1. 1. (Y — katta) Quyoshdan keyingi uchinchi planeta.
Yer shari. Yer aylanasi. Yer Quyosh atrofida aylanadi. Yerning sun’iy yo‘ldoshi.
▬
Agar Yer sharining yarmi tilla, yarmi yer bo‘lib, birov mendan qaysi tomonida yashaysiz, deb so‘rasa, men ikkilanmay, yer tomonini tanlagan bo‘lardim.
N. Fozilov, Qush — qanoti bilan
2. 2. Shu planetaning quruqlik qismi (suv bilan qoplangan qismiga qarama-qarshi qo‘yilganda).
Yer planetamizning oltidan bir qismini tashkil etadi.
3. 3. Planetamiz qobig‘ining sirtqi qatlami.
Yer bag‘ri. Yer osti boyliklari. Qora (qaro) yerga kirgur! (qarg‘ish). Yer yutgur! (qarg‘ish). Osmon uzoq, yer qattiq.
Maqol
Bir vaqt yer osti dukullagandek bo‘ldi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. 4. Narsalar turgan, tirik organizmlar hayot kechirayotgan yuza, sath (shaxs yoki boshqa narsalarga nisbatan).
Yerga palos solmoq. Tomdan yerga qulamoq. Kosa stoldan yerga tushib sindi. Yerga tushgan — yetimniki.
Maqol
Sidiqjon bo‘sag‘adan bir qadam ichkarida cho‘nqaydi-da, bolani yerga qo‘yib, onasiga yo‘lladi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
5. 5. Yer sathining muayyan bir qismi; joy, hudud.
Toshloq yer. Obod yer. Haydalgan yer. Baland-past yerlar.
▬
Yigit ufqlarga tutash yerlarni ko‘zdan kechiradi.
Gazetadan
Yaradorlarni tezda xavf-xatarsiz yerga olib chiqish zarur bo‘lib qoldi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
6. 6. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan tuproq qatlami, ekin, daraxt va shu kabilar ekiladigan joy, maydon.
Men ham dehqon bolasiman Otam Odil ko‘r degan qo‘qonlik boyning yerini jar edi.
A. Qahhor, Asarlar
Mehnati-la gullatar Bir tanobcha yerini.
G‘ayratiy
Cho‘l odami xuddi yantoqqa o‘xshashi kerak oyog‘i ostidagi rizqi sochilgan yerga chuqur tomir otishi lozim.
Gazetadan
Yering bo‘lsa, mehnati ham, rohati ham o‘zingniki bo‘ladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
7. 7. Biror narsa band qilib turgan, egallagan o‘rin, joy; makon.
Daraxt bir yerda ko‘karadi.
Maqol
Hokim cho‘zilib yotgan yeridan turib, tashqari chiqdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Ofitser yiqildi va yotgan yerida qo‘lini ko‘tardi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
8. 8. Biror mamlakat, davlat, xalq, xo‘jalik va shu kabilarga qarashli hudud.
Qoni, eti., yeri, tili., bir bo‘lgan bir xalq nima uchun ikki dushman guruhga bo‘linib, bir-birining qonini to‘kadi?
Oybek, Navoiy
O‘n uch xo‘jalik yerini qo‘shibdi traktor bir yarim kun ishlab, tizza bo‘yi haydab beribdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
9. 9. Biror narsaning yoki a’zoning ayrim qismi, o‘rni, nuqtasi, joyi.
Gilamning bir yerida dog‘i bor. Haq — yerini topar.
Maqol
Xat sakkiz buklanib, qizil ipak bilan bir-ikki yeridan chatilgan va Otabekka atalgan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Besh yeridan o‘q yeganiga qaramay yer bag‘irlab ketishdi.
Oybek, Quyosh qoraymas
Hoji xola o‘z tarjimayi holining juda ko‘p yerlarini tashlab ketdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
10. 10. Ish joyi, muassasa, tashkilot.
Ish-lagan yeridan hujjat keltirmoq. Biror yerga arz qilmoq.
▬
[Badriy:] Sizlar bilan boshqa yerda gaplashaman!
Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
11. ko‘m. vzf. vzf. (jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi shaklida) Payt, o‘rin, sabab kabi munosabatlarni bildiradi.
Kutilmagan yerda shaharning a’yonlaridan bo‘lgan Salim sharbatdor deganning Komilbek ismli o‘g‘lidan sovchilar kelib qoldi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ro‘zimat aytmoqchi, gap boshqa yerda bo‘lishi ham mumkin.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Sariq atlasni kiyishga chog‘lab ko‘rgan bo‘lsa-da, biroq ko‘ylakni olgan yerida bu fikrdan qaytdi.
K. Yashin, Hamza