1. 1. Oraliq masofa uncha katta bo‘lmagan, uzoq emas.
Eng yaqin yo‘l — shu. Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz. Bir-biriga yaqin uylar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar.
Maqol
Qirg‘oqqa yaqin yerda to‘rt qoziq ustida kattakon bir qayiq turar edi.
A. Qahhor, Xotinlar
To‘nkalar juda ko‘p, ham bir-biriga juda yaqin. Yer esa tosh-metin.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Nutq so‘zlanayotgan paytdan vaqt oralig‘i uncha katta bo‘lmagan.
Yaqin fursatda diydor ko‘rishmoqni orzu qilamiz. Yaqin kelajakda bu yerlar shaharga aylanadi.
▬
Ha, aytganday, ustoz shu yaqin kunlarda urug‘chilik sovxoziga kelar ekanlar. Xat oldim.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. 3. Biror hodisa yoki voqea yuz berishiga oz fursat qolganda, ma’lum bir vaqt kelishi oldidan.
Kechga yaqin mehmonlar kelishdi. Saharga yaqin yo‘lga tushdilar. Ish bitishiga yaqin qoldi.
▬
U endi, iloji bo‘lsa, munosib kishiga Gulnorni hozirdan unashtirib, fotiha o‘qib, to‘y-nikohni bahorga yaqin o‘tkazmoqchi.
Oybek, Tanlangan asarlar
To‘yga yaqin qolganda, kelin ko‘chaning boshidagi atelyega ko‘ylak buyurgani kelgan ekan.
A. Qahhor, To‘yda aza
4. ko‘chma hma Do‘stona munosabatda bo‘lgan, qadrdon, mehribon.
Yaqin o‘rtoq. Yaqin do‘st.
▬
Qiziq odam ekansiz, dedingiz. Ammo do‘stingdan, yaqin bir odamingdan to‘satdan shunday gap eshitish menga, albatta, og‘ir.
P. Tursun, O‘qituvchi
Nazarida, notanish yigit allakimga, juda-juda yaqin odamga o‘xshatayotgandek. A. Muhiddin, H.
Tojiboyev, Otash qalbli qiz
Mehmonlarni to‘y egasining yaqinlari hurmat va sertakalluflik bilan kutib olishardi.
O. Husanov, Shinavanda
5. 5. Nimasi bilandir o‘xshash yoki deyarli bir xil.
Havosi bir-biriga yaqin. Ma’nosi bir-biriga yaqin so‘zlar.
▬
1287 yilning sunbula oyi, ya’ni erta kuzning ko‘klam havosiga yaqin bir kuni.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
6. 6. Taxminan, qariyb.
Oradan yaqin ikki yil o‘tgandan keyin Avliyootaga Buvaydadan bir odam borib qoldi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bir kuni ikki kishining so‘rog‘i yaqin to‘rt soat vaqtni oldi.
A. Qahhor, Sarob
7. 7. (3-shaxs egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari shaklida yaqiniga, yaqinida, yaqinidan) Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi va makon munosabatlarini bildiradi.
Ra’no kelinlarcha Anvarga salom qildi va jazb qilgandek, Anvarning yaqiniga borib to‘xtadi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bu ikki xonalik uy yangi qurilayotgan maktab yaqinida
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar