Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sag‘ir}
So‘z bo‘g‘inlari: sa-g‘ir
Izoh(lar)i:
sag‘ir ot

1. 1. Hali voyaga yetmagan yetim bola. Sag‘ir haqqiga tegib bo‘lmas. Sag‘irning haqi — sopqonning o‘qi. Maqol
— Desangiz, Oynaxon, o‘zi [Ma’murjon] bir sag‘ir bola, hech kimi yo‘q, — dedi mehmon xotin. Sh. Xolmirzayev, To‘lqinlar
Dushman ko‘rsang, qo‘ymay izdan quvlagin, Sag‘ir ko‘rsang, aning ko‘nglin ovlagin. Erali va Sherali
Madamin shovqin soldi: — Xudoyqul mening jigarim, ammamdan qolgan sag‘ir. Yetti yoshidan boqib odam qildim. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Yosh bola, kichkina bola. Mahalla bu hangomadan uyg‘onib, Eshigiga keldi sag‘ir-u kabir. Muqimiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yetim [f-t<a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.