Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zamon} - a ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - soz - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: za-mo-na-soz-lash-moq
Izoh(lar)i:
zamon [a. za-mon – davr, vaqt]

1. fls. Materiya (obyekt) holatlarining hamda hodisa (jarayon)larning izchil almashinish shakli; davomlilik, takrorlanmaslik, qaytarilmaslik kabi umumiy xossalarga ega bo‘lgan vaqt.

2. So‘z borayotgan payt; umuman vaqt, payt, davr, mahal. Hozirgi zamon. Hasanalining Otabeklar oilasida bo‘lganiga ellik yillar chamasi zamon o‘tib, endi Otabeklar oilasining chin bir a’zosi bo‘lib ketgan. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Biror muhim, o‘ziga xos hodisa, tarixiy voqea ro‘y bergan yoki biror shaxs, hokim tabaqa, sulola hukmronlik qilgan davrni qamrab olgan vaqt. Tinchlik zamoni. Urush zamoni. Istiqlol zamoni. Amir zamoni. Temuriylar zamoni.

4. Kutilgan payt, davr-u davron. Umrlaring uzun bo‘lsin. Zamonlaring kelibdi: o‘ynanglar, kulinglar. P. Tursun, O‘qituvchi

5. tlsh. Maxsus shakllar yordamida harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi fe’l kategoriyasi. O‘tgan zamon. Hozirgi-kelasi zamon. Kelasi zamon sifatdoshi.

6. Zamon (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: vaqt [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.