1. Yerdan uzib bo‘lmaydigan darajada og‘ir (narsa, yuk haqida).
Zil yuk.
▬
Loyga tushdi yugurib shu chog‘, zil shotini ko‘tardi azot.
Mirmuhsin
Shofyor zil gavdasini bir tebratib qo‘yib, yana gapga tushib ketdi.
Mushtum
2. Kishiga og‘ir botadigan, og‘ir tegadigan.
Hazil, hazilning tagi zil.
Maqol
3. Bir-biriga urib chalinadigan, metall disklar shaklidagi musiqa asbobi;
— Madaniyat uyi asboblar sotib olgani pul berdi. Hoziroq baraban, zil, karnay sotib oldik, — dedi Sobirjon Mashrabga.
Sh. Sa’dulla, Ikki bilaguzuk