Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Bu qissasini Tog‘ay o‘z tanasidan chiqib ketib, o‘zini ham, atrofidagi jami narsalarni, odamlarni, bahoru kuzlarni, qishu saratonlarni, osmonni to‘ldirgan turnalarni unutib, bir darvesh qiyofasiga kirib, dalli devona bo‘lib yozdi. Undan, shu qissani qanday yozganingni eslay olasanmi, deb so‘raganimda, u jindek iymanib, o‘ngimda emas, tushimda yozgandekman, deb javob bergandi. Tog‘ay Murodning mashhur «Otamdan qolgan dalalar» romanida turkiylar birligi tilga olinadi. Asar qahramoni Dehqonqulning ota-bobolari asli Farg‘ona tomonlardan. Chor hukumati Turkistonni zabt qilganda, Dehqonqulning o‘ta taqvodor bobosi Jamoliddin ketmon surbet, axloqsiz chor zobitlari tomonidan oyoq osti qilinayotgan, ming-ming yillik urf-odatlar, vodiy ahliga xos bo‘lgan pokizalik toptalayotganidan, Simda (Sim Farg‘onaning avvalgi nomi) islovatxona ochilganidan, har qadam qovoqxona (kabak) bo‘lib ketganidan, kofir zobitlar musulmon ayollariga hirs bilan tikilayotganidan dili og‘riydi. Endi u Farg‘onaning pok suvi, rizq-nasiba beradigan toza tuprog‘i harom bo‘ldi, deb bola-chaqalarini olib boshi oqqan tarafga ketadi. Taqdir taqozosi bilan bu darbadar oila cho‘llarda sarson-sargardon bo‘lib Surxonning Denov taraflaridan qo‘nim topadi. Jamoliddin ketmonning o‘g‘li surxoni Aqrab bosmachilarga qo‘shilib, haqoratlar, kamsitishlar uchun bu dunyodan irganib yashagan otasi uchun chor hukumatidan o‘ch olishga ahd qiladi. O‘zbekning boyliklarini tashib ketayotgan, oltinlarini qoplab orqalagan bosqinchilarni ko‘z ochirmay o‘qqa tutaveradi, o‘qqa tutaveradi. Inqilob bo‘lib, endi ko‘ksimizga shamol tegadi, deganlar tillarini tishlab qoldilar. Chorizm boshlagan talonchilikni sho‘ro undan o‘n chandon oshirib davom ettirdi. Buxorodan vagon-vagon oltinlar Maskov tomon keta boshladi. Xonadonlarda ko‘z qorachig‘idek saqlanayotgan noyob buyumlar, ming yillarning nari-berisida yozilgan, fanga, tarixga aloqador qo‘lyozmalar tashib ketildi. Qo‘mondon Frunze bilan Kuybishev Buxoroni ship-shiydam qildi. Budyonniy esa Boysunni taladi... Men qaytib kelaman Tog‘ay Murod qissalarini o‘qir ekanman, har gal yangi bir yozuvchini ko‘rgandek bo‘laman. U kechagi hammani qoyil qoldirgan «Yulduzlar mangu yonadi» yoki «Ot kishnagan oqshom» qissalarini yozgan Tog‘ayga o‘xshamaydi. Hosilni kim olyapti, bu bilan ishi yo‘q. Ish meni baxtli qiladi, deb o‘ylaydi bu sodda o‘zbak. Bolxin momo xonadoni bundan buyon ro‘shnolik ko‘rmasligini biladi. Sho‘roga o‘q uzgan bosmachining nevaralari endi oyoq ostida o‘ksib yashashga mahkum ekanini his etadi. U butun tanini nafrat, alam, iztirob jingirtob qilib tashlagan ojiz-notavon kimsa! Bolxin momo xuddi mana shu qiyofada adabiyotda paydo bo‘ldi. Dehqonqul xotinining o‘ziga o‘t qo‘yganini soxta hujjatlar bilan rasmiylashtirayotgan rayon kattalariga qarshi boradi. «Bu xotin gulxan yonidan o‘tayotganida tasodifan yonib ketgan», degan hujjatni ko‘rib g‘azabga keladi. Endi Dehqonqulning o‘ziga hujum boshlanadi. Qo‘shib yozish kampaniyasida uni ham qamoqqa tiqadilar. Gdlyanchi-ivanovchilar ho‘lni ham, quruqni ham barobar yondirayotgan paytlar edi. Dehqonqul qamoqxonada inson bolasi chidashi qiyin bo‘lgan azoblarga giriftor bo‘ladi. Tergovchilar uning «sodda»ligidan foydalanmoqchi bo‘lib, rayon, oblast, respublika rahbarlariga tuhmat qilishni talab qiladilar. Ko‘pincha Dehqonqulning dalasiga rahbarlar kelib turishar, qilayotgan ishlaridan nihoyatda quvonardilar. Mukofot tariqasida, shu bola ham dunyo ko‘rsin, odam tanisin deb, plenumlarga, qurultoylarga chaqirishardi. Ozmi-ko‘pmi mukofotlarga ham loyiq ko‘rishardi. Men qaytib kelaman Endi tergovchilar unga rahnamo bo‘lgan rahbarlarni ilintirish payiga tushadilar. Falon vazirga qancha pora bergansan, falon sekretarga nima sovg‘a qilgansan, deb javob talab qila boshlaydilar. O‘zi sodda bo‘lgani bilan irodasi kuchli Dehqonqul ularga bo‘yin bermaydi. Oxiri shunday bo‘ladiki, begunoh pokiza inson uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilinib, belgisiz «borsa kelmas» tomonlarga jo‘natib yuboriladi. Dehqonqul oxirgi marta dalalarga qaraydi. Quvonch bilan, bu yil paxta mo‘l bo‘ladi, deb yuboradi. Oyog‘ing ham, rizq-nasibang ham bu dalalardan uzilgan. Endi bu sen «javlon» urgan dalalarni ko‘rish yo‘q. Bolalaringni, dunyodan «to‘ygan» onangni o‘ylasang-chi, deb qichqirging keladi. Hosil ko‘p bo‘lsa, kolxoz badavlat bo‘ladi, odamlar to‘q bo‘ladi... deb ko‘nglidan o‘tkazyapti shekilli... E, sodda o‘zbak, sen qachon badavlat bo‘lasan, qachon bolalaringning qorni to‘yadi, deging keladi. Yo‘q, Dehqonqul bu gaplarga tushunmaydi. Shu dalalarni o‘ziniki, o‘zini shu dalalarniki, deb biladi. Dehqonqul olis yurtlarda halok bo‘lib ketar. Ammo uning ruhi o‘zi sevgan dalalarda shamoldek aylanib yuradi. Tonggi epkinlarda asta silkinayotgan yashil yaproqlarni g‘oyibdan qo‘l cho‘zib silayotgandek bo‘ladi. « Nasim oshna, men Momoqizdan ulug‘ini ko‘rmadim! Har er ko‘ngilning qiz ko‘ngilga aytadigan gaplari bo‘ladi. Ko‘nglida shu gapi bo‘lmagan yigit yigit emasdir. Shu gapni qaysidir yigitdan intizor bo‘lib kutmagan qiz-da qiz emasdir. Dunyoga keldim, deb yurmasinlar! Birov, bu gapni bir so‘z bilan aytadi. Birov, ko‘p so‘z bilan aytadi. Tag‘in birov, aytolmay qoladi... Nasim oshna, men o‘z gapimni Momoqizga aytolmay qoldim. Nasim oshna, Momoqiz haliyam ko‘nglimning tub-tubida yashaydi. Uni birov-da bilmaydi. Hatto Tilovberdining onasi-da bilmaydi... Men Momoqizni uyqularimda ko‘raman, u jilmayib-jilmayib qarab turadi...» Bo‘ri polvon bu gaplarni Nasimga Momoqizning eriga aytyapti. Bo‘ri polvon umr bo‘yi unga yaxshiliklar qildi, o‘z jigaridek ishondi. Yurak sirlarini yashirmadi. Hatto uni Momoqiz bilan o‘rtasida vositachi qilib qo‘ydi. Nasim esa uning hasrat to‘la so‘zlarini ataylab yetkazmasdi. Aksincha, Momoqizga o‘zi muhabbat izhor qilardi. Necha yillardan beri ilhaq bo‘lib, intizor bo‘lib kutgan Bo‘ri polvonning bir og‘izgina dil so‘zini eshitolmay, kuta-kuta ko‘zlari tolgan Momoqiz bo‘zlab-bo‘zlab oxiri Nasimning tuzog‘iga ilindi. Hozir Bo‘ri polvon bu gaplarni tap tortmay, baqrayib turgan Nasimning behayo ko‘zlariga qarab aytyapti. Ko‘nglida hamon Momoqiz muhabbati yashayotganini aytyapti. Bo‘ri polvon yuragida Momoqiz muhabbatining qadam izlari umrbod muhrlanib qolgandi. Tog‘ay Murodning qissasi Surxon polvonlari haqida to‘lib-toshib yozilgan asar bo‘lishi bilan birga u buyuk muhabbat dostoni hamdir. Tog‘ay Murodning xalq oldidagi, adabiyot oldidagi halol xizmatlari uchun u «Xalq yozuvchisi» degan unvon bilan taqdirlandi. Uni Abdulla Qodiriy nomidagi baland darajali mukofot laureati degan unvonga loyiq ko‘rdi. So‘z ustasi, so‘z zargari Tog‘ay Murod cho‘ng chinorlar ildizlaridek chuqur ildiz otib ketgan yer bolasining hech qaytarilmas qiyofasini katta san’at, mahorat bilan chizdi... U ona yurtining kamalakdek yetti rangi aks etgan xonatlas suvratini chizib ketdi. Tog‘ay Surxonning mungli va shu bilan birga sho‘x, jo‘shqin qo‘shiqlarini kuylab o‘tdi. Bu qo‘shiq o‘lmaydi, manguga ketadi. Uncha-muncha yozuvchiniyam, uncha-muncha tanqidchiniyam nazariga ilmas edi. Bu xislat keyinchalik, katta romanlar yozganida emas, yoshlik payti, «Yulduzlar mangu yonadi» nomli birinchi qissasi nashr qilinganidayoq ma’lum bo‘lib qoldi. Lekin, haqiqatan ham, bu qissa chiqqanida adabiyotimizga, shubhasiz, katta bir iste’dod kirib kelganidan dalolat berdi. Asarning tiliyam, uslubiyam o‘ziga xos edi. Yozuvchi yaratgan qahramonlar xarakteriyam nihoyatda original, adabiyotda biz ko‘p o‘qigan kitob qahramonlarining xulq-atvoridan batamom ajralib turardi. O‘sha vaqtgacha adabiyotimizda yaratilgan juda ko‘p asarlardan boshqacha va eng muhimi, yorqinroq, o‘ziga xos tomonlari bo‘rtib ko‘rinib turgan asar edi. Qissada ham va unga qo‘shib chiqarilgan hikoyalarida ham uslubi jihatidan tamomila boshqacha bir adib namoyon bo‘ldi. U bir qarashda qo‘pol, manman, hech kimni nazariga ilmaydigan odamga o‘xshab ketardi. Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, Tog‘ay Murod manman emas, aksincha ko‘ngli nozik, kamchiliklari ham, fazilatlari ham o‘ziga xos bir inson ekan. Gaplashish usullaridan tortib, asarlarigacha alohida bir dunyo ekan. Keyinroq uning yirik asarlari buni yaqqol namoyon etdi. Ayniqsa, «Otamdan qolgan dalalar» romani chiqqanidan keyin u adib sifatida birdan yaraqlab ketdi. Tilga tushdi. Boya aytganimdek, avvalgi hikoya va qissalariyam dovruq qozongan edi, lekin bu romani, aytish kerakki, juda katta iste’dod yaratgan asar sifatida yarqirab ko‘rindi. Men o‘shanda Yozuvchilar soyuzining raisi edim. Masalan, o‘zbek kurashi birinchi marta Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi bilan adabiyotimizga kirib kelgan edi. Afsuski, qissa yaratilgan yetmishinchi yillarda unda qanday katta ijodiy kashfiyot borligini ko‘plarimiz hali anglab yetmagan ekanmiz. Oradan o‘nlab yil o‘tgach, istiqlol davrida o‘zbek kurashi jahon miqyosiga chiqqandan keyin Tog‘ay Murod kelajakni oldindan ko‘rganday katta ijodiy kashfiyot qilganini, uning qissasida yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan o‘zbeklar uzoq tog‘ qishlog‘ida qanday ajoyib polvonlar qiyofasiga kirib, kurash tushishini o‘qiganda siz ham shu polvonlar millatiga mansub bo‘lganingizdan g‘ururlanasiz. Adib «Ot kishnagan oqshom» qissasida ham o‘zbek millatiga xos chavandozlik mahoratini va Ziyodullaning mardona qiyofasini adabiyotimiz uchun yangilik bo‘lgan bir Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) badiiy kashfiyot darajasiga yetkazib tasvirlaydi. «Otamdan qolgan dalalar» romanidagi Jamoliddin va Dehqonqul, «Oydinda yurgan odamlar» qissasida Qoplon va Oymomo to‘g‘risida ham shu fikrlarni aytish mumkin. Mana shu fazilatlar uchun shaxsan men Tog‘ay Murod asarlarini mumtoz kitoblarim orasida saqlayman, ularni har safar qayta o‘qiganda, uning qahramonlaridagi erkakcha tantilikdan va muallif uslubidagi mardona ohanglardan zavq olaman. Afsuski, bugungi ayrim erlar oriyat tuyg‘ularini unutib, xotinlarini chet elga, nomunosib joylarga ishga yuboradilar, hatto «bor, pul topib kel», deb ko‘chaga haydaydilar, o‘zlari esa uyda ayolcha yumushlarni qilib, bola boqib o‘tiradilar. Ayniqsa, mana shunday erlar Tog‘ay Murod asarlarini o‘qisalar, balki erkaklik g‘ururining qadriga yetarmidilar? Tog‘ay Murod hayotligida u bilan yurakdan suhbatlashgan paytlarimiz ko‘p bo‘lgan edi. Endi kitoblarni o‘qisam, u o‘z qalbini asarlariga joylab ketganini sezaman. Shuning uchun ularni o‘qish jarayonida Tog‘ay Murod bilan qalban suhbatlashganday bo‘laman. O‘ylaymanki, uning kitoblari umrboqiy asarlar qatorida kitobxonlar tomonidan ham doim sevib o‘qiladi. dedim hech narsaga tushunolmay hayron bo‘lib. Tog‘ay Murod bir roman yozibdi, o‘qib hayratda qoldim. Xalq hayotini shunday teran berganki Rosti bilan hali biror yozuvchi badiiy adabiyotda zamonaviy hayotimizni bunchalik aks ettirolmagan, dedi Murod. Men Tog‘ay Murodning bu romani dovrug‘ini eshitgan edim-u, biroq hali o‘qishga ulgurmagandim. Murodning qistovi bilan Tog‘ay Murodga qo‘ng‘iroq qildim. Hali o‘zim o‘qimagan romanni kino qilish uchun undan ruxsat so‘radim. Orqavoratdan Tog‘ay Murod bunday takliflarni ko‘p rad etganligini eshitib yurardim. Qiziq bo‘ldi, biz hayotda uchrashmagan bo‘lsak ham tezda til topisha qoldik. Yozuvchi menga asarini kino qilishimga telefonda ruxsat berdi. Biz ekranda mana shu ruhni ko‘rsatib berishimiz kerak edi. San’at turi borki, uning o‘ziga xos talablari bo‘ladi. Xuddi shunday, kinoning ham o‘ziga xos tili, uslubi bor. Rejissyor adabiyot orqasidan ketib qolsa, yaratilgan asar na teatr bo‘ladi, na kino. Stsenariy yozish davomida adabiy asardan ko‘p narsalar chiqib ketadi, boshqalari kiritiladi. Ba’zan yozuvchining birgina iborasi, bitta jumlasidan katta epizod chiqishi mumkin. Rejissyor tasavvurida yaratilgan o‘sha to‘qima muallifning asariga zid kelmasligi kerak. Yozuvchining ruhiyatiga xoinlik qilib bo‘lmaydi. Men qaytib kelaman Romanga astoydil berilib, ishonib ishlasangiz, yozuvchi g‘oyasini o‘zingiznikiday his qilsangiz, ishingiz yengil ko‘chadi, erkin bo‘lasiz. Biz Tog‘ay Murod asarini kino qilib, romanni boyitdikmi yoki ba’zi jihatlarini asardagiday berolmadikmi, bilmadim, lekin, imkon qadar, romanni buzmaslikka harakat qildik. Shunday qilib, asarni ekranlashtirish ishiga kirishib ketdik. Rostini aytsam, kinoni suratga olish ishlari ancha qiyin kechdi. Birinchidan, Tog‘ay Murod o‘z asarini sahnaga, ekranga qo‘yishlariga hamisha ham rozi bo‘lavermasdi. Ikkinchidan, uning ijozatisiz asarini sahnaga olib chiqqan bepisand san’atkorlarning tanobini tortib qo‘yardi. Muqimiy teatrida shunday voqea bo‘lgan, deb eshitganman. Yozuvchi Tog‘ay Murodning ijodiy auditoriyasi ko‘nglimga juda ma’qul keldi. Nasib qilsa, uning so‘nggi romani «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi»ni ham kino qilish niyatim bor. «Otamdan qolgan dalalar» filmi premerasi yaxshi qabul qilindi va keyin ham muvaffaqiyatlar qozondi. Film Buxoroda o‘tkazilgan milliy kino festivalida bosh sovrinni oldi. Keyin biz bu filmni Turkiyaga olib bordik. Istanbulga butun dunyodan mashhur kinorejissyor, aktyor, dramaturglar tashrif buyurgan edi. «Otamdan qolgan dalalar» filmini tomoshabin tik turib, o‘n besh daqiqa olqishladi. Esimda, Buxoroda o‘tkazilgan kino kunlarida havo 20 daraja sovuq edi. Zalda tumonat odam. Men qalin kiyinib olgan bo‘lsam-da, muzlab qolganimdan sovuqda o‘n daqiqa ham o‘tirolmadim. Hattoki kichkina bolalargacha to‘rt soatlik kinoni oxirigacha ko‘rdi, hech kim zaldan chiqib ketmadi. Bunga sabab nima edi? Tomoshabinni qanday joziba to‘rt soatlik kinoni ko‘rishga majbur etdi? Axir «Otamdan qolgan dalalar» filmi Amerika kinolariga o‘xshab detektiv bo‘lmasa yoki Meksika seriallariga o‘xshab bir ilmoq bilan tomoshabinni aldab o‘tirmasa… Yo‘q! Tomoshabinni film oxirigacha o‘tirishga majbur etgan sabab ekranda ayovsiz, haqqoniy hayot kechmoqda edi. Yana bir manzara yodimda, bu voqea ham Buxoroda sodir bo‘lgan edi. Avgust oyi. Jazirama. Yer go‘yoki tandir bo‘lib yonyapti. Zal to‘la odam. Havoni sovitadigan konditsioner ham yo‘q edi. Shunday bo‘lsa-da, bitta ham tomoshabin kinoni tashlab chiqib ketmadi. Hammaning ko‘zida yosh. Menimcha, bu savolga Tog‘ay Murodning «Har bir san’at janri zamirida adabiyot yotishi kerak», degan so‘zlari javob bo‘la oladi. Ha, bu film asosini katta adabiyot, tom ma’nodagi epik asar, san’atkorona bitilgan baquvvat roman ko‘tarib turardi. Men o‘z ijodiy faoliyatim davomida ko‘p yozuvchilar bilan hamkorlik qilganman, asarlarini ekranlashtirganman. Amerika yozuvchilaridan tortib, o‘zbek adabiyotigacha... Said Ahmad, Komil Yashin, Rahmat Fayziy... Mashhur yozuvchimiz Abdulla Qahhor «Mahallada duv-duv gap» filmiga dialoglar yozib bergan. Juda sergap, xushmuomala yozuvchilarni ham ko‘rganmiz, birpasda hamma bilan kirishib ketadigan ijodkorlarni ham uchratganmiz. Bu jihatdan Tog‘ay Murod tamoman boshqacha odam edi. Uni hech kimga o‘xshatib bo‘lmasdi. U hech kimdan hayiqmay, achchiq bo‘lsayam to‘g‘ri gapni ayta olardi. Ko‘ngil olamiga hech kimni kiritmasdi. O‘ylaymanki, buning o‘z sabablari bor edi. Shunday bo‘ladiki, ba’zilar ko‘p gapirib, yuragini hadeb bo‘shataveradi-da, keyin o‘zida hech narsa qolmaydi. Tog‘ay Murod esa butun hayot haqidagi bilimi, uchrashuvu to‘qnashuvlarini yuragidan o‘tkazib, ular bilan asarlarini sug‘oradi. Bor dardlari, hasratlarini bir bora ana shu ko‘ngil filtridan o‘tkazib, qog‘ozga tushiradi. Axir uning asarlarida hassos ijodkor qalbi aks etishi bejiz emas-da. Men Tog‘ay Murodning ketmaket dadil asarlar yaratganligi sirini ana shunda deb bilaman. Tog‘ay Murod dunyoni his qilishi, uni idrok etishi bilan ham hech kimga o‘xshamaydi. U bo‘lakcha! Adib o‘ziga xos fikrlashi, asarlarining tili, favqulodda yorqin obrazlari bilan ajralib turadi. U voqealarga kinoyali nazar tashlaydi. Ham yumori bor, ham jiddiyligi. Ba’zi epizodlarni o‘qib, na yig‘lashingni bilasan, na kulishingni. Masalan, romanda tasvirlangan o‘zbek ayoli hayotini olsak. Yozuvchi hayotning ich-ichiga naqadar kirib ketgan, naqadar haqiqatni ko‘rsata olgan: ezilgan, lekin baxtiyorlik qo‘shig‘ini kuylagan o‘zbek ayollari Dehqonqulning ayoli o‘ziga o‘t qo‘yib yuboradi bu dahshat! Jannatmakon O‘zbekistonda yashab turib, boshiqorong‘i yerik bo‘lganda ikkita olma topib yeya olmaydi! Ajdodlarimiz merosi Buxoroyu Samarqandni butun dunyodan kelib tomosha qilyapti, ziyorat qilyapti. O‘zbek ayolining tasavvurini qarang: «Madrasalar baland-baland emish... Qarayin degichlarni ro‘moli boshidan tushib ketar emish». Bunday hayotiy voqealarni, achchiq haqiqatni ayni damda yana qaysi yozuvchimiz tasvirlayapti, ko‘rsatyapti? Tog‘ay Murodning quvvai hofizasi keng. U yozadigan mavzularini chuqur o‘rganadi, o‘zbekni chin ma’noda taniydi. Tilimizning nozik qirralarini, zaxira lug‘at boyligini yaxshi biladi. U ishlatgan so‘zlarni daf’atan uchratib qolsangiz, tushunmaysiz. Hatto ana shu so‘zlar o‘zbekchami o‘zi, deyishimiz ham mumkin. Bu bizning fojiamiz. Men, Tog‘ay Murod asl o‘zbekcha so‘zlarni yana muomalaga kiritib, tilimizni boyitgan, deb bilaman. U asarlarida qo‘llagan «yangi» so‘zlarda faqatgina yangi ma’no emas, balki yangi, samimiy ohanglar ham bor. «Otamdan qolgan dalalar» romanini ekranlashtirish mobaynida asar ichiga chuqurroq kirib bordim. Keyin Tog‘ay Murodning boshqa asarlarini ham qaytadan o‘qib chiqdim. San’at institutida Tog‘ay Murod qissalaridan ba’zi parchalarni sahnalashtirdik. Bu asarlar talabaning iste’dodi ochilishi, namoyon bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Talabaning nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yishiga imkon tug‘diradi. Chunki Tog‘ay Murod qissalari barmoqdan so‘rib olingan syujet va obrazlar asosiga qurilmagan, uning asarlarida pafos kuchli. Tog‘ay Murod ijodi o‘tkir emotsional ta’siri, o‘t chiqaradigan to‘qnashuvlarga boyligi bilan boshqalardan ajralib turadi. O‘quvchini, tomoshabinni hayajonga soladi, to‘lqinlantiradi, hayot to‘g‘risida mushohada yuritishga chorlaydi. Ular juda kinobop asarlar. Bu davr Tog‘ay Murod asarlarida o‘zining badiiy in’ikosini topdi. Modomiki, xalq o‘lmas ekan, xalq abadiy yashar ekan, xalqni qirib, yo‘qotib bo‘lmas ekan, uning ozodlikka intilishini ham hech kim, hech qachon yo‘q qila olmaydi. Xalqning xo‘rlikka qarshi isyon, hurlikka, saodatga intilish hissini so‘ndirolmaydi. Hech qanday kishanlar, hech qanday o‘q, qamoqlar bu intilishni bo‘g‘a olmaydi. Xalq baribir o‘z maqsadiga erishadi. Yozuvchi xalqning ana shu kuchiga, qudratiga ishonadi. «Otamdan qolgan dalalar» romani qahramonlari Jamoliddin ketmon, Aqrab qo‘rboshi kurashchan odamlar, ular bir umr qadlarini adl tutib o‘tdi, bosh egmadi. Ular bizning tariximiz, ular bizning ajdodlarimiz. Xalqimizning necha avlodi qiyinchilik bilan zulm ostida yashab kelmoqda edi. Baribir shuncha sitamlarga qaramay, yozuvchi Tog‘ay Murod ko‘tarinki ruhda, baralla xalq o‘lmaydi, demoqchi! Tog‘ay Murod bilan o‘zbek adabiyotida bir davr o‘tdi, katta bir tarixiy voqea o‘tdi. Tog‘ay Murod xalqparvar, kurashchan, tinchimaydigan buyuk yozuvchimiz edi. Afsus, endi u oramizda yo‘q. Men yana yuqoridagi fikrga qaytmoqchiman: xalq o‘lmaydi. Modomiki, o‘zbek xalqi, millatimiz o‘lmas ekan, Tog‘ay Murod asarlari ham o‘lmaydi. Demakki, Tog‘ay Murod ham mangu yashaydi. Men qaytib kelaman O‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan, uning rivojida beistisno katta iz qoldirgan iste’dodli yozuvchi Tog‘ay Murod mening xotiramda hamisha o‘qibo‘rganishga chanqoq yosh ijodkor, hayotning ko‘plar e’tibor bermaydigan ichki tomonlarini bilishga, kuzatishga doimiy ravishda harakat qilayotgan navqiron adib, shu orqali adabiyotda o‘z so‘zini aytishga jiddiy kirishgan, o‘z yo‘li, o‘z uslubini tinmay shakllantirayotgan izlanuvchan nosir sifatida qolgan. Chunki mening quyidagi yodnomalarim uning yoshlik davrlari bilan, yozuvchi sifatida shakllanayotgan va shakllangan, adabiyotda qat’iy o‘z o‘rni va uslubini belgilay olgan yillari bilan bog‘liq. Gap shundaki, u o‘tgan asrning 70-yillarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining folklor bo‘limiga tez-tez kelib turar, hatto aytish mumkinki, bo‘limning o‘z xodimiga aylanib qolgan edi. O‘sha yillari institut hozirgi Yahyo G‘ulomov ko‘chasidagi 70-binoning birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, folklor bo‘limida tajribali folklorshunoslar bilan birga Asqar Musoqulov, Ibrohim Haqqulov, Rahim Otaev, Soriya Azizova kabi yosh adibning tengdoshlari ham ishlar edi. Bu holat ehtimol uning folklor bilan ko‘proq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘lgandir. Yanglishmasam, Tog‘ay Murod birinchi marta bo‘limga atoqli xalq san’atkori Po‘lkan shoir haqida qo‘shimcha materiallar istab keldi. Bu paytda uning bir necha hikoyalari matbuotda bosilib chiqqan, ancha tanilib qolgan boshlovchi yozuvchi edi. Tanishganimizdan keyin muddaosini bayon etdi. Suhbatimiz davomida unga Po‘lkan shoirning o‘g‘li Umarqul hali hayotligini, u ham otasi izidan borib, zamonaviy mavzularda ancha termalar, hatto bir doston ijod qilganligini, shu kunlarda o‘z termalaridan bir to‘plam tayyorlayotganini, nevarasi Amirqul ham yaxshigina shoir bo‘lib yetishib, bobosi haqida tadqiqotlar olib borayotganini aytdim. U yillarda hali Po‘lkan shoir ijodi va dostonlari nihoyatda kam o‘rganilgan, folklorshunoslikda ustozlarimiz, marhum folklorshunoslar Hodi Zarifning 1928 yilda e’lon qilingan bir maqolasi, Mansur Afzalning 1955 yilda bosilib chiqqan «Po‘lkan shoir» risolasi mavjud edi, xolos. Tog‘ay Murod Folklor arxivida mavjud materiallarni astoydil o‘rgandi. Amirqul bilan uchrashib, bobosi va otasi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar ham oldi. Oqibatda Po‘lkan shoir va uning avlodlari haqida ajoyib bir radioocherk yaratdi va u Respublika radiosi orqali eshittirildi. Keyingi suhbatlarimiz xalq qo‘shiqlari, ayniqsa, marosim folklori va mehnat qo‘shiqlari haqida bo‘ldi. Bu haqda atoqli olima Muzayyana Alaviya bilan ham bir necha bor suhbatlashgani yodimda. Ma’lumki, institutning Folklor arxivida xalq ijodkorlaridan yozib olingan asarlar 1926 yildan beri jamlanib kelinadi. Materiallar to‘plovchilarning yozib olganliklariga qarab, kollektsiyalar holida (doston va ertaklar bundan mustasno) alohida-alohida saqlanadi. Shuning uchun ham qo‘shiq, topishmoq, maqol kabi janrlarga oid namunalar yozib olingan vaqti va yozib oluvchilarning daftarlariga joylashtirganiga qarab, bir necha kollektsiyalar va saqlov birliklarida sochilib ketgan. Bu hol undan foydalanuvchidan qo‘shimcha mehnat qilishni, izlayotgan ayni folklor namunasini topish uchun bir emas, bir necha kollektsiyalarni ko‘rib chiqishni talab qiladi. Chunki bir qo‘shiq varianti faqat qo‘shiqlardan tashkil topgan saqlov birliklarida saqlanishi bilan birga ular topishmoq, maqol, latifa, hatto dostonlar bilan aralash yozib olingan daftarlarda ham mavjuddir. Bu yillarda folklorshunoslikda atoqli folklorshunoslar Elbek tayyorlagan «Ashulalar» Odatda hali nashr etilmagan to‘plam qo‘lyozmasi ikkinchi bir kishiga kamdan-kam holatlarda beriladi. Men esa, Tog‘ay Murodning halolligiga, qandaydir yangi ijodiy izlanishlarga turtki bera oladigan hayotiy materiallar izlayotganligiga qat’iy ishonganimdan keyin shunday qildim. Shu-shu, Tog‘ay Murod biror yillar ko‘rinmay qoldi va adabiyotda uning «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi paydo bo‘ldi. K.Ochilovning to‘plami esa, ancha keyin, 1984 yilda professor O.Safarov tuzgan bolalar folklori namunalari bilan birgalikda «Boychechak» nomida nashr etildi. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi adabiyotshunoslikda ijobiy baholandi. Bu holat yosh yozuvchini yangi-yangi ijodiy marralarga yo‘llagani shubhasiz. Yangi asarlariga materiallar to‘plash maqsadida u bo‘limga yana kelib qoldi. Bu gal uni folklorda otning tasvirlanishi masalalari qiziqtirayotgan edi. Yozuvchi atoqli folklorshunos Hodi Zarifning (1905- «O‘zbek xalq dostonlarida jangovar ot obrazi», «Ot asboblari» tadqiqotlari bilan tanishib chiqdi. Unga jangovar ot tarbiyasi, uning turli holatlari tasvirlangan «Alpomish», «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va bolaligi», «Xushkeldi» kabi dostonlarni sinchiklab o‘qishni maslahat berdik. Suhbatlarimiz davomida kutilmaganda: «Otlar ham yig‘laydimi?» deb so‘rab qoldi. Biz unga xalq orasida ot bilan bog‘liq turli-tuman tasavvur va afsonalar ko‘pligini, hatto ot egasi vafot etganda, otni egar-abzallab, egasining etigini egar qoshiga ilib, ayollarning otni o‘rtaga olib yig‘i berish odatlari mavjudligini, folklor asarlaridagi shunday holatlarda otning yig‘laganligi tasvirlarini so‘zlab berdik. Shundan keyin yozuvchining «Ot kishnagan oqshom» qissasi paydo bo‘ldi. Yuqoridagi xotiralarni keltirish bilan biz yozuvchi faqat folklor asarlari asosida qissa va romanlar yaratgan ekan-da, degan fikrni ilgari surmoqchi emasmiz, balki yozuvchining har bir asarni yaratishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganligini, o‘zining tasvir ob’ektiga har tomonlama yondashganligini, folklor uning uslubiy izlanishlarida ko‘pdanko‘p badiiy omillardan biri bo‘lib qolganligini alohida ta’kidlamoqchimiz. Chindan ham u o‘zbek adabiyotida xalq dostonlari nasriga yaqin o‘ziga xos tasvir yo‘sinini yaratdi. Birikki misollar keltiraylik: «Birodarlar, Momosuluv tushimda cho‘lpon edi, hushimda oy edi, qo‘ynimda oftob bo‘ldi». Yoki: «Birodarlar, necha-necha qorabayirlar ketiga qarab-qarab ketdi. Necha-necha jayronlar kishnab-kishnab ketdi. Necha-necha samanlar go‘sht bo‘lib ketdi. Qishloqda otlar kishnamay qoldi. Saharlarda ko‘chalarda ot tuyoqlari tikillamay qoldi. Oqshomlari otlar tarsillatib yer tepinmay qoldi. Adirlarda otlar dupur-dupur chopmay qoldi... Chavandozlar emchakdoshi urushdan qaytmagan bo‘zbola misol mung‘ayib qoldi». Bular mening u haqdagi ilk taassurotlarim. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlayotgan yillarimda Tog‘ay Murodni yana bir bor kashf etganday bo‘ldim. Bilsam, uning asarlari ham gaplari kabi «katta-katta» ekan. Dunyoda o‘ziga xos degan tushunchani Tog‘ay Murod qiyofasida chuqur his qilganman. Voqeani boshqacha hikoya qilib berish uslubi, hayotga yangicha nigoh bilan qarashi, har bir so‘zga katta mazmun yuklashi, gaplaridagi ma’nolar qorishmasi bularning bari Tog‘ay Murodgagina xos edi. Shunga qaramay, Tog‘ay Murod qissalarining nashr etilishi oson bo‘lmadi. O‘shanda qandaydir keraksiz nazorat kuchayib ketgandi. Shuhrat akaning bir romanini chop etishga ham ruxsat berishmagandi. Hatto o‘sha paytlardagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sarvar Azimov aralashib bizga yordam bermoqchi bo‘lsa-da, ijobiy o‘zgarish bo‘lmadi. Qaerdadir hamma narsani tushunadigan, hammadan ko‘p biladigan odam bor edi-da. «Buni nega chiqazyapsan? Nima qizig‘i bor? Qani bu yerda sovet kishisining xususiyatlari? Boshiga fojia tushgan odamlarni nega hadeb chiqaraverasizlar? «Zafarnoma»ga o‘xshash asarlar nega kerak? Amiriyning devoni kimga kerak?» kabi ustma-ust savollarni javobsiz tinglashdan o‘zga chora yo‘q edi. Rahbarlik vazifam bilan shug‘ullanish o‘rniga kunim tepadagilarga korrektura tashish bilan o‘tardi. Uyoqda o‘tirganlar bosmaga ketishga tayyor qo‘lyozmalarga yo‘l bermay, stollari ustiga qalashtirib qo‘yaverardi… Biz Tog‘ay bilan tez-tez ko‘rishib turardik. Mening nima dardda iztirob chekib yurganimni u ham bilar edi. Vaqti kelib, Tog‘ay Murod asarlarini chop etmaslikning hech iloji qolmaganidan keyin, ular boshqacha yo‘l tutishdi: «Tog‘ay Murod yaxshi, iste’dodli yozuvchi ekan. Uning shunaqa asarlari bor ekan-a» qabilida gaplarni aytib, 180 darajali o‘zgarishlar kasb etdilar. Ko‘ryapsizki, o‘shanday qiyin vaziyatlarda ham Tog‘ay Murod asarlari dunyo yuzini ko‘ra oldi. Aytmoqchimanki, chinakamiga kuchli asarga hech narsa to‘siq bo‘lolmaydi: na mafkura qafaslari, na siyosat panjaralari… Haqiqiy iste’dod har qanday zamonada ham o‘zini namoyon eta oladi. Tog‘ay Murod qissalari kazo-kazolar davrida ham chaqnab, to‘siqlarni yorib chiqa oldi. Tog‘ay Murod ijodni qanday sur’atda boshlagan bo‘lsa, keyin ham shu sur’atda davom ettirdi: bir-biridan go‘zal qissalar, romanlar yozdi. U hayotdan erta ketganiga qaramay, bir yozuvchi qilishi mumkin bo‘lgan ishlarni bajara oldi. Uncha-muncha ijodkorga nasib etmaydigan muvaffaqiyatga erishdi: u o‘z uslubini yaratdi. Adabiyotda yangi yo‘l kashf qildi. Tog‘ay Murod ijodi, shaxsiyatini birgina «favqulodda» degan so‘z bilan ifodalash mumkin. U boshdan-oyoq favqulodda edi. Tog‘ay Murod ezgulikka intiladigan, g‘uborlardan xoli, tovlamachiliklardan nafratlanadigan chin inson, so‘zni his qiladigan, adabiyotni sevadigan, o‘zi ham unga sodiq san’atkor-ijodkor edi. U yozuvchi sifatida oldiga katta maqsadlar qo‘ydi. Maqsad katta bo‘lsa, odam shu maqsadlar bilan yashaydi. Shu ma’noda aytish mumkinki, Tog‘ay Murod o‘zbek xalqi uchun, adabiyotning rivoji uchun yashab o‘tdi. U bilan millatimiz ham, adabiyotimiz ham faxrlansa arziydi. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) UMARALI NORMATOV JAHON ADABIYOTIGA OSHUFTA KO‘NGIL yoxud sokin qalb iztiroblari O‘tgan asr 60-yillarining oxirlari. Zilziladan so‘ng Talabalar shaharchasi biqinida universitet domlalari uchun qurilgan binodan oilamizga ajratilgan xonaga yaqindagina ko‘chib borganmiz. Shu orada qadrdonim Mahmud Sa’diy to‘ladan kelgan o‘rtabo‘y bir yigitni boshlab keldi. «Tanisangiz kerak, talabangiz Tog‘aymurod Mengnorov, jurnalistika bo‘limida o‘qiydi, hikoyalar yozadi», deya tanishtirdi hamrohini. Darhol tanidim, u o‘qiydigan guruhga «Estetika va adabiyotshunoslik asoslari»dan dars berganman. Esladim: bu yigit darslarda doimo xayol surib, nimanidir shivirlaganday o‘zi bilan o‘zi ovora jimgina o‘tirar, darsda biror marta ham savol berganini, bahs-munozaralarga aralashganini bilmayman. Nihoyat, sinov vaqti keldi, biletda qo‘yilgan savollar bo‘yicha shunaqa bulbuligo‘yo bo‘lib gapira ketdiki, lol bo‘lib qoldim, hatto men ko‘rmagan, tavsiya etmagan asarlarni ham o‘qigani ma’lum bo‘ldi. «Uka, shuncha narsa bilar ekansiz, nega seminar darslarida biror kalima ham so‘z aytmadingiz?» desam, «Xarakterim shunaqa»,, deb qo‘ya qolgan edi. Mehmonlarni ichkariga taklif qildim. Stol tevaragida choyxo‘rlik, qizg‘in gurung boshlandi. Mahmudjonning taklifi bilan Tog‘ay Murod «Zarang tayoq» deb atalgan yangi hikoyasini o‘qidi. Hikoyada keksayib qolgan cho‘pon va uning o‘g‘li haqida gap borar, ota qo‘lidagi zarang tayoqni kimga topshirishni bilmay xunob, zamona yoshlari, jumladan, o‘g‘li «podachi» bo‘lishdan or qiladi, bu hol qariyani iztirobga soladi. Talaba yoshidagi havaskor yozuvchidan bunday «tayyor» asar kamdan-kam hollarda chiqadi. Hikoyadagi o‘ta hayotiy, tabiiy, ta’sirchan lavhalar Mahmudjonni ham, meni ham o‘ylatib qo‘ydi, har ikkimiz ham u haqda iliq gaplar aytdik. Tog‘ay Murod esa maqtov so‘zlarimizga parvo ham qilmay, shunday bo‘lishini bilganday indamay o‘tirardi. Oradan ko‘p o‘tmay hikoya qaysidir jurnalda chiqdi. Asar matni keyinchalik yozuvchining «Momo-Yer qo‘shig‘i» qissasiga bir oz o‘zgartirishlar bilan kiritildi. Odatdagidek, gurung oxirida dasturxonga osh tortildi. Devzira guruchdan manqalda tayyorlangan qip-qizil farg‘onacha palovdan tatib ko‘rgach, «Palov pishirishni asli farg‘onaliklarga chiqargan», deb qoldi. Men ham o‘z navbatida «Tandir kabobni esa surxondaryoliklarga chiqargan», deb javob qildim. Kulishdik. «Surxondaryodan bo‘lsam ham choyxona palovni xush ko‘raman, asli ajdodlarimiz farg‘onalik-da», deya ilova qildi. Bu gap chinmi yoki shunchaki ko‘ngil uchun hazil tariqasida aytildimi bilolmay qoldim. Oradan chorak asr o‘tib, yozilgan «Otamdan qolgan dalalar» romanidagi eng nurli siymo «farg‘onachi Jamoliddin»ni muallif diliga yaqin olib, chin samimiy ehtirom bilan tasvir etadi. Bu personaj Tog‘ayning ajdodlaridan bo‘lsa, ajab emas. Shu-shu, Tog‘ay Murodning matbuotda chiqqan har bir asarini kuzatib, o‘qib boradigan bo‘ldim. U adabiyotga shoshilmay sekingina kirib keldi, ilk mashqlaridan to el og‘ziga tushgan «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi chiqqunga qadar o‘n yilcha vaqt o‘tdi. Har gal unga duch kelganimda «Nega matbuotda kam ko‘rinasiz?» deb so‘rasam, hamisha «O‘qiyapman, o‘rganyapman, jiddiyroq narsa yozishga tayyorlanyapman», degan javobni olardim. Bunday jiddiy tayyorgarlik izsiz ketmadi. Birin-ketin «Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar» e’lon qilindi, bu asarlarning har biri adabiy hayotimizda jiddiy voqea bo‘ldi. Hamkasb munaqqidlar qatori men ham bu qissalar haqida ko‘nglimdagi gaplarni aytganman, yozganman. Tog‘ay nihoyatda bosiq, vazmin ko‘rinsa-da, ta’bi o‘ta nozik, kuyunchak odam edi. Sal narsaga birdan lovillab ketardi. Yozuvchilar uyushmasidagi majlislardan birida Men qaytib kelaman «Momo-Yer qo‘shig‘i» xususida iliq gaplar bilan barobar qissa bir oz tarafkashlik bilan yozilgani, muallif o‘zi suymagan qahramoniga jamiki salbiy illatlarni yopishtiraverganini aytuvdim, zalda o‘tirgan Tog‘ay shartta o‘rnidan turib bunday e’tirozga qo‘shilmasligini bildirdi. Shundan keyin anchagacha ko‘cha-ko‘yda unga duch kelganimda hatto salomimga alik ham olmay yurdi. 90-yillar boshlari bo‘lsa kerak, yangi bitgan hovlimizga kutilmaganda Tog‘ayning tanho o‘zi kirib keldi. O‘sha kezlari shaharda tarqalgan grippdan aziyat chekib, endigina o‘zimga kela boshlagan, dilimga yaqin suhbatdoshni qo‘msab yotgan edim. Boz ustiga, oradagi ginaxonlikni unutib, Tog‘ayning xonadonimizga kirib kelishi ko‘nglimni tog‘day ko‘tarib yubordi. Odatdagiday non-choy, Tog‘ay xush ko‘radigan devzira guruchidan o‘choqda tayyorlangan farg‘onacha palov... Eng muhimi, tun yarmigacha davom etgan ham maroqli, ham dardu hasratlarga to‘la hazin suhbat. Tog‘ay meni o‘ziga yaqin olib, dilidagi jamiki dardu dunyosini to‘kib soldi. O‘sha kuni men Tog‘ayni yangidan kashf etganday bo‘ldim. U haqdagi avvalgi tasavvurlarim go‘yo ostin-ustin bo‘lib ketdi. «Domla, Ma’sumaga uylanganimdan xabaringiz bor, deya eng aziz, nozik dil rozini ocha boshladi. U alomat ayol, yaxshi yozuvchi. Dunyoda onamdan keyin meni tushunadigan, qadrimga yetadigan zot shu! Turmushimiz joyida. Faqat birgina armonimiz tirnoqqa zormiz. Shifokorlarga qaratdik. Ikkimiz ham soppa-sog‘. Allohning o‘zi bermasa, iloji yo‘q ekan...» Darhol «Oydinda yurgan odamlar» xayolimdan o‘tdi. Qoplon timsolida Tog‘ay o‘z dardu dunyosini tasvirlagan ekan-da, degan o‘yga bordim. Shu haqda so‘z ochgan edim, Tog‘ay: «E, domla, «Oydinda yurgan odamlar»ni to‘yimizdan besh yil burun yozganman. Oldindan qilingan bashoratmi, intiutsiya karomatimi yoki peshonaga bitilganimi, qarang, o‘zim yaratgan Qoplonning kuni o‘zimning boshimga tushib o‘tiribdi...» dedi. Tog‘ayning qayta qurish, oshkoralik davri alg‘ov-dalg‘ovlari, ma’naviy hayotdagi evrilishlar, ziyoli ijodkorlar davralaridagi behuda dahanaki janglar xususidagi hasratlaridan chang chiqardi. Ikki-uch yozuvchi-shoirdan boshqa barcha-barchasi unga begona, u menga go‘yo g‘animlar qurshovida qolganday tuyuldi o‘sha topda. «Qaysi davraga kirsam, ijod o‘rniga g‘iybat, men bunaqa davralardan o‘zimni chetga olib yuradigan bo‘lib qoldim», deya hasratlariga yakun yasaganday bo‘ldi. Bir oz sukutdan keyin yana qizishib so‘zida davom etdi: «G‘animlarimning da’vosicha, go‘yo men etnograf, shunchaki baxshi qalamkash emishman. «Denovdan nariga chiqolmaysan, naryoqda nimalar bo‘layotganini ko‘rmaysan, jahon adabiyotidan bexabarsan, modernizm nima, absurd, ong oqimi nima bilmaysan, Nitsshe, Freyd, Kafka, Joys, Kamyuga tishing o‘tmaydi»,, deya tashlansalar bo‘ladimi menga bu «bilag‘on» nodonlar. Ishoning, Umarali aka, men Nitssheni, Freydni, Kafka, Joys, Kamyularni, modernizm adabiyotini ulardan kam emas, ortiqroq bilaman. Nitsshe «Zardusht»ini, Kafka «Jarayon»ini, Kamyu «Begona»si bilan «Vabo»sini bir emas, bir necha bor o‘qib chiqqanman. Joysning «Uliss»ini ham «Inostrannaya literatura»da ruscha tarjimasi chiqmasdan burun qo‘lyozmasini topib o‘qiganman, hatto uni o‘zbekchaga tarjima qilishni ko‘nglimga tugib qo‘yganman. Bu oliftalarning moderncha mashqlari taqliddan nariga o‘tmaydi, yozganlari tarjimaga o‘xshaydi. Men ularga haqiqiy «o‘zbekona modern», «o‘zbekona absurd», «o‘zbekona ong oqimi» qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yaman...» Sirtdan o‘ta bosiq, tabiatan sokin ko‘ringan bu odamning qalbida shunchalar dard, iztiroblar borligidan ogoh bo‘lib hayratda qoldim. Zamonaviy jahon falsafasi, adabiyoti, ularning ulkan namoyandalari, men eshitgan, eshitmagan, o‘qigan, o‘qimagan asarlar haqida shu qadar to‘lib-toshib gapirdiki, ko‘plar nazarida «etnograf, baxshi qalamkash» bo‘lib ko‘ringan bu o‘g‘lonni teran fikrlaydigan Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) zamonaviy yetuk bir faylasuf, zabardast zamonaviy mutafakkir adib qiyofasida ko‘rib, ich-ichimdan quvondim. Bu beorom qalb sohibi, mutafakkir ijodkor yaqin kelajakda milliy adabiyotimizda albatta jiddiy badiiy kashfiyotlar yaratajagiga ishonch hosil qildim. Adibning galdagi «Otamdan qolgan dalalar», «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» asarlari mendagi mana shu ishonchni to‘la oqladi, deb dadil ayta olaman. Har ikki asarda yozuvchining o‘z asri, zamonasi, zamondoshlari haqidagi o‘ymushohadalari, qalb iztiroblari to‘la-to‘kis ifodasini topgan. Tog‘ay Murod tanqidchilikda ko‘proq an’anaviy baxshiyona yo‘nalishdagi yozuvchi sifatida talqin qilinadi. Buning uchun muayyan asos bor, albatta. Til, ifoda, ohang tarzi qadim dostonlarni yodga soladi. U folklor tajribalariga tayangan holda milliy nasrimizda yangicha betakror uslub ixtiro etdi. Biroq uning adabiyotimizdagi eng jiddiy badiiy kashfiyoti, menimcha, shaxs talqinidagi yangilikdadir. Bu borada o‘zi sevib o‘qigan, o‘rgangan Kafka, Joys, Kamyu bisotlaridan o‘tgan nimalardir bor: shaxs tabiati, baxti, baxtsizligi, qismati talqinida Tog‘ay XX asr jahon modern adabiyotining eng muhim tamoyillariga hamohang yo‘llardan bordi. Shaxsni ijtimoiy mavjudot sifatida anglashdan butunlay chekinmagan holda, uning qismatidagi sirli-sehrli, ilohiy, tushunish, tushuntirish mushkul bo‘lgan sirsinoatlar, tug‘ma tabiiy omillarning rolini o‘rnini favqulodda bir mahorat bilan ochib beradi, inson ruhiyatining g‘aroyib nag‘malarini, qon-qoniga singib ketgan aqidalar uni ne-ne ko‘ylarga solishini, mana shunday kimsalarning fikrlash yo‘sinidagi tafakkur oqimidagi jarayonlarni sinchkovlik bilan kuzatadi, chuqur badiiy tahlil etadi. Men ushbu xotiralarni qog‘ozga tushirishga hozirlik ko‘rayotgan kezlarim jahon adabiy hayotida g‘aroyib bir voqea sodir bo‘ldi. Biz shu paytga qadar ulkan yozuvchiadiblarning tug‘ilgan, buyuk asarlarining dunyoga kelgan sanalarini yubiley sifatida nishonlashga odatlanganmiz. Bu galgisi o‘zgacha bo‘ldi: irlandiyaliklar 2004 yil 16 iyun kuni «Uliss» romanida tasvir etilgan voqealarning 100 yilligini ulkan bayram sifatida nishonladi. Televideniening «Bi-Bi-Si» kanali ayni romanda aks etganidek, o‘sha kuni ertalab soat 8 dan tungi 3 ga qadar Dublin ko‘chalaridan, asar voqealari yuz bergan manzillardan, qahramonlari yurgan so‘qmoqlardan reportajlar berib bordi. Bu noyob asar, uning muallifi qismatiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Roman o‘z Vatanida ham o‘tgan asrning 60-yillariga qadar qadrlanmagani, tahdidu ta’qiblarga duchor bo‘lgani, romanni anglash nihoyatda qiyin kechgani va nihoyat yangi zamon oqillari «Uliss» keyingi yuz yillikda ingliz tilida yaratilgan eng yaxshi asar, degan xulosaga kelganligi ta’kidlandi. Joysning jahon adabiyoti tarixidagi eng muhim kashfiyoti shundan iboratki, u «Uliss»ga qadar mavjud adabiy qoliplarni buzib, insonning asl fikrlash tarzi suratini chizib berdi. Akademik D. Lixachev so‘zlari bilan aytganda, «Uliss» daho insonning fikrlash tarzi, tafakkur mevasidir. Inson zakovatini o‘rganish sari qo‘yilgan jiddiy qadam, inson va hayotning yangicha madhiyasidir. Men teleekran qarshisida shu reportaj, maroqli suhbatlarni tomosha qilar ekanman, 80-yillar sharoitida, «Uliss» romani hatto rus tilida chop etilmagan kezlari, Tog‘ay Moskvada ta’lim olib yurgan chog‘lari bu asarni qo‘lyozma holida topib o‘qib-o‘rgangani, uni o‘z ona tiliga tarjima etishga ahd qilgani, matbuotdagi bir intervyusida kitobxonlarga bu haqda va’da berganini esladim. Bilmadim, Tog‘ay Murodga qadar yana qaysi o‘zbek ziyolisi, adibi «Uliss»ni o‘qigan, astoydil o‘rgangan ekan... O‘sha kuni Tog‘ay xonadoniga uning vafodor turmush o‘rtog‘i Ma’suma Ahmedovaga telefon qilib, «Uliss» tarjimasi taqdirini surishtirdim. Ma’sumaning aytishicha, Tog‘ay haqiqatan ham «Uliss» romanining kattagina qismini, yuz sahifasini tarjima qilgan ekan. Afsus, qo‘lyozmaning taqdiri noma’lum: yo tarjima tarjimonga yoqmay yo‘q qilingan, yoki qaergadir tashlab qo‘yilgan. Men qaytib kelaman Joys, shuningdek, Kafka, Kamyu singari XX asrning buyuk siymolari ijodi, shoh asarlariga astoydil qiziqish adibning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirgani ayon. Qarang, «Jarayon», «Uliss» voqealari tor bir makon Praga, Dublin shaharlari hududida yuz bergani singari «Otamdan qolgan dalalar»da, asosan bir jamoa xo‘jaligi, «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanida esa kichik bir shaharcha doirasidagi hodisalar qalamga olinadi. Kafka, Joysdagi kabi Tog‘ay Murod romanlarida ham asosan bosh qahramonning ruhiy sarguzashtlari, qalb iztiroblari tahlili asarlar asosini tashkil etadi. «Jarayon»dagi kabi totalitar rejimning begunoh odamlarni jinoyatchiga chiqarish mexanizmi zo‘r mahorat bilan aks ettiriladi. Boz ustiga, Tog‘ay o‘z asarlarida Kamyu tasvirlagan Sizifning tosh dumalatishdan iborat azobli, behuda-besamar faoliyatini eslatadigan qahramonning ma’nisiz o‘tgan hayot yo‘lini teran tahlil etish yo‘lidan boradi. «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani esa boshdan-oyoq Joys tajribasini esga soladigan, personajning ichki monologi asov tafakkur oqimi ifodasiga qurilgan. Biroq biror o‘rinda ham na «Jarayon»ga, na «Uliss»ga oshkora taqlid yo‘q. Muallifning o‘z so‘zlari bilan aytganda, sof «o‘zbekona modern», «o‘zbekona absurd», «o‘zbekona ong oqimi»... Qisqasi, Tog‘ay Murodning keyingi yirik asarlarida XX asr jahon adabiyotining nodir namunalari bilan shu xil mushtarak jihatlar bisyor. Dadil aytish mumkin: Tog‘ay Murod shunchaki «mahalliy» qalamkash emas, yangi jahon adabiyoti mezonlari bilan yondashganda ham to‘laqonli romanlar yaratgan yetuk zamonaviy san’atkordir. Tog‘ay Murod o‘z sha’nini, qadrini, darajasini bilgan, har qanday kamsitishlarga murosasiz, ammo maqtovlarga aslo uchmaydigan g‘ururi baland so‘z san’atkori edi. Hech qachon uning o‘zgalardan o‘zi haqida maqtov, shirin so‘z kutib yaltoqlanganini ko‘rgan emasman. Aksincha, maqtovlardan qochib yurardi. «Otamdan qolgan dalalar» romanining Yozuvchilar uyushmasidagi muhokamasiga maqtov so‘zlar aytilishini bilib atay kelmagan edi. Roman haqida «Xalq so‘zi»da maqola chiqqanda, mening qalamimga mansub uning ijodiy portretiga oid mo‘jazgina ishim «XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi» darsligiga kiritilganida, nihoyat «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati»dagi «Eng muhim muammo» sarlavhali suhbatimda «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani xususida ko‘pchilikka ma’qul tushgan yangicha kuzatishlarimni aytganimda biror marta ham o‘zga adiblar singari menga telefon qoqib, minnatdorchilik bildirgani yo‘q. So‘nggi kitobi «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanini ham avtografsiz jiyani orqali menga berib yuborgan edi. Mening u haqda yozganlarim unga ma’lummikan, ma’lum bo‘lsa, ma’qul tushganmikan degan o‘y-xayolda yurardim. Tog‘ay vafotidan keyin Ma’sumaxon mening har bir chiqishimdan u xabardor ekani, «Umarali aka meni oliy o‘quv yurti darsligiga ravo ko‘ribdi», deya benihoya minnatdor bo‘lgani, hatto «Otamdan qolgan dalalar» haqidagi maqolam chiqqan «Xalq so‘zi»ning bir do‘kondagi hamma sonlarini sotib olib, avaylab saqlagani haqida gapirib berdi. Bilamanki, ko‘nglidagi minnatdorchilik tuyg‘ularini menga oshkor etishga g‘ururi yo‘l bermagan. Shu kunlargacha Tog‘ay Murod to‘g‘risida yozgan narsalarim saviya-darajasi o‘zimga ayon, ular har jihatdan Tog‘ay Murod badiiy kashfiyotlari darajasida emasligini sezib turaman. Lekin Tog‘ay Muroddek g‘aroyib siymo, noyob iste’dod egasi yozganlarimdan mamnun bo‘lgani, bu dunyodan mening kamtarona ishlarim uchun minnatdor holda ketganligidan kechikibroq bo‘lsa-da, xabardor bo‘lish men uchun katta baxt! Biz esa ko‘proq Tog‘ayning odamgarchiligi, fe’l-atvori haqida gapirganimiz ma’qul. Men Tog‘ay Murod bilan qaerda, qay yo‘sin tanishganligimni hech eslay olmayman... Bu haqda harchand o‘ylanmay, baribir, xotirlay olmadim. Nazarimda, men uni bolalik chog‘idan, o‘sha maktabda o‘qigan yillaridan beri, qo‘liga qalam olib, dastlabki asarlarini yoza boshlaganidayoq taniganga o‘xshayman. Yo tavba, buning sababi nimada deb o‘ylab qarasam, hayotimizdagi ba’zi jihatlarning mushtarakligida ekan. Men bu shahri azimga Turkiston degan shahardan kelganman. Ahmad Yassaviy tavallud topgan tabarruk tuproqda tug‘ilganman. Bizning ham dashtu dalalarimiz keng va yassi, uning etaklarida biz uchun qadrdon Qoratog‘ tizmalari yastanib yotibdi... Tog‘ay ham Surxondagi Xo‘jasoat qishlog‘idan, azim tog‘lar yurtidan kelgan, mabodo undan tog‘lar haqida, o‘zi tug‘ilib-o‘sgan kengliklar haqida so‘rab qolsangiz, xuddi shoir bo‘lib sayrab ketishi kaminaning ko‘ngliga juda yaqin edi. Uni bolalikdan birga o‘sgan qadrdonday ko‘rishimning boisi shunda ekan. Men Tog‘ayni «polvon» deb chaqirardim. O‘zingiz bilasiz, Surxondaryo polvonlar yurti. O‘zi ham gavdasi buzuq, yelkasi keng, ko‘zlarida mung bor bola edi. U odam bilan tez yaqinlashib, shatir-shutur gaplashib ketavermas edi. Indamay, vazminlik bilan gapingizni eshitib o‘tirardi. Mening Tog‘ayni yaxshi ko‘rishim uning tog‘u dashtni yaxshi bilishidan edi. Ayniqsa, u chorvani yaxshi bilardi. U ot haqida asar yozdi. Bu borada o‘zbek adabiyotida uning oldiga tushadigani yo‘q, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu fazilat ham menga tanish. Men ham asarlarimda daryolar, qamishzorlar, to‘qayzorlar haqida ko‘p yozganman. Lekin Tog‘ay ot haqida yozganida shunaqa chiroyli tasvir qila oldiki, u tasvir qilgan otni beixtiyor «Boychibor» deb yuborging keladi! Bir mahallar shunaqa bo‘ldiki, ustoz Said Ahmad «Jimjitlik» romanini boshlaganida (bu asarda ot haqida, uning fe’l-atvori haqida gap borar edi), ustoz mendan ot haqida maslahat oldi. Kunlardan birida uyushmada ko‘rishib qolib: «Men ot haqida yaxshi biladigan zo‘r maslahatchini topdim», deb maqtanib qoldi. «Kim ekan u zo‘r?!» deb so‘rasam, Tog‘ay Murodni aytdi. Buni qarangki, ustoz qanchalik katta yozuvchi bo‘lmasin, baribir u kishi shaharlik-da, Tog‘aydan maslahat olibdi. Buning hech aybi yo‘q. Yozuvchi ko‘rgan narsasini yozsa ta’sirliroq chiqadi. Bu ayni haqiqat. Ot haqida ustoz muayyan tasavvurga ega bo‘lmasligi tabiiy, lekin u odamlar haqida va ularning o‘zaro muloqotlari haqida qalam tebratganida ustasi farang bo‘lib ketadi. Ustozimiz Said Ahmadki undan o‘rganibdimi, demak, Tog‘ay ham ma’lum ma’noda ustoziga ustozlik qilibdi. Tog‘ay Murod juda kamsuqum yigit edi. Tahririyatlarga ham bo‘lar-bo‘lmasga kelavermas edi. 80-yillarda men G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlab yurgan kezlarimda Tog‘ay Murod Ma’sumaga uylangan edi. Ma’suma o‘sha paytlari nashriyotda biz bilan birga ishlardi. Men har kuni unga: «Polvon qalay? Salom deb qo‘ying!» deb turardim. Ma’suma ham o‘z navbatida uning salomlarini menga yetkazib turardi. Tog‘ay Murod jimgina uyda o‘tirib, asarini yozish bilan mashg‘ul edi. Men qaytib kelaman U quvonganida bamisoli qush bo‘lib uchguday yengil tortib ketardi. Esimda, 1985 yil Tog‘ay ikkalamizga Yozuvchilar uyushmasining mukofotlari berildi. Yozuvchilar bog‘i Do‘rmonda Uyg‘un aka, Turob To‘la, Abdulla Oripovlar bor edi. Tog‘ay Murodga «Oybek», menga esa «G‘afur G‘ulom» mukofotini topshirishdi. Men uning qattiq quvonganini o‘shanda ko‘rganman... Mukofotlarni oldigu, uyoq-buyoqqa qaramay shaharga shoshildik. Ikkalamiz mening mashinamda kelyapmiz. Ko‘kraklarimizda hozirgina olgan mukofotlarimizning nishonlari yarqirab turibdi. Tog‘ayning og‘zi qulog‘ida: «Aka, bo‘lar ekan-ku!» deb iljayadi menga qarab. Mening kayfiyatim ham shunga yaqinroq edi. Men uni yo‘l-yo‘lakay uyida qoldirib, Chilonzorga o‘tib ketganim esimda. U xafa bo‘lsa ham dardini birovga aytmasdi, xuddi birov bilan urishganday bo‘lib, qovog‘ini solib yurardi. «Sharq yulduzi» jurnalida ishlab yurgan kezlarim mening oldimga uni Mahmud Sa’diy olib kelgan edi. U dastlabki qissalarini tahririyatlarga olib kelganda u yerda «nari tur-beri tur», deb ko‘nglini qoldirganlar ham anchagina edi. Mening odatim shuki, uzoq tumanlardan, viloyatlardan kelganlarni, ularning jindek bo‘lsa ham iste’dodi borligini sezsam, dalda berishga, uning asarini bir amallab bo‘lsa ham yoruqqa chiqarishga harakat qilardim. Tog‘ayning tahririyatimizga olib kelgan dastlabki qissasi ham xuddi shunday chop etilgan. Tog‘ay ikkinchi qissasini yozib tugatgach, kunlardan birida Murod Xidirov bilan birga uzun-qisqa bo‘lib biznikiga kirib kelishdi. Tog‘ayning qo‘lida bitta o‘rtamiyona qovuni bor. «Nima gap?» deb so‘rasam, «Qissamni olib borsam, ba’zilar tixirlik qilyapti. O‘zingiz bir qo‘llab yubormasangiz bo‘lmaydi, aka!» dedi. Shunga qovun ko‘tarib kelish kerak ekanmi? dedim men. Agar asar yaxshi bo‘lsa o‘zi tortib ketadi. Nochor bo‘lsa, bir arava qovun olib kelsangiz ham o‘tkazolmaysiz, uka... Kulishdik. Ancha vaqtgacha balkonda hangomalashib o‘tirdik. O‘sha asar oradan hech qancha vaqt o‘tmay G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etildi. O‘zim muharrirlik qildim. Tog‘ay menga 3-4 ta kitobni dastxat bilan bergan edi, javonimda turibdi. Yozuvchini bamisoli shamchiroqqa o‘xshatish mumkin. Shamchiroqqa vaqt-vaqti bilan yog‘ quyib turmasangiz, piligi kuyib tamom bo‘ladi-qoladi... Yozuvchi ham hayotni sinchkovlik bilan kuzatmas ekan, o‘z ustida ishlamas ekan, mashq qilmas ekan, haligi aytganimiz chiroq kabi «pis» etib o‘chadi-qoladi. Tog‘ay yiliga bir-ikki marta tug‘ilgan qishlog‘iga borib kelardi. Tog‘larni ziyorat qilardi, dashtlarni kezardi. O‘sha yerdagi oddiy mehnatkashlar bilan gaplashardi, yurti havosidan qonib-qonib nafas olardi. Ot minib qishloqlar oralardi. Bularning hammasi yozuvchi uchun o‘tgan xotiralarini eslash, ba’zilarini tiklash uchun zarur unsurlar o‘rnini o‘tar, shu tariqa yozilajak asari uchun tanavor to‘plar edi. Xullas, Tog‘ay kunlarning birida Moskvaga o‘qishga ketadigan bo‘lib qoldi. Gapning ochig‘i, dastlab men uning bu niyatini unchalik yoqtirmadim. O‘sha kezlarda o‘rislarning Sergey Petrovich Borodin degan «katta» yozuvchisi Toshkentda yashab ijod qilardi. Uyushmada bo‘ladigan birorta anjumanni o‘tkazib yubormasdi. Hammasida ishtirok etar, qariyb hamma majlisda emin-erkin nutq so‘zlardi. Kunlardan birida, uyushmada majlis bo‘lib qoldi. U paytda uyushma Hadicha Sulaymonova ko‘chasida, sobiq Navoiy kutubxonasining ro‘parasida edi. Majlisda ko‘riladigan masalalar orasida o‘zbek yozuvchilarini Moskvaga o‘qishga jo‘natish tadbiri ham bor ekan. Xuddi shu masala ko‘tarilganida Sergey Petrovich so‘z olib: Zachem? deb qoldi kuyunchaklik bilan. Hech qaerda yozuvchilikni o‘rgatadigan maktab yo‘q va bundan keyin ham bo‘lmaydi. Yozuvchilik bu xudo Men qaytib kelaman bergan ne’mat. Hozir ularni yuborasizlar. Boradi, o‘qiydi, bilimi oshadi. Bilimi oshgandan so‘ng o‘zida bor, amal-taqal qilib yurgan narsalarini ham mensimay qo‘yadi. Keyin yozmaydi, vassalom! O‘sha kezlarda Sergey Petrovichning gaplarini tasdiqlaydigan voqealar ko‘p edi: Moskvaga o‘qishga borgan ba’zi yozuvchilar o‘qib bilimi oshgach, o‘zi bilganlarini mensimay, umuman, yozuvchilikni tashlab ketganlari ham bo‘ldi. Men ularning ismshariflarini aytib o‘tirmayman. Bu bor gap. Shuning uchun ham men Tog‘ayning Moskvaga borib o‘qishini xush ko‘rmaganman. Endi men o‘sha paytda Sergey Petrovichning fikrlari g‘olib kelib, noto‘g‘ri fikrlaganimni, noto‘g‘ri xulosa chiqarganimni payqab turibman. Tog‘ay Moskvadan o‘qishni tugatib kelgach, xuddi tog‘dagi tiniq buloqning ko‘zi ochilganday iste’dodi ochilgandan, ochilib ketdi. U butun kuchini, qobiliyatini ijod qilishga bag‘ishladi. Mashhur «Otamdan qolgan dalalar», «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanlari, nazarimda, ana shu o‘qish davrining, olgan nazariy bilimlarining natijasi bo‘lsa ajabmas. Agar Tog‘ay uyoqqa borib o‘qib kelmaganida, bilmadim, bu asarlarini yoza olarmidi yo yo‘qmidi? U ko‘zi ochilib, ulkan adabiyot bilan, chet el adabiyotlari bilan tanishib kelgandan keyin mazkur asarlarini yozdi. Unda istiqlolimiz tufayli qandaydir katta bir jur’at paydo bo‘ldi. Shu katta jur’at tufayli erkin fikrlash paydo bo‘ldi. «Otamdan qolgan dalalar» romanini yozishga jur’at qildi. Sho‘ro tuzumi mehnatkash xalqni ayovsiz ezib yuborganini dadil va rostgo‘ylik bilan yozdi. Buni hamma tan oldi. Shuning natijasi bo‘lsa kerak, unga Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti berildi... Bu hukumatimizning yozuvchiga bergan bahosi. Keyinchalik Tog‘ay Murodga «Xalq yozuvchisi» degan yuksak unvonning berilishi ham xalqimizning yozuvchiga bo‘lgan hurmati ramzi bo‘ldi, desak xato bo‘lmas. «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani ham, shubhasiz, dadil asar bo‘ldi. Tog‘ayning «Ot kishnagan oqshom» qissasi chop etilishida mening ham hissam borligini boya aytib o‘tgan edim. Uning asarlarida shira bor, milliylik bor, adibning aytadigan gaplari bor. «Ot kishnagan oqshom» qissasi Yo‘ldosh Oxunboboev nomidagi Yosh tomoshabinlar teatrida rejissyor Olimjon Salimovning instsenirovkasi bo‘yicha sahnaga qo‘yildi. Ba’zilar aytishi mumkin: «Xo‘sh, nima bo‘pti, rejissyor o‘zi instsenirovka qildi, o‘zi qo‘ydi», deb. Yo‘q, agar asarning negizida gapi bo‘lmasa, rejissyor uni hech narsa qilolmaydi. «Xo‘p, olib chiqsa nima bo‘pti?!» ham deyishar. Bizda nima ko‘p sahna asari ko‘p. Shularning ichidan faqat Tog‘ayning asarini tanlab, qardosh Qozog‘iston Davlat akademik teatri o‘z sahnalarida qozoqchaga o‘girib gumburlatib qo‘yayotganiga nima deysiz? Bu tasodifmi? Yo‘q, bu tasodif emas. Asarda qozoq birodarlarimizga ma’qul keladigan biror gapi borki, sahnalashtirgan. Shu paytgacha Abdulla Qahhorning «Og‘riq tishlar»i bilan Said Ahmadning «Kelinlar qo‘zg‘oloni» qozoq sahnasi yuzini ko‘rgan edi. Bular ilgarigi davrda edi. Tog‘ay Murodniki esa istiqlolimiz davriga to‘g‘ri keldi. Davr masalasini hisobga olsak, unda qardoshlar sahnasiga chiqqan bizning asarimiz yakkayu yagona shu Tog‘ay Murodniki bo‘lib qoladi. Shuning o‘zi ham ancha narsani anglatmaydimi, axir? Bu asar, demak, qardoshlarimizga ham ma’qul bo‘libdi. Nimasi ma’qul bo‘ldi ekan? Ma’lumingizki, Qozog‘iston asosan chorvador respublika. Paxtachilik qanchalik bizning milliy xarakterimizni belgilaydigan bo‘lsa, ularda chorvachilik, chorva aksari xalqning kasb-korini belgilaydigan soha. Ot, qoramol, qo‘y, echki qozoqlarning joni. «Ot kishnagan oqshom» asari faqat ot kishnagani uchun emas, balki tasvirlanayotgan ob’ektga munosabati bilan, odamlarning dardini haqqoniy ayta bilgani bilan ham qardoshlarimiz sahnasi yuzini ko‘rishga munosib deb topildi. Ba’zan-ba’zan nega bizning adabiyotimiz jahonga chiqmaydi, deganga o‘xshagan gap-so‘zlar bo‘lib turadi. Jahonga chiqish uchun biz yaratgan asarlarda jahonshumul Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) muammolar ko‘tarilishi, baquvvat-baquvvat qahramonlar yaratilishi kerak. Men hech ikkilanmay aytishim mumkinki, Tog‘ay Murodning keyingi romanlari, agar malakali tarjimonning qo‘liga tushib, ko‘ngildagidek tarjima qilinsa, boshqa yurtlardagi o‘quvchilarning javonlaridan ham o‘rin olishi turgan gap. Men shu yoshga kirib shunga amin bo‘ldimki, yozuvchidan keyin uning asarlarini targ‘ib qiladigan kimdir qolishi kerak ekan. Mana, Ma’suma shu yo‘ldan borib jon kuydiryapti. Tog‘ay Murodning asarlarini chet tillarga tarjima qilib chop etilishi uchun ham uni qo‘llab-quvvatlab turadigan tashkilot, jonkuyar odam bo‘lishi kerak. Menimcha, uning asarlaridan biri xalqaro tillardan biriga tarjima qilinib chop etilsa bas, uyog‘ini asarning o‘zi tortib ketadi. Tog‘ay menga ukadek aziz, do‘stdek qadrdon edi. Nachora, Ollohning irodasi ekan, umri qisqa bo‘ldi. Yashab, ijod qilib yursa bo‘lardi. Afsuski, yaratgan Egam o‘zi berganini o‘zi oladi. Lekin Tog‘ay Murod ozgina yashagan bo‘lsa ham sozgina asarlar yaratib, o‘ziga haykal qo‘yib ketdi. Ukamizning joyi jannatda bo‘lsin! Shundan keyin magazinma-magazin, tanish-bilishlarni izlab ketdik. Dastlab, tsirkning kunchiqar tomonidagi «Ganga» magaziniga kirdik. Bu magazin yangi ochilgan, Hindiston bilan qo‘shma magazin bo‘lib, bu yerda noyob chet el kiyim-kechaklari ahyonahyonda uchrab turardi. Afsus, murod hosil bo‘lmadi. Kostyum bor ekan-u, sotuvchisi yo‘q ekan. Biz izlagan leninobodlik Asadulla degan yigit bor edi, aksiga olib u ham yo‘q ekan, onasi betobligi uchun kecha kechqurun qo‘shni respublikaga jo‘nab ketibdi. Noiloj yana yo‘lga tushdik. Bu gal «Jasorat» yodgorligining kunchiqar tarafida joylashgan kiyim-kechak magaziniga yo‘l oldik. Magazin sotuvchisi bir yigit bizning arzimizni diqqat bilan eshitgach, xushchaqchaqlik bilan kelin-kuyovni samimiy tabriklagan bo‘ldi. To‘y bo‘lsin, ishqilib, baxtli bo‘linglar. Rahmat, tashakkur. Menga qarang, kuyov bola, bu kelin bo‘lmish qatdan o‘zlari? Qatdan bo‘lardi, shu O‘zbekistondan-da... Aytmoqchi, men vodiydan yoki o‘zimizdan bo‘lsalar kerak deb o‘ylabman. Biz tomonlarda odatda qiz bola tug‘ilgandayoq kuyov sarposi tadorigini o‘ylab qo‘yadi. Bizlarda shu rasm bo‘lgan. Nahotki shu paytgacha o‘ylamagan bo‘lsalaringiz? Kuyov bolaning turqi shu zahotiyoq o‘zgarib ketdi: Buning uchun kelin bolaning otasi katta amaldor yoki pochchasi oblpotrebsoyuzning direktori bo‘lishi kerak. Bizning kelinimiz bo‘lsa, o‘zimizga o‘xshash... Nachora, bizbop kostyum topilmasa kerak-da? Nega, topiladi, izlab ko‘ramiz. Hamkasblarning birortasida topilsa kerak... Xo‘p, qachon xabar olsam bo‘ladi? Ertaga obedga yaqin bir xabar olasiz-a, kuyov bola. Xo‘p, mayli, bo‘lmasa ertaga xabar olaman. Albatta, ertasi kuni Tog‘ay Murod nikoh kostyumidan xabar olmadi. Xullas, bizlar va sotuvchi yigit ortiqcha xijolatpazlikdan xalos bo‘lganimizga shukr qilib qolaverdik. Shundan so‘ng Yozuvchilar uyushmasining xodimi Rahimjon Otaevdan shu qissani topib berishni iltimos qildim. U iltimosimni befarq qoldirmadi, kitobchani topib berdi. Yerdan chaqa topib olgan qulday quvonib, qissani qayta-qayta o‘qib yurdim. Ana shu yillarda menda Tog‘ay Murod bilan uchrashish, u bilan suhbatlashish istagi tug‘ildi. Kunlarning birida hozirgi Amir Temur xiyobonining biqinidagi Yozuvchilar uyushmasining majlislar zalida allaqanday yig‘ilish bo‘ldi. Yig‘ilishdan keyinmi, tanaffus paytidami, uyushma binosining yerto‘lasidagi bufetga tushdim. Chetdagi stollardan birida yolg‘iz bir yigit o‘tirardi. Boshqa joylar band, faqat shu yigit qarshisidagi bir joy bo‘sh edi. Men o‘sha joyga borib o‘tirdim. Hurmat, qolaversa, rasmiyat yuzasidan o‘zimni tanishtirdim. Shunda u qisqa qilib: «Tog‘ay Murod», dedi. Men topa olmay yurgan adibim bilan tasodifan uchrashib qolganimdan quvonib ketdim. Mening unga beradigan savollarim anchagina edi, lekin bu uchrashuvimiz atigi yarim soatlar davom etdi, xolos. Keyinchalik ana shu uchrashuvdagi taassurotlarimni ko‘p bor eslab, unutilishi mumkin bo‘lgan ba’zi tafsilotlarni xotiramda mustahkamlab olishga harakat qildim. Ana shu taassurot hozir ham meni aldamaydi. Tog‘ay Murod… Dastavval bu yigit qalbining shu qadar keng va boyligini o‘sha uchrashuvda to‘la anglab yetmagan edim. Keyinroq uning «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar», «Momo-Yer qo‘shig‘i» qissalari e’lon qilingandan keyin shu narsaga amin bo‘ldimki, uning ona zaminga, mehnatkash insonga, halol va nekbin, to‘g‘riso‘z va o‘jar kishilarga bo‘lgan mehru muhabbati, ehtiromi cheksiz ekan. Mana shundan keyin bu insonning ma’naviy-ruhiy qudrati meni tobora o‘ziga torta boshladi. Uni qidirib nashriyotlarga bordim. Haqiqatan ham, maqola va taqrizlarimni yozgan paytlarda «sotsialistik realizm» mafhuli ayrim adabiyotshunos va tanqidchilar uchun gapning «bismillo»siga aylanib qolgan edi. Mening narsalarim esa bunday vasvasa hamda madhu sanolardan xoli bo‘lib, ularning nazdida «rangsiz» edi. Tog‘ay Murod… Bu ism XX asr o‘zbek qissachiligini yangi, shukuhli cho‘qqilarga ko‘tardi. Ammo diqqat qilinsa, adibning barcha qissalarida pokdomon kishilar, ularning halol va oddiy hayotlari, dardu armonlari tasvirlangan. Adabiyotda urbanistik turmush, ziyoli yoki elita kishilar ko‘proq qalamga olingan paytlarda Tog‘ay Murod oddiy qishloq zahmatkashlari, ularning quvonchu tashvishlarga boy, tanti va samimiyatga to‘la turmushlarini olib kirdi. Uning har bir qissasi inson umrining yangroq qo‘shig‘i yanglig‘ jaranglab turadi. Tog‘ay Murod… Bu ism o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida ham belgilovchi o‘rin egallaydi. Chunki adib o‘zbek badiiy nasridagi bayon poetikasini butunlay yangi o‘zanga burib yubordi. Epik bayonning bu shakli hozirgi o‘zbek nasrida mutlaqo yangi badiiy hodisa bo‘ldi. Men bu hodisani kvantiy bayon shakli, deb nomlagim keladi va epik bayonning ushbu shamoyili haqida, umr nasib etsa, maxsus bir tadqiqot qilish niyatim ham yo‘q emas. Chunki Tog‘ay Murod asarlari syujetida xronikal, assotsiativ va retrospektiv singari bayon shakllari goh alohida-alohida istifoda etilsa, ko‘p hollarda ular sintezlashib ketadi… Tog‘ay Murod… Bu ism adabiyotimizga sokin va beozor kirib keldi, ammo abadiy iftixor bilan nasrimiz tarixida muhrlanib qoldi. U qisqa, ammo mazmunli umr ko‘rdi. Adib yaratgan qissalaru ikki roman uning porloq xotirasini hamisha eslatib turadi. Uning suratlari xuddi juda talantli bolalar chizgan suratlarga o‘xshaydi. Buni primitivizm ham deyishadi. Yaxshi ma’noda. Pirosmani shu o‘ta odmi suratlarida gruzinning qiyofasi, gruzinning tom shoirligi, san’atkorligi va o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini juda yorqin va takrorlanmas tarzda aks ettirgan. Pirosmanining Tog‘ay Murodga hech aloqasi yo‘q. Lekin Tog‘ay Murod ham xuddi shu gruzin rassomi kabi takrorlanmas, shoirona, o‘zbekona va xalqonadir. Dehqonqul qadrdon dalalariga umid bilan boqadi. Bu dalalarda hur, ozod insonlar yashashiga ishonadi. Qadrdon dala Ona-Vatan timsoli. «Otamdan qolgan dalalar» uzoq yashaydigan, hali ko‘plarni o‘ylantiradigan, ta’sirlantiradigan romanlardan ekanligiga shubha yo‘q. Yozuvchi hayotni o‘rganishi shartmi? Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom», «Otamdan qolgan dalalar» asarlarini o‘qiganimdan keyin yozuvchi hayotni qanday o‘rganishi Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) lozimligini angladim. Tog‘ay Murod ilk qissasida milliy kurash sir-asrorlarini, polvonlar mahoratini shu darajada nozik o‘rganganki, undagi maxsus atamalar «Milliy kurash bo‘yicha qo‘llanmalar»ga kiritildi. Hozir o‘zbek kurashi qaerga yetib borgan bo‘lsa, o‘sha yerda «halol», «chala», «yonbosh» singari atamalarni biladilar, qo‘llaydilar. Demoqchimanki, yozuvchi o‘z asari materialini shu darajada bilishi kerakki, lozim bo‘lsa, mutaxassis ham undan foydalansin. Ko‘pkari, uloq haqida ko‘p yozilgan. Lekin birorta asarda ot va ot egasi, bakovul, beriladigan zot, ko‘pkari uchun so‘yilgan jonivor haqida Tog‘ay Murod asaridagiday mukammal ma’lumot berilmagan. Otshunos-zoologlar ham qaysi qulun, qanday toydan qanaqa ot paydo bo‘lishini Tog‘ay Murodday aniq, ishonarli yozishmagan. Bilishimcha, Chingiz Aytmatov tuya to‘g‘risida «Asrga tatigulik kun» asarida, bo‘ri haqida «Qiyomat» romanida ishonarli ma’lumotlar bergan. Jahon adabiyotida hayvonlarning antiqa obrazlarini yaratgan asarlar ko‘p. «Otamdan qolgan dalalar»da paxtakorning hutdan aqrabgacha bo‘lgan kundalik yumushi oppoq paxtaning qora mehnati o‘ta haqqoniy tasvirlangan. Asar manaman degan agronom uchun badiiy qo‘llanma misoli. Muallif hayotni shunchaki o‘rganmaydi. U kitobxon ko‘zi o‘ngida chalasavod, bilimsiz ko‘rinishdan cho‘chib, polvon, chavandoz, paxtakor hayotining miri-sirini o‘rganadi. Hayotni o‘rganish masalaning yuzaki tomoni, hafsala qilsa, hamma ham bu ishni uddalaydi, deguvchilar ham topiladi. Gap shundaki, yozuvchi o‘z qahramonining kasbi, yumushlari orqali ruhiga, tabiatiga kirib boradi. Bo‘ri polvon, Ziyodulla kal, Dehqonqul o‘z kasbining mohir bilag‘oni. Ayni vaqtda mana shu odamlar g‘irrom, ayyor, ichiqora, yolg‘onchi, yuzsiz insonlar oldida yosh boladay o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar, ayanchli ahvolga tushadilar. Dog‘uli Nasim Bo‘riga xiyonat qildi, do‘stining sevgilisini tuzoqqa ilintirdi. Bo‘ri polvonning yurak-bag‘ri qon bo‘ladi, ammo do‘stidan voz kecholmaydi. Ichiqoraligi, ayyor-xiyonatkorligi bois Xudo jazolagan Nasim tavba-tazarru qilmaydi, Bo‘ri polvon oldida yuzi qoraligidan nadomat chekmaydi. Ziyodulla kalni kimlar kalaka qilmagan, qaysi bakovul uning g‘olibligidan, zo‘rligidan ko‘z yummagan, deysiz?! Ko‘ngli o‘ksik, ammo tanti bu inson necha bor araz urgan, davrani tashlab ketgan. Lekin Ziyodulla tabiatidagi allaqanday kuch uni hamisha murosai madoraga, sabr-qanoatga, kechirimlilikka undagan. Mablag‘ topishmas, uni sarflash qiyin, deydi donolar. Bolani boqishmas, uni tarbiyalash mushkul, deydi kayvonilar. Material yig‘ish, uni qalbda yetishtirish, qahramonlarga joziba ato qilish ham mushkul, ammo uni ta’sirchan, qiziqarli so‘zlab berish eng qiyin yumush, deydilar mohir san’atkorlar. Kitobxon ko‘pincha voqealardan ogoh bo‘ladi, qahramonlar xatti-harakatini kuzatadi, fe’l-atvorini o‘rganadi. Lekin ko‘pchilik asar kim tomonidan, qanday so‘zlab berilayotganiga e’tibor bermaydi. Tog‘ay Murod asarlarida hikoya qilish san’ati shu qadar yuksakki, kitobxon so‘zlovchi, hikoyachi kim degan savolga beixtiyor javob axtaradi. «Ot kishnagan oqshom», «Otamdan qolgan dalalar»da hikoya qahramon tilidan olib boriladi. Lekin Ziyodulla, Dehqonqul hikoyasini boshqarib turgan bir estetik vosita kuch borki, uni roviy obrazi deyish joiz. Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi», «Oydinda yurgan odamlar», «Qo‘shiq» asarlari roviy tomonidan hikoya qilinadi. Undan o‘n-o‘n besh kichik asar, to‘rt qissa, ikki roman, nari borsa, to‘rt jildga jo bo‘larlik meros qoldi. Ammo yozuvchi asarlari ruhini, ulardagi o‘zbekona g‘urur, surur, qat’iyat, oriyat, jo‘mardlikni jo-bajo qiladigan hajmni topish mushkul. Tog‘ay Murod o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas asarlar, yuragida yoli bor qahramonlar timsolini yaratdiki, ular hamisha, har qaerda, har qanday sharoitda o‘zbekning o‘zligini namoyon etaveradi. U o‘ziga xos misoli tog‘ so‘qmog‘iday murakkab va mukammal uslub yarata oldi. Unga hamisha sergaklanib, ehtiyotkorlik bilan odim tashlash joiz. Aks holda «farg‘onachi» so‘zi oyoqqa tikanday sanchilishi, Bolxin momoning miltiqning o‘qiday so‘zlari kishini yaralab qo‘yishi, Dehqonqulning jo‘yali, mantiqli fikr-mulohazalari odamni Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) kalovlatib yuborishi, Ziyodulla kalning oddiy shumliklari zamiridagi zil-zambil haqiqatlar kishini chuqur o‘yga toldirishi hech gap emas. Ko‘kda yulduz uchdi. Yulduzning uchishi so‘nishi emas. Tog‘ay Murodning ko‘kdagi yulduzi mudom uchaveradi. U ulug‘ ustozlar yulduzlariga yaqinlashganida ham harakatlanaveradi. Tog‘ay Murod yulduzi mangu yonadi. Tog‘ay Murod katta yozuvchi bo‘lib, elga tanildi. Yuksak unvonlarga musharraf bo‘ldi. Uning «Otamdan qolgan dalalar» romani juda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lib, adibga shon-shuhrat keltirdi. Bu asar asosida Shuhrat Abbosov kinofilm yaratdi. Men uning ijodini kuzatib borar, e’lon qilgan har bir asarini o‘qir edim. Uning yil sayin asardan asarga o‘sib, ulg‘ayib, qalami charxlanib borayotganidan quvonar, adib bilan uchrashib, dildan suhbat qurishni istardim. Adibning asarlarini o‘qib, yurak qoni bilan yozib, mahorat ila tasvirlagan obrazlaridan ta’sirlanib, iztirobga to‘lib-toshgan, ko‘zidan duv-duv yosh to‘kkan muxlislarini ko‘rganman. Yozuvchining qahramonlari dardli, bu armonli dunyoga sig‘maganday edi go‘yo. Biroq Tog‘ay Murod asarlarining kuchi va jozibasi ham shundaki, uni o‘qiganingizdan Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) keyin hayotdan bezmaysiz, balki unga yanada mehrli-muhabbatli bo‘lasiz. Taqdir zarbalari oldida bosh egmaysiz, aksincha, o‘zingizni irodali, matonatli deb his qila boshlaysiz. Men nima uchundir uning qahramonlarini taniganday bo‘lardim, qishlog‘imizdagi men ko‘rib-uchratib yurgan kishilarga o‘xshatardim. Doimo Tog‘ay Murod bilan ko‘rishish, suhbatlashishni o‘ylab yurardim. Unda ham shunga ehtiyoj borligini bilardim. Ammo aksariyat katta iste’dodlar kabi Tog‘ay Murod ham ko‘p yashamadi. Bizni iztirobga solib, yolg‘onchi dunyoning g‘avg‘olariga istehzoli jilmayib, do‘stlari, muxlislarini armonga qo‘yib, chin dunyoga ketdi. Adibning janozasiga borar ekanmiz, shu kabi o‘ylar xayolimdan kechdi. U bilan biror marta ham tuzukroq suhbatlasha olmaganimdan, uning asarlaridan olgan hayajonlarimni aytib, unga siz zo‘r yozuvchisiz, xalqimizning faxrisiz, deb ayta olmaganimdan juda o‘kindim. Uning iztirobli kunlarida ma’naviy ko‘mak, madad va dalda bera olmaganimdan cheksiz afsuslandim. Insonning tabiati qiziq ekan! Go‘yoki ikki asr yashaydigandek, ba’zida xayrli yumushlarni orqaga surib, bu ishni ertaga yoki indinga qilarman, bugun juda bandman deb, gohida ikkinchi darajali yumushlar og‘ushida yurarkanmiz. Biroq ma’nan yaqin, o‘zi yoqtirgan odamini yo‘qotganida, kecha nega unga yaxshilik qila olmadim, nega uni tirikligida ardoqlay olmadim, deya nadomatlar chekar ekansiz. Shoir bilib yozgan ekan: «Ketdi do‘stlar, top oyog‘in gardini», deb... Tog‘ay Muroddan menga shunday mahzun va yorqin xotiralar qolgan... To‘g‘ri, uning keyingi «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar» qissalari birinchisidan yuksakroq tursa-da, lekin Tog‘ayning bu asarini xalq boshqacha qabul qildi. Nazarimda, kitobxonlar ana shunday yangi, ilhom bilan yozilgan ko‘tarinki, xalq ruhiyatidagi asarga ehtiyoj sezayotgan edi. O‘sha kezlar men «Guliston» jurnalida ishlardim. Bir necha adabiyotshunoslarga Tog‘ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» qissasi to‘g‘risida taqriz yozishni taklif etdim. Bilasizmi, hech qaysi tanqidchi asar xususida jo‘yali bir gap ayta olmadi. Chunki bu qissa boshqacha yondashishni taqozo etardi. To‘g‘risini aytishim kerak, Tog‘ayning ilk qissasi adabiy jamoatchilikni-da esankiratib qo‘ydi. Ko‘plar asar tahliliga qo‘l urolmadilar. Bu hodisaning o‘zi, ana shu fakt adabiyotda yangilik, mutlaqo yangi asar paydo bo‘lganidan dalolat berardi. Yaqinda bir maqolada qiziq fikrni uchratib qoldim. «Adabiyotda yangilik yaratish uchun avvalo tafakkurda, tushunchada yangilik bo‘lmog‘i lozim», deydi muallif. Shundan kelib chiqib, Tog‘ay Murod asarlarida ham yangicha qarashlar borligini ta’kidlash mumkin. Tog‘ay o‘zining ilk qissasidayoq yuragidagi orzulari, armonlari xalqning orzu-armonlariga esh bo‘lib ketganligini namoyon qilgan. Yodingizda bo‘lsa, «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida shunday gap bor: «…dunyodagi ko‘pgina xalqlar o‘zlarining hech bo‘lmaganda bitta sportini jahon miqyosiga ko‘targan. Bizdan esa jahonga ko‘tarilgan bittayam sport turi yo‘q. Bu o‘zimizga bog‘liq». Bu o‘rinda gap milliy kurashimizning xalqaro olimpiada musobaqalariga kiritilishidagina emas. Gap hamma xalqning, jumladan, o‘zbek xalqining ham jahonda o‘z o‘rniga, mavqeiga ega bo‘lishi haqida. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasiga yozilgan taqdim so‘zi annotatsiyada asarga «kurash haqidagi kitob» qabilida ta’rif berilgan. Yo‘q, bu asar faqatgina kurash haqida emas, insonning ori haqidagi kitob. Insonning g‘ururi, insonning nimalarga qodirligi haqida yozilgan mardona kitobdir. Asarda ifodalangan ana shu tuyg‘ularning bari badiiy tasvirlanib, yagona mavzu atrofida mujassamlashtiriladi. Qarang-da, ajoyib holatni: bosh qahramon Bo‘ri polvonning o‘g‘li Tilovberdi bellashuvda qatnashib tursa-da, ota o‘g‘liga yon bosmaydi. Bo‘ri polvon mardlik qiladi. Dunyo azal-azaldan ezgulik va yovuzlik kurashidan iborat. Ana shu azaliy kurash g‘oyasi jahonning taniqli adiblari singari Tog‘ay Murod asarlarining ham zamirini tashkil etadi. Tog‘ayning navbatdagi qissalarini nashr etishda ham men u bilan ko‘p birga bo‘ldim. U fikrida qat’iy turadigan shaxs sifatida o‘zini namoyon qilgan edi. Agar yozuvchining o‘zi shaxs bo‘lmasa, u yaratgan asarlar ham biror qiymatga ega bo‘lmaydi. Tog‘ay Murod asarlari uning shaxsini ko‘rsatib turadi. Tog‘ay Murod orzulari mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga ega bo‘lgandan keyin ro‘yobga chiqmoqda. Mana, milliy kurashimiz jahon sporti darajasiga ko‘tarildi. Badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotga ko‘rsatgan ta’siriga yaqqol misol bu. Tog‘ay har xil masalalarga o‘zicha, o‘ziga xos yondashardi. Masalan, muhabbatni olaylik. Atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning mashhur «Jamila» qissasi yodingizdami? Ana shu qissa, to‘g‘rirog‘i, muhabbatdagi erkinlik talqini G‘arb hayotiga juda mos kelgan. Taniqli frantsuz yozuvchisi Lui Aragon bu asarni frantsuzchada chop eta turib, «Muhabbat haqidagi eng buyuk qissa», deb ta’rif bergan. Albatta, Lui Aragonning gapida jon bor. G‘arb tushunchasiga ko‘ra, Jamilaning muhabbati, uning baxtga erishishdagi harakatlari olqishlanadi. Lekin Sharqda esa aksincha, bunmaydi. Shu singari «Jamila» qissasi Qirg‘izistonda og‘riq bilan qabul qilingan. Lekin Jamilaning o‘z baxti, muhabbati yo‘lidagi harakatlarini qoralab bo‘lmaydi. Shunga qaramay, Sharq baribir Sharq-da! Tog‘ay Murod asarlarida esa muhabbat talqini boshqacharoq. Unda muhabbat o‘z xalqi ruhiyatidan, qalbidan kelib chiqadi. «Oydinda yurgan odamlar» qissasini yodga oling-chi. Asarda tasvirlangan muhabbat juda buyuk muhabbat. Jahon ma’naviyati tarixiga nazar solaylik: qaerdaki axloqsizlik bo‘lsa, axloq buzilsa, o‘sha yerda ma’naviyat tanazzulga yuz tutadi. Tog‘ay Murod asarlari esa odamlarni pokiza, axloqli bo‘lib yashashga undaydi. Ushbu qissa qahramonlari Oymomo bilan Qoplon farzandlari bo‘lmasa-da, bir-birlarini sevib ardoqlab, e’zozlab yashaydilar. Dunyoda yashashdan maqsad nima? Avvalo, kishining o‘z suyanadigan tayanchi dardkash odami bo‘lishi kerak. O‘zbek tilida ikki bir-biriga yaqin so‘z bor: suyanish va suyalish. Dunyoda suyanish mumkin bo‘lgan odamlar ko‘p, ammo suyalish mumkin bo‘lganlari kam. Hammaga suyanish mumkin: suyanib turgan kishingni yo‘qotib qo‘ysang, yiqilmaysan, o‘zingni tutib olasan. Biroq suyalib turgan odaming o‘zini sendan olib qochsa, yiqilib chohga tushasan. Oymomo va Qoplon singari odamlarga suyanish ham, suyalish ham mumkin. Ularning farzandlari bo‘lmasa-da, bir-birlariga suyanib boshqalarga o‘rnak bo‘lib yashaydilar. Dili dardli odamlar ularga hamdard bo‘ladilar. Mashrab deydiki, «Dilda darding bo‘lmasa, sardaftarimni kavlama». Dilida dardi bor kishilar Qoplon va Oymomoning muhabbat qissasini o‘qiganda qalban yuksaladi, o‘zligini anglay boshlaydi. Tog‘ay Murodning adabiyotda o‘z yo‘li bor edi. XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Hamza, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom singari Tog‘ay Murod ham o‘zining katta ulushini qo‘shdi. U mumtoz adib sifatida o‘z asarlarini tahrir qila olardi. Alisher Navoiy, Pushkin, Gogollar ana shunday bo‘lgan. Bir kuni Turgenevdan so‘rabdilar: «O‘z asaringizga o‘zingiz baho bera olasizmi?» Javob shunday bo‘libdi: «Yo‘q, men Gogolmidimki, o‘z asarimga o‘zim baho bera olsam». Haqiqiy yozuvchi o‘zini o‘zi baholay oladi. Tog‘ay Murod ham o‘z asarlariga o‘zi baho bera olardi. Tog‘ay hech bir asariga mukammal deb qaramagan. U qissalarini tinimsiz tahrir qilar edi. Tahrir qilganda ham yaxshi tomonga o‘zgartirgan. Odatda, badiiy asardagi har qanday tahrir kitobxonga ma’qul kelmaydi. Uning ilk taassurotlarini chalkashtirib yuboradi. Tog‘ay Murodda esa mana shu nuqson uchramaydi. Agar Tog‘ay hayot bo‘lganida asarlari tahriri ustida hali ko‘p ishlardi. Bizga yanada mukammal badiiy asarlar taqdim qilar edi... Ha, u ana shunday buyuk yozuvchimiz edi. Nazarimda, Tog‘ay sira o‘lgan emasday, oramizda yashayotganday. Aslida ham shunday, u bizning oramizda, u aslo o‘lgan emas. Tog‘ay Murod hamon sahnada! ko‘p yo‘taldi, rentgenchilar Gullab ketgan o‘pkasining rasmin berdi. Qushmidi-ey, yashirdi-ya uchganini, Ko‘chib ketdi ko‘rsatmasdan ko‘chganini. Kuyib ketdim, eshitganda, o‘zi bilmay O‘qariqdan dorili suv ichganini! Dil ovlashda mergan bolam, o‘ bolam-a, Dorilarga bergan bolam, o‘ bolam-a. Ul go‘shani supuribmi turmoq uchun Mendan oldin borgan bolam, o‘ bolam-a... Biz moziyda, yaqin o‘tmishda boshidan katta talofatli kunlarni o‘tkazgan jafokash xalqmiz. Bu kunlar qaytib kelmasligi uchun ular haqida so‘zlab, yozib avlodlarga eslatib turish kerak. Tog‘ay Murod mana shu ma’noda qulochni katta yozdi. Qadamni katta qo‘ydi. Bu kunlar yoddan chiqmasligi, qaytarilmasligi uchun daho shoirimiz Shavkat Rahmon aytganidek, millatga Tog‘ay Murodday «yuzlab ovozi toshlarni yorar kuychilar kerak». Shunday kuychilarning biri, ehtimolki, shu saf sardorlaridan biri sifatida u o‘zining suyukli xalqi oldidagi mas’ul burchini mardona ado etib ketdi. 1977 yil... Men Moskvadan ta’tilga kelganimda uni juda dilkash qiyofada uchratdim. Respublika Radio binosining oldida uch-to‘rt o‘rtoqlari bilan chaqchaqlashib turgan ekan. Mana shu barmoqlar bilan bitilgan satrlaringizni, dedi u qo‘limni o‘pib kitobini ochib ko‘rsatarkan, kitobimizga kiritdik. Haqiqatan ham, Tog‘ay mening: Bobolarim birin-ketin suyak surib o‘tgan yer, Momolarim sochlarini qirqta o‘rib o‘tgan yer, satrlarim bilan kiritgan ekan. boshlangan she’rimni yangi «Oydinda yurgan odamlar» qissasiga Tog‘ay Murod degani tog‘day murod degani,Ketganligin xabari fig‘on, faryod degani, Kelganida odamday quvongan, ketganida Odamdan baland uvvos ko‘targan ot degani. Birovlarning dunyodan o‘tganini ba’zan odamlar sezmay ham qoladilar. Tog‘ay o‘tganda esa... bir-biriga suyib dildorlik qilayotgan oshiq-ma’shuqlarning ko‘zlariga yosh to‘ldi! Chap berib bir-birlarining yelkalarini yerga tekkizolmayotgan polvonlar holsizlanib, mung‘ayishdi, qadlarini yerdan arang ko‘tarishdi. Otlar, ayniqsa Tog‘ay yaxshi ko‘radigan Tarlonlar bir-birlarining bo‘yinlariga boshlarini osiltirib, mo‘lt-mo‘lt ko‘zyosh Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) to‘kaverdilar.Uzoq siqtab-siqtab yig‘ladilar... Tog‘ay-ey, do‘stim, Sizday dunyoni boshqacha erkalaydigan, boshqacha suyadigan odamlar ham bexosdan dunyoni armonda qoldirib o‘tib ketaverar ekanda-a. Bunday vaqtda qolganlar nima ish qiladi? Qolganlar ham dog‘da qolganlarini birdan tushunib odamlarga qo‘shilib, otlarga qo‘shilib, siqtab-siqtab yig‘layveradi, yig‘layveradi... to sokin tortib, o‘zlariga kelib olguncha. Odamlar-ov, ketar chog‘da yuraklarni larzaga solib, bor dunyoni yig‘latib ketish ham hammaning qo‘lidan keladigan ish emas. Demak, Tog‘ayda bizning ko‘pchiligimizda yo‘q nimadir bor edi-da... Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) OMON MUXTOR OROLI BOR ODAMLAR Gapni bir tanishimdan boshlay. Tanish ham emas, qadrdon. Quchoqlashib ko‘rishadigan. «Tanish» deganimga sabab, yillar bo‘yi taqdir taqozosi bilan bir davrada yurib, ilk qarashda aka-ukaga aylanib ketganmiz-u, lekin oramizda sirdoshlik, dardkashlik yo‘q. Ikkimizni ham odamlar «yozuvchi», deyishadi. Shuning barobarida, bizda maslak, adabiyotga, demakki, hayotga ham qarash har xil ekanligidan, munosabatlarimiz oradagi qulatish qiyin bo‘lgan devor ustidan bir-biriga qo‘l cho‘zib turgandek holatni eslatadi. Adabiyot uning uchun har qanday odam eplab ketadigan oddiy kasbi kor va yana shuhrat, mansab, manfaat maydoni! U iloji boricha tez, ko‘p, katta kitoblar chiqarib, atrofdagilarni tirsagi bilan orqaga surgancha, mana, men adabiyotni gullatyapman, deyishni yozuvchilik deb biladi. Odamning yuzi issiq. Unga adabiyot zahmat, azob, gohi bir so‘z topolmay ovoralik, Xudo avvaldan bergan «dard» ekanini aytolmaysan. Buni aytgan taqdiringda ham u tushunmaydi, aksincha sen maqtanayotganga o‘xshab qolasan. Yashirib nima qildik, hozir, ayniqsa, fikr erkinligidan, ba’zan «qo‘li uzun» bo‘lganligidan foydalanib, bunday «o‘zini adabiyotga urganlar» soni oldingidan kamida o‘n hissa oshib ketdi. Bir kunlar adabiyot ostonasiga yaqin yo‘lay olmagan kishilar bu kun to‘rga o‘tib o‘tiribdi. Markazdami, viloyatdami bosilgan «usta ko‘rmagan shogird»larning g‘ishtdek kitoblari shahar-qishloq bo‘ylab aylanib yuribdi. Mohir bir ijodkor «Saylanma» tuzishga botinmaydi. Bularning qo‘lida «Saylanma» ham tayyor. Barakalla, deb ketaverish mumkin edi-ku, uyat degan tuyg‘u kamligini o‘ylab ezilasan. Yozuvchilik eng avval, hayot oldida javobgarlik. Bobokalonlarimiz Mahmud Koshg‘ariydan tortib, Alisher Navoiygacha «so‘z sharafi» haqida kuyunib yozganlari ma’lum. Navoiy kabi Ulug‘ Zot umri oxirigacha o‘z yozganlarini qayta-qayta ko‘rib chiqqanini bilsangiz kerak. U bir tunda falon satr yozgan she’rbozga kulib, tanbeh berganini ham bilasiz. Ustoz Oybek yozuvchi degan nom yuksakligini o‘z hayotida isbotlagan edi. Yana bir ustoz Abdulla Kahhor so‘z bobida o‘zini ham, boshqalarni ham ayamas edi. Keyingi avloddan Asqad Muxtor hatto «Men yozuvchiman, deyish noqulay. Hurmatga loyiq, yaxshi odamman degandek eshitiladi!» mazmunidagi gapni ba’zan ta’kidlar edi. Tog‘ay Murodni eslab, shularning bari xayolimdan kechdi. O‘ylab ko‘rsam, ukam Tog‘ay Murod mendan yetti yosh kichik ekan. Ustozlar, akalar, tengdoshlardan ham ko‘ra ko‘proq, ukalarni yo‘qotish og‘ir. Asqar Qosim, Tilak Jo‘ra, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf... Tog‘ay Murod dastlabki hikoyalarini yozib, hali Mengnorov deb to‘liq ismi sharifini keltirgan paytda menga tanish edi. U kam hikoya yozgan, ammo yozganlarini qo‘lyozmada ham, matbuotda ham o‘qiganman: o‘shanda uch-to‘rt yil bir joyda u bilan O‘zbekiston Davlat radiosida ishlaganmiz. Keyinchalik uni, qissalari, romanlari bilan shuhrat qozona boshlagach, ko‘p emas, ahyon-ahyon ko‘cha-ko‘yda uchratganman, xolos. Tog‘ay Murod davralardan o‘zini tortar, odam to‘plangan joyni xush ko‘rmasligi odati sezilar, shundan uni ko‘p ham uchratib bo‘lmasdi tabiatan sal «yovvoyi», to‘g‘rirog‘i, u o‘z OROLI BOR odamlardan va shu OROLda osoyishta yashashni baxt, deb Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) bilgan ADIBlardan edi. Birov majlislarda javlon urib, nutq irod qilsin bemalol, Tog‘ay Murod zerikar va aksar o‘zini qanday tutishni ham bilmagandek holatga tushar edi. Men uning qiyofasida muhim belgi nima ekanligini o‘ylaganman. Uning yuz-ko‘zida qishloqdan shaharga kelib qolgan DYeHQONga xos o‘zidan va atrofdagilardan bir oz xijolat chekayotgandek holat muhrlangan edi! U qahramonlaridan birini Dehqonqul deb atagani, mehr bilan tasvirlagani bejiz emas. Katta davralarda halovat topmasligi ham, yolg‘iz o‘y surishga va yolg‘iz suhbatga uning moyilligi ham «dehqoncha» edi. Tog‘ay shaharda yashab ZIYoLIga, adibga aylangan, biroq «ichida» DYeHQON bo‘lib qolavergan edi! O‘sha, ko‘cha-ko‘yda ko‘rishganimizda, xilvat bir go‘shada ikki-uch soat suhbatlashib o‘tirgan paytlarimiz bo‘lgan. Shunda uning dala, yer haqida yozganlari shunchaki mavzu tanlash emasligi, butun hayoti, tabiati bilan bog‘liq, DALAda yolg‘izlikka o‘rgangan! Ko‘p so‘zlamaydi va so‘zining o‘ziga ehtiyoj ham sezmaydi. Asosan, xayol suradi! Goh-goh nimadir xirgoyi qiladi. Lekin mana shu «xirgoyi»da uning bor so‘zi, dardi hasrati aks etadi... Tog‘ay Murod qachonlardir, deylik, yoshligida, she’r yozganmi, eshitmaganman. Kuzatganim, uning nasrida she’riy ruh, qo‘shiqmi, kuymi birinchi o‘rinda turadi. «Qo‘shiq» degan asar yozganining boisi ham shu! Bu qo‘shiq, kuyda goho tovush bo‘g‘ilganimi, qo‘l titrab, tor maromida chertilmay qolganimi singari holatlar uchraydi. Bu tabiiy va biz bunga ahamiyat bermaymiz, yaxlit bir «xirgoyi»dan hayajonlanib, beixtiyor zavqlanamiz, xolos. Ana, Tog‘ay Murod hayotidan keyin ham, ona yurt, bepoyon dalalar ustida UNGA XOS qo‘shiq, kuy yangrab turibdi. Va men, uzoq zamonlar bu qo‘shiq, bu kuy uning mulki bo‘lib yangrab qolaverishiga ko‘nglimdan ishonaman... Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) NOSIR MUHAMMAD O‘Z XALQIGA HAYKAL QO‘YGAN ADIB Oilaviy albomimizda bir rangli surat saqlanadi. Unda Tog‘ay Murod va Ma’suma Ahmedovaning baxtli daqiqalari muhrlangan. Nikoh oqshomida olingan bu surat orqasiga Tog‘ay Murodning samimiy dil so‘zlari bitilgan. 1984 yili «Guliston» jurnali bo‘lim mudiri, rahmatlik Shomurod Siddiqov menga telefon qilib qoldi: Shoir, kelmasangiz bo‘lmaydi, bir savob ish chiqib qoldi. Shomurod aka odamlarning boshini qovushtirib yuradigan, to‘ylarda kayvonilik qiladigan inson edi. Men esa xorijda ishlab olib kelgan moviyrang «Volga» mashinam bilan hamkasblarning to‘y-ma’rakalarida beminnat xizmat qilar edim. Tog‘ay Murod darvesh uylanadigan bo‘pti, kelin ham o‘zimizdan, nashriyotda ishlaydigan Ma’sumaxon, dedi uchrashganimizda Shomurod aka. Endi birgalikda bir xizmat qilmasak bo‘lmaydi. Axir bu yerda uning hech kimi yo‘q. Men ularning ikkalasini ham yaxshi bilar, Tog‘ay Murod bilan universitetda o‘qib yurgan paytlari tanishgan edim. Keyinchalik u men mas’ul kotib bo‘lgan «Yoshlik» jurnaliga tez-tez kelib turadigan bo‘ldi, o‘quvchilar tiliga tushgan ilk qissalari bizda bosildi. Ma’sumaxon ham matbuotdagi hikoyalari bilan ijod ahliga tanilib qolgandi. Xullas, to‘y kuni ham yetib keldi. «Kuyov bola» va jo‘ralari bilan Parkentga, Ma’sumaxonning uyiga yo‘l oldik. Nikoh marosimlarini o‘tkazdik. Shomurod aka boshchiligida shinamgina to‘y chiroyli o‘tdi. Yarim tunda kelin-kuyov bilan Toshkentga qaytdik. Bu surat o‘sha kunlardan xotira bo‘lib qoldi. Shu voqea sabab bo‘ldi-yu, Tog‘ay bilan yanada qadrdon bo‘lib ketdik. Har safar uchrashganimizda u quchoqlashib ko‘rishar, «aka, bormisiz», deya o‘zining yangi asarlari, rejalari haqida to‘lib-toshib so‘zlar edi. «Otamdan qolgan dalalar» romani ilk bor «Yoshlik» jurnalida bosildi. Mas’ul kotib sifatida uni tsenzuradan o‘tkazish uchun anchagina mashaqqat chekdim. Har bir jumla, har bir sahifa uchun «jang» qilishga to‘g‘ri keldi. Aytilgan joylarini tuzatasizlar, bo‘lmasa asarni butunlay olib tashlayman, deb turib oldi tsenzor. Romanning ba’zi boblarini «tahrir» qilishga majbur bo‘ldik. Tog‘ayning o‘ziga aytmadik. Chunki janjal chiqib ketsa, asar bosilmay qolardi. Lekin shu holida ham u tezda o‘quvchilar tiliga tushdi, Tog‘ay Murodning chinakam iqtidorini namoyish qildi. 1994 yil adib uchun omadli keldi. «Sharq» nashriyot-matbaa birlashmasi birin-ketin uning ikkita kitobini chop etdi. Birinchi kitobiga «Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar», «Momo-Yer qo‘shig‘i» qissalari kirgan edi. Eng muhimi, oqsoqol adibimiz, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad bu kitobga samimiy, ruhlantiruvchi so‘zboshi yozgan edi. Ikkinchi kitobga esa «Otamdan qolgan dalalar» romani kiritilgan bo‘lib, unga Tog‘ay Murodning o‘zi so‘ngso‘z bitgandi. «Men» deb atalgan bu so‘ngso‘z kitobxonga yozuvchining mashaqqatli hayot va ijod yo‘li haqida ma’lumot beradi, uning qaysar va kurashchan ruhini anglashga ko‘maklashadi. Qarang, adib nima deydi: ToshDUning jurnalistika fakultetida birga tahsil olganmiz. Hammasidan ham o‘qishga kirgan yilimiz yaxshi esimda qolgan. O‘sha yili bir-ikki oy o‘qiganimizdan keyin domlamiz Muxtor Xudoyqulov «Men nima uchun jurnalistika sohasini tanladim?» mavzusida dilimizdagi gaplarni yozib kelishimizni tayinladilar. Hamma o‘z bilganini qog‘ozga tushirgandi o‘shanda. Muxtor aka har birimizning dil bayonimiz bilan tanishib, ayrimlarimizning yozganlarimizdan ifodali o‘qib berib, ijodiy qobiliyatlarimiz haqida iliq fikrlarini bildirgandilar. Tog‘ayning inshosidagi shunday jumlalar esimda qolgan: «Men o‘rta maktabni tugatgach, bilimimni oshirish uchun Toshkentga yo‘l oldim. Ortimdan oq sallali tog‘lar duo qilib qoldilar...» Domla ushbu so‘zlarni hayajonlanib o‘qirkan, «Ilohim, shu tog‘larning duosi ijobat bo‘lsin!» degandilar. Men ham o‘qishni tamomlamagunimcha biror satr she’rimni e’lon qildirmaganman. To‘g‘risi, murg‘akligimdan yozishga ixlosim cheksiz bo‘lganligi bilan juda kam yozganman, chinakam ijod nimaligini faqat universitetga kelib anglaganman hamda ilk mashqlarimni o‘shanda boshlaganman. Men ba’zan Tog‘ayga qoralamalarimni o‘qib berganimda, u fikrini lo‘nda qilib aytar, keyin «Mirtemirni o‘qish kerak, Mirtemirni! Ana u haqiqiy shoir!» deya, yoddan uning she’rlaridan parchalar o‘qirdi. Men shunda uning she’riyatni nozik tushunishiga hayron qolardim. U biror muhim fikr yuzasidan mulohazasini bildirgudek bo‘lsa, avval taraddudlanib olar, so‘ng go‘yoki bu uning uchun so‘nggi imkoniyatdek kuyunib, hatto junbushga kirib gapira boshlardi. Shu boisdan ham, ya’ni fikrini bamaylixotir bildirolmasligini anglaganligi uchun ham u kamgap edi balki. U samimiy hazil-huzulni yaxshi ko‘rardi. Quyoshday charaqlab kulib, ba’zan o‘zi ham mutoyibaga qo‘shilishga harakat qilar, lekin o‘z sha’niga nobop gap aytilgudek bo‘lsa, qora bulutdek tundlashib ketar, hatto mushtini ishga solishdan ham toymasdi. Universitetni tamomlagach, hammamiz har tomonga tarqab ketdik. Men Tog‘ay bilan ham kam ko‘rishadigan bo‘lib qoldim. Bir kuni uchrashib qolganimda: Menga qara, tarjimani boplabsan-ku! dedi. Qaysi tarjimani? O‘ljas Sulaymonovdan. «Drujba narodov»da chiqqan she’rini. Satrma-satr solishtirib chiqdim. Hayratlanarli darajada mukammal chiqaribsan!.. Tog‘ay keyin bir necha yillar davomida goh u tahririyatda, goh bu tahririyatda ishlab yurdi. Bir payt uning «Guliston» jurnalida hikoyasi chiqqanini eshitib qoldim. Chamamda, nomi «Zarang tayoq» edi. Adabiyot maydonidagi og‘zaki tanqidchilikning peshqadam vakillari: «Bu hikoyada jon bor», deb har davrada gapirib yurishdi. Lekin o‘sha paytda kim ko‘p boshlovchi hikoyanavis ko‘p edi. Tengqur do‘stlarimiz Tog‘ayni ham shulardan biri deb qabul qilishdi va bu hikoyani birov o‘qidi, birov o‘qimadi. Men «Yosh gvardiya» nashriyotida ishlardim. Kunlarning birida xonamga Tog‘ay kirib keldi. «Bu yil paxtaga bormadim, mana shu qissamni oqqa ko‘chirdim, shunga bir ko‘z tashlab bersang», deb qoldi. Men asarni qo‘limdan qo‘ymay o‘qib chiqdim. Bu uning «Yulduzlar mangu yonadi» nomli ilk qissasi edi. Ikki-uch kun o‘tib, u yana oldimga keldi. Men ro‘zg‘origa ishlatadigan pulini qarzga berayotgan odamdek bir zum sukut ichida tek qotdim. Qalay? dedi Tog‘ay. Ma’qulmi? Men shartta dedim: Ajoyib! Zo‘r yozibsan, do‘stim!.. Rostini aytaymi senga chingizona qissa bo‘pti! Rostdanmi? Shunaqa degin-a?.. dedi u asari nashidasidan ham yayrab, ham ishonqiramay. Ba’zan shunday maqtovlar bo‘ladiki, uni eslab istagan paytda dilgir ko‘nglingizni ravshan qilasiz. Mening ushbu dil so‘zlarim ham uning qalbiga bir necha muddat munavvarlik baxsh etgan bo‘lsa, ajab emas. Keyin Tog‘ayning ketma-ket qissalari e’lon qilindi. Biri biridan ajoyib asarlar edi ular. Shunda men uning katta ijodiy kuch to‘plaganligini his etdim. Bunga, albatta, chuqur mutolaasiz erishib bo‘lmaydi. Menimcha, Tog‘ay chinakam mutolaaga asosan universitetni tugatganidan keyin bel bog‘lab kirishgan. Chunki bizlar ko‘pchiligimiz biror joyga ishga ilinib olgan, uy olish yoki o‘sish ishtiyoqida asosiy vaqtimizni idora ishlariga qurbon qilganmiz. Tog‘ay esa biror-bir joyga astoydil tanda qo‘ymagan edi. O‘sha paytlar ko‘rishganimizda u Dostoevskiyning hamma tomlarini o‘qib chiqdim, hozir «Zapiski iz Mertvogo doma»ni qayta o‘qiyapman, degandi. O‘sha davr zamonaviy rus adabiyotini esa miridan-sirigacha o‘zlashtirgandi. Keyinchalik Tog‘ay bilan kam ko‘rishadigan bo‘ldik. Menda fursat yo‘q edi. U esa o‘zining ijodiy rejalariga sho‘ng‘igandi. Ba’zan u yashaydigan mavzega yo‘lim tushib qolganda uni sport kiyimida uchratib qolardim. U yugurishdan bir zum to‘xtab: Qalaysan? deb ko‘rishgan bo‘lardi. O‘zing yaxshi yuribsanmi? Ha, yaxshi, mana, ko‘ryapsan-ku... Shu bilan gapimiz tugar va ikkovimiz ham o‘z yo‘limizda davom etardik. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib bo‘lib ishlayotgan paytimda bir kuni Tog‘ay telefon qilib qoldi. Yozuvchilar o‘sha paytda ikkiga uyushmaga va ittifoqqa bo‘lingan edi. Men uyushmada edim. Yangi asarimni o‘qidingmi? dedi. Eshitdim, lekin hali o‘qishga ulgurmadim, dedim. Gap «Otamdan qolgan dalalar» romani ustida ketayotgan edi. Roman «Yoshlik» jurnalining ikkita sonida e’lon qilinib, endigina nashrdan chiqqandi. Shuni uyushmada muhokamasini tashkil qilib bersang degandim... Yaxshi fikr. Albatta tashkil qilamiz... O‘sha paytlarda Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga asarlar tavsiya etilayotgandi. Men uyushma mutasaddisi Jamol Kamolga bu haqda fikrimni yetkazdim. U, agar tashkillashtirishni to‘liq o‘z mas’uliyatingizga olsangiz, kirishavering, dedi. Muhokama bo‘ladigan kuni zal ishtirokchilar bilan to‘ldi. Kelishganimizdek, yig‘ilishni nasr kengashining raisi olib borishi kerak edi. Muhokama muvaffaqiyatli o‘tishidan ko‘nglim to‘q edi. Belgilangan soatda yig‘ilishni ochish uchun zalga kirib bordik. Uyushma mas’ullari pastda o‘tirdik, kengash raisi minbarga ko‘tarildi. O‘rtoqlar, dedi u tomoq qirib jiddiy qiyofada. Bugun yig‘ilishimizni qoldirishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki men asarning ikkinchi qismini o‘qib ulgurmadim. Mirpo‘lat menga vaqtida yetkazib bermadi. Yana bir karra uzr, o‘rtoqlar... U minbarga katta sumkasini ko‘targancha chiqqandi. Yana uni ko‘tardi-da, shlyapasini bostirib kiyib, to‘g‘ri eshik tomon yo‘naldi. Hamma dovdirab qoldi. Yig‘ilishga mas’ul menman. Shitob minbarga ko‘tarildim va: O‘rtoqlar, muhokama qoldirilmaydi, bo‘ladi. Chunki bu yerga asarni o‘qiganlar yig‘ilgan. Jamol aka, marhamat, muhokamani o‘zingiz boshqarsangiz... dedim. Jamol aka o‘tirgan joyida, hechqisi yo‘q, o‘zingiz boshqaraverasiz, dedilar. Xullas, yig‘ilishni o‘zim boshqarishimga to‘g‘ri keldi. Muhokama qizg‘in tusda ikki soatdan ortiq davom etdi. Uning yakunida asar bir ovozdan Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etildi. Ushbu mo‘tabar mukofotga sazovor bo‘ldi ham. Lekin qizig‘i, Tog‘ayning o‘zi muhokamaga kelmadi, o‘rniga turmush o‘rtog‘ini jo‘natibdi. Dog‘ sharmandalik. O‘zing sharmanda qilma, deb yashaymiz va bu qo‘rquv oriyatni, oriyatning ulkan qismini tashkil etadi va bu qo‘rquv insonni inson aylaydi. Tog‘ay Murod ham o‘zining bosh qahramonlariga o‘xshagan oriyatli, yaxshi inson edi. Oxirati obod bo‘lsin! Ma’suma qo‘ng‘iroq qilganida xotira yozishimni aytdim. Albatta, o‘tganlarni yodlash burchimiz. Barchasi haqida yozamiz, ruhlari shod bo‘lsin. Sening ham ruhing shod bo‘lsin, Tog‘ay Murod! Ketganingda, sen va yurtingni, tulporingni, qahramonlaringni eslab, bir she’rcha qoraladim. Tog‘ay Murod Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) elegiya Ot kishnagan oqshomlarda Yulduzlar mangu yonar. Tong hidi bor bu damlarda Quvonch porlar, qayg‘u yonar. Xo‘jasoat quchog‘ida Nurlar kabi porlar uzum. Kech kuzakda, bog‘ oxida Mo‘ltillaydi yurtning ko‘zi. Yo‘l uzun, yo‘llar uzun Surxondan ham narida. Ufqlarda qoldi so‘zim, Shafaqlarning bag‘rida. Jaranglagan ol dizlarni Tinglab turar Vaxshivor. Tulpor hidlar yulduzlarni, Manglayida oyi bor. Tong hidi bor bu damlarda Quvonch porlar, qayg‘u yonar. Ot kishnagan oqshomlarda Yulduzlar mangu yonar. Ma’suma bu she’rni telefonda eshitib, tasalli topganday bo‘ldimi, u siz yozishingizni istardi, deb qoldi. So‘z ta’rifiga ojiz holga tushdim: kim haqda, nima haqda, qanday yozishimni? Sen meni o‘zingga shunchalar yaqin tutishingni bilardim. Ma’suma telefonda yetarlicha tushunarli aytgan bo‘lsa-da, hanuz o‘ylardim: tongotar suhbatlarimizni, oxirgi pullarimizni to‘plab, shahar go‘zalligini tomosha qilish uchun taksida kezgan tungi sayrlarimizni, ajoyib orzularimizni... Hatto hozir tirik, salomat do‘stlarimizni, suhbatlarimizning gullari dangalchi Erkin A’zamni, harbiy xizmatdan Olmoniyadan qaytib kelgan qo‘li ochiq Usmon Azimni, Maskovdan «mast ko‘p»dan keldim, deb xonamizga kirib kelganda bayram bo‘lib ketadigan Murod Muhammad Do‘stni, sen she’rlarini yaxshi ko‘radigan Azim Suyunni, Rauf Parfini, Sirojiddinni, Mirzoni, Tojiddin Razzoq, Sharafiddin Muhammad va Farhod akalarning xonasida yig‘ilishib, adabiyot, kurash, sport haqidagi mubohasalarimizni... «Yulduzlar mangu yonadi» qissangdagi sening ham moddiy, ham ma’naviy polvonligingni; «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar» qissalaringdagi, romanlaringdagi bosh qahramonlaring kabi o‘zingning ham orchiliging, Allohdan ulug‘ mujdalar kutib, ozodlik kutib, yigirma yillarcha sabrbardosh bilan faqat ijod bilan mashg‘ul bo‘lib, ko‘chalarga kam chiqqaningni esladim. Yigirma yil deyarli ko‘rishmaganimizni, bu do‘stligimizga va sening sha’ningga soya sololmasligini, lekin bevaqt o‘lim ham borligini unutayozganday, g‘aflatda qolganimni eslab o‘kindim. Men ham yigirma yil tashqariga emas, o‘z xonamning ichkarirog‘iga kirib bordim, sen bilan do‘stlarim, ulug‘ ustozlarimiz bilan ko‘rishuvga munosib hozirlik ko‘ray dedim va g‘ofil qoldim. Lekin men senday do‘stim borligi bilan (bo‘lganligi bilan demayman) faxrlanaman. Har kun seni ziyorat qilishadi. Zero, sen yerdasan, ko‘kdasan, kitoblaringdasan, odamlar, muxlislaring ko‘nglidasan. Sen bir odam qilishi, bir yozuvchi qilishi mumkin bo‘lgan ishlarni qisqagina umringda bajarding. Zero, sen e’tirof etilding. Endi senga va barchaga uxroviy mukofotlar ato etilsin! Biz sendan rozimiz, sen ham bizdan rozi bo‘l! Buyuk Kunda yorug‘ yuz bilan ko‘rishaylik! Ko‘rishguncha omonda bo‘l! Yo do‘sti aziz! Yo do‘sti Qiyomat! Bir tun... yaqindagina... kuni kecha Ziyodulla chavandozning Tarlon oti kishnadi. Odatda, ot yo shodu xurramlikda, yo kulfatda kishnaydi. Afsuski, bu gal Tarlon ot kulfatni sezganday bezovta bo‘ldi. U o‘sha tomonda, Surxon tog‘larida, Xo‘jasoat qishlog‘ining dashtu qirlarida, to‘lqinlanib yotgan ko‘m-ko‘k adirlarda kishnayotgan paytda yozuvchi Tog‘ay Murod olamdan o‘tdi... Tarlon ot u yaratgan obraz Ziyodulla chavandozning Tarlon otiga ko‘p yomon bo‘ldi. Uning nolasiga hamma quloq tutdi, unga qo‘shilib hamma qayg‘uga botdi. Hammaning ko‘ngli «Nega shunday bo‘ldi?» degan savol bilan o‘rtandi. Shu jumladan, biz tengqurlari, tengdoshlari ham. Buning ustiga, biz kursdosh ham edik. U bilan Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida birga o‘qiganmiz. Tog‘ay Murod bizga 3-kursdan kelib qo‘shilgan. Avvaliga yuqori kursda o‘qib, orada harbiy xizmatni tugatib, o‘qishni qayta boshlagan edi. «Otlar uzoqda bo‘lsa, bir-birini sog‘inib, kishnashar. Yaqinda bo‘lsa agar bir-birini tishlashar», degan maqol bor. Xuddi shunday, biz bir guruh o‘spirin yigitchalar: Erkin A’zam, Usmon Azim, Muhammad Rahmon, Tog‘ay Murod o‘sha damlarda birga o‘qib, birga yurib, adabiyot, hayot, o‘zimiz bilgan va bilmagan narsalar haqida bahslashib, tortishib yurardik. Bularning barisi gina-kuduratsiz, adovatsiz ro‘y berardi. Tog‘ay Murodning o‘zicha bir olami bor edi. Bu olam uni adabiyotga olib kirdi. Tog‘ay Murod o‘zi yaratgan ana shu olam ichida yashay boshladi. Bu olamda oydinda yurgan odamlarning sodda dunyosi, yulduzlar mangu yonadigan osmon ostidagi polvonlarning halol kurashi, ko‘pkari chopgan oqko‘ngil chavandozlarning diltortar gurungi bor edi. Surxonning olis qishlog‘i Xo‘jasoatdan katta shaharga kelib, shuncha yil yashab, orttirgani yolg‘iz adabiyot bo‘ldi, shuni deb yashadi. Romanlar, qissalar yozdi. Menimcha, «Ot kishnagan oqshom» qissasi alohida jozibaga ega. Tog‘ay Murod tabiatan o‘z qahramoni Ziyodulla chavandoz kabi, Tarlon ot kabi fe’li asov, polvonlari kabi do‘lvori edi. Rus yozuvchisi V.Shukshin o‘zi haqida yozganida: «Shu paytgacha shaharlik bo‘lolmadim, ammo qishloqiligimcha qolib ham keta olmadim», deb ta’kidlagan joyi bor. Tog‘ay Murod shaharda yashasa ham qishloq odamlarini, uning tabiatini sevib, sog‘inib ijod qildi. Ammo o‘zi yaratgan bu obrazlardan, qishloq manzaralaridan ko‘ngli sovib qolishdan qo‘rqib, u yerga borib yashagisi kelmasdi. U mana shundan ezilar, qiynalar, boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek bo‘laverardi. Shu sababdan uning ko‘ngli to‘la armonlari, hasratlari, orzulari mo‘l edi. Ularning bir qismi «Otamdan qolgan dalalar»da aks etgan bo‘lsa, ba’zi birlari ehtimol qoralab qo‘ygan qo‘lyozmalarda bo‘y ko‘rsatar. Balki ko‘pchiligi uning serhayajon, ta’sirchan va serg‘alayon yuragi tubida qolgandir. Biz buni endi hech qachon bilmaymiz, bilolmaymiz. Ammo uning adabiy bisotidagi duru injulari bir qalb iztiroblari va quvonchlarining timsollari bo‘lib, yuragi pok bir insonning tip-tiniq ko‘zyoshlari kabi kishini hayajonga solib turishi tabiiy. O‘lim sharobini erta totgan do‘stimiz uchun qanchalik kuyunmaylik, o‘lim haq ekanligiga iqror bo‘lishdan bo‘lak chora yo‘q. Shunday esa-da, bir taskin va ko‘ngil yupanchi uchun Tog‘ay Murod yaratgan kitoblarga nazar tashlaymiz-u: «Attang, u bulardan-da yana soz va xo‘b asarlar yaratishi mumkin edi-ku», degan armonli fikrlar ko‘nglimizdan kechadi. Aslida u o‘qishni ilgariroq bitirayotgan, lekin qandaydir mojaroga aralashib, kasriga bir yil «sinf»dan qoldirilgani bois keyingi kursdagilar bilan o‘qishni bitirishga majbur bo‘lgandi. Kim nima tashvishda-yu, biz «Erkin A’zamlar kursi yanayam kuchayib ketganidan» xavotirdamiz! Xavotirda edigu, Tog‘ay Murodni qariyb ko‘rmas edik. U darslarga deyarli qatnashmas, mabodo yuzma-yuz kelib qolganda ham Tog‘ay boshqalar bilan yolchitib so‘rashib, salom-alik qilganini eslolmayman. Qo‘l olishgan taqdirda ham og‘iz ochib bir narsa demas, bosh irg‘ab qo‘ya qolardi. U zo‘r yozuvchi! dedi saboqdoshimiz O‘rol O‘taev, bunday holatni o‘zicha sharhlab. «Zo‘r yozuvchi boshqalar bilan gaplashmaydimi, hech kimga qo‘shilmaydimi?» degan o‘yga bordim-u, o‘zim bilan o‘zim ovora, Tog‘ayni unutib ham yubordim. Oradan yillar o‘tdi, onda-sonda ko‘cha-ko‘yda, aksariyat Respublika Radiosi uyi atroflarida (u o‘sha yerda ishlar edi) mutlaqo tasodifan to‘qnash kelib qolganimizda salom-aligimiz juda qisqa bo‘lardi. Men oddiy jurnalist, Tog‘ay Murod esa «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar» qissalari bilan o‘zining haqiqatda zo‘r yozuvchiligini isbotlab ulgurgan, bizga o‘xshash boshlovchi havaskorlarga bepisandligi bejiz emas-da, deb o‘zimcha unga tan berib qo‘yardim ham. O‘tgan asrning 70-80yillarida adabiyotga erta kirib kelgan, bitta-yarimta kitobi, besh-oltita she’ri yoki hikoyasi og‘izga tushgan tengqurlar orasida dastlabki ijodiy yutuqlar ortidan kelgan shonshuhratni ko‘tarishga anchayin «qiynalgan»lari ham bo‘lgan. Chetdan kuzatgan kishi Tog‘ay Murodni ham kibru havoga berilgan o‘sha toifa vakillariga qo‘shib yuborishi hech gap emas edi. Oradan yana qancha vaqt o‘tdi, yodimda yo‘q, Tog‘ay Murod «Fan va turmush» jurnali tahririyatida paydo bo‘ldi! Men ushbu tahririyatda yetti-sakkiz yildan buyon ishlayotgan xodim sifatida bir narsaga imonim komil ediki, Tog‘ay Murod uchun «Fan va turmush» ham, jamoadagi muhit ham mutlaqo yot edi! Nega, nima sababdan? Tahririyatda ichki mehnat intizomi qat’iy yo‘lga qo‘yilgan, jurnalning har bir soni mundarijasi qat’iy reja asosida shakllantirilar, fikr-mulohazalar, maqolalarni tayyorlash, hatto yurish-turishimizgacha, tushlikka chiqish-kelishgacha hammasi yozilganyozilmagan qat’iy tartibga solingan edi! Shu o‘rinda o‘zbek ilmiy-ommabop jurnalistikasi xususida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish har qanday milliy jurnalistikaning nihoyatda muhim va nihoyatda murakkab yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bu borada bizda e’tirof etilgan jurnalistlar barmoq bilan sanaladigan darajada oz. O‘zbek milliy jurnalistikasida «Fan va turmush» maktabi alohida mavqega, tajribaga ega. Anvar Muhammadqulov, Komiljon Xolmuhamedov, Husniddin Nurmuhamedov, Rustam Obid... Yana kimni eslaymiz?.. Rahmatli G‘aybulla as-Salomning tarjimashunoslikka doir darsliklari, Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) qo‘llanmalarini varaqlab ko‘ring, bu sohadan yiroq kishi ham zavq bilan o‘qiy boshlaganini sezmay qoladi. Boisi, rahmatlik ustozimiz «Fan va turmush» maktabini o‘taganlardan hisoblanadilar! Bosh muharririmiz, mashhur akademik Yolqin To‘raqulov fundamental fan yutuqlarini oddiy kishilar tushunadigan darajada ommalashtirib berishimizni talab qilar, buning uchun katta-kichik olimlar keltirgan maqolalarni qayta ishlagunimizcha kam deganda besh-oltita adabiyotni ko‘rib chiqishga, mutaxassislar bilan suhbatlashishga, necha jild qomusu ma’lumotnomalarni titkilashga to‘g‘ri kelar... shu talab va darajada ishlash uchun esa hozirgina men aytgan qat’iy tartib-intizomga rioya qilishga majbur va mahkum edik. O‘zimizning shu qadar odobli, intizomli ekanimizdan, bosh ko‘tarmay ishlashimizdan faxrlanar edik, buni jurnalning ko‘plab nufuzli mualliflari ham e’tirof etishardi. Biroq bunday qat’iyatlilik bir narsada badiiy ijod kishisining ichki erkinliklari qarichi bilan o‘lchaganda o‘taketgan bema’nilik edi! Tasavvur qiling, «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar»dek betakror asarlarni yaratib qo‘ygan Yozuvchi men mazkur qissalarda aks etgan muallif ruhidagi cheksiz hurlikni, badiiy tasvir simfoniyasini, har qanday tan olingan adabiy an’analardanda farqlanuvchi o‘ziga xoslikni, betakror jozibali ohangni nazarda tutyapman hozirgina men tasvirlashga harakat qilgan shart-sharoitga moslasha olmasligi go‘dak bolaga ham ayon edi. Lekin Tog‘ay Murod ishga qabul qilindi. Torgina xonada, ro‘parama-ro‘para stolda peshonamiz peshonaga tekkudek ahvolda bir yildan ortiqroq, hamxona-hamnafas bo‘ldik. Xonadagi hamkasblar bilan bo‘ladigan adabiy gurunglarimiz doirasi kengaydi. Tog‘ay L.Tolstoy, Mopassan asarlaridan ko‘p misol keltirar, ayniqsa E.SetonTompsonning hayvonot dunyosiga bag‘ishlangan hikoyalarini zavq-shavq bilan aytib berar, ularni o‘zbekchalashtirishga kirishganidan gap ochardi. Tog‘ayga ko‘proq adabiy-badiiy, ijtimoiy yo‘nalishdagi maqolalarni tayyorlashga berishardi. U o‘ziga topshirilgan maqolani juda qiynalib o‘qib chiqar va muqarrar undan qoniqmas edi. Ko‘pchilik mualliflarning «tili» g‘alizligidan, mutlaqo o‘zbekcha emasligidan tutaqib ketar, ruschadan no‘noqlarcha tarjima natijasida urchib borayotgan chala va soxta til bu, deya xunob bo‘lgani bo‘lgan edi. Qo‘lyozmani ko‘targancha xonada yurishga tushar, «I, buni yozganiga qaranglar!» deb «tesha tegmagan» jumlalarni baralla o‘qib eshittirar, ketidan yayrab kulib ham qo‘yar edi. So‘ng, «Bu maqolani tahrir qilib bo‘lmaydi», degan xulosa chiqarardi. Biz esak, agar shu taxlit yondashilsa, aksariyat mualliflarning maqolasi ommaboplik talabiga javob bermasligini, demak, ular jurnal yuzini ko‘rmasligini yangi xodimimizga uqtirishga urinardik. Bo‘yab-bejab tahrir qilingan asl nusxalarni ko‘rsatardik. Bunday tahrir qilishda mualliflarni dangasa qilib qo‘yasizlar, xom-xatala maqola yozadi-da, sizlarga ishonib tashlab ketaveradi, shu. Yaxshisi, maqolani qaytarib berib yuboraman, boshqa iloji yo‘q, deb ikki oyog‘ini bir etikka tiqib turib olardi. Biz esa unga tushuntirolmay jonimiz halak: «Hay, baraka topkur, jurnalga hech qachon tayyor maqola kelgan emas, siz bilan bizning vazifamiz ham bitta maqolani qayta ishlab, tayyor holga keltirish, vassalom!» Shundan keyin Tog‘ay kiftini bir qisib qo‘yardi-da, vaziyatni tushunganday bo‘lardi. Yaxshisi, qayta yozib qo‘ya qolaman! deya muk tushib o‘tirganicha bosh ko‘tarmay ishga kirishib ketar edi. Jismonan baquvvat edi, butun vujudi bilan maqolani qayta yozishga kirishib ketardi. Umuman, Tog‘ay Murod qo‘l uchida ishlamas edi, bir ishga kirishdimi, chalg‘imas, xonadagi gurunglarga ham qo‘shilmas, chor-atrofida nima gap, nima so‘z barini unutar edi. Biz hamxonalar suhbatlashib qolamiz, hazilmutoyiba qilamiz, xotiralarga berilamiz, Tog‘ay gung va kar odamdek, ularning hech biriga e’tibor bermas, bu vaqtda u o‘ziga topshirilgan maqolaning ruhida, dunyosida Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) yashayotgan bo‘lar, boshlagan ishini bir hamlada nihoyasiga yetkazib qo‘ymasa, tahrirga, to‘g‘rirog‘i, «qayta yozish»ga kirishish uning uchun turgan-bitgani azobuqubatga aylanardi. Tabiiy, u nashrga tayyorlagan maqolalar badiiyligi, tilining shiradorligi bilan ajralib turardi, ana shunda jurnal rahbariyati nima sababdan Tog‘ay Muroddek taniqli yozuvchini ishga qabul qilganining boisini tushungandek bo‘ldim: o‘sha kezlar jurnalda e’lon qilinadigan maqolalarning ta’sirchanligini, jozibasini yanada oshirish zarurati tug‘ilgan, «Fan va turmush» sahifalarida o‘zgacharoq uslub, o‘zgacharoq nafasga ehtiyoj tug‘ilgan edi! Biroq Tog‘ay Murod aksari ilmiy-ommabop maqolaning badiiy bo‘yog‘ini quyuqlashtirib yuborar, bu bilan maqolaning ilmiyligiga putur yetib qolardi. Ilmiy-ommabop maqolada ilmiylik va ommaboplik muvozanatini saqlashdek mushkul muammo yana va yana tortishuvlarga sabab bo‘lardi. Jurnaldagi ish tartibining yana bir o‘ziga xosligi shunda ediki, har bir maqola kamida ikki muharrir qo‘lidan o‘tgachgina bosmaga ruxsat etilar edi. Tog‘ay Murod esa o‘zi tayyorlagan maqolaning qayta tahrirga berilishini sira hazm qilolmas, qayta tahrirda o‘zgarishlar ko‘payib ketishi uning izzat-nafsiga tegardi. U qo‘liga qalam olib yozdimi, bas, boshqalarning maslahati bilan unga o‘zgartirish kiritishga juda qiynalar edi. Umuman, Tog‘ay Murod nihoyatda ko‘ngli nozik, arzimas narsaga ham ranjib qoladigan odam edi, lekin bahslashganda aytgan so‘zidan qaytmas, aksari bahsni bas qilib, jim bo‘lib qolardi-da, xiyla fursat o‘tgach, to‘satdan o‘rnidan turib ketar va boya to‘xtagan bahsni kelgan joyidan davom ettirishga tushardi. Shunday paytlarda men uni juda avaylab, ko‘ngliga og‘ir botmaydigan so‘zlarni topib, tushuntirishga harakat qilardim va niyatimga erishardim ham. Xususan, u tayyorlagan maqoladagi ayrim chalkash, noaniq raqam va ma’lumotlarni manbalardan ko‘rsatib aniqlik kiritganda, Tog‘ay yosh boladay duv qizarib ketar, ketidan samimiy jilmayib qo‘yib, «Ha, mayli, o‘zingiz tuzatib qo‘ya qoling», deb yon berardi. Oradan bir yil o‘tdi, mening taxminim to‘g‘ri chiqdi, ya’ni Tog‘ay «Fan va turmush» muhitini qabul qilolmadi. Ishga kelmay qoladigan kunlari ko‘paydi. Bunday intizomsizlik... yo‘q, bunday holatning aslida intizomsizlik emasligini farqlash uchun Tog‘ay Murod shaxsini, Parvardigor unga ato etgan fe’l-atvorni tushunish kerak edi! Bir yildan ortiqroq u bilan birga ishlab, uni yaqindan kuzatgachgina u haqdagi ilgarigi tasavvurim o‘zgardi. Yo‘q, Tog‘ay Murod boshqalarga bepisandlikni, kibr-havoga berilishni ham bilmas ekan. U o‘z dunyosida yashaydigan, o‘sha dunyosini sira tark etolmaydigan, bordi-yu, ittifoqo o‘zini jisman o‘rab turgan muhitga qaytguday bo‘lsa, albatta, kimgadir ma’qul kelmaydigan, hatto g‘ayritabiiy muomala qilib qo‘yishi aniq edi. Shu boisdan ham u hushiga kelgan ishni qiladi, hushiga kelgan odam bilan gaplashadi, qolgan hammasi uning uchun bekor. U hech bir narsada o‘rtacha yo‘lni bilmadi, murosa ko‘chasiga yo‘lamadi, o‘zi bilan o‘zi yashadi. Har qanday muhitga, har qanday davraga sig‘avermagani uchun ham tabiatiga qarshi bormadi yolg‘izlikdan panoh topdi. Qizig‘i, bu yolg‘izlik dunyosini tish-tirnog‘i bilan «qo‘riqlar», hech kimsani «ichkariga» yo‘latmas ham edi. Ba’zan o‘ylab qolaman: Tog‘ay o‘zi uchun muqaddas deb bilgan va o‘zidan boshqalarga sirliligicha qolgan ichki dunyosini asarlariga, asarlaridagi qahramonlari dunyosiga ko‘chirib ulgurdimi-yo‘qmi?.. Bir narsa deyish qiyin... Har qalay u o‘zini hech kimnikiga o‘xshamagan asarlar yaratib qo‘ygan va yana shunday asarlar yozishga qodir yozuvchi deb hisoblar, bunga zarracha shak-shubhasi yo‘q edi. Ushbu aqidasida shu qadar qat’iy ediki, o‘zi va asarlari to‘g‘risidagi na ijobiy, na-da salbiyroq mulohazalarga ko‘pda qiziqavermasdi ham. «Kim nima deb gapiribdi, kim qanday taqriz yozibdi, deb o‘tirsangiz, ijod qolib ketadi, unday narsalarga mahliyo bo‘lmay, qo‘ldan kelganicha yozaverish kerak», der edi. Shukur akaning hikoyalari bunday kitobga arziydi! dedi Tog‘ay niyatimni ma’qullab. Keyinchalik onda-sonda uchrashib qolganimizda har safar: «Hikoyalar haqidagi hikoyalar bitdimi?» deb o‘sha suhbatni yodimga solar edi. Ikkinchi g‘alati hodisa paxta terimiga hasharga borgan kunlarimizning birida yuz berdi. To‘satdan Respublika komfirqasining rahbari Sharof Rashidovning vafot etgani haqidagi xabar tarqaldi. Tog‘ay, «Toshkentga boraman, dafn marosimida ishtirok etaman», deb turib oldi. Ruxsat berdik, Tog‘ay poytaxtga ketdi. Bir kunga ruxsat olgan odam to‘rt kunda qaytdi. Picha kayfi bor ekan, tabiiy, martabali zotning dafn marosimi xususida gap ochildi. Tog‘ay Murod dafn marosimi haqida gapirib berib o‘tirdi-da, hamxonalarimizdan birining, marhumni qaerga qo‘yishdi, degan savoliga hech ikkilanmay, «Chig‘atoy qabristoniga», deb javob qaytardi. O‘tirganlar hang-mang bo‘lib qolishdi. Axir dafn marosimi Toshkentning qoq markazida bo‘lib o‘tdi-ku! Harchand uqtirishga urinmaylik, Tog‘ay Murod so‘zidan qaytmadi, nega meni urib yengasizlar, axir o‘zim qatnashib keldim-ku, Sharof akani Chig‘atoy qabristoniga qo‘yishdi, ishonmasanglar, Toshkentga borganda ko‘rasizlar, deb turib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay Tog‘ayning gapi hayotda o‘z isbotini topdi... Bu hodisani nima deb izohlash mumkin: rahmatlik birodarimizning tabiatida avliyolik bor edimi yoki shunchaki bir tasodifmi, buyog‘i Yaratganga ayon... Qashqadaryoliklar yig‘ildik. Sababi, o‘sha yili men sambo kurashi bo‘yicha Minsk shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallab, jahon chempioni bo‘lib kelgandim. Choyxonaga el tanigan polvonlar, yaqinlarim meni tabriklash uchun kelishdi. Bir payt bilaklari baquvvat, Alpomish kelbatli bir odam to‘g‘ri keldi-da, meni quchoqlab oldi! O‘zimdan ham baquvvat bu odamni tanimas edim. U esa quchog‘idan qo‘ymay, negadir, ko‘zlarida yosh bilan nuqul bir gapni takrorlardi: Rahmat, polvon! Rahmat sizga. Otangizga ming rahmat... Rahmat... Bu odamning o‘zim haqdagi aytgan hayajonli gaplarini eshitib, to‘g‘risini aytsam, ko‘nglim ko‘tarilganidan ko‘zimda yosh qalqdi... Endi eslasam, men o‘sha kuni davrimizning buyuk adibi bilan uchrashgan ekanman. Bu odam Tog‘ay Murod edi! U bugungi uchrashuvni eshitgani zahoti, yo‘lga chiqib, o‘zi izlab topib kelibdi! O‘sha kuni biz ikki soatcha gaplashdik. O‘sha suhbat hayotimda katta iz qoldirdi. Shu-shu, biz tanish bo‘lib qoldik. Biz ko‘p ham suhbatlashmas edik. Lekin qalban bir-birimiz bilan birga edik, bir-birimizni boshqalardan ko‘ra yaxshi tushuna olardik. Tog‘ay aka «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida meni ham tilga oldi. Bu narsa menga katta ta’sir qilgan, ruhlanib ketganman. Axir, chekka bir qishloqdan chiqqan, to‘ylarda kurashib katta bo‘lgan menday oddiy polvonni Tog‘ay Muroddek katta yozuvchi o‘z asarida aytib o‘tishi katta baxt emasmi? Shu asar orqali ham nomimni butun el bildi. Bundan keyin ham biladi. Kim biladi, Tog‘ay aka bo‘lmaganda men bu qadar katta polvon bo‘lmasmidim? Chunki men kurashning oltin qoidalarini Tog‘ay Muroddan o‘rgandim! U kishi aytgan «Polvon o‘zini uch balodan: birinchisi ayolbozlik, ikkinchisi ichkilikbozlik, uchinchisi nafs balosidan asrasin», degan hikmatiga men ham amal qildim. Tog‘ay aka kurashchi bilan kurashchi tilida, chavandoz bilan chavandoz tilida, dehqon bilan dehqon tilida so‘zlasha olardi. Ularning qalbiga kirib bora olardi. Shuning uchun u kishi ularning xarakterini, ichki olamini besh qo‘lday bilardi. Chunki Tog‘ay aka asarlarining bo‘lajak qahramonlarini oldindan kuzatib yurgan: bo‘lajak polvon davraga qanday kirib kelyapti, qanday harakatlar qilyapti, ularning ruhiyatida qanday o‘zgarishlar bor? Chavandoz otda qanday yuribdi, u uzangiga oyog‘ini qanday qo‘y yapti hamma-hammasi o‘ta sinchkovlik bilan o‘rganilgan. Boisi, u kishining o‘zi «Men go‘dakligimdan davralarda kurashib katta bo‘ldim», «Sattor chavandoz bilan qishloqmaqishloq yurdim. To‘yma-to‘y yurdim. Ko‘pkarima-ko‘pkari yurdim», degan edi. Shuning uchun ham qalamga olishda bu narsalar Tog‘ay akaga qiyin bo‘lmagan. Yozuvchi qancha qissa, qancha roman yozmasin, o‘z qahramonlarini xalq ko‘zi o‘ngidagi oddiy Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) odamlardan tanlagan. Asarlaridagi kishilar hayoti bilan real odamlar turmushini uzib qo‘ymagan. Tog‘ay Murodning iste’dodi shunda-da! Tan olish kerakki, hamma narsani miridan-sirigacha qiziq, lo‘nda, asosiysi, o‘ziga xos tilda tasvirlash oson ish emas. Buning uchun, boya aytganimdek, juda katta e’tibor, sinchkovlik kerak. Tog‘ay Murod kitoblarini har gal o‘qir ekanman, shunga amin bo‘laman, boshqa yozuvchilarda yo‘q narsalarni uchrataman. Masalan, yozuvchi otni egarlaganda, ko‘pkariga kirayotganda unda bo‘layotgan o‘zgarishlarni maroqli qilib tasvirlaydi, otga ishlatiladigan har bir buyumning xususiyatlarini birma-bir sanab o‘tadiki, beixtiyor, attang, shuncha narsani bilmas ekanman-da, deb qolasiz. Yoki kurashda polvonlar kiyadigan yaktakni tasvirlashini olaylik yo bo‘lmasa, uloqchining qo‘lidagi qamchisini tasvirlashini ko‘ring. Ularning turlari, har bir turining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rni-o‘rniga qo‘yib tasvirlangan. Chunki bu odamda hayotiy tajriba bor: u ot uzangisiga oyoq qo‘yib, davralarda polvonlar bilan yelkama-elka turib kurashgan inson. Kurashchi bo‘lib kurashgan adib. Bu narsalarni u qalb ko‘zi bilan ko‘rib, his qila olgan. Tog‘ay aka bilan bo‘lgan o‘sha suhbatimizda u kishi shunday degan edi: Sayfiddin, bilasizmi, kurash ajdodlarimiz xalqimiz qoniga singib ketgan. Xalqimizning qoni toza, ildizi baquvvat. Bu narsa avloddan-avlodga irsiyat orqali o‘tib kelyapti. Bizning kurashchilarimiz polvonlik maktabida o‘qimasa ham, maxsus joylarda tayyorgarlik ko‘rmasa ham ularning o‘zi shunday tayyor kurashchi-ku! Polvonlik bizga otameros, pushtdan-pushtga, qondan-qonga o‘tib kelyapti. Polvonlikning ko‘zga ko‘rinmas, til bilan tushuntirib bo‘lmas shunday sirlari borki, buni faqat tomirida polvonlik qoni borlargina biladi. Bu sirlar hech bir kitobda yo‘q! Eng mashhur kurashchilarimiz ham gilamlarda kurashmasdan, qishloqlarda bo‘ladigan to‘ylarda oddiy somon ustida, katta-kichik davralarda kurashib ulg‘aygan, suyagi qotgan. Bizning kurashimiz boshqa yurt kurashlaridan nimasi bilan farq qiladi? Bizning kurashda erkakman degani tik turgan odam bilan olishadi! Ha, yerda yotgan odamga qo‘l ko‘tarmaydi! Markaziy Osiyoda, xususan, bizning yurtimizda uzum, paxta kabi ekinlar azaldan ko‘p ekiladi. Ularga tik turgan holatda ishlov beriladi, terib olinadi. Ya’ni harakat tepada bo‘ladi. Boshqa joylarda esa, masalan, Rossiya tomonlarda paxta ekilmaydi-ku! U yerlarda ko‘proq kartoshkaga o‘xshagan ekinlar ko‘p ekiladi. Unga esa egilgan holatda, yerlashib-erlashib ishlov beriladi. Bizning kurashchilar tepada, tik turgan holatda bajariladigan amallarga ko‘proq moslashgan. Chunki aksariyat polvonlarimiz yoshligidanoq paxta dalalarida yer bilan salom-alik qilib, salom-alik qilib suyagi qotadi. Boshqa kurashchilar bilan biznikilar kurashi orasidagi farq ana shunda! Tog‘ay aka juda ko‘plab bunday favqulodda o‘xshatish, favqulodda xulosa, favqulodda yangi-yangi fikrlar bildirgan edi. U kishi hamma narsani oldindan qalban seza olgan, o‘zi qilajak bashoratlarning amalga oshishini chin dildan istab, shunga ishonardi. Birgina misol. Tog‘ay Murod «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida qahramonlari tilidan shunday degan edi: «Dunyodagi ko‘pgina xalqlar o‘zlarining hech bo‘lmaganda bitta sportini jahon miqyosiga ko‘targan. Bizdan esa jahonga ko‘tarilgan bittayam sport turi yo‘q. Bu o‘zimizga bog‘liq». Past qishloq, Yuqori qishloq. Surxondaryoning nomdor polvonlari shu yerda tug‘ilgan. Hozirgacha O‘zbekistonning har yeridan polvonlar kelib turadi. To‘ylarda ikki qishloq polvonlari tarafma-taraf olishishgan, agar chekkadan polvon kelsa, bir taraf bo‘lgan. Keyinchalik ana shu to‘ylar, ana shu kurash, ko‘pkarilar Tog‘ay Murodning mashhur qissalarida aks etdi, o‘zbek kurashini, ko‘pkarisini dunyoga tanitdi. Biz Tog‘ay bilan ana shunday tanishib, topishib oshna bo‘lganmiz. Maktabda o‘qib yurganimizda har kuni ko‘rishib, salomlashib turar edik, sal keyinroq bir-birlarimizning uylarimizga ham borib keladigan qalin o‘rtoq bo‘lib qoldik. Tog‘ay bolaligida juda orasta kiyinar edi kiygan kiyimiga gard yuqmas edi. Bu kiyim-kechakning taxchilligida emas (60-yillarda ust-bosh unchalik mo‘l emasdi), chiroyli kiyimini avaylab saqlash uning o‘ziga xos odati edi. Sal esayganimizdan keyin u tish cho‘tka va pasta sotib olib, tishlarini parvarish qilib boshladi. U tishlarini ko‘z-ko‘z qilib maqtanishni yaxshi ko‘rardi. Bu narsa kundaliklarida ham aks etgan har bir kunning yakunida tishlarimni yuvib yotdim, degan so‘zlar bo‘lardi. Ana shu orastalik, ozodalik uning asarlarida ifodasini topdi. Darvoqe, Tog‘ay juda yoshligidan xotira daftar tutib, uni muntazam yuritib turar edi. Uning keyinchalik, katta yozuvchi bo‘lib ketishida ana shu kundalik xotiralarning ham beqiyos yordami bo‘lgan, deb o‘ylayman. Tog‘ay bizning jo‘raboshimiz edi. Uning aytgani aytgan, degani degan bo‘lardi. Tog‘ay yoshiga nomuvofiq tarzda jiddiylashgan va o‘ychan bo‘lib qolgan edi. «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak unvonga olib kelgan yo‘l ana shunday boshlangan edi. 1966 yil ham yetib keldi. Maktabni tamomlab, Samarqandga yo‘l oldik. Aprel zilzilasidan keyin Toshkent oliy o‘quv yurtlariga qabul Samarqandda bo‘layotgan edi-da. Tog‘ay ToshDUning huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi, men esam SamDUning filologiya fakultetiga imtihon topshirib, mandatdan qaytdim va bir yil maktabda o‘qituvchilik qildim. U meni juda chiroyli qilib, «maalim», deb atardi. 1967 yil yozida ToshDUning filologiya fakultetiga kirib, to‘rt yil davomida Tog‘ay bilan deyarli birga bo‘ldik, yaxshi-yomon kunlarni birga o‘tkazdik. Men uning o‘qishdan keyingi hayotini yaxshi bilmayman. Mening kenja ukam Ibrohim Qishloq xo‘jalik institutida o‘qidi. Uning xotirlashicha, Tog‘ay ularning yotoqxonalariga onda-sonda borib turgan. Ibrohim, Tog‘ay aka horg‘in-tolg‘in, ustboshlari nochor bo‘lardi, deydi. Bu davr uning hayotidagi tushkunlik davri edi. U bularning baridan eson-omon o‘tib oldi. Tog‘ayning irodasi kuchli edi. Boshidan o‘tgan shuncha ko‘rgilik-savdolarni yolg‘iz o‘zi yenga oldi. Menimcha, har qanday inson boshiga bunday savdolar tushsa, Men qaytib kelaman aqldan ozishi tayin. Ammo u bari qiyinchiliklarni mardona yengdi. Tog‘ay juda qat’iyatli edi. Xudoning suygan bandasi edi u, boladay beg‘ubor, ishonuvchan. Shuning uchun ham Olloh uni ulkan hamda ezgu ishga boshladi o‘zbek adabiyotiga xolis xizmat qildi, xalqning sevikli adibiga aylandi. Iloyo Olloh uni o‘z marhamatiga olgan bo‘lsin. Tog‘ay Murodning 70-90-yillari yozgan qator qissa, romanlari yangicha uslubda bitilganligi, tilining jozibadorligi bilan adabiyotimizda o‘ziga xos bir yangilik bo‘ldi, uning iste’dodiga barcha tan berdi. Tog‘ay Murod asarlari bilan yaqindan tanishgan, uni sevib mutolaa qilgan har bir o‘quvchi buni yaxshi biladi. Tog‘ay Murod dastlab 1970 yili tumanimizga kelgan bo‘lsa, uning keyingi tashrifi 1975 yilga to‘g‘ri keldi. O‘shanda u Respublika radiosining chet elga eshittirishlar beradigan «Vatandoshlar» tahririyatida muxbir bo‘lib ishlar edi. Tog‘ay Murod tumanimizga kelib, o‘sha paytlardagi tuman rahbarlaridan Alijon Payg‘omov huzurida bo‘larkan, unga o‘z maqsadini aytganida, u behad xursand holda: «Rahmat, o‘g‘lim, umringizdan baraka toping, shunchalik bizni yo‘qlab Toshkentdan kelibsiz, tumanimiz mehnat ahlining hayotini dunyoga tanitmoqchi bo‘libsiz, minnatdormiz sizdan!» deganlari hamon yodimda. O‘shanda Tog‘ay Murod tumanimizda bir necha kun bo‘lib, ko‘plab dongdor kishilar bilan suhbatlashgan, ularning dil so‘zlari, orzu-intilishlarini magnit tasmasiga tushirib, efirga bergan edi. Radiojurnalist Tog‘aymurod Mengnorovning tumandoshlarimiz Mehnat qahramonlari Oyshaxon Yo‘ldosheva, Risolatoy Ergasheva, paxtakorlardan Dehqonboy, bog‘bon Quvvatali Rasulov haqidagi ta’sirchan radiolavhalari Respublika Teleradio qo‘mitasi tomonidan ma’qullanib, tashakkurnoma olgan edi. Men qaytib kelaman Ha, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, takrorlanmas iste’dod sohibi, viloyatimiz, tumanimiz ahlini behad sevuvchi, ular haqida asarlar bitgan ijodkor Tog‘ay Murod to‘g‘risida ko‘p va xo‘p yozish mumkin. Tog‘ay Murod bugun oramizda yo‘q bo‘lsa-da, undan adabiyotimiz uchun boy meros qoldi. Hali Tog‘ay Murodning mahorat bilan yozilgan hikoya, qissa va romanlari, tarjima asarlari ko‘plab nusxada nashr qilinishiga, ular millionlab kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilishiga ishonamiz. Chunki mangulikka daxldor bu asarlarni muxlislar yillar osha emas, asrlar osha o‘qiydilar, o‘qiyveradilar… Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) TOJIDDIN RAZZOQ TOG‘AY MUROD Shoirlar Xudoning qarollaridir. N.Gumelev. Men Tog‘ay Murodni yuzdan oshib ketsa kerak, deb yurardim, chunki u sigaret chekmas, deyarli har kuni badantarbiya mashqlari bilan shug‘ullanar, har qanday sharoitda yugurishni kanda qilmas, buning ustiga, boshlig‘idan dakki eshitaverib, sochi oqarib ketadigan vazifalarda ham ishlamas, Xudo bergan rizqqa qanoat qilib, ya’ni bizga o‘xshab, imorat solaman, mashina olaman, elga to‘y beraman deb o‘zini o‘tga-cho‘qqa urmas, o‘tirib... ijod qilar edi. To‘g‘ri, «ijod qildim», degan iboralar mening g‘azabimni qo‘zg‘aydi, lekin hamma shunday yozgandan so‘ng mening qo‘limdan nima kelar edi. Bu masalada Mark Tven boplagan. «Yozuvchi bo‘lish uchun nima qilish kerak?» degan xonimga: «Qog‘oz, qalam topasiz-da, kallangizga kelgan fikrni chapdan o‘ngga qaratib yozib ketaverasiz», deb javob bergan. Qog‘oz bilan qalamni topish mushkul emas, lekin kallaga fikrning kelishi, fikr egasining ixtiyorida emas bunga iqror bo‘lmoq uchun hech bo‘lmaganda Farididdin Attor va Alisher Navoiy hazratlari bayon qilgan Shayx San’on qissasini yigirma, o‘ttiz, balki yuz marta, to yod bo‘lib qolguncha o‘qishning o‘zi kifoya qiladi. Shuning uchun «ijod qildim», «yaratdim» degan insonlarning bu lofiga hech ham ishonmang. Tog‘ay Murod Yevropa, ayniqsa, rus adabiyotining ashaddiy muxlisi va katta bilimdoni edi. Ma’lumki, ular badiiy adabiyotni vosita emas, balki maqsad deb biladilar va shuning uchun ham Pushkinday daho Pugachyov haqida roman yozish uchun bu isyonchi haqida erinmasdan ma’lumotlar to‘playdi. Tog‘ay Murod ham xuddi Pushkinga o‘xshab «Yulduzlar mangu yonadi» degan dastlabki qissasini yozishdan avval o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Xo‘jasoatga borib, polvonlarning joniga tegib, kurash, uning ming bir usullari haqida shu darajada ko‘p tafsilotlar to‘plagan ediki, bu haqda so‘rayverib hammani bezor qilgandi. «Ot kishnagan oqshom», hatto «Otamdan qolgan dalalar» ham shu taxlitda yozilgan haliyam Oltinsoyda ba’zi odamlar uning haftalab dalada suvchilarning orasida yashaganini aytib yurishadi. U hatto hayotga ham G‘arb adabiyoti orqali qarar, bu esa zamondoshlarini ko‘p hollarda hayron qoldirar edi. Uning turmush tarzi va o‘lchov birliklariga shu nuqtai nazardan qaralsa, hamma muammolar oydinlashib, joy-joyiga tushadi. Men o‘rta maktabning yettinchi-sakkizinchi sinfidayoq muxbirlik kasaliga yo‘liqib ulgurgan, bizga o‘xshaganlar uchun «G‘alaba uchun» degan tuman gazetasi katta minbarga aylangan, qo‘lga tushgan tafsilotni yozaverar edik: Tog‘ay Murodni ana shu gazeta orqali bilganman. O‘shanda ham Tog‘ay Murod sakkiz qatorli xabarlarni pisand qilmasdan hikoyalar e’lon qilar edi. Biz oltmish to‘qqizinchi yilning yozida uchrashdik. Katta yozuvchi bo‘lishni ko‘ngilga tugib, Toshkentga bordim va tayanch sifatida Talabalar shaharchasining jurnalistlar istiqomat qiladigan yotoqxonasidan ne umidlar bilan Tog‘ay Murodni izladim shunday odam bor va mana bu xonada yashaydi, deyishdi: borib-borib hamxonasidan so‘ragan ekanman bo‘lajak... sarson ekanligimni bilib, kirgan joydagi xonaga taklif etdi. Tilining uchigacha jun bosib ketgan va shuning uchun bizga nisbatan yoshi katta Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) ko‘rinadigan bu odamning Xudoyberdi Eshonqulov ekanligini oradan o‘n yillar o‘tib bildim biz Xudoyberdi aka bilan Surxondaryo viloyati «Lenin bayrog‘i» gazetasida birga ishladik. Ammo Xudoyberdi aka Tog‘ay Murodni daraklab borgan qishloqi yigitning men ekanligimni xayoliga ham keltirmasdan ko‘p o‘tmay o‘lib ketdi. Chunki o‘shanda Xudoyberdi aka: «Ana shu yerda o‘tirsangiz, Tog‘ay keladi», deb o‘zi qayoqqadir yo‘qolib ketgan, judayam ko‘rimsiz va jaydari bo‘lganim uchun hatto meni eslab ham qolmagan. Xudoyberdi aka aytganiday, ko‘p o‘tmay Tog‘ay Murod keldi gazetada suratini ko‘rganim uchun darrov tanidim. «Mana bu karavot meniki, endi sizniki bo‘ladi. Biz «voenka»ga ketyapmiz», dedi. Toshkentning menga ko‘zi uchib turgani yo‘q ekan, inshodan yiqilib, kechalab Denovga qaytdim. Keyingi yil ham «jurfak»ka hujjat topshirishning iloji bo‘lmadi. Ijodiy suhbat mendan kelajakda muxbir chiqmasligini ko‘rsatdi va men peshonamga bir mushtlab, «filfak»ka kirib ketdim. Bizni bo‘lajak jurnalistlarga aralashtirishmadi joyni 85-yotoqxonadan berishdi. Bu orada Tog‘ay Murodni ko‘rish uyoqda tursin, hatto daragini ham eshitmadim. Keyin bilsam, Tog‘ay Murod karavotini berib ketgandan so‘ng harbiydan imtihon topshirmoq uchun Turkmanistonning yo Elotan, yo boshqa joyiga ketgan, o‘sha yoqda onasini so‘kkanligi uchun Abdurazzoq degan hamsabog‘ining og‘zini yirtmoq bo‘lib, ikki qo‘lini uning og‘ziga tiqqan, u ham anoyi emas ekan shekilli, jon achchig‘ida Tog‘ay Murodning ko‘rsatkich barmog‘idan yarim bo‘g‘inchasini tishi bilan cho‘rt uzib olgan. Bu gap katta janjalga aylanib ikkovi ham universitetdan haydalgan. Xo‘jasoatlik Janjal bobo degan judayam hurmatli bir oqsoqol Toshkentdagi qadimgi qadrdonini, to‘g‘rirog‘i, Abdulla Qahhorga yozuv mashinkasi bergan savdo vazirini ishga solib, ikki yil deganda Tog‘ay Murodni to‘xtab qolgan joyidan talabalikka tiklagan. O‘zingiz bilasiz, bunday ahvoldagi talabaga stipendiya ham, yotoqxona ham berilmaydi. Xuddi shu paytda Tog‘ay Murodni uchratdim, hamma gapning tagiga yetgach, 85-yotoqxonadagi karavotimni taklif qildim. O‘zim yerga joy soldim, bu hol bir yilmi, ikki yil Tog‘ay Murod universitetni bitirguncha davom etdi. Oradan ko‘p yillar o‘tib, qandaydir munosabat bilan bu tafsilotlarni Olimjon Usanovga aytib bergan edim, u: «Tog‘ayni stipendiyadan men qoldirgan edim, chunki men kursning starostasi edim-da!» dedi. Bekor qilgan ekansiz. Nega unday qilgansiz? Bizni pisand qilmas edi. Men uning bunday katta yozuvchi bo‘lib ketishini qayoqdan bilibman. Bo‘lmasa, starostaning oldida bir stipendiya nima degan gap. O‘shanda men topgan pulimga kitob olar edim. Tog‘ay Murod bilan bir xonada istiqomat qilsak-da, yozayotganining ham, kitob o‘qiyotganining ham ustida bo‘lmaganman. Men juda intizomli talaba edim bir tiyinga qimmat mashg‘ulotlarga ham itday qatnaganman, buning ustiga, kutubxonalarda o‘tirishni, kitob magazinlarida sandiroqlab yurishni, Beshyog‘ochdagi hozir buzilib ketgan Alisher Navoiy nomli kinoteatrda Raj Kapurning filmlarini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim. Tog‘ay Murod esa haftalab xonadan chiqmas yozar va o‘qir edi. Olimjon aytganiday, darslarga ham deyarli qatnamasdi. 85-yotoqxonaning o‘z adabiy muhiti bor edi. Murod Muhammad Do‘st, Yo‘ldosh Eshbek, Azim Suyun, Usmon Qo‘chqor, Shukur Qurbon oradan yillar o‘tib, ularning har qaysisi adabiyotimizda dovrug‘ qozondilar. Men qaytib kelaman Biz darsdan qaytaverar, Murod Muhammad Do‘st bilan Yo‘ldosh Eshbek uyqudan turib, yotoqxonadan chiqib ketaverar edi ikkovi uzoqdan xuddi egizaklarga o‘xshar edi. O‘sha yillari ham Murod aka tong otguncha qattiq ishlar, Yo‘ldosh esa yotoqxonaning bo‘lajak daholariga sahargacha she’r o‘qir, tomog‘ini yirtgudek bo‘lib bahslashar edi. Endi o‘ylab qarasam, mushtdaygina yotoqxonada ham bir nechta adabiy guruh bo‘lib, ular bir-biridan hurkibroq, hayiqibroq turar ekan. Shu ma’noda Tog‘ay Murod bilan ikkovimiz bitta adabiy guruh ekanmiz. Tog‘ay Murod adabiy davralarning biroviga ham qo‘shilmas, mening esa tumshug‘imni tiqmagan davraning o‘zi yo‘q, shuning uchun u yerlarda bo‘layotgan hamma gapni kimning nima yozganini, kimning qaysi asar yoki muallif haqida nima deganini erinmasdan Tog‘ay Murodga aytib berar edim. Biz tonggacha bahslashib yurganimiz bilan Murod Muhammad Do‘st o‘shanda juda qattiq ishlar Paustovskiyning o‘ta nozik prozasini tarjima qilar va peshma-pesh o‘qib berar, xuddi men bir narsani biladiganday, mana bu ifodani mana bu iboralar bilan bayon qildim, ammo aslidagiday kayfiyat bermayapti, yana qanday yozish mumkin, deb menga maslahat solar edi. Murod aka kitobni ham juda tez o‘qirdi ertalab oldiga kirsam, ko‘zlari kirtayib ketgan, ha, desam, stolda yotgan ka-a-tta kitobni ko‘rsatdi: «Kechasi bilan o‘qib tugatdim». Kitob Drayzerning «Geniy» degan romani edi. O‘sha yillari Murod aka Betxovenga oshiq bo‘lib qoldi allaqaerdan uning plastinkalarini topib, eshitaverardi, eshitaverardi... Bu gaplarga ham o‘ttiz yillar bo‘ldi, ammo Murod akaning «Uchinchi simfoniya» degan hikoyasi haliyam qulog‘imning ostida jaranglab, ha, jaranglab turadi asar shu darajada musiqiy edi. Bilasizmi, Murod aka qo‘lyozmalarni o‘qish uchun menga berar, ammo fikrimni so‘ramas edi. Bir marta muqovalangan qo‘lyozma berdi qissa ekan, xonamga olib chiqib o‘qidim, so‘ng Tog‘ay Murodga berdim: bir necha sahifasini ko‘rdi-da, «bo‘lmaydi», dedi. Haqiqatan ham, Tog‘ay Murod to‘g‘ri aytgan ekan Murod Muhammad Do‘st o‘sha qissani hech joyda e’lon qilmadi. To «Yulduzlar mangu yonadi» bosilguncha Tog‘ay Murodning jiddiy, hattoki katta yozuvchi ekanligini hech kim bilmas edi. 85-yotoqxonada ham uning mashinkalangan hikoyalarini mendan boshqa hech kim o‘qigan emas. Tog‘ay Murod hech kimga bildirmasdan o‘zbek adabiyotida, umuman, badiiy adabiyotda o‘z saltanatini tikdi. Uning ifoda usuli shu paytgacha hech bir muallifda uchramagan, kuzatilmagan edi. Uni takrorlashning ham iloji bo‘lmayapti. Ba’zan, bizga ikkinchi Rauf Parfi kerak emas, degan qanotli ibora muomalaga kirib qoladi yoshlarning ko‘plari Rauf Parfiga o‘xshatib yozishdan hatto faxrlanadilar va binoyiday bu yumushning uddasidan chiqmoqdalar. Lekin hech kim Alisher Navoiy hazratlariga yo Pushkinga o‘xshatib yozishga hatto urinib ham ko‘rmaydi buning iloji yo‘qligini ularning o‘zlari ham bilishadi. Tog‘ay Murodning qissa-romanlari ham xuddi shunday. Shu munosabat bilan bitta tafsilot aytgim keladi: nimasini yashiramiz: adabiyotning katta bilimdoniman, deydiganlar ham Tog‘ay Murodning romanlarini qabul qilolmadi. Bir suhbatda Yo‘ldosh Eshbekka shu gapni aytdim. Hamma Tog‘ayning romanlarini proza deb o‘ylaydi, dedi Yo‘ldosh qo‘llarini havolatib. Yo‘q, Tog‘ay Murodning romanlari poeziya. Poeziya esa tushunilmaydi, anglanadi. Buni Tog‘ay Murodning o‘zi bilarmidi? Bilganda-chi! Men qaytib kelaman Tog‘ay Murodning eng katta xizmati xalqimizning kimligini esiga solgani bo‘ldi. Shu paytga qadar bu ishga ko‘pchilik ko‘l urgan, lekin ularning birovi ham Tog‘ay Murodchalik bu vazifaning uddasidan chiqa olmagan edi. «A» degan odam «B»ni ham aytishga majbur bo‘lgani singari, sirtdan qaraganda, Tog‘ay Murod bir necha hamla bilan amalga oshirgan ishni yuz yillar davomida nega boshqalar uddalay olmaganini ishonarli qilib dalillash kerak bo‘ladi. Badiiy adabiyot shunday olamki, bir muallifga ehtirom ko‘rsatilsa, boshqalarning martabasiga soya tushmaydi. Bu o‘rinda Tog‘ay Murodning millat va xalq oldidagi judayam katta xizmatlarini ta’kidlar ekanmiz, bu harakatimiz bilan katta yo‘lga otlanib, qaysidir daraxtning soyasida qolib ketgan adiblarimizning uquvsizligini ta’na qilmoqchi emasmiz. Zotan, hazrat Navoiy aytganlaridek, ulug‘ maqsadlar yo‘lida jafolar chekmoqlikning o‘zi ham bir saodatdir. Xoja Bahovuddin Naqshband hazratlari: «Maqsad sari shu darajada shitob va shiddat bilan intilgilki, lozim bo‘lsa, mening gardanimga oyog‘ingni qo‘yib, murodga yetgil!» deydilar shogirdlariga. Ammo ko‘p yozuvchilarimiz ta’ma umidida zamon mayllariga moyil bo‘ldilar, Cho‘lpon iborasi bilan aytganda, bu dunyo rohati deb u dunyoni bahosiz pulga sotdilar va buning uchun ularni mutlaqo ayblab yo kamsitib bo‘lmaydi: inson daxlsizlik martabasiga erisha olmas ekan, so‘qir bo‘lib qolaveradi ko‘zi yiltirab turgani bilan oq-qoraning, halol-haromning, yaxshi-yomonning farqiga bormaydi. Yozuvchi bir marta irodasiga qarshi borib, yolg‘on yozsa, keyin ham bunga o‘rganib qoladi. Tog‘ay Murod butun adabiy faoliyati davomida o‘zining ezgu tamoyillariga biror marta xiyonat qilmadi. Vaholanki, unga ham buyurtmalar ko‘p, men zamonning qahramoniman, deb olamga jar solib yurgan… noinsoflar haqida qarsillatib bir kitob yozish Tog‘ay Murod uchun bir piyola suv ichganday gap edi. Agar shunday qilganida, uning allanima... allanimalari bo‘lar edi-yu, ammo Tog‘ay Murod bo‘lolmas edi. Ulug‘ Pir aytadi: «Men daryoning bo‘yiga qirq marta borib, chanqog‘imni qanoatlantirmasdan qaytib kela olaman!» Tog‘ay Murodning dunyo manfaatlaridan yuz o‘girib, o‘zi o‘ylaganday romanlar yozishi, haligi Ustozning daryo bo‘yiga borib, nafsini tahqirlaganiga o‘xshaydi. Menga ishoning ta’ma umidida qo‘liga qalam olgan odam hech qachon haqiqatni gapning to‘g‘risini yozolmaydi. Tog‘ay Muroddan o‘n baravar, balki yuz baravar iste’dodli yozuvchilarni yo‘ldan ozdirgan, demakki, xarob qilgan iblisning oti ta’madir. Balzak: «Biz shunday asarlar yozaylikki, vaqti kelib, Frantsiya yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketganda ham, kitoblarimiz: «Bu yerda Frantsiya bo‘lgan edi!» deb tursin!» deydi. Tog‘ay Murodning qissalari, romanlari ana shunday vakolatga ega! Hatto ularning hammasini bitta muqovaga jamlab bemalol chop etish mumkin. Xalq ko‘nglining tubiga hatto Lev Tolstoy ham bunchalik chuqur kirib borolmagan, shuning uchun bu ulug‘ yozuvchi Turgenevni xushlamas edi. Yaqinda bir muhtaram zot (televizordan) Turgenev haqida bepisandlik bilan gapirdi. Vaholanki, G‘arb adabiyotida, umuman, badiiy adabiyotda o‘zi mansub bo‘lgan millat ruhidagi betimsol go‘zallik va qudratni hech kim Turgenevchalik yorug‘ bo‘yoqlar bilan tasvirlab berolmagan. Yoki bo‘lmasa: Gorkiy Gogolni yoqtirmagan! Chunki Gogol bor haqiqatni butun tafsilotlari bilan ro‘y-rost yozishga o‘zida qudrat topa oldi. Hatto u najot yo‘lini ham aytdi, ammo Belinskiy uning bu so‘nggi asarini yer bilan yakson qildi o‘zimiz ham oltmishinchi yillarda Gogolning o‘sha ajoyib asarini o‘qimasdan, uni qoralab imtihon topshirganmiz: «Najot dindadir!» degan umuminsoniy g‘oyasi bu ajoyib yozuvchining boshiga yong‘oq bo‘lib chaqildi. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) O‘zining iboralari bilan aytganda, Tog‘ay Murod o‘zbek xalqiga haykal qo‘ydi bizning bu haqiqatga iqror bo‘lmog‘imiz uchun hali ko‘p yillar kerak bo‘ladi. Chunki odam bolasi o‘zi anglamagan haqiqatlarni qabul qilishga qodir emas. Adabiyot uchun odamlar umrini garovga qo‘yadilar. Xuddi Komiljon Otaniyozovga o‘xshab, xuddi Shukur Burxonovga o‘xshab, Tog‘ay Murodning ham yuragi yorilib o‘ldi yurak esa xursandchilikdan yorilmaydi. Yozuvchilik kasb emas, omonsiz jangga kirish va muzaffar bo‘lmoqdir: bu gapni men emas, Viktor Shklovskiy aytgan. Tog‘ay Murod muzaffar bayroq bilan bu dunyodan ketdi. Dunyoda toki men o‘zbekman, deydigan bitta odam bor ekan, yulduzlar mangu yonaveradi, oqshomlari otlar kishnayveradi, bobolar bilan momolar esa shivirlashib oydinda yuraveradilar Tog‘ay Murod bino qilgan qal’a to qiyomatgacha zavol topmaydi: diydor qiyomatga qoldi, tuprog‘ing yengil bo‘lsin, birodar! Bilsangiz, siz yaxshi ko‘radigan Tog‘ay Murod keldi. Birgalikda tushlik qildik. Xo‘jalikka chiqib ketganingiz yaxshi bo‘lmadi-da. Tabiiyki, tabiatan hazilkash Ismatulloning gaplariga ishonmadim. Qo‘ying, ertalabdan boshni garang qilib, ertak to‘qimang. Undan ko‘ra ishingizni qiling. Shoir yana asabimga tekkanday bo‘ldi. Ishonsangiz, u kishi bizda ishlagani kepti. Shoir Abdumajid Azimovning joyiga mas’ul kotib bo‘lib. Ol-a, Tog‘ay Murod qaerda-yu, «Oltinsoy tongi» qaerda? Shunday buyuk yozuvchi-ya... Men hali uni biror marta ko‘rmagan, hamsuhbat bo‘lmagandim. Lekin maqtanishga yo‘ymangiz, «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar» qissalarining ayrim sahifalarini yaxshi she’rday yod bilardim. Men yozuvchining noyob iste’dodi asiri edim. Yo‘q, Ismatullo aldamagan ekan. Bir mahal chiroyli kiyingan, oppoq qordek ko‘ylakka yarashiqli bo‘yinbog‘ taqqan, ko‘zlari porlab turgan yigit eshikdan kirib keldi. Bu Tog‘ay Murod edi! Men jurnallarda mehr bilan, havas bilan tikilib o‘tiradigan yozuvchi edi! 3-lavha Bilmayman, hali-hali aqlim bovar qilmaydi, negadir u bilan fe’limiz mos tushib qoldi. To‘g‘ri, bir-ikki kun men uning oldida iymanib, tortinib yurdim. Ba’zi paytlarda gapdan adashib, tilim tutilib qolardi. Keyin esa apoq-chapoq bo‘lib ketdik. Bir-birimizni ko‘rmasak turolmaydigan bo‘lib qoldik. Ko‘p paytlarimiz, ayniqsa, dam olish kunlari Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) hovlimizdagi sersoya, yaproqlari katta-katta tut daraxti tagidagi yog‘och so‘ri bizning sevimli joyimiz bo‘lardi. Bularning bari shirin tushday edi. O‘zing avliyodek sezgan yozuvchi, hali aytganimday, qissalarining ayrim sahifalarini yod olgan dovrug‘li yozuvchi bilan bugun birga yursang. O‘tirib choyxo‘rlik qilsang, chindanam tushga o‘xshaydi. Endi bularning bari shirin va ma’yus bir tush bo‘lib qoldi. Eslasam, ko‘nglim mahzun tortadi.Tomog‘imga nimadir tiqiladi. Vujudimni chuqur bir xo‘rsiniq qoplaydi. Meni hali-hanuz bir narsa chuqur o‘ylatadi. O‘ylagan sayin hayratim oshadi. Shunday nomdor adibning biror marta, biror joyda maqtanib gapirganini eslay olmayman. Gapirmaydi ham. Bir kuni botinib, yurak yutib so‘radim: Qissalaringizning bari zo‘r xalq dostonlariday. Boshdan-oxir go‘zal bir ohangda. Buni hech bir joyda qo‘yib yubormaysiz. U beparvo, hamishagi gapini gapirdi: Chyort poberi, o‘zi bir keladi. Shunda odam misoli folchilarday bo‘p ketadi. 4-lavha Men bilgan Tog‘ay Murod juda kamtar inson edi. Yaxshisi, fikrimni voqealar misolida dalillay. Hamma biladi Oltinsoy Mengziyo Safarov, Qo‘chqor Norqobil, Gulandom Tog‘aeva, Shamsiya va Alimardon Bo‘ronovlar yurti. Bu yerda yoshi yetmishdan oshgan she’rparast dostonchi qariyalar ko‘p. Shulardan biri rahmatlik Bo‘ri bobo Murodov edi. U kishi yo‘lda she’r to‘qib, duch kelganga aytib ketaverardi. Ba’zi poraxo‘r, laganbardor odamlarni yo‘lda to‘xtatib, unga bag‘ishlab yozgan she’rlarini tap tortmay katta ko‘chada o‘qiyverardi. Yomon fe’lli odamlar u kishidan juda-juda hayiqishardi. Bir kuni ishga barvaqtroq kelsam, Bo‘ri bobo Murodov tahririyat eshigi oldida o‘tiribdi. Salom-alikdan so‘ng so‘radim: Ha, shoir bova, ertalabdan... Bobo javob o‘rniga ortimdan ergashib xonaga kirdi: Tog‘ay Murod shu yerda ishlayapti, deyishadi, shu rostmi? Rost. Shunday katta yozuvchi-ya. Bo‘lmasa ko‘p kamtar odam ekan-da. Bo‘ri bobo bir ozdan so‘ng xuddi yashirin bir gapni aytmoqchiday, men tomon engashdi: Bir salomlashay devdim. Gap berarmikan? Eh, uning kitoblari... Bir ozdan keyin yo‘lakdagi eshik ochilganday bo‘ldi. Tog‘ay Murod kelgandi... Ichkariga kirib ketgan Bo‘ri bobo hayallab qoldi. Bir soatlarcha bo‘ldi deyman o‘zimcha. Bir payt kirsam, ikkovi eski qadrdonlarday gurunglashib o‘tiribdi. Mayli, she’rlaringizdan tashlab keting. So‘ngra menga yuzlandi. Ukkag‘ar bova she’r yozarkan. Oltinsoyning Sulaymon Stalskiysi. Oradan ko‘p o‘tmadi. Gazetaning dam olish sahifasida «Keksa ko‘ngil kechinmalari» rukni ostida boboning uchta she’ri e’lon qilindi. Yana bir misol. Bir kun qarasam, Tog‘ay Murod eshigi oldida yoshgina bir qiz turibdi. Men uni yaxshi taniyman. 19-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Tojiniso Eshonqulova ijodkor qiz. Tog‘ay Murodning oldiga kirolmayapman. Qo‘rqyapman. Hikoya opkeluvdim. Shu orada yozuvchining o‘zi chiqib qoldi. Tojinisoning rangi oqarib ketgandi. Hikoya olib kepti. Kir unda, eshikda turmasdan. Ko‘p o‘tmay rahmatlik Tojiniso Eshonqulovaning «Tilak» hikoyasi gazeta yuzini ko‘rdi. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) Bu gaplarni aytishdan murod shuki, agar u odam hidini yoqtirmaydigan adib bo‘lganida keksa bir boboning ezmaliklariga soatlab quloq solib o‘tirmas, hali maktab o‘quvchisi bo‘lgan Tojiniso Eshonqulovaning mashqlariga parvo ham qilmasdi. 5-lavha Bir kuni qiziq bo‘ldi. Ishdan chiqib, ikkimiz tuman markazigacha yayov ketdik. Adib shu yerdan mashinaga chiqardi. To mashina kelguncha gurunglashib turdik. U shunday deb qoldi: Jo‘ra, ertaga men ishga kelmaydiganga o‘xshayapman. Bilmayman, shunday bo‘ladiganga o‘xshayapti. Balki... Tog‘ay gapini tugatolmadi. Yoniga kelib to‘xtagan mashina bunga imkon bermadi. Ertasi u ishga kelmadi. Indini ham. Muharririmiz Eshmirza aka Muhammadievning kayfiyati xit. Oxiri bo‘lmadi, meni chaqirtirdi. Bugun yana gazeta kuni. Ko‘p materiallar Tog‘ay Murodning qo‘lida edi. U bo‘lsa uch kundan beri yo‘q. Mabodo sizning xabaringiz bordir. Hamisha birga yurasiz. Tag‘in, Toshkentga ketaman demaganmidi o‘zi? Yo‘q... Lekin ertaga kelmaydiganga o‘xshayman, devdi. Bugun uchinchi kun. Alag‘da ko‘ngil bilan Xo‘jasoatga jo‘nadim. To‘ppa-to‘g‘ri uyiga bordim. Eshik ochgan adibni onasining rangi oqardi. Yopiray. Men hali Mo‘minqulda sizlarnikida yotib qolgan deb o‘tiribman. Oradagi xavotirni adibning singlisi Orzigul yumshatganday bo‘ldi: Bo‘ldi, bildim, Vaxshivorga ketgan. Abdurahmonovning dachasiga. Avvallari Vaxshivorda rayijroqo‘mning so‘limgina dachasi bo‘lardi. Dachani rayijroqo‘m raisi Toshpo‘lat aka Abdurahmonov bosh-qosh bo‘lib qurdirgani uchun hamma u kishining nomi bilan atardi. Aytishlaricha, Tog‘ay Murod «Ot kishnagan oqshom» va «Oydinda yurgan odamlar» qissalarini shu dachada bitgan, deyishadi. Toshpo‘lat aka Abdurahmonov yozuvchini juda yaxshi ko‘rganidan unga yetarlicha sharoit yaratib bergan. Vaxshivorga horib-charchab peshinda yetib keldim. Issiqdan odam lohas tortadi. Eshik qorovuli battar kayfiyatimni tushirib yubordi. Kim bo‘lsangiz ham hozir gap bermaydi. Ishonsangiz, Toshpo‘lat aka ham: «Bunga nima balo bo‘lgan?» deb gaplasholmay ketdi. Siz-ku... Tog‘ay Murod ijod to‘lg‘og‘ida edi. U butunlay boshqacha qiyofa kasb etgandi. Meni ko‘rdim ham demasdi: oldidagi piyoladagi qachonlardir suzilgan choy qotib, sarg‘ayib qolgan. Idishdagi so‘ligan uzumlarga qo‘l ham urilmagan. Non ham tarashaday qotgan. Adibning soqollari o‘sgan, ammo bu unga yarashgan. Xayolimga uning: «Chyort poberi, o‘zi bir keladi. Odam folchilarday bo‘p ketadi», degan gaplari keldi. Qiziq, uch kundan so‘ng Tog‘ay Murod ishga keldi. Yasan-tusan kiyingan. Rangi tozarib, ochilib ketganday. Men bilan hech narsa bo‘lmaganday ko‘rishdi. Men unga tegishdim: O‘sha kuni tanimadingiz-a? Adib hech narsa bilmaganday, ajablanib yelka uchirdi. So‘ngra so‘radi: Ukkag‘ardi uli, nimani aytyapsiz o‘zi? 6-lavha Shanba kuni edi. Kechqurun maktabdosh do‘sti Sattor Alimardonovning «Jiguli»sida uyga keldi. Yuring, olishga olib boray. Kelin, shuning putyovkasiga yaxshilab bir imzo chekib bering. Buning buncha jonini olmang-da. O‘zi sizga ko‘-o‘p qobil ko‘rinadi-ku. Botosh qishlog‘idagi sport ustasi Abdurasul polvonning hovlisi qaynab yotardi. Odam yorib yurib bo‘lmaydi. Katta olishning daragini eshitib ne-ne polvonlar kelgan. Men qaytib kelaman Tog‘ay Murodning kelganini kimdandir eshitgan to‘y egasi halloslab yetib keldi. U o‘zida yo‘q xursand edi. Yo tavba-ey, tavba. Tushimmi yo o‘ngim? Xudoning o‘zi sizni yetkazdi. Olishga bakovullik qilasiz. Haligi kitobingizdagi bakovulingizga o‘xshab. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasidagi Bo‘ri bakovulga o‘xshab baqirib zot aytadi. Baqirib harom-halolni ajratadi. Men bo‘lsam, unga bir dunyo havas bilan qarab turibman. Yonimdagi Sattor Alimardonov deydi: Buning bunday ishlarda suyagi yo‘q. Bir mahal to‘y egasi adibning yelkasiga to‘n, beliga belbog‘ bog‘ladi. Boshiga do‘ppi kiygizdi. Qomatdor Tog‘ay Murodga bu kiyimlar juda-juda yarashdi. 7-lavha U xonasidagi telefon buzilib qolgan paytlari mening xonamdagi telefondan Toshkentga chiqardi. Nashriyotda ishlaydigan rafiqasi Ma’suma Ahmedova bilan tez-tez xabarlashib turardi. Xotinining kayfiyati yaxshi ekanini eshitgan kunlari uning ham dimog‘i chog‘ bo‘lib ketardi. Bir kuni telefon go‘shagini xotini emas, nashriyot muharriri Mashrab Boboev olib qoldi. Tog‘ay Murod tashvishli gapirardi: Mashrab aka, tinchlikmi o‘zi? Kecha ishga chiqqanmidi, shamollab qoldimi? Iltimos, undan bir xabar oldiring. Agar xizmat bo‘lmasa? Tushdan so‘ng Ma’sumaning o‘zi qo‘ng‘iroq qildi. Andijondan birga o‘qigan dugonasi kelganini, shuning uchun... Shundan so‘ng yozuvchining ko‘ngli joyiga tushdi. Payt kelganidan foydalanib, hazillashaman:. O‘h-ho‘! Odamlar xotinidan qo‘rqmas ekan. Ukkag‘ardi uli, jim bo‘l! Bir kuni ishdan rosa toliqib chiqdik. Tuman markazidagi yakkayu yagona restoran yonidan o‘tarkanmiz, men gap qotdim: Odam bugun sa-al charchadi, deyman. Avvallari bunday gaplarni tez eshitadigan Tog‘ay Murod bu gal keskin rad etdi. Tinch yuring. Bugun-erta bo‘lmaydi. Buyog‘i hayit yaqin, Toshkentdan komissiya kelyapti. Tag‘in odamning tobini qochirmasin. Keyin bilsam, Ma’suma yanga qo‘ng‘iroq qilib, ikki-uch kun ichida «Xo‘jasoatda bo‘laman», deb aytgan ekan. Tog‘ay Murodning «komissiya»si Ma’suma yanga ekan. 8-lavha Ulkan zalga o‘lik, berahm sukunat tushgan. Hamma hozir zo‘r bir odamni dafn etib kelishganday. Shu motamsaro sukunatni minbarga ko‘tarilgan raykom xodimi bo‘lib yubordi. U byuro qarorini o‘qishga kirishdi. «Gazeta bosh muharriri Eshmirza Muhammadievga qattiq hayfsan berilsin. Bo‘lim mudirlari ogohlantirilsin. «So‘fi Olloyor kim bo‘lgan?» maqolasining muallifi Tog‘ay Murod gazeta ishidan chetlashtirilsin». Qarab turibman. Tog‘ay Murod yig‘lamoqdan nari-beri. Uning polvon kelbat vujudi titrardi. Axiri bo‘lmadi. U o‘rnidan turdi. Raykom xodimlari uni gapirishga qo‘ymadi. Biz sizdan hech narsa eshitmaymiz, o‘tiring. Oltinsoyni O‘zbekistonga sharmanda qilganingiz yetar. Ammo Tog‘ay Murod o‘tirmasdi. Uning ko‘zlari, yuzi qip-qizil bo‘lib ketgandi. Uning ovozi zalda momaqaldiroq yanglig‘ jarangladi: Aytinglar, men nima qipman? Mening aybim nima? Shu maqolammi? Shunga shunchami? Men unda nimani noto‘g‘ri yozibman? Nimasi yomon? Hali ko‘rasizlar, yaqin qoldi. Odamlarning bari islomga qaytadi, Xudoga qaytadi. Kerak bo‘lsa, hamma qishloqlarda machit bo‘ladi. Odamlar emin-erkin namoz o‘qiydi. Har bir uyda Qur’on kitobi ochig‘liq turadi. Sizlar Xudo bexabar bir odamlarsiz. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) Byuro o‘tayotgan zalning orqa eshigi ochildi. Birov byuroni yopolmadi. To‘rdagilar orqa eshikdan qochib chiqishdi. Biz tashqariga chiqqanimizda firqaning amaldor shotirlaridan birovi ham qolmagandi. 9-lavha Adibning xatosi «Oltinsoy tongi» gazetasida bosilgan «So‘fi Olloyor kim bo‘lgan?» maqolasidagi quyidagi yozuvlar edi: «Ey musulmon bandasi, jon berar chog‘ingda kimni eslaysan? Partiyanimi? Komsomolnimi? Albatta, Xudo deysan. Otajon-onajon deysan. Minba’d hali men aytganlarni aytmaysan. Otajoning, onajoning janozasida esa tirik turib, bir siqim tuproq tashlay olmasang!» Buni qarangki, gazetaning aynan shu sonini kimdir konvertga solib O‘zbekiston Markazqo‘mi kotibiga shaxsan jo‘natgandi. Bari mojarolar shu tufayli edi. 10-lavha Xo‘jasoatga ham bormayman. To‘g‘ri ketaman. Poezdga chiqaman. Denov vokzalidamiz. Dardi, ijod dunyosi bu yorug‘ olamga sig‘mas yozuvchiga taskin-tasalli berolmayman. U bamisoli bola fe’lli bo‘lib qolgandi. Qo‘lidan dastro‘molchasi tushmasdi: O‘z elimda meni sharmanda qilishdi-ya. Kun keladi, bu muttahamlar mendan oldin mullo bo‘ladi. Shunda aytaman. Shunda o‘chimni olaman. Oldilaridan salom berib o‘taman. Bular dumi yo‘q, orqasi siyg‘onchiq tulki. Aytganingiz kelsin. Hayot jazosini bersin. Yuzi bo‘g‘riqqan Tog‘ay Murod poezdga chiqdi. Uning so‘nggi gapi shu bo‘ldi: O‘z yurtiga sig‘magan yozuvchi oshnangga xayr de! Tuman gazetasida ishlay olmay haydalgan, senlarni qora otli qilib ketayotgan oshnangga qo‘l silta! Uning ko‘zlari to‘la yosh edi. Endi bu yoshlarni g‘ijim dastro‘moli bilan ham artmasdi. Ajablanib qarayotgan odamlarga parvo ham qilmasdi. U telbavor alfozda edi. Poezd jo‘nab ketgan bo‘lsa-da, perronda behol turib qolgandim. Tanamdagi qon yaxlaganday edi: «Nahotki, bari buyuklarning boshida ko‘rgiliklar shunday ko‘p bo‘lsa?!» 11-lavha Oradan besh-olti yil o‘tdi. Tog‘ay Murod Toshkentda dongdor bo‘lib ketdi. Oltinsoyda deyarli yarmini qoralab olgan «Otamdan qolgan dalalar» romani ayniqsa mashhur bo‘lib ketdi. Muhtaram Prezidentimiz nazariga tushdi. Dilbar asarlari kinorejissyorlar e’tiborini tortdi. Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotini olgan yozuvchiga «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berildi. Tog‘ay Murodning bu muvaffaqiyatlaridan oltinsoyliklar, jumladan, o‘zim ham terimga sig‘masdim. 12-lavha 1998 yil. Hovli etagida bolalarim bilan g‘o‘zapoya bosmoqda edim. Bir mahal Xidirsho arig‘i tomonidan bir yap-yangi «Jiguli» shundaygina hovlimiz eshigida to‘xtadi. Tog‘ay Murod siyoqli bir odam oldingi eshikdan tushdi Yo tavba! Tog‘ay Murodga o‘xshaydi-ku. Rosti, hammamiz jimib qoldik. Mashinadan tushgan kishi chindan ham Tog‘ay Murod edi! U juda chiroyli kulimsirab turardi. Quchoqlashib ko‘rishdik. U avvalgidan ham xiyla to‘lishgan, yuzlari yanayam salobat baxsh etib, bir qarashda har qanday odamni hayajonlantirib qo‘yadigan qiyofa kasb etgandi. Mashinani uzun bo‘yli, xushkelbat yigit ichkariga oldi. Bu yigit uning iqtisodchi jiyani edi. Mana, biz ham mashina oldik. Lekin sabil rulga yurak bo‘lmaydi. Shuning uchun jiyanni yollab turaman. Shu vaqt ko‘zi bostirma ostida turgan mashinani ko‘rib sevinchi oshib ketdi. Men qaytib kelaman E, ukkag‘ardi uli, sizam mashinali bo‘psiz-ku. G‘ayrat qiling, buyursin. Shu kuni tut tagidagi qadrdon so‘rida gurungni rosa urdik mashinalarni yuvdik. E-voh, Tog‘ay Murod bilan so‘nggi gurungimiz, so‘nggi ulfatchiligimiz, shu bo‘lib qoldi. Hozir, rosti, shu so‘rida kechalari yotolmayman. Tog‘ay Murod o‘tirganday bo‘laveradi. O‘jarroq, lekin o‘zi katta yozuvchi. Asarlarini o‘qib maza qilasiz, deya «Oydinda yurgan odamlar» deb nomlangan qissalar to‘plamining qo‘lyozmasini uzatdilar. Ushbu to‘plamga adibning mashhur «Oydinda yurgan odamlar» va «Ot kishnagan oqshom» qissalari kirgan edi. Ushbu qissalar Tog‘ay Murod keyinchalik yozganiday, «ne kunlarni ko‘rmadi...». Bu qissalarning chop qilinishi voqealarini yozsa, e-he, katta bir kitob bo‘ladi. Men hozir qissalar taqdiri haqida emas, Tog‘ay Murod portretidagi ba’zi chizgilar haqida so‘zlamoqchiman. Shunday qilib, men qissalarni o‘qiy boshladim. Birdan asarlar meni o‘ziga rom qildi. Ba’zi asarlarni qiynalib-qiynalib zo‘rg‘a jig‘ibiyronimiz chiqib o‘qirdik. Tog‘ay Murodning asarini o‘qib boshlaganimni bilaman, go‘yoki joyimda mixlanib qoldim. Sehrlanib tushlik ham qilmabman, kech soat sakkizlarda qo‘lyozmani o‘qib tugatib o‘rnimdan turdim. Asarni o‘qib bo‘lib, shunday xayollar ichida qoldimki... Ana asaru mana asar... Uchrashuv Xonada hamkasabalarimga meni qattiq hayajonga solgan qissalarni to‘lib-toshib gapirib turganimda to‘satdan birov eshikni ochdi. Xonaga zabardast, ko‘zlari o‘tli, o‘ta jiddiy Tog‘ay Murod kirib keldi. Hamma bilan qisqa-qisqa salomlashdi-da, qarshimga o‘tirdi. Kitobimga sizni muharrir qilib tayinlashgan ekan. Qachon fikringizni aytasiz? dedi u menga yuzlanib. Men unga qarab: Hozir aytishim ham mumkin, dedim. Mayna qilmasdan to‘g‘risini ayting, dedi u jiddiylik bilan. Men Tog‘ay Murodga qarab: Rosti bilan kecha o‘qib bo‘lganman. Hozir sizning asaringiz haqida gapirib o‘tiruvdim. Xo‘sh, qalay? Juda zo‘r. Hatto biror verguliga ham qalam tekkizmoqchi emasman. Uning birdan chehrasi yorishdi: Nima deb xulosa yozasiz? Nima deb yozardim? To‘plam menga yoqdi, bu yaqin-orada bunday ajoyib asarni o‘qiganim yo‘q. Uni bemalol nashr qilsa bo‘ladi, kitob esa qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qiladi, tahrirga muhtoj emas, biror vergulini ham o‘zgartirib bo‘lmaydi, deb yozaman. Uning bu gaplardan xursand bo‘lgani shunday ko‘rinib turardi. Biz ilk bora shu zaylda uchrashdik. Shu-shu, Tog‘ay Murod bilan tez-tez uchrashib turadigan, uzoq-uzoq suhbat quradigan yaqin aka-ukaga aylandik. U ranjigan kun Tog‘ay Murod nihoyatda jiddiy, har bir gapini o‘ylab gapiradigan, bir so‘zli, o‘z fikrini kishining yuziga dangal aytadigan, dadil hamda katta bilimga ega nuktadon adib edi. Mana, qissalarining bosmaxonadan korrekturasi ham keldi. U o‘sha kuni nashriyotga kelganida, men gapni uydagilar, bola-chaqa yaxshimi, deb so‘rashishdan boshladim. Birdan uning jahli chiqdi. Atrofga bir qarab oldi-da, tashqariga chiq, dedi. Men Tog‘ay akaning orqasidan chiqdim. Hozir sen hazil qildingmi yo atayin shunday dedingmi? U menga birinchi marta sensirab gapirdi. Jahli chiqqani oqarib ketgan yuzidan shundoq sezilib turar edi. Nimaydi, hazil qilganim yo‘q, biror nojo‘ya gap aytdimmi? men shosha-pisha shunday dedim. Men uylanmaganman. Talmovsirab qoldim. Rostdan ham uning oila qurmaganligini bilmasdim. Nima deyishni bilmasdan, beixtiyor uzr so‘radim. Bilmagan bo‘lsang, mayli. Uning ovozi ohangidan yumshaganini sezib, dadillashdim: Nasib bo‘lsa, uylanarsiz, ko‘z ostingizga olganingiz bordir. Bor. Qarshingda o‘tirgan Ma’suma bor-ku, so‘ra, shu qiz tegsa olaman. Bor, kirib so‘ra, dedi. Dabdurustdan eshitgan javobimdan andak shoshib qoldim. Xullas, kursdoshim Ma’sumaga Tog‘ay akaning ko‘ngli borligini aytdim. Bu gapni Tog‘ay aka shoshirganiday, o‘sha kuni emas, ertasi kuni payt poylab aytdim. Ma’suma o‘ylab ko‘ray, keyin javobini aytaman, dedi. Taqdir taqozosini qarangki, ikkalalari bir-birlarini tushunib va ardoqlab, sevib, sadoqat bilan yashadilar. Men katta adibimiz Tog‘ay Murod bilan yaqin bo‘lganimdan, uning hayotidagi muhim, baxtli voqeaga voqif ham sababchi, to‘ylarida uning yaqin birodariday xizmat qilganimdan hozirgacha faxrlanaman. Menimcha, bu ikki ijodkorning bir-biriga muhabbatlari hamda sadoqatlari, katta adabiyot yo‘lidagi umrguzaronliklari bir kitob yozishga arzigulikdir. Biz Tog‘ay aka bilan uzilishib ketmadik. U menga ko‘p nasihatlar berar, hatto o‘z ukasini tergagandek tergab ham qo‘yar edi. Shuni aytish kerakki, uning hamma gaplari, harakatlari tabiiy edi. U oliftagarchilikni yoqtirmas, yasama, sun’iylikni ko‘rgani ko‘zi yo‘q edi. Ko‘p ham odamlarni jini suyavermas, lekin yoqtirgan kishisi bilan dildan gaplashar, kulganda, yosh boladay yashnab ketardi. Qalbi xuddi ana shu yosh bola dili kabi beg‘ubor, musaffo edi. Tog‘ay Murod, nazarimda, soxtalikdan yiroq, mardlik va tantilik timsoli edi, qaytarilmas ijod sohibi, adabiyotimizning zabardast namoyandasi edi. Va shunday dunyodan o‘tdi. Adib qalbi asarlariga ko‘chdi adabiyotimiz inju donalariday sara asarlar bilan boyidi. Albatta, bularning bari cho‘ng yozuvchimiz Tog‘ay Murod umrini tom ma’noda ham boqiy etadi. Bitta joy bor-u, sal keyin bo‘shar ekan. Ungacha qaerdadir yashab turishim kerak. Ikkimiz ham o‘ylanib qoldik. Men o‘shanda Labzak mahallasida Dusya xola degan bir rus kampirning barakcha qurilgan pasqamgina uyida yashardim. Kursdosh hamxonalarim yaqindagina o‘qishni tugatib ketishgan, kampir qistovi bilan o‘zimga sherik izlab yurardim. «Tog‘ay akani shu hovlichaga taklif etsam qanday bo‘larkin?» degan fikr keldi miyamga. Lekin bundan bir oz xijolat bo‘ldim. Axir tor, ko‘rimsiz hovli bo‘lsa... Sharoiti ham yo‘q.... Men shunday bo‘lsa ham baribir bir aytib ko‘ray, dedim. Men bir rus kampirning uyida yashashimni, xonada yana bir kishilik joy borligini aytdim: Narxi arzon, oyiga o‘n so‘mdan. Ammo sharoiti yaxshi emas. Bir ko‘ring. Agar ma’qul... Bo‘ladi! Tog‘ay aka xursand bo‘lib ketdi. Ertagayoq ko‘chib o‘taman! dedi u ko‘zlari chaqnab. Keyin kulimsirab dedi: O‘zi aytarli ko‘ch-ko‘ronim ham yo‘q. Ozgina ust-bosh, kitob... Kvartira qaerda? Siz qatnaydigan fin hammomining orqasida. Rostdanmi?! Uning quvonchiga quvonch qo‘shildi. U paytlar Labzakdagi fin hammomi juda mashhur edi. Bug‘xonasi 130-135 darajagacha qizirdi. Men ro‘yxatga ko‘z yugurtirdim. Ro‘yxatning ikkalovida ham o‘ndan ziyod nomlar bitilgandi. Agar yodimda bo‘lsa, «Oydinda yurgan odamlar» qissasiga qo‘yilajak ro‘yxatdan «Oqshom odamlari», «Oqshomgi odamlar», «Oy yorug‘idagi odamlar»ga o‘xshash nomlar o‘rin olgandi. «Ot kishnagan oqshom» asarlari ro‘yxatida ham shunday edi. Menimcha, Tog‘ay aka ular ichidan birini tanlab olgan edi-yu, shu tanlaganlari munosibmi-munosib emasmi, tasdiqlatib olmoqchiga o‘xshardi: Asarga nom qo‘yishning ahamiyati juda katta. Nom asar ruhini to‘la ifoda etishi kerak. Toki sarlavhani o‘qishi bilan o‘quvchining yuragi «jiz» etsin, unda shu asarni o‘qishga istak uyg‘onsin. Til, shevalar haqida ham ko‘p gapirardi. Tog‘ay akaning Surxon shevasi, xalq og‘zaki ijodi, xususan, dostonlar tili borasidagi fikrlari juda qiziqarli bo‘lib, u bu haqda jo‘shib so‘zlardi. U gapirayotganda, yonidagi hamrohini deyarli unutib qo‘yar, go‘yoki betizgin xayollar ichida parvoz etayotgan odamga o‘xshardi. Yuzlari porlar, so‘zlayotgan fikrlaridan faxr tuyar, nihoyat gapini tugatib bo‘lib, menga qarar va boshini irg‘ab: «Shoir ukam, yaxshi», derdi. Nazarimda, bu so‘zlar zamirida: «Bu til hech qachon o‘lmaydi, bu tilda asar yozish naqadar buyuk baxt», degan ifoda yotardi... Ayniqsa, Tog‘ay aka sal sarhush bo‘lganlarida «yaxshi» so‘zini takrorlab tolmas edilar. Ba’zi bir shoir-yozuvchilar bu gapdan jahli chiqib: Nimasi yaxshi? Hammayoq rasvo bo‘lib ketdi-ku?! Siz bo‘lsa «yaxshi», «yaxshi», deyaverasiz, deb unga dakki berardi. Tog‘ay aka esa bu gaplarga sira parvo qilmasdi: Shoir akam, yaxshi! deb takrorlayverardi. Men u bu bilan nima demoqchi bo‘lganini ko‘p o‘yladim. Va shunday xulosaga keldimki, bunday paytlarda Tog‘ay aka «xilvat dar anjumanda» bo‘lar edi. (Naqshbandiya tariqatidagi bu raxshaning qisqacha ma’nosi «zohiran xalq bilan, botinan haq bilan» bo‘lishdir.) Ya’ni u atrofdagi jamoani butunlay unutib, o‘z orzu-umidlari, xayoloti olamida kezardi. Bu olamda esa yurtga, do‘stu yorlarga yaxshilik, ezgu ish qilish maqsadi mujassam edi. Yana el ichida yaxshi nom qoldirish istagi bilan yashayotganini aytmoqchi bo‘lardi, menimcha. Mo‘jaz hovlichamizda o‘rik daraxti bo‘lardi. Kuz oqshomlari shu daraxt ostiga qo‘yilgan aylana stol atrofida, xira chiroq yorug‘ida suhbat qurardik. Men ertalab ishga borishim kerakligi bois barvaqtroq yotardim. Tog‘ay aka esa aksariyat vaqtlari Men qaytib kelaman hovlichada yarim tunga qadar yolg‘iz kitob mutolaa qilardi. Ishga esa tushdan keyin borardi. Yakshanba kunlari bukinistik kitob do‘konlariga yoki bozorlardagi yoyma kitob rastalariga borardik. Bu rastalardan yaxshi kitoblarni topish, yana arzon narxda sotib olish mumkin edi-da. Izlab yurgan kitoblarimizni topsak, naq bayram bo‘lib ketardi. Men u paytlar O‘ljas Sulaymonov, Yevgeniy Yevtushenko she’riyatini ko‘proq o‘qirdim. Tog‘ay aka esa Janubiy Amerika yozuvchilari asarlarini va jonivorlar, xususan, ot haqida bitilgan kitoblarni sotib olardi. Yoshlikdan ko‘pkarilarga qatnashib kelganlari uchun bo‘lsa kerak, Ernest Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini juda xush ko‘rib o‘qirdi. Bu kitobni tarjima qilish niyati borligini ham menga aytgandi. Keyinchalik bu orzulari amalga oshdi. Ba’zan mendan yangi yozgan she’rlarimni o‘qib berishimni so‘rardi. Bir oz maqtagach, qaysi so‘zni noo‘rin qo‘llaganimni, o‘sha so‘z o‘rniga qaysi so‘zni ishlatish mumkinligini aytardi. Bu maslahatlar men uchun juda katta maktab bo‘ldi. Ijara uyimizga Yo‘ldosh Eshbek, Sa’dulla Hakim, Bahodir Murodali, Jamol Sirojiddin, G‘ulom Fathiddin kabi shoir-yozuvchilar tez-tez kelib turardilar. Tog‘ay aka, ayniqsa, Yo‘ldosh Eshbek bilan miriqib suhbatlashardi. Yo‘ldosh akaning hangomatalab gaplaridan miriqib, qah-qah urib kulardi. Hovlicha kulgidan zirillab ketardi. Suhbat so‘ngida Tog‘ay aka: Ey, Yo‘ldosh, shu voqeani menga soting, yozaman, deb qolardi. Yo‘ldosh aka ham saxiylik bilan rozi bo‘lardi: Mayli, faqat asar so‘ngida: «Bu voqeani Yo‘ldosh Eshbek aytib bergan», deb qo‘shib qo‘yasiz, derdi. Bo‘ldi, bo‘ldi. Gonorarni ham teng bo‘lishamiz. Yaxshi, shoir, yaxshi! Ular bir-birlari bilan hazillashganda sensirab, jiddiy so‘zlashganda esa sizlab gapirardilar. Bunday hazil-huzullar payti Tog‘ay aka baxtiyor ko‘rinardi. Uning yuzu ko‘zlarida samimiyat, bolalarcha beg‘uborlik barq urardi. Shu bilan birga ba’zan jahli chiqib tumtayib olardi. Birpasda ichimdagini top deganday, jiddiy tortib, tund odamga aylanardi-qolardi. O‘zi unchalik ko‘p ham gapirmas edi. U go‘yoki o‘z xayollari, yozayotgan asari qahramonlari hayoti bilan yashayotganga o‘xshardi. Biz asosan ikki mavzuda suhbatlashar, bahslashardik. Birinchisi, albatta, adabiyot edi. Men o‘shanda Tog‘ay akaning bu boradagi fikrlarini yozib qo‘ymaganimdan ming bor afsusdaman. Esimda, u kishi o‘shanda davr muammolari, ularni adabiyotda ko‘tarib chiqish zarurligi haqida kuyunib so‘zlardi. Ayniqsa, asarning birinchi jumlasiga juda e’tibor berardi. Esimda, «Ot kishnagan oqshom» qissasi boshlanishidagi «Ko‘rgilik, birodarlar, ko‘rgilik» jumlasini qancha izlaganlarini aytib bergandi. «Shu jumlani topgach, olamga sig‘mas darajada xursand bo‘lganman», degandi. Yana adabiyotda yuz berayotgan nohaqliklardan ezilar, nafratlanardi. Tog‘ay aka tasodifan bir yosh yozuvchi qaysidir katta yozuvchining asarini qayta ishlab berayotganining guvohi bo‘lib qolibdi. Yosh yozuvchi Tog‘ay akaga shunday deb maqtanarmish: Mana, ustoz asarlari ustidan ishlayapman. Qani bir ko‘ray-chi?! Tog‘ay aka varaq hoshiyasiga bitilgan quyidagi so‘zlarni o‘qibdi: «... jon, katta rahmat, juda o‘rinli tuzatibsiz. Asarning davomini yuboryapman. Shunday ishlayvering». Tog‘ay aka jig‘ibiyron bo‘lardi: Men qaytib kelaman O‘sha «otaxon» yozuvchimiz to asarini tugatguncha har kuni xizmat mashinasining haydovchisi orqali qo‘lyozmasini yuborib turdi. Hatto oddiy jumla tuzishni ham durust bilmaydigan bunday yozuvchidan nima kutish mumkin? Yozuvchi do‘stimdan ham ko‘nglim qoldi. Bizning ikkinchi sevimli mavzumiz futbol edi. Men ko‘p futbol ishqibozlarini bilaman. Ular bilan o‘yinni tahlil qilamiz, futbolchi va murabbiylarning yutuq-kamchiliklarini muhokama qilamiz. Lekin oralarida Tog‘ay akachalik futbolni nozik va teran tushunadigan ishqibozni kam uchratganman. Tasavvur qiling: torgina xonada, ikkita karavot o‘rtasiga qo‘yilgan stolga mukka tushib o‘n bir nafar o‘yinchi qanday harakat qilishi kerakligini tongga qadar muhokama qilsak. Bu ham yetmaganday, erinmay qog‘ozga futbol maydonchasi sxemasini chizardik. Jamoa a’zolari qanday harakat qilishi zarurligini o‘zimizcha tahlil qilardik. O‘sha paytlar sobiq Ittifoq terma jamoasida Valeriy Lobanovskiy boshchiligida Oleg Bloxin, Oleg Protasov, Igor Belanov, Renat Dasaev, David Kipiani kabi o‘yinchilar o‘ynardi. Tog‘ay aka har bir o‘yinchi imkoniyatlarini yaxshi bilar edi. Ana shu imkoniyatdan kelib chiqib o‘yin taktikasini belgilardi. Nechta himoyachi, nechta yarim himoyachi va qancha hujumchi harakat qilishini aytardi. Har bir o‘yinchining harakatlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatar, hujumga o‘tganda yoki himoyalanganda qanday usulni qo‘llash zarurligini sharhlardi: O‘yin taktikasini ishlab chiqqanda raqib imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Masalan, Belgiya himoyada o‘ynaydigan komanda. Demak, avvalo ana shu himoyani qanday yorib o‘tish masalasini hal qilish zarur. Geretsday himoyachini kim aldab o‘tishi mumkin? Albatta, Kipiani! Ular qarshi hujumga juda tez o‘tishadi. Bu hujumni qanday to‘xtatib qolish mumkin? Buning chorasini topish shart. 1982 yilgi jahon chempionati oldidan bunday muhokamalarimiz avjiga chiqqandi. Hatto Tog‘ay aka mardona shunday bashorat qilgandi: Bunday jamoa bilan jahon chempioni bo‘lish mumkin. Faqat yaxshi jismoniy va ruhiy tayyorgarlik kerak. Har bir o‘yinga to‘g‘ri taktika topish zarur. Chempionat davomida kuchni to‘g‘ri sarflash kerak. Jamoada albatta psixolog, shifokor bo‘lishi zarurligi, kuchala kabi giyohlardan foydalanish shartligiga o‘xshash fikrlar ham nazarimizdan chetda qolmas edi. O‘shanda «Paxtakor» jamoasi aviahalokatga uchraganiga uch-to‘rt yil bo‘lgan, hali ko‘nglimizdagi yaralar bitmagan edi. Shuning uchun sevimli jamoamiz haqida deyarli suhbatlashmasdik. To‘g‘risi, bu mavzuni Tog‘ay akaning yuraklari ko‘tarolmasdi. Buni o‘zlari ham, men ham yaxshi bilar edik. Shuning uchun ko‘proq mamlakat terma jamoasi va chet el futboli haqida fikrlashardik. Ahyon-ahyon tillariga An va Fyodorov nomlari kelib qolar va beixtiyor ular taqdirini eslab, jim bo‘lib qolardilar. Nazarimda, bunday suhbatlar Tog‘ay akaga sal bo‘lsa-da, turmush tashvishlarini unutishga yordam berardi. Tog‘ay aka qisqa davr ichida menga ko‘p yaxshiliklar qilgandi. Shulardan biri sigareta chekishni tashlashimga sababchi bo‘lganlaridir. O‘zi o‘pkangiz operatsiya qilingan bo‘lsa... Sizga chekish mutlaqo mumkin emas! derdilar kuyunib. Chekishni qanday tashlash mumkinligi yo‘llarini ham aytgandi. Yana sport bilan shug‘ullanishga ko‘p da’vat etardi. Ba’zan toza havoga chiqishni taklif qilardilar. Bo‘zsuv bo‘ylarini, «Minor» qabristoni atrofini aylanardik. Balki bu yalangliklar Tog‘ay akaga Surxon vohasi manzaralarini eslatgandir. Menimcha, u shahar shovqinidan bezib shu joylardan orom topardi. Biz yarim yil ichida aka-ukadek qadrdon bo‘lib ketdik. Tog‘ay aka boshqa kvartiraga ko‘chib o‘tganlaridan keyin ham bizning bordi-keldimiz uzilmadi. Mening uylanish bazmimda ishtirok etdilar. O‘zlarining ham to‘ylari Labzak yaqinidagi «Shirin» kafesida Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) bo‘lib o‘tdi. Umrlarining oxirigacha anjumanlarda, adabiy davralarda uchrashib turardik. Biz uchrashib qolganlarimizda ko‘pincha o‘sha kechalardagi suhbatlarimizni eslardik. Hozir ham xayolda ba’zan o‘sha xotiralar jonlanib qoladi. Shunda Tog‘ay aka birorbir mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etadi va mamnun jilmaygancha, bosh irg‘ab deydi: Shoir ukam, yaxshi! Bu maqola o‘z davrida ko‘plarga yoqdi va ayni paytda ko‘plarga yoqmadi ham. Sobiq saltanatning sobiq mafkurasiga belini mahkam bog‘lab xizmat qilayotganlar, unda-bunda panalab yurguvchilar hayallatmasdan mazkur maqola chop etilgan gazetadan bir donasini konvertga joylab o‘sha paytdagi O‘zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining birinchi kotibi nomiga jo‘natishadi. Oradan ko‘p o‘tmaydi. Yuqoridan kelgan topshiriqqa binoan, maqola raykomning byuro yig‘ilishida muhokamaga qo‘yiladi. Fol ochib yoki tavakkal gapirib nima qilaman: men raykomning bu yig‘ilishida ishtirok etmaganman. Shu davrda «Oltinsoy tongi»da ishlagan Jo‘ra Qodirovning guvohlik berishicha, raykom byurosi yig‘ilishi chiqargan qarorda shunday Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) so‘zlar bor edi: «Gazeta muharriri Eshmirza Muhammadievga qattiq hayfsan berilsin. Bo‘lim mudirlari ogohlantirilsin. Tog‘ay Murod gazeta ishidan chetlashtirilsin». Xullas, qo‘llariga kaltak olib Tog‘ay Murodni quvlaydilar. Adib yo‘lini to‘g‘ri Toshkent sari soladi. Aytishlaricha, shu maqola chiqqan son gazeta taxlamlaridan ham olib ketiladi. Hattoki redaktsiyaning o‘zida ham biror nusxa qolmaydi. Kimdadir qolgan bitta gazeta qo‘lma-qo‘l bo‘lib, kechasiyu kunduzi o‘qiladi. Shu sonni allakimning qo‘lida ko‘rgandim. Ishonasizmi, o‘qilaverib-o‘qilaverib, qo‘ldan qo‘lga o‘taverib, gazeta uvadalanib ketay degandi. Bu maqola atrofidagi g‘alva, yaxshi-yomon gaplar hali lopillab turgan kunlarning birida obkomda jurnalistlarning qandaydir yig‘ini bo‘ladi. Unda muharrirlar, bo‘lim mudirlari ishtirok etishadi. Yig‘ilish boshlanishidan avval chekkada bir muddat o‘zaro gurung bo‘ladi. Yana «gunohkorlarning gunohkori» bo‘lgan, aniqrog‘i, davrning katta «gunohkor»laridan biri sanalgan bosh muharrir Eshmirza Muhammadievni savolga tutishadi, gap bilan rosa savalashadi. So‘ngra tanbeh berishadi, aql o‘rgatishadi. Shunda rayon gazetalaridan birining muharriri mana bunday deydi: «Eshmirza aka, kommunistik partiyaga, Lenin komsomoliga tosh otmoqchi bo‘lgan Tog‘ay Murodga o‘xshagan siyosiy savodsiz yozuvchilardan nechovining nomi o‘chib ketadi. Lekin hech qachon shuni esdan chiqarmangki, kommunistik partiya, Lenin komsomoli abadul-abad yashaydi! Biz kommunistlarmiz, har qanday adashganning gapiga uchib ketavermasligimiz kerak, Eshmirza aka!» O‘z navbatida Eshmirza aka uning barcha gaplarini diqqat va e’tibor bilan eshitadi va haq rost, degandek bosh irg‘ab tasdiqlaydi. Boshqa iloji ham yo‘q edi. Zamon ko‘p nozik edi. Kommunistik partiya yuritayotgan siyosat qilich tig‘idan ham o‘tkirroq edi. Agar ozgina chayqalsangiz ham biror yeringizni kesib yoki tilib ketishi muqarrar edi. «Oltinsoy tongi» g‘azetasining bosh muharriri buni juda yaxshi bilardi. Yaxshi bilgani uchun ham Tog‘ay Murodning maqolasi xususida gap ochilishi bilanoq o‘zini darhol «aybdorlarning aybdori» deya e’lon qiladi-qo‘yadi. Malomatdan qutulishning birdan-bir yo‘li shu edi, chamasi. Qolaversa, Eshmirza aka egilgan boshni qilich kesmaydi, degan aqidaga ham qattiq amal qiladiganlardan edi. Obkom binosidagi qisqa gurung orasida «Tog‘ay Murodga o‘xshagan siyosiy savodsiz yozuvchilardan nechovining nomi o‘chib ketadi», deya kamoli ixlos bilan bashorat qilgan muharrir ko‘p o‘tmay ishsiz qoladi. Keyinchalik ayrimlar uning Termizga ish izlab kelganini ham ko‘rishgan. Qaysidir bir tarmoq gazetasidami yoki oilaviy bo‘lib chiqarilayotgan gazetadami sal fursat ishlab ham ko‘radi. Lekin uzoq dosh berolmaydi, chamasi. Gapning ochig‘i, uning qo‘lidan ko‘p ishlar kelardi. Faqat uddalab yozish kelmasdi, xolos. Keyinchalik u zim-ziyo g‘oyib bo‘ldi. Hozir qaerda nima ishlar bilan mashg‘ul? Yoki nafaqaga chiqib oyog‘ini uzatib yotibdimi? Bundan mening xabarim bo‘lmadi. «So‘fi Olloyor kim bo‘lgan?» maqolasidan so‘ng Tog‘ay Murod nomi odamlar ongiga yanada mahkamroq va chuqurroq o‘rnasha bordi. Raykomning byuro yig‘ilishida astoydil qoralangan bu maqola adib shuhratiga yana shuhrat qo‘shishga xizmat qildi. Obkomda o‘tgan yig‘ilishdan ko‘p o‘tmay bir guruh jurnalistlar Toshkentga yarim oylik o‘quv seminariga yo‘l olishdi. Ular orasida men bilan Eshmirza aka ham bor edik. O‘qishga Markaziy Osiyoning barcha respublikalaridan jurnalistlar tashrif buyurishgan edi. O‘qish, mashg‘ulotlar sobiq oliy partiya maktabida olib borildi. Bir kuni Eshmirza aka gap topib keldi: Ikkovimizni Tog‘ayboy uyiga mehmondorchilikka chaqiryapti. Shunga boramiz. Ketdik, tez bo‘ling! Pushkin metrosining oldida kutib turaman, deb aytdi. Men o‘zimcha Eshmirza akaga bir hamroh kerak shekilli, shuning uchun meni ham birga yurishga da’vat etyapti, deb o‘yladim. Eshmirza aka, siz o‘zingiz boravering. Men ham borsam, Tog‘ay akaning ko‘ngliga malol kelishi mumkin. Balki sizda biror gurungi, gap-so‘zi bordir? o‘zimni noqulay sezib, shunday dedim. Men o‘zimdan chiqarib taklif qilayotganim yo‘q. Tog‘ayboyning ko‘ngli nozikligini, hamma bilan ham gurung qilabermasligini yaxshi bilaman. Uning o‘zi sizniyam uyiga chaqiryapti, dedi Eshmirza aka. Shundan so‘ng qo‘shilib yo‘lga tushishdan o‘zga chora qolmadi. Ikkinchidan esa, Tog‘ay Murod bilan gurunglashishga ishtiyoqim ham bor edi. Yo‘l-yo‘lakay Eshmirza aka «Paxta» degan ixchamgina tort ham xarid qildi. Haqiqatan ham, Pushkin metrosiga kiraverishda Tog‘ay Murod bizni kutib turardi. U ko‘zimga qandaydir ma’yus va horg‘in ko‘rindi. Tog‘ay akaga yaqinlasharkanmiz, Eshmirza aka qo‘lidagi tortni menga tutqazdi. Bildimki, diydorlashuv shunchaki bo‘lmaydi. Hamrohim quchoqlarini katta ochgancha, «Qani, Tog‘ayboy, odamni sog‘intirib yubordingiz!» deya peshvoz boraverdi. Ikkovlon astoydil quchoqlashib uzoq ko‘rishdilar. Ikkovlarining ham yelkalarini, butun vujudlarini o‘zaro mehrmi, sog‘inchmi titroqqa solib turardi. Xuddi ko‘p zamonlar ko‘rishmagan aka-ukalardek, balki mehribon tog‘a-jiyanlardek bo‘lib ko‘rishdilar, nazarimda. Tog‘ay aka avval Amir Temur xiyoboniga borib, salqin tushguncha dam olib, gurunglashishni, so‘ngra esa uyga borishni taklif qildi. Aytgancha, sentyabr oyi edi, havo saratondagidek issiq bo‘lmasa-da, biroq salqin ham emasdi. Bu gapni aytishdan muddao shuki, Eshmirza akaning qo‘lidagi tort issiqdan erib borayotgani qutiga yoyilayotgan yog‘idan ham bilinib turardi. Shunda Eshmirza aka qo‘lidagi tortga ishora qilib, «Buni nima qilamiz, Tog‘ayboy?» dedi. Tog‘ay aka esa hayron bo‘ldi, so‘ngra tortga tikilgancha ancha muddat jim qoldi. Nazarimda, tortni nima qilish kerakligi katta bir muammoga, yechilishi mushkul bo‘lgan yumushga aylangandek edi. «Paxta» torti nima bo‘ldi? Bu o‘z yo‘liga. Uchovlon asta-sekin Amir Temur xiyoboni tomon yo‘l oldik. Toki salqin tushguncha o‘sha yerdagi oshxonada o‘tirdik, judayam maroqli gurung bo‘ldi, deya olmayman. Har qalay, tayinli biror narsa yodimda qolgan emas. Salqin tusha boshlagach, qaytdik. Eshmirza aka ketishga ijozat so‘radi. Lekin Tog‘ay aka izn bermadi, astoydil uyiga taklif qildi. Ko‘ngli bo‘sh Eshmirza aka rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Tog‘ay akaning uyiga yo‘l oldik. Borishimiz bilan Tog‘ay aka hali taqillatishga ulgurmasdan eshik ochildi. Eshikni lang ochgan va o‘zini chekkaga olgan Ma’suma yanga ochiq chehra bilan bizni uyga taklif qildi: «Xush kelibsizlar, kelinglar, kelinglar!» Tog‘ay akaning uyida ancha mahal gurunglashdik. Men bu suhbatda gaplashuvchidan ham ko‘ra ko‘proq tinglovchi, faol eshituvchi bo‘ldim. Ora-orada gapirishga zarurat tug‘ilsa, gapirdim, xolos. Agar shu yerda men Tog‘ay Murod juda gurungpaz odam edi, rosa gurung berdi, desam aytganlarimning anchasi yolg‘onga chiqib ketadi. Lekin Eshmirza akani yaxshi ko‘rgani bois, unga ishongani bois, Oltinsoydan olib qaytgan ko‘ngil jarohatlari hali bitib ulgurmagani bois ham gurungga o‘t qalashga astoydil harakat qildi, deb o‘ylayman. Tog‘ay aka Eshmirza akaga astoydil uzrxohlik qildi, qayta-qayta kechirim so‘radi. Aka, meni deb jazolandingiz, yaxshi-yomondan gap eshitdingiz, shundan ko‘nglim haliyam xira. Agar shu ish bo‘lmaganida edi, siz bilan hali ancha ishlash niyatim bor edi. Lekin, aka, sizniyam, meniyam og‘zimizni ongnib, aytgan gaplarimizni sotib yurgan Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) odam ham bo‘ldi. Uni siz yaxshi bilasiz, aka? dedi Tog‘ay aka fe’li va ishi noma’qulroq bir odamning nomini tilga olib. Bilaman, Tog‘ayboy, bilaman, dedi Eshmirza aka ham shosha-pisha. Nimayam derdim, ukajon. Har kim o‘zi biladi. Siz aytgandek, uning bemaza odatlari borligini men ham keyinchalik payqab qoldim. Odam olasi ichida deganlari shu-da... Lekin Tog‘ay aka negadir shu «gap ongnib eshitganlarini qaergadir sotadigan» odam haqida yana ancha gapirdi: Mayli, o‘zingiz bilasiz, meni aytdi dersiz. Lekin, aka, shu odamdan juda ehtiyot bo‘ling, dedi Tog‘ay aka, barmog‘i bilan ishora qilib. Keyin yana qo‘shib qo‘ydi: Ehtiyot bo‘ling, u chayon yana chaqishi mumkin, chaqadi ham!.. Undan-bundan gurung qilib, vaqtni allamahalga yetkazdik. Eshmirza aka qaytishga ijozat so‘radi. Tashqariga chiqdik. Agar adashmasam, vaqt kechasi o‘n birlardan oshgan edi. Uchovlon Pushkin haykali yaqiniga bordik. Tramvaylar qatnovi hali to‘xtamagan edi. Biz chiqishimiz kerak bo‘lgan tramvay ham yetib keldi. Xayrlashuv onlari yetdi. Eshmirza aka bilan Tog‘ay aka uzoq quchoqlashib turdilar. Nihoyat, ular bir-birlarini qo‘yvordilar. Biz tramvayga chiqdik. Tramvay asta yo‘lga tushdi. Biz chiqqan tramvayga qaraganicha Tog‘ay aka hamon joyida qotib turardi... Termizga kelganimdan so‘ng Tog‘ay aka telefon orqali ikki marotaba yo‘qladi. Birikki masala yuzasidan suhbatlashdik. Telefonini yozib olishimni va zarurat tug‘ilsa, bemalol qo‘ng‘iroq qilishimni tayinladi. Bilasizmi, necha yillar, necha o‘n ikki oylardan atigi ikki-uch daqiqa ajratib, Tog‘ay akaga qo‘ng‘iroq qilish uchun vaqt bo‘lmadi... Men adibimiz bilan gazeta uchun bir suhbatlashishni ko‘nglimga tugib yurardim. «Mohiyat» gazetasining sobiq bosh muharriri, yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshev Tog‘ay Murod bilan uchrashib, suhbat tayyorlab berishimni bir necha marta iltimos qilgandi. Men esa har gal quyuq va’da berardim. O‘zimcha fursatini belgilab yurgan kunlarning birida Tog‘ay aka bu olamdan o‘tib ketdi. Adib qazo qilgan kuni Toshkentda edim. «Mohiyat» gazetasi tahririyatida Abduqayum Yo‘ldoshev afsus bilan eslatdi: Paysalga solib, suhbatniyam boy berdingiz. Tog‘ay Murod ham o‘tib ketdi! O‘z vaqtida bir suhbat bersak, sizu bizdan esdalik bo‘lib qolardi. Nimayam deymiz, taqdir qilmagan ekan-da, birodar... Men biror so‘z aytishga ojiz edim. Tog‘ay Murodning bu dunyodan bemavrid ketib qolishini qaydan bilibman. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod televideniega, radio yoki gazetajurnallarga intervyu berib, xumordan chiqqan emas. Chamasi, bunga uning ko‘pam rag‘bati yo‘q edi. Qolaversa, ko‘ngli istamagan odam bilan agar tillo bersalar ham suhbatlashmasdi. Shunday ijodkorlar borki, garchand adabiyot maydonida ishni do‘ndirib qo‘ymagan bo‘lsalar-da, muxbirlarga intervyu berishni juda do‘ndiradilar. Muxbir kelsa-keldi, kelmasa o‘zlari tashabbusni qo‘lga olib, suhbat uyushtiradilar. Adabiyotda ishni qoyillatgan Tog‘ay Murod esa aksiga olib, muxbirlar suhbatidan, uchrashuvlardan, savoljavoblardan qochib yurardi. Har kimning o‘z dalasi, o‘z ko‘chasi bo‘ladi. Kimdir dalasiga tikan eksa, kimdir gul ekadi. Shunga qarab odamni farqlaydilar. Shunday odamlar borki, o‘z ko‘ngil ko‘chasini istagan odamga ochib qo‘yadi. Bunday ochiq ko‘chadan kimlar o‘tmaydi. Shunday odamlar borki, o‘z ko‘ngil ko‘chalaridan har qanday odamni ham o‘tkazmaydilar. Aytmoqchi edikki, Tog‘ay Murod o‘z dalasiga anvoyi gullar ekishga ulgurgan adibdir. To‘g‘rirog‘i, kim haq bo‘lib chiqdi? O‘shanda ham, hozir ham Tog‘ay Murod yutdi, Tog‘ay Murod haq bo‘lib chiqdi. O‘sha kunlarda Amerika yangi raketalarini G‘arbiy Germaniya hududiga joylashtirishga urinayotgan, SSSRda bunga qarshi norozilik kampaniyasi avj oldirilayotgan, esimda, shu munosabat bilan o‘sha kunlari Tog‘ay Murod bosmaxonaga jo‘natilayotgan qo‘lyozmasiga Amerikaning shu tadbiri haqida yangi jumla kiritdi. Bu jumla keyin kitobdan tushib qoldimi, bilmadim. Bu paytda biz mashhur adib bilan so‘zlashadigan darajada tuzukkina tanish va yaqin edik. Uning bilan muloqot, suhbat men uchun juda qiziqarli va menga kerak edi. Katta talant egalarining har sohaga doir mushohadalarini, ayniqsa, adabiyotga doir fikrlarini bilgim kelardi. Ularning, masalan, kitobga, mutolaaga munosabati. Falon-falon yozuvchilarni o‘qiganmi-yo‘qmi, ba’zi yozuvchilar haqidagi fikri. Mana bir shunday suhbat. Biz «Original proza» xonasida o‘tiribmiz. «Alpomish»ni o‘qiganmisiz? so‘rayman. O‘qiganman. Men esa yo‘q… Nega? (Aynan «Nega?» degan edilar.) Anatoliy Ananev romanlari haqida so‘rayman. Psixologik tasvirlari, jumlalarining haddan tashqari uzunligini aytib, uni o‘qiganmisiz, deyman. Faqat «Verstы lyubvi» romanini o‘qiganman. Yuriy Bondarevning yangi romani chiqqan edi «Igra», shuni so‘rayman. Surxon vohasi dalalarida film suratga olgani borgan iste’dodsiz bir aktyor zerikkanidan ahmoqona ish qiladi. Ya’ni u tirik qushchaning og‘ziga sigaret cho‘g‘ini tiqadi ermakka. Tog‘ay aka qissaning shu joyi ustida to‘xtalib aytgan edi menga: bo‘lgan voqea, o‘zim ko‘rganman. Tog‘ay akani uncha-muncha bilgan kishilar biladi: Tog‘ay Murodga ma’qul odam bo‘lish qiyin. Odamdan darrov ko‘ngli qoladi, yuz o‘giradi. Yo‘q. Aslida bu narsa biz o‘ylagandan ko‘ra murakkabroq bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Bu haqiqatni tusmollagan holda aytging keladi. Dunyoda hech bir kimsaga va narsaga ziyoda talabchan yondashmaslik, ziyoda mehr ham, ziyoda nafrat ham ko‘rsatmaslik lozim ekan shekilli. Axir hamma ham har jihatdan mukammal bo‘lishi qiyin. Komillikka intilaverish bu boshqa gap, shunga harakatdan tolmaslikning o‘zi cho‘ng insoniylik, inson uchun katta sharaf. Tog‘ay aka «chin» so‘zini yaxshi ko‘rar edi. Qaysi asarni varaqlab qaramang, bu so‘z uchraydi. Ayniqsa, munofiqlikni, tovlamachilikni, firibgarlarni, hayotdagi yuzakichilik-yaltiroqchiliklarni ko‘rarga ko‘zi yo‘q edi! Hayotning shunday jihatlarini va shunday kishilarni asarlarida qiyofasini yaratib ko‘rsatdi, fosh etdi. Kundalik turmushida ham ular bilan umri bo‘yi kurashib o‘tdi. Adib! Axir insonlar hayoti u qanday jamiyat shaklini olgan bo‘lmasin, bundan behroq, tuzukroq bo‘ladimi? Qayda bo‘ladi? Kim ko‘ribdi! Bularning barisini sen, Surxonning buyuk farzandi, o‘tkir aqling, teran qalbing bilan tushunsang-da, biroq nozik, inja ko‘ngling bularni sig‘dira olmadi. Xo‘p, kelasanmi-kelmaysanmi?» degan qat’iy savolga boshqa kuni borishimni aytdim... Ming afsuski, bu orada necha yillar o‘tib ketdi. Tog‘ay aka bilan ko‘risholmadik. Men boraman, deganimda u kishini topolmadim, u kishi uyiga chorlaganida mening ishim chiqib qolardi. Tog‘ay akaning izi To‘rt-besh yilcha avval Denovga bordim. Hozir butun mamlakatga tarqalayotgan «Chag‘oniyon» gazetasi tajribasi haqida ko‘rsatuv tayyorladik. Jurnalistlar orasida o‘zining ming turli «qilmish-qidirmish»lari bilan mashhur bo‘lgan Zoyir Mamajon gurungimiz orasida betoqat bo‘laverdi. Nihoyat yorildi: «Men bugun Xo‘jasoatga boraman, deb odamlarga va’da beruvdim. Qolaversa, qahramon buvayam sizlarni kutyapti. Gullagan ketmonini ko‘rsatmoqchi...» Xo‘jasoat Tog‘ay akaning qishlog‘i. Denov qayda-yu, Xo‘jasoat qayoqda? Bu devona jurnalist nima deb yotibdi, deb o‘yladim. Oxiri o‘zi gap ochib qoldi: «Tog‘ay men bilan to‘n kiyishmagan bo‘lsa-da, eng qadrdon va dildosh jo‘ram. U o‘qigan maktab haqida «Chag‘oniyon»ga bir maqola yozmoqchiydim. Shuniyam beliga tepdilaring. Mayli endi, keyin boraman. Ketdikmi Sobir Rahimovga!» deya denovlik O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Fayzullaev dalasiga chorladi. Katta bir tepalik yonidan o‘tayotganimizda Zoyir aka shofyorning yelkasiga qarsillatib urib, «To‘xta, to‘xta, oshna, manavi, qishloqda tug‘ilib, qishloqni unutganlarga bir Tog‘ay Murodning dalalarini ko‘rsatayin», dedi. Qani, tepaga chiqib, Denovni bir tomosha qilinglar. Huv narigi tarafdan Xo‘jasoat ham ko‘rinadi. Tog‘ay bilan bu yerlarni qancha aylanganmiz. Lekin hech sezdirmagan shunday zo‘r roman yozayotganini. Gap-gap bilan bo‘lib har-har zamonda «Nima yozyapsiz, jo‘ra?» deb so‘rasam, «O‘qiysan hali, Surxonu Qashqaning, Farg‘onayu Xorazmning yelkasidan ketmon tushmagan, peshonasi bir umr sho‘r bo‘lib kelgan Dehqoni haqida yozyapman», deb qo‘yardi. Xullas, o‘sha kuni Ibrohim akaning dalasiga sal kechikib bordik. U kishiyam Zoyir akani ko‘rib «So‘kkanim bilan foydasi yo‘q, tarki odat amri mahol, muhimi, kelibsizlar-ku», deya bizlarni paykalga chorladi. Gap orasida yana Tog‘ay Murod haqida so‘z ochildi. Ibrohim aka jo‘shib ketdi: «Qoyilman Tog‘ayga. «Otamdan qolgan dalalar»ini o‘qib, menday diydasi qattiq odam ham to‘yib yig‘ladim. Nega denglar-da? Axir shunday kunlar hammamizning boshimizdan o‘tmaganmidi? Chunki his qilish kerak ekan. To‘g‘ri, boshqalaram dehqonning og‘ir hayoti va mehnati haqida yozgan. Nimasidandir ko‘nglim to‘lmagan-da. Tog‘ayning kitobini o‘qib, suyundim, bor ekan-ku mardi, deb yuribman haliyam. Bir narsani aytay sizga, men yetmishdan oshdim, butun umrim dalada kechdi. Ota-buvam ham kengliklarda yashab o‘tgan. Lekin Tog‘ay Murod meni, sizni, butun o‘zbek xalqini dardini, armonini doston qipti, qo‘shiq qipti, otasiga rahmat. Lof emas, hammasi chin. Meni hayron qoldirgan narsa, u qaerdan shuncha gapni, voqealarni topgan ekan-a?» Zoyir aka bo‘lsa, qahramonning gaplarini eshitib, egat oralab ketib qoldi. Yonimizga qaytib kelgach, so‘radim: «Nima, o‘zlariga tegib ketdimi Ibrohim akaning gaplari, oxirigacha eshitmadingiz, axir sizam katta yozuvchi edingiz-ku», degandim, doim har Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) qanday gapni hazilga buradigan cho‘rtkesar Zoyir Mamajon bu gal bosiqlik bilan so‘zlay ketdi: «Menam Tog‘ayni romanini bir kechada o‘qib chiqdim. Bir kechada... kerak bo‘lsa yuz yillik, ikki yuz yillik xalqimizning asriy armonlari ko‘z oldimdan o‘tdi. Bilaman, bu romanni yozish Tog‘ay uchun oson kechmagan. Necha o‘n yillardan beri tayyorgarlik ko‘rgan ekan u. O‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman, desa, kulardim. Bir haykal bo‘lsa shunchalik bo‘lar-da... Shu romanni o‘qigach, necha kunlab o‘zimga kelolmadim. Qaerga bormayin, qaysi paykalga kirmayin, kim bilan gaplashmayin, Tog‘ayning o‘sha so‘zlari qulog‘im ostida jaranglab turaveradi... Afsus, uch yil o‘tib... Tog‘ay Murodning ma’rakasida Zoyir Mamajon og‘ir armon bilan shunday deb qoldi: «Tog‘ayning kitobini endi o‘qiy desam, yuragim betlamayapti. Nega desangiz, uning yozganlari hammasi haqiqat ekan va endi har egatda, har paykalda, kerak bo‘lsa, har bir qishloqda Tog‘ayning izini ko‘rganday bo‘laveraman. Kimdir aytibdi, undan biror zurriyot, yodgor qolmadi-ya, attang, deb. Endi bilsak, Tog‘ay Muroddan qolgan yodgorlikni hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmas ekan». So‘nggi qo‘ng‘iroq Tog‘ay Murod bilan o‘n yil orasida ko‘p bora so‘zlashdik. Gohi juda band yoki kayfiyati bo‘lmasa, gapni qisqaroq qilib: «Yana telefon qilarsan», deb qo‘yardi. Avvaliga bu muomalasi menga sal erish ham tuyulardi. Keyin ko‘nikib ketdim va aksincha, endi o‘zimning ruhim tushsa yo ayrimlarning tilyog‘lamaliklariyu mayda gap-so‘zlardan bezib, dilgir bo‘lib qolsam, hech ikkilanmay Tog‘ay akaga qo‘ng‘iroq qilardim. U kishi bo‘lsa mening gaplarimni bo‘lmay eshitardi. Tog‘ay Murod bilan so‘nggi marta, o‘limidan bir haftacha avval gaplashdik. Uyida yolg‘iz o‘zi ekan. Menimcha, zerikibroq turganmi yo kayfiyati chog‘midi, bilmadim, yarim soatcha so‘zlashib o‘tirdi. Men esa xijolat bo‘lib gap orasida: «Aka, uzr endi, vaqtingizni oldim», desam ham negadir hech xayrlashgisi kelmadi. O‘sha kuni men ham nimadandir qattiq siqilib, Tog‘ay akaga dardlarimni aytib berdim. Shunda u kishi: «Esingdami, bundan sakkiz yilcha avval senga bir gapni aytuvdim. Yana takrorlayman, u qulog‘inggayam, bu qulog‘inggayam quyib ol. Hali eslab yurasan, akam bekorga bu gaplarni aytmagan ekan deb. Men bilan ham, sen bilan ham «oshnam, do‘stim, og‘am», deb o‘pishib, quchoqlashib ko‘rishadilar va sal nariga borib, izimizdan ming xil fisqfasod, ig‘vo tarqatadilar. Parvo qilma, undaylar bilan o‘chakishib o‘tirma, qo‘yaver. O‘zingga ishon. Yana bir gapni aytayin, odam ahyon-ahyonda bo‘lsayam O‘ZI bilan O‘ZI gaplashib, dardlashib turishi shart ekan. Qachonki mayda-chuyda gap-so‘zlarga o‘ralashib qolsang, o‘zing ham mayda odamga aylanasan. Bir she’ringda «Olti yil yashadim yolg‘izlik bilan», deb yozibsan-ku. Biz hammamiz qismatning odamlarimiz. Nimadir yozaman, yarataman, deb qishloqdan kechib kelganmiz. Uyoqda senu menga ko‘z tikib o‘tirgan qancha qora ko‘zlar bor. Shularning yuzini yerga qaratmaylik», deb uzoq nasihat qildi... Baribir hayron bo‘ldim. Nega har doim kam gapiradigan, ustiga-ustak, salom-alik tugar-tugamas: «Nima gap, o‘zi biror narsa yozayapsanmi, uylar tinchmi?» deb gapni qisqa qiladigan Tog‘ay aka bunchalik ochilib qoldi deya ajablandim ham. Kim biladi, balki o‘sha kuni rahmatlik meni o‘ziga yaqin olib, ko‘nglidagi bor hasratu hayajonlarini to‘kkandir... Men esa bir haftadan so‘ng... Tog‘ay akaning to‘satdan vafot etganini eshitib qotib qoldim. Eng alamlisi, tirikligida ko‘rolmagan suyukli adibni, o‘zimning og‘amday bo‘lib qolgan qadrdon jigarimni qazo qilganida ko‘roldim, xolos... Kuzatish Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) O‘shanda may oyining adog‘i edi. Erta tongdayoq Tog‘ay aka yashaydigan uy yoni odamlarga to‘lib ketdi. Mahalla oqsoqoli marhumning yaqinlarini shoshiltirardi: «Tez bo‘linglar, kun yorishib kelyapti, Chig‘atoydayam kutishyapti bizlarni». Sirojiddin Sayyidning mungli ovozini eshitdim: «Yolg‘izgina singlisi kecha kechqurun yo‘lga chiqqan ekan. Birpasgina kutaylik...» Kattayu kichik avval bir-biriga, keyin esa soatga qaraydi. Nihoyat... Tog‘ay Murod o‘z uyi ostonasidan qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. O‘nlab mashinalaru avtobuslar liq to‘ldi. Men Mirzo aka bilan tobut yonida ketdim. So‘zsiz, og‘ir nigohlarim bilan karvonni kuzataman. Tanigan-tanimagan, bilgan-bilmagan odamlar bir-birlariga yaqin, og‘a-inidek bo‘lib qolgan edilar. Qayda, buyog‘i o‘zbekchilik, baribir jim ketolmaysan, orqavarotdan bo‘lsa-da, shivir-shivirlar eshitiladi: «Nima bo‘pti o‘zi, kasalmidi yo? Zo‘r yozuvchi edi-da, attang... shuncha odam to‘yga chaqirsang kelmaydiya!» Chig‘atoy qabristoniga yetib kelganimizda buyoqdayam ta’ziyaga kelganlarning adog‘i ko‘rinmadi. Avval janoza o‘qish uchun machitga yo‘l oldik. Hamma tobut ortidan yuguradi. Saksonni qoralab qolgan otaxon ham, endi oliy dargoh ostonasidan hatlagan talaba ham bab-baravar talashib-tortishib yelka tutadi. Janoza o‘qildi. Tumonat odam jo‘r bo‘lib, «Rahmatlik yaxshi inson edi», deya ovoz beradi. Ne-ne ulug‘ zotlar mangu panoh topgan manzil yo‘lagidan yana bir aziz farzandini so‘nggi yo‘lga kuzatayotgan zamondoshlarning hammasi jimgina qadam tashlaydi. «Tog‘ayjon, bizdan rozi bo‘l, inim, tirikligingda bir og‘iz rahmatimni aytolmadim-a». Tanish ovoz. Qayrilib qarayman. Uncha-muncha adibu shoirlarni tan olmaydigan munaqqid... O‘sha kuni Chig‘atoyga Tog‘ay Murodni hayotlik paytida yaxshi ko‘rganlar ham, hatto yomon ko‘rganlar ham so‘nggi manzilga kuzatish uchun keldi. Biz, hamkasblar bu qishloq do‘konini bir aylanib chiqib ketayotganimizda ham ular miriqib gaplashib turishardi. «Onasiga kuchli mehr qo‘ygan odam yomon odam bo‘lmaydi», degan fikr xayolimdan o‘tdi. Shu hayotiy epizod tufayli Tog‘ay Murod aka bilan ilk uchrashuvimiz yodimda muhrlanib qoldi. Tog‘ay Murod aka «Fan va turmush»da ishlagan kezlari jurnal tahririyatida chinakam ijodiy muhit mavjud edi. Asosiy jurnalistlik kasbidan tashqari, ko‘plab adabiy janrlarda ijod qilinardi, adabiy munozaralar bo‘lib turardi. Masalan, hozirda mashhur adib Xurshid Do‘stmuhammad bir qator o‘ychan, falsafiy hikoyalari, Rustam Obid hayratlanarli fantastikasi bilan tanilib qolishgandi. Abdulla aka bilan Rauf akaning borligiga ham shukr. Tog‘ay Murod aka Abdulla Oripovni Lermontovga qiyoslarkan, ulug‘ rus shoirining «Payg‘ambar» she’rini yoddan o‘qib berib, meni shoirona donoligi bilan yana bir bor hayratga soldi. «Faqat Lermontovning umriga o‘xshamasin», deb qo‘shib qo‘ydi. U, Rauf Parfi Bayron kabi «Yevropaning birinchi erkin shoiri» darajasidagi shoirlar safidan joy olishga munosib ijodkor ekanligini tan olish kerak, degan fikrni aytdi. Bu fikrga, ehtimol, shoirning o‘sha kezlari Bayrondan qilgan tarjimalari, xususan, «Manfred»i sabab bo‘lgandir. Nima bo‘lganda ham, adibning she’riyatni nozik tushunishi, qadrlashi menga yoqdi. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) Haqiqiy adabiyot aslida roman yoki dramalar emas, balki she’riyatdir, degandi u o‘z suhbatlaridan birida. 1983 yilda Tog‘ay Murod akaning yangi qissasi muhokamasida tasodifan qatnashib qoldim. Boshida men adibni kutib turadigan bo‘lgandim, keyin u foydali bo‘ladi, asar yozishdan ham ko‘ra ruxsat olish «sovetdan o‘tkazish» qiyinligini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz, dedi va barvaqtroq muhokama xonasiga olib kirib o‘tqazib qo‘ydi. Xona Yozuvchilar uyushmasining nasr kengashi a’zolari bo‘lgan yozuvchilar, adabiy tanqidchi va adabiyotshunoslar bilan to‘ldi, muhokamani ustoz adib Odil Yoqubov olib bordi. Gapirganlar va aytilgan fikrlar hozir aniq esimda yo‘q, lekin Tog‘ay Murod akaning yuzidan muhokama asar foydasiga hal bo‘lmayotganligini sezish mumkin edi. Chamasi, muhokamaning o‘rtalari edi, shu payt eshik ochilib, Ozod Sharafiddinov kirib keldi, chekkadagi stulga o‘tirib, oldiga qo‘yilgan qog‘ozga so‘zlayotganlar fikrini besh-olti qator yozgan bo‘ldi, so‘ngra undan voronka qog‘oz kuldon yasadi, sigareta tutatib, xotirjam tinglay boshladi. Hamma asar haqidagi o‘z fikrini aytib bo‘lgach, oxirida Ozod aka so‘z oldi, qissaning barcha ijobiy tomonlarini sanab o‘tdi va ulardan kelib chiqqan holda qo‘lyozmani albatta nashr etish lozim, deb shunday qat’iyat bilan gapirdiki, qarshi so‘zlaganlar go‘yo yo‘qdek edi. Uning xulosasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Men Ozod akaning yosh iste’dodlarni maqolalari bilan himoya qilishi, qo‘llab-quvvatlashini bilar edim, biroq uning amalda, odam aynan shunday yordamga muhtoj, haqiqatga tashna bo‘lib turganda otilib chiqib himoya qilishi, dadil, qat’iy harakatlari meni juda qoyil qoldirdi. Tog‘ay Murod aka muhokamaning boshidan oxirigacha juda jiddiy, mag‘rur o‘tirgan bo‘lsa ham, nazarimda, eng so‘nggi dam «portlab» ketmaslik uchun o‘zini zo‘rg‘a ushlab turgandek tuyuldi... Tog‘ay Murod aka «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar», «Otamdan qolgan dalalar» kabi o‘ziga xos shakl va mazmunga ega asarlari bilan kitobxon qalbida chuqur iz qoldirdi. Mashhur adibimiz o‘sha yillarda Shukur Xolmirzaev, Xayriddin Sultonov, Erkin A’zamov kabi nosirlar bilan bir qatorda qishloqdagi oddiy o‘zbekning hayoti, his-tuyg‘ulari, istak-mayllari, orzu-umidlarini haqqoniy tasvirlab, bugungi til bilan aytganda, qishloqdagi muammolarni hal etmasdan turib, umumdavlat, umummilliy masalalarning yechimini topish mumkin emasligini chuqur his qildi. Shu bois ham qishloq mavzusi adabiyotga o‘ziga xos ovozga ega adiblarni, yangi va original asarlar shodasini berdi. Tog‘ay Murod aka esa ular orasida o‘zining go‘zal asarlari bilan yorug‘ yulduz kabi porlab turibdi. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) VAFO FAYZULLOH ABADIYAT Odam nega dunyoga keladi? Odam nega dunyodan ketadi? Uning turg‘un manzili qaer? Birov haqida o‘ylashning o‘zi dahshat, ko‘ngilni og‘ritadi, yuzini ko‘rish musibat. Haqqa ko‘rsatma, deb tavallo qilasan. Boshqa bir kishi esa beixtiyor xayolingga kirib kelaveradi. O‘z-o‘zingdan u haqida gapirib yuborasan. Tuyqus eslab qolasan. Hozir nima qilayotgan ekan, deb o‘ylab o‘yingga yetolmaysan... Sen havo olayotgan borliqdan uning ham nafas olayotgani mo‘jizaday tuyuladi. Unga yurak sirlaringni aytging, orzularingni o‘rtoqlashging keladi. Hech bir beta’ma unga hurmating oshadi, mehru muhabbating kuchayadi... Holbuki, beayb Parvardigor, hammamiz ham xom sut emgan banda... Baribir, inson bilan insonning yashashi, e’tiqodi, a’moli yer bilan osmon qadar farq qilar, farq qilaverar ekan... O‘tgan asrning saksoninchi yillari boshi. Tolibman. Endigina ko‘z ochgan «Yoshlik» jurnalini qoldirmay o‘qib boraman. Tengqurlar bilan unda chiqqan har bir yangi asar haqida darsda, yotoq va ijaraxonada talashib-tortishib, o‘zimizcha bahosini bergan bo‘lamiz. Uncha-muncha asar ko‘nglimiz ko‘chasiga kirolmaydi. Mabodo birortasi ma’qul kelsa, u qatorida asar muallifi shaxsi haqida ham bilishga qiziqamiz. Shunday kunlarning birida «Yoshlik»ning yangi sonida chiqqan bir asarni o‘qidim. Bir o‘tirishda. «Ot kishnagan oqshom». Bir ko‘nglim yorishdi. So‘ng muallifi kimligiga qaradim. Tog‘ay Murod. Asar yangi, muallifi yangi... lekin mening xotiramda darrov «Alpomish» jonlandi, «Go‘ro‘g‘li» tushdi. Xayolimga zumda «Kuntug‘mish», «Ravshan» keldi... Rost, Ziyodulla kal, Ziyodulla chavandoz Alpomish ham, Go‘ro‘g‘li ham emasdi. Ular oldida nimjon va to‘pori, jimjiloqchalariday ham kelmasdi. Baribir ular qabatida turganday, buyam otini yeldirib kelib, men ham shu yovqur ajdodning kenja vakiliman, deganday bo‘ldi... Chin, Alpomish juda ham sevimli, u allaqachon millat timsoliga aylangan edi, biroq «Ot kishnagan oqshom» menga yaqin, Ziyodulla chavandoz zamonimga yaqin, qishlog‘imga o‘zi va oti mendan ham yaqin edi... U otamga, oti otamning otiga judayam o‘xshardi. Qishlog‘imni, ota-onamni sog‘inganimni his qildim. Ulardan ham ko‘proq otamning otini uchirganlarimni orziqib esladim... Hozir ham «chu», deya uchirgim keldi... Shundan bu asar, uning muallifi ko‘nglimga o‘rnashib qoldi. Havoyi va o‘jar nazarimga tushdi. Ko‘p o‘tmay «Sharq yulduzi» jurnalida «Oydinda yurgan odamlar» qissasi chiqdi. Hissiyotlari toza bu qissani yig‘im bo‘g‘zimga tiqilib, yutoqib, sevib o‘qidim. Shu asar bois «oydin» degan so‘zni yaxshi ko‘rib qoldim. Oydindagi mamlakat ko‘nglim ko‘ziga ko‘rindi. Bu mamlakatning odamlari menga tanishday edi. Lekin boshqa bir ma’voda, boshqa bir muhitda istiqomat qilardilar. Jazirama quyosh ham, qopqorong‘u zulmat ham Oydinda yurganlarga doriyolmasdi. Qoplon va Oymomoga hurmatim, hayratim bo‘lakcha bo‘ldi. Sho‘ro kotibi, Qimmat momo, hisobchiga nafratim bo‘lakcha bo‘ldi. O‘sha yillarda yozilib, yo‘qolib ketgan bir mashqimning xotirada qolgan ikki satri tilimda aylanadi: Ahay-ahay, ko‘zlaringdan ko‘zim o‘rgulsin, O‘n yettiga, o‘n yettiga kirmagan yorim... O‘shanda do‘stu ustozlarimning kulgisiga qolgan bu ikki satr «Oydinda yurgan odamlar»ning ajib ta’sirida ko‘nglimdan mavjlanib chiqqan. Unda buni bilmagan, Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) sezmagan, o‘zim bilan o‘zim ovora bo‘lsam bordir, lekin endi «ahay-ahay» so‘zidanoq bu xayoliy va toza hayqiriqni «Oydinda yurgan odamlar» qalbidan olganim va o‘sha g‘o‘r va to‘pori, musaffo kunlarimda ilk ochilgan chechakday ushlaganimga iqrorman... Shundan boshlab men Tog‘ay Murod Mengnor bobo naslining asarlariga befarq qarayolmadim. Adabiyot haqqi, she’riyat haqqi, bu asarlarning jonli so‘zi, ma’nodor iboralari meni o‘ziga asir etdi. Bu so‘zlarni xayolimda belgiladim, bu iboralarni ko‘nglim ila qaytardim. Bu maqol va naqllarni o‘z izohli lug‘atimda yozib-yozib qo‘ydim. Lekin baribir bir yo‘qolgan jigarimning daragini eshitganday ularga to‘ymadim. Topib yo‘qotib qo‘yadiganday o‘zimni nochor, g‘arib sezdim, aftoda his qildim. Bir inson, bir millat vakili sifatida bu asarlarda ko‘tarilgan masala, muammo, g‘oyalar jon joyimdan ushladi. Bu kishilar, bu tuyg‘ular, bu kechmishlarni boshqalar bilan solishtirishga, shu bilan o‘zbekning bo‘yini o‘lchashga urindim. Tog‘ay Murod shaxsiga, adibning qanday ijod qilishiga qiziqishim ham shu qadar kuchli edi. Qizig‘i, hassos ijodi kabi Tog‘ay akaning fe’l-atvori ayricha, betakror ko‘rinardi. XX asrning so‘nggi choragi nodir asarlarning yaralishiga qaraganda, adabiy bahs-munozara, baqiriq-chaqiriqlarga boy bo‘ldi. Dahriy, yana mustamlaka bir jamiyatda yozarlarning aksariyati, yupanchi va suyanchi, hatto e’tiqodi deb adabiyotni bilar, «ishonch qal’a»si timsolida Yozuvchilar uyushmasiga boraverar, hech narsa qilmaganida ham shu yerda ko‘nglidagini aytibaytib, adabiy daholigini, kuyunchakligini namoyish qilardi. Lekin men biror marta ham bu davralarga Tog‘ay Murodning qo‘shilganini ko‘rmaganman. U allaqachon adabiyotni har qanaqa uyushgan davralar emas, yolg‘iz odam, iqtidorli va dardli inson ko‘ngil qoni bilan yaratishini anglagan edi chog‘i. Biroq men tengi ko‘pchilik havaskorlar, adabiyotning jaydari ixlosmandlari ancha-muncha iste’dodli shoir-yozuvchilar qatorida go‘zal asarlar muallifi Tog‘ay Murodning ham suhbatini eshitishni, adabiyot, adabiy hayot haqida yurakdagi gaplarini, samimiy dil izhorlarini tinglashni juda ham orzu qilardim. Lekin bunga qatora yigirma yil davomida biror marta ham muvaffaq bo‘lolmadim. O‘ziga esa uzoqdan bir marta to‘satdan ko‘zim tushgan. U uyushma kunbotaridagi yozlik choyxonada bir tanishi bilan choylashib o‘tirardi. Choyxona allaqachon buzilib, u yerlar tekislanib ketdi, har qalay teraklar bor, balki teraklar uni bu yerda ko‘rganini eslar balkim, lekin bir ustuvor ishonchim borki, inson bo‘lsa, insoniyat yashaversa, o‘zbek bo‘lsa, O‘zbekiston barq uraversa, ko‘ngil bo‘lsa, ko‘ngil hurligicha qolsa, inson adabiyotga intilib, o‘ziga do‘sti habib izlar ekan, Tog‘ay Murod asarlariga do‘st topiladi. Uning mardona va ochiq ko‘ngli bilan uchrashilaveradi, inshoolloh. Men Tog‘ay Murod qazosini olislarda eshitdim. Uning qadami yetgan, so‘zi yetgan, adabiyotga mehri eltgan joylarda eshitib, ko‘nglim ezildi, bitta armonim ko‘paydi. Taomlarimizdan boshqa hech narsamizga qiziqmay qo‘ygan dunyo Tog‘ay Murod asarlarini o‘qisa, uning ko‘nglida reja bo‘lib qolgan ma’sum olamlari bilan tanishsa edi... qirg‘iz kabi o‘zbekning ham cho‘ng muhabbati ila behuzur ko‘nglida yo‘qotgan umidni topganday bir lahza bo‘lsa-da, hayotga ishonchi ortadi. Tog‘ay Murod ellik besh yil umr ko‘ribdi. «Men Xo‘jasoatda dunyoni ko‘rdim», deb yozadi oqin adib. Toshkentda bu bevafo dunyodan ... yuz o‘girdi. Chig‘atoyda yotibdi, uning mardona qalbi, chinakam hayoti Surxonda, Xo‘jasoat qirlarida yotmoqqa haqdor ko‘z ochgan edi. U E. Seton-Tompsonning «Odamzot uchun yerning farqi nima? O‘lsam, meni o‘sha qirlarimga ko‘ming», degan so‘zlarini keltirib, «Vasiyat bajo keltirildi», deb yozgan. Har bir jahonshumul adibning muxlisi u ko‘z ochgan tuproqni tamoman boshqacha tasavvur etadi. Bu tuproqni ziyorat qilmoq istaydi. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) Mixail Sholoxovning shunday romantik o‘quvchilaridan biri Donga kelib, tap-taqir dashtni ko‘rib, g‘alati ahvolga tushgan ekan. Ammo Sholoxov asarlarini o‘qigan kitobxon go‘zal va serunum Don dalalari bilan qayta-qayta uchrashib, hayratlanarli manzaralarni bir umr unutolmaydi. Adib qalbi va u tug‘ilgan tuproq o‘rtasi tilsimli bir bog‘liqlik, ijodiy baraka, faqat adibning yurak ko‘zi ko‘ra oladigan qadrdon go‘zallik yastanib yotgan bo‘ladi. Buning kashfi faqat chinakam yozuvchilar bitigida ko‘z ochadi. Tog‘ay Murod ham ana shunaqa o‘z tuprog‘ini sevgan, sevdira olgan alomat yozuvchi edi. Uning asarlari ko‘z ochgan sanalarga qarayman: ilk hikoyasi «Bobosi bilan nabirasi» 1966 yili yozilgan. Demak, ayni o‘n sakkiz bahorga to‘g‘ri kelar ekan. So‘nggi asari «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romaniga 1998 yil naqd ellik yoshning ustida nuqta quyilgan. Hisoblansa, o‘ttiz ikki yillik hayrat va muhabbat, ilhom va mehnatning huzuri bizga qoldi, zavqi va dardi o‘zbekning, insoniyatning mulki bo‘ldi... Men Tog‘ay Murod xonadonida bo‘lmaganman, nashr etilmay yotgan yoxud boshlab qo‘ygan asarlaridan xabarsizman. Lekin bo‘lishi kerak. Ko‘nglidagisini esa ehe-e... hisoblab bo‘ladimi? Betizgin bir harislik bilan asarlari, ular yaratilgan yillar ro‘yxati ko‘z oldimdan o‘tadi. To‘rtta hikoya. To‘rttagina-ya... «Bobosi bilan nabirasi», «Kuzning bir kunida», «Ku-kuku», «Er-xotin», (150 dan ortiq hikoyalar yozgan Jek London bor-yo‘g‘i 40 yoshga kiribkirmagan.) Tog‘ay Murod olami hikoyalarga sig‘madi. Baxshi bobolarning qoni tortdi u dostonlarda ochildi, xususan, dostonmonand qissalarida o‘zini to‘kdi. 1976 yili «Yulduzlar mangu yonadi»; 1979 yili «Ot kishnagan oqshom»; 1980 yili «Oydinda yurgan odamlar»; 1985 yili «Momo-Yer qo‘shig‘i» qissasi tug‘ilib, bu janr imkoniyatlarini kengaytirdi. Katta adabiyotning eng baland cho‘qqisi roman, epos, epopeya... Ne bir hikoya ustalari uning ufqlarini tasavvur qilolmaydi, ne bir qissanavislar, 500 betdan ko‘proq qog‘oz qoralaydi-yu, baribir roman havosi, roman fikri, roman qamrovi va roman yuki... asarlarida anqoning urug‘i bo‘ladi. Romanga qo‘l urib, bosh aylanib qolish, chalajon asar qoralab, ijodiy mag‘lubiyatga uchrash ham go‘yo iste’dod darajasini belgilaydi... Tog‘ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romanini 1986-1991 yillarda, o‘ttiz sakkiz yoshida boshlab, qirq uchida bitirdi. Keyingi romani ham to‘rt yilda tug‘ildi. 1994-98 yillar. «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi». XX asr birinchi yarmida romanlarga juda erta qo‘l urilgan (Sholoxov yigirma-yigirma besh yoshida, Qodiriy «O‘tkan kunlar»ni o‘ttiz yoshi tevaragida). Kamolotning kechikishimi, XX asrning ikkinchi yarmida bu cho‘qqiga chiqish yoshi ancha ulg‘aydi. Gabriel Garsia Markes «Yuz yil tanholikda» romaniga qirq yoshdan hatlabgina olti oyda adog‘iga yetkazdi. Yana bir Nobel mukofoti sohibi italyan adibi Umberto Eko esa yana o‘n yilga kechikib, ellik yoshga yetibgina ilk romanini yozdi. Chingiz Aytmatov o‘zining eng baquvvat asari, to‘ng‘ich romanini esa ellik bir yoshini to‘ldirib boshladi va to‘rt oyda 1979 yil dekabri va 1980 yil mart oralig‘ida dolg‘ali ilhom bilan yozdi-qo‘ydi... Xuddi shu ruhiy jarayonni qirq-ellik yoshlar orasida Tog‘ay Murod ham boshidan kechirgan edi. Tog‘ay Murodning yana to‘rt-beshtagina o‘tli va faqat o‘ziga xos maqolalarini ham eslamasdan bo‘lmaydi. «Gazetaga intervyu», «E.Seton-Tompson kitobiga so‘zboshim», «Yosh qalamkashlarga tilaklarim», «Yozuvchilar uyushmasining oltmish yilligiga to‘yxat», «Men». O‘limigacha o‘zi e’lon qilgan asarlari hajmi... 918 bet. Kichik muqoyasa Lev Tolstoyning bitta «Anna Karenina» romani hajmidan 110 bet kam bo‘lgan butun umrlik ijod. Yoxud yetti eng zo‘r Sharq shoirining eng nimjonidan ham kuchsizman, deb iqror Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) bo‘lgan, G‘arbning birinchi yoki ikkinchi raqamli shoiri Iogann Volfgang Gyotening 133 jildlik asarlarining uch kitobi hajmicha asar qoldirgan... o‘zbek adibi... Men bunda faqat hajmni nazarda tutmadim. Balki ma’nan mohiyati ko‘lvor va cho‘ng ijodkorlarning jahoniy ijodlariga Tog‘ay Murod bitiklarini xayolan solishtirgim keldi. Xayriyat, shu o‘zbaki ijodni bemalol jahonshumul adiblar asarlari bilan solishtirib, yutuq va kamchiliklarini ko‘rsa bo‘ladi. Sevintiradigani, bunaqa katta mehnat qilib, ijodni e’tiqod darajasiga ko‘tarib qalam tebratgan adiblar dunyo bo‘yicha ham unchalik ko‘p emas. O‘zbekda esa juda oz. Chingiz Aytmatov asarlari yetti jildligi ruscha nashr so‘zboshisida akademik Rustan Rahmonaliev Aytmatov mashhurligini Navoiyga solishtirib, deydiki: «Alisher Navoiydan keyin 500 yil o‘tib, turkiy xalqlar orasidan faqat Chingiz Aytmatov ijodigina adabiyot Olimpiga ko‘tarila oldi, jahonshumul shuhrat qozondi». Qay ma’nodadir adolatli baho. Navoiy jahonshumulligi, Navoiyning butun turkiy xalqlar faxri ekanligi, ularning o‘zi tomonidan e’tirof etilayotganligi bu ijodning o‘lmasligi, qamrovdorligi isboti. Ammo Navoiyga ruhoniy a’mol, ilhomiy san’at, ma’rifiy xazina jihatidan Aytmatovning tenglashishi mumkin emas. Har qalay turkiy qalb, sharqona yurakli Aytmatovning jahon xalqlari qalblarini to‘lqinlantirgani bizni-da sevintiradi. Ne tongki, Aytmatov ijodiga xos go‘zal ko‘ngil, samimiy mehr, insonsevarlik, jonivorparvarlik Tog‘ay Murod ijodida ham yorqin ko‘zga tashlanib, kishi qalbini zabt etadi, tuyg‘ularini sel qiladi. Odamiylikdan saboq beradi. Mana, uning «Ot kishnagan oqshom» qissasi. Otga munosabat insonga qadrdon bir jihat. Ming yillardan buyon buyuk ko‘chishu har xil zafarli-zafarsiz yurishlari, umuman, tirikchiligi otsiz o‘tmagan turkiylar, o‘zidan olislashib borayotgan do‘sti-hamkorini o‘ylaganda, otga mehribonlik bilan yondashib keladi. Shu jihatdan Tog‘ay Murodning bu mavzuga murojaati tasodif ham emas, yangilik ham deb bo‘lmaydi: o‘ziga xosligi esa shu mavzudagi asarlar misolida ko‘rinadi. Kanada adibi Ernest Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asari va qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning «Alvido, Gulsari» qissalarini dunyoning millionmillion kitobxonlari mutolaa qilishgan, taqdirlashgan. «Yovvoyi yo‘rg‘a»da otni to‘laqonli jonivor sifatida bilib olamiz. E.SetonTompsonning olim aqli, adib qalbi ruhlantirib saboq beradi. «Alvido, Gulsari»da Aytmatov juda ko‘p insoniy iztiroblarini Gulsari misolida, Gulsariga munosabat shaklida o‘rtaga tashlaydi. Otning o‘limi bir do‘stni yo‘qotish yanglig‘ insonning qilmishiga, jonivorlarga pastkash munosabatiga ko‘zgu soladi. Sobiq xalqlar qamoqxonasi yupun yo‘qsili kabi faol ot obrazida eng ijtimoiy, dolzarb muammolarni hal qilib, qizillarga mos buyurtmani ado etganday. Ammo «Alvido, Gulsari»dagi qalb faryodi, tor qobiqlarni yorib, nihoyatda ichkin dardi bilan inson va jonivor o‘rtasidagi mehr ko‘prigini kashf qiladi. Noodil jamiyat taloto‘pida qurbon bo‘lgan jafokash tabiat latif dil bilan ochiq ko‘rsatiladi. Bu motam ko‘ngilga chandiq soladi. «Men uning ko‘ziga ko‘mdim o‘zimni...» deb yozgandi «Chingiz Aytmatov» nomli she’rida hassos shoirimiz Rauf Parfi. Bu satrda umrli fojia o‘layotgan otning ko‘zi jisman tirik odamga qabr bo‘lishi mumkinligi ko‘rsata olingan. «Alvido, Gulsari»dan o‘n ikki yil o‘tib yozilgan «Ot kishnagan oqshom»dagi ot esa yana bir «otlarda kuzatilmagan» fojianing ko‘zini ochadi. Otning insonga achinishi. Otning insonga yordamga otilishi. Biz nega Boychiborni ming yillardan buyon jigarimizni sevgandek sevib kelamiz? Axir u emasmi, Alpomishni qalmoqlar chohidan olib chiqqan? Axir u emasmi, tuyog‘iga mixlar qoqilganiga qaramay to‘qson alpning otidan o‘zib, Barchinning nomusini asrab qolgan? Umrga, umrlarga tatiydigan bu ikki yaxshilikni unutib bo‘ladimi? Erk va nomus hayotmamot masalasi. Tirik yurib erksiz bo‘lish o‘lgandan battar. Omon qolgan holda orwww.ziyouz.com kutubxonasi Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) nomusning toptalishi yanada sharmandali o‘lim. Demak, Boychibor bitta Alpomishning emas, butun o‘zbekning milliy birodari, birodarlikning ibratlisi ekan. Tog‘ay Murod o‘sha qadimiy birodarlikni Bo‘ztarlon timsolida yana bittaga ko‘paytirdi. Go‘yo to‘rt-besh ming yil keyin Tarlon Boychiborning avlodi bo‘lib, Alpomishning avlodi Ziyodulla chavandozga ko‘makka keladi. Insonni insondan, yaxshini yomondan himoya qiladi. Odam odamga begona, odam odamga loqayd, odam odamni talovchi, odam odamga o‘lim sog‘inganda asl odam hayotni va yana hayotni ravo ko‘radi. Bu himmat Tolstoy, E.Seton-Tompson, Aytmatov asarlarida ham qay darajadadir aks etgan, ammo u Tog‘ay Murod asarining shoh bayti, jon tomiri, aytmoqchi bo‘lgan birinchi o‘rindagi gapidir. Aytmatovning Gulsarisiga biz achinsak, Tanaboy kuyunsa, dunyodagi toza ko‘ngilli, mehribon kishilar hamdard bo‘lsa, Tog‘ay Murodning Tarloni Ziyodulla chavandozga, bizga, Tog‘ay Murodga, XX asr kishilariga va umuman, bundan keyingi o‘zligini deb yig‘layotgan va yoki ana shu o‘zligini, insonligini unutayozgan insoniyatga achinadi. Aslida jami kishilar ma’nan aka-uka, hammasi Odam Ato bilan Momo Havoning zurriyoti. Ayniqsa, mo‘min mo‘minga birodar. Lekin o‘zidan ketgan dunyo, o‘zinigina o‘ylab qolgan XX asr kishisi, bu birodarlikni unutgan, unutayozgan... Qolaversa, mustamlaka, qul millatning aftoda, o‘sal ahvoli bundan-da nochor. Adib o‘z samimiyatining cho‘qqisidan turib neki joni bor ekan, neki jonivor ekan, mana, ko‘ring, u bizga birodar, yaxshiligimizga mehr-muhabbat, mardonalik bilan labbay deguvchi ekanligini yonib izhor etadi. Eng ta’sirchan ko‘ngil yo‘lida qo‘shiq qilib, tarona qilib bizga, sizga uqtiradi. Iymoni butun o‘zbek eng qaltis vaziyatda halol, mard, vafodor bo‘lishni Qiyomat soatidagi birodarlikka mengzaydi. Shu bilan qalb va yurakka, ongga murojaat etadi. Kelgusida har narsaning muqarrar oqibati borligini eslatadi. Qo‘shiqday jon-jonimizga oqib kirgan asar «...qiyomatli birodarim...» nidosi bilan yakunlanyapti. Umidli, o‘kinchli nido... Qiyomatda hech kim hech kimni o‘ylamas, faqat o‘zi farog‘atga erishadimi yo musibatga yo‘liqadimi, shuning fikri xayolida bo‘lar ekan. Oqin adib, yoniq shoir, ma’rifatli qalb jonivorni o‘shanda ham tashlab ketmaydigan, yordamga otiladigan, do‘stini o‘ylaydigan deb alqamoqda. Ana shu tuyg‘u bizni mehrlantiradi, ilitadi, taskin, umid beradi, hushyorlikka chaqiradi. G‘alamislikdan qutulish yo‘lini ko‘rsatganday bo‘ladi. Eng katta ma’rifat shu! Asl san’atga jon bergan, asrlar osha yashashga imkon tug‘dirgan ma’rifat shu! Tog‘ay akaning birov bilan gap sotishga vaqti bo‘lmadi. Minbarlarni urib, so‘zbozlik qilishni esa hech ham xohlamadi. Ammo onasiga-da begona Merso* sifatlarni tevarakatrofda uchratganidan, uning yurak o‘rtar asarlarida ularga insof tiladi. «Odam ketmas bo‘lib ketayotganda bormagan odam odammi?» gapi uning shundaylarga ochiq nafrati, ilon po‘st tashlab yuboradigan darajada achchiq, keskir qilib aytilgan. Men nega «Ot kishnagan oqshom» qissasini o‘qigan 83-yildan buyon Tog‘ay Murodga hurmatim oshib bordi? Bu uning qalbi nihoyatda go‘zal ekanligidan. Yuragi dovyurakligidan. Ana shu yurak va qalbni u asarlariga ko‘chirib o‘tkaza olgan. Shu bois ham Tog‘ay Murod insonda eng yaxshi fazilatlarni ko‘pirtirmay, samimiy tarzda madh etadi. Eng yomon qabohatlarni esa yuzingda ko‘zing bormi, demay fosh etadi, jar soladi. O‘zimcha deyman, Alloh halol luqmali, adolatpesha, g‘arib turmush adiblariga keskir va ta’sirchan so‘z berib, bu go‘zal so‘zlarni to qiyomat qadar basharning ibratnomasi qilib, ular toleini saodatmand etarkan. O‘tgan kuni ham, kecha ham, bugun ham yozuvchisi ko‘p el-elatmiz. Lekin xo‘b asarlarimiz, zo‘r she’rlarimiz nega kam? Chunki fidoyilarimiz kam. Tog‘ay Murod adib bo‘laman, deb Toshkentga kelgan edi, arbob, rahbar, siyosatchi, vazir, saroy mirzosi bo‘lib ko‘tarilmadi. Nafsga sotilmadi, amalga qul bo‘lmadi, zamonga, Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) tuzumga yaltoqlanmadi. Men bunday metin irodali, qat’iy so‘zli, qat’iy amalli adib, faqat yozuvchiligini qilgan, qilganda ham yonib-kuyib, boshqa hech narsani o‘ylamay, endi durdona bo‘lib qolgan asarlarni yaratgan o‘zbek yozuvchisini keyingi chorak asrda boshqa ko‘rmadim. Bir adabiy yig‘inda domla Mirmuhsin (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) aytgan do‘lvor gapni eslayman: «Bir safar yo‘lda Tog‘ayni ko‘rib qoldim: o‘ntacha obi nonni ko‘tarib olgancha uyga ketayotgan ekan... Shu nonlarni yeb, bu zo‘r romanni bitibdi-da...» Bir qaraganda, bu gapning adabiy asar yaralishiga hech qanday daxli yo‘qday tuyuladi. Aslida asl fakt bu! Ha, Tog‘ay Murod faqat non bilangina cheklandi, yog‘li palovlar, katta amallar, mo‘may pul xayolida asarlar bitmadi, halol, kamtarin rizqqa qanoat qildi va so‘zga sobit bo‘lib mardona yashashda, iste’dodu fidoyilikda qismatdoshlaridan o‘tdi. Qo‘shiq hech qachon tinmas ekan, ko‘ngil hech qachon o‘lmaydi! Men «Yulduzlar mangu yonadi»ni Tog‘ay Murodning ikki qissasi mutolaasidan keyin eshitib, izlab-istab o‘qiganman. Nomidan tortib so‘nggi nuqtasigacha, xayolidan boshlab, daqiq shakligacha ruhi favqulodda yorqin asar. «Har bandaning ko‘kda o‘z yulduzi bo‘ladi, oshna. Shu yulduzning yongani shu bandaning yonganidir. Shu yulduzning so‘ngani shu bandaning so‘nganidir. Yo‘q, oshna, yo‘q! Yulduzim hali yonadi! Davralarim hali davom etadi! Nevaralarim davralarida: Yo bobomning piri! deya ayqirib-ayqirib olisha beradi. Yulduzim mangu yonadi!» Bu so‘ngso‘z aslida hikmat, mardning, ko‘nglida do‘sti va yori borning umrlik falsafasi. Yulduz nur uyasi, nur joyi! Kichkina yulduz ko‘z! Juda katta yulduz, hech qachon so‘nmaydigan yulduz inson ko‘ngli! Uning mardligi, mehribonligi, muhabbati, sodiqligi, do‘stligi ana shu ko‘zning, ana shu ko‘ngil yulduzining nurlari. Bu nurdan bebahra kishi so‘qir, shu yulduzga xiyonat qilgandan esa taqdir o‘ch oladi. Qismat uning ko‘zini ko‘r qiladi, yulduzini so‘ndiradi... Oqin adib kitobxonni zavqlantiradi! Oqil adib insonni ibratlantiradi. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida ham ana shu ibrat, ana shu yaqinlikning nishonida turadi, qalbida yashaydi. Darhaqiqat, Bo‘ri va Nasimning ikki qutbdagi kechmishi, lekin yonma-yon yashayotgani ko‘pchilikning hayoti emasmi? Biri ishqli, mard, yengib-engilib yashasa-da, asl a’moliga sodiq, ko‘zi ochiq, qalbi ochiq yulduzi mangu yonadi! Boshqasi nomard, qalbi qora, ko‘zidan oldin qalbi so‘qir. So‘qir ko‘ngil, so‘qir ko‘z. Ko‘zsiz, yulduzsiz. Holbuki, go‘zal ayolning eri, past-baland davraning g‘olibi... «Yulduzlar mangu yonadi» asarining qimmati tasvirda betaraf, adolatli qolgan holda mag‘zidan, tub-tubdan adolatga, haqiqatga xizmat qilishidir. Muqaddas kalomda buyuk Zot «Hech kimga zarra misolicha zulm qilinmas, hammasi o‘z yomonligidan», deb ogohlantiradi. Buning bir tasdig‘i Bo‘ri va Nasim polvonlarning qismati. Odam shundan ta’sirlanadi. Odam shundan o‘zini jiddiyroq o‘ylaydi. Faqat haqiqiy asarlardagina ana shunday durdona, noyob va kerakli hikmat bo‘ladi! «Yulduzlar mangu yonadi» asarining bosh hikmati kim do‘stga xiyonat qilsa, insonlarni aldasa, uning aldovi oxir-oqibat o‘zining qismatiga ko‘chadi, haqiqatga aylanadi, sen nimani so‘zda o‘zingga ravo ko‘rsang, Haq senga buni qismat qilib beradi, deb hayqiradi. Men qaytib kelaman Bo‘ri qiyomatli do‘sti deb bilgan tengdoshiga yuragini ochadi: «Nasim oshna, bir gap aytsam, birovga aytmaysanmi? Oshna, Momoqiz yaxshi, eshityapsanmi, yaxshi...» So‘zni e’zozlashini ko‘cha-ko‘yda eshitadiganimiz «yaxshi ko‘raman», demayapti. «Momoqiz yaxshi», demoqda. Jo‘ra, u, beti qursin, deb qo‘l siltadi. Senga ko‘ngli yo‘q ekan, jo‘ra. Ishonmayapsanmi? Mana, Qiblaga qarab aytaman: agar yolg‘on aytsam ko‘r bo‘layin». Bu yolg‘oni ham ish bermasdan... Bo‘ri jahl ustida o‘zi borib, dilidagini aytib qo‘yadiganini ko‘rgach: «Bo‘ri, men seni aldab edim», deydi. Lekin yolg‘onga ishonib, darz ketgan yurak keyingi rost iqrorni ham tinglamaydigan bo‘ladi. Nomard, xiyonatkorlar esa tinchimaydilar, suvni loyqalatib, otni qamchilaganlari qamchilagan. « Momoqiz, Bo‘ri senga bir gap aytaman, deb yuribdi. Bilaman, aytolmayapti. Momoqiz, u menga ko‘ngilini yordi, tayin ayt, dedi. O‘zimga aytishga uyalgan gapni senga aslo aytmas. (Eng muborak, pokiza xushxabarni nomardlar, ko‘rolmaslar, ko‘ngilsizlar, ishqsizlar qanday nopok ko‘rinishga keltirishlarini.) Aytishga bet chidamaydigan gap-da, Momoqiz. Aytayinmi, nima dedi? Momoqiz bilan... o‘ynagim kelyapti. Qo‘yniga kiraman, dedi. Yo pirim, chini bilan shunday dedimi? Aldasam, ko‘r bo‘layin. Unda, Bo‘rining betiga qaramaganim bo‘lsin! Betini murdasho‘y ko‘rsin». Yillar o‘tib, so‘z taqdir bo‘ldi. So‘z chinakam qismatga evrildi. So‘z otilgan o‘q yanglig‘ Nasimning ko‘zini teshib o‘tdi. Qalbining o‘rtasiga o‘rnashdi. Iymonsiz o‘z so‘zi bilan o‘z burdiga, tabiatiga, yorug‘ insoniy ruhiyatiga qasd qildi. Shuning uchun sevgan kishilar baxtsiz! Ko‘nglini boy bergan, ko‘nglidagini aytolmay, najotsiz, bo‘g‘ilgan turadi: «Birovga aytma, jonivor, hay anovi qirda bir qiz bor, shu qiz mening ko‘nglim edi... Qiyomatli oshnam ko‘nglimga chang soldi! Uh, ko‘rgulik. ...Qiyomatli oshnangdan shu ish kelganidan keyin o‘zgalardan nima umidu nima xayr...» Odamzotning boshqa mavjudotlardan bitta juda betimsol afzalligi bor. U Alloh taolo tomonidan ko‘ngilli qilib yaratilgan. Tog‘ay Murod asarlarining joni ko‘nglida. Hatto Tog‘ay akadan bir oz xafa ham bo‘ldik. Keyinchalik Ma’suma opadan eshitsam, radioning o‘sha paytdagi boshlig‘i «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani qo‘lyozmasini olgancha, «Men o‘qimagunimcha efirga berilmaydi», deya uch-to‘rt oy sudrab, adibning go‘zal va haqgo‘y so‘zini yerga urmoqchi bo‘ladi... Asl adib mard bo‘ladi. Nomardning amali, kuchidan hayiqib o‘tirmaydi. Hamisha rost so‘zini aytadi. Tog‘ay Murod asarlari yillab yotsa-da, rost gapidan qaytmadi, amaldorlarga qulluq qilmadi, ulardan qo‘rqmadi. Bu fazilatsiz asl adib hech qachon o‘zini namoyon eta olmaydi. Qo‘rqoq adibning so‘zi esa sariq chaqaga arzimaydi! «Oydinda yurgan odamlar» qissasining qahramoni Qoplon: «Asl gaplar ko‘ngilda bo‘ladi. Tilga chiqsa yolg‘on bo‘ladi», deydi. Bu nihoyatda qalbi pok, mehr-muhabbati beta’ma kishining samimiy qarashi. Bu Tog‘ay akaning o‘z qarashi. Shu bilan odamni, millatni qanday sevish kerakligi sirini ochgan. Odam muhabbatsiz yasholmaydi. Muhabbatini izhor etolmasdan ham yasholmaydi. Tog‘ay Murod asarlari ana shu muhabbat bunyodidir. Shu muhabbat izhorining xushbo‘y chamanzoridir. Qalbdan qalbga aytish yo‘lini topgan, shu bois rost va yoniq ko‘ngil pokliklari ko‘ngilni maftun etadi. Ko‘ngilni asir qiladi. Adibga boshqa hech bir shonu shuhrat, martaba va maqtov kerak emasligini o‘zim guvoh bir voqea misolida ham aytishning o‘rni keldi. 1993 yilda Yozuvchilar uyushmasida «Yoshlik» jurnalida endigina chiqqan Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romani munosabati bilan bir tadbir o‘tkaziladigan bo‘ldi. Kecha kutilmagan tarzda boshlandi. Uni ochmoqchi deb o‘ylaganimiz taniqli bir adibimiz minbardan turib: «Tog‘aynikiga o‘xshagan asarni biz ham yoza olamiz, yozganmiz ham...» dedi-da, davrani boshqarish o‘rniga yig‘ilishni tashlab, jo‘nab qoldi. U go‘yo shu bilan yig‘ilishni «baykot» qilgan, hamma tarqab ketadi deb o‘ylagan, balki bu asar gaplashishga arzimaydi, mening fikrim shu, demoqchi bo‘lgandi... Ammo undan boshqa hech kim ketmadi, bir zumlik karaxtlikdan keyin davra qayta jonlandi, minbarda aytilishi uchun fikrlar ketidan fikrlar navbatga turdi. Ammo bu samimiy yurak so‘zlarini mahalliychiligini yenga olmagan, xudbin va o‘ziga bino qo‘ygan yozuvchimiz eshitmagani kabi Tog‘ay Murodning o‘zi ham eshitgani yo‘q. U yig‘ilishga taklif etilganiga qaramay kelmagandi. Tog‘ay aka rost gapni aytib, e’tiqodini baralla izhor qilib, do‘st orttirgan kabi dushmanlarini ham shundan ko‘paytirganga o‘xshaydi. Chin do‘stlari, o‘zbek kitobxoni balki unga xolis dalda bergan bo‘lsa bordir, ammo moddiy yordam berishni xayoliga ham keltirmagani aniq, ammo so‘nggi nuqtagacha qaysi sodiq va vafodor do‘sti uning oldida Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) turgan ekan... bilmadim. Ammo dushmanlari insonni shunchalik seva olishi va millatni shu darajada yaxshi bilishini ko‘rolmay kuyib-pishdilar-ey... Endi o‘sha kibrli adibimiz «biz ham yozganmiz» degan «Otamdan qolgan dalalar» haqidagi luqmasi haqiqatdan ham adolatdanmi? Afsuski, o‘zbek turmushini bor-bo‘yi bilan ko‘rsatishga uringan, imkoniyati eng ulug‘ janr roman degulik asarlar adabiyotimizda juda oz. Qodiriyning ikki romani ikki yuz yil naridagi hayot misolida chinakam o‘zbekona fojiadan bahs etadi. Ammo uning bosh qahramoni Otabek savdogar, Anvar mirzo, XX asrda eng uzoq davr zulmga mahkum o‘zbek qishlog‘i, o‘zbek dehqoni taqdiri esa... Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romani uning ma’naviy davomchisi, aks tomoni yangi sharoitda Otabekning Miryoqubga evrilishi taassurotini ham uyg‘otadi... Qodiriy bilan musobaqalashib, ham o‘n yil keyingi o‘rganish va o‘zlashtirishlarni qo‘shib Cho‘lpon realizmda bir qadam olg‘a bosgan, kuchaygan psixologiya, konkretlashgan xayolot orqali o‘zbek romaniga yangiliklar kiritgan, uni shafqatsiz va rangin hayotga yaqinlashtirgan edi... Ammo uning ikkinchi qismi qani? Beixtiyor xayolga romanchiligimiz yo‘lida yangi dovon shu o‘rtada bitilgan «Sarob» keladi-yu, tasviri, ruhshunosligi bilan maftun etsada, g‘oyasi dilga g‘ashlik solib, milliy dard bilan yashaganini his qilmaymiz. Undagi millat dardi siyosat o‘ligi tagida ko‘mib tashlangan, go‘yo o‘zbeklik sarob, u Saidiyning o‘limi, yanada to‘g‘rirog‘i, uni qatl etishga hukm etadi. Bu cho‘ng yurak hasrat keyin Oybek diliga iz soldi. «Qutlug‘ qon», «Navoiy»... Ular o‘ziga xos, yaxshi romanlar. Ammo undagi hayot... iskanjaga olingan, xurujlar tazyiqida qisilgan manfur siyosat qilichi tepasida nimaga indamasa, «marhamat qilsa», shu tasvirga ko‘chgan, xolos... Faqat 1988 yili yorug‘lik yuzini ko‘rgan Murod Muhammad Do‘stning «Lolazor» romanida XX asr sovet davri o‘zbek hayoti nafasi ufuradi. Bu asardagina ellik yil o‘tib, Cho‘lpondan keyin uslub va so‘zda o‘zbek romanida yangilik qilishga urinish seziladi. Jiddiy romanlarimizning «Lolazor» hajman eng ko‘lamdori. Unda tirik, yashagan anchamuncha kishilarning hayot kabi betakror obrazi, qismati, o‘tmishi va kelajagi bor... Ammo bu asar ham millatning katta qismi haqida emas, balki ijtimoiy va ma’naviy hayotida qandaydir iz solgan, dog‘ qoldirgan ziyolilar qatlamini baholi qudrat tadqiq etadi... Va nihoyat «Otamdan qolgan dalalar» romanining ko‘z ochishi... Biz qullikka mahkum etilgan yetmish yil davomida o‘zbekning manglayiga yozib qo‘yilgan bitta halol, ezilgan hunari qolgan edi dehqonlik. Biz kim bo‘lmaylik, qaerda tug‘ilib, qaerda yashamaylik, dehqon, O‘zbekiston paxtazor edi. Dehqoncha o‘ylardik, paxtaning bo‘yicha kelardi fikrlarimizning bo‘yi. Quldorimiz ham paxta, yolg‘on iftixorimiz ham paxta... Shaharda, dastgoh oldida ishlasak ham, ob-havo yaxshi, yil yog‘inli, serhosil kelsin, deb duo qilar edik. Aksariyatimiz paxta dardi bilan og‘rib, shu dard bilan qiyratilayotgan edik. Ammo bu mavzuni kim romaniga birinchi marta to‘laqonli asos qilib oldi? Tog‘ay Murod. Kim o‘sha milliy ruhdagi, milliy dardi yangroq o‘zbekni, XX asrda qul bo‘lib, qalbini yo‘qotgan, o‘zini boy bergan o‘zbek obrazini tiklab bera oldi? «Men o‘zbekka haykal qo‘yaman», deb bu ishga mardona bel bog‘lagan Tog‘ay Murodning Dehqonquli tirik odam bo‘ldi, o‘zbekning dardidan nafas oldi. Albatta, «Otamdan qolgan dalalar», «Lolazor» romani kabi polifonik emas, turli uslublardan, ikki xil voqea yo‘nalishi va shunga yarasha tasvirlari maromi yo‘q, g‘arbona san’atkorlikdan ham xoli asar. Biroq «Lolazor»da ko‘rinmagan juda ko‘p o‘zbekona xususiyatlar bo‘rtib, ta’sirlantirib ko‘zga tashlanadi. Bir paytlar Qodiriy «Obid ketmon» povestini yozish niyatida ot mingancha dehqonlar hayotini o‘rgangan edi. Ammo «Obid ketmon» sho‘ro mafkurasining buyurtma asari Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) bo‘lgani bois ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Biroq ko‘p adiblar stol quchoqlab, asar yozishni «do‘ndirgan» zamonda «Obid ketmon» tajribasi Qodiriy ibrati Tog‘ay Murodga saboq bo‘lgan, qolaversa, Obid ketmon nomi Jamoliddin ketmon nomini topishda Jamoliddin ketmon obrazini xayolan tasavvur qilishga turtki berganday tuyuladi. Tog‘ay aka «Otamdan qolgan dalalar» romanini o‘tirib emas, yurib ishlab, Toshkentda emas, Surxonda yozdi. Tug‘ma ijodkorlikni, dehqoncha ijodkorlikni yana tikladi. Nega bizda boshqa hamma ishni yig‘ishtirib, yozuvchimi yozuvchiligini qiladigan adib yo‘q darajada? Shu bois iqtidor bo‘lgani holda yozgani shunga yarasha adib kam, yo‘q hisobi. Adib Olyosha hikmatidagidek, yozuvchilik qismat, hayot-mamot darajasiga yetgandagina mo‘jiza yaratadi... ...O‘zim ham o‘n uch yoshdan paxtadagi hamma ishlarni qilganman. Hatto samolyot dori sepadigan dalada bayroq ko‘tarib turganman. Ammo bular inson hayotiga halokatli ekanligi, odamni o‘ldirish, eng armonli dardlarga duchor qilishi mumkinligini o‘shanda qaerdan bilibman? Dehqonqulning maktabdan paxtaga chiqishi, do‘sti Ziyodning o‘limi bog‘liq epizodlar bilan to‘qnashganimdan keyin ko‘zlarimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. Meni ham hamqishloqlarim, qattol tuzum bilib-bilmay o‘limga mahkum etganini his qilganimdagi dahshatga tushganlarim... Xudo saqlabdi, Xudo! Xuddi shunday qanchaqancha Ziyodlar-chi? Pushti kuyib, o‘zi nogiron, hech qaerga ismi sig‘magan boshqalarchi?! Oqin adib Tog‘ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romanida qariyb chorak asrlik o‘zbeklar hayotining eng og‘ir chog‘larini bor bo‘yi bilan ochadi. Qarang, bobolarimiz kim edi? Jamoliddin ketmon? Aqrab qo‘rboshi? Biz kim bo‘ldik? Dehqonqul! Bu bizning bolalik va kattalik zamonimizdagi otalik siyrati, o‘zbekcha maydalashish, ruhan ado bo‘lish manzaralari emasmi? Rosti, hozirgacha o‘zbek dehqoni, dehqonqullik psixologiyasi jiddiy ochilgan «Otamdan qolgan dalalar» romanidan o‘tadigan biror-bir jiddiy asar o‘qimadim... Men Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanini o‘qisam, qishloqqa borganday, o‘zim terlab ishlagan dalalarimni ko‘rganday bo‘laman... Yillar, zamonlar o‘tdi, u odamlar ketdi, ketmoqda, dalalar qolgani kabi «Otamdan qolgan dalalar» ham yashayapti, yashayveradi! ...Bahor adoqladi. Ko‘klam oyog‘ini cho‘zdi. Qani ko‘ksiga gul-chechak taqqan kunlar? Qani ko‘ngilga go‘zal, alvon qadah tutgan lolalar? Pana-pastqamlarda kechikib ochilgan oxirgi lolaqizg‘aldoqlar... Izlaganda yo‘q edi, endi odamlar tirikchiliklariga urib ketganda yo‘lga intizor qaraydi. Jovdirabgina. Erta-indin ular ham qovjiraydi. Erta-indin ko‘klam xayoli-da xotiradan ko‘tarilishga tushadi. Nima qoladi bizga... nima qoladi bizdan?.. «Zadar, deydi «Lo‘li» filmida bir bag‘ri yoniq kishi davralariga kirib kelgan alp yigitga, dilingda borini so‘yla, Zadar, sen ketsang, so‘zing biz bilan yashaydi!» Rost gap! Co‘zda yashash imkoni bor. Haqiqatning abadiyati so‘zda. Mehru muhabbatning, vafo va sadoqatning umri uzoqligi so‘zda. Shu boismi momo va bobolarning dili cho‘g‘ida pishib, bizga yetgan so‘zlarning ajabtovur dovyurakligi, g‘aroyib oqilligi, tasvirga sig‘mas siyrati, alomat sehri, sinoati bor. Chinakam shoir ularga yoniq umr ato etadi. Haqiqiy adib asarida ular bor qudratini namoyon etadi. Ko‘ngil shohligi taxtiga o‘tiradi. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) So‘z g‘am-g‘ussa, shod-xurramligini ratsional aytishga imkon beradi. So‘z odamlarni uyg‘otadigan yakka-yagona qo‘ng‘iroqdir... So‘zlar bedor bo‘ladi. ...Darvoqe, oqin adib, baxshi shoir Tog‘ay Murodning ilk hikoyasidan so‘nggi romani oxirgi jumlasigacha tilimiz balog‘ati, so‘zimiz nafosatini kuzatish, tomosha qilib, maroqlanish mumkin. Tog‘ay Murod millatning boqiy qadriyatlari insonlik o‘rni, ajib urf-odatlari himoyasi uchun qancha xizmat qilgan bo‘lsa, uning tili sofligi, jilosi, ohangi uchun bundan kam bo‘lmagan qat’iylik bilan kurashdi. U so‘zlarni zargar kabi to‘plar ekan, har bir hududning so‘zlari o‘sha joy odamlarining qalb kodi qulfi dili ekanligini isbotladi. Shu bois sheva so‘zlar, lahjaviy iboralar chiroy yo bezak uchungina emas, ruhiyatning ochqichi bo‘lib yozganlariga kirdi. Xurjundan tushib qolgan tillalar so‘zlarni xazinaga qaytardi. Uning nasridagi ixchamlik xayoli keng she’riyat lo‘ndaligidir. U tasvirda juda ko‘p so‘z ketadigan holatni xalqona bir ibora bilan berib, tasviri tasavvurga yo‘l ochuvchi shoir bo‘la oldi. Uning so‘zlari baxshiyona so‘zlar, kuylovchi so‘zlar. Ruhiyati keng, ma’nosi bepoyon so‘zlar... Tog‘ay Murod tuzgan jumlalar, aytgan fikrlarining katta qismi hikmat bo‘lib tavallud topadi. Mashg‘ulotlari ma’rifatgo‘ylik. Ular Tog‘ay Murod maqollari. Bilmadim, balki tajriba sifatida o‘zini oqlar, balki urinish deb baholanar, u so‘zlar yaratdi. Va XX asr o‘zbek adabiyotida bunchalik bo‘rtib ko‘zga tashlanmas lisoniy o‘zgarishlar, lisoniy ekspromtlar qildi. Aksariyati kitobxonni zavqlantiradi, e’tiborini tortadi. Quruq tilda yozishga o‘rganganlarning g‘ashini keltiradi... Adib boshqa tillar tajovuzida qisilgan, ezilgan adabiy tilimiz dardi bilan nafas oldi. Dahriy, xudosiz jamiyat surgun qilgan, badarg‘a etgan, qatl-qatag‘on qilmoqchi bo‘lgan taqvodor so‘zlarni, botini yorug‘, umri uzoq so‘zlarning himoyachisi, do‘sti, habibi kabi asarlariga olib kirdi. Bundan turkiy hissiyotimiz jo‘sh uradi, turkiyona erkchi ruhiyatimiz havolanadi. «Yulduzlar mangu yonadi» qissasining boshida bir atama keladi: «to‘y xo‘jasi». Buni boshqa nom bilan ham atasa bo‘ladimi? Mumkinday. Matn mazmuniga hech qanaqa putur yetmaydi. Ammo bu atama asar ruhi uchun zarur. Millatning asl e’tiqodini eslatish uchun kerak. U ellik yildan buyon oq kaltak, qora kaltak qilingan «xo‘ja» so‘zini olib kirib, odamning fitriy idealiga e’tiborni qaratadi. Tog‘ay Murodning ishlatgan aksariyat rangdor, serma’no so‘zlari ana shu bosh ma’no uchun xizmat qiladi. Insonning o‘zligini esga soladi. Dunyoga nega kelganligini bildirib qo‘yadi. Bu juda katta himmat. Boshqa bir asl adib, haqiqatgo‘y shoirga turtki berishi bilan yanayam muhim. Xuddi shunday uning asarlari orqali qalbga o‘rnashgan «it yiqilish», «qoni tortdi», «obtova», «chig‘ana», «g‘ujmoqi bug‘doy», «hangi», «chayla», «xalacho‘p», «gardkam», «choriq», «cho‘nqayma», «uchchoga», «achchiq shapaloq», «ayolboz», «erkakzot», «chaldevorxona», «mocha», «juhudi atlas», «dilbuzar», «uzangi yo‘ldoshlar» kabi minglab tilimizda bor, lekin juda kam ishlatiladigan bo‘lib qolgan tarzi alomat so‘zlar, iboralar, nazarimda, qafasda kenglikni, shaharda qishloqni, mustamlakada mustaqillik xayolini beradi. Tog‘ay Murod so‘zlarining imkoni keng. Kaltafahm qarashlar siquvida tojigu arabiy deb yozuvda qo‘ymay, xalq tilida barhayot ko‘pgina sheva so‘zlar aslida tilimizni quvvatlantirib, zaxiradagi askarday adabiy tilda ishsiz qolgan usta so‘zlarga, lahjaviy iboralarga mehrli, qadrdon munosabatda bo‘ladi. Ularning yulduzday yorug‘, cho‘g‘ kabi taftli ekanligini ko‘rsatadi. Bir ma’nosida qolgan, aslida ko‘p ma’noli so‘zlarning navbatdagi ikki, uchinchi, aslida asliga yaqin ma’nolarini ishga soladi. «Do‘rji», «eb-ey», «mom», «moyak «shuytib-shuytib», «emchakdosh», «poshikasta», «binoyi», poyanagi», «kadi», «hamsoya-qo‘llar», «tuz-namak», «galagov», «xushro‘y», Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) «murdasho‘y», «xayla», «dast ko‘tarmoq», «loppi», «govkalla», «domangir», «harommag‘iz», «tengsarib», «badrabxona», «chalpak», «sag‘ir», «buzmakor», «makiyon», «aynam», «azzancha», «vaxshimor» kabi yuzlab so‘zlar keladiki, biri asrlar davomida ajdodlar o‘y-xayolini ko‘tarib yurganlar, ba’zilarini adib ozgina ishlov berib, asl ma’noga xizmat qildirgan. Misol uchun, «Vaxshivor»ni adib «Vaxshimor» deb to‘g‘rilab, ma’nosi asl ajdaho ilonlar makoni ekanligini tiklaydi... Holbuki, «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ga kirmagan necha minglab so‘zlarimiz yo‘qolib boryapti, iste’moldan chiqib, unutilib ketyapti. Nega ularni asrab qolmayapmiz? Nega boshqa millatlarda allaqachon shakllangan, o‘tmishda o‘zimizda ham bo‘lgan lug‘atlar tuzmaymiz? Axir, endi hech kim bunga monelik qilolmaydi-ku. Tilimizning bor kuchi, so‘zlari yig‘ilib, kitoblarga muhrlab qo‘yilsa, bundan faqat yutamiz. Axir har bir so‘zda, har bir millatning faqat uning o‘ziga xos ruhiy jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti yashaydi. Tog‘ay Murod asarlarining o‘zi bir lug‘at. Uni to‘plab, sharhlab, chuqur izohlab nashr qilinsa, ko‘pgina unutilgan so‘zlarimiz yoxud voha va vodiylarimizdagina ishlatilib, mahalliy bo‘lib qolayozgan so‘zlarimiz adabiy tilimiz xazinasini boyitib, tilimizning kuchiga kuch qo‘shadi. Yana bir jiddiy omil adib yasagan yangi so‘zlar tilimiz tarovatiga yot, husniga dog‘, talaffuziga beo‘xshov ajnabiy so‘zlar o‘rniga tushib, bu og‘riqni muolaja qilishi turgan gap. Mana, ayrimlari (Lug‘at tarzida keltirdik, keyingisi Tog‘ay Murodniki). Kerosin yer moyi; Shamol to‘suvchi yelpana; Zajigalka yondirgich; Shampun sochsovun; Papka juzdon; Doska bitik taxta; Seyalka urug‘ sepgich; Lab bo‘yoq lolab va hokazo. ...Xuddi shunday, Tog‘ay Murod so‘zlab turib, so‘zlarni qaytara turib, voqea hayajonini kuchaytiradi. Co‘zlarning ma’nodorligini oshiradi. So‘zlar takrorlangani sari ezmalik qilmaydi, balki qo‘shiqning naqorati, g‘azalning shoh bayti bir ichki musiqa mavjida ma’no ustiga ma’no, tasavvur qatiga tasavvur indiradi. Biroq Tog‘ay Murod ifodada ko‘pincha odatiy hollarni sindiradi, qonuniy deb qaralgan aslida ma’nosiz qotib qolgan sifatlashlarni buzadi. Shu bois bu harakatlar boshqacha joziba kasb etadi, g‘aroyib jaranglaydi. Mardona she’riyat ruhi bilan sug‘orilgan. Ayniqsa, uning qissalarida she’rlarda-da kam uchraydigan siyrak favqulodda tashbehlar guras-guras uchraydi. «Bahor podasidan sut hidi keldi...» Nasr sifatida bu gapni shunchaki o‘qiysiz. Ammo bu nazm o‘rnida kishi qalbini sarhush qiladi. Tasavvurni ishga soladi. His-aql birgalikda so‘zlar ortidagi manzaralardan ko‘p va xo‘p tasvirlarni ko‘rib, ruhlanadi. O‘zimning tasavvurimdan bir ulush: Bahor podasi bulutlar. Ammo bahorda ikki xil bulutlar ro‘y ko‘rsatadi. Birdan osmonda ko‘rinib, ana-mana deguncha osmonni qoplab olib, sel qo‘yib beradi. Ular yaylovga endigina yetib, o‘t-o‘langa yopiriladigan qo‘y-qo‘zining o‘zginasi. Bahor podasi, holbuki, sut hidini oq bulutlar esga soladi. Demak, birgina she’riy jumla tashbeh Tog‘ay Murod nasri maydonini kengaytirib tashlaydi. Kitobxon xayolot ufqini ochadi. Ikki, uch xil manzaralarni bir yo‘la tomosha qilishga imkon beradi. Zamin va osmonga ko‘prik soladi. Tabiat va jamiyat, inson va borliqni so‘z bilan, she’r bilan uzviyligini kashf etadi. Kashf etib to‘lqinlantiradi. Adib nasridagi bunday satrlarni men she’rday o‘qiyman. Ulardan she’rdek ruhlanaman. Ukkag‘ar qirlar hamon yuksak-yuksak… Qishdan chopar keldi. Bu kabi tashbeh, tasvir, baland to‘xtamlar eng qaltis munosabat nuqtalarida, shunchaki hech ham aytib bo‘lmas hayot shafqatsizliklarini ham nafis, ham go‘zal, ham orifona, ham dangal aytadi-qo‘yadi. Juda dag‘al, favqulodda fojia, kutilmagan evrilishlar ham hech kimda shubha uyg‘otmaydigan xalqona tarzda kifti keltirilib aytilar ekan, bu chidovsiz voqelik dilbar yo‘sinda ham aqlga, ham hisga bosimni bo‘lib tashlaydi. Dard shavq botinida turadi. Musibatning go‘zal, betakror ifodasi ezilganga ruh, tik boqish imkonini beradi. Negadir Tog‘ay Murod qahramonlari og‘ir, favqulodda lahzada «elkasidan nafas oladi». Ziyodulla chavandoz otdan, Bo‘ri polvon odamdan hech qachon yiqilmaydi balki «yulduz sanaydi». Chunki jo‘ngina «yiqildi» so‘zida «yulduz sanash» holatining realizmi va romantikasi qaerdan bo‘lsin... Tog‘ay aka tabiatning nihoyatda nozik kuzatuvchisidir. Ammo tabiat shakllarini behudadan-behuda shunchaki yozib o‘tirmaydi. Qog‘ozni, qalamni asraydi, kitobxon vaqtini undan ham. Lekin ba’zida bir jarayon shakli bilan ikki jarayonni tasavvur qildirtiradi. «Ari uyasi kungaboqarday bo‘ldi». Xuddi shu xabardan keyingi aksariyat o‘quvchi bu ikki dunyodagi shaklan o‘xshashlikni sezib qoladi va xotirasida naqshlanadi. Ana shunday bir dunyo holatining ikkinchisiga ko‘chishi, kattalashishi moddiy olamning hislashishi, hissiyotlarni moddiylashtirilishi Tog‘ay Murod so‘zi, olami, tasvirini yuza, o‘rta chuqur qatlamlarini hosil qiladi. Ham prozaik, ham poetik asar sifatida mutolaa qilishga imkon yaratadi. El chehrasi chechak bo‘ldi, el ko‘ngli ko‘klam bo‘ldi. Otamiz bahor oraladi. Otamiz qirlarga sig‘may qoldi. Yo ma’rifat, yo jaholat. Boshi butun donishmand adibgina asl qarashlarni aqllilikni da’vo qilmay ma’lum qiladi. O‘quvchisini tarbiyalaydi. Kitobxonini o‘qitadi. Shuning uchun ham Tog‘ay Murod qahramonlari donishmand millatdoshlar kabi fikrchan kishilar, ular xayolparast emas, fikri butun odamlar. Olamga, tevarakka to‘g‘ri, odil, ma’rifatli fikr sochadilar. Bu odamlarning oddiy qiziqishi zamirida inson ustaligi, uning mehnati mo‘jizasi yotibdi. Mana, Ziyodulla kalning fikriga qarang: «Birodarlar, yomon gap raketadan tez yuradi, yaxshi gap toshbaqadan sekin yuradi». Shu teran qarashi bilan u dunyoning manaman degan olimlari raketa ixtirochilaridan ham muhimroq fikr, haqiqatni kashf qiladi. Inson ichkarisidagi tezlik o‘lchovi, ya’ni jaholat va ma’rifatning tezligini adashmay o‘lchaydi. Ruhshunoslik inson qalbini nihoyatda nozik anglashdir. Tog‘ay Murod hikmatlarida ana shu teran ruhshunoslik, pokiza bir ichki ko‘z bor. «Chin gaplar ko‘ngilda bo‘ladi». Toza ko‘ngil haqida bundan oshirib yana nima deyish mumkin? Allohning kalomi haq! Alloh hech narsangizga qaramaydi. Faqatgina qalbingizga qaraydi. Bu bir-birimizga munosabatda mezon bo‘lishi kerak! «Bo‘ydoqning aqli ikki ko‘zida bo‘ladi». «Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi». Tog‘ay Murod o‘gitlari, hikmatlari ikki dunyo oralab, bu yolg‘onchi dunyo hududlaridan-da chiqib ketgan. «Asl insonning bahosini o‘lim beradi». «Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha. Tishni tishga qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha! Chidab-chidab yasha! Yashashni chidaganga chiqargan. Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi»!» Armonsiz adib, armonli inson Tog‘ay Murodni Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin! Bu millat, bu til bor ekan, qiyomat qadar diydorlashuv, ruhiyat suhbati, yurak gurungi davom etaveradi. Dunyolarda o‘lim yo‘q. Bir olamdan ikkinchisiga ko‘chish bor, xolos. Safaringiz bexatar bo‘lsin, Tog‘ay aka! Omin! Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) SOBIR O‘NAR CHINAKAM USTOZ Tog‘ay Murod tom ma’nodagi, ya’ni haqiqiy adabiyot talablariga javob bera oladigan chinakam yozuvchi edi. U o‘zining ilk qissasi «Yulduzlar mangu yonadi»dan boshlaboq o‘quvchisini darrov topib oldi. Kitobxonlarni ohanrabodek tortib ketdi. Ko‘pchilik adiblarga nasib bo‘lmaydigan bir voqea ro‘y berdi: «Xo‘sh, Tog‘ay Murod endi nima yozarkin?» degan kutish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Aytish kerakki, adibimiz umrining oxirigacha bu yumushni sharaf bilan uddaladi: kutgan o‘quvchiga kutilganidan ziyod qissa, roman tortiq etdi. Men avvallari o‘ylar edim: Tog‘ay Murod ham taqlid qilarmikin? Xalqona iboralar, ohangni birovga o‘xshatib yozarmikin? Boshida kimlargadir o‘xshatib ham ko‘rdim. Yo‘q, keyin bilsam, ularda Tog‘ay Murodnikichalik yaxlitlik, butunlik yo‘q ekan. Demak… Shuni ham aytish kerakki, garchi qo‘lidan yetaklab biror nashriyotga olib bormagan yoki qo‘lidan tutib biror narsa yozdirmagan yoki ro‘parasiga o‘tqazvolib uzundan-uzoq saboqlar bermagan bo‘lsa-da, u o‘z ijodi bilan bizning tengimiz va undan keyingi avlod ijodkorlariga ham ustozdir. Birinchidan, jiddiy, sof adabiyotga xiyonat qilmaslikni Tog‘ay Muroddan o‘rganishimiz kerak. Ikkinchidan, xalqona, sof o‘zbekcha ohangga omuxta ijodni Tog‘ay Muroddan o‘rganishimiz kerak. Uchinchidan, pala-partish ijodni kitob qilib chiqarib, nadomatga qolishdan o‘zni tiyishni ham Tog‘ay Muroddan o‘rganishimiz kerak. Shu fazilatlarning o‘ziyoq ustoz bo‘lishga arzigulikdir. Teatrda asarlari qo‘yilgani yaxshi, bugungacha bu kishining asarlari sahnalashtirilgan, film qilingan, yana yangi takliflar ham bo‘lyapti. Lekin, uka, Tog‘ay akaning kuyunishi boshqa masalada, dedilar. Tog‘ay aka aybdorlar nomini oshkor qilmasdan: Men borlig‘imdan ajralib asar yozsam-da, uni kimdir indamay o‘ziniki qilib olsa, chidab bo‘ladimi, uka, deb jim bo‘lib qoldi. Instsenirovka qilaman deb asarimni butunlay o‘zgartirib yuborishibdi, afishaga o‘z ismlarini ham qo‘yib olishibdi, ustalar, dedi bir oz sukutdan so‘ng u. Keyin menga Muqimiy teatrining pattasini uzatdi. Men yana u kishini savolga tutib, «Aka, asaringiz teatrda qo‘yilibdi-ku», deb u kishiga qaradim. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) Ha, bu yaxshi, lekin alam qiladigani mendan bir og‘iz, «Tog‘ay aka, shu asaringizni sahnalashtirayotganimizda o‘zingiz qatnashsangiz, u yer-bu yerini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin», deb aytishsa bo‘lardi-ku. Men bugun borib teatr rahbarlariga sahnalashtirilgan asarimni qayta namoyish etmasliklarini talab qilmoqchi edim. Agar, uka, bilsangiz edi, qanaqa ahvolga tushmadim, deysiz, hozir to‘g‘ri o‘sha yerdan kelyapman. Afishadan ma’lum, odamni yerga urishlari. Tog‘ay aka: «Bular asarimni emas, bolamni o‘ziniki qilib olishibdi», deganda ko‘zlari yoshlanib ketdi. O‘rtaga sukunat tushdi. Hech kim birinchi bo‘lib gapirishni xohlamasdi go‘yo. Shu orada telefon jiringlab, sukunatni haydaganday bo‘ldi. Men telefondagi kishiga qisqa qilib javob qaytarib, Tog‘ay akaga qarab, uni o‘zimcha yupatgan bo‘ldim. Tog‘ay aka keyin voqeani yana bir bor batafsil gapirib berdi. U kishining aytishicha, bir kuni uylariga Muqimiy teatrining bosh rejissyori kelib, Tog‘ay akaning «Oydinda yurgan odamlar» qissasini sahnalashtirish rejasi borligi, yozuvchining shunga rozi bo‘lishi kerakligini aytib ketgan ekan. Uka, men asarimni teatrdagilar shartnomasiz faqat og‘zaki gaplarga ko‘ra sahnalashtirishadi, deb o‘ylamagandim, dedi kuyunib Tog‘ay aka. Qizig‘i shundaki, bari gap uy ostonasida bo‘lgan, o‘rtada aniq bir to‘xtamga kelmasdan, asar sahnaga qo‘yib yuborilavergan. Shartnoma haqida gap ham bo‘lmagan. Mayli, menga mualliflik haqi ham kerak emas, lekin asarimni «instsenirovka» bahonasida to‘liq o‘zlashtirib olishibdi, mening muallifligim yo‘qolib qolibdi, men shunga chiday olmayapman, titrab ketdi Tog‘ay aka. Alam qiladigani, rozilik-ku olishmadi, shartnoma ham yo‘q, uyimga tomoshabin sifatida patta yuborishibdi. Buni qaranglar-a, Tog‘ay aka birmuncha vaqt sukut saqlab turdi-da, so‘ng shunday dedi: Yangangiz bilan maslahat qilishga shu yerga keldik. Men vaziyatni oydinlashtirish uchun Muqimiy teatri rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu holatni ularning o‘zlaridan ham tasdiqlatib oldim. Tog‘ay akaning barcha aytganlarini ularga yetkazdim. «Biz Tog‘ay Muroddan og‘zaki bo‘lsa-da, rozilik olgandik, endi u kishi bilan kelisha olmayapmiz, uka, siz ko‘ndirib bering iloji bo‘lsa», deb telefondan javob qaytarishdi teatr rahbarlari. Men bu nizoli masalani qonun yo‘li bilan hal etish kerakligini tushuntirib, telefon go‘shagini qo‘ydim. Shunda Tog‘ay aka: Men qornimga emas, orimga yig‘layapman, uka, deb «nima deysan» degandek qarab, qo‘lidagi arizasini menga tutqazdi. Men Tog‘ay akaga bugunoq Madaniyat ishlari vazirligiga xat yozishimni va sahnalashtirilgan bu asarni u bilan yozma shartnoma tuzilmaguncha namoyish etilmasligini va’da berdim. Tog‘ay aka mening tirsagimni mahkam ushlab, shunday dedi: Men bolamni hech kimga bermayman. So‘ng xayrlashib, xizmat va uy telefon raqamlarimni yozib oldi-da, Ma’suma opa bilan xonamdan chiqib ketdi. Bir kuni Tog‘ay akaning uyiga telefon qilib, Madaniyat ishlari vazirligidan javob xati olingani, bu asar shartnomasiz sahnada qo‘yilmasligi haqida yozilganini ma’lum qildim. Tog‘ay akaning shodlanib ketganligi telefonda uning hayajonli ovozidan sezildi: Uka, polvonlarda bir gap bor: «Polvon zotsiz qolsa chidaydi, lekin orsiz qolsa chidamaydi». Men bu gapning ma’nosiga bugun Tog‘ay Murod oramizda yo‘qligida tushunganday bo‘ldim. Yuqoridagi asar yuzasidan bugungacha ham shartnoma tuzilmadi, asar qaytib sahna yuzini ko‘rmadi. Biz Tog‘ay aka bilan to umrining oxiriga qadar bayram yoki birorbir tadbirlar bahonasida qo‘ng‘iroqlashib, yaxshi kunlar, adabiyot va boshqa narsalar Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) haqida gaplashar edik. Men o‘zbekning g‘ururga to‘la, beg‘ubor va qaysar, bir gaplik, o‘zini odamlar oldida ko‘rsatishdan qochib yuradigan, lekin samimiy, kamsuqum yozuvchisi biz bilan yonma-yon yashab o‘tganiga sira ishongim kelmaydi. Tog‘ay Murodning asarlarini o‘qiyotganimda: «Nahotki u odamda shuncha dard bor edi?» deb, hayron bo‘laman. Men Tog‘ay akani eslaganimda yoki u kishi haqida gap ochilganda, uning «Bular asarimni emas, bolamni o‘ziniki qilib olishibdi», degan so‘zlarining qanchalar alam va iztirob bilan aytilgani, uning asarlari bolalariga aylanib qolgani, ijodning noni qanchalar qattiqligiga amin bo‘laman. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) HULKAR TO‘YMANOVA BIR SUHBAT TARIXI 2003 yilning mart oylari oxiri bo‘lsa kerak, yozuvchi Tog‘ay Murodga sim qoqib, «Bizning «Ma’rifat» gazetamizda «Mehmonxona» sahifasi bor. «Mehmonxona»mizga Sizni taklif qilmoqchi edik», dedim. Telefon go‘shagidan uning norozi ohangdagi ovozi eshitildi: Nima uchun aynan meni taklif qilyapsiz? Men ham bo‘sh kelmadim: Chunki siz el nazariga tushgan yozuvchilardansiz. Tog‘ay Murod aka yana ro‘yxushlik bermadi: «Men gazetaga ham, radiotelevideniega ham intervyu berishni juda yomon ko‘raman. Bu menga yoqmaydi». Xullas, men uni gazetamizga intervyu berishga ko‘ndirishim oson bo‘lmadi. U kishi Odil Yoqubov, Ibrohim G‘afurov, Yolqin To‘raqulov kabi elga taniqli shaxslar gazetamizga o‘z fikrlarini bildirganligini indamay tingladi. Bir oz sukutdan so‘ng shunday dedi: Mayli, sazangiz o‘lmasin. Hajmi qancha bo‘lsin? Savollar tuzib qo‘yibman, deysizmi? Savollaringizni yoqqanini qoldiraman, yoqmaganini o‘zgartiraman. Qalam ahli shoshqaloq xalq, tezroq ish bitishini istaydi. Juda tixirlik qildim, demayman-u, ikki-uch kun oralatib, Tog‘ay akaga qo‘ng‘iroq qilib turdim. Har safar qo‘ng‘iroq qilganimda, u kishi: «Yozyapman, savollaringizni bunisi ma’qul, unisini o‘zimdan qo‘shdim. Ammo hajmi juda katta bo‘lib ketayapti», deb qo‘yardi. «Mayli, yozavering-chi», deya men ham u kishining shashtini qaytargim kelmas, axir kimsan hech kimga intervyu berishga rozi bo‘lmagan Tog‘ay Murodni tezroq «Ma’rifat»ga olib chiqib, muxlislarga ajoyib suhbatni tortiq etish niyatida edim. Ko‘p o‘tmay, men hurmatli adibimizdan suhbat matni tayyor bo‘lganligi haqida eshitib, uni olib kelishga tayyor ekanligimni aytdim. Ammo adib Matbuotchilar ko‘chasiga yaqin joylashgan Adliya vazirligida ham ishi borligini, yo‘l-yo‘lakay suhbat matnini tashlab o‘tishi mumkinligini aytib, meni xotirjam qildi. Men uning va’dasi qanchalik rost yoki yolg‘onligini bilmay, to‘g‘risi, ishonqiramay turardim. Ertasi kuni xizmat telefonim jiringlab qoldi. Go‘shakni ko‘tardim, tanish ovoz eshitildi. Tog‘ay Murod aka uzog‘i bilan biror soatlarda gazeta korpusiga borib, meni kutib turishini aytdi. Men hozirgacha hayratdaman, buyuklarning kamtarligini qarang. Men u kishini kutib olish o‘rniga, u meni kutib turar ekan. To‘g‘risi, shunday katta adibni men izlab, topishim, intervyu olish o‘rniga, uning o‘zi tayyor materialni olib kelishidan xijolatda edim. Shunday bo‘lsa-da, suhbat matnining tayyorligidan va u hech qanday tahrirga muhtoj emasligidan go‘yoki katta bir o‘ljani qo‘lga kiritgandek xursand edim. Matn qo‘lyozma holida bo‘lib, hajmi mo‘ljaldagidan ziyodroq edi. «Mehmon»ga sim qoqib, ikki-uch qog‘ozini qisqartirishimiz kerakligini aytib, rozilik so‘radim. «Buyog‘i o‘zingizga havola», deb qo‘ydi u kishi. Shunday qilib, men tap-tayyor suhbatni gazetamiz uchun moslab, ko‘chirtirdim. Bosh muharririmiz Halim Saidov mehmonimiz Tog‘ay Murod ekanini bilib, hayrat bilan so‘radi: Bunga qanday erishdingiz? Uning hali birorta jurnalistga intervyu berganini eshitmagan edim. Bilmasam... Omadim kelib qoldi shekilli. U kishi hozir xalqning mutolaa darajasi, kitobxonlik saviyasi susayib ketayotganidan qattiq tashvishda ekanlar. Suhbat bahona, bir yozuvchi sifatida ko‘ngillaridagi gaplarini to‘kib solgilari kelgandir balki, dedim men. Matnni ham o‘zlari tayyorlab berdilar. Men qaytib kelaman Shunday qilib, gazetamizda 2003 yil 26 aprel kuni «Badiiy mutolaa inson ko‘zini ochadi» sarlavhali suhbat bosilib chiqdi. Suhbatdoshim suhbatda boshdan-oyoq kitob mutolaasi insonning borgan sari yuksalib, tafakkuri tiniqlashib, hayotga tayyorgarlik darajasi ham ortib borishini, insonning shaxs sifatida shakllanishiga aynan mutolaa katta turtki bo‘lishini singdirgan, buni u bolalik, o‘smirlik, yoshlik davrlaridagi voqealar bilan bog‘liq holda ifodalagan edi. Suhbatni o‘qigan odam Tog‘ay Murodning o‘ziga xos uslubi xuddi uning qissa-romanlaridagi singari ana shu mo‘jazgina matnda ham yarq etib ko‘zga tashlanishini darrov ilg‘ab olardi. To‘g‘risini aytsam, meni xijolatlik tuyg‘usi qiynamoqda edi. Chunki odatda men suhbatdoshim bilan suhbatlashib bo‘lgach, matnni o‘zim tayyorlar va ayrim qahramonlarim istagiga ko‘ra bir qo‘lidan o‘tkazib olardim. Yozuvchi Tog‘ay Murod esa matnni o‘zi tayyorlagan, suhbat ostida esa kaminaning ismi sharifi turar, demak, qalam haqi ham menga tegishli edi. Men qalam haqini taklif qilganimda, hassos adibimiz keskin rad etdi. ...Nazarimda, oradan hech qancha vaqt o‘tmay bir kuni ishga kelib, nimadir yumush bilan gazetamiz bosh muharriri o‘rinbosari Abdusamad Rahimovning xonasiga kirsam, to‘satdan: Tog‘ay Murodni eshitdingizmi? deb qoldi. Yo‘q, nima bo‘pti? dedim negadir noxush xabarni sezganday yuragim orqasiga tortib. Olamdan o‘tibdi. A?! Men bir lahza gangib, unga angrayib qarab qoldim. Ming taassufki, hozirgina eshitganim shum xabar haqiqat bo‘lib chiqdi. Sira ishongisi kelmasdi kishining. Kechagina soppa-sog‘ yurgan alpqomat inson... bugun o‘limga taslim bo‘lgani odamning yuragini tilka-pora qilmoqda edi. Afsuski, bandalikning so‘nggi shartini bajo keltirgani rost edi. Endi u bilan uchrashish, suhbat qurish imkoniyatidan barcha yor-do‘st va birodarlarining mahrum bo‘lganligi ham rost edi. Ana shu rostlik, ana shu haqiqat nishi yuraklarga mahzunlik, sarosarlik, so‘ngsiz bir mung olib kirardi... Rahmatlik adibning ma’rakalarida o‘sha so‘nggi suhbat ham tilga olindi, hatto uni u kishining rafiqalari Ma’suma opa: «Tarixiy intervyu bo‘ldi», deb ataganlarida, ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi. Men yozuvchi Tog‘ay Muroddan hech bir jurnalist ololmagan intervyu muallifi bo‘lolganim bilan faxrlanaman. Yuqorida qayd etilganidek, bu suhbat tarixiy voqea sifatida nafaqat kaminaning hayotida, balki adabiy jamoatchilik orasida ham unutilmas voqea bo‘lib qoldi. Yaqinda bir xushxabar eshitib qoldim. Aytishlaricha, xuddi shu suhbat Tatariston Respublikasida to‘liq matnda «Tatar eli» jurnalida ham chop qilinar ekan... Asarlarida xalqlar do‘stligini ulug‘lagan, o‘zining so‘nggi suhbatida ham buni ta’kidlagan yozuvchi ijodiga bo‘lgan qardosh xalq e’tirofi bu. Mening bir inson, suhbatdosh singil sifatidagi Allohdan so‘nggi tilagim, asarlarini farzandlarim, deya ulug‘lagan adibimizning joylari jannatda bo‘lsin, go‘ri uzra o‘zi bitgan kitoblar nur taratib tursin. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) MEHRINISO OYDINOVA MEN BILGAN TOG‘AY MUROD Ilk taassurot Biz yozuvchining jufti haloli bo‘lmish Ma’sumaxonim bilan bir dam tortishib qoldik... U o‘zini mutlaqo unutib, borlig‘ini tortiq etgani, har nafas, har onini uning orzuistaklariyu, uning nigohlari bilan ko‘rgani aziz va «zulmkor», sodda va bag‘rikeng, to‘pori va bir so‘zli, mehribon va oqko‘ngil, jaydari va qattiqqo‘l, mag‘rur va jonkuyar, jondilidan sevgani, ko‘ngil gavhari bo‘lmish yozuvchi Tog‘ay Murod huzuriga shoshardi... Shoshardi-yu, jufti halolining siyosat ila qay tarzda kutib olmog‘ini tasavvur etib, uni kuttirib qo‘ygani uchun hisob-kitob berishi lozimligini ta’kidlardi. ... Men esam shu kuni qat’iyat bilan yaqin dugonam bo‘lmish Ma’sumaxonim bilan uning ko‘ngil sohibi yozuvchi Tog‘ay Murod huzuriga yo‘l oldim. Maqsadim Ma’sumaxonimning ham hech kimnikiga o‘xshamagan, o‘zigagina xos bo‘lgan qalami bor ekanini, u ham erkin inson ekanini, bir fidoyi ayolning bemisl xizmatlarini, o‘z ko‘ngil sohibiga nisbatan beqiyos jonkuyar va jonfido ekanliklarini ta’kidlab qo‘ymoq edi... Aslida men u bilan bir marta ham ko‘rishmagan edim. To‘g‘risi, biz oilamiz bilan Moskvada yashayotgan kezlarimiz Ma’sumaxon Oliy adabiyot kurslarida tahsil olayotgan turmush o‘rtog‘i Tog‘ay Murodning huzuriga borayotgani va u yerda uchrashishimizni Toshkentdan turib qo‘ng‘iroq qilib aytgan edi. Men esam ularning to‘yida ham ishtirok eta olmaganim uchun shu katta shaharda Tog‘ay Murod bilan ko‘rishib, tanishib olamiz, degan xayolda edim... Men kutgan kunlar o‘tib ketdi. Yana Toshkentdan Ma’sumaxonim qo‘ng‘iroq qilib uzr so‘radilar, negaki, Moskvada Tog‘ay Murod bilan vaqtlari bo‘lmay, biznikiga o‘tisholmabdi. Xullas, dugonam o‘z rejalariyu orzu-o‘ylarini jufti haloliga fido etib yashar edi. Men esam ana shunday o‘ylar bilan ikki ijodkorni bag‘riga olgan katta adabiyotga e’tiqodlar maskani bo‘lgan oshiyonga, Tog‘ay Murodlar uyiga bir isyonkor qalb bilan ko‘ngildagi so‘zlarni shartta aytib ketmoq uchun qat’iyat bilan yo‘l olgan edim. Ma’sumaxonim esa meni yo‘ldan qaytara olmadi. U menga nima deyarini bilmasdan lol, yo‘lda davom etardi. Nihoyat, biz bu oshiyonga yetib keldik. Eshik tugmasini bosdik... Ichkaridan men kutganchalik qat’iyatli, keskin va serzarda ovoz emas, balki bir oz gunohkorona, muloyim va yoqimli ovoz eshitildi. Yonimda esa ichkaridagi salobatli jufti halolidan hayiqib turgan ma’suma ayol o‘rnida esa endi birmuncha dadil ovoz jarangladi: Ochmaysizmi eshikni?.. Bir oz turib eshik ochildi... Men uchun mutlaqo kutilmagan manzara sodir bo‘ldi. Shiddat bilan kelishlarimda ushoqqina yelkalarga yuklangan katta adabiyotga xizmat qilishday, sahardan shomgacha tinmay yugur-yugurlar bilan birpas tin olmay hali nashriyot, hali gazeta, hali jurnallarga yugurgan, bozorga chopgan, qosh qoraymay uyiga shoshib, oshxonada bir tansiq taomga unnagan, tuni bilan qo‘lyozmalarni ko‘chirib, soatlab kompyuter qarshisida har so‘z, har belgining xato ketmasligi uchun yuragi yaproqday titrab, korrektura qilinishi lozim bo‘lgan sahifalar qoshida termulib har lahzasini jon qadar qimmatli bilgan ayolning mehr va mashaqqatlar, quvonchu tashvishlar qorishiq mehnatlari qimmatini eshik ochguvchi insonga pisanda qilib ketmoqchi edim aslida... Avvalo eshik ortidan eshitilgan ovoz meni bir oz hayron qoldirgan bo‘lsa, eshik ochilgandagi qiyofa yanada hayratga soldi. Zero, dastlab qat’iy, marjonday tizilgan zaharolud so‘zlarim o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlagan bo‘lsa, uy ichidan bizni qarshi olgan baland bo‘yli, dovqur inson bir oz sarhush holatda, kumush sochlari nur taratib turganday, beg‘ubor, samimiy chehrada ko‘z oldimda namoyon bo‘lar ekan, bir lahza oldingi shiddatim, aytar so‘zlarim tumanday erib, g‘oyib bo‘ldi. O‘zim ham tushunmagan, bilmagan va anglamagan holatda negadir hazrat Navoiyni yodladim... Keyin bilsam, yozuvchi eng sevgan, e’tiqod qo‘ygan insonlardan biri hazrati Alisher Navoiyning siyratlari, suvratlari, siymolari ekan aslida... Biz javon to‘la kitoblar o‘ziga ohanraboday tortuvchi mehmonxonada birpas suhbatlashib o‘tirdik... Men esam ehtimol Yaratganning o‘zi bu insonga bejiz bu ma’sum, jonkuyar jufti halolni ato etmagan ekan, degan xayolga keldim. Demak, Yaratganning o‘zi eng ulug‘ hikmatlar egasidir. Kitob javonida esa jahonga dovruq taratgan zotlarning kitoblari g‘oyat ehtirom ila terib qo‘yilgan... Unda Qur’oni Karim, Navoiy... Pushkin... Jek London... diniy va dunyoviy kitoblar… Telefondagi so‘zlashuv Tog‘ay Murod akani ilk uchrashuvgacha sirtdan bilsam-da, o‘sha kungi uchrashuvdan so‘ng har qalay ko‘nglimda bu insonga nisbatan ehtirom uyg‘ondi. Oqko‘ngil, soddadil va faqatgina o‘ziga xos bo‘lgan allaqanday ilohiy xislatlarga ega inson... Shuning uchun ham Ma’sumaxonning katta dunyodan topib borgan har bir gapi xonanishin yozuvchi uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega ekaniga amin bo‘ldim. Har kuni o‘nlab kunlik, haftalik nashrlarni kuzatib chiquvchi, har xil ko‘rsatuvlar va turli davlatlar teledasturlarini tahlil qilib turuvchi va tinimsiz o‘qib-izlanishda bo‘lgan yozuvchining nazaridan hech bir narsa chetda qolmas edi. U o‘z qahramonlarini kengliklarda topib, har narsani ipidan-ignasigacha o‘rganib yozar ekan, hayotdagi har bir narsaga ham ana shunday jiddiy munosabat ila yondashishi uning o‘ziga xos bir xislati ekan, ehtimol... Gap orasida Ma’sumaxon mening o‘sha kungi tashrifim va uchrashuvdan so‘nggi munosabatlarim haqida aytib bergan shekilli, rafiqasiga bildirmasdan, telefon daftarchalaridan uy telefon nomerimizni topib, uyimizga qo‘ng‘iroq qilibdilar... U telefonda Ma’sumaxonning o‘z hayotida tutgan o‘rni haqida shu qadar samimiy so‘zlar aytdiki, mening bir hayratimga o‘n hayrat qo‘shildi. Uning mardona aytgan so‘zlari hamon qulog‘im ostida yangraydi: «Men Ma’sumasiz hech kimman. Meni shu darajaga yetkazgan uning kechani kecha, kunduzni kunduz demay, yelib-yugurib qilgan xizmatlari... Men uning xizmatlarini bilmasam insofdan emas...» Xullas, juda uzoq so‘zladilar. So‘zlari judayam samimiy, sodda, jaydari... Har bir so‘zida rostgo‘y yurakning, bir so‘zli insonning faqat o‘zigagina xos, o‘z jufti haloliga atalgan, ehtimol ayoliga hech ham aytmagan mehr va muhabbat so‘zlari, ko‘ngil izhorlari bor edi... Bir mag‘rur insonning bu e’tiroflarini qani edi Ma’sumaning o‘zi o‘z quloqlari bilan eshitsa edi, degan xayol o‘tdi ko‘nglimdan... Yana bir diydor Bir dam olish kunida bir-biriga suyanib yashayotgan ijodkor insonlarni ziyorat qilmoq uchun ehtiromli yozuvchi huzuriga shirin tilli jiyancham Shavkatjon va singlim Mukarram bilan kutilmaganda kirib bordik. Ularning boshlari osmonga yetdi. Bizni samimiy mehmon qilishdi. Yozuvchi fotoalbomini olib chiqdi. Albomdagi har bir insonni alohida mehr bilan tanishtirib, Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) ta’riflab chiqdi. Ayniqsa, onaizorini, jiyanlarini nomma-nom ko‘rsatdi. Yoru do‘stlari, sinfdoshlarining suratlarini ta’rifladi. Yolg‘iz singlisi Orzigulni mehribon, ajoyib singlim bor, deya maqtadi... To‘yda tushgan suratlarini ko‘rsatarkan, bolalarday, Ma’sumani «Bachuma», dedi. Suhbatimiz g‘oyat ko‘ngilli kechdi. So‘ng xayrlashib, uyga yo‘l olar ekanmiz, uy kiyimida bizni kuzatgani yo‘lga chiqdi. Boshlarida esa erta tong yugurishda kiyadigan sport qalpog‘i... Yomg‘ir shivalab turgandi. Qorong‘i tushib qolgan. Biz metro tarafga borar ekanmiz, «Darxon» qahvaxonasi yonidan o‘tdik. U yerda to‘y bo‘layotgan ekan shekilli, bashang kiyingan odamlar mehmon kutmoqda edilar. Yozuvchimiz jimgina biz bilan o‘tib ketdilaru, keyin bolalarday quvonib: «Yaxshi, yaxshi, hammasi oddiy, oddiy odamlar ekan», deya takrorladilar. Qayta-qayta takrorladilar bu so‘zni bolalarday quvonib: «Yaxshi, oddiy, oddiy odamlar ekan...» Ularning aytgan mana shu so‘zlarida bu bashang odamlar oddiy, juda oddiy odamlar (bu odamlar bashang bo‘lsalar-da, hech kim emaslar), ular yaxshiyam yozuvchini uy kiyimida tanib qolmaganligiga bolalarcha bir quvonch, ishora bor edi. Ular biz bilan metro yaqinida iliq xayrlashdilar. Metro tomon yurar ekanmiz, men beixtiyor orqamga qaradim. Yozuvchi Ma’suma bilan rahmat yomg‘irlari yog‘ayotgan, neon chiroqlari porlab turgan muborak kechada ohista ketmoqda edilar. Ushbu gazetani yozuvchiga yetkazdik. O‘qib jiddiy chehrasiga tabassum yoyilganini eshitib, bir quvondik, bir quvondik... Yillar o‘tib, arxivlari orasiga aziz qilib, avaylab olib qo‘yilgan gazetani ko‘rganimizda ko‘nglimiz to‘lib, ko‘zlarimiz namlandi. Odamzot qanday fe’l-atvor egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, uning «tosh» ko‘nglini eritadigan yo‘l topmoq, so‘z aytmoq ikki karra savobdir... Har ko‘ngilning o‘z yo‘li o‘z ochilar eshiklari bo‘ladiki, unga faqatgina xokisor ko‘ngil bilan yo‘l solinadi. «Enamning suratini ehtiyotlang» Enamning suratini ehtiyot qiling, degandi Tog‘ay Murod. U shoir bo‘laman, dedi. Xalqining ko‘nglidagini topib-topib aytdi. Qator-qator kitoblar bitdi. O‘quvchilari serob-serob bo‘ldi. Maqsadi kitob o‘qimoq, yozmoq bo‘ldi. Davralardan olis-olis yurdi, dardlarini to‘libto‘kib bitdi. Eliga iste’dodli bir ijodkor bo‘lib tanildi. Katta doiralarni, uchrashuvlarni xohlamadi, ijodi haqida biror muxbirga so‘z aytishni ko‘ngli buyurmadi. U ko‘ngil kishisi edi, undan narisi shoirga yot edi.. Ammo bundan o‘n uch yil avval yozuvchiga onasining surati bilan jurnalga bermoqchiligimizni, onasi nomidan bir so‘z yozish kerakligini aytganimizda, jimib qoldi. O‘ychan, keskir chehrasiga, ko‘zlariga yorug‘lik yugurdi: Xo‘-o‘-o‘sh, dedi, to‘rt-besh kundan keyin qo‘ng‘iroq qiling. Yozuvchining rozinamo so‘zlaridan quvonib, natijani kutdik. Aytilgan muddatdagi qo‘ng‘irog‘imizga «kelavering», degan javobni olganimizda quvonib huzuriga shoshildik. Tog‘ay Murod onasining duosi yozilgan qog‘ozni uzatarkan, «Enamning nomidan yozish qiyin ekan, bir nechta kitoblarni o‘qib, keyingina yozdim... Enam bundan ziyoda duo qiladi, men unday tushirolmadim», deya qog‘oz uzatdi. Unda shular yozilgandi: «Iloyim, o‘zbaki poshikasta-ayollari... qozoni o‘tdan tushmasin, suprasidan non arimasin, tuz-taomlik bo‘lsin, qut-barakotlik bo‘lsin, oydin yo‘llik bo‘lsin, olchaday gullik bo‘lsin, tamal-toshlik bo‘lsin, toj-taxtlik bo‘lsin, oftobday nurlik bo‘lsin, Muhammad payg‘ambar yoshini ko‘rsin, baxt-iqboli qosh-kipriklari orasida bo‘lsin, Ozodlik gashtini suyub-suyub tuysin, qonib-qonib tuysin, iloyim!» So‘ng yozuvchimiz oppoq qog‘ozga o‘ralgan narsani tutqazarkan, «Enamning suratini ehtiyotlab qaytaring», dedi... Biz surat va jurnalni qaytarganimizda, Tog‘ay Murodning qo‘polroq degan jismi joni bolaga aylangandek bo‘ldi. Har borganimda Tog‘ay aka qishloqdagilarni, yaqinlarini, ayniqsa, tog‘asini so‘rar, yana qanday yangiliklar borligini bilishni dildan istardi. Ana shunda men uning shaharda doimo o‘zi tug‘ilib-o‘sgan qishlog‘ini qo‘msab, sog‘inch bilan yashayotganini sezardim. Ana shunda uning katta yozuvchilarga xos, ijodkorona xayollar og‘ushida yashashini, qishlog‘ining samimiy odamlari bilan dildan suhbat qurgisi kelayotganini sezish mumkin. Bir kuni Tog‘ay aka qo‘ng‘iroq qilib qoldi. U mashina olar bo‘libdi. «Shuni olish kerak, deydi. Shu mashinani sizlar olinglar. Mendan sizlarga sovg‘a», deydi. Biz akam bilan iymanib, albatta, «yo‘q», dedik.Tog‘ay aka esa: «Men axir mashina minishni bilmayman. Olmasanglar, sotaman», dedi. Xullas, mashina sotildi. Mashina sotish hangomasi qiziq, pulini bankka qo‘yib, hiyla-ustalik nimaligini bilmagan Tog‘ay akaning anoyiligi undan-da qiziq! Vaqtlar o‘tib, yangi mashina sotgan Tog‘ay aka uning puliga bir ko‘ylak ham ololmaydi. Lekin mashina olganligi quvonchi ko‘nglida qoladi. Ha, u hayotning oddiy, mayda quvonchlaridan ham katta zavq olib, go‘dakday shodlana oladigan nihoyatda samimiy, toza qalbli inson edi. Yana bir kuni uyimiz telefoni jiringlab qoldi: Tog‘ay aka ekan. Tez yetib kel, deydi. Bilsam, Tog‘ay aka Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘libdi. Shu kuni quvonganlarimiz… Men nafaqat xalq ko‘ngliga kira olgan, katta yozuvchi bo‘lgan hamyurtim bilan, balki behad tozako‘ngil, katta qalb egasi bo‘lgan inson bilan yaqin bo‘lganimdan hamisha faxrlanaman. Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) BOIR XOLMIRZAEV SABOQ San’at olamida ming to‘qqiz yuz yetmish sakkizinchi yildan buyon xizmatdaman. Aynan musiqali drama teatrida ishlay boshlaganimga ana shuncha yil bo‘libdi... Ozmiko‘pmi oq-qoraning farqiga boradigan paytimizda men bir yozuvchi bilan oshno bo‘ldim. U Tog‘ay Murod bo‘ldi. Ijodiy diapazonda meni eng ko‘p to‘lqinlantirgan, qalbimni larzaga solib, qalqitgan asar haqida gap ketganda, men, avvalo, u kishini tilga olib, uning «Oydinda yurgan odamlar» qissasini ayta boshladim. Boisi... O‘zi, aslini olgandayam Tog‘ay Murod bilan g‘oyibona tanishishimga shu asar sababchi bo‘lgan ekan. Teatrda ishlab yurgan kezlarimda bir hamkasbim mana shu qissaning yaqin-orada spektakl qilinishini aytib qoldi va menga uni bir o‘qib chiqishni tavsiya qildi. Uning o‘zi o‘qib, hatto kasal bo‘lib qolgani, asar juda baquvvat ildizga ega ekanini aytganida, unchalik ishonmagan edim. O‘qigandan so‘ng esa... tan berdim! Ha, men hali shuncha yildan beri o‘zbek adabiyotida bunday asarni o‘qimagan edim. Qissani mutolaa qilar ekanman, har safar yozuvchi Said Ahmadning so‘zlari esimga tushaveradi. U kishi zap ta’rif bergan-da: «Tog‘ay Murod qissa bitmaydi, nazarimda bor ovozi bilan qo‘shiq aytadi. Bu qo‘shiqlarda avj pardalar bor, nolishlar bor, savt bor». Men esa bunga yana nimadir qo‘shgan bo‘lardim. Ba’zan ko‘ngil juda orziqib, yuraklar hapriqib ketadigan paytlar bo‘ladi. Bo‘g‘zingga bir narsa tiqilaveradi. Tog‘ay Murod ana shunday bor vujudi bilan qo‘shiq aytgan odam... Vujudidan o‘rtanib, o‘kirib-o‘kirib qo‘shiq aytgan inson. Uning qo‘shiqlarini yuragi bor odam borki, vujudi bilan tinglaydi. Men xuddi shundan juda ta’sirlanganman. Tog‘ay Murod qanday asar bitmasin, o‘zbek dardini, uning quvonch-g‘amini o‘zbekona tasvirlay olgan adibimiz bo‘lib qolaveradi. Bilamizki, Abdulla Qodiriyning o‘z uslubi bor. Agar asarlarini o‘qisangiz, bu Abdulla Qodiriyniki, deysiz. Abdulla Qahhorning ham o‘z uslubi bor. Bir o‘qishdan o‘sha asarni Qahhorniki ekanini bilib olishingiz mumkin. Tog‘ay Murod ham o‘z uslubini yaratdi! Adabiyotda o‘ziga xos, yangi uslubga ega bo‘lish hazil gap emas. Bu o‘ta katta yangilik. Tog‘ay aka shu paytga qadar hech kim yoza olmagan, hatto yozish yetti uxlab tushiga kirmagan uslub yaratdi. Kamyob uslub kashf etdi. Bu yutuq! Men nuqta bilan yozgan, shu tinish belgisidan bu qadar mohirona foydalangan yozuvchini hali uchratganim yo‘q! Qarang, u qanday san’atkorona gaplar tuzgan: «Bobomiz qaradilar. Nuqta. Qaradilar. Nuqta». Qarang, agar matndan kelib chiqsak, mana shu joyda odamning ko‘ngli yumshab ketadi. «Bobomiz uzoq qaradilar», deydi yozuvchi. «Bobomiz qo‘l siltadilar», deydi. Shu desangiz, «qo‘l siltamoq» ibora birikmasini hech qaysi adib bu tarzda ishlatishga jur’at qila olmagan! Qo‘l siltash bu keng qamrovli tushuncha. Bu ibora tag-zamirida gap ko‘p. Bu genial fikr. O‘zbek sevaman, yonaman, yur, boqqa boramiz, demaydi. O‘zbek Qoplon va Oymomo kabi sevishadi, ulardayin bir-biriga bog‘lanib sevishadi. Bir-biri bilan ruhan qovushib ketadi. Ular ustoz Said Ahmad aytganidek, «yo‘q farzandning momosi, yo‘q bolaning bobosi» bo‘lib yashadilar. Ular o‘zbeklarda eng muqaddas ma’vo oila tushunchasiga xiyonat qilmaydi, yengil-elpi yashashga, bo‘lar-bo‘lmas sabablar bilan oila buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi! Asosiysi, bir-birini tushunib yashaydi. Umid bilan kun ko‘radi. Chunki ular bir-birini sevadi. Mana buni haqiqiy sevgi deydilar! Momosi o‘lgandan keyin bobosining unga aytgan gapini eslaylik: «Momosi, bizning zardolilar g‘arq pishdi. Bolalar Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) devordan oshib zardolilar shoxiga chiqib qorinlari to‘yguncha yeyapti. Qo‘yinlariga solib ketishayapti. Eshitayapsanmi, momosi, bizning zardolilarni bolalar yeyishayapti!» Shu jumladan keyin uchta nuqta qo‘yilgan. Qissaning shu joyini oddiygina qilib gapirib ham, o‘qib ham bo‘lmaydi. Buning ma’nosini har kim ham tushunavermaydi, shunga alaming keladi kishi... Lekin buni oddiygina qilib bola-chaqaga munosabat, deb ayta olmaymiz. Bu kelajak avlodga munosabat. Katta ajdodlarimizning o‘z avlodiga bo‘lgan munosabati. «Oydinda yurgan odamlar» qissasidagi bo‘zbola tasviri yodingizdami? «U mijozi xush ko‘rmish odamlar bilan salom-alik qiladi. Bordi-keldi qiladi.Chin dildan gapirishadi, ochilib gurunglashadi. Ko‘ngliga o‘tirmaganlar bilan salomlashgisi kelmaydi! Shunda u tizzalarini quchoqlaydi. Olis-olislarga Bobotoqqa termulib-termulib aytadi: «Chin gaplar ko‘ngilda bo‘ladi. Tilga chiqsa, yolg‘on bo‘ladi-qoladi». Qarang, «Chin gaplar ko‘ngilda bo‘ladi, tilga chiqsa, yolg‘on bo‘ladi-qoladi», deyapti. Mana, hayotiy mushohadayu baquvvat falsafa! Bunga har kim ham amal qila olmaydi. Darvoqe, o‘sha bo‘zbolaning o‘zi... Tog‘ay Murod! Ha, men shunday deb bilaman. «Oydinda yurgan odamlar» qissasi qahramoni Bobomizning xudoga zorlangan joylari bor: «Ey, xudo, esimni taniganimdan buyon xudoga sig‘inib keldim, xudoga topinib keldim, xudoga ishonib keldim. Shunday ekan, har ne qilsang qil, pushtikamarli qil-da, ey, xudo! Dunyodan necha-necha podsholar o‘tdi, necha-necha hokimlar o‘tdi, nechanecha kattalar o‘tdi... Pushtsiz umrim mobaynida ko‘p-ko‘p podsholardan qaytdim, ko‘pko‘p kattalardan qaytdim... Ammo yolg‘iz sendan qaytmadim, ey, xudo! Dilimda-da xudo bo‘ldi, tilimda-da xudo bo‘ldi. Bandalaring qay bir podsholarga sig‘inmadi. Bandalaring nimalarga sig‘inmadi, bandalaring nimalarga topinmadi... Bandalaring dinidan qaytdi, bandalaring xudosidan qaytdi, bandalaring imonidan qaytdi. Sen aynan ana shu bandalaringni zurriyotli qilib yaratding, ey, xudo! Umrimda eng berilib, chin dildan o‘ynagan rolim ham shu Qoplon obrazi bo‘lib qoldi. Men bu rolimni boshqa rollarim bilan qiyoslay olmayman, hech qaysisiga almashtirmayman. Biz spektaklni mutaxassislar, jamoatchilik, jurnalistlar va san’at ustalariga taqdim etganimizda ular katta qiziqish bilan qarshi oldilar. Muqimiy teatriga kelganimga yigirma besh yil to‘layotgan bo‘lsa, bu davr mobaynida hali birorta asar bu qadar olqishga sazovor bo‘lganini eslay olmayman. Teatr tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan edi. Spektaklni tomosha qilgan mutaxassislarning qariyb yuz foizi bir gapni takrorlashdi: «O‘zbekning haqiqiy Layli-Majnuni bo‘libdi. O‘zbekning sevgisini kuylabdi». Men esa eng sevimli rolim rad qilinganidan sira xafa bo‘lmadim. Aksincha, muallifga nisbatan ixlosim oshdi. Oradan vaqtlar o‘tdi. Bir shum xabar tarqadi... Bu o‘ta qayg‘uli xabar edi. Xuddi shu lahzada ko‘z oldimdan ko‘p narsalar o‘tadi: teatrda o‘z muxlislarini ko‘ra olmagan rolim Qoplon, biz teatr xodimlaridan qattiq ranjigan yozuvchi, armonga aylangan uchrashuv... Men o‘zimni yo‘qotdim. Men adib bilan bir zamonda yashab turib, uni bir... hatto bir martagina ko‘rolmay qoldim. Mana, mening armonim. Shundan so‘ng, men bor dardimni qog‘ozga to‘kib soldim. Matbuot, radio, televidenieda chiqishlar qildim, intervyular berdim. Ularning hammasi Tog‘ay Murod va muxlislar ko‘rolmagan rolim Qoplon haqida bo‘ldi. Hali san’atda Tog‘ay Murod ijodiga ko‘p bor murojaat qilinadi. Men uning asarlari dunyodagi eng nodir asarlar qatoridan joy olishiga qat’iy ishonaman. Biz hali o‘zbek adabiyotining klassik adabiyot namunasi sifatida Tog‘ay Murod asarlarini ham ko‘rsatamiz. Ular shunday bahoga arziydi. Aytish joizki, bu mening qissalar muallifi Tog‘ay Murod bilan ilk muloqotim, tanishuvim edi. Qissalarni o‘qir ekanman, unda yozuvchi borlig‘ini, qalb haroratini sezib turardim. Adib qalbidagi ehtiros asarlariga joziba, jon bag‘ishlagan edi. Xususan, uning inson botiniyu zohirini aniq-tiniq ifodalashi, tabiat nafosatini turfa rang, betakror ohangda yoritib berishi meni maftun etdi. Tog‘ay Murod ilk «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Bo‘ri polvon obrazi orqali imon-e’tiqod, or-nomusni talqin etdi. Men asarda kurash sahnasini, aniqrog‘i, davrasini zavq bilan tomosha qildim, polvonlar mardligi, g‘ururini yuksak qadrlashidan faxrlandim. Yozuvchi polvonlarning o‘zini uch balo: ayolbozlik, ichkilikbozlik, nafs balosidan asrashiga urg‘u berishida mantiq bor. Mazkur shartlar nafaqat polvonlarga, balki odamzotga, umumga taalluqli. Zero, bu illatlardan xoli insongina bu dunyoda halol, xotirjam kun kechiradi. Tog‘ay Murod olam va odam uyg‘unligini «Ot kishnagan oqshom» qissasida Ziyodulla kal va Tarlon ot misolida badiiy tadqiq etgan. Adib otni ta’riflabgina qolmay, uni yorqin bo‘yoqlarda chizib beradi: «Tarlon dumlari yoyildi, yollari hurpaydi. Yollari bir chap bo‘ynida, bir o‘ng bo‘ynida o‘ynadi! Bu yol emas, ipak, ipak! Bu yol emas, do‘mbira tori, do‘mbira tori! Gajak-gajak bo‘yinlar bo‘yin emas, do‘mbira, do‘mbira!» Ziyodulla otni darddoshi, qadrdoni bilib sirlashishi, so‘zlashishi kishi ko‘ngliga epkinlik olib kiradi. Qissa o‘quvchida otga, atrof-olamga mehru muhabbat uyg‘otibgina qolmay, jonzotlar qalbini his qilishga o‘rgatadi. Asarlarini o‘qib, o‘zlashtirib borar ekanman, adib ijodining yangi qirralarini kashf qilishga intildim. «Oydinda yurgan odamlar» asarida yurak-yurakdan silqib chiqqan musiqani his qildim. Pok tuyg‘ularni oy jilosida jilvalantirgan muallif iste’dodiga tan berdim. Qoplon va Oymomo timsolida vafosadoqat, muhabbat, sabr-bardosh nozik ifodalangan. Adib milliy qadriyat, an’analarni asar ruhiga mohirona singdirib yuborgan. Garchi asarda mahzun ohang yetakchi bo‘lsada, har bir lavhada o‘zgacha tarovat mujassam: «Ko‘zlaringga boqishlarim… boqishlarimizning o‘zi bir doston, momosi. Bovujud shoirlar bilmadi, bilsa, elga yoyardi… Men senga aytsam, momosi, boqishlar-da hali o‘zimizniki…» Qahramonning dil nomalari, sof muhabbati, ko‘ngil rozlari o‘quvchida lirik kayfiyat tug‘diradi. Tog‘ay Murod qissalaridagi aniq va izchil ifoda, musiqiylik, siqiqlik, ma’no va ohang uyg‘unligi menda uning ijodiga katta qiziqish uyg‘otdi. Oz o‘tmay, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Otamdan qolgan dalalar» romanini o‘qishga muvaffaq bo‘ldim. Romanning kino talqini ham menga manzur bo‘ldi, ammo Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) baribir, o‘qish, uqish jarayoni ko‘proq estetik zavq bag‘ishladi. Shu paytga qadar men «oq oltin» mashaqqatini, dehqon, paxtakor mehnatini bilmas edim. Matbuot orqali faqat plan bajarilganiyu necha tonna hosil olinganidan boxabar bo‘lardim. Asarni o‘qir ekanman, g‘o‘za, paxta parvarishi, o‘zbek dehqonining tinimsiz og‘ir mehnati, nochor turmush tarzidan voqif bo‘ldim. Dehqonqul timsolida minglab zahmatkash, fidoyi mehnatkashlar fojiasini ko‘rdim. Darhaqiqat, Dehqonqul sho‘ro «sindirgan», irodasi tamoman tuzumga itoat ettirilgan fojiiy inson. U o‘z qadrini bilmaydi, haq-huquqini talab qilmaydi. Shu paytga qadar Tog‘ay Murod g‘ururli, o‘zligini asray olgan mard kishilarni tasvirlagan edi. Dehqonqul esa ularga zid ifodalangan. Muallif insoniy o‘zlikni boy berish qanday oqibatlarga, xo‘rliklarga olib kelishini ko‘rsatish maqsadida Dehqonqul obrazini yaratgan. Roman kitobxonga qahramon dardini tuyish, his qilish imkonini beradi. Adibning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanida ongdagi mutelikni qahramon ruhiyma’naviy olamini yoritish orqali aks ettirilishi mohiyatni teran anglash imkonini beradi. Asar qahramoni Botir firqa ham zamon qurboni, lekin u yoshligida dinu diyonatni ruhiga singdirgan. Umri davomida tiynatidagi poklik bilan qo‘rqoqlik aro kurash davom etadi. Tog‘ay Murodning ruhshunoslik mahorati kishi qalb tug‘yonlari, iztiroblarini, tafakkurdagi evrilishlarni nozik tahlil qilishida ko‘zga tashlanadi. Asarni o‘qib tugatar ekanman, miyamda bir fikr charx urardi. Kitobxon asarlarni o‘qib, qahramon qayg‘usiga sherik bo‘lsa, g‘amga botsa, dildan achinsa, uni yozgan, yurak qoni ila bitgan ijodkor qay holatga tushgan ekan? Men muallif ijodiga qiziqqanimdan Tog‘ay Murod asarlari ritmini ilmiy tadqiq qilishni oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Adib qissa, romanlarida tez aytish usulidagi bir xil tovush takroriga asoslangan obrazli ifodalar ancha: Men qaytib kelaman (Tog‘ay Murod zamondoshlari xotirasida) SA’DINA BOBOMURODOVA SIZNI BIR KO‘RMOQ ISTARDIM... yoxud Tog‘ay Murod asarlari muxlisining armoni Siz tonglarda, shomlarda xonadonimizga toza epkinday kirib kelardingiz. Bolalarim tong-la sizni yodlardi: Dada, yaxshi bola bo‘lib yursam, «Domino tulki»ni o‘qib berasiz-a?... Aya, biz bugun bog‘chamizning oldida «Asl Analaston mushugi»ni ko‘rdik! Sizni bir ko‘rmoq istardim! «Tog‘ay Murod o‘zbekning asl yozuvchisi» nomli «Muxlis» ruknida yozilgan ikki qog‘ozli qoralamani olib, poytaxtdagi bir necha nashr dargohlarida bo‘ldim. Hammasidan bir xil javob bo‘ldi: «Avval o‘zlaridan ruxsat oling, haddimiz sig‘maydi». Ostonangiz ortida qo‘ng‘iroqchalarga jur’at topolmay, ba’zida esa o‘zingizni topolmay kutib-kutib qaytib ketgan kunlarim ko‘p bo‘lgan. Mana, kitobimni chiqardim! Falon so‘m, olasizmi?.. O‘zi O‘zbekistonda menday yozadigan shoir yo‘g‘-ey! Yo‘ldosh shoirning bu so‘zlarini avvaliga fahmlab kulaman. So‘ng jiddiy aytganini ko‘rib, baliqpaz Ziyodulla chavandozning yuziga enkayib-enkayib qaraganday qarayman: «Pahlavon Daholar muncha ko‘p». Ensam qotadi: Ha, kitob ham ko‘chada qoldi o‘zi!.. Shu, yozsang, Tog‘ay Murodday yozsang-da! Darrov yomonlarning yomoniga aylanaman. Sizni ko‘rsam, negadir Tog‘ay Murodning asarlari esimga kelaveradi-ey, hamqishlog‘imiz ostonadan o‘tar-o‘tmas shunday gap boshlaydi. Tunov kuni O‘rol bovamnikiga borsam, bovam sadaning soyasida yotib olib kitob o‘qiyotgan ekan. Chaqirsam, eshitmaydi. Ha, bova, institutga kiryapsizmi deyman-da, deb oldiga borsam, ko‘zyoshlari soqollarini yuvyapti: shoshib qoldim, meni sezmadiyam, indamay qaytib ketdim. Ertasiga kelib qarasam, o‘sha kitob «Oydinda yurgan odamlar» ekan. Sahifalarida ko‘zyoshlar sarg‘ish dog‘lar qotgan kitobni varaqlayotsam: Bu yozuvchilaring xuddi meni, mening ko‘kayimdagini yozibdi ekan, bolam, deydi. Shunda havaslarim, hayratlarim ortadi! Hamkasbim hayron bo‘ladi: Tog‘ay Murod zo‘r, zo‘r, deysiz. Zo‘r bo‘lsa televizorga chiqardi-da? Chiqish shartmi, nodon, deyman-u, lekin o‘zim ham har kuni Surxondaryo so‘zi aytilsa, Tog‘ay Murod chiqib qolarmikin, deya umidvor termulaman... Men qaytib kelaman Yaxshi kitoblaringizdan berib turing, o‘qib bo‘lib, olib kelaman. Tog‘ay Murodni o‘qiganmisiz?!. Yo‘q. Beixtiyor o‘rnimdan turib ketaman: Shuncha yillardan beri Tog‘ay Murodni o‘qimasdan qanday yashayapsiz-ey?! Oradan uch-to‘rt kun o‘tar-o‘tmas, o‘sha olim-shoir tanishim kitoblarni olib keladi: Men o‘zbek xalqining kimligini, qandayligini endi tanidim! Ana yozuvchi! Qaytib qalam ushlamaslikka qasam ichdim! « Yo-Yo-Yo!.. Otamning piri!» Necha-nechanchi martadirki, Tilovberdi polvon shunday deb ayqirganda titrab ketaman. Asar yaratildi, mana, necha-necha yillarki, Tilovberdi polvon shunday deya ayqiradi. Nazarimda, u rostakamiga chin otasining, Tog‘ay Murod otasining pirini madadga chaqirib, davra bo‘ylab ayqiradi: Yo otamning piri!.. Tog‘ay Murod asarlaridagi qahramonlar o‘zbeklarning oriyati, g‘ururi, axloqi o‘ta baland. Ular it iskagan qozonlardan sira osh ichmaydi: «Mirob ayolini naqd uch taloq qo‘ydi!» «Tanacha ko‘zini suzmasa, buqacha ipini uzmaydi». «Bo‘ri polvon ichkaridan davralarda kiyib olishmish jelagini kiyib keldi. Bilaklarini turdi, chap-chaqqon bo‘ldi: Nomahram ayol qo‘yniga kiradigan undaychikin nahs raisni yerga tappiday yopaman, tappiday!» Yoki bo‘lmasa: «Normurod polvon Bo‘ri polvon qo‘lidan yulqinib chiqdi. Yana davrani aylandi. E, master sport tugul, dev bo‘lsayam chiqaman! dedi. Normurod polvonning ko‘zi ochiq bo‘p turib, uning eli yerga qaraydimi?! Ushlamang meni, polvon bova, ushlamang! E, yerga kirgizib yuborsayam chiqaman!» Ana sizga Vatan tuyg‘usining, iymon tuyg‘usining ifodasi! Bu so‘zlar, nazarimda, oddiyday, lekin nega ta’siri bunchalar kuchli? Boisi, g‘oya sog‘lom, milliy e’tiqod butun. Bu so‘zlar samimiy, toza ko‘ngil izhori, shuningdek, muallifning toza ko‘ngli ifodasi. Asl yozuvchi muhabbat bobida ham pok tuyg‘ularni kuylaydi: «Men rubobiy qo‘shiq qo‘ynida qolaman!» Sizni bir ko‘rmoq istardim... Necha yillardirki, yurtim qirlarida ilk ma’sum giyohlar boychechak, raftor, lolalar bosh ko‘targanda, men bir notanish muxlisingiz dilida cheksiz havasu ixlos bilan sizga shu tabarruk mo‘tabar bahor giyohlaridan tutmoq istardim! Sizni bir ko‘rmoq istardim! Sizni ijodda burgutlarga mengzardim. Men qaytib kelaman Goh-gohida bu dil, Chumchuq, chittak kabi mijg‘ov parvozlardan, Kecha tuflab-tuflab tashlagan oshni Bugun maqtab-maqtab ichgan «ustoz»lardan, Bulbulning kuyini zog‘larga sotgan, Aqli bus-butunu iymoni ozlardan, Fahshni nuqul ishq deb chalayotgan yolg‘onchi sozlardan, Nihoyasiz zada-zardob bo‘lib ketganda Bu alam vodiysidan tamom ketmoq istardim! Dilning tub-tublarida ne o‘y, ne g‘am bo‘lsa, Bari-barisini sezmoq istardim, Ne yolg‘on bo‘lsa gar, Qalam-la buzmoq istardim. Bu yo‘lda Haqqa yuz tutib, Halolu pokiza yozmoq istardim! Sizni bir ko‘rmoq istardim! Afsus, bu istak, bu orzu armonga aylandi. Biz sizni asray olmadik... Shunda bir fikr dilga taskin beradi: sizni ko‘raman. O‘zingiz yozgan asarlaringizda sizni ko‘raman. Asarlaringizga yana sho‘ng‘iyman, ha, ular hamisha men bilan birga, mening ko‘nglimda. Tog‘ay Murod O‘v, birodarlar! Yigirmaga kirganimda do‘st topdim. U Tog‘ay Murod bo‘ldi. Bir polvonni yozibdi. Yozgani meni ichimdagi bo‘ldi. Dardim mening dardim bo‘ldi. Men polvon edim, birodarlar! Bo‘ri polvonchalik emas edim, lekin polvon edim. Polvon uncha-munchaga tan bermaydi. Men Tog‘ay Murodga tan berdim. Meni yozibdi, dedim, mening tilim, mening kurash usullarimni qaydan bilibdi, dedim. Tog‘ay Murod polvon ekan, dedim. Zo‘r polvon ekan, dedim. Polvon bo‘lmasa shunday yozmas edi. Yozolmas edi. «Yo, otamning piri! hayqirdi Tilovberdi». Bu kalimani raqibini usulga olib yiqitish oldidan Tilovberdimas, men, Karimberdi aytadi. «Ismoildan yiqilgan Bo‘ri polvon... yig‘lab yubordi». U ... men edim. Peshonasiga mushtlab-mushtlab yig‘lagan... men edim, otamning qishlog‘ida davradan bosh egib chiqib ketganimda aytib edim.. Shuytib, Tog‘ay Murod do‘stim bo‘ldi. O‘lmasam, topib bi-ir gaplashaman, dedim! O‘v, birodarlar! Tog‘ay Murod akam bo‘ldi. U mendan katta ekan. U haqiqiy polvon ekan. U ot chopar ekan. Chavandoz ekan. Men-da otni yaxshi ko‘rdim, otim bo‘lmadi. Men o‘sgan yerda ot o‘smadi. Ot zotini bilmay o‘sdim. Otdan qo‘rqib o‘sdim. Ot minmay o‘sdim, minolmay-da o‘sdim. Bir kechada ot haqida hamma narsani bilib oldim. Shu kecha ot bo‘ldim. Otga qo‘shilib yig‘ladim. So‘lig‘imni chaynab-chaynab yig‘ladim. Enam: «Tishingni g‘ijirlatib uxlading, bolam», dedi. Enamga: «Tog‘ay Murodni enasi kim ekan-a?» dedim. «Qaysi Tog‘ay?» dedi enam. Enamdan-da arazladim. O‘lmasam Tarlon olaman, dedim. Tog‘ay akam shundaygina ko‘z oldimga opkeb qo‘ygan, Hayrondaradan o‘tib, Holvachi qirlariga chiqib ovozim boricha akamni chaqiraman, dedim! Ay, yoronlar! Tog‘ay Murod shoir ekan. Uning biror nasrida nasr ko‘rmadim. Har safar kitobidan she’r o‘qidim. Men she’r yozar edim. Qofiyali-qofiyali qilib yozar edim. Tog‘ay Murod yozgan she’rni o‘qisang, qofiyasi ichingdan kelar ekan. She’rning zo‘rini odamlar birdaniga tushunmaydi. Tog‘ay akamni odamlar birdaniga tushunyapti. Odamlar-ku tushungan. Zo‘rga baho bergichlar tushunmabdi. Men buni keyin bildim. Yaxshi she’r o‘qisam ichidan kuyi kelar edi. Tog‘ay Murod she’rlarining ichidan-da kuyi kelar bo‘ldi. Dard kelar bo‘ldi. Eshilib-eshilib kelar bo‘ldi. Tog‘ay Murodning she’rlari zo‘r bo‘ldi. O‘lmasam, Tog‘ay Murodni topib bi-ir gaplashaman, dedim. O‘v, birodarlar! Tog‘ay Murod akam hamnafasim bo‘ldi. Men o‘zimni hofiz sanab yurib edim. Kuychi sanab-kuychi sanab yurib edim. O‘zimdan-da zo‘r hofizni ko‘rdim. Ashulalari menikidan-da dardli-dardli bo‘ldi. Yig‘lab-yig‘lab eshitdim. Qo‘shilib-qo‘shilib aytdim. Bu qo‘shiq «Oydinda yurgan odamlar» qo‘shig‘i bo‘ldi. Qo‘shiq tinglab endi yig‘ladim. Aytib-aytib yig‘ladim. Oymomoni enam, deb yig‘ladim. Momomizga aza ochib yig‘ladim. Momomizga o‘g‘il bo‘lgim keldi. Qoplon bobomizga-da o‘g‘il bo‘lgim keldi. Aka! Buncha g‘amli qo‘shiqni, buncha dardli qo‘shiqni yuragingga qanday sig‘dirding, dedim. Aka! O‘qib shuncha yig‘ladim, yozib qancha yig‘lading, dedim. G‘animlarimni-da bor bo‘yi bilan o‘quvchilarimga bir ko‘rsatay, dedi. Otlarini aytmasam-da, o‘zlari tanib olar, dedi. Anglaganim shu bo‘ldiki, achchiq bilan yozsa-da, zarda bilan yozsa-da, o‘zining tilida, o‘zining qalamida yozibdi. Chunki serjant Orziqulovni-da tanidim, Oyxol momomni-da tanidim. Qishloqni-da tanidim, buloqni-da tanidim. Zardali bo‘lsa-da akamning so‘zi akamning so‘zi-da! O‘lmasam, Tog‘ay Murodni topib bi-ir gaplashaman, dedim. Quruq qo‘l bilan bormayin dedim. Hech bo‘lmasa bittagina she’r kitobcham chiqsaydi, dedim. Tog‘ay Murod hikoyani-da yaxshi yozar ekan. Qissalaridan olov chiqib-olov chiqib yotgich edi. Hikoyalaridan uchqun chiqib-uchqun chiqib yotgich bo‘ldi. Aslida ular qissalaridan oldin yozilgan bo‘ldi, shu uchqunlar yig‘ilib-yig‘ilib olov bo‘lib qissalariga aylangan bo‘ldi. «Bobosi bilan nevarasi» shahar bordi. Nevara shahar ko‘rdi. «Katta-katta uylari bo‘ldi, odamlari ko‘p bo‘ldi, ko‘chalarida odamlari olma, bodringlarni odamlarga ko‘rsatib o‘tirgich bo‘ldi». Voh-ay! Shaharning ta’rifini ko‘ring. Bolaning tasavvurini ko‘ring. «Kuzning bir kunida» «o‘zimizning» Obidovichni, talabasining g‘amini o‘z g‘ami bilgich «o‘zimizning» sodda Obidovichni talabasi, shaharlik ayyor talabasi, makkor talabasi, riyokor talabasi gel qilib ketdi. Ezgulik bilan yovuzlik jangi Gyotedan-da qari, Esxildan-da qari. Tog‘ay Murodning ezguligi yovuzlik bilan urush-da qilib o‘tirmadi, jang-da qilmadi. Urushni o‘quvchiga havola qildi akam. Ezgulik bilan yovuzlik jangi musichaning «Ku-ku-ku»siga oshufta istirohat bog‘i direktorining muovini bilan direktor o‘rtasida ham davom etdi. Bu yerda jang bo‘ldi. Yovuzlik bir zarba bilan ezgulikni yiqitdi. Qalbimizdagi ezgulik mag‘lub ezgulikka hamdard bo‘ldi. Bir kengayib oldi. Qalbimiz bir og‘ridi. «Er-xotin»ni tarsaki urdi. Yonog‘i ko‘kardi. Mehmonlarga «yuzim bilan yiqildim dedi» xotin. Dami ichida er entikkanidan nafasi titrab ketdi. Mehmonlar-da ketdi. Xotini-da taraddud ko‘rdi. Erining uzrini ko‘ring. O‘zi ko‘kartirgan yonoqni o‘pib uzr so‘radi. Kechasi xotiniga tikilib-tikilib o‘tirdi. Tikilib-tikilib qalbida ayoliga shunday iliq tuyg‘ular ko‘pirib toshdiki, hov o‘shanda, sinfdoshiga qarab-qarab o‘tirganida-da shunday bo‘luvdi. Ahay-ahay! Qani hikoyada sevgi degan so‘z? Qani o‘sha quruq so‘z? Aytmaydi, hech kim aytmaydi. Bu so‘z ichingdan keladi. O‘lmasam, Tog‘ay Murodni topaman, dedim. Bi-ir gaplashaman, dedim. Dasturxonim arzirli bo‘lishini kutdim. O‘v, birodarlar! Tog‘ay Murod ustozim bo‘ldi. Unga o‘xshatib-o‘xshatib yozdim. Unga ergashib-ergashib yozdim. Tog‘ay Murodga o‘xshasam dedim. O‘xshay olsam qaniydi, dedim. Uning bitganlariga o‘xshatib yoza olarmikanman, dedim. Tog‘ay akam keyin hech Tog‘ay Murod bo‘lolmasligini, oldin-da hech kim Tog‘ay Murod bo‘lolmaganligini isbot qilib qo‘ydi. «O‘zbekka haykal qo‘yaman!» dedi. Qo‘ydi. Bu gapni aytishga Tog‘ay Murodgacha hech kim jur’at etolmadi. Tog‘ay Muroddan keyin-da hech kim aytolmadi. Bu uchun Tog‘ay Murodni yuragidek yurak kerak. Qani u, kimda bor? Tog‘ay Murod aytdi! Aytganini qildi. Polvon-da! Haykal qo‘ydi o‘zbekka. Haykali «Otamdan qolgan dalalar» bo‘ldi. Mana, o‘zbek kim! Mana, o‘zbekni dardi nima? Mana, o‘zbekning fojiasi qanaqa? Dehqonqulga qarang-da, bilib olavering. Dehqonqul o‘zbek. Hamma o‘zbek Dehqonqul! O‘lmasam, o‘zbekka haykal qo‘ygan Tog‘ay Murodni topaman, dedim. Bitta haykalga dastxat yozdirib olaman, dedim. Endi bormasam bo‘lmas-ov! O‘v, birodarlar! Qirqimdan oshib besh-olti yozganim bosilib chiqdi. Yozganim besh-o‘ntaga ma’qul bo‘ldi. Endi Tog‘ay Murod do‘stimni, Tog‘ay Murod akamni, Tog‘ay Murod shoirimni, Tog‘ay Murod hofizimni, Tog‘ay Murod ustozimni topmasam, bo‘lmaydi, dedim. Halovatim yo‘q bo‘ldi. Toshkent bordim. Ustoz uyi Darxonda bo‘ldi. Darxon to‘la odam bo‘ldi. Odam to‘la Darxon bo‘ldi. Vo-darig‘! Yigirma uch yil ham kutamanmi, ko‘nglimdagi odam diydorini? Shuncha ham paysalga solamanmi, do‘st ziyoratini? Shuncha ham iymanamanmi, ustoz oldidan bir o‘tishlikka? Yigirma uch yil «O‘lmasam, Tog‘ay Murodni bir ko‘raman, deb yuribman-yuribman, Tog‘ay Murod o‘lib qolsa-chi», demabman. O‘v, birodarlar! Darxon to‘la odam bo‘ldi, odam to‘la Darxon bo‘ldi. Darxon to‘la armon bo‘ldi. To‘la odam shu kuni men Tog‘ay Murodni izlab borgan kuni Tog‘ay Murodning ma’rakasiga yig‘ilgan bo‘ldi. ozod ham og‘ir entikadi», degan ekan akam «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi»da. Bashoratmi bu? «Sahar vaqti o‘lsang, qanday soz!» deb yozgan ekan ulug‘im. Diydorini qiyomatga qoldirib, oppoq saharda, tongdan-da oppoq manzillarga yo‘l solibdi, ardoqlim. Polvon akam yuragini changallab yiqilibdi. Yurak bir bahona, yurak bir sabab. Mohiyat nimada? Akam qilar ishini qilib bo‘ldi! Faqat mening borligimni, uning diydoriga, gurungiga zorligimni bilmadi. Bilsa sabr qilarmidi... Hech qursa uch kungina sabr qilardi. Yuragimga birov ombur solib o‘ydi, ombur solib buradi. Birovlar meni enkaytiribenkaytirib yubordi. Bu ayriliq dardi bo‘ldi! Bu judolik dardi bo‘ldi! Men do‘stimdan ayrildim! Akamdan ayrildim! Ustozimdan-da ayrildim! Men umidimdan ayrildim! Endi ot olmayman! Otlari sag‘ir qolgan Hayrondaraga bormayman! Men endi yolg‘iz qoldim. Akamdan-da yolg‘iz qoldim. O‘z uyimni yopinib oldim, o‘z uyimga ko‘milib qoldim. Yolg‘iz-yolg‘iz yotib o‘yladim. Tog‘ay Murod akamga quruq motam kamlik qiladi, dedim. Bir nima qilay, dedim. Niyatlarim ulug‘-ulug‘ bo‘ldi. Niyatlarimga yarasha kuchim bo‘lmadi. Ollohga yolvordim! Kuch ber, dedim. Iroda ber, dedim. Iqtidor ber, dedim. Yo‘limni ber, dedim. O‘zbekka haykal qo‘ygan Tog‘ay Murodga haykal qo‘yay, dedim. Tog‘ay Murodga haykal qo‘yaman!!

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiMen qaytib kelaman
Muallif(lar)i Tog‘ay Murod 1948
Yaratilgan vaqti17.12.2023
Nashr yili0
Nashr parametri0
NashriyotiO'zbekiston
Qo‘llanish sohasi adabiyotshunoslik
Adabiy turiDramatik
Janriadabiy maktub
Voqea vaqti va joyi-
Matn tipidetektiv
Uslubi Badiiy
Auditoriya yoshiUmumiy
Auditoriyaning salohiyat darajasiadabiyotshunoslik
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiKamoliddin