Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yiroq}
So‘z bo‘g‘inlari: yi-roq
Izoh(lar)i:
yiroq [yi-roq ]

1. Oraliq masofasi katta; uzoq, olis. Unga [Maryamga] bir yarim ming so‘m pul kerak, shuni topadi, so‘ngra yiroq bir mamlakatga ketadi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

2. Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanib, kishi yoki narsada shu so‘z bildirgan narsaning yo‘qligi, daxli yo‘qligi, aloqasizligi ma’nosini ifodalaydi. Bir tundayoq yetishdi ozod o‘lkaga. Jabr, zulmdan yiroq obod o‘lkaga. G‘ayratiy

3. Ko‘zdan yiroq Ko‘rinmaydigan holatda, ko‘zdan pana. Qalliqlar odamlarning ko‘zidan yiroqda yashirincha uchrashib yurar edilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: yaqin
Sinonim(lar)i: uzoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.