Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xira}
So‘z bo‘g‘inlari: xi-ra
Izoh(lar)i:
xira [xi-ra ]

1. Yorug‘, ravshan emas; nursiz. Xira yorug‘ uning yuzini bir damgina yoritadi. S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

2. Tiniq, shaffof emas. Tramvayning xira oynasidan bo‘sh vagonda o‘tirib ketayotgan konduktor lip etib bir ko‘rinishdayoq Zaynabning butun xayolini o‘g‘ir-lab ketganini bilarmikan? S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

3. Noaniq ravishda; yaqqol ko‘zga tashlanmaydigan. Shundan so‘ng ular huv olisda ko‘zga xira tashlanib turuvchi sarbaland tog‘lar tomon yurib ketishdi. Yoshlik

4. Yaxshi ko‘rolmaydigan, ko‘rish qobiliyati past. Oqsoqolning xira ko‘zlari chaqnadi, achchig‘i keldi. P. Tursun, O‘qituvchi

5. ko‘chmaJaranglab chiqmaydigan, xirillagan (ovoz haqida). — Bolam, qorning to‘q ekan, ovozing xira chiqdi, — dedi dadasi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. ko‘chmaG‘ashga tegadigan; shilqim, sur. — Bo‘ldi! Muncha xira pashshaga o‘xshab g‘ingshiysan! — dedi u zardasi qaynab. Yoshlik

7. ko‘chmaNoaniq; chigil. Xira o‘ylar yuragini g‘ash qilar edi. Yoshlik

8. ko‘chmaKishini xursand qilmaydigan, ko‘ngil to‘lmaydigan; kamchiligi bor. Yutuqlarimiz ko‘p. Biroq ishimizning ayrim xira tomonlari ham bor. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. dili xira: tashvishli, bezovta, notinch

2. ko‘ngli xira: tashvishli, bezovta, notinch

3. ko‘ngli xira bo‘ldi: tashvish qildi

4. ko‘ngli xiralashdi: biroz tashvish qildi

5. ko‘nglini xira qildi: bezovta, notinch bo‘ldi

6. ko‘nglining bir chekkasi xira: tashvishli, bezovta, notinch

7. ta’bi xira: kayfiyati yomon, xafa

8. ta’bi xiralashdi: kayfiyati yomonlashdi

9. tabiatini xira qildi: kayfiyati yomonlashdi, xafa bo‘ldi

10. xira ko‘ngil: tashvishli, bezovta, notinch

11. yuragi xira: tashvishli, bezovta, notinch

1. Aqlsiz – beaql – bexirad – nodon – johil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Xira – shilqim – yelim – sulloh – g‘amboda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.