Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qorong‘ilik}
So‘z bo‘g‘inlari: qo-ron-g‘i-lik
Izoh(lar)i:
qorong‘ilik ot

1. Qorong‘i holat (to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarda). Tunning qorong‘iligi. Masalaning qorong‘iligi. Qorong‘ilikda to‘qnashmoq. Ko‘zi qorong‘ilikka ko‘nikkandan keyin, oxur yonidagi sigirni, ola buzoqni ko‘rdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Kech kirib, qorong‘ilik tushganda, Huroyim ko‘zini ochib qaradi. Rustamxon
Hasan ovchining ko‘nglini qorong‘ilik qopladi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Xalq yana qorong‘ilikda qolaveradi. Bizni yana yuz yil orqaga tortishmoqchi. Mirmuhsin, Chodrali ayol

Antonim(lar)i: yorug‘lik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qorong‘ilik – zulmat – zimiston – zimziyo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.