1. 1. Shu yerning o‘zida tug‘ilib o‘sgan, tub joylik, mahalliy.
Bundan uch yil burun, Andijon zilzilasidan keyin, Simxoyev zavodidagi yerlik ishchilar ish tashladilar.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Olga ham, eri Ivan Pavlovichga o‘xshab, odamshavanda chiqdi. Yerlik qo‘shni xotinlar bilan inoqlashib ketdi.
J. Sharipov, Xorazm
2. 2. Yerda yashovchi, Yerga mansub.
Kemamiz Yer atrofini aylanib turadi. Uning shunday moslamalari borki, mavjudligini yerliklar sezishmaydi.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Yerliklarning bobokalonlari ham Zangining to‘rtinchi sayyorasidanligiga imonim komil.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
3. 3. Ko‘rsatish, so‘roq olmoshlari va boshqalar ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, shu so‘zlar qayd etgan joyga mansublikni bildiradi.
Bu yerlik. O‘sha yerlik.
▬
Ustod Qavom shu yerlik, bizning aslimiz Buxorodan
Mirmuhsin, Me’mor