Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mahalliy}
So‘z bo‘g‘inlari: ma-hal-liy
Izoh(lar)i:
mahalliy sf

1. Mahallarga, atrof-joylarga oid. Mahalliy vaqt. Mahalliy sanoat. Mahalliy sharoit. ▬ Elmurod o‘ychan bir holda non kavshab, choy ichar ekan. Oyimxon ikir-chikir mahalliy yangiliklar to‘g‘risida unga ma’lumot berdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Stol yonida markaziy va mahalliy gazetalar qavat-qavat qilib suyab qo‘yilgan. P. Qodirov, Uch ildiz

2. Yerlik. Mahalliy kadr. Mahalliy xalq. Hamma yerda jangchilarimizga mahalliy aholi va partizanlar yordam ko‘rsatishdi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi ▬ bitta politsiyachi, yana ikkita kishi — mahalliy amaldor bo‘lsa kerak, milliy kiyimda edi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: yerlik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.