1. 1. Otadan, onadan yoki har ikkovidan ajralgan.
Yetim bola. Yetim qo‘zi.
▬
Ularning biri olti yashar, biri to‘rt yashar yetim nabiralari Unsinni sevadilar.
Oybek, Tanlangan asarlar
Hali ovqat yeyishga o‘rganmagan to‘rtta buzoq ko‘zlari mo‘ltirab yetim qoladi-yu, achinmay bo‘ladimi? S.
Anorboyev, Oqsoy
2. ko‘chma hma Tashlab qo‘yilgan, e’tibor berilmaydigan, qaralmaydigan shaxs yoki narsaga nisbatan qo‘llanadi.
Ayniqsa, bizning bechora mo‘ytan urug‘i — qo‘ng‘irot elining sho‘rlik yetimi, bir shapaloq ursa ham, evaziga jon berib kelgan.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi