1. 1. Bor bo‘lishlik, mavjudlik.
Pul borlikka bor-u, oz-da.
▬
Bir parcha yerlaring borligini eshitar edim, qo‘llaringdami?
Oybek, Tanlangan asarlar
Otabek Zaynabning shu qadar yurak dardi borligini birinchi marta bilar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Askarlar devorni urib, orqasida havol yer borligini bildi.
J. Sharipov, Xorazm
Tavba, xo‘p alomat odam-da. Bu qo‘tir dunyoda shunaqa odamoxunlar borligiga hech aqlim yetmaydi. Bor ekan-da!
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Boylik; to‘qlik.
Borlikdan maqtanma.
Maqol