Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mazlum}
So‘z bo‘g‘inlari: maz-lum
Izoh(lar)i:
mazlum ot

1. Zulm ostida qolgan, ezilgan. Mazlum xalqlar.

Antonim(lar)i: zolim [a]
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Mazluma Asqarova1924-yil 4-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965), filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent pedagogika bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini (1944) tamomlagan. M.Asqarova qo‘shma gap qismlarining mazmun munosabati, tuzilish va bog‘lanish yo‘llari xususida tadqiqot olib borib, qo‘shma gapni bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gapga ajratgan. Uning «Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (1960), «O‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar» (1966), «O‘zbek tili taraqqiyoti muammolariga doir» (1995) kabi asarlari o‘zbek tili sintaksisini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

M.Asqarovao‘rta va oliy ta’limda o‘zbek tili va tilshunosligini o‘qitishni takomillashtirish borasida ham samarali mehnat qildi. Ayniqsa, uning A.G‘ulomov bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek filologiyasi fakultetlari uchun yozilgan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis» kitobi o‘zbek tili sintaksisi tadqiqiga bag‘ishlangan sara asarlardan. M.Asqarovaning o‘rta maktablarning V–IX sinflari uchun hammualliflikda yozilgan ona tili darsliklari salkam 20 yil davomida maktablarda o‘qitilib, ta’lim va tilshunoslik taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.