Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {alanga}
So‘z bo‘g‘inlari: a-lan-ga
Izoh(lar)i:
alanga [a-lan-ga ]

1. Yonib turgan o‘tdan, olovdan ko‘tarilayotgan yolqin. Sham alangasi har tomondan esib turgan shabadada tebranar edi. A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi

2. Yorug‘lik; yorug‘ shu’la. Ashulachilarning quyoshda qoraygan yuzlari mash’allarning alangasida yiltillar edi. A. Muxtor, Opa-singillar

3. O‘t oldiruvchi, jo‘shqin jarayon; jo‘shqinlik, hovur; yurakka o‘t soluvchi, yondiruvchi his-tuyg‘u. Do‘sti g‘arib, kel, qo‘lingni tut, Yuragingga yoqay alanga. A. Oripov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yolqin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish tilning leksikasida ancha sezilarli. Bunda to‘rt holat kuzatiladi. Birinchidan, ayrim so‘z eskirib, iste’moldan chiqib ketsa, ikkinchidan, allaqachon iste’moldan chiqib ketgan so‘z qayta «jonlanadi», «tiriladi», uchinchidan, yangi-yangi so‘z paydo bo‘ladi, to‘rtinchidan, nofaol so‘z faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi, ma’nosida o‘zgarish yuz beradi.

Hozirgi adabiy tildagi eskirgan so‘z eski so‘z, yangi so‘zning jami yangi so‘z, na eskirgan, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z zamonaviy so‘z deb yuritiladi. Demak, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) zamonaviy leksika; 2) eskirgan leksika; 3) yangi leksika. Ularning qo‘llanishi davrga nisbatan farqlanadi.

Qo‘llanilish doirasi chegaralangan so‘zni uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shevaga xos so‘z; b) termin (atama); v) argo va jargon. (q. Argo, Jargon, Termin, Shevaga xos so‘z).

 

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Uchqun – cho‘g‘ – o‘t – olov – alanga
Ma’nosiga ko‘ra
(yonish darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.