Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ziyo}
So‘z bo‘g‘inlari: zi-yo
Izoh(lar)i:
ziyo [ zi-yo ]

1. Yog‘du, yorug‘lik, nur. Qayerdandir otilgan mushakning ko‘z qamashtiruvchi yorqin ziyosi tunni go‘yo kunduzga aylantirib yubordi. N. Safarov, Vodillik qahramon

2. Bilim, ma’rifat, ilm; ongni yorituvchi har qanday narsa. Gap odamlarning nomida emas, albatta. Gap respublikada ziyo tarqatib kelayotgan muhtaram o‘qituvchilarimiz, ularning beminnat, lekin mashaqqatli mehnatidadir. N. Safarov, Olovli izlar

3. Ziyo (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: nur [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. haddan ziyod: ortiq darajada, nihoyatda

2. ziyon ko‘rmoq: zarar qildi

3. ziyon yetkazmoq: achchiqlanishdan to‘xtadi

1. Nur – shu’la – yog‘du – ziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

2. Qorong‘ilik – zulmat – zimiston – zimziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

3. Zarar – ziyon – talofat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.