1. Zulm qiluvchi, zulmkor, jabr qiluvchi.
Ilonning zahri yomon. Zolimning qahri yomon.
Maqol
2. Rahm-shafqatni bilmaydigan, berahm.
Borib ayting o‘shal zolim yigitga, Uning ishqi bu bag‘rimga tutashdi.
H. G‘ulom, Mash’al
3. Berahmlikni, shafqatsizlikni ifodalovchi.
Gulsumbibi indamadi, yolg‘iz zolim ko‘zlari bilan o‘qraydi-da, ayvonning bir chekkasida, kasal kabi, cho‘zilib yotdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
4. Jabr-zulm bilan to‘lib-toshgan, qahrli.
U [Yo‘lchi] o‘z singlisini Gulnordan ayirib, uni zolim tanholik quchog‘iga otishni istamaganidan, yana bir necha vaqt Unsinni bu yerda qoldirishga moyil edi.
Oybek, Tanlangan asarlar