1. Tananing yelkadan songacha bo‘lgan, shuningdek, biror narsaning o‘ng yoki chap qismi.
Kanizak yengi bilan burnining ikki yonini tez-tez artar ekan, Samandarovga ko‘z qiri bilan qaradi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. Umuman o‘ng yoki chap tomon; taraf; atrof.
Mansur yoniga alanglab, yumaloqlangan ko‘rpa-to‘shaklarni ko‘rdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Yoqa, chet; qirg‘oq.
Devorning yoni bilan kelgani uchun ham Oyqiz ko‘rmay qolgan edi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
4. Cho‘ntak, kissa.
Qayerdandir paydo bo‘lgan yosh bir yigit yonidan bint chiqarib, Ahmadjonning boshini bog‘lashga kirishdi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
5. Qo‘shni, o‘zaro yaqin.
Tamanno yon qishloqdagi kasalxonada ishlashi kerak.
Mirmuhsin, Qumri va Tamanno