Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yopishqoq}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-pish-qoq
Izoh(lar)i:
yopishqoq sf

1. Yopishadigan, yopishuvchan. Yopishqoq modda. ▬ Yomg‘ir na tinar, na yog‘ar deganday, yo‘llarning sarg‘ish yopishqoq balchig‘i etiklarni oyoqdan sug‘urar edi. A. Muxtor, Tug‘ilish
Mahsining choki pishiq bo‘lsin uchun, mumli, yopishqoq ipni har qatimda barmoqlari bilan qir-qir tortib qo‘yadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Tutgan kishisini qo‘ymaydigan; shilqim, xira. Yopishqoq bola. ▬ Qodirbek o‘lgudek shilqim, yelim, yopishqoq yigit ekan, har kuni Layloning o‘qishdan chiqishini poy-lab turib, mashinada olib borib qo‘yaman, deb tiqilinch qilarmish. M. Qoriyev, Oydin kechalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xira [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.