Ulug‘bek va b.). Shaharlar, va ayniqsa ularning aglomeratsiyasi yoki majmualarida ishlab chiqarishning mujassamlashuv darajasi juda yuqori. Buni ilmiy adabiyotlarda urbanistik mujassamlashuv deyiladi. A.Veberning aglomeratsiya samaradorligi ham aynan ana shunday mujassamlashuv natijasida vujudga keladi. Hududiy urbanistik mujassamlashuv tushunchasi ham mavjud (I.M.Maergoyz). U mamlakat ichki qismining katta shaharlar (ya’ni har birida aholi soni 100 ming kishidan ziyod bo‘lgan shaharlar) bilan ta’minlanganlik holatini anglatadi. Masalan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining hududiy urbanistik tarkibi yaxshi, chunki ularning har qaysisida 3 tadan katta shahar mavjud. Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bu daraja o‘ta past-hatto viloyat markazi Guliston ham katta shaharlar qatoriga kirmaydi. Ko‘pincha mintaqalar iqtisodiyotini tahlil qilishda ularning ichki tafovutlari va shaharlar tavsifiga oxirgi o‘rin ajratiladi. Vaholanki, mamlakat yoki rayonlar xo‘jaligi, uning tarkibi va ixtisoslashuvi, rivojlanganlik darajasini o‘rganishda uni shaharlar to‘ri va tizimidan boshlash ham mumkin. Xuddi shu o‘rinda mamlakat mintaqaviy siyosatining uning urbanistik siyosati bilan uyg‘unlashib ketishi, aloqadorligini ham ta’kidlash joiz. Shaharlarning klassifikatsiyasi, ya’ni katta-kichikligi bo‘yicha taqsimlanishi mamlakat yoki rayon xo‘jaligining hududiy tashkil etilganlik va rivojlanganlik xususiyatlarini aniq ifodalab beradi. Yuqorida keltirilgan misolimizda, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari turli bosqichdagi shahar joylariga ega. Ayni paytda ularda sanoat ishlab chiqarishining joylashuvi va mujassamlashuvi ham hududiy majmualar shaklida rivojlangan. Sirdaryo viloyatida esa shaharlar to‘ri va tizimi yaxshi rivojlanmagan. Chunki sanoat va boshqa shahar hosil qiluvchi tarmoqlarning o‘zlari ham xuddi shunday darajada; ushbu viloyat hududining «iqtisodiy sig‘imi» yoki salohiyati ancha past bo‘lib, bu erda ko‘zga ko‘rinadigan ishlab chiqarish markaz yoki qutblari, mukammal hududiy majmualar juda oz. Shaharlar ierarxiyasining mukammalligi ishlab chiqarish kuchlarini yaxshi hududiy tashkil qilinganligining ko‘rsatkichidir. Agar aholi joylashuv tizimi monotsentrik, ya’ni asosan bir markazga qaratilgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish ham notekis joylashgan bo‘ladi. Buni biz Lotin Amerikasi yoki Afrika mamlakatlari misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Sababi-bu mamlakatlarning ko‘pchiligida ishlab chiqarishning asosiy qismi qadimdan ularning poytaxt yoki port shaharlarida mujassamlangan. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘lishicha, shaharlar bilan ishlab chiqarishning joylashuvi va mujassamlashuvi orasida kuchli aloqadorlik mavjud bo‘lib, bu aloqadorlik ikki tomonlamadir. Chunki, dialektik nuqtai nazardan har qanday ta’sir ozmi-ko‘pmi aks ta’sir bilan birga sodir bo‘ladi. Shaharlar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish asosida vujudga keladi, yiriklashib boradi, ular shahar joylarning murakkab tizimi yoki majmuasi -aglomeratsiya va megalapolislarga aylanadi. Bu esa ishlab chiqarish mujassamlashuvining rivojlanib borishi, uning bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishi orqali amalga oshadi. Shu bilan birga katta va yirik shaharlar o‘zlarining infrastruktura jihatidan yaxshi ta’minlanganligi (bu erda malakali ishchi ko‘p, fan va texnika rivojlangan, iqtisodiy geografik o‘rin ham qulay) tufayli ishlab chiqarishni joylashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ta’sir aks ta’sirga o‘tadi va ular murakkab hududiy majmualarni shakllantirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘ziga xos va o‘ziga mos shahar xosil qilish qudrati bor. Masalan, temir yo‘l yoqasida ko‘proq kichik shaharlar vujudga keladi, konserva, vino yoki paxta tozalash zavodlari ham xuddi shunday shaharlarning moddiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ayni vaqtda yirik mashinasozlik zavodlari, metallurgiya kombinatlari nisbatan kattaroq shaharlar va ularning aglomeratsiyalarini rivojlanishiga zamin yasaydi. Shaharlar sanoat markazi, shahar aglomeratsiyalari sanoat tugunlarini aks ettiradi. Ularning hududiy ishlab chiqarish majmualar, iqtisodiy rayonlar shakllanishidagi roli ham sezilarli. Jumladan, iqtisodiy rayonlashtirishning muhim omillaridan biri-bu erda rayon hosil qiluvchi markazning borligidir. Agar bunday markaz shakllanmagan bo‘lsa hudud ham iqtisodiy jihatdan hozircha rivojlanmagan, o‘zlashtirilmagan. Demak, bu hudud alohida hududiy majmua yoki iqtisodiy rayonni tashkil etmaydi. Aksincha, agar ma’lum hududda bunday markazlar soni ko‘p va ular bir biridan uzoqroqda joylashgan bo‘lsa, u holda bu erda keyinchalik shunga muvofiq bir nechta iqtisodiy rayon shakllanishi mumkin («bir qozonda ikki qo‘chqorning kallasi qaynamaydi», deyishadi). O‘zbekiston va O‘rta Osiyo sharoitida shaharlarning to‘ri va hududiy tizimini vujudga kelishida gidrografik omillarning ta’siri ham kuchli. Bu borada shaharlarning katta-kichikligi bilan ularning suv resurslari hajmi o‘rtasida qonuniy aloqadorlik mavjud. Qadimda daryo va daryochalarning quyilish qismida yoki deltasida suv miqdoriga mos holda shaharlar paydo bo‘lgan, ko‘pgina soylar o‘zlarining shaharlari, vohalari bilan ajralib turgan. Masalan, So‘x daryosi Qo‘qonga, Isfarasoy-Konibodomga, Chortoqsoy va Namangansoy–Namanganga, Kosonsoy Kosonsoy va To‘raqo‘rg‘onga, Shoximardonsoy Marg‘ilonga hayot bag‘ishlagan. Buxoroi Sharifning vujudga kelishi, Sharq islom dinining qubbati (markazi) maqomida mashhur bo‘lishi va, qolaversa, shaharning rivojlanishidagi qiyinchilik va muammolar ham qisman uning Zarafshon daryosining quyi qismida joylashganligi bilan bog‘liq. Ayni vaqtda Samarqandning bu daryoning yuqori qismida joylashganligi uni Amir Temur imperiyasining poytaxt qilib olinishida muhim omillardan biri bo‘lgan. Shunday qilib, ishlab chiqarishni shaharlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi. Qolaversa, shaharlar, jumladan, poytaxt shaharlar va ularning bozorlari orqali mamlakat aholisi va xo‘jaligi, iqtisodiyotining ixtisoslashuvi, yurtning boyligi va butligi, milliy xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Biz yuqorida shaharlar aglomeratsiyalarini hududiy mujassamlashuv natijasida vujudga kelgan hududiy majmua ekanligiga ishora qilgan edik. Darhaqiqat, bir yoki ikki katta shahar yaqinida, uning bevosita ta’sir zonasida 2 va undan ortiq «yo‘ldosh» shahar va shaharchalarning mavjudligi, ular o‘rtasida muntazam aloqalarning rivojlanganligi shaharlarning hududiy birikmasi, majmuasini hosil qiladi. O‘zbekistonda Toshkent aglomeratsiyasi eng yirik hisoblanadi. Uning tarkibiga 30 ga yaqin shahar va shaharchalar kiradi. Shuningdek, respublikamizda Farg‘ona-Marg‘ilon, Angren-Olmaliq kabi ikki markazlik (politsentrik), Andijon, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Nukus, Urganch va boshqa bir markazli (monotsentrik) aglomeratsiyalar bor. Ular mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega va geografik xaritalarda ishlab chiqarish, aholi hamda boshqa sohalarning o‘ta mujassamlashgan hududiy majmualar ko‘rinishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tayanch tushunchalar: shahar, urbanizatsiya, aglomeratsiya, shahar joylari, megalopolis, urboekologiya, shaharcha, shahar tipidagi manzilgoh, kata hahar, millioner shahar, sanoat markazi. Savol va topshiriqlar Shaharlarning ishlab chiqarishni hududiy tashkil etilishida qanday o‘rni bor? Ishlab chiqarish mujassamlashuvi va shaharlar rivojlanishi orasidagi aloqadorlikni O‘zbekiston misolida tushuntirib bering. Mamlakat yoki iqtisodiy rayon xo‘jaligini shaharlar orqali qanday ta’riflash mumkin? Shaharlar joylanishiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar? Shahar aglomeratsiyalarining hududiy majmualar ekanligini izohlab bering. Rekreatsiya geografiyasi Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Hududiy rekreatsiya tizimi-geografiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida. Hududiy rekreatsiya tizimlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. O‘zbekistonda hududiy rekreatsiya tizimlari. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda rekreatsiya geografiyasi xususida tushuncha hosil qilish Pedagogik vazifalar: Rekreatsiya geografiyasi umumiy tushuncha. Talabaning haqida Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Hududiy rekreatsiya tizimi- Konspekt yozishadi, tinglashadi, geografiyaning o‘rganish ob’ekti chizmalar to‘ldiriladi, мavzu sifatida, ma’ruza. bo‘yicha savollar beradilar. Hududiy rekreatsiya tizimlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillari guruhlanadi. O‘zbekistonda hududiy rekreatsiya tizimlari so‘raladi. Mavzu yuzasidan O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan umumlashtiruvchi fikr bildiriladi. ma’lumotlarni umumlashtiriladi. 2 Mavu yuzasidan o‘quv vazifasi beriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish Rekreatsiya geografiyasi Reja Hududiy rekreatsiya tizimi-geografiyaning o‘rganish ob’ekti sifatida. Hududiy rekreatsiya tizimlarini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. O‘zbekistonda hududiy rekreatsiya tizimlari. Rekreatsiya geografiyasi insonlarning sog‘lig‘ini mustahkamlashga, garmonik jihatdan rivojlanishiga xizmat qiluvchi sohalarni o‘rganadigan ijtimoiy geografiyaning muhim bir tarmog‘idir. Tibbiy-biologik munosabatlarda rekreatsion faoliyat organizmni tabiiypsixologik funktsiyalarini qayta tiklashga yo‘naltirilgan. Bu maqsadda insonlarning turli xil kasalliklarini davolash va dam olishini to‘g‘ri tashkil etish uchun kerakli o‘ziga xos turli tabiiy, kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan tabiat omillaridan foydalaniladi. Rekreatsiya geografiyasining oldida insonlarning davolanishi va dam olishida har xil kasalliklarning rivojlanish mexanizmlarini, hududiy rekreatsiya tizimlari dan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish va ko‘rsatishdek murakkab vazifalar turibdi. Bu sohaning nazariy asoslarini kengaytirish amaliy vazifalarni hal etishda ilmiy va metodologik yondoshuv rekreatsion tadbirlar samarasini ko‘tarishga xizmat qiladi. Dam olish maskanidagi funktsional kasallik bilan kasallanganlar uchun iqlim sharoiti, o‘simlik va hayvonot olamining tavsifi, relef, joyning estetik xususiyatlari asosiy rol o‘ynaydigan bo‘lsa, shamollash va distrofik kasalliklarni davolashda tabiatning eng muhim mineral suvlaridan, davolovchi balchiq va iqlim-terapevtik omillardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mineral suvlarni, davolovchi balchiq, iqlimni va undan profilaktik hamda davolanish maqsadlarida foydalanishni o‘rganadigan tibbiyot bilimlarining tarmog‘i «kurortologiya» nomini oldi. V.S. Preobrajenskiy ( rekreatsiya geografiyasining ob’ektini aynan hududiy rekreatsiya tizimlarining shakllanishi va rivojlantirishning hududiy masalalarini tadqiq etishdan iborat deb belgilaydi. Rekreatsiya geografiyasi fan sifatida ijtimoiy geografik fanlar oilasiga mansubdir, zero hududiy rekreatsiya tizimlarning asosiy funktsiyasi sotsial hisoblanadi. Mana shundan kelib chiqib hududiy rekreatsiya tizimlarning to‘rtta asosiy tipi ajratiladi: Mazkur tiplarning yordami bilan HRT maqsadiga ko‘ra ancha murakkab tibbiy-biologik va ijtimoiy masalalarni hal etadi. HRT ning rekreatsiya davolash tipida davolashning asosiy funktsiyasi tabiiy omillarga tayanganligi bilan tavsiflanadi: mineral suvlari, davolovchi balchiq, iqlim sharoiti. Bunday tizimlarga Kavkazning mineral suvli kurortlari, Evpatoriya, Anapa kurort-shaharlari va boshqalarni misol qilish mumkin. HRTning bu tipi tabiat majmuasi oldiga juda katta balneologik resurslarga bo‘lgan talabni qo‘yadi. Bundan tashqari hududning obodligi, xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘tarish talabini ham eng oldinga suradi. Rekreatsiya funktsional davolash tipini etakchi komponentlari bo‘yicha davolash tashkilotlariga jalb etish uchun uchta kichik tiplarga ajratiladi: Tartib bilan jismoniy mashg‘ulotlar olib borish bu tip uchun alohida ahamiyatga ega. HRTning aynan shu tipi hududning obodligi, tabiiy, madaniy-tarixiy majmualarning darajasiga, dam oluvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat holatiga juda katta zarurat sezadi. Ekskursiyalar, mevalar terish, sport o‘yinlari, quyosh va havo vannasi, cho‘milish mashg‘ulotlari sog‘lomlashtirish tsikliga kiradi. Bunday sog‘lomlashtirish rekreatsiyasiga qrimning janubiy qirg‘oqlari, Adler, Moskva oldi dam olish zonalari xizmat qiladi. Xuddi shu HRT tipiga lagerlar, dala hovlilari (dacha) posyolkalar ham misol bo‘la oladi. Mazkur HRTning rekreatsiya sog‘lomlashtirish tipi quyidagi kichik tipchalarga ajratiladi: Ushbu tip uchun jismoniy mashg‘ulotlar, jumladan sport o‘yinlari va musobaqalar, alpinizm, ov qilish, baliq tutish kabilar tavsiflidir. Sayr qilish, cho‘milish, quyosh va havo vannasi, ekskursiyalar qo‘shimcha tarzda muhim rol o‘ynaydi. Bular organizmning faoliyatini qayta tiklashga kumak beradi. Ushbu tip tabiiy komplekslarga, ayniqsa ekzotiq mavjud tabiiy to‘siqlari (alpinizm) bo‘lgan sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishni ta’minlaydigan injenerlik binolari majmuasiga ega bo‘lgan joylarga juda katta ehtiyoj sezadi. SHuningdek sport maydonlari, osma yo‘llar, funikulyorlar ham bo‘lishi zarur. IV. HRT ning rekratsiya-anglash, fikrlash tipining asosiy funktsiyasi-insonni tabiat va madaniy boyliklardan foydalanish yo‘li orqali ma’naviy rivojlantirishni amalga oshirishdir. Bu tipning etakchi mashg‘uloti bo‘lib ekuskursiya (tarixiymadaniy, ayni vaqtda arxitektura yodgorliklari, etnik yodgorliklarni tomosha qilish, muzeylarga borish, tabiiy hodisalar to‘g‘risidagi manzaralar bilan tanishish fauna va boshqalarni kuzatish) va havaskorlik ijodiyoti sanaladi. HRTning fikrlash, anglash rekreatsiya tipi uchun kommunikatsiya tarmoqlari (avtomobil, piyoda va boshqa yo‘llarning turli tiplari) hamda boshqa injenerlik binolari bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari rekratsiya faoliyati davomida tabiat va madaniy komponentlaridan alohida-alohida emas balki majmua tarzda foydalaniladi. Madaniy anglash tipida madaniy-tarixiy yodgorliklarni borib ko‘rish va tomosha o‘yinlariga tashrif buyurish asosiy mashg‘ulotlardan hisoblanadi. Bu tip tarixiy-madaniy yodgorliklar hamda san’at festivallari, sport musobaqalari o‘tkazilayotgan joylar bilan bog‘langandir. HRT ning bu tipiga Sankt-Peterburg, Moskva, Kiev, Samarqand, Suzdalni misol keltirish mumkin. Tabiatni anglash tipi uchun tabiat hodisalari bilan tanishish va qiziqarli manzaralarni tomosha qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Manzarani tomosha qilish, havaskorlik ijodiyoti, cho‘milish, quyosh va havo vannalarini qabul qilish ham ushbu tipga tegishlidir. Aynan shu tip uchun tabiat majmuasini o‘zgartirmaslik talabi o‘ta muhim bo‘lib, bu bilan bog‘liq rekreatsiya yo‘li va yo‘laklari tarmog‘ini yaxshi tashkil etish, xizmat ko‘rsatish tizimi kabilarni yaxshilash juda zarur. Ma’lumki, turli xil dam oluvchilar HRT ning alohida tizimlari oldiga turli talablarni qo‘yadi. Ba’zilari tabiat komplekslari bilan aloqasi bevosita chegaralangan holda hizmat ko‘rsatish va texnika tizimining ahamiyatini yuqori qo‘yadi ya’ni plajga borib cho‘milishidan ko‘ra basseynga borishni ma’qul ko‘rishadi. Ayrim kishilar esa tabiat yoki qiziqarli yodgorliklar bilan tanishishni ular bilan mustaxkam alohida bo‘lishini afzal bilishadi. Yuqoridagi HRT larning funktsional tiplaridan tashqari bevosita aholi ehtiyojini qondirishdagi hududiy jihatlari bilan chambarchas bog‘langan tiplari ham mavjud bo‘lib, ularni 2 ta guruhga ajratib o‘rganish mumkin: Urbanizatsiyalashgan. Urbanizatsiyalashmagan. O‘z navbatida urbanizatsiyalashgan HRT quyidagi tiplarni o‘z ichiga oladi: Kurort-shaharlari. Ekuskursiya markaz-shaharlari. Dala hovli posyolkalari. Ushbu tiplardan barinchi va ikkinchilari-yuqori darajada urbanizatsiyalashgan hududlarda, keng miqyosda texnik jihozlariga ega bo‘lgan xizmat ko‘rsatish rivojlangan va to‘laligicha madaniylashgan hatto «ikkilamchi» tabiat asosida davolash, anglash va o‘yin-kulgi dam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangandir. Urbanizatsiyalashgan HRT ning kichik tipi kam urbanizatsiyalashgan hududga tegishli bo‘lib bu erda dam oluvchi bir tomonlama o‘zining mehnati bildn qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishni tashkil etish va undan tabiiy holda foydalanish imkoniyatiga ikkinchidan-piyoda yurish engil bo‘lgan zonalarda posyolkalarga tutash tabiat landshaftlaridan foydalanish qulayliklariga ega bo‘ladi. Urbanizatsiyalashmagan HRT avvalambor rekreatsiya tabiat parklarida namoyon bo‘ladi. Ular sog‘lomlashtirish sport mashg‘ulotlarini olib borishda tabiat bilan mustahkam aloqada bo‘lgan holda-samarali va faol dam olishni (aynan toza havoda) ta’minlovchi, kam o‘zlashtirilgan tabiat majmualariga ega bo‘lishi lozim. hududiy rekreatsiya tizimlari geografiya fanlari qatorida aynan aholi joylashishi va hududiy xo‘jaliklar tizimiga kiradi. Shu boisdan hududiy xo‘jalik majmualari (turizm geografiyasi xuddi xo‘jalik tarmog‘i tarzida) va joylashish tizimlarini muhim elementi sifatida rekreatsiya tizimlarini iqtisodiy geografiya va aholi geografiyasi o‘rganishi zarur. Bu esa rekreatsiya tizimlarini tadqiq etish va loyihalashda geograflar ishtirok etishi va rekreatsiya muammolarini geografiya fanlari tizimining muhim tarmog‘i tarzida o‘rganish zarurligi haqida xulosa qilish imkonini beradi. HRT-rekreatsiya geografiyasiyasining tadqiqot ob’ektidir. hududiy rekratsiya tizimi tarkibi bo‘yicha geterogen, o‘zaro bog‘liq tizimchalardan: dam oluvchilar, tabiiy va madaniy majmualar, injenerlik jihozlari, xizmat ko‘rsatuvchilar, boshqaruv organi va bir butun hududiy birikmalardan tuzilgan. Rekreatsiya geografiyasining muhim vazifasi hududiy rekreatsiya tizimining rivojlanish va shakllanishining ob’ektiv qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Rekreatsiya geografiyasining shakllanishi dastavval an’naviy geografik usullardan foydalangan holda tadqiq etiladi. Bularga kameral, kartografik, statistik ma’lumotlarni tahlil etish, anketa-so‘rov kabi usullar kiradi. Ikkinchidan rekreatsiya geografiyasining rivojlanishida uning tadqiqot ob’ektini aniqlab olish muhim hisoblanadi. Uchinchidan, rekreatsion faoliyat uning o‘rganish ob’ekti bo‘lmasala ammo geografiyadagi rekreatsiya masalalarini ilmiy hal etmshda zarur bo‘lgan fanlarni shakllantirish. Rekreatsiya geografiyasi HRTlarni loyihalash yoki o‘rganish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishi mumkin emas. Rekreatsiya geografiyasi faoliyatining maydoni va geograflar oldida paydo bo‘ladigan rekreatsiya vazifalarining hajmi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Dam olish tashkilotlarini geografik aspektda o‘rganish borasida rekreatsiya geografiyasi bir vaqtda ya’ni bajarish funktsiyasida g‘oyaning rahbari va buyurtmachining tashkilotchisi sifatida etakchilik rolini o‘ynashi lozim. Rekreatsiya geografiyasi o‘zining ob’ektini o‘rganishda nafaqat geografiya fanlari bilan, balki boshqa rekreatsiya fanlari bilan (rekreatsiya arxitekturasi, psixologiya, sotsiologiya, iqtisod va b.) ham o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. biz shuni unutmasligimiz lozimki HRTni geografiya aspektida o‘rganish to‘laligicha rekreatsiya geografiyasini qamrab ololmaydi, chunki ko‘p sonli rekreatsiya muammolarini bitta geografiya fanlari kuchi bilan hal etib bo‘lmaydi. HRT larni shakllanishiga aholining rekreatsiyaga ehtiyoji, davlatning iqtisodiy va sotsial siyosati, aholi daromadlari va bo‘sh vaqtining o‘sishi, tabiiy va madaniy-tarixiy resurslarning joylashishi va boshqa omillar tasir ko‘rsatadi. HRTni shakllantiruvchi omillar alohida e’tibor bilan chuqur qaraladi. Sababi ular etarlicha xilma-xil shuning uchun ularni shunday tizimlashtirishga erishish orqali ya’ni har birining ahamiyatini yaxshiroq izohlashga harakat qilinadi. N.S.Mironenko ( rekreatsion rayonlarning shakllanishi va rivojlanishda iqtisodiy geografik omillar guruhini ajratadi (Mironenko bo‘yicha rekreatsiya rayoni rekreatsiya tizimi sifatida qaraladi): Rekreatsiya resurslari rekreatsiya rayonlarining shakllanishi va ixtisoslashuvida hamda boshqa rayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda asos hisoblanadi; Iqtisodiy geografik o‘rin aholining rekreatsiya rayonini tanlashini, oziq-ovqat va mehnat resurslari bilan ta’minlashini belgilaydi; holining joylashishi tizimi; Rekreatsiya infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi; Rekreatsiya xizmatining boshqa xo‘jalik tarmoqlari bilan aloqalarining tavsifi. Ushbu omillarni shunday guruhlash mintaqa masalalarini hal etuvchi, mintaqa materiallari bilan ishlovchi ko‘pgina geograflar va loyihachilar uchun ma’quldir. Omillarni guruhlashda boshqa tadqiqotchilar takliflariga ko‘ra birlamchi talabning shakllanishi ikkinchi tomondan ularni amalga oshirish sifatida qaraydilar. HRT yaratilishini rejalashtirishda, bularga, turizm resurslari, turizm xizmatini ishlab chiqish hajmi va darajasi, transport, reklamani yo‘lga qo‘yilganligi, tabiiy sharoit va rayon hayot darajasi kiradi. Jalb etish omillari insonni rekreatsiya olamiga qiziqtiradi, differentsiatsiya omillari mintaqa turizm bozori chegarasini aniqlaydi. Bunday guruhlash so‘rov o‘tkazishda turizmning mintaqaviy xususiyatlari belgilashda yordam beradi. Biz barcha omillarni HRT yaratish talabini vujudga keltiruvchi va bu ehtiyoji amalag oshiruvchi omillarga bo‘lishni taklif etamiz. HRT yaratish talabini vujudga keltiruvchi omillar tizimlarni faol qamrab olgan jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari Bilan bog‘langan. SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki aynan manna shu omillar HRT asosiy xossalarini (mustahkamlik va dinamiklik, xilma-xillik, yaxlitlik) aniqlaydi. HRT yaratish talabini amalga oshiruvchi omillar bir darajali HRT jarayonlari va xosalari bilan, (joylashtirish, ishlab chiqarish, transport, tabiiy, etnik va uning tizimchalari) bog‘langan. Bu omillarning ahamiyati juda muhim. Bundan tashqari amalga oshiruvchi mahalliy ahamiyatga ega omillar ham mavjud. Ta’kidlaganimizdeq iliq dengiz, katta daryo va ko‘l, davolovchi balchiq, tog‘lar, o‘rmon massivlari, madaniyat yodgorliklari, shunday omillar hisoblanadi, bular HRTni joylashtirish imkoniyatini aniqlashga xizmat qiladi. Zero mavjud yaxshi plaj va chiroyli o‘rmonlarning borligi aynan shu hududda HRT tashkil etish mumkin degani emas, chunki jamiyatda bu tabiat majmuasidan boshqa maqsadda foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, dengiz qirg‘oqlaridan suvning ko‘tarilishiga asoslangan elektrostantsiya qurish, o‘rmonlardan yog‘ochni qayta ishlash sanoati uchun xom ashyo manbai sifatida foydalanish shular jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtga kelib geografiya fanida muhim axborot yo‘nalishi bo‘lgan mintaqaviy rekreatsiya geografiyasi boshqa mintaqaviy sohalardan birmuncha farqli rivojlanish xususiyatiga ega. Ma’lumki, har bir davlat o‘zining hududida HRTning barcha tiplarini rivojlantirishni hohlaydi. Ammo, barchasida ham bunday imkoniyat mavjud emas. Sayohatchilar uchun barcha joyni, hatto Antarktida yoki kosmosni qiziqarli rekreatsiya ob’ektiga aylantarish mumkin, biroq buning uchun etarlicha moddiy va moliyaviy asoslar bo‘lishi talab etiladi. Infrastruktura va ekologik sharoit bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega. Rekreatsiya vazifasini hal etishda muayyan hudud yashash uchun yaxshi qurilgan binolarga ega zonalarni, gidrotexnik va injenerlik qurilishi, transport magistrallari, boshqaruv organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarni o‘z ichiga olgan tabiiy va madaniy majmualarga ega bo‘lishi lozim. Bularning barchasi butunligicha hududiy rekreatsiya tizimini yaratadi. Ma’lumki, rekreatsiya geografiyasining o‘rganish ob’ekti aynan HRT va uni turli tiplarining hududiy shayug‘lanishi, rivojlanishi masalalari bo‘lib hisoblanar ekan. O‘zbekistonda mustaqillikka ershpgandan keyin bu fanga bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Sobiq Ittifoqda bu fan atroflicha o‘rganilgan va bunda ko‘proq HRTning 1-2-3 tiplarini rivojlanishiga alohida ahamiyat berilgan. O‘zbekistonda o‘sha davrlarda va hozirda ham mahalliy ahamiyatga ega HRTlar jumlasiga Toshkent viloyatidagi CHimyon sog‘lomlashtirish oromgohi kiritiladi. Bundan tashqari, tabiat bag‘rida vujudga kelgan Zomin, Oqtosh, Kosonsoy sog‘lomlashtirish oromgohlari ham shular jumlasidandir. Respublikamizda HRTlarning 1-2-3 tiplarini yaratish uchun, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Farg‘ona vodiysida, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Kitob va SHahrisabz tumanlarida rekreatsiya resurslari mavjud, biroq HRT vujudga kelishi uchun kerak bo‘lgan omillarning etarli emasligi hamda mintaqalar imkoniyatining yo‘qligi tufayli rekreatsiya faoliyatini talab darajasida rivojlantirish murakkabdir. Ammo, shu bilan birga, O‘zbekistonda qadimiy tarixiy yodgorliklar me’moriy obidalarning borligi va ularning aynan respublikani infrastruktura sharoitlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, yirik shaharlarda joylashganligi, HRT ning mana shu turini rivojlantirish uchun juda qulaydir. qolaversa, ushbu tarmoqni kelgusida taraqqiy ettirish O‘zbekistonni jahon hamjamiyatiga chiqishi va mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishda muhim omillardan biri bo‘lishi shubhasizdir. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, turistlarni qabul qilish va xizmat ko‘rsatish mamlakatga katta daromod keltiradi. O‘zbekistonda bu jarayon endigina yo‘lga qo‘yila boshladi va buni amalga oshirish uchun bir qancha loyihalar (SHarq marvaridi) ishlab chiqildi. O‘zbekiston turizmni rivojlantirish uchun qanday manfaatlarga ega?-degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchi manfaat-yangi ish joylari yaratiladi. 1996 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra 30 ming kishi bevosita ushbu turizm sohasida xizmat qilgan. Ikkinchi manfaat-qo‘shimcha daromad va mablag‘lar tushumidan iborat. Ekspertlarning fikricha dunyoda bitta sayohatchining o‘rtacha xarajati 770 AQSh dollarini tashkil etadi. O‘zbekistonga kelgan turistlarning har biridan o‘rtacha 1,2-1,3 ming AQSh dollariga teng daromad olinadi. Moliyaviy holatni yaxshilashga turizmdagi narxni ko‘tarish hisobiga emas, balki qo‘shimcha yangi xizmat turlarini yaratish evaziga ham erishish mumkin. Yangi qo‘shimcha xizmat turini yaratish orqali ko‘pgina davlatlar katty iqtisodiy samaraga erishib kelmoqda. Masalan, Singapur 5,6 mln turistga ko‘rsatilgan xizmat orqali 5 mlrd AQSh dollari, Misr-(3,7 mln turist) mos ravishda 3,8 mlrd dollar, Malayziya (6,8 mln) 3,3 mlrd dollar daromad ko‘radilar. Uchinchi manfaat-mahalliy mahsulotlar uchun yangi bozorlar tashkil etishdan iborat. Bu esa mahalliy sanoatni o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirishni talab etadi. To‘rtinchi manfaat-mahalliy infrastruktura va kommunal ob’ektlar hamda xizmatlarni zamonaviylashtirish, xizmat ko‘rsatish turlari va darajalarini o‘stirishdan iborat Beshinchi manfaat-yangi kasb va texnologiyaga ega bo‘lish. Oltinchi manfaat-jamiyatdagi atrof-muhit muammolarini, madaniy merosni himoya qilish zarurligini chuqurroq anglash. Ettinchi manfaat-erdan foydalanishga yangidan yondoshish. Mahalliy turizm-mintaqaviy, milliy va hatto xalqaro turizmning birlamchi asosi. Yuqorida keltirilganidek barcha HRTlar va ular ichidagi turizmning rivojlanishi joylardagi mavjud resurslarning ixtisoslashishi va tarqalishiga bog‘liq. Masalan, Xiva, Samarqand va Buxorodagi mavjud tarixiy-madaniy yodgorliklarning borligi o‘sha joylarda madaniy anglash, diniy turizmni, Jizzax viloyatidagi tabiat zonalari landshaft turizmini, tabiatni anglash ma’muriy boshqaruv ob’ektlari, ilmiy axborotlar to‘plangan Toshkentda ishchan va ilmiy turizmni faol boshqarishii yo‘lga qo‘yish zarur. Turizmni rivojlantirish uchun turistlar talabyni qondiradigan barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lishi zarur. Ammo, respublikamizda Toshkent va Samarqanddan boshqa Xiva, Buxoroga keladigan turistlar uchun aynan shu joydagi shart-sharoit etarli emasligi hammaga ma’lum, ya’ni mehmonxona, atvotransport xizmati, kommunal xizmatlar xalqaro standartlarga mos emas. Mamlakatdagi mavjud resurslarga alohida e’tibor qaratgan holda iqtisodni ko‘tarish manbai bo‘lgan HRT ning barcha tiplarini rivojlantirish zamon talabidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, respublikamizda HRTning 4-tipini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat borligini ko‘ramiz. qolaversa 2-3 tiplarni taraqqiy ettirishga etarli shart-sharoit mavjudligini hisobga olgan holda, rekreatsiyaning ana shu tiplarini yo‘lga qo‘yish orqali aholining jimoniy, ma’anaviy sog‘lom bo‘lishiga mintaqalarni, moliyaviy, ijtimoiy ahvolini yaxshilashga erishish mumkin. Tayanch tushunchalar: Rekreatsiya geografiyasi, kurortologiya, hududiy rekreatsiya tizimi, kurort, balneologik resurs, urbanizatsiyalashgan HRT, turizm geografiyasi, rekreatsion rayon, turizm Savol va topshiriqlar hududiy rekreatsiya tizimlari deganda nimani tushunasiz? Rekreatsiya geografiyasining tadqiqot ob’ekti nima? Respublikamizda rekreatsiya geografiyasi qanday rivojlanmoqda? O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud? Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari georafiyasi Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasining ob’ekti va predmeti Xizmat ko‘rsatish sohalarining tarkibi Xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etish masalalari. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda transportni joylashtirish va transport tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy ijtimoiy majmualar xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar transportni joylashtirish va transport ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. ijtimoiy majmualar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, klaster O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish 5 m. 2 Kirish 5m. 2 bosqich Asosiy 65 min O‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasi Faoliyat mazmuni O‘qituvchining Talabaning Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari georafiyasi haqida umumiy tushuncha. Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Aholiga xizmat ko‘rsatish Konspekt yozishadi, tinglashadi, sohalari va ijtimoiy infratuzilma chizmalar to‘ldiriladi, мavzu klasterlari tuziladi. bo‘yicha savollar beradilar. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari georafiyasi Reja: Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasining ob’ekti va predmeti Xizmat ko‘rsatish sohalarining tarkibi Xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etish masalalari. Aholining turmush sharoitlarini yaxshilashda xizmat ko‘rsatish sohalari yoki boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy infrastrukturaning ahamiyati katta. Xizmat ko‘rsatish sohalari aholining turli-tuman moddiy, ma’naviy ko‘rinishidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi sohalar va ularning muassasalarini qamrab oladi. har bir xizmat ko‘rsatish sohasi o‘z navbatida ko‘plab turlicha xususiyat va ko‘rinishga ega bo‘lgan xizmatlar turlaridan tashkil topgan. Binobarin, ularni guruhlash, tasniflash, shakllanishi, hududiy tashkil etilishi, zamonaviy holati hamda kelajak rivojlanishi masalalarini tadqiq etish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Keyingi o‘n yillikda O‘zbekistonda ham mamlakat rahbariyati tomonidan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa mamlakat aholisining katta qismi yashaydigan qishloq joylarning ijtimoiy va iqtisodiy infrastruktura sharoitlarini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘rganishda har bir sohaga xos tarmoq fanlari, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan bir qatorda geografiya ham alohida o‘rinni egallaydi. CHunki, xizmat ko‘rsatish sohalari muassasalarining joylashuvi va xizmat ko‘rsatish darajasini aholining joylashuvi va ehtiyojlari darajasiga mosligi orasidagi tafovutlarni aniqlashda aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasining roli katta. O‘zbekistonda esa xizmat ko‘rsatish sohalari geografik jihatdan sust o‘rganilgan. Mamlakatimizda aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini tibbiy xizmat ko‘rsatish misolida geografik jihatdan ilk bor dissertatsiya darajasidagi tadqiqot ishi 1996 yili M.Nazarov tomonidan amalga oshirilgan. Ammo, mamlakatimizda hozirgi davrdagi aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari (ijtimoiy infrastruktura) borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini etarli deb bo‘lmaydi. SHu bilan birga aholiga transport, aloqa, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish infrastrukturasi geografik jihatdan tadqiq etilgan salmoqli manbalar ham mavjud emas. Chunonchi, birinchisida xizmat ko‘rsatish sohalari xo‘jalik tarmoqlari sifatida iqtisodiy nuqtainazardan o‘rganiladi, ya’ni bu erda eng avvalo kam xarajat sarflangan holda, ko‘proq foyda olishga asosiy e’tibor qaratilsa, ijtimoiy yondoshuvga ko‘ra xizmat ko‘rsatish sohalari-bu eng avvalo Aholining turmush sharoitlari, turmush darajasining muhim sharti sifatida tushuniladi. Agarda, xizmat ko‘rsatish muassasalarini muayyan bir hududda vujudga kelishi, shakllanishi va kelajakda rivojlanish qonuniyatlarini e’tiborga olinsa, u holda bizningcha uchinchi, ya’ni hududiy yondoshuvni ham aniqlash mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohalarini geografik jihatdan o‘rganishning zarurligi o‘tgan asrning 60-yillarida V.V.Pokshishevskiy, S.A.Kovalevlar tomonidan ta’kidlangan. Xuddi shu davrdan boshlab, sobiq Ittifoqning bir qator markaziy universitetlarida «Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi» kursi o‘qitila boshlandi. 70yillardan boshlab xizmat ko‘rsatish sohalari va umuman ijtimoiy sohalarni geografik jihatdan ilmiy tadqiq etish yo‘nalishi rivojlana boshladi. Mamlakatimizda esa bu boradagi ishlarning jonlanishini o‘tgan asrning 90yillardan boshlab kuzatish mumkin. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasini rivojlanishida sobiq Ittifoq geografiya jamiyati tomonidan 1974 yili Moskvada aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi yig‘ilishning ahamiyati katta. Mazkur yig‘ilishda turli soha vakillari bilan xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish borasida olib borilgan muhokamalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, fanlar mantiqiga ko‘ra xizmat sohalarining mintaqaviy xususiyatlari va hududiy tashkil etilishi masalalarini ilmiy tadqiq etish aynan geografiya fani zimmasidadir. Shunday qilib, o‘tgan asrning 70-yillaridai boshlab iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlari tizimida aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi vujudga keldi. Alekseev va boshqalar quyidagicha ta’rif berishgan: Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning o‘ziga xos tarmog‘i bo‘lib, xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlar va ularning qondirilishi darajasidagi hududiy tafovutlar va shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohalarini tabiiy ijtimoiy, mqtisodiy, demografik hamda turlicha aholi joylashuvi shakllarida hududiy tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi bo‘yicha bajariladigan tadqiqotlarni ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. birinchisida tarmoq, ya’ni xizmat ko‘rsatish sohalari alohida olingan holda o‘rganilsa, masalan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish geografiyasi, ikkinchi yo‘nalish-mintaqaviy majmuali, ya’ni bunda xizmat ko‘rsatish sohalari bir butun holda va ma’lum bir hududda o‘rganiladi. Muayyan bir hududning tabiiy, iqtisodiy, demografik va aholi joylashuvi shartsharoitlarini hisobga olgan holda, xizmat ko‘rsatish sohalarining joylashuvi va zamonaviy holatini tavsiflash va baholash, shuningdek, xizmatlar majmuasi va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish eng avvalo geograflarning vazifasidir. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi ga’rifidan ma’lum bo‘ladiki, bu sohada bajariladigan tadqiqotlarda -Aholining xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlariga; qaratiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning aholi va aholi manzilgohlari geografiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Jumladan, aholining xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari va ularning qondirilish darajasi (ya’ni, xizmat ko‘rsatishning faktik darajasi) bevosita aholi geografiyasi, aniqrog‘i aholining turmush tarzi geografiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy tashkil etilishi esa aholi geografiyasining aholi joylashuvi yoki aholi manzilgohlari geografiyasi bilan uzviy aloqadorlikka ega. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida aholiga bir qator xizmat turlarini qamrab olgan xizmatlar majmui zarur bo‘ladi. Xizmatlar turli-tuman va turlicha shakl-shamoyilga ega. Bu esa ularni turlarga ajratish, guruhlash va tarkibiy tuzilishini aniqlashni talab qiladi. Ammo, sobiq Ittifoq davridan to hozirga qadar aholiga xizmat ko‘rsatishning tarkibi xususida olimlar o‘rtasida yagona tuxtamga kelinmagan. Maxsus adabiyotlarda xizmat ko‘rsatish sohalari va turlari xususidagi o‘zaro farqlanuvchi ayrim tarkiblar berilgan xolos. SHu sababdan bo‘lsa keraq davlat statistika tashkilotlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha e’lon qilinadigan ma’lumotlarni xo‘jalikning boshqa ishlab chiqarish (masalan, sanoat, qishloq xo‘jaligi) tarmoqlaridagi singari to‘la-to‘kis deb bo‘lmaydi. Avvalambor, xizmat-bu muayyan bir xizmat oluvchining (aholi, shaxs) xizmatga bo‘lgan ehtiyojlarini bevosita qondirishga qaratilgan mehnat natijasidir. Ular o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda «ishlab chiqarmaydigan» ya’ni «toza ko‘rinish»dagi (masalan, xuquqshunos, vrach qabuli; kutubxonachi, sotuvchi, ofitsiant xizmati) va «ishlab chiqarish shaklidagi xizmat» eki «narsa» ko‘rinishidagi xizmatlar (masalan, shaxsiy buyurtma asosida kiyim, poyabzal tikish, mebel tayyorlash va hokazolar)ga ajratiladi. Bir qator mualliflar va xususan B.A.Manak aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ikki yirik guruhga ajratadi: Kurort-rekreatsiya xizmati. Ilmiy adabiyotlarda xizmat ko‘rsatish sohalarining muassasalari va korxonalarining yig‘indisi ijtimoiy infrastruktura deb ham yuritiladiki, ularni ma’nodosh sifatida tushunish katta xato bo‘lmaydi. Moddiy ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo, ishlab chiqarish jarayonining normal kechishini ta’minlovchi shart-sharoitlar yig‘indisiga ishlab chiqarish infrastrukturasi (transport, aloqa, energiya va suv taminoti va boshqalar) deyilsa, aholining kundalik turmush sharoitlarini ta’minlab turuvchi shart-sharoitlar yig‘indisi esa ijtimoiy infrastruktura (sog‘liqni saqlash, maorif, madaniy, maishiy xizmatlar va boshqalar) deb yuritiladi Xizmatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra bir qancha turlarga ajratiladi. Bu o‘z navbatida ularni o‘rganish, rivojlantirish va shuningdek, boshqarishda katta ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq hamda O‘zbekiston davlat reja komiteti iqtisodiyot instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan ishlanmalarga ko‘ra, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari quyidagicha tarkibga va xizmat turlariga ajratilgan: Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish: doimiy yashash uchun joy berish; yotoqxonalar xizmati; uylarning sanitariya-toza.oik holotini Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash; uylarni isitish tizimi, issiq suv, tabiiy elektr energiya bilan ta’minlash va boshqalar. Chakana savdo xizmati: oziq-ovqat magazinlari; sanoat va qurilish mollari magazinlari; supermarketlar; turli bozorlar. Umumiy oqatlanish xizmati: oshxonlar; kafe-barlar; restoranlar; Maishiy xizmat ko‘rsatish: shaxsiy buyurtma bo‘yicha poyabzal tikish; poyabzal ta’mirlash; charmli, mo‘ynali, tikuvchilik buyumlari va bosh kiyimlarni buyurtma bo‘yicha tikish hamda ta’mirlash; trikotaj buyumlarini shaxsiy buyurtma bo‘yicha tikish va ta’mirlash; televizorlar, radioapparaturalar, magnitofon va radiolalarni tuzatish va texnik xizmat ko‘rsatish; muzlatgichlar, chang yutgichlar, kir yuvish va tikuv mashinalarini tuzatish; soat tuzatish; boshqa maishiy mashina va asboblarni tuzatish; metal buyumlari yasash va ta’mirlash; fuqarolarga tegishli transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish; engil avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish; mebel yasash va ta’mirlash; kimyoviy tozalash va bo‘yash; kir yuvish xizmati; aholi buyurtmasi bo‘yicha uy-joy va boshqa qurilish ishlarini bajarish va ta’mirlash, uy-joylarni qurish; uy-joilarni ta’mirlash; umumiy va yakka tartibdagi garajlar qurish; fuqarolarga tegishli transport vositalari uchun maydonchalar qurish; fuqarolar mablag‘lari hisobidan pudrat asosida qurilish ishlarini bajarish; hammomlar xizmati; sartaroshxonalar; suratga olish va kinosuratlar laboratoriyalari xizmati; ijara manzilgohlari xizmati; gazlashtirish, gaz ballonlari to‘ddirish, keltirish va ta’mirlash; aholi yuklarini tashish; chiptalarni uyga keltirib berish; yuk saqlash bo‘linmalari xizmati; to‘ylar bilan bog‘liq marosimlarni o‘tkazish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; ritual xizmatlar; boshqa maishiy xizmatlar ko‘rsatish. Umumiy ta’lim: maktabgacha tarbiya muassasalari; o‘rta maktablar; litseylar, kasb-hunar maktablari; kollejlar, oliy o‘quv yurtlari va boshqalar; maktab-internatlar. Tibbiy xizmat ko‘rsatish: -davolash-profilaktika muassasalari; markaziy rayon kasalxonalari; qishloq uchastka kasalxonalari; yuqumli kasalliklar kasalxonalari; dispanserlar; ambulatoriya-poliklinika muassasalari; kattalar va bolalar poliklinikalari; stomatologiya poliklinikadari; qishloq vrachlik manzilgohlari; qishloq vrachlik ambulatoriyalari; feldsherlik-akusherlik manzilgohlari; tibbiy manzilgohlar; tibbiy xaydovchilik komissiyalari; dezinfektsiya stantsiyalari; sanitariya-epedimiologiya xizmati va boshqalar. Ijtimoiy ta’minot: pensionerlar va kam ta’minlangan oilolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish; nogironlarni ijtimoiy muxofaza qilish; Rekreatsiya va sayyohlar xizmati: turistlar uchun mo‘ljallangan mehmonxona majmualarida, bazalarida, kempinglarda yashash; turistik poxodlarni amalga oshirish; ekskursiyalar uyushtirish; sanatoriyalar profilaktoriyalar, pansionatlar va dam olish uylarida yashash, davolanish va boshqa xizmatlar ko‘rsatish; Aholining madaniy ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatish: tomosha ko‘rsatuvchi muassasalar xizmati ; kinofilmlar kursatish; spektakllar qo‘yish; kontsertlar o‘tkazish; tsirk tomoshalari; muzey va ko‘rgazmalar; musiqiy, badiiy va xoreografiya maklablfi xizmati; madaniyat va istirohat bog‘lari xizmati; raqs kechalari o‘tkazish; teatrlashtirilgan bayramlar, sayllar, karnanallar, kontsertlar, diskotekalar o‘tkazish; attraktsionlardan foydalanish; klub muassasalari xizmati; pullik kurslar, to‘garaklarda o‘qitish; lektoriyalar xizmati; kutubxonalar xizmati; boshqa madaniy xizmatlar ko‘rsatish; hayvonot bog‘lari; planetariyalar; boshqa xizmatlar. Kredit-sug‘urta xizmati: jamg‘arma-kassalari xizmati;sug‘urta xizmati; qimmatbaho qog‘ozlar va buyumlar saqdash; omonatlar qo‘yish: Xuquqiy tavsifdagi xizmatlar: notarial idoralar xizmati; xuquqiy maslahatxonalar; jamoat tartibini saqlash; Jismoniy tarbiya va sport: jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish; salomatlik pullik guruhlari, suzish, yakka trening; sport-tomosha tadbirlari; jismoniy tarbiya va sport iishootlarini foydalanishga berish; . Aloqa xizmati ko‘rsatish: pochta, telegraf (xat, banderol, jo‘natmalar, pul o‘tkazish, telegramma); telefon xizmati (xalqaro va shaharlararo so‘zlashuvlar, mehmonxona va kvartiralarda telefon xizmati, telefon avtomatlar); Transport xizmati ko‘rsatish: shahar elektr transportida yo‘lovchi tashish; avtomobil transportida yo‘lovchi tashish; aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatish; Boshqa xizmatlar: uy~joylarni qo‘riqlash xizmati; DOSAAF tirlari xizmati; avtomashinalarni boshqarishga o‘rgatuvchi kurslar xizmati; poligrafiya korxonalari xizmati (turli taklifnomalar, vizit kartochkalari, tabriknomalari, yubiley papkalari tayyorlash); xorijiy tillarga matnlarni tarjima va taxrir qilish; oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash pullik kurslar; ta’lim tizimining xo‘jalik hisobidagi o‘quv yurtlari xizmati; veterinariya xizmati; Yuqorida sanab o‘tilgan aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining turli-tumanligi, xizmatlarning rang-barangligi hamda xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni turli vazirlik va tashkilotlarga bo‘ysunishi, boshqarilishi o‘z navbatida ularni ilmiy tadqiq etish va mutanosib holda rivojlantirishni birmuncha qiyinlashtiradi. Xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishida aholining xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari muhim ahamiyatga ega. Ularning shakllanishiga esa tabiiy-geografik, demografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sir ko‘rsatadi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini geografik o‘rganishda ularning hududiy tashkil etilishi masalalariga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etish-bu eng avvalo xizmat ko‘rsatish muassasalari, markazlari va majmualarini muayyan shart-sharoitlarga bog‘liq holda joylashuvi va hududiy pog‘onalashuvidan iborat. Xizmat ko‘rsatish muassasalarining ma’lum bir vaqt va hududidagi holati, yig‘indisi muassasalar to‘rini hosil qiladi. Muassasalar to‘rini o‘z navbatida tarmoqlar to‘ri va majmuali (integral) qismlarga ajratish mumkin. Tarmoqlar to‘ri, bu masalan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalaridai iborat bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish majmuasi esa eng avvalo xizmat ko‘rsatish markazlarini o‘z ichiga oladi. Bunday markazlar tarkibida turg‘un (statsionar) tipda xizmat ko‘rsatuvchi muassasa yoki ularni yig‘indisi mavjud. Muassasalar esa o‘zlarining xizmat ko‘rsatish zonalariga (arealiga) ega. Xizmat ko‘rsatish muassasalari o‘zining ta’sir zonasi bilan birgalikda xizmat ko‘rsatishning hududiy tizimlarini tashkil etadi. Ular esa muayyan xizmat turini doimiy iste’mol qiluvchi barcha aholi manzilgohlari va shu xizmat turining uncha katta bo‘lmagan muassasalarini o‘z ichiga oladi. Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalarini joylashtirishda quyidagi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi: aholi uchun qulayligi (xizmatni olishda kam vaqt sarflash va uning sifati; iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchining mavjudligi; aholi manzilgohlari va ularning katta-kichikligi; xizmatlarga bo‘lgan aholining ehtiyojlari; xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining majmualiligi va ixtisoslashuvi; xizmat ko‘rsatishning davriyligi; region aholi manzilgohlarining rivojlanish istiqbollari. Zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimining muassasalari xizmat ko‘rsatishning tashkiliy shakllariga ko‘ra masofa va vaqtni hisobga olgan holda: Bu esa xizmat ko‘rsatish tizimini ma’lum bir hududda pog‘onali qurilishini belgilab beradi. Xizmat ko‘rsatishning pog‘onalashuvi, avvalo aholi manzilgohlarining kattakichikligi, funktsiyalari bilan chambarchas bog‘liq. Aholi manzilgohlarining kattalashib borishi bilan ulardagi xizmatlar turi va muassasalari ham kupayib boradi va shunday qilib, ushbu aholi manzilgohlarining region xizmat ko‘rsatiish tizimida tutgan mavqei, ranggi oshib boradi. Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari joylanishi belgilariga ko‘ra:-lokal tipi (bunday muassasalar aholining xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini bevosita ishlab chiqarishda yoki o‘qish, dam olish davrida qondirishga xizmat qiladi-oshxona, tibbiy manzilgoh, profilaktoriya va b.); aholining kundalik extiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar ko‘pchilikni tashkil qiladi hamda. Xizmat ko‘rsatish tizimlarini hududiy tashkil etish, bu avvalo ularning markazlarini xizmat ko‘rsatish darajalari va toifasiga, aholi manzilgohlarining katta-kichikligi va zichligiga, xizmat ko‘rsatish zonasining demografik salohiyatiga, aholi joylashuvi tizimining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etish masalalari ularni geografik jihatdan tadqiq etishning negizini tashkil qiladi. Muayyan bir vaqt va hududda xizmatlarning tuzilishi va hududiy tizimlarini uyg‘unligini xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etilishi sifatida tushunish mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil etish jarayonlari bir vaqtning o‘zida ham ularning joylashuvi (zamonaviy holati)ni hamda rivojlanishi, o‘zgarishi jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlanishida eng avvalo aholining xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari va ularni qondirishda muayyan bir hudud yoki mamlakatning imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega. Aholiga xizmat ko‘rsatish geografiyasining asosiy vazifasi-xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil qilishning mohiyatini ochib berish va honuniyatlarini aniqlashdan iboratdir. Xizmat ko‘rsatishh sohalarini hududiy tashkil etish tushunchasining mohiyati ilk bor V.V.Pokshishevskiy, S.A.Kovalev, Yu.G.Saushkinlar tomonidan ochib berilgan. Jumladan, Yu.G.Saushkin (1973, 225-. xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy tashkil etilishi, avvalo ularning «nuqtalari» ni o‘zaro va aholi manzilgohlariga nisbatan, kishilarning kundalik muntazam harakat yo‘nalishiga mos ravishda joylushuvi va boshqalarda namoyon bo‘lishi, bu «nuqta»larining yig‘indisi aholining ehtiyojlarini to‘la qondirishi ma’nosida tushunadi. Aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari to‘ri va tizimlarini hududiy tashkil etilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Iqtisodiy omillar (mintaqa, mamlakat yoki aholi manzilgohining iqtisodiy geografik o‘rni, xo‘jalik ixtisoslashuvi, regionning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, yirik sanoat korxonalarining mavjudligi, aholining bandlik tarkibi, daromadlari, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlanganlik darajasi va moddiy-texnik asosi. Ijtimoiy omillar aholining sotsial va kasbiy tarkibi, ma’lumot ko‘rsatkichi, urbanizatsiya darajasi, shahar va qishloq turmush tarzi, aholining mehnat sharoitlari va tavsifi, salomatlik holati, sanitariya madaniyati darajasi. Demografik yoki «iste’molchi» omili (aholi soni va uning tadrijiy o‘zgarishlari, aholining takror barpo bo‘lishi darajasi, aholining jins-yosh tarkibi, oilalar soni, tarkibi, katta-kichikligi va ulardagi bolalar soni, aholi migratsiyasi). Mehnat resurslari omili (xizmat ko‘rsatish sohalarida bandlar soni, ularning jins-yosh tarkibi, ma’lumot darajasi, alohida xizmat ko‘rsatish turlariga kadrlar tayyorlash imkoniyatlari). Aholi joylashuvi (aholi zichligi, shahar va qishloq aholisi, aholi manzilgohlari, ularning turlari va katta-kichikligi, aholi manzilgohlarining zichligi, ular orasidagi o‘zaro masofa, xizmat ko‘rsatish markazlari sifatidagi shaharlarning uzoqyaqinligi). Transport omili (hududning transport aloqalari bilan ta’minlanganlik darajasi, xizmat ko‘rsatish markazlari va shaharlarning transport qulayligi, qishloqlarning transport bilan ta’minlanganlik holati). Tabiiy-geografik omillar xizmat ko‘rsatishni rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, muayyan bir joyning rekreatsiya resurslari shu joyda sanatoriya-kurort-xizmatini tashkil bo‘lishiga va turizm markazlarini vujudga kelishiga bevosita ta’sir ko‘rsatsa, iqlim omili esa kasallanish-tibbiy xizmat ko‘rsatish yoki iqlim uy-joy-kiyim bosh-xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida bilvosita ham ta’sir ko‘rsatadi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari va ularning muassasalarini hududiy tashkil etishning omillari orasida, ayniqsa aholi va uning joylashuvi xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Chunki, bir tomondan aholi ham xizmat ko‘rsatuvchi ham iste’molchi bo‘lsa, ikkinchi tomondan xizmat ko‘rsatish muassasalari bevosita aholi manzilgohlarida joylashtiriladi. Tayanch tushunchalar: aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari, maishiy xizmat, madaniy xizmat, maorif va tibbiy xizmat, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish sohalari, transport xizmati, ijtimoiy infrastruktura Savol va topshiriqlar Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasi nimani o‘rganadi? Xizmat ko‘rsatish sohalari geografiyasining fanlar tizimida tutgan urnini tushuntiring. Xizmat ko‘rsatish muassasalarini hududiy tashkil etilishiga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat? Ijtimoiy infrastruktura deb nimaga aytiladi?to‘la-to‘kis deb bulmaydi. Sanoat geografiyasi Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Tarmoqlarga ajratish omillari. Tarmoqlar haqida umumiy tushuncha. Tarmoqlararo majmualar. O‘zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi. Sanoat tarmoqlari va rivojlanishi tavsifi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda sanoat ishlab chqarishni hududiy tashkil qilish xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar sanoat ishlab chqarishni hududiy ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tashkil qilish va sanoat HICHMlari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, klaster O‘quv vaqti: Tarmoqlarga ajratish omillari haqida tushuncha beriladi, tarmoqlarga ajratishning boshqa yo‘llari mumkinliga doir savol Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya garchand rayon yo‘nalishi asosida yaratilgan bo‘lsada, unda tarmoqlarni o‘rganish ham muhim o‘rinni egallaydi. Albatta, bu erda tarmoqlar o‘z holicha, quruq statistik yo‘sinda emas, balki geografik nuqtainazardan, ya’ni ularni hududiy tashkil etilish xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganiladi. Ayni paytda mintaqa iqtisodiyotini tahlil qilish, uni tashkil etuvchi tarmoqlar tizim-tarkib uslubiga asoslanib amalga oshiriladi. Demak, tarmoqlar rayonlar yoki ularning hududiy tarkibi, rayonlar esa tarmoqlar tuzilishi vositasi bilan o‘rganiladi. Xuddi ana shu ikki turli ko‘rinishdagi tizim-tarkib uslubidan bir-biri bilan bog‘liq va uyg‘unlashtirilgan tarzda foydalana olish geografik fikrlashning muhim mezoni va talabidir. Bu mavzuni yoritishdan oldin, odatdagidek umumiy tushunchalarni ochib berish lozim. Aks holda har qadamda bu umumiy tushunchalarsiz «qoqilish», behuda orqaga chekinishlar bo‘lishi to‘rgan gap. SHu bois eng avvalo tarmoq tushunchasini tahlil qilishimiz o‘rinlidir. Ma’lumki, xalq xo‘jaligini tashkil etuvchi tarmoqlar muayyan belgilarga asoslangan holda ajratiladi. Ushbu masalani sanoat tarmoqlari misolida ko‘rish mumkin. Sanoat tarmoqlari quyidagi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda ajratiladi. Bular:xom ashyo birligi; ishlab chiqarilgan mahsulotni qaysi maqsadda yaratilganligi; texnologik birlik; Xom ashyo asosida mashinasozlik, o‘rmon va barcha tog‘-kon sanoat tarmoqlari ajratilgan. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmog‘ida, jumladan, turli texnologiya yordamida har xil mahsulot-muzyorar kemalar yoki gigant ekskavatorlar, samolyotlar avtomobil, stanok, asbob-uskunalar, va hattojuda kichik ignalar, naylarni ishlab chiqarish va boshqalar kiradi, chunki ularning asosida faqat metall yotadi. O‘rmon sanoatida ham xuddi shunday: o‘rmonyog‘och negizida har xil texnologiyani qo‘llab, turli maqsadlar uchun qog‘oz, gugurt, qurilish materiallari, yog‘och uylar, temir yo‘l shpallari, gidroliz spirti kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ikkinchi belgi asosida oziq-ovqat, engil, elektroenergetika, metallurgiya, qurilish sanoati va boshqa tarmoqlar ajratiladi. Chunonchi, oziq-ovqat sanoat korxonalari turli xom ashyo va har xil texnologiyadan foydalanib, faqat bir maqsadda, ya’ni aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun ishlaydi. qolgan sanoat tarmoqlari ham shunday: metallurgiya mashinasozlikni, elektroenergetika butun xalq xo‘jaligini ta’minlashga qaratilgan. Texnologik jarayonning umumiyligi birgina tarmoqni belgilash uchun xizmat qiladi, xolos. Bu ham bo‘lsa kimyo sanoati, chunki unga kiruvchi barcha korxonalar har xil xom ashyo, turli maqsadlar (kimyo mahsulotlari barcha sohalarda bor) ko‘zlab ishlaydi. Ularning barchasiga umumiy mezon-texnologik jarayonning birligi hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari, ular ishlab chiqaradigan mahsulot xususiyatiga ko‘ra, ikki guruhga ajratiladi: og‘ir sanoat yoki «A» guruhi va engil, oziq-ovqat sanoati yoki «B» guruh. Bu erda birinchisi ishlab chiqarish vositalarini, ikkinchisi esa iste’mol mollarini ishlab chiqaradi. Umumiy qonuniyat «A» guruhini «B»-ga nisbatan ustuvor, tezroq rivojlanishidan iborat, chunki ishlab chiqarish vositalarisiz (mashina, yoqilg‘i, qurilish materiallari, metall va x.q.) iste’mol mahsulotlari, qolaversa, butun xalq xo‘jaligini rivojlantirish qiyin. Biroq bu qonuniyat barcha mamlakatlarda ham birday emas. Masalan, sobiq Ittifoq xalq xo‘jaligini industriyalashda aynan shu maqsad ko‘zlangan edi, ya’ni avval og‘ir sanoat-ishlab chiqarish vositalari, so‘ng qolganlari. Natijada mamlakatda juda yirik sanoat korxonalari-mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo zavodlari, elektr stantsiyalari barpo etildi. Ammo qolgan tarmoqlarga, ijtimoiy jabhalarga e’tibor kam edi. Ehtimol, shu ham geografiya fanining ko‘proq iqtisodiy bo‘lishiga, jamiyatda insonga, ijtimoiy sohalarga e’tiborsizlikka olib kelgan bo‘lsa ajab emas. Xorijiy mamlakatlarda esa industriyalash boshqacha yo‘sinda olib borilgan: Bu erda asta-sekinlik (evolyutsion yo‘l) bilan, ya’ni avval engil (to‘qimachilik), so‘ngra boshqa sanoat tarmoqlari barpo etila boshlagan. Bizda traktorsozlik paxtachilik uchun kerak deb rivojlantirilgan bo‘lsa, xorijda tekstil uchun mashina, dastgohlar, ular uchun esa, o‘z navbatida, metall zarur degan ma’noda amal qilindi (ya’ni «pastdan yuqoriga»). O‘rta Osiyo respublikalarida o‘sha davrda, jumladan hududimizda foydali qazilmalarning ochilmaganligi, temir yo‘llarning kamligi, milliy ishchi kadrlarning yo‘qligi qishloq xo‘jaligi asosida rivojlanuvchi engil va oziq-ovqat sanoati korxonalarini qurishni talab etardi. Sanoat tarmoqlarining bunday rivojlanishi shaharlashuv jarayonining ham muhim mintaqaviy xususiyatini aniqlab berdi. Hozirgi davrda respublikamizda og‘ir sanoat bilan iste’mol mollarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar o‘rtasida biroz nomuvofiqliklar vujudga kelgan, ya’ni ikkinchi guruh tarmoqlar ancha orqada qolib ketdi. SHu sababli O‘zbekiston Respublikasida «B» guruh rivojini faollashtirish, ichki bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirish muhim masala sifatida oldinga surilgan. hozirgi davrda jahon sanoat tarmoqlari tarkibida quyidagi jarayonlar namoyon bo‘lmokda:  ilmiy-texnika taraqqiyotini belgilovchi sohalarning (elektroenergetika, mashinasozlik va kimyo) ildamroq rivojlanishi;  ilmiy-texnika taraqqiyoti negizida yangi-yangi tarmoqlarning vujudga kelishi;  tarmoqlar o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi, tarmoqlararo majmualarning shakllanishi va x.k. Yuqorida asosan sanoat tarmoqlariga e’tibor berildi. Bu bejiz emas, chunki aynan ularning shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari ko‘proq notabiiy sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. qishloq xo‘jalik va transport tarmoqlarida ham differentsiatsiya va diversifikatsiya (turlanish) hamda integratsiya (qo‘shilib borish, umumlashish) jarayoni kechmoqda. Biroq, bu masalalar sanoat tarmoqlari tarkibida ravshanroq namoyon bo‘ladi. Mustaqil mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti tarkibida bir qator tarmoqlararo majmualar vujudga kelmoqda. Ular orasida yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, agrosanoat majmualarining ahamiyati katta. Sababi, yoqilg‘ienergetika va oziq-ovqat majmuasi yaxshi rivojlanmagan har qanday mamlakatni tom ma’noda iqtisodiy barkamol va mustaqil deb bo‘lmaydi. SHu bois bu majmualarga taalluqli korxonalarni ko‘proq va tezroq rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Metallurgiya (qora va rangli metallurgiya) majmuasini rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, metallurgiya asosida rivojlanuvchi mashinasozlikka e’tiborni kuchaytirish lozim. Mashinasozlikni tarmoqlararo majmua sifatida qaralishiga sabab uning tarkibiy jihatdan juda murakkab, ko‘p tarmoqlardan tashkil topganligidadir. Mashinasozlik korxonalari turli omillarga ko‘ra joylashtiriladi. Ular orasida xom ashyo (metall), iste’mol, malakali ishchi kuchi va iqtisodiy geografik o‘rin asosiy mavqelarni egallaydi. Ko‘p metallni talab qiluvchi korxonalar qora metallurgiya rayonlariga, malakali kadrlarga asoslangan mashinasozlik esa yirik, ilmiy-texnika yuqori darajada rivojlangan shaharlarda joylashadi. Mamlakatimiz sanoati milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlaridan bo‘lgan paxtachilik, ipakchilik kabilarning talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil topdi va rivojlandi. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o‘ta borish tufayli Respublika sanoat tarmoqlari asta-sekin takomillashib, o‘zaro bog‘langan majmua shaklini olmoqda. O‘zbekiston sanoati Respublikada mavjud bo‘lgan tabiiy va iqtisodiy boyliklardan, tez o‘sib borayotgan mehnat resurslaridan oqilona foydalanish asosida rivojlanmoqda. Respublika yer bag‘ridan topilgan va ishga tushirilgan tabiiy gaz, neft, oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, ko‘mir va boshqa boyliklar bu borada ayniqsa katta ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy sanoat mahsulotlarining umumiy hajmida kon sanoatining ulushi kamaya borib, qayta ishlovchi sanoat hissasi ortib bormoqda. Masalan, 1996 yili umum sanoat mahsulotlarida tog‘-kon sanoatining ulushi 18 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 1999 yilga kelib u 13,7 foizga tushib qoldi va, aksincha, qayta ishlash sanoati o‘sha davr ichida 82 foizdan 86,3 foizga ko‘tarildi. O‘zbekiston sanoatida etakchi o‘rinni og‘ir sanoat egallab kelmoqda. Ma’lumki, bu sanoat tarkibiga yoqilg‘i-energetika majmuasi, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish materiallari sanoati kabilar kiradi. Quyida keltirilgan ma’lumotlardan Respublikamiz sanoati tarkibi to‘g‘risida to‘la tasavvur hosil qilish mumkin. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, butun sanoatning qariyb uchdan ikki qismini og‘ir sanoat tashkil etadi. Og‘ir sanoat milliy iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yangi texnika va texnologiya bilan ta’minlaydi, transport vositalari va qishloq xo‘jaligini tarmoqlarini qayta qurish negizi bo‘lib hisoblanadi. Ammo og‘ir sanoat mohiyati va uning tutgan o‘rni bu bilan chegaralanmaydi. U aholining turli-tuman mahsulotlarga bo‘lgan talab-ehtiyojini qondirishda, uning moddiy farovonligini oshirishda ham ahamiyatga ega. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmog‘i bo‘lgan og‘ir sanoat, engil, oziq-ovqat sanoatlari va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini fundamenti hisoblanadi. Og‘ir sanoat tarmoqlari orasida elektr energetika sanoati etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining bosh omili va asosi aynan elektr energiya sanoatidir. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning biron sohasini yoki umuman kundalik hayotimizni bu tarmoqsiz tasavvur qilish qiyin. Elektr quvvatining asosiy qismi Respublikada qad ko‘targan qator yirik issiqlik elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Buiday stantsiyalar jumlasiga Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Angren, Taxiyatosh IESlari (issiqlik stantsiyalari) kiradi. O‘zbekiston elektr energiya tizimi tarixi 1923 yilda Toshkent yaqinidagi Bo‘zsuv kanalida GES qurilishining boshlanishi bilan bog‘liq. Ushbu GESning birinchi navbati 1926 yili ishga tushirilgan. Elektr stantsiyalar qurilishi davom etdi. Ikkinchi jahon urushining og‘ir kunlarida Farhod GESi qurildi. Bu qurilish asosan halq hashari bilan amalga oshirildi. Urush yillarida Angren ko‘mir konini o‘zlashtirish ishlari boshlanib ketdi. Mazkur ko‘mir havzasining ishga tushirilishi Angren IES va Olmaliq IEM qurilishida zamin bo‘lib hisoblandi. 70-yillarda Chorvoq GESi va Xo‘jakent GESlari ishga tushirildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay katta kuchga ega bo‘lgan Sirdaryo IESi qurildi. Hozirgi davrda O‘zbekiston energiya tizimi respublikaning elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondiradi. Energetika sohasida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, energetika tarmoqlari korxonalarini boshqarishni takomimashtirish va ularning ishlash samaradorligini ko‘tarish hamda shu asosda mamlakat energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, iqtisodiyot va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida respublika Prezidenti 2001 yil 22 fevralda «O‘zbekiston Respublikasi energetikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish» to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Farmonda O‘zbekiston taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan qator usguvor yo‘nalishlar belgilangan. Energetika korxonalarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan chiqarish hamda aktsiyalashtirish masalalari ko‘zda tutilib, Respublika energetika va elektrlashtirish vazirligi tugatildi. Uning tarkibiy bo‘linmalari negizida ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi «O‘zbekenergo» davlat aktsiyadorlik kampaniyasi («O‘zbekenergo DAK») ni tashkil etish va unga mustaqil yuridik shaxs huquqlari bilan «Ko‘mir» aktsiyadorlik birlashmasini kiritish ham nazarda tutilgan. O‘zbekiston sanoatida mashinasozlik sanoati o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bu sanoat tarmog‘iga mansub bo‘lgan korxonalarda xilma-xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar tayyorlanadi. Ular qatorida paxta teruvchi mashinalar, erga urug‘ qadaydigan, to‘quv-yigiruv, sug‘orish mashinalari, turli xil stanoklar, televizor va magnitofon kabi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqariladi. Aholisi zich bo‘lgan Andijon viloyatining Asaka shahrida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda engil avtomobillar chiqaradigan yirik korxona bunyod etildi. Bu korxona 1996 yildan boshlab birin-ketin «Damas», «Tiko», «Neksiya», «Matiz» rusumli qulay avtomobillarni chiqara boshladi. SHunday qilib, O‘zbekiston jahon miqyosida avtomobillar chiqarayotgan davlatlarning 28 chisi bo‘ldi. 1999 yil bahorida mashinasozlik sanoatida yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi. Samarqand shahrida Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi bilan birgalikda qurilgan yana bir avtomobil zavodi ishga tushirildi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu korxona avtomobilsozlik sohasidagi yirik korxonalar qatoriga kirmaydi. Ammo bu bilan uning mohiyati pasaymaydi. Chunki bu korxonada chiqarilayotgan ixcham va qulay avtobuslar yo‘lovchilar tashish va Respublikaga tashrif buyuruvchi minglab sayyohlarga xizmat ko‘rsatishda juda qo‘l keladi. Samarqandda bunyod etilgan ushbu zavod bir yarim tonnadan sakkiz tonnagacha yuk ko‘taradigan yuk mashinalari ham ishlab chiqaradi. O‘zbek diyorida aytib o‘tilgan korxonalarning vujudga kelishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. qanchadan-qancha yangi ish o‘rinlarining vujudga kelshtshga ham katta hissa qo‘shdi. 1999 yilning oktabr oyida I.Karimov Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davrida ikki mamlakat o‘rtasida Asaka avtomobil zavodida «Neksiya-2» va «Matiz» rusumli ikki xil mashina ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib olindi. Ana shu mashinalardan biri-«Matiz» rusumli ixcham, qulay mashinalarni ishlab chiqarish 200] yildan boshlandi. Shu bilan birga yaqin vaqtlar ichida «Neksiya»ning takomillashgan yangi turini chiqarish hdm rejalashtirilgan. Sanoatning mashinasozlik tarmog‘iga Toshkentdagi traktor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozligi, Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi, Toshkent agregat zavodi kabi yirik korxonalar kiradi. Respublikaning boshqa ko‘pgina shaharlarida xam mashinasozlik tarkibiga kiruvchi qator korxonalar ishlab turibdi. O‘zbekiston poytaxti Toshkentda jahon aviatsiya sanoati andozalari bo‘yicha yirik korxonalardan biri bo‘lib hisoblangan V.Chkalov nomli aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi joylashgan. Bu korxonada ishlab chiqarilayotgan qulay samolyotlar jahonning qator davlatlarida xizmat qilmoqda. Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutayotgan sanoat tarmoqlari qatorida yoqilri sanoati alohida mavqega ega. Ushbu tarmoq asosan tabiiy gaz, neft, ko‘mir chiqarishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda neft va gaz sohasida geologik qidiruv ishlarini kengaytirish bo‘yicha maxsus dastur qabul qilingan. O‘zbekiston tabiiy gazning katta zaxiralariga ega. Respublikada gaz qazib olish yildan-yilga ortib bormoqda. Beqiyos gaz zaxiralariga ega bo‘lgan O‘zbekiston sobiq Ittifoq davrida uni quvurlar orqali SSSRning boshqa hududlariga jo‘natishga majbur edi. SHu sababli mamlakatimiz aholisi, ayniqsa qishloq aholisi gazdan etarli darajada bahramand bo‘lolmas va ko‘pincha qish mavsumiga o‘tin to‘plash bilan ovora bo‘lar edi. Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi tufayli aholini qulay yoqilg‘i-gaz bilan ta’minlashda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buning dalili sifatida aholi zich joylashgan Andijon viloyatining Xo‘jaobod shahrida yirik yer osti gaz ombori qurilganligini aytib o‘tish kifoya. Yoqilg‘i sanoatining rivojlanishida neftning tutgan o‘rni yil sayin ortib bormoqda. Bu borada Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining o‘rni ayniqsa katga. Neft qazib chiqarishning ildam o‘sib borishi tufayli mamlakatimiz neft mustaqilligiga erishdi. Respublika neft mustaqilligida Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining qurilib ishga tushirilishi katta ahamiyat kasb etdi. Keyingi qisqa davr ichida Qizilqum fosforit zavodi, «Kimyotola» ishlab chiqarish birlashmasi, qator hududlarda-Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan va boshqa viloyatlarda zamonaviy to‘qimachilik va tikuvchilik kombinatlari qurib ishga tushirildi. Andijon, Qo‘qon, Yangiyo‘l shaharlaridagi biokimyo zavodlari rekonstruktsiya qilindi. Qashqadaryoda qad ko‘tarayotgan Sho‘rtangaz kimyo majmuasi O‘rta Osiyodagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu ulkan korxona to‘laligicha maxalliy xom ashyo negizida ishlaydigan bo‘ladi va yiliga 3 mln. tonna gazni qayta ishlab 125 ming tonna polietilen, 140 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz hamda gazni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan boshqa mahsulotlar ham oladi. Ushbu korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotning bir qismi xorij mamlakatlariga chiqariladi. Yirik tabiiy boyliklar va boshqa qator imkoniyatlarga ega bo‘la turib, O‘zbekiston yaqin-yaqinlargacha o‘zini neft va boshqa mahsulotlar bilan to‘la ta’minlay olmas ediva yiliga 10 mln. tonna neft mahsulotlarini olib kelishga majbur edi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotidagi muvaqqat qiyinchiliklarni yanada og‘irlashtirar edi. Endilikda, mustaqillik tufayli neft mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston chetdan neft va neft mahsulotlari olib keladigan mamlakatdan bunday mahsulotlarni xorijga chiqaradigan mamlakatga aylanmoqda. Mamlakat yoqilg‘i sanoatida ko‘mir ishlab chiqarish ham muhim o‘rinniF egallaydi. Bu borada Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni va Surxoydaryodagi SHarg‘un, Boysun toshko‘mir konlarining ulushi katta. Angren qo‘ng‘ir ko‘mir koni O‘zbekistonda chiqariladigan jami ko‘mirning 97 foizini beradi. Respublika sanoati tarmoqlari orasida etakchi o‘rinlardan birini rangli metallurgiya egallaydi. Sanoatning bu tarmog‘i asosan Toshkent viloyatining Angren-Olmaliq tog‘-kon sanoat hududida joylashgan. Bir vaqtlar suvsizlikdan qurib-qaqshab yotgan Qizilqum cho‘llarida oltin koni sanoati vujudga keldi. Muruntov tog‘-kon kombinati bu sanoatning yirik markazi hisoblanadi. Mugaxassislar fikriga qaraganda, Muruntov oltin koni jahon oltin konlari orasida boy konlardan biri hisoblanadi. 50-yillarda ushbu kondan oltin qazib chiqarila boshlandi. Ammo o‘sha vaqtlarda bu konda ishlatilgan texnika rudadagi oltinni to‘la chiqarib olshiga qodir emas edi. Natijada tarkibida oltin bo‘lgan ruda chiqindi tarzida atrofga chiqarib tashlanar edi. 1992 yili AQShning «Nyumont-Mayning» kompaniyasi bilan aytib o‘tilgan rudalarni qayta ishlash va ulardagi oltinni chiqarib olish maqsadida qo‘shma korxona qurish to‘g‘risida kelishib olindi. 1995 yil may oyida «ZarafshonNyumont» qo‘shma korxonasi bitkazilib ishga tushirildi. Birinchi yili ushbu korxona chiqindilardan bir tonna oltin ajratib oldi. 1999 yilga kelib bu raqam 16 tonnani tashkil etdi. qo‘shma korxona ishga tushirilgan davrdan 2000 yilning yarmigacha shu yo‘l bilan olingan oltin miqdori 70 tonnaga etdi. Bu esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Yana shuni aytib o‘tish lozimki, «Zarafshon-Nyumont» MDH da chiqindilardan oltin chiqaradigan yagona korxona bo‘lib, u eng zamonaviy texnika va texnologiya asosida ish olib boradi. Shuning uchun bu korxonada chiqarilayotgan oltin tannarxi ancha past. Muruntov oltinining sifati ham juda yuqori bo‘lib, bu jihatdan u oltin chiqaradigan jahon mamlakatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Qizilqumda qad ko‘targan Zarafshon shahri o‘z nomiga munosib shahar bo‘lib, oltin sanoati markaziga aylandi. Mamlakatimiz o‘zining qora metullurgiya sanoatiga ham ega, ammo uning Respublika iqtisodiyotidagi o‘rni unchalik katta emas. Bekobod shahrida qurilgan qorametallurgiya kombinati asosan temir-tersaklarni qayta ishlash orqali mahsulot chiqaradi va mahalliy ehtiyojni to‘la qondirmaydi. Mazkur korxona asosan po‘lat, prokat, turli xil trubalar ishlab chiqaradi. Hozir xonadonlar uchun zarur bo‘ladigan ro‘zg‘or mahsulotlarining turli xillari ham chiqarilmoqda. 2000 yil bahorida Toshkent shahrida Germaniya va Avstriya bilan hamkorlikda nometall trubalar chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona qurilib ishga tushirildi. Ushbu korxona yiliga qariyb ming km ga yaqin xilma-xil trubalar ishlab chiqaradi. Bunday trubalarning xizmat muddati 75-80 yilga teng. Holbuki, metalldan yasalgan trubalar 20-25 yilga chidar edi, xolos. O‘zbekistonda qurilgan bunday korxona MDH tarkibidagi yagona va butun jahon miqyosida qurilgan 24korxona bo‘lib hisoblanadi. Ushbu korxonada chiqariladigan nometall trubalarga faqat O‘zbekistondagina emas, balki undan tashqarida ham ehtiyoj nihoyatda katta. Kimyo sanoati ham Respublika sanoat tarmoqlari orasida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Neft, tabiiy gaz, ko‘mir, oltingugurt, osh tuzi, paxta va kanop chiqindilari kabilar bu sanoatning xom ashyosi bo‘lib xizmat qiladi. Kimyo sanoati paxtachilikni mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Mazkur sanoat mineral o‘g‘itlardan tashqari qishloq xo‘jaligi ekinlari zarurkunandalariga qarshi kurash olib borishda zarur bo‘ladigan zaharli » moddalar, turli xil sun’iy tolalar, bo‘yoqlar, polietilen, aholi ehtiyojiga mo‘ljallangan uy-ro‘zg‘or mahsulotlari ishlab chiqaradi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy, Olmaliq kabi shaharlarda kimyo sanoatiga mansub qator korxonalar ishlab turibdi. Ushbu qarorning hayotga tatbiq qilinishi kimyo sanoati taraqqiyot darajasini yana bir bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. O‘zbekistonda eletrokimyo, qurilish materiallari, engil va to‘qimachilik, oziqovqat sanoati ancha rivoj topgan. quyida keltirilgan ma’lumotlardan Respublikada chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bo‘yicha ayrim tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o‘ta borish davrida xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jabhasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu ayniqsa maxalliy sanoat, savdo va ommaviy ovqatlanish, maishiy xizmat, davlat uy-joy sohalariga tegishli. qator yirik va o‘rta sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston sanoati rivojlanayotgan davlatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Sanoat tarmoqlarida chiqarilayotgan mahsulotlar nihoyatda xilma-xil. Ular orasida samolyotlar, avtomobillar, elektr quvvati, neft va neft mahsulotlari ko‘mir, po‘lat, paxta teruvchi mashinalar, mineral o‘g‘itlar, gazlamalar, chinni idishlar, billur buyumlar kabi qator mahsulotlar bor. Tayanch tushunchalar: tarmoq, sanoat tarmoqlari, differentsiatsiya, diversifikatsiya, milliy iqtisodiyot, O‘zbekiston sanoati, qayta ishlovchi sanoat, og‘ir sanoat, yoqilg‘i-energetika majmuasi, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish materiallari sanoati, engil, oziq-ovqat sanoat Savol va topshiriqlar: Tarmoqlar qanday xususiyatlariga ko‘ra ajratiladi? Xom ashyo birligiga ko‘ra qaysi sanoat tarmoqlari ajratiladi? Mahsulotining ishlatilishiga ko‘ra qaysi sanoat sohalari? Tarmoqlararo majmualar qanday xususiyatlariga ko‘ra ajratiladi? O‘zbekiston xo‘jalik majmualari tarkibi qanday? Respublika sanoat tarmoqlari tarkibi qanday xususiyatga ega? Respublika og‘ir sanoat tarmoqlari tarkibini tahlil eting. Engil va oziq-ovqat sanoatining asoiy tarmoqlari respublikaning qaysi hududlarida eng taraqqiy etgan. Mustaqillik yillarida respublika sanoati tarkibida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi? Qishloq xo‘jaligi geografiyasi. Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari. O‘zbekiston ASM O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda qishloq xo‘jaligini joylashtirish, hududiy agrasanoat majmualari xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar qishloq xo‘jaligini joylashtirish, ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar hududiy agrasanoat majmualari haqida bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, baliq skeleti O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining texnologik haritasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish 5 m. 2 Kirish 5m. 2 bosqich Asosiy 65 min O‘qituvchining Talabaning Qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlari haqida umumiy tushuncha. Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va Konspekt yozishadi, tinglashadi, ularni joylashtirishga ta’sir chizmalar to‘ldiriladi, мavzu etuvchi omillar guruhlanadi. bo‘yicha savollar beradilar. Bu majmua keng ma’noda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, ularni transport orqali tashish, saqlash, qayta ishlash va nihoyat butun ishlab chiqarish jarayoni uchun kerak bo‘lgan barcha sanoat korxonalarini o‘z ichiga oladi. Uning o‘zagini esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi va ularni qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari tashkil etadi. Davlat va umumxalq ahamiyatiga molik rasmiy hujjatlarda agrosanoat majmuasiga qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati kiritiladi. Bunday majmualarning shakllanishi ob’ektiv bo‘lib, uning asosida qishloq xo‘jaligi bilan sanoatning bir-biriga yaqinlashuvi, hamkorligi (kooperatsiyasi) yotadi. Agrosanoat majmuasini to‘g‘ri rivojlantirish juda katta va keng ijtimoiyiqtisodiy, ekologik mazmunga ega. Masalan, ular qishloq joylarga sanoat korxonalarini kiritishga, qishloq mehnat resurslaridan samarali foydalanishga, sanoat korxonalari chiqindisi negizida chorvachilikni rivojlantirishga imkon yaratadi. Agrosanoat majmualari ikki ko‘rinishdagi tarkibga ega: tarmoq va hududiy tarkib. Geografik nuqtai-nazardan ularning hududiy tashkil etilishidagi qonuniyatlarni o‘rganish muhimroqdir. Bu erda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining joylashuvidagi xususiyatlarni, ularning mavsumiyligi hamda areal va mintaqaviy tashkil etilishidek tomonlarini alohida ta’kidlash lozim. Agrosanoat majmualari dehqonchilik va chorvachilik negizida shakllanadi. Bizning sharoitimizda ko‘proq birinchisi, eng avvalo uzumchilik, bog‘dorchilik bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat korxonalari tarqalgan. Tabiiy sharoitning qulayligi asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishga, bu esa engil va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga, ichki bozorni iste’mol mollari bilan ta’minlashga va natijada xalq farovonligini oshirishga olib keladi. SHunday ekan, milliy iqtisodiyotning asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga, va ayniqsa, dehonchilikka e’tiborni kuchaytirish mamlakatimizda dolzarb masala hisoblanadi. Tarmoqlararo majmualar N.N.Kolosovskiy tomonidan 1947 yilda yaratilgan energiya ishlab chiqarish tsikllariga o‘xshab ketadi. Uning mohiyati-muayyan xom ashyo va energiya asosida ishlab chiqarishning uzluksiz texnologik jarayonini amalga oshirishdan iborat. Masalan, kokslanuvchi ko‘mir va temir rudasi asosida cho‘yan, po‘lat, prokat hamda ularning chiqindilaridan foydalanib, har xil kimyoviy mahsulotlar, qurilish materiklari va boshqalarni ishlab chiqarish yoki mehnat resurslari va sug‘orish inshootlari negizida paxta etishtirish, paxta xom ashyosini to‘plash qayta ishlash, ip gazlama va undan turli mahsulotlarni tayyorlash energiya ishlab chiqarish tsikllari (qora metallurgiyaning pirometallurgiya va to‘qimachilik industrial tsikllar) asosida tashkil etiladi. O‘zbekistonda agroindustrial tsiklning dehqonchilik sanoat hamda chorvachilik-sanoat yo‘nalishlari, to‘qimachilik-industrial, neft-gaz, kimyo, rangdor metallar tsikllari shakllanmoqda. Ishlab chiqarishni mazkur tsikllar asosida tashkil etish muhim iqtisodiy va ekologik ahamiyatga ega. Shu o‘rinda tarmoqlararo va hududiy majmualar o‘rtasidagi farqni ham anglamoq zarur. Chunki ularning har ikkalasi ham majmua, ammo biri tarmoqlar va texnologik negizda vujudga kelsa, ikkinchisi turli tarmoqlarning muayyan bir hududda uyg‘unlashuvini bildiradi. Binobarin, hududiy ishlab chiqarish majmualari tarmoqlararo majmualarga ko‘ra geografiyaga yaqinroqdir. Ammo bu erda ham tizim-tarkib qoidasiga muvofiq ularni bir-biriga bog‘liq holda qaramoq lozim. Ayniqsa, hududiy ishlab chiqarish majmualarini tahlil etishda ularning ichidagi tarmoqlararo aloqalarni ochib berish nihoyatda ahamiyatlidir. SHu bilan birga tarmoqlarni o‘rganishda ularning hududiy tashkil etilishiga e’tibor berish kerak. Shunday qilib, tarmoqlararo va hududiy majmualar iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining muhim tadqiqot ob’ektlari hisoblanadi. Tabiiyki, majmuani yoki shunga o‘xshash murakkab voqe’likni kompleks, har tomonlama o‘rganish talab etiladi. Demak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tadqiqot ob’ektihududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar yoki komplekslar keng qamrovli yondoshishni nazarda tutadi. Geografik bilimning muhim xususiyatidan biri bo‘lmish chinakam kompleks uslubiyoti ham shundan kelib chiqadi. ASM ning asosini haqli ravishda qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Zaminning biror-bir burchagida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan mamlakat bo‘lmasa kerak. Respublikamiz uchun qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. U mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning deyarli o‘ndan bir qismini beradi. Qishloq xo‘jaligi aholini turli-tuman noz-ne’matlar, sanoat tarmoqlarni esa xom ashyo bilan ta’minlab turadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli qishloq xo‘jalik sohasida kolxozlar va savxozlar boshqa tashkiliy-huquqiy ishlab chiqarish shakllariga aylantirildi. qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinayotgan yer va mulklar qayta taqsimlandi, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Qishloqlarda tashkil topgan fermer xo‘jalik yuritishiing yangi usullariga o‘tdilar. qishloqlarda shirkatlardan tashqari xo‘jalik yuritishning yana yangi shakllari-ijara xo‘jaliklari, fermerlar, xar xil turdagi hissadorlik jamiyatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. SHu bilan birga xo‘jaliklararo korxonalar, tashkilotlar hamda ilmiy tadqiqot tashkilotlari tasarrufidagi yordamchi xo‘jaliklar ham mavjud. Qishloq joylarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, bu sohada tadbiq qilinayotgan agrotexnologiya va texnika, selektsiya va urug‘chilik sohasida jahon miqyosida qo‘lga kiritilgan tajriba, dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish asosida arzigulik yutuqlarga erishilmoqda. Agroiqtisodiyotda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni ko‘ngildagidek bajarish mustaqil respublikamiz kelajagining qanday bo‘lishida katta o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra qishloq xo‘jalik sohasiga e’tibor kuchayib bormoqda. O‘zbekistonning qulay tabiiy sharoiti, o‘zbek halqiniig mehnatsevarligi, malakasi va mahorati bu tarmoq oldida turgan katta vazifalarni to‘la bajarishga imkon beradi. O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lgan barcha aholining 36 foizidan ortiqrog‘i qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiy sharoiti, iklimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jalik tarmoqlari va, eng avvalo, uning etakchi tarmog‘i paxtachilik sun’iy sug‘orishga asoslangan. SHuni ham qayd etish lozimki, sug‘oriladigan erlar maydoni 4,2 mln. gektarga teng bo‘lib, umumiy yer maydonining 15 foizini tashkil etadi, xolos. O‘zbekiston yaylovlarining katta qismi sahro va chala sahrolardan iborat. Binobarin, mamlakat qishloq xo‘jalik ekinlarining barchasi sug‘oriladigan maydonlarga to‘g‘ri keladi. Quyida keltirilgan jadvaldan O‘zbekiston ekin maydonlarining tarkibi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish mumkin. Uning ustiga, qishloq xo‘jalik ekiilari uchun suv eng zarur bo‘lgan, o‘simlik o‘sadigan davrida yog‘ingarchilik keskin kamayib ketadi. qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan ana shu suv tanqisligini biroz bo‘lsada engillashtirish maqsadida Respublikaning turli hududlarida kanallar va suv omborlari qurilgan. Suv tanqisligi muammosini oqilona hal qilish yo‘llaridan yana biri suvdan ehtiyotkorlik, tejamkorlik bilan foydalanish, uni isrof qilishga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bu borada qator mamlakatlarda orttirilgan tajribalardan to‘la foydalanishga qaratilgan tadbir-choralarni ko‘rish zarur. Respublika qishloq xo‘jaligida paxtachilik bilan birga sholikorlik, bog‘dorchilik, uzumchilik kabi tarmoqlar ham rivoj topgan. Etishtirilgan paxtadan foydalanish sohasi nihoyatda keng. Undan faqat ip gazlamalar tayyorlabgina qolmay, jun va ipak aralashtirilib chalajun va chala shoyi gazlamalar tayyorlanadi. Yog‘-moy sanoati uchun paxta chigiti muhim xom ashyo bo‘lib hisoblanadi va undan moy olinadi. Paxta moyi aholi ro‘zg‘orida keng ishlatilishdan tashqari, undan turli xil margarinlar tayyorlanadi. Paxta moyi chiqindilaridan chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa-kunjara olinadi. Paxta sheluxasi ham chorva mollari uchun yem sifatida ishlatiladi va gidroliz sanoatida xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. SHeluxadan teri oshlovchi modda tayyorlanadi, qog‘oz, karton, turli xil laklar kabi mahsulotlar olinadi. Fo‘zapoya mebel sanoatida keng qo‘llaniladi. Paxta tivitidan sun’iy charm, oyna, tsellofan, foto materiallari, kino tasmalari, linolium, sun’iy ipak va boshqalar olinadi. quyingki, paxtadan olinadigan barcha mahsulotlarni sanab tugatish qiyin. Eng avvalo paxta evaziga chetdan ko‘p valuta olinadi. Yuqoridagilardan Respublikada paxtachilikni har tomonlama taraqqiy ettirishga e’tiborning kuchaya borayotganligining sababi o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lib turibdi. Keyingi yillarda paxta yakkahokimligiga chek qo‘yilib uning hosildorligi va sifatini yaxshilashga, paxtadan olinadigan paxta tolasini ko‘paytirishga e’tibor kuchaymoqda. Ayniqsa har bir gektardan olinadigan hosilni ko‘paytirish katta ahamiyatga ega. 1998 yilining kuzida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov davlat tashrifi bilan Isroil mamlakatida bo‘lgan paytida u erning qishloq xo‘jaligiga katta qiziqish bilan qaradi. Buning sababi bor, albatta Isroil davlatida qishloq xo‘jalik sohasi va, eng avvalo, paxtachilikda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. qizig‘i shundaki, paxtachilik borasidagi bunday yutuqlar toshloq va qumli, suv kamyob erlarda qo‘lga kiritilgan. Har bir gektar erni sug‘orish uchun bizdagiga qaraganda 2-2,5 barobar kam suv sarf qilinadi. SHuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bu mamlakat qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnatga layoqatli aholining bor-yo‘g‘i 3 foizigina band, xolos. Shunga qaramay Isroil davlati qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan o‘z ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, uni xorijga ham chiqaradi. Yuqorida aytilganlardan ayon bo‘ladiki, Isroil davlatidan qishloq xo‘jaligi va ayniqsa paxtachilik bobida ko‘i yangi tajribalarni o‘rganishimiz mumkin va zarur. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxtadan tashqari texnik ekinlardan kanop va jut etishtiriladi. Bu ekinlar Toshkent viloyatida ekiladi. Samarqand viloyatidagi Urgut tumani yuqori sifatli tamaki etishtirishga ixtisoslashgan. Tamaki qishloq xo‘jaligining yuqori daromadli mahsuloti bo‘lib hisoblanadi. Yaqin yillargacha Respublika g‘alla mahsulotlari bilan o‘zini to‘la ta’minlay ololmas edi. Endilikda, samarali agrar siyosatni amalga oshirish tufayli, O‘zbekistonda g‘alla mustaqilligiga erishildi. Agar mamlakatda 1990 yili 2 million tonnadan biroz ortiq g‘alla olingan bo‘lsa, 2000 yilga kelib bu raqam 3916 ming tonnani tashkil etdi. Respublika g‘allachiligida sholikorlik ham muhim o‘rin tutadi. Sholikorlik asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida rivojlangan. 2000-yil mintaqa qishloq xo‘jaligi uchun ancha og‘ir keldi. Yog‘ingarchilik kam bo‘lganligidan Amudaryo va boshqa suv manbalarda suv miqdori kamayib, u zaruriy me’yor darajasining 25-40 foizini tashkil etdi, xolos. Natijada Respublikaning katta-katta qishloq xo‘jalik maydonlarida qattiq qurg‘oqchilik ro‘y berdi. SHuni aytib o‘tish kerakki, bunday qurg‘oqchilik keyingi yuz yil ichida kuzatilmagan edi. Albatta, bunday vaziyat «suvtalab» qishloq xo‘jalik ekinlariga, ayniqsa sholi va paxta etishtirishga jiddiy ta’sir qildi. Uzbekistonda chorvachilik, ayniqsa uning asosiy tarmog‘i bo‘lgan qo‘ychilik muhim o‘rin egallaydi. qo‘ychilikda esa qorako‘lchilik o‘ziga xos mavqega ega. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu borada asosiy hududlar hisoblanadi. «YUmshoq oltin» deb nom olgan qorako‘l terilariga jahon bozorida talab katta. Quyida Respublika chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga taalluqli ma’lumotlar keltiriladi. O‘zbekiston jon boshiga pilla etkazish bo‘yicha jahonda birinchi, umumiy hajmi bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. Pillachilikning O‘zbekiston iqtisodiyotida katta o‘rin tutishini e’tiborga olib 1998 yil 30 martda O‘zbekiston Prezidenti «Respublika pillachilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi Farmoniga imzo chekdi. Ushbu Farmon Respublikaning pillachilik sohasini rivojlantirish borasida qator tadbirlar belgiladi va ular amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda «V’etnamO‘zbekiston» pillachilik qo‘shma korxonasi barpo etildi. Pillachilikka ixtisoslashgan shoyi chiqarish sohasini ham keng yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan va buning uchun maxsus Dastur ishlab chiqilgan. 2005 yilga borib bu sohada chiqariladigan mahsulot hajmini uch martaga orttirish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur reja bajarilgach, soha mahsulotini eksport qilishni besh-olti marta ko‘paytirish mumkin. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida Respublikada vujudga kelayotgan fermer xo‘jaliklari safini kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan choratadbirlarni kuchaytirish borasida ish olib borilmoqda. Hozir mamlakatda bunday xo‘jaliklar soni 30 mingdan ortib ketdi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi oldida qator muammolar ham mavjud. Ularni hal qilish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Ushbu muammolar jumlasiga sug‘oriladigan erlar unumdorligini oshirish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, o‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirish kabilar kiradi. Ayni vaqtda qishloq joylarda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qishloq sanoati va infrastrukturasini rivojlantirish ham Respublika agrar siyosati doirasida dolzarb masaladir. Tayanch tushunchalar: ASM, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, chorvachilik, texnika ekinlari, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, qoramolchilik, qo‘ychilik, agroindustrial tsikl, qishloq xo‘jalik texnologiyasi, agrar sg‘iyosat, fermer xo‘jalik, agroiqlimiy sharoit Savol va topshiriqlar Sanoatning etakchi tarmoqlarini bilasizmi? O‘zbekistoning rangli sanoati va uning markazi to‘g‘risida nimalarni ayta olasiz? SHoli ekiladigan asosiy hududlarni ta’riflang. Paxtachilikda «Andijon texnologiyasi» deganda nimani tushunasiz? Qorako‘lchilik Respublikaning qaysi hududlarida rivojlangan? Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Transpor va uning vazifasi, turlari. O‘zbekistonning transport to‘ri. Tashqi iqtisodiy aloqalar. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda transportni joylashtirish va transport tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy ijtimoiy majmualar xususida tushuncha hosil qilish. Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar transportni joylashtirish va transport ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. ijtimoiy majmualar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. Ta’lim usullari: Ma’ruza, aqliy hujujm, klaster O‘quv faoliyatini tashkil qilish shakli Ommaviy Ta’lim vositalari Komp’yuter prezentatsiya, marker, flipchart Qayta aloqa usullari va vositalari Savol javob O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Ma’ruza rejasi O‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasi Faoliyat mazmuni Ishlash bosqichlari, vaqti 1 bosqich 1 O‘quv xujjatlarini to‘ldirish davomat olish 5 m. 2 Kirish 5m. Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Transportning asosiy vazifasi keng aholi ommasi hamda milliy iqtisodiyot korxona va tashkilotlarining transport xizmatiga bo‘lgan barcha talab-ehtiyojlarini to‘la va yuqori sifat bilan qondirishdan iborat. O‘zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uning jahon uyushmasiga kirib borishi uchun mukammal transport tizimiga ega bo‘lish kerak. Turli xil transport vositalari sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga o‘z vaqtida, isrof qilmasdan etkazishda faol ishtirok etadi. Aholini bir manzildan ikkinchi bir manzilga etkazishda ham transportning ahamiyati kattadir. Transport ishlab chiqarish tizimida muhim o‘rin tutishi bilan birga u har qanday hudud xo‘jaligi majmuasining zaruriy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Uning rivoji tufayli hududlarni iqtisodiy jihatdan ixtisoslashtirish mumkin. Transport infrastrukturasi va yo‘l tarmoqlarining samarali rivojlanishi kadrlarning qishloqlarda mustahkam o‘rnashib qolishiga, mehnat resurslaridan unumli foydalanish imkonini yaratadi. Respublika geosiyosiy mavqeini yaxshilash ham eng avvalo transport to‘ri va kommunikatsiyalarga bog‘liq. Bu haqda I.Karimov «Kommunikatsiyalar tizimi haqida gapirganda O‘zbekiston geografik mavqeining o‘ziga xosligi, portlarga va eng katta transport uzellariga chiqish yo‘lining yo‘qligi tufayli transport tarmoqlari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari ustuvor, strategik, hayotiy muhim ahamiyat kasb etishini ta’minlamoq darkor», degan edi. Mamlakat transport tarmog‘i temir yo‘l, avtomobil, aviatsiya, quvurlar va daryo suv yo‘llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida Respublikada har yili xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘ladigan turli-tuman yuklar va yo‘lovchilar tashiladi. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan transport turlari orasida etakchi va muhim o‘rinni temir yo‘llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog‘i zimmasiga tushadi va bu transport mamlakat transport tizimining negizini tashkil etadi. Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi ham temir yo‘l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo‘l yordamida 1999 yil tashilgan yo‘lovchilar soni 13,3 million kishini tashkil etgan. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o‘tilayotgan hozirgi murakkab sharoitda ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va mamlakat hududlarining samara bilan ishlashi ko‘p jihatdan temir yo‘llarning qay darajada faoliyat ko‘rsatishga bevosita bog‘liq. Yuklarning temir yo‘llar yordamida va iloji boricha arzon tashilishi iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yana shunisi muhimki, temir yo‘llarda yuk tashishning tannarxi avtomobillarda yuk tashishga nisbatan 3-5 marta, havo transportiga qaraganda esa 12-15 marta arzon tushadi. Mazkur transport to‘rida mehnat xarajatlari ham avtomobil va havo transportiga ko‘ra ancha kam. Temir yo‘l transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir afzalligi shundan iboratki, bu transport atrof muhitga kam zarar etkazadi, uning yuk va yo‘lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo‘lib, ob-havo injiqliklari bilan deyarli bog‘liq emas va muntazam ravishda harakatda bo‘ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq qiladi. O‘zbekistonda temir yo‘llar qurish o‘zining ma’lum tarixiga ega. Mamlakat hududida birinchi temir yo‘l 1888 yilda Farob stantsiyasidan Samarqand shahrigacha qurilgan bo‘lib, u Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk shahri)-Chorjuy temir yo‘l tarmog‘ining davomi edi. Uning qurilishi keyinchalik davom ettirilib, 1899 yili Andijon va Toshkent shahrigacha etkazilgan edi. Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davrda ham mamlakat hududida qator temir yo‘l tarmoqlari qurilgan. Ularga Farg‘ona-Quvasoy, Asaka-Shahrixon, Qorasuv-O‘sh, Uchqo‘rg‘on-Toshko‘mir, Andijon-Tentaksoy kabilar kiradi. O‘rta Osiyoning, shu jumladan, O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida 30-yillarda qurilgan, uzunligi 1400 km dan ziyod bo‘lgan Turksib (Turkiston-Sibir) temir yo‘l magistralining bunyod etilishi o‘z davrida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushining og‘ir yillarida temir yo‘llar qurilishi va ishga tushirilishi muhim ishlarni bajarish imkoniyatini berdi. Dushman egallab olgan joylardan o‘nlab sanoat korxonalarini Respublikamizga ko‘chirib kelinishi, urushga jalb qilinganlarni qurol-yarog‘lar, turli oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa yuklarni frontga etkazishda temir yo‘l transporti katta xizmat qildi. Ana shu davrda temir yo‘l tarmoqlarini bevosita sanoat korxonalariga yaqinlashtirish muhim edi. Masalan, yirik Angren ko‘mir havzasiga temir yo‘l tarmog‘i o‘tkazildi, Chirchiq shahridagi o‘z davri uchun ulkan bo‘lgan va keyinchalik yirik kimyo korxonasiga aylangan elektrokimyo kombinatiga yo‘llar qurildi. Urush tugab tinch davr boshlangan yillarda mamlakatning mavjud temir yo‘llarini qaytadan tiklash va yangi temir yo‘l tarmoqlarini qurish, zarur texnika bilan ta’minlash evaziga transportning bu turi rivojlandi. Chunonchi, urushdan keyingi yillarda Mirzacho‘l, Qarshi cho‘li, Amudaryoning quyi qismida qo‘riq erlarni o‘zlashtirish bo‘yicha katta ishlar olib borildi. Uzunligi 410 km bo‘lgan Qo‘ng‘irot-Beynov temir yo‘l tarmog‘ining ishga tushirilishi O‘rta Osiyo iqtisodiy mintaqasidan Qozog‘istonga, sobiq SSSRning Evropa qismiga, Kavkaz hududlariga ikkinchi yo‘l orqali chiqish imkonini yaratdi. Yuk va yo‘lovchilarni uzoq aylanma yo‘llar orqali tashishga barham berish transport xarajatlarini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, Qo‘ng‘irot-Beynov temir yo‘l tarmog‘i Amudaryoning quyi qismi tabiiy resurslarini o‘zlashtirishga va mazkur mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkon yaratdi. Mamlakat temir yo‘llarining umumiy uzunligi 20-yillar boshida 15-89 km ni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kelib u 6700 km ga etdi. Shu jumladan, elektrlashtirilgan temir yo‘llar uzunligi 587 km ni yoki umumiy temir yo‘l uzunligining 16,1 foizini tashkil etadi. Temir yo‘llar uzunligi borasida ancha ishlar qilingan bo‘lsada, hali mamlakatimizda bu tizim talab darajasida emas. Masalan, O‘zbekiston temir yo‘l zichligi bo‘yicha nafaqat «uzoq» xorij mamlakatlaridan, balki Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo‘yi davlatlaridan ham orqada turadi. Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari temir yo‘l tarmoqlari bilan biroz yaxshi ta’minlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari esa bu borada ancha oraqada. O‘zbekiston Respublikasi hukumati 1995 yil avgust oyida G‘uzor-BoysunQumqo‘rg‘on temir yo‘lini qurish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu yo‘l mamlakatimizning janubiy hududlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiiy boyliklari hamda mavjud boshqa imkoniyatlardan unumli va samarali foydalanish imkonini beradi, mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholining ish bilan bandlik darajasini ko‘tarish imkonini ham yaratadi. G‘uzor-BoysunQumqo‘rg‘on temir yo‘li Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo stantsiyasidan Qashqadaryodagi Qarshi stantsiyasigacha bo‘lgan masofani qariyb ikki martaga qisqartiradi. Respublikaning xorijga, jumladan, mamlakatimiz janubidagi davlatlarga chiqishida Mashhad-Seraxs-Tajan temir yo‘lining qurilishi muhim voqea bo‘ldi. 1996 yil 13 mayda Eron Islom Respublikasining Mashhad shahrida uzunligi salkam 300 km bo‘lgan bu temir yo‘l tarmog‘ining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yo‘l eng qisqa masofa orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors qo‘ltig‘i bilan bog‘laydi va tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 2001 yilda temir yo‘l tarmog‘ida yana bir muhim voqea yuz berdi. Uzunligi 500 km bo‘ladigan Uchquduq-Sultonuvays-Nukus temir yo‘lining bir qismi ishga tushirildi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, temir yo‘l transporti jahondagi barcha mamlakatlar iqtisodiyotining muhim aloqa vositasi bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimiz uchun esa uning ahamiyati yana ham katta. Chunki, Respublika chetga chiqish uchun zarur bo‘ladigan suv yo‘llaridan olis bo‘lganligi uchun temir yo‘l transporti mamlakatni jahon mamlakatlari bilan bog‘lab turuvchi asosiy vositadir. Ayni vaqtda temir yo‘l transporti doirasida mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini topa bilish muhim ahamiyatga ega. Shuni e’tiborga olib 2000 yil boshida temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish masalalariga bag‘ishlangan kengash o‘tkazildi. Temir yo‘l transportining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor islohotlarini chuqurlashtirish maqsadida I.Karimov 2001 yil 2 martda «Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aktsiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon Respublikada temir yo‘l transporti samaradorligini oshirishga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tranpsort tizimining yana bir muhim qismi bo‘lgan avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari ham katta o‘rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo‘q. Qisqa masofalarga yuk va yo‘lovchilarni tashish, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo‘lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo‘lgan tog‘li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekiston hududida avtomobil yo‘llari tarmog‘i ancha keng. Har 1000 km2 maydonga avtomobil yo‘llarining zichligi 210 km ga etadi. Qator avtomobil yo‘llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Hozirgi kunda avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 90 ming km dan ortiq. Mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari jumlasiga, eng avvalo Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o‘tgan Katta O‘zbek avtomobil trakti kiradi. 1940 yili qurib bitkazilgan va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo‘lgan ushbu ravon yo‘l qanchadan-qancha yuk va yo‘lovchilar tashishga va hududlar orasida transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilashga olib keldi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Farg‘ona vodiysidagi uch viloyat va qator shaharlarni, jumladan Qo‘qon, Marg‘ilon, Asaka, Andijon, Namangan, Chust shaharlarini bog‘lab turuvchi aylanma yo‘l qayta qurildi. Shuningdek, Toshkent-O‘sh, Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi, Toshkent xalqa yo‘li, Nukus-G‘uzor, Qo‘ng‘irot-Beynov kabi yana qator avtomobil yo‘llari ham O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda qo‘shni Tojikistonda vujudga kelgan vaziyat sababli mamlakatimizning markaziy va g‘arbiy qismlaridagi hududlarini Farg‘ona vodiysi viloyatlari bilan aloqasini bog‘lashda ancha muammolar yuzaga keldi. Shuni e’tiborga olib Respublika hukumati Toshkent-O‘sh yo‘lining Angren suv omboridan Farg‘ona vodiysiga kirib borguncha qismini qayta qurish bo‘yicha maxsus qaror qabul qildi. Bu maqsadni ko‘zlab Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil transporti harakati uchun mo‘ljallangan tonnellar qurish borasida katta ishlar boshlab yuborildi va bu ishlar muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi. Qamchiq tonnelining uzunligi 890, Rezak tonnelining uzunligi esa 368 metrga teng bo‘ldi. Bu tonnellarning ishga tushirilishi tufayli Qamchiq dovoni orqali amalga oshiriladigan avtomobil transporti aloqalarida avvallari tez-tez uchrab turadigan xavf-xatarga chek qo‘yildi. Qamchiq va Rezak tonnellaridan bir kecha-kunduzda 12 mingga yaqin avtomobillar o‘tish imkoniga ega. Shunday qilib mazkur yo‘l Farg‘ona vodiysini Respublikaning boshqa hududlari bilan bog‘lab turadigan eng yaqin va qulay yo‘l bo‘lib qoldi. Mustaqillikka erishish tufayli respublikamizni xalqaro avtomobil yo‘llari bilan bog‘laydigan yo‘llar qurish ishlariga ham e’tibor kuchaydi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasiga chiqish uchun imkon tug‘diradigan Andijon-O‘sh-ErgashtomQashqar avtomobil yo‘lining qurilishiga O‘zbekiston o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham xalqaro yo‘nalishlarda yuklarni atvomobillarda tashish bo‘yicha Uyushma tashkil etilgan. Jeneva shahrida avtomobil transporti Xalqaro uyushmasi kongressida O‘zbekiston ham bu nufuzli tashkilotga a’zo bo‘lib kirdi. Ushbu uyushma Respublikamiz hududida boshqa mamlakatlar yuk tashuvchilarining manfaatlarini muhofaza qiladi va avtomobil yo‘llari holati, yoqilg‘i narxi, yo‘l uchun to‘lov bahosi va boshqa masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar bilan xabardor etib turadi. 1926 yili Respublikada muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Shundan beri o‘tgan davr ichida yo‘lovchilar tashuvchi avtobuslar son va sifat jihatidan tez rivojlandi. Transportning bu xili orqali yo‘lovchilar tashish 1940 yildagiga nisbatan qariyb 250 martadan ziyod ortdi. Mamlakatda turli hajmda yuk ko‘taradigan yangi yuk tashuvchi avtomobillar, qulay va shinam avtobuslar hamda engil avtomobillar soni yil sayin oshib bormoqda. O‘zbekistonning qator shaharlarida tramvay va trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Respublika poytaxti Toshkent shahrida 1977-yili metro qurilib ishga tushirildi. Aholisi ikki milliondan ziyod shahar uchun ushbu transportning bu vositasi mohiyatini to‘la ifodalash qiyin. Hozircha Toshkentda metroning uch yo‘nalishi mavjud: birinchisi Sobir Rahimov–Buyuk Ipak yo‘li, ikkinchisi Beruniy-Chkalov yo‘nalishi, uchinchisi Yunusobod tumani bilan Janubiy vokzal orasidagi yo‘nalishdir. Keyinchalik Janubiy vokzaldan Sirg‘ali tumani orasida metroning to‘rtinchi yo‘nalishini qurish va undan keyin esa Toshkent xalqa yo‘lini vujudga keltirish mo‘ljallanmoqda. Mustaqil Respublika transporti haqida so‘z yuritilganda havo transportining mohiyati tobora ortib borayotganini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Transportning bu xili o‘z ishini birinchi marta 1924 yili boshlagan edi. O‘sha yilning 12 may kuni Toshkent-Bishkek-Olmaota shaharlari orasida havo transporti aloqasi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ana shundan beri o‘tgan davr ichida transportning bu xili tez rivojlanib ketdi. Hozir havo transporti orqali asosan yo‘lovchilar tashiladi. Shu bilan birga bir manzildan ikkinchi bir manzilga tez etkazish zarur bo‘lgan yuklarni, ayniqsa tez buziladigan yuklarni ham tashishda havo transportidan foydalaniladi. 1993 yili «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tashkil topishi havo yo‘li transporti taraqqiyoti sohasida qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. Keyinchalik Toshkentdan samolyotlar qatnaydigan manzillar ro‘yxati yanada kengayishiga shubha yo‘q. «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi bilan AQShning «Boing» kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra 1996 yil avgust oyidan boshlab Toshkent bilan jahonning qator shaharlari, jumladan Nyu-York, Afina, Jakarta, Singapur kabi shaharlar orasida «Boing» samolyotlari uchishi yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston hududida yirik tabiiy gaz, neft konlarining topilishi va ishga tushirilishi sababli quvur transporti rivojlandi, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan gaz quvurlari vujudga keldi. Respublikada elektr tizimi tashkil topishi va rivojlanishi transportning yangi turi elektr transportining vujudga kelishini taqozo etdi. Hozirgi vaqtda transportning bu turi yordamida O‘zbekiston O‘rta Osiyo elektr tizimiga ulangan. Mamlakat transportida suv transporti ham o‘ziga munosib o‘rin egallab kelgan edi. Biroq, keyingi yillarda Orol dengizida vujudga kelgan vaziyat, ya’ni uning suvini kamayib ketishi, qirg‘oqlarining chekinishi tufayli bu dengizdagi transport o‘z mohiyatini yo‘qotdi. Transport to‘g‘risida so‘z yuritilganda yana bir masalani e’tiborga olmoq zarur. 1998 yilning sentyabr oyida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Buyuk Ipak yo‘lini tiklash masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman ishida jahonning 30 dan ortiq mamlakatlaridan vakillar va qator nufuzli xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Unda mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov ishtirok etdi va ma’ruza qildi. Ma’lumki, Buyuk Ipak yo‘li orqali bundan 2000 yildan ortiqroq muddat oldin G‘arb va Sharq mamlakatlari o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari amalga oshirilgan edi. Hozirgi kunga kelib Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash masalasiga e’tibor kuchaymoqda. Qator mamlakat va hududlar uchun o‘ta muhim bo‘lgan bu masala TRASEKA (Evropa-Osiyo-Kavkaz orasidagi transport yo‘li) loyihasi asosida amalga oshirilishi lozim. Transport harakatini yaxshilash va uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘llar ahvoli yaxshilanmoqda, ko‘priklar va boshqa inshootlar qurilmoqda. Masalan, Respublika mustaqillikka erishganligining sakkiz yilligi arafasida Amudaryoda ko‘prik qurildi. Umumiy uzunligi 1260 metr bo‘lgan ushbu zamonaviy ko‘prik Qoraqalpog‘istonning o‘rta qismida, O‘zbekistonning azim daryosi Amudaryoning ikki qirg‘og‘ini bir-biriga uladi. Shuningdek, bu yillarda shahar transportiga, jumladan Toshkent transport yo‘llari va vositalariga ham katta e’tibor berildi. Yangi-yangi magistral yo‘llar, ko‘prik va estakadalar qurildi. Shahar jamoat transporti parki zamonaviy trolleybus, tramvay va avtobuslar bilan ta’minlandi. Mamlakatda aloqa tarmoqlari (pochta, telegraf, telefon, radioeshittirish, televidenie kabilar) ham rivojlandi. 1927 yil 11 fevralida Respublikada birinchi marotaba keng eshittirishli radiostantsiya o‘z faoliyatini boshladi. 1956 yil 5 noyabrda esa O‘zbekiston televideniesi ishga tushirildi. O‘sha yilning o‘zidayoq televideniening Toshkent studiyasi tashkil topdi. Mustaqillik yillarida shahar va qishloq aholisini telefon bilan ta’minlashda ulkan ishlar amalga oshirildi. Respublika aloqa tizimini takomillashtirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ishlariga chet el sarmoyalarini jalb etish borasida qator tadbirlar amalga oshirildi. 1993 yili Yaponiyaning «NEK» korporatsiyasi ishtirokida xalqaro kosmik stantsiyasi foydalanishga topshirildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Janubiy Koreya va Germaniya firmalari yordamida telefon aloqalari nuqtalarini kuchaytirish va ularning ishlash sifatini yaxshilash bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar. Mustaqil O‘zbekiston tobora nafaqat jahon siyosati, balki jahon iqtisodiyotiga tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Ma’lumki, tashqi iqtisodiy munosabatlar xalqaro hamkorligining eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Zero, har qanday davlat, qay darajada taraqqiy etganligidan qat’iy nazar, tashqi iqtisodiy aloqalarsiz to‘laqonli tarzda yashashi mushkul. Chunki, jahon miqyosida ishlab chiqarilayotgan buyum-mahsulotlarning turi behisob. Tabiiyki, birorta davlat ularning hammasini o‘zida ishlab chiqarish imkoniyatiga ega emas. Ayrim hollarda esa mahsulotlarning ba’zi turlarini o‘zida ishlab chiqargandan ko‘ra boshqa mamlakatlardan olib kelish afzalroq va foydaliroqdir. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniyat aloqalarining tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samara bilan foydalanish imkonini yaratadi. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo‘lga qo‘yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun Respublikada katta imkoniyatlar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo, iqtisodiy aloqalar olib boruvchi mamlakatlar ro‘yxati tobora kengayib bormoqda va ularning soni 140 tadan ortib ketdi. Bunday mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Shveytsariya, Turkiya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Frantsiya kabi uzoq xorij davlatlari kiradi. Mustaqil davlatlar hamkorligi tarkibidagi mamlakatlar bilan olib boriladigan iqtisodiy aloqalarda esa Rossiya, Qozog‘iston va Ukraina katta o‘rin egallaydi. Ko‘p yillar O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan olib boriladigan iqtisodiy aloqalarida eksport hajmiga nisbatan import hajmining salmog‘i ortiqroq bo‘lib kelgan bo‘lsa, endilikda bu borada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Mustaqil davlatlar hamkorligi tarkibiga kiruvchi mamlakatlar bilan O‘zbekiston orasidagi iqtisodiy aloqalarda ham eksport hajmi import hajmidan yuqori. Masalan, 2000 yilda import-809,9 million, eksport-982,8 million dollarni tashkil etdi. Respublika Prezidenti I.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2000 yilda mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2001 yilda iqtisodni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishninig ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida shunday degan edi: «Biz eng muhim bir fikrni chuqur anglab olishimiz zarur. Faqat eksportning o‘sishigina valyuta tushumlari keltiradi, faqat shu asosdagina ishlab chiqarishni, texnik jihatdan yangilash masalasini hal etish mumkin» Mamlakat rahbarining ushbu so‘zlari tashqi iqtisodiy munosabatlarning naqadar muhimligidan dalolat beradi. Buni quyida keltirilgan jadval ma’lumotlarida ko‘rish mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalarni har tomonlama taraqqiy ettirishning muhim va samarali yo‘llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator sohalarda qo‘shma korxonalar qurishdir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning bu yo‘nalishi jahonning ko‘p mamlakatlarida keng tarqalgan. Qo‘shma korxonalar tashkil etish va ularni samarali taraqqiyot yo‘liga solish ishchi kuchlari ko‘p bo‘lgan davlatlar qatoriga kiruvchi mamlakatimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra O‘zbekistonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda jahonning ko‘pgina mamlakatlari ishtirok etmoqda. Ular orasida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil, Pokiston, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar etakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Respublikada vujudga kelayotgan qo‘shni korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. 1993 yili bunday korxonalar soni 900 ta edi. 1999 yilda esa O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan qo‘shma korxonalar soni 2,5 mingdan ortiq, shundan 2000 ga yaqini ishlab turibdi. Faoliyat ko‘rsatib turgan qo‘shma korxonalar chiqarib turgan mahsulotlar hajmi 1999 yili 267 milliard so‘mga yaqin bo‘ldi. Bu 1996 yildagiga nisbatan olti barobar, 1998 yildagiga qaraganda esa 1,5 marta ko‘p demakdir. O‘zbekistonda tashkil etilgan qo‘shma korxonalar 1993 yili 23 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, 1999 yilga kelib bu raqam 371,5 million dollarni tashkil etdi. Bu Respublika umumiy eksportining 11,5 foiziga tengdir. Bu nufuzli mukofot jahonning 112 mamlakati tadbirkorlarini birlashtiradigan umumjahon tashkiloti «Treyd Liderz Klab» tomonidan ta’sis etilgan. 2000 yili nometall quvur ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Toshkentdagi «Xabas Tapo», Andijon viloyatida charm mahsulotlari tayyorlaydigan «Oltin teri» kabi qo‘shma korxonalar ham ishga tushdi. Kelajakda, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishda xalqaro turizm muhim o‘rin tutmog‘i lozim. Turizm tarmog‘i to‘g‘ri va samara bilan tashkil etilsa, u katta daromad keltiradigan sohaga aylanadi. Aniq foyda manbai bo‘lmish xalqaro turizm mamlakatga katta miqdorda chet el valyutasini olib kelishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin. O‘zbekiston turizm sohasini har tamonlama rivojlantirish uchun qator imkoniyatlarga ega. Uning o‘ziga xos tabiiy sharoiti, arxitektura-me’morchilikning noyob yodgorliklari, mehnatsevar va mehmondo‘st xalqimizning yaratgan mahsulotlari chet eldan kelgan sayyohlarni nihoyatda qiziqtiradi. Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasida eng avvalo Samarqand, Buxoro, Xiva singari jahonni hayratga solayotgan, ajoyib tarixiy yodgorliklar saqlanayotgan qadimgi madaniyat va memorchilikning nodir markazlari katta ahamiyatga ega. Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992 yil iyulida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kompaniya turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining tashkil topishi va uning 1993 yili jahon turizm tashkilotiga a’zo bo‘lishi Respublikada xalqaro turizmning tezroq rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, 1962 yili uzoq xorijdan mamlakatimizga kelgan turistlar soni 60 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2001 yil boshida bu raqam 320 mingdan ortib ketdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng o‘tgan qisqa vaqt ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarimizda zamonaviy, jahon andozalari talabiga javob beradigan mehmonxonalar majmui qurilib ishga tushirildi. Mamlakatimizda to‘rt mingdan ortiq tarixiy-memorchilik yodgorliklari, boy ma’naviy meros jahon diqqat-e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Ayniqsa bu borada Buyuk Ipak yo‘lining tiklanishi katta ahamiyatga ega. Ana shundan kelib chiqib Respublika Prezidenti «Buyuk Ipak yo‘lini tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini faollashtirish va mamlakatda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha «O‘zbekistonda turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmonga imzo chekdi. Vazirlar Mahkamasi esa «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu rasmiy hujjatlarda xalqaro turizm faoliyatini har tomonlama yaxshilashga qaratilgan eng muhim masalalar o‘z aksini topgan. Tayang tushunchalar: transport, transport tuguni, transport vositalari, transport yo‘llari, tashqi iqtisodiy aloqalar, eksport, import, tashqi savdo aylanmasi, savdo saldosi. Savol va topshiriqlar O‘zbekistonda transportning qaysi turlari rivojlangan? O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida avtomobil transportining tutgan o‘rnini asoslab bering. Mustaqillik davrida Respublika eksporti va importida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi va bu o‘zgarishlarning ahamiyati nimada? Siz yashab turgan hududda eksport mahsulotlari ishlab chiqaradigan qanday korxonalar bor va ular qanday mahsulotlarni eksport qiladi? Ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Mintaqaviy iqtisodiyot ob’ekti va predmeti Mintaqaviy iqtisodiyot va ijtimoiy geografiya Mintaqaviy iqtisodiyot fanining rivojlanishi Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot Reja Mintaqaviy iqtisodiyot ob’ekti va predmeti Mintaqaviy iqtisodiyot va ijtimoiy geografiya Mintaqaviy iqtisodiyot fanining rivojlanishi Har qanday mamlakatning milliy iqtisodiyotini shakllanishida uni tashkil etuvchi mintaqalarining ahamiyati katta. A.G.Granberg (2000 yil) kengroq ma’noda mintaqaviy iqtisodiyotni alohida mintaqa va mintaqalar iqtisodiy aloqalarini, ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy hayotning mintaqaviy jihatlarini o‘rganuvchi fan, deb hisoblaydi. V.F.Pavlenko bu fanning asosiy predmetini alohida mintaqalar iqtisodiyoti, ularning rivojlanish omillari, qonuniyatlari va muammolari bilan belgilaydi. M.V.Stepanov tahririda chiqqan «Mintaqaviy iqtisodiyot» darsligida bu fanga ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, mintaqalar rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlari hamda mintaqaviy rivojlanish omillarini o‘rganadi, deb ta’rif berilgan. A.Ye.Probst mintaqaviy iqtisodiyot predmetini rayon ijtimoiy ishlab chiqarishining hududiy tashkil etilishi, hududiy ishlab chiqarish majmualarining shakllanish va rivojlanishini tadqiq qilinishida ko‘radi. E.B.Alaev esa mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, rayonlar rivojlanishining xususiyat va qonuniyatlarini o‘rganishini uning asosiy predmeti sifatida ko‘rsatadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra mintaqaviy iqtisodiyot, umumiy iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya fanlari qirrasida yoki ularning oralig‘idan joy oladi. U iqtisodiy geografiya bilan birgalikda hudud xo‘jaligini o‘rganuvchi fanlar turkumini tashkil etadi. Albatta, mintaqaviy iqtisodiyot va iqtisodiy geografiya bir-biriga o‘xshash va yaqin; ikkisi uchun ham ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish umumiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Ammo, iqtisodiy geografiya kengroq va binobarin, umumiyroq, fundamental fan, mintaqaviy iqtisodiyot esa torroq va shuning uchun aniqroq, amaliy fandir. Iqtisodiy geografiya nafaqat rayonlar (regionlar), balki mamlakatlar, jahon xo‘jaligining tizimi va tarkibi bilan ham shug‘ullanadi, ularning o‘zaro farqlari va xususiyatlarini o‘rganadi. Demak, iqtisodiy geografiya umumiylikdan xususiylikka, tizimdan tarkibga, ya’ni mamlakat xo‘jaligining tarkibiy qismi bo‘lgan rayonlarga o‘tadi, global fikrlaydi va mintaqaviy amal qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu fan rayonlar va mamlakatlar majmui bilan ish tutadi. Mintaqaviy iqtisodiyotda esa yondoshuv birmuncha o‘zgacha–mintaqaviy fikrlaydi va mintaqaviy amal qiladi. Biroq, shu bilan birga, ushbu mintaqaning kattaroq xo‘jalik tizimi, ya’ni mamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismi ekanligi ham unutilmaydi. Binobarin, iqtisodiy geografiyada fikrlash «yuqoridan pastga» qaratilgan, mintaqaviy iqtisodiyotda u aksincha–«pastdan yuqoriga» yo‘naltirilgan bo‘ladi; birinchisida ko‘proq kichik masshtabli tadqiqotlar an’anaviy bo‘lsa, ikkinchisiga o‘rta va yirik masshtabli yondoshuv xosdir. Iqtisodiy geografiyada tahlil tarmoq-hudud-tarmoq shaklida, mintaqaviy iqtisodiyotda esa bu tartib hudud-tarmoq ko‘rinishiga ega. Ko‘pchilikning fikricha, iqtisodiy geografiya mintaqaviy iqtisodiyotning nazariy, metodologik asoslaridan biri hisoblanadi. Chunki, bu fanning fundamental tushunchalari: hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish komplekslari dastavval nazariy jihatdan iqtisodiy geografiya fani doirasida yaratilgan. Hozirgi kunda bu kategoriyalar mintaqaviy iqtisodiyot uchun ham o‘zak tushunchalar vazifasini bajaradi. Ta’kidlash joizki, ushbu fanlarning o‘zaro munosabati va predmeti juda munozarali va bahslidir. Har holda ularning orasidagi farqdan ko‘ra o‘xshashliklar ko‘proq; mintaqaviy iqtisodiyot geografiylashtirilgan iqtisodiyot bo‘lsa, iqtisodiy geografiya iqtisodiylashtirilgan geografiya hisoblanadi. Iqtisodiy geografiya «nima qaerda?» va «nima uchun aynan shu erda?» savoliga javob berishni o‘rgatadi, mintaqaviy iqtisodiyotda esa «qaerda nima va qanday joylashgan, u qanday samara beradi?» savollari muhimroqdir. Ayni vaqtda, mintaqaviy iqtisodiyot mintaqaviy fanlar uyushmasiga ham kiradi. Bu uyushmani bir vaqtlar, aniqrog‘i XX asr o‘rtalarida amerikalik olim U.Izard (Ayzard) tashkil qilgan va boshqargan edi. Shu sababdan, uni mintaqaviy yoki regional fanlar «otasi», asoschisi sifatida tan olishadi. Mintaqaviy fanlar uyushmasiga, shuningdek, mintaqaviy demografiya, mintaqaviy sotsiologiya, mintaqaviy geologiya, mintaqaviy ekologiya kabi «hududiy» va geografiya bilan boshqa fanlar qirrasida vujudga kelgan maxsus fan yoki yo‘nalishlar kiradi. Shu nuqtai nazardan mintaqaviy iqtisodiyot yuqoridagi fanlar bilan ham aloqa qiladi, ularning tushuncha va tadqiqot usullaridan foydalanadi. Shubhasiz, bulardan ham ko‘ra mintaqaviy iqtisodiyot, iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiyot tarixi, sohaviy yoki tarmoqlar iqtisodiyoti, moliya, mehnat va bandlik iqtisodiyotiga o‘xshash fanlar bilan yanada yaqinroq aloqada. Sohaviy iqtisodiyot fanlari o‘z mazmuni bo‘yicha sof ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol iqtisodiyotidir. Ular ko‘proq mahsulot va xizmat sohalarining qanday yaratilishini, arzon yoki qimmatligini, iqtisodiy samaradorlikni aniqlaydi. Bunday samaradorlikka xom ashyo va yoqilg‘i, mehnat xarajatlarini tejash, yangi texnologiyalardan unumli foydalanish natijasida erishiladi. Mintaqaviy iqtisodiyotda esa samaradorlik qo‘shimcha ravishda ishlab chiqarishni to‘g‘ri hududiy tashkil qilish, transport va boshqa infrastruktura chiqimlarini, «masofa xarajatlarini» qisqartirish, hududiy omillar yordamida vujudga keladi. Bu borada ayniqsa hududiy mujassamlashuv va hududiy hamkorlik, iqtisodiy integratsiya jarayonlari, aglomeratsiya samaradorligi, hududiy ishlab chiqarish majmualari (komplekslari) ning ahamiyati katta. Ko‘rinib turibdiki, mintaqaviy iqtisodiyotning ham ilmiy va amaliy ahamiyati yuqori. U makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot bilan bir qatorda hozirgi zamon iqtisodiyoti fanining uch tarkibiy qismini tashkil etadi. E’tiborga olish lozimki, mintaqaviy iqtisodiyot amaldagi mintaqashunoslik bilan ham qisman bog‘liq. Biroq, mintaqashunoslik yoki hududshunoslik (regionovedenie) kengroq ma’noga ega bo‘lib, u nafaqat iqtisodiyot, balki o‘sha joyning tarixi, tili, dini, aholisi, uning urf-odati va boshqalarni o‘rganadi. Shu jihatdan mintaqashunoslik an’anaviy mamlakatshunoslikka o‘xshab ketadi. Farq shundaki, bu erda mintaqa darajasida jahonning yirik qismlari qit’a va materiklar, ularning katta bo‘laklari nazarda tutiladi. Yana ta’kidlash zarurki, mintaqaviy iqtisodiyotda «mintaqa» tushunchasi tabiiy geografiyada qo‘llaniladigan mintaqa (zona)dan farq qiladi va aynan uning tarjimasi emas. Ma’lumki, tabiiy geografiyadagi, masalan, iqlim mintaqalari Yer yuzida kenglik bo‘ylab cho‘zilib, tasmasimon birin-ketin, tartibli joy olgan. Ammo, «hududiy iqtisodiyot» atamasini qo‘llash ham uncha to‘g‘ri emas. Sababimintaqaviy iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan mintaqaviy siyosatni hududiy siyosat ko‘rinishida ishlatish boshqa ma’noni ham bildirishi mumkin. Mintaqaviy iqtisodiyot mamlakat milliy iqtisodiyotining tarkibiy qismini anglatadi. Milliy iqtisodiyot esa jahon xo‘jaligi yoki iqtisodiyoti tizimining bir qismidir. Mintaqaviy iqtisodiyot, odatda, mamlakat ichida ajratiladigan iqtisodiy rayonlar yoki viloyatlar darajasiga mos keladi. Binobarin, kichik hududlar shahar, qishloq tumanlari xo‘jalik tizimini mintaqaviy iqtisodiyot maqomida ko‘rish nodurustdir. Ularni mahalliy yoki munitsipal iqtisodiyot sifatida qarash ma’qulroq. Shunday qilib, iqtisodiyotning hududiy tarkibi pog‘onasimon, ya’ni mahalliy, mintaqaviy iqtisodiyot, milliy iqtisodiyot va jahon iqtisodiyotidan iborat. Bundan tashqari, xalqaro yoki bir qancha davlatlar hududida shakllangan yagona iqtisodiy makonni ham ajratish mumkin. Bunga Evropa Ittifoqi misol bo‘la oladi. Mintaqaviy iqtisodiyotning fan maqomida shakllanishi uncha katta tarixga ega emas. Umuman, iqtisodiyotning hududiy jihatlarini birinchi marta o‘rgangannemis olimi I.Tyunen hisoblanadi. A.Veber sanoat shtandortining asoschisi, V.Kristaller aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy tashkil qilishda «markaziy o‘rinlar», A.Lyosh esa barcha xo‘jalik tarmoqlarini joylashtirish, iqtisodiy landshaftlar bo‘yicha tadqiqot olib borgan. Ularning nomi bilan, shuningdek, aglomeratsiya samaradorligi, shaharlar ierarxiyasi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari, iqtisodiy rayonlar kabi tushunchalar bog‘liq. Ammo u davrda yaratilgan g‘oyalar majmui alohida fan doirasida umumlashtirilmagan edi. Shu sababli nemis mutaxassislarining ishlanmalari, hozirgi til bilan aytganda, mintaqaviy iqtisodiyot yoki geoiqtisodiyotga zamin yasadi, xolos. Fan maqomida esa mintaqaviy iqtisodiyot amerikalik U.Ayzard tomonidan XX asr o‘rtalarida yaratildi. Albatta, mazkur fan asoslarining shakllanishida G‘arb klassik iqtisodchilarining nazariy ishlanmalaridan foydalanilgan. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining rivojlanishida «uzoq xorij» mamlakatlar olimlari: Bundan tashqari, mazkur yo‘nalishda Respublikamizda yagona mintaqaviy iqtisodchilarni tayyorlovchi O‘zbekiston Milliy universiteti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham baholi qudrat izlanishlar olib borishmoqda. Mintaqaviy iqtisodiyotni o‘rganishda qator metodlardan foydalaniladi. Ularga, eng avvalo, balans, taqqoslash, statistik, modellashtirish, kartografik, tarixiy kabi usullar kiradi. Mintaqalar iqtisodiyotini tahlil qilishda N.N.Kolosovskiyning energiya ishlab chiqarish sikllari, mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda iqtisodiy rayonlashtirish metodlari juda qo‘l keladi. Shuningdek, umummilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan tizim-tarkib hamda maqsadga dasturli yondoshuv metodlari ham ishlatiladi. Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifalari quyidagilardan tarkib topadi: Hududlar tabiiy sharoiti va boyliklarini tahlil qilish, ularga iqtisodiy baho berish, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti masalalarini o‘rganish; Mintaqaviy infrastruktura va ijtimoiy–iqtisodiy omillarni tadqiq qilish; Ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri hududiy tashkil qilish, ularni davlat tomonidan tartibga solib borish; Mintaqaviy siyosatning ilmiy asoslarini yaratish, iqtisodiy rayonlashtirish; Mintaqaviy dasturlash va mintaqaviy bashorat, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo‘yicha Bosh sxemalarni tuzish; Erkin iqtisodiy mintaqalar, investitsiya makonini tashkil qilishning ilmiyamaliy asoslarini yaratish; Shaharlar rivojlanishi, urbanizatsiya jarayoni, geoekologik muammolarni o‘rganish va h.k. Mintaqaviy iqtisodiyotning yuqorida keltirilgan vazifalari yoki asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu borada, Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yaratilgan mamlakat iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tish davridagi 5 asosiy tamoyillari katta metodologik ahamiyatga ega. Mintaqaviy iqtisodiyot fanini o‘rganishda quyidagi tushunchalar (tayanch iboralar) ko‘proq ishlatiladi: mintaqaviy siyosat, iqtisodiy rayonlashtirish, milliy iqtisodiyot, erkin iqtisodiy makonlar, geoiqtisodiy makon, investitsiya muhiti, mintaqaviy moliya, mintaqaviy dasturlar, ishlab chiqarishning hududiy tarkibi va tizimi, mujassamlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlik va kombinatlashuv, infrastruktura, aglomeratsiya, mintaqaviy samaradorlik, hududiy ishlab chiqarish majmualari, hududiy mehnat taqsimoti, mehnat bozori, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy integratsiya va boshqalar. Hududiy ishlab chiqarish majmualari (HIChM) iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan nazariy yutuqlardan biridir. Uni yaratishda eng avvalo N.N.Kolosovkiyning xizmatini ko‘rsatishimiz joiz. XX asrning yigirmanchi yillarida GOELRO, ya’ni Rossiyani elektrlashtirish davlat rejasi doirasida I.G.Aleksandrov ish ola bora turib va, ayniqsa, DneproGES loyihasini ishlab chiqish jarayonida rayon kombinatlari haqidagi o‘zining nazariyasini yaratdi. O‘ttizinchi yillarda esa bu muhim masalani u aniqlashtirdi, chuqur o‘rganib rayon ishlab chiqarish kombinatlarini barpo etish lozimligini ta’kidladi. Keyinchalik N.N.Kolosovskiy I.G.Aleksandrovning rayon ishlab chiqarish kombinatlari to‘g‘risidagi ta’limotidan Ural, Sibir va Qozog‘iston kabi yirik rayonlar misolida amaliy foydalandi, uni boyitdi va shu asosda o‘zining rayon komplekslari (kombinatlari, majmualari) to‘g‘risidagi ilmiy g‘oyasini shakllantirdi. Bu, albatta, ilgarigiga qaraganda yangi bir qadam olg‘a fikr edi. N.N.Kolosovskiy 1947 yilda hududiy ishlab chiqarish (aniqrog‘i, ishlab chiqarishning hududiy birikmalari, komplekslari) mavzuida maqola chop ettirdi. Uning fikricha, bu nazariyaning asosiy mohiyatini ma’lum bir hududda yoki iqtisodiy rayonda ishlab chiqarish korxonalari va aholi punktlarini bir-biri bilan bog‘liq holda rivojlanishi va joylanishi tashkil etadi. U ishlab chiqarishning hududiy majmuasini iqtisodiy geografiya fanining tarkibiy qismi ekanligini qaytaqayta ta’kidladi va ayni paytda ma’lum hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalar yig‘indisi hamma vaqt ham kompleks (majmua) bo‘la olmaydi, deb uqtirgan edi. Bunday oddiy hududiy joylashish gruppirovkani tashkil etadi, xolos. Tajribalar hamda faktik materiallar shuni tasdiqlaydiki, hududiy (yoki geografik) mehnat taqsimoti fundamental tushuncha bo‘lib, u iqtisodiy rayonlashtirish va hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, hududiy mehnat taqsimoti birlamchi, qolgan ikki tushuncha esa uning natijasidir. N.N.Kolosovkiy ishlab chiqarishning hududiy majmualari (yoki hududiy ishlab chiqarish majmualari, bizningcha, bular bir xil ma’noga ega) iborasi iqtisodiy rayonlar to‘g‘risidagi tushuncha o‘rnini egallamasligi kerak; bu iqtisodiy rayonlarning «yadrosi»ni tashkil etadi, xolos deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, hududiy ishlab chiqarish majmualari mazmun va sifat jihatdan, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarini ma’lum bir nuqtadagi yoki joydagi turg‘un birikmasi sifatida iqtisodiy rayonlardan farq qiladi. So‘nggi yillarda bunday qarash biroz o‘zgardi: umuman olganda, har qanday bosqichdagi iqtisodiy rayonlar ham hududiy ishlab chiqarish majmualari shaklida ko‘rilsa bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi, Namangan viloyati hududiy ishlab chiqarish majmualari va h.k. Savol tug‘ilishi mumkin: haqiqatda yoki real voqelikda hududiy ishlab chiqarish majmuasi qaerda vujudga keladi va har qanday joyning ishlab chiqarish korxonalari birlashmasini majmua deb atash mumkinmi? Bu erda, bizning fikrimizcha, masalaga har tomonlama yondoshish kerak va hududiy ishlab chiqarish majmualarining turli xil bo‘lishini unutmaslik lozim. Aks holda, chalkashliklar vujudga kelishi muqarrar. Albatta, iqtisodiy rayon xo‘jaligi o‘zining mohiyati va maqsadiga ko‘ra har tomonlama (kompleks) rivojlanishi lozim. Ana shu nuqtai nazardan iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini real yoki potentsial hududiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida ko‘rish mumkin. Bu erda biz tushunmovchilikka imkoniyat qoldirmaslik maqsadida bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarini «ma’muriy rayonlar darajasidagi majmualar» deb yuritishni taklif etamiz. N.N.Kolosovskiy aytgan ma’noda, ya’ni ma’lum bir joyda ishlab chiqarish korxonalarining o‘zaro bog‘liq holda joylanishi va rivojlanishi asosida vujudga kelgan majmualar esa tom ma’noda yoki «an’anaviy hududiy ishlab chiqarish majmualari», deb atalishi to‘g‘riroq. N.N.Kolosovskiy shogirdlaridan biri M.K.Bandman bunday hududiy ishlab chiqarish majmualarni mamlakat ahamiyatiga molik, muhim bir muammoni hal etishga, bir maqsadga qaratilgan dasturli majmualar, deb yozadi. Ular, odatda, real voqelikda vujudga keladi va ma’muriy chegaralarga ko‘pincha mos kelmaydi. Sababi-mazkur hududiy majmualar asosida qandaydir tabiiy geografik ob’ektlar, masalan, daryo havzalari, qazilma boyliklar, tog‘, cho‘l va boshqalar yotadi. Ammo hududiy ishlab chiqarish majmualari qaysi ma’noda tushunilmasin, ular iqtisodiy geografiyani o‘rganishda eng muhim va unumli nazariyadir. Bu rayon xo‘jaligini sistema darajasida qarash va uni tarkibiy tuzilishi bo‘yicha tahlil qilish, ishlab chiqarish korxonalari orasidagi aloqadorlikni nazarda tutadi. Tom, haqiqiy hududiy ishlab chiqarish majmualari asosan yangi o‘zlashtirilayotgan rayonlarda, ulkan tabiiy boylik va ayniqsa yoqilg‘i-energetika zahiralari negizida vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Albatta, tarixiy rivojlanish davomida avval o‘zlashtirilgan erlarda vujudga kelgan xo‘jalikning hududiy tarkibini majmuaga aylantirishga qaraganda, yangi, «sof» yoki «bo‘sh» joyda bu maqsadga erishish osonroqdir. Majmua yaratuvchi tarmoq sifatida esa ko‘proq yoqilg‘i-energetika sanoati asos bo‘lib xizmat qilishi ham, shubhasiz, bir holdir. Masalan, Rossiya Federatsiyasidagi Bratsk hududiy ishlab chiqarish majmuasini olaylik (uning dastlabki loyihasini N.N.Kolosovkiy rahbarligidagi olimlar guruhi yaratgan). Bu erda yirik 4 mln, kVt. dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan suv elektr stantsiyasi qurildi va ayni paytda bo‘lajak suv ombori maydonini o‘rmondan tozalash maqsadida yog‘och-tsellyuloza sanoati vujudga keldi. Arzon elektroenergiyaning mavjudligi energiyani ko‘p istemol qiluvchi tarmoqlarni o‘ziga «tortdi» va, natijada, bu erda uchinchi yirik korxonaalyuminiy zavodi barpo etildi. Rangli metallurgiya va o‘rmon sanoati yana «zanjirsimon» tarzda boshqa korxonalar vujudga kelishini (jumladan mashinasozlik, kimyo) taqozo etdi. Bunday majmualar O‘rta Osiyo respublikalarida qulay tabiiy sharoitda, aholi va mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan mintaqada va faqatgina energetika emas, balki agroiqlimiy resurslar asosida ham vujudga kelishi mumkin. Demak, respublikamiz hududiy ishlab chiqarish majmualari sug‘oriladigan dehqonchilik, agrosanoat tarmoqlari va mehnatni ko‘p talab qiluvchi korxonalarini o‘z ichiga olar ekan. Bunga Mirzacho‘l yoki Qarshi dashti asosida shakllanayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarida misol bo‘la oladi. Keng ma’noda hududiy ishlab chiqarish majmualari ham turli bosqichda bo‘ladi. Oddiy sanoat yoki agrosanoat tugunidan tortib mamlakat miqyosida vujudga kelayotgan yagona xalq xo‘jalik majmuasini ajratish mumkin. Bu, shubhasiz, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda nihoyatda ilg‘or va iqtisodiy jihatdan samarador bo‘lib, mintaqa yoki alohida viloyatlarning mamlakatimiz mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini, «basharasini» belgilab beradi. Hududiy ishlab chiqarish majmualarini iqtisodiy jihatdan samarador ekanligi, eng avvalo, umumiy infratuzilma (yo‘l, suv, yer osti inshootlari, elektr energiya shahobchalari va b.) mavjudligidan kelib chiqadi. Masalan, paxta ekiladigan rayonlarni olaylik: bunday joylarda, odatda, paxta tozalash zavodi, uning yonida yog‘ zavodi, ularning chiqindilari asosida esa chorvachilik fermasini tashkil etsa bo‘ladi. Bu erda majmua hosil qiluvchi tarmoq-paxtachilik hisoblanadi va u boshqa tarmoq yoki korxonalar joylanishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, bunday korxonalar alohida-alohida, tarqoq joylashsa, ularning har biri uchun yuqoridagi infratuzilma shahobchalari kerak. Bu esa iqtisodiy jihatdan nomaqbuldir. Agar ularning barchasi bir joyda hududiy tashkil etilsa, katta tejamkorlikka va, binobarin, katta samaradorlikga erishiladi. Shu bois aytish mumkinki, iqtisodiy geografiya fanini «iqtisodiy» qiluvchi asos ham aynan hududiy ishlab chiqarish majmualaridir. Zero, ular ikki kara ikki to‘rt emas, besh bo‘lishini ta’minlaydi. Bu nazariyaning ahamiyati ayniqsa, mamlakat xalq xo‘jaligini boshqarishdagi hududiy tamoyildan to‘g‘ri foydalanishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Darhaqiqat, mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini hozirgi qayta qurish davrida hududiy dasturlarni keng joriy qilish nihoyatda muhimdir. Hududiy dasturlash tarmoqlar asosida boshqarishga qaraganda mahalliy tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hamda shu joyning atroflicha rivojlantirish imkoniyatlarini har tomonlama hisobga oladi. Bu haqda va, xususan, tarmoqlar bo‘yicha boshqarishdagi ayrim kamchiliklarni Chirchiq shahri xo‘jaligi misolida ko‘rsa bo‘ladi. Ma’lumki, bu shaharda o‘tmishda mahalliy sharoit, iqtisodiy va tabiiy-geografik o‘rin hisobga olinmaganligi sababli yangi sanoat korxonalarini joylashtirish salbiy ekologik oqibatlarga olib keldi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari mavzusini o‘rganishda mahalliy misollariga murojaat qilish foydalidir. Masalan, Mirzacho‘l yoki Qarshi dashtini o‘zlashtirish asosida vujudga kelayotgan majmualar to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Ushbu hududiy majmualar o‘zlarining ixtisoslashuviga ko‘ra agrosanoat majmuasi ekanligini anglash zarur. Shuningdek, keyingi yillarda agrosanoat majmualarini ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi yangi bosqich sifatida shakllanishining katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini ham ko‘rsatish kerak. Avvalambor bu samaradorlik xom ashyo va yarim mahsulotni bir joydan ikkinchi joyga olib borish uchun sarf etiladigan transport xarajatlarning qisqarishi, ishlab chiqarish chiqindilari asosida boshqa tarmoqlarning (jumladan, chorvachilikning) rivojlanishi va eng muhimi-qishloq bilan shaharlar o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirishda o‘z aksini topadi. Ilmiy va amaliy jihatdan respublikamizda hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratishdagi erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ham aytib o‘tilsa yaxshi bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli sobiq Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kengashida (SOPS) o‘tgan asrning 50-yillarida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida rayonlarning kompleks muammolari tushunchasi yoki ilmiy yo‘nalishi yaratilgan edi. Bu, ayniqsa, o‘zining geografik o‘rni va tarkibiga ko‘ra o‘ziga xos bo‘lgan Farg‘ona vodiysi uchun ayniqsa ahamiyatli edi. Hududiy ishlab chiqarish majmualari ham tizim-tarkib g‘oyasiga ko‘ra ko‘p bosqichli, pog‘onasimon (ierarxiyali) bo‘ladi. Bunda birlamchi element sifatida oddiy korxona xizmat qiladi. Jumladan, sanoat asosida vujudga kelgan hududiy majmualarning negizini, birlamchi elementini sanoat korxonasi tashkil qiladi. Sanoat korxonasi sanoat ishlab chiqarishining texnologik xo‘jalik hamda yuridik (huquqiy) jihatdan tashkil etilishining birlamchi bo‘g‘inidir. Ular zavod yoki fabrika ko‘rinishida bo‘ladi. Zavodlarda, odatda, ishlab chiqarish vositalari, fabrikalarda esa iste’mol mollari ishlab chiqariladi. Sanoat korxonasi mavjud bo‘lgan joy sanoat punkti hisoblanadi. Agar bir joyda bir necha sanoat korxonasi mavjud bo‘lsa, u holda sanoat markazi vujudga keladi. Yirik sanoat markazlari atrofida sanoat punktlarining joylashuvi navbatdagi, ya’ni sanoat ishlab chiqarishini hududiy tashkil etilishining to‘rtinchi pog‘onasi, bosqichi-sanoat tugunini shakllantiradi. Aynan sanoat tugunlarida hududiy majmualar mukammal tus oladi. Chunki, bunday sharoitda sanoat korxonalarining oddiy hududiy guruhi emas, balki ular o‘rtasida aloqadorlik (ishlab chiqarish, texnologik, infratuzilma, aholi va mehnat resurslari aloqalari) mavjud bo‘ladi. Binobarin, sanoat tugunlarini sanoat ishlab chiqarish majmualarining eng etuk shakli, deb baholash to‘g‘riroqdir. Sanoat tugunlari, ya’ni sanoat korxonalarini bir joyda g‘uj holda mujassamlashuvi sanoat aglomeratsiyasi, deb ham ataladi. Sanoat korxonalarini joylashtirishda aglomeratsiya omilini hisobga olish esa, avval ta’kidlaganimizdek, nemis olimi Alfred Veberga tegishli. Aglomeratsiya ham mujassamlashuv kabi katta iqtisodiy (ammo ekologik emas) samaradorlikga ega. Darvoqe, hududiy ishlab chiqarish majmualarining vujudga kelishida ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning barcha turlari-ixtisoslashuv, mujassamlashuv, kooperatsiya (hamkorlik) va kombinatlashuv ishtirok etadi. Aslida esa hududiy ishlab chiqarish majmualari bevosita kombinatlashuvning hududiy ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Faqat korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiya hamma vaqt ham kichik bir hududda mavjud bo‘lavermaydi. Alohida tanlab olingan joyni barcha infratuzilma ob’ektlari bilan oldindan tayyorlash negizida sanoat parklari vujudga keladi. Bunday joylar tadbirkorlarga sotiladi yoki ijaraga beriladi. Masalan, respublikamizda xorijiy mamlakatlar firmalarining sarmoyalari yordamida qurilayotgan aksariyat qo‘shma korxonalar aynan ana shunday tayyor bino va infratuzilma shahobchalari muhayyo bo‘lgan joylarda tashkil etilmoqda. Demak, aytish mumkinki, sanoat majmualarining asosini bunday sharoitda sanoat parklari tashkil etadi. Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyning hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasini qaysi bir jihatdan A.Veberning ishlab chiqarish aglomeratsiyasi ta’limotiga yaqinligiga yoki o‘xshashlik alomatlari borligiga oldinroq ishora qilgan edik. Ammo uning boshqa bir ilmiy g‘oyasi-energiya ishlab chiqarish sikllari ta’limotiga hech qanday e’tiroz bo‘lmasligi kerak. Chunki u bu g‘oyani bevosita amaliyotdan kelib chiqqan holda (N.N.Kolosovskiy o‘zining asl kasbi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi bo‘lgan) yaratgan. Energiya ishlab chiqarish sikllari ma’lum xom ashyo va energiya (bu erda energiya keng ma’noga ega) asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan uzluksiz, hatto uning chiqindilari asosida tashkil etilishini nazarda tutadi. Bunda, Yu.G.Saushkin iborasi bo‘yicha, daraxtning tanasi-asosiy ishlab chiqarish tarmog‘i (qora yoki rangdor metallurgiya, kimyo sanoati, dehqonchilik va h.k.), uning shoxlari esa ana shu asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan texnologik jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha tarmoq yoki tarmoqchalarning ayrim korxonalari demakdir. N.N.Kolosovskiy o‘z davrida qora metallarning pirometallurgik sikli, rangdor metallar, mashinasozlik, neft-gaz-kimyo, agroindustrial, o‘rmon-yog‘ochtsellyuloza kabi 8 ta asosiy energiya ishlab chiqarish sikllarini ajratgan. Hozirgi kunda ularning soni 20 ga yaqinni tashkil qiladi. Alohida ta’kidlash joizki, energiya ishlab chiqarish sikllari aslo hududiy birlik emas, aksincha ular ishlab chiqarishning texnologik birligidir. Shu bois bunday sikllar nisbatan kattaroq hudud miqyosida vujudga keladi. Ko‘rinib turibdiki, HIChM va energiya ishlab chiqarish sikllari bir-biridan tubdan farq qiladi; ikkinchisi birinchisining o‘zagi bo‘lishi mumkin, ammo uning o‘zginasi emas. Yana shuni e’tirof etish lozimki, umuman ilmiy nuqtai nazardan to‘g‘ri bo‘lgan hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasi sobiq Ittifoq sharoitida ko‘zda tutilgan natijalarni to‘laligicha bermadi. Sababi-bunday majmualar nihoyatda katta hududlarda «rejalashtirildi», ma’muriy chegaralar e’tiborga olinmadi, ijtimoiy va ekologik omillar nazardan chetda qoldirildi, eng muhimi-ularning yagona «egasi»boshqaruv organlari bo‘lmadi. Vaholanki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hududiy majmualar aynan nisbatan kichik miqyosda yaratildi va ularning faoliyati davlatning mintaqaviy hamda munitsipial siyosatida boshqarib tartibga solinib boriladi. Shunday qilib, HIChMlarning ilmiy nazariy asoslari, Rossiyada, taniqli olim Nikolay Nikolaevich Kolososvkiy tomonidan yaratildi. U ushbu masalani iqtisodiy rayonlashtirish muammolari bilan bog‘liq ravishda o‘rgandi. Chindan ham kompleks-majmuaning-ilmiy-amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, u: o‘rganish; ahamiyatlidir. Aytish mumkinki, agar N.N.Kolosovskiy transport muhandisi, ya’ni o‘ziga xos injenerlik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lmaganda, ehtimol, bunday ilmiy cho‘qqilarga, olamshumul yutuqlarga erisha olmasdi. Sababi-transport hamma vaqt masofa va uni kesib (kezib) o‘tish, tashish, olib o‘tish kabi ma’nolarni bildiradi; masofani mumkin qadar qisqartirish, «yaqinroq» yo‘l qidirish esa har qanday muvaffaqiyatning garovi, iqtisodiy samaradorlikning asosi hisoblanadi. Shu o‘rinda tayyor mahsulot tannarxi, qiymatida transport xarajatlari hatto 50-60 foizgacha etishini unutmaslik kerak. Qolaversa, ishlab chiqarish korxonalarning qulay yoki noqulay joylashuvi, mahsulotning qimmat yoki arzon bo‘lishi ko‘p jihatdan aynan transport omiliga bog‘liq. Demak, ishlab chiqarish tarmoqlarini ma’lum iqisodiy makonda o‘zaro aloqadorlikda joylashtirish, transport omilini e’tiborga olish, barcha yordamchi tarmoqlarni (hozirgi zamon tilida-infratuzilma shahobchalarini) umumiy tarzda tashkil etish katta iqtisodiy samaradorlikga olib keladi. Shuningdek, bunday samaradorlikga energiya, xom ashyo, ishchi kuchi va boshqa omillardan to‘g‘ri foydalanish, «masshtab samaradorligi» (mujassamlashuv) negizidagina emas, balki «xilma-xillik» samaradorligi asosida erishiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Rossiyani amalda iqtisodiy rayonlashtirish uni elektrlashtirish (GOELRO) rejasining dasturi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu bois, dastlabki iqtisodiy rayonlar, joylarda yirik elektr stantsiyalar qurish va ularning ta’sir doirasini aniqlash nuqtai nazaridan energetika, energiya ishlab chiqarish rayonlari deb atalgan. Keyinchalik bu rayonlarda xo‘jalik tizimining bir tomonlamaligiga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliy sharoit va imkoniyatlardan to‘laroq foydalanish, aholining ehtiyojlarini qondirish, transport harajatlarini qisqartirish va ortiqcha, iqtisodiy jihatdan nomaqbul, uzoq masofadagi transport qatnovlarini kamaytirish kabi omillarni e’tiborga olib, iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini kompleks ravishda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Asosiy iqtisodiy rayonlarning xo‘jaligi kompleks, majmuali bo‘lishi (rayonlar miqyosidagi HIChMlar) yoki ularning iqtisodiyotini kompleks tamoyili negizida yaratish muhim hisoblanadi. Dastlab N.N.Kolosovskiy «ishlab chiqarish kombinati» rayonlar ishlab chiqarish kombinati» tushunchalarini ishlatdi. Bunda «kombinat» so‘zining ko‘proq korxona doirasiga tegishligi va turli xil terminologik chalkashliklarga o‘rin qoldirmaslik uchun «kompleks» so‘zini ma’qul topdi. U o‘z davrida ishlab chiqarishning hududiy birikmasi (kompleksi) to‘g‘risida yozgan edi, keyinchalik esa bu tushuncha (N.N.Kolosovskiy vafotidan so‘ng) hududiy ishlab chiqarish majmualari deb atala boshladi. HIChM-muayyan sanoat nuqtasi (punkti) yoki alohida rayonda, uning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari, transport va iqtisodiy geografik o‘rniga muvofiq korxonalarni to‘g‘ri tanlab olish va joylashtirish hisobidan iqtisodiy samaradorlikga erishadigan ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shaklidir. HIChM-lar g‘oyasi, birinchidan, iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini kompleks rviojlantirish va, ikkinchidan, N.N.Kolosovskiyning Ural-Kuznetsk kombinati (UKK) va Baykalbo‘yi («Angarqurilish») komplekslari loyihalarini yaratish va ularni amalga tadbiq etish jarayonida yuzaga keldi. Ushbu tushuncha ilk bor Irkutsk-Cherelexovo majmuasiga nisbatan ishlatildi. Albatta, bunda muallifning injenerlarcha fikrlashi, transport-temir yo‘l qurilishi mutaxassisi bo‘lishi ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning, Rossiya (sobiq Ittifoq) iqtisodiy geografiya fanining HIChMlar va iqtisodiy rayonlar to‘g‘risidagi yutug‘ini hatto rivojlangan mamlakatlar-AQSh va Germaniya ham tan olgan; bevosita muallifning o‘zi 1948 yilda Frantsiyada ushbu muammolar va ularning amaliy echimi haqida ilmiy ma’ruzalar qilgan. HIChM-lar iqtisodiy rayonlarning shakllanishi jarayonida muhim taktik va strategik vosita hisoblanadi. O‘z navbatida bunday majmualarning o‘ziga xos, individual xususiyatlarini aniqlashda, ularni alohida tiplarga ajratishda N.N.Kolosovskiy «energiya ishlab chiqarish sikllari» («energiya ishlab chiqarish rayonlari»ga mos holda) usulini yaratdi va undan unumli foydalandi. Bu erda, N.N.Kolosovskiy bo‘yicha, «energiya»-quvvat, kuch, harakat, «energetika»-ish qilish, faoliyat ko‘rsatish qobiliyati ma’nolarini anglatadi. Ta’kidlash joizki, N.N.Kolosovskiy HIChM va energiya ishlab chiqarish sikllarini ko‘proq sanoatni tashkil etishga nisbatan ishlatgan. Shuningdek, u iqtisodiy rayonlar va bu ikki tushunchani o‘zaro aloqadorlikda qo‘llagan: iqtisodiy rayonlar asosini HIChMlar, ularning asosini esa energiya ishlab chiqarish skillari tashkil qiladi. Ushbu tushunchalarning barchasini ayni vaqtda ham usul (metod), ham vosita sifatida qarash mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy geografiya fanining uchta asosiy tushunchasi: iqtisodiy rayonlashtirish, hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish sikllari mashhur olim, geografiya fanlari doktori, professor Nikolay Nikolaevich Kolosovskiyga taalluqli. Shuningdek, u transport geografiyasi bo‘yicha ham katta tadqiqotlar olib borgan. N.N.Kolosovskiy qator shogirdlar tayyorlagan. Ular jumlasiga I.M.Maergoyz, S.N.Ledovskix, V.F.Pavlenko, I.I.Belousov, T.M.Kalashnikova, M.K.Bandman, A.T.Xrushev, N.N.Kazanskiy va boshqalar kiradi. Hatto sobiq Ittifoqda ilk bor mintaqaviy iqtisodiyot to‘g‘risida monografiya yozgan N.N.Nekrasov ham N.N.Kolosovskiy ilmiy rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodiyotini bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish sharoitida ishlab chiqarishni majmualar shaklida hududiy tashkil etish, ularning ijtimoiy va ekologik jihatlariga ham e’tibor berish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Tayan tushunchalar: mintqaviy iqtisidiyot, iqtisodiy geografiya, HIChM, energiya ishlab chiqarish sikllari Savol va topshiriqlar Mintaqaviy iqtisodiyot fanining ob’ekti va predmetini ta’riflab bering. Mintaqaviy iqtisodiyotning tarmoq iqtisodiyoti hamda iqtisodiy geografiya fanlari bilan munosabati qanday? Tizim-tarkib metodining mintaqaviy iqtisodyotda qo‘llanilishini misollar yordamida tushuntiring. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining ustuvor yo‘nalishlari qaysilar? Hududiy ishlab chiqarish majmualari nima va uning asoschisi kim? Nima sababdan hududiy ishlab chiqarish majmualari iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi? Hududiy ishlab chiqarish majmualari va energiya ishlab chiqarish sikllari o‘rtasidagi farq nimadan iborat? Nima uchun sobiq Ittifoq davrida hududiy ishlab chiqarish majmualari g‘oyasi yaxshi natijalarni bermadi? Respublikamizda vujudga kelayotgan hududiy ishlab chiqarish majmualarini ta’riflab bering. Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya va ekologiya Ma’ruza mashg‘uloti ta’lim texnologiyasining modeli Talaba soni Biosfera va inson O‘quv vaqti: 80 minut O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Atmosferaning ifloslanishi va uning manbalari. Atmosferaning ifloslanishi muammolari. O‘zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarda Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya va ekologiya xususida tushuncha hosil qilish Pedagogik vazifalar: O‘quv faoliyatining natijalari: YAngi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid Talabalar transportni joylashtirish va transport ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar tugunlari, aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy bo‘yicha tushunchalarni shakllantirish. ijtimoiy majmualar haqida tasavvurga ega bo‘ladilar, asosiy ma’lumotlarni konspektlashtiradilar. O‘quv mashg‘ulotining texnologik kartasi Faoliyat mazmuni O‘qituvchining Talabaning Transportni joylashtirish va transport tugunlari. Aholiga xizmat ko‘rsatish va hududiy ijtimoiy majmualari haqida umumiy tushuncha. Tinglashadi aniqlashtirishadi, savollarga javob beradilar, ma’ruza rejasini yozib oladilar. Konspekt yozishadi, tinglashadi, chizmalar to‘ldiriladi, мavzu bo‘yicha savollar beradilar. Biosfera va inson munosabatlari tavsiflanadi. Atmosferaning ifloslanishi va uning manbalari guruhlanadi. Atmosferaning ifloslanishi muammolari doir savol tashlanadi va talabalar Bilan hamkorlikda ushbu muammolar echimi izlanadi. O‘zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari bo‘yicha talabalar mustaqil qarashlari umumlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish O‘rganilgan mavzu bo‘yicha olgan ma’lumotlarni umumlashtiriladi. Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya va ekologiya. Reja Biosfera va inson Atmosferaning ifloslanishi va uning manbalari. Atmosferaning ifloslanishi muammolari. O‘zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari Kundan- kunga soni oshib borayotgan aqolining qayoti biosferada mavjud tabiiy resurslarga bevosita boqliqdir. Tabiiy resurs deganda insonning qayoti, xo‘jalik faoliyati uchun kerak bo‘lgan barcha tabiiy jismlar, qodisalar, jarayonlar tushuniladi. Xilma-xil tabiiy resurslar jamiyat mavjudligining asosiy manbalari qisoblanadi. «Yer» deb nomlangan kosmik kemada barcha zarur sharoitlar va fazogirlar uchun qamma kerakli maqsulotlar muqayyodir. «Eru osmon narsalari shunday rejali tuzilganki, agar biz uni tayyorlasaydik, xoq o‘zimiz uchun va xoq o‘zgalar uchun, bu narsalarning qammasini tushunish u yoqda tursin, loaqal xayol qam qila olmas edik.. Tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan guruqlarga ajratiladi. Tugaydigan va tiklanmaydigan resurslarga qazilma boyliklar kiradi. O‘simlik va qayvonlar, tuproq, suv va ayrim mineral resurslar tugaydigan, tiklanadigan resurslar qisoblanadi. quyosh radiatsiyasi, Dunyo okeani suvlari va atmosfera havosi tugamaydigan resurslardir. Lekin okean suvlari va atmosfera havosi sifat jiqatidan «tugaydigan» xususiyatga ega. Ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida biosferada amalga oshayotgan jarayonlar uning yangi sifat qolati-noosferaga o‘tishini taqazo qiladi. Noosfera deganda inson meqnati va ilmiy faoliyati ta’sirida o‘zgargan va uning yashashi uchun optimal bo‘lgan biosfera sharoitlari tushuniladi. XX asrning ikkinchi yarmida insonning biosferadagi jarayonlarga ta’siri umumsayyoraviy miqyosga etdi va uning barqaror muvozanat qolatiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Yer yuzidagi mavjud ekosistemalarning 63%dan ortiqi o‘zlashtirildi, o‘zgartirildi yoki buzildi. Sayyoramizda 37% tabiiy qolida saqlangan ekosistemalar mavjud va aynan shular biosferadagi barqaror muvozanat qolatini ta’minlab turibdi. Bunda ekosistemadagi o‘simlik va qayvon turlari yiqindisi-biota biosferada qal qiluvchi, tartibga soluvchi rol o‘ynaydi. Ekosistemadagi tirik organizmlar o‘zaro oziq zanjiri, modda va energiya almashinuv orqali uzviy boqlangan va undagi barqaror muvozanat qolati-gomeostazni belgilaydi. Tabiatdagi o‘zgarish yoki salbiy ta’sir natijasida biror organizm nobud bo‘lsa, boshqa shunga yaqin organizm uning o‘rnini darqol egallaydi va muvozanatni saqlab turadi. Bu jarayon ichki barqaror muvozanat qonuni ta’sirini aks ettiradi. Unga muvofiq modda, energiya, axborot va aloqida tabiat tizimlari va biosferaning sifati o‘zaro boqliq va bu ko‘rsatkichlaridan birining qoqlagan o‘zgarishi boshqa barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga olib keladi. Le-Shatele-Braun printsipiga muvofiq, ekosistemadagi o‘zgarishlar uni barqarorligini saqlab qolishni ta’minlaydigan yo‘nalishda amalga oshadi va turqunligini buzadigan ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatadi. Ekosistemada organizmlar qanchalik rang-barang bo‘lsa, oziq to‘rlari keng va turlarning ekologik o‘rnini bosish imkoniyatlari qanchalik keng bo‘lsa u shunchalik turqun, barqaror bo‘ladi. Insoniyat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar qech qachon biosferaning o‘z-o‘zini tiklash qobiliyati o‘rnini bosolmaydi. Faqatgina tabiiy qolida saqlanib qolgan biota biosferaning barqaror muvozanatini tiklab turishi mumkin. Insoniyatning bosh vazifasi atrof-muqit ifloslanishlarining oldini olishgina emas, balki tabiiy biotani saqlab qolish bo‘lishi kerak. Buning uchun tabiiy biota va ochiq okean biotasini o‘zlashtirishni to‘xtatish, shuningdek, o‘zlashtirilgan quruqlikdagi tabiiy biotani tiklash lozimdir. Tabiiy muqit qolatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Inson xo‘jalik faoliyatining tabiat qonunlariga mos kelmasligi, biosferaning insonga aks ta’siri ekologik muammolar kelib chiqishining asosiy sababchisi qisoblanadi. Maqalliy, milliy, regional va global miqyosdagi ekoogik muammolarni ajratish mumkin. Tabiiy resurslardan noto‘qri foydalanish, atrof muqitning ifloslanishi, ekosistemalarga me’yoridan ortiqcha bosim oqibatida ekologik muammolarning keskinlashuvi, maqalliy, milliy, regional va global ekologik xalokatga olib kelishi muqarrardir. Ekologik xalokat deganda ekosistemalarning qayta tiklanmaydigan darajada buzilishi natijasida o‘ta salbiy iqtisodiy oqibatlarga yoki aqolining ommaviy nobud bo‘lishiga olib keladigan vaziyat tushuniladi. Mo‘ynoq tumanida maqalliy ekologik falokat, bir necha davlatlar qududini egallaydigan Chernobil AES falokati, Orolbo‘yi muammosi regional ekologik xalokatga yaqqol misol bo‘ladi. Atmosferada «Ozon tuynuklari»ning qosil bo‘lishi, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llashish, biologik xilma-xillikning kamayishi va boshqalar global ekologik muammolar qisoblanadi. Inson qayoti uni o‘rab turgan atrof muqit bilan chambarchas boqliq. Bizni o‘rab turgan tabiatni chindan qam ona desa bo‘ladi. Chunki u butun borliqni qayotbaxsh nafasi bilan ta’minlab turadi, to‘ydiradi, kiyintiradi. Ana shunday tabiatning ozor topishi u bilan bevosita boqliq odamzot va jonivorlarni zo‘r taxlikaga solib qo‘yishi mumkin. Sanoat korxonalari chiqindilarining havoga chiqarib tashlanishidan qosil bo‘ladigan kislotali yomqirlar o‘simliklarga va tirik organizmlarga katta zarar keltirmoqda. Atrof muqitning ifloslanishi maqalliy, regional tusda bo‘libgina qolmay, balki global ko‘lam qam kasb etmoqda. Dunyo okeanining ifloslanishi o‘z navbatida, uning atmosfera havosi bilan gaz almashinuviga ta’sir etadi. «Issiqxona gazlari» -karbonat angidrid(SO, metan(SN, azot chala oksidi(N2O) va boshqalarning ko‘plab chiqarilishi iqlim o‘zgarishiga olib keladi. Inson so‘nggi 100-150 yil davomida biosferani shunchalar o‘zgartirib yubordiki, natijada uning million yillar davomida tarkib topgan barqaror muvozanatiga raqna solindi, noyob nabotot va jonivorlar turlari kamayib ketdi. Insonning tabiatga turli yo‘llar bilan ta’sir qilishi, faoliyati tufayli bo‘ladigan tabiiy o‘zgarishlarga antropogen ta’sir deyiladi. hozirgi energetikaning shiddat bilan o‘sishi natijasida butun yer kurrasi atrofidagi havo qarorati ma’lum darajada ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa abadiy muzliklarni eriy boshlashiga olib kelishi mumkin. Atrof-muqitning, jumladan atmosfer havosi, suv, tuproqlarning ko‘pdan-ko‘p sanoat korxonalari, avtotransport vositalari, turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aqoli salomatligiga katta zarar keltirmoqda. Yer yuzida shaqarlarning o‘sishi va rivojlanishi, aqolisi salmoqining ortishiurbanizatsiya jarayoni atrof-muqit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Shaqarlar aqolisi salmoqi dunyo bo‘yicha 40% dan ortiqni tashkil qiladi va qissasi katta tezlikda ortmoqda. Germaniyada aqolining 90%, AqShda 80%, Yaponiyada 76%,idan ortiqi shaqarlarda yashaydi. Millioner-shaqarlarning soni tobora ortib bormoqda. 1- rasm. «Issiqxona effekti». Shaqarlarni qarakatdagi vulqonlarga o‘xshatsa bo‘ladi. Shaqarlardagi sanoat korxonalari, transport vositalari, maishiy tashlandilar havoni, suv va tuproqlarni kuchli ifloslaydi. hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qam inson qadami etmagan birorta joy qolmagan. qaerga bormang, u erda qayot qaynayotganini, odamlar maqalliy tabiat ne’matlaridan baqramand bo‘layotganini ko‘rasiz. Tabiat boyliklaridan rejasiz, isrofgarchilik bilan foydalanish, uning eqsonlarini suiste’mol qilish, qudratli texnikaning turmushga kirib kelishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, o‘z navbatida atrof-muqitga zarar keltirmoqda. Atmosfera yer sharining havo qobiqi bo‘lib, biosferada qayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan qimoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. 2-rasm. chiqarilishi. Vulkan otilishida gaz-chang Atmosferada uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo‘lib, so‘nggi yillarda inson ta’sirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o‘zgarishi kuzatilmoqda. 1-Yer yuzasining isishi; 2-qaytarilgan issiqlik ; 3-issiqlik nurlanishining ushlab qolinishi . Atmosferadagi azot va kislorodning miqdori juda katta bo‘lishiga qaramasdan salbiy ta’sir tobora kuchayib bormoqda. Kislorodning asosiy manbai bo‘lgan o‘rmonlarning maydoni tezlik bilan qisqarmoqda, okeanning neft maxsulotlari bilan ifloslanishi fitoplankton (suv yuzasida suzib yuradigan mikroskopik o‘simliklar) faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. qazilma yoqilqilardan foydalanish jarayonida o‘nlab milliard tonna kislorod sarf bo‘lmoqda. Bu jarayonlar kelajakda kislorod balansining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod qo‘shoksidi(SO2 ) ortgan. SO2 zaxarli emas, o‘simliklar uchun ozuqa qisoblanadi. SO2 qisqa to‘lqinli quyosh nurlarini o‘tkazadi, lekin erdan qaytarilgan uzun to‘lqinli issiqlik nurlanishini ushlab qoladi. Natijada «issiqxona effekti» vujudga keladi. Yer tarixida iqlim o‘zgarib turgan, bir necha marotaba muz bosish davrlari kuzatilgan. Ayrim davrlarda sayyorada vulkanik faoliyatning kuchayishi natijasida iqlimning sovib ketganligi qayd qilinadi. Bunda atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqarilgan tutun, gaz-changlar quyosh nurlarini qaytarib yuboradi va qarorat pasayib ketadi. Atmosferaning antropogen ifloslanishining kuchayishi oqibatida qarorat pasayib ketishi qam qech gap emas. Bu masalalar oxirigacha, chuqur o‘rganilmagan. Lekin so‘nggi yillarda ob’ektiv ma’lumotlar global qaroratning ortishi va iqlimning isish tomonga o‘zgarayotganligini ko‘rsatmoqda. Inson faoliyati natijasida tobora ko‘plab chiqarilayotgan SO2 gazini o‘simlik va okeandagi fitoplankton yutib ulgura olmayapti. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruqi(IO‘XEG) fikricha, agar aqvol shunday davom etadigan bo‘lsa yaqin 50 yil ichida qarorat 2-40 S ga ortishi mumkin. Bu muzliklarning erishi va quruqlikni suv bosishi, ob-havo sharoitlarining keskin o‘zgarishlariga olib kelishi bashorat qilinadi. 3-rasm. Neft konlarida yonadigan gaz mash’alalari Jahon qamjamiyati iqlim o‘zgarishining ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini tushungan qolda uning oldini olish uchun ilmiy tadqiqotlar, turli tadbirlarni amalga oshirmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Iqlim o‘zgarishi to‘qrisidagi Konventsiyasi 1992-yili Rio-De-Janeyrodagi atrof-muqit va rivojlanish bo‘yicha Umumjahon Konferentsiyasida 155 davlat tomonidan imzolangan. Ushbu nufuzli xalqaro shartnomaning yakuniy maqsadi atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorini iqlim tizimiga xavfli antropogen aralashuvining oldini oladigan darajada barqarorlashtirish qisoblanadi. Bunday darajaga ekosistemalarning iqlim o‘zgarishiga tabiiy moslashishi uchun etarli bo‘lgan, oziqovqatni ishlab chiqarish va mamlakatlarning barqaror asosda keyingi iqtisodiy rivojlanishini qavf ostiga qo‘ymaslikka imkon yaratadigan muddatlarda erishish zarurdir. 1997-yil 10 dekabrda imzolangan Kioto Bayonnomasiga muvofiq aloqida davlatlar o‘z zimmalariga issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirish majburiyatini olganlar va zarur tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Bunda issiqxona gazalarini chiqarishni 1990-yil darajasida qisqartirish ko‘zda tutiladi. 4-rasm. ifloslanishi Atmosferaning Atmosferaning ifloslanishi deganda uning tarkibi va qossalarining inson salomatligi, qayvonlar, o‘simliklar va ekosistemalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to‘zonlar, o‘rmon, dashtlardagi yonqinlar, o‘simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Bunday noma’lum birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan inson soqliqiga ta’siri aniq baqolangan emas. Atmosferaning kimyoviy, fizik, akustik (shovqin), issiqlik, elektromagnit ifloslanishi yirik shaqarlar va sanoat rayonlarida yuqori darajaga etgan. Atmosferaning eng xavfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Radioaktiv ifloslanishning asosiy manbalari yadro qurolining sinovlari, atom eektrostantsiyalaridagi falokatlar qisoblanadi. Radioaktiv ifloslanish rak va boshqa kasalliklarning ortishiga olib keladi. Atmosfera ifloslanishini me’yorlash uchun sanoat va transportda chiqindi chiqar havoning kuchli ifloslanishi inson soqliqiga, barcha jonzotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shaqarlar va sanoat rayonlarida kishilar o‘rtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o‘pka raki kasalliklarining ko‘payishi kuzatiladi. Ko‘z kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. Shaqar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kantserogen moddalar bo‘lib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali ta’siri natijasida rak kasalliklari kelib chiqadi. Avtotransportning chiqindi gazlaridagi qo‘rqoshin birikmalari qam inson soqliqi uchun ayniqsa qavfli qisoblanadi. 2-jadval Yer atmosferasiga barcha texnogen manbalardan chiqariladigan zararli birikmalar(XX asrning 90-yillari,( Birikmalar Qattiq zarrachalar va sanoat changi Uglerod oksidlari Uchuvchan uglevodorodlar va boshqa organika Oltingugurt oksidlari Azot oksidlari Fosfor birikmalari Serovodorod Ammiak Xlor Ftorli vodorod Mln.tFyil Atmosferadagi turli zaqarli gazlar o‘simlik va qayvonlarga qam zarar etkazadi. Oltingugurt gazi, ftorli vodorod, ozon, qo‘rqoshin, xlor va boshqalar o‘simliklarga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning nobud bo‘lishi, qosilning kamayishi, fotosintez intensivligining o‘zgarishi kuzatiladi. havoning kuchli ifloslanishi ba’zi uy qayvonlarining nobud bo‘lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi inson, tirik jonzotlarning qayoti uchun zararli moddalarning yuqori kontsentratsiyasi chegarasi-PDK ajratiladi. Bunda ifloslantiruvchi moddalarning inson, o‘simlik va qayvonlarga bevosita yoki bilvosita zararli tasir ko‘rsatmaydigan miqdori ko‘zda tutiladi. Zararli birikmalarning odamning meqnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi qam nazarda tutiladi. havo ifloslanishining muntazam PDK dan yuqori bo‘lishi aqolining kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aqoli yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri PDK ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilanadi. Atmosferaning ifloslanishi indeksi-IZA kompleks ko‘rsatkichi qam qo‘llaniladi. Turli moddalarning ta’sir darajasiga qarab xilma-xil PDK ko‘rsatkichlari belgilangan. PDK ko‘rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. O‘zbekistonda PDK ko‘rsatkichlari maqalliy sharoitlarni qisobga olib, xalqaro me’yorlar asosida yangidan tasdiqlanmoqda. havodagi zararli moddalarning yuqori kontsentratsiya chegarasi-PDK ta’siri insonning zararlangan muqitda bo‘lishi davomiyligiga boqliq. Ish miqdorlari chegaralab qo‘yiladi va PDV ko‘rsatkichlari belgilanadi. qar bir turqun manbalar uchun aloqida PDV me’yorlari tasdiqlanadi. Ushbu me’yorga amal qilish aqoli turar joylarida havo ifloslanishining PDK darajasida bo‘lishini ta’minlaydi. Ozon muammosi. Atmosferaning 20-30 km oraliqida joylashgan o‘ziga xos qimoya qobiqi-ozon (O qatlamining siyraklashuvi qam dolzarb ekologik muammolardan qisoblanadi. Yer yuzida dastlab 1970-yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50% ga kamayishi qayd qilindi. Ko‘pchilik mutaqassislar ozonning kamayishi texnogen yo‘l bilan kelib chiqqan deb qisoblaydilar. Atmosferada ozon miqdorining o‘zgarishi tabiiy jarayonlar, jumladan, quyosh faolligining o‘zgarishi, boshqa omillar ta’sirida qam o‘zargan bo‘lishi qam mumkin. Lekin, sabablaridan qat’iy nazar ushbu muammoni ijobiy qal qilish yo‘llarini izlash, choralar ko‘rish lozimdir. Yer yuzi qutblarida, ayrim qududlar va yirik shaqarlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Ozonning siyraklashuvi natijasida teri raki kasalligi ko‘payadi, ko‘z kasalliklari ortadi, qayvonlarga, o‘simliklarning fotosintetik faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarning oldini olish uchun milliy, regional va umumjahon miqyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ozon muammosini qal qilishga qaratilgan Vena Konventsiyasi va mamlakatlarning ozon parchalovchi birikmalarni chiqarishini kamaytirish majburiyatlarini olish bo‘yicha Monreal bayonnomalari qabul qilingan. «Kislotali yomqir»lar ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib qolgan. qar qanday qazilma yoqilqi yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingurgut va azot qo‘shoksidlari bo‘ladi. Antarktida ustidagi «Ozon tuynugi» AqSh, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomqirlar ta’sirida katta maydondagi o‘rmonlar qurishi kuzatilgan. Bunday yomqirlar qosildorlikni pasaytiradi, suv havzalarini nordonligini oshirib yuboradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson soqliqiga zarar etkazadi. Kislotali yomqirlarning uzoq masofaga ko‘chishi natijasida turli davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun maqalliy, regional va xalqaro miqyosda tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning qosil bo‘lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muqim aqamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko‘rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Battan aytganidek: «Yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks qolda tutun yer yuzidagi insonlarni kamaytiradi». Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqbatlarga olib keladi. Insonlar soqliqining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o‘cimlik va qayvonlarning nobud bo‘lishi va boshqa qodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o‘z o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin yirik sanoat rayonlari, shaqarlarda atmosferaning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo‘lgan vazifadir. havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo‘llari mavjud. Chang, gaz tozalovchi qurilmalar o‘rnatish, ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish, ayniqsa kam chiqitli, chiqindisiz texnologiyaga o‘tish ushbu muammoni qal qilishning eng istiqbolli yo‘llaridan qisoblanadi. Zararli korxonalar shaqar chekkasiga chiqariladi, sanitar-ximoya zonalari tashkil qilinadi. Zararli ta’siri darajasiga ko‘ra korxonalar besh sinfga bo‘linadi. Birinchi sinf korxonalari uchun sanitar-ximoya zonasining kengligi 1000 m, ikkinchisi-500 m, uchinchisi300 m, to‘rtinchisi-100 m, va beshinchisi-50 m qilib belgilanadi va ko‘kalamzorlashtiriladi. Sanitar-ximoya zonasida turar joylar, maktablar, sport maydonchalarining bo‘lishi mumkin emas. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning qissasi oshib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 600 mln.dan ortiq avtomobil qar kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan qisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi asosiy ekologik muammolardan biri qisoblanadi. Shaqarlarning asosan toq oldi va toq oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanish darajasining nisbatan yuqori bo‘lishiga olib kelgan. O‘zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aqoli, sanoat va transport yuqori darajada to‘plangan Toshkent va Farqona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi aqolining salomatligi, o‘simliklarning qolati va qosildorligi, binolar, metall konstruktsiyalar, tarixiy obidalar va boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi va so‘nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining nisbatan kamayishi kuzatiladi. Ifloslovchi birikmalarning yalpi chiqarilishida qarakatlanadigan manbalarning qissasi ortiqdir(6-jadval ). Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish xajmining tushib ketishi bilan qam bevosita boqliqdir. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori aqoli jon boshiga 1991-yili 183,7 kg dan, 2001-yili 90,1 kg gacha kamaygan. Atmosferani ifloslaydigan zararli birikmalarning 51% dan ortiqi uglerod oksidi (is gazi-SO)ga, oltingugurt qo‘shoksidiga-16%, uglevodorodlarga-17,9%, azot oksidlariga-8,9%, qattiq birikmalarga-6%, va boshqa zararli chiqindilarga-0,2% to‘qri keladi(2001 yil). Asosiylari- oltingugurt qo‘shoksidi, uglevodorodlar va qattiq birikmalar qisoblanadi. Uchuvchan organik birikmalarni kamaytirish aqamiyatga ega. Atmosferaga chiqariladigan birikmalarning 90% ga yaqini asosiy ekologik «iflos» ishlab chiqarish joylashgan Toshkent, qashqadaryo, Farqona, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarining korxonalari qissasiga to‘qri keladi. Atmosferani ifloslashda energetika (34,1%), neft-gaz sanoati (31,9%), metallurgiya (16,5%), qurilish industriyasi (3,8%), kommunal xizmat (3,6%) va kimyo sanoati (2,6%) korxonalarining ulushlari(2001 yil) kattadir. Boshqa korxonalarning qissasi 7,4%dan oshmaydi. Respublikadagi asosiy sanoat tarmoqlarida zararli birikmalarni ushlab qolish va zararsizlantirish talab darajasida emas. Korxonalarda chang-gaz tozalash qurilmalari bilan ta’minlanganlik 85% ni tashkil qiladi va ularning ishi samaradorligi 70,86% bo‘lib, qurilmalarning 77% eskirgan va yaxshi ishlamaydi. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani qollarida to‘lov va jarimalar belgilangan. Sanoatda atmosferaning ifloslanishini kamaytirish uchun:  yangi tozalash qurilmalarini ishga tushirish va samaradorligini oshirish; kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish; zararli korxonalarni chetga chiqarish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish zarurdir. Avtotransport kompleksi havoni ifloslovchi asosiy manba qisoblanadi va atmosfera ifloslanishining 70% ga yaqinini tashkil qiladi. Asosiy ifloslovchi birikmalari is gazi, azot oksidlari, uglevodorodlar, benz(a)piren, aldegidlar va qo‘rqoshin qisoblanadi. Transport bevosita qayot muqitini ifloslaydi, insonlar organizmida qo‘rqoshin va boshqa zaxarli va kantserogen birikmalarning to‘planishiga sabab bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farqona shaqarlarida havo ifloslanishining 80% dan ortiqi avtotransport qissasiga to‘qri keladi. O‘zbekistonning boshqa yirik shaqarlarida qam havo ifloslanishida transportning qissasi ortib bormoqda. Bunga sabab etil qo‘shilgan benzin va tarkibida oltingugurt ko‘p bo‘lgan dizel yoqilqisi(solyarka)dan foydalanish qisoblanadi. Davlat sektoridagi avtomobillarning 50% va xususiy sektordagi avtomobillarning 40% dan ortiqi 10 yildan ortiq foydalaniladi va atmosferani kuchli ifloslaydi. Transportda ekologik nazorat talabga to‘la javob bermaydi. Gaz yoqilqisidan foydalanadigan avtomobillar soni 7% dan ortiqni tashkil qiladi. 400 mingdan ortiq qishloq xo‘jalik texnikasida, temir yo‘l transporti va havo transportida atmosfera ifloslanishi nazorati yo‘lga qo‘yilmagan. Bir qator zararli birikmalar bo‘yicha ko‘rsatkichlari PDK dan yuqori bo‘lgan shaqarlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud. Ayrim vaqtlarda Olmaliq-Oxangaron sanoat rayonining ta’sirida Chotqol qo‘riqxonasi qududida «kislotali yomqir»lar qayd qilinadi. O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish uchun transportda: Benzin tarkibidagi qo‘rqoshinga nisbatan standart talablarini kuchaytirish, etil qo‘shilgan benzindan asta-sekin butunlay voz kechishni ta’minlash; Siqilgan gaz va dizel yoqilqisidan ko‘proq foydalanish; Transport qarakatini optimallashtirish; Transport parkini sekin-asta yangilash; Elektr transporti, metroni rivojlantirish; Yashil-ximoya zonalarini tashkil qilish va boshqalarni amalga oshirish zarurdir. O‘zbekistonda atrof-muqit qolatini o‘rganish, baqolash va bashorat qilish tizimi-monitoring amalga oshiriladi. Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringi turqun postlar va ko‘chma labaratoriyalar yordamida o‘tkaziladi. Ichki Ishlar Vazirligi avtotransportda ekologik nazorat xizmatini amalga oshiradi. Atrof-muqit ifloslanishining oldini olish uchun korxonalarni qurishdan oldin, loyiqa bosqichida va korxonalarda yangi qurilmalar ishga tushirilganda ekologik ekspertizadan o‘tkaziladi. Davlat va jamoat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi mumkin. Ekologik ekspertiza inson salomatligini saqlash, ekologik qavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda 2000-yili «Ekologik ekspertiza to‘qrisida» qonuni qabul qilingan. Mamlakatimiz qududi Rossiya, Tojikiston, qozoqiston va boshqa qo‘shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan chegaralararo qam ifloslanadi. Surxondaryo viloyatida Tojikiston alyuminiy zavodining ta’sirida havoning ftorli birikmalar, oltingugurt qo‘shoksidi, azotli birikmalar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Har yili Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilayotgan 15-75 mln. tonna chang va tuzlar qam juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda ozon qatlamini qimoya qilish bo‘yicha maxsus milliy dastur ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Vena Konventsiyasi va Monreal bayonnomasi tomonlari qisoblanadi. Ozon parchalovchi birikmalardan foydalanish 1996-yilga nisbatan 80%ga kamaygan, zararsiz birikmalargi o‘tish amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston qududida qam iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuzatilmoqda. Global isish bunday keyin qam ekstremal ob-havo qodisalari, ya’ni, qurqoqchiliklar va yozning yuqori qaroratli davrlari sonining ortishiga, suv resurslarining vujudga kelish rejimida o‘zgarishga imkon tuqdiradi va bu mamlakatda qo‘shimcha salbiy oqibatlarga olib kelish mumkin. Haroratning ortishi natijasida quruq subtropik va mo‘tadil iqlim mintaqalari o‘rtasidagi chegara 150-200 km shimolga, balandlik iqlim zonalari 150-200 m yuqoriga suriladi. Sovuqsiz kunlar 8-15 kunga ortadi. SO2 miqdorining ortishi ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi va maqsuldorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qosildorlik ortishi mumkin. Ammo iqlimning o‘zgarishi tufayli yuqori qaroratli kunlarning ortishi va namlik etishmasligi sharoitlarida qosilni yo‘qotish sabzovot ekinlarida 10-50%, paxtada 9-15%, sholida 1020%, poliz ekinlarida 1030%ni tashkil qilishi mumkin. 8-rasm. Jahon va O‘zbekistonda uglerod chiqarilishining o‘zgarishi. Iqlimning kutilayotgan o‘zgarishi Orol va Orolbo‘yida qo‘shimcha salbiy oqibatlar: bug‘lanishning ortishi, tuz ko‘chishining faollashuvi, sizot suv zaxiralarining kamayishi, namli landshaftlarning qisqarishi, oqmas ko‘llar minerallashuvining ortishi, suv havzalari botqoqlashuvining tezlashishiga olib keladi. Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayishi kutilmoqda. Bu Orol tangligining yanada kuchayishiga ishora qiladi. Iqlim o‘zgarishi muammosini qal qilish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini tan olib, O‘zbekiston, o‘z ustiga jahon qamjamiyati oldida ma’lum majburiyatlarni olib, 1993 yili BMT ning iqlim o‘zgarishi Konventsiyasiga qo‘shildi. 1998 yilning noyabrida O‘zbekiston Kioto bayonnomasini imzoladi va u 1999 yilning 20 avgustida ratifikatsiya qilindi. Ushbu yo‘nalishda respublikada ilmiy-tadqiqotlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda atmosfera havosini muqofaza qilish ustuvor masalalardan qisoblanadi. Sanoat korxonalarini ekologiyalash-tirish muqim aqamiyat kasb etadi. havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish-monitoring tizimini takomillashtirish talab etiladi. O‘zbekistonda «Atmosferani muqofaza qilish to‘qrisida» maqsus qonun (1996-yil, dekabr) qabul qilingan. qonunga muvofiq atmosferaga salbiy ta’siri uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun to‘lovlar belgilangan va boshqa majburiyatlar yuklangan. Belgilangan me’yordan ortiq ifloslovchi birikmalarni chiqarish uchun qam to‘lovlar belgilangan. Tayanch tushuncha: ekologiya, atrof-muhit, antropogen ta’sir, ifloslanish, issihxona samarasi, bedlend, atrof-muhit muhofazasi. Nazorat savollari va topshiriqlar Atmosfera gaz balansining o‘zgarishi va uning oqibatlari. Atmosferani ifloslovchi asosiy manbalar va birikmalarni ajrating. Havo ifloslanishining zararli oqibatlarini misollar yordamida tushuntiring. «Ozon tuynuk»lari, «kislotali yomg‘ir»lar, smogning hosil bo‘lish sabablari va oqibatlarini tushuntirib bering Atmosfera ifloslanishining oldini olish va kamaytirish uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladiq O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bering. Iqlimning o‘zgarishi va uning kutilayotgan oqibatlari. Amaliy mashg‘ulot ishlanmalari 1 amaliy mashg‘ulot Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ob’ekti va predmeti, asosiy tamoyillari O‘quv vaqti: 80 minut Talaba soni O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Berilgan topshiriq bo‘yicha yozma Amaliy mashg‘ulot rejasi material tayyorlab kelish. Suhbat-diskussiya usulida fanning asosiy tamoyillari bo‘yicha bilimini namoyish etish O‘quv mashg‘ulotining maqsadi : Talabalarning Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ob’ekti va predmeti, asosiy tamoyillari xususida olgan ma’lumotlarini to‘ldirish va bilimlarini baholash. Pedagogik vazifalar: Talabalar tomonidan O‘quv faoliyatining natijalari: o‘zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish va Talabalarni mavzu bo‘yicha bilimlarini baholash ko‘rsatadilar. Axborotlarni reja asosida ochib beradilar Ta’lim usullari: Har bir guruh faoliyati tavsiflanada va guruhning har bir ishtirokchisi qanday baholanganligi aytiladi Talabaning Talabga muvofiq guruhlarga bo‘linadilar va topshirig‘larni qabul qilib oladilar Har bir guruh o‘z topshirig‘i ustida ishlaydi, markerlar yordamida klaster, sxema yoki jadvalini chizib to‘ldirib boradi. Guruhlardan 2ta (va bundan ortiq) ishtirokchi topshiriq bo‘yicha chiqish qiladilar Har bir talaba o‘z faoliyati bahosini eshitadi va e’tirozi bo‘lsa aytadi. Mashg‘ulot yuzasidan mulohazalari bo‘lsa bildirishi mumkin. 2 amaliy mashg‘ulot Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanish bosqichlari O‘quv vaqti: 80 minut Talaba soni Rivojlanish bosqichlari tahlil etiladi. O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi Jadval illyustratsiya ixtiyoriy tartibda Amaliy mashg‘ulot rejasi to‘ldiriladi. Mashhur olimlar haqida ma’lumot to‘planadi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarning Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanish bosqichlari xususida olgan ma’lumotlarini to‘ldirish va bilimlarini baholash. Pedagogik vazifalar: Talabalar tomonidan O‘quv faoliyatining natijalari: Talabalarni o‘zlashtirilgan bilimlarni chuqurlashtirish va mavzu bo‘yicha bilimlarini ko‘rsatadilar. baholash Axborotlarni reja asosida ochib beradilar Ta’lim usullari: Har bir guruh faoliyati tavsiflanada va guruhning har bir ishtirokchisi qanday baholanganligi aytiladi Talabaning Talabga muvofiq guruhlarga bo‘linadilar va topshirig‘larni qabul qilib oladilar Har bir guruh o‘z topshirig‘i ustida ishlaydi, markerlar yordamida klaster, sxema yoki jadvalini chizib to‘ldirib boradi. Guruhlardan 2ta (va bundan ortiq) ishtirokchi topshiriq bo‘yicha chiqish qiladilar Har bir talaba o‘z faoliyati bahosini eshitadi va e’tirozi bo‘lsa aytadi. Mashg‘ulot yuzasidan mulohazalari bo‘lsa bildirishi mumkin. Talabalarning Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy yo‘nalishlari xususida olgan ma’lumotlarini to‘ldirish va bilimlarini baholash.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiIblis devori
Muallif(lar)i Tohir Malik 1946
Yaratilgan vaqti17.12.2023
Nashr yili2006
Nashr parametri-
NashriyotiO'zbekiston
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiDramatik
Janriqissa
Voqea vaqti va joyi2006
Matn tipiqahramonlik
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshiUmumiy
Auditoriyaning salohiyat darajasiadabiyotshunoslik
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiKamoliddin