Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yo‘qlik}
So‘z bo‘g‘inlari: yo‘q-lik
Izoh(lar)i:
yo‘qlik ot

1. 1. Yo‘q holat, yo‘q ekanlik. Shoshma, dadang yo‘qligida sen., bilan gaplashib olay. Oybek, Tanlangan asarlar. Pirnafas akangizning yo‘qligini bildirishmayapti. J. Sharipov, Xorazm

2. ayn. yn. Yo‘qchilik. Ezginlik, xo‘rlik, yo‘qlik asabi bo‘sh odamlarda tajanglik tug‘dirar, muomalada pardani ko‘tarardi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
yo‘qlik uni o‘zidan katta tayoq sudrab, qo‘y boqishga majbur qilgan edi. Gazetadan

3. 3. Hayot, biror narsa mavjud bo‘lmagan makon, holat. Hamma narsa unutildi, yer-u ko‘k, zamin-u zamon yo‘qlik qa’riga bir lahzada singdi-ketdi. K. Yashin, Hamza
Abas, yo‘qliklariga ketdi jaholat, Asrimiz ufqida u misli ro‘yo. A. Oripov

4. fls. ls. Mavjud emaslik; zid. borliq.

Antonim(lar)i: borlik
Sinonim(lar)i: adam [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yo‘qliq Borliqning aksi; tasavvur etilgan yo‘q olam.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.