1. 1. Yonayotgan narsadan ko‘tariluvchi alanga.
Shox o‘tinning o‘choqni to‘ldirib lovullatayotgan yolqini qoraygan ko‘chaga shu’la sochmoqda.
P. Tursun, O‘qituvchi
[Bektemir] Sof, lolarang yolqinga termilib uzoq o‘yladi.
Oybek, Quyosh qoraymas
2. 2. Yorug‘, yog‘du, shu’la, nur.
Yonar edi Don chiroqlari Chiroqlarning yolqin shu’lasi Etgan edi oyni asira.
H. Olimjon
Sahnaga berilgan qip-qizil nur yolqini zalning g‘ira-shira qorong‘iligida Mahkamning yuz chiziqlarini bo‘rttirib, mardonavor qilib ko‘rsatardi.
P. Qodirov, Uch ildiz
3. 3. Yolqin (erkaklar ismi).