1. 1. Qish.
Zimiston faslida kirsang uyingga, Huzuri dil, chu bog‘-u bo‘ston pech.
Muqimiy
Har maysa, qiyoq qish uyqusidan uyg‘onib, zimiston sovuqlaridan qutulib, yayrab-yashnagan.
Sh. Rashidov, Asarlar
2. 2. Yorug‘lik, oftob nuri tushmagan joy; qorong‘ilik.
Zimiston. Eshik tirqishidan ipdek nur tushib turibdi.
S. Siyoyev, Avaz
Osmonda qora bulutlar paydo bo‘lib, o‘rmon ichini zimistonga aylantirdi.
A. Rahmat, Ellik bir bahodir
3. sft. ko‘chma hma Qop-qorong‘i, tim qorong‘i, zim-ziyo.
Dolon kunduz kunlari ham qorong‘i — zimiston bo‘ladi.
J. Sharipov, Xorazm
Ko‘zimni ochsam — uy zimiston, bolishni quchoqlab yotibman.
T. Murod, Ot kishnagan oqshom
Uyning ichi zimiston edi.
E. Raimov, Ajab qishloq
4. ko‘chma hma Ro‘shnolikdan mahrum, ziyodan mahrum hayot.
Ne zotlar o‘tdilar hasratga to‘lib, Kunlari zimiston, tuni sim-siyoh.
A. Oripov, Yillar armoni
Yorug‘ dunyo shu ekan, deb zimistonga ko‘nikib qolganmiz \ dedi Onaxon].
A. Muxtor, Opa-singillar
Zimistoning bitdi endi, Turg‘unoy, Baxting kuldi bamisoli to‘lgan oy.
I. Sulton, Noma’lum kishi
5. ko‘chma hma Noma’lum, qorong‘i narsa; noma’lumlik.
— U odamning o‘tmishi zimiston. Ana shu o‘tmishini yashirib yuradi, — dedi Sartakov.
I. Qalandarov, Shoxidamas, bargida